PDA

View Full Version : Bir qadam qo'ysang bas...


Asadbek
03-15-2004, 02:01 AM
Quyidagi hazil she'rni 2000 yilda yozganakanman, arxivdan topvoldim :-)

Bir qadam qo'ysang bas,
Naryog'i chet el.
Chet elga chiqib ol-u,
Mazza qilib kel.

Kayfu-safo, Partylar,
Kino, disco muhayyom.
Eh, bunday baxtni balki,
Orzu qib o'tgan Hayyom.

O'qiysan bir potokda,
Chet ellik qizlar bilan.
Mazza qilib yashaysan,
Har turli hislar bilan.

Anglichanka, nemkalar,
Oyog'ingga yiqilar.
O'zbek okam keldila deb,
Choy damlashga yugurar.

60 foiz vaqtingni,
PCga bag'ishlaysan.
Qolgan 40 bo'lagini,
Party bilan g'ishtlaysan.

:-)

Mas'ud
03-15-2004, 02:06 AM
Assalomu alaykum! Qiziqarli she'r ekan!

hurmat ila.

]I[ A JL JL O D
03-15-2004, 02:22 AM
Asadbek, baraka toping, noboda hech bir kitoblariz chiqmaganmi, chiqsa eting albatta sotib olaman. 8) Zo'r, yana shunaqalaridan bo'lsin !!!

O'ziyam she'rni yozganingizda rosa yosh bo'lgan ekansizda !!!

Asadbek
03-15-2004, 02:48 AM
]I[ A JL JL O D,
:-) ha hozirgidan 4 yosh kichik edim u paytda ;-)

jaa kitob chiqaradigan darajada yozmaymiz-da, bizniki havaskorona.

Asadbek
03-15-2004, 03:07 AM
]I[ A JL JL O D,
manavi ikkala topicni qarab ko'ring bir, qotadigan joylaridan bor:

http://www.forum.uz/viewtopic.php?t=4897&highlight=nemka

http://www.forum.uz/viewtopic.php?t=4863&highlight=nemka

:-)

Asadbek
03-15-2004, 03:10 AM
Ushbu she'rni ham hazil tariqasida yozganidim ancha yillar muqaddam.

Bobom yenggan bobosini,
Upib ketgan momosini,
Men ham titib dunyosini,
Olib ketay nemka qizni.

Susannahon ismlari,
Ismiga xos jismlari,
Juda shuxdir bazmlari,
Olib ketay nemka qizni.

Qishloqdagi bevafo qiz,
Uni kurib bulsin jiz-biz,
Onamga bitta syurpriz,
Olib ketay nemka qizni.

Bola boqib, sigir sog’ar,
Xamir qilib, nonlar yopar,
Nozlari menga yoqar,
Olib ketay nemka qizni.

Soch qirqmaydi kalta qilib,
Tentiramas yallo qilib,
Tuyni boshlay holva qilib,
Olib ketay nemka qizni.

Musulmon qip savob olay,
Nemka bilan baxtli bulay,
Baxtdan xursand bulib ulay,
Olib ketay nemka qizni.

So'ngra jiddiyroq tarzda yozilgani javob uchun :-)

Boshimni boylagan Nemka - bu bir tush,
Xayolim o'g'irlab uchib ketgan qush.
Sevganim bor edi qo'shni ko'chadan,
Ko'zasin ko'tarib suvga chiqqan qush.

O', ko'p yili o'tdi, hali ham yodda,
Ko'zadan suv tutib jilmaygan malak.
Undan meros qoldi faqat ayriliq,
Holimga xo'rsinib yig'lagan falak.

Bu olis o'lkada qalbim zorlanar,
Sovuq chehralardan ezilar bag'ir.
Ko'k ko'z sanamlarning davralarida,
Dardli yuragimni muzlatma taqdir...

Asadbek
03-15-2004, 03:20 AM
"Olib ketay nemka qizni" degan she'rimga Munisa ismlik qiz quyidagicha javob she'r ham yozganidi:

Kumushbibi holam bulgan,
Mohlaroy chun pochcham ulgan,
Ular odlida kim bupti,
Utib ketay nemka qizdan.

Uylmabman avvalari,
Uyda bulgan mahallarim.
Osh qilishni urganvolib,
Utib ketay nemka qizdan.

Qaytib borib soch ustirib,
Uzun kuylak, duppi kiyib,
Hamir qilib, nonlar yopib,
Utib ketay nemka qizdan.

Havas qilib qoyil qoling,
Germondan ham umid uzing,
Kech buldi deb attang qiling,
Utib ketsam nemka qizdan.

Deysiz shunda: "Uzbegoyim-
Chin musulmon ekan doim.
Qaerda edingiz oyi?
Nima qildim nemka qizni?"

:-) ajoyib damlar edi-da, mushoiralarda qizlar ko'p qatnashib turishardi, o'zlari yozishga harakat qilib.

]I[ A JL JL O D
03-15-2004, 11:38 PM
Asadbek, bechora Munisahon qattiq rashq qilganga o'hshidilar, ular sizga unashtirinmagandilarmi noboda ?! Bu shunchaki savol.

Asadbek
03-16-2004, 12:53 AM
]I[ A JL JL O D, LOL :-)
yo'q.

Mona Lisa
03-16-2004, 01:08 AM
Party yu nemkalar, disco yu anglichankalar Asadbek, jaa davru - darvon surgan ekansizde :P

Asadbek
03-16-2004, 01:11 AM
:-)
woooy, sekinroq gapiringlar, mani qizim u yoq-bu yoqdan kirib o'qib qolmasin :-P

]I[ A JL JL O D
03-16-2004, 01:27 AM
Asadbek, qaysi biri: ingliz, germon yoki O'zbek qizismi ?

Asadbek
03-16-2004, 03:08 AM
]I[ A JL JL O D, :)
o'zi bitta qiz, u ham O'ZBEKning qizi :-)

]I[ A JL JL O D
03-16-2004, 03:24 AM
Asadbek, barakalla !!!

Asadbek
03-17-2004, 10:46 AM
]I[ A JL JL O D, :)

Kolobok
03-18-2004, 06:01 AM
хахах...я чуть со смеху не умер,когда прочел этот стих :)
А ведь есть доля правды :D

Mas'ud
03-18-2004, 06:20 AM
хахах...я чуть со смеху не умер,когда прочел этот стих :)
А ведь есть доля правды :D

Da konechno! Klassniy stih!

s uvajeniyem...

Asadbek
03-18-2004, 06:35 AM
:-) haqiqat bor rostdan ;-)

ralf
03-19-2004, 09:50 PM
Hi ! Can anybody help me to work out what the embroideries on Uzbek traditional Skull-cap (douppi) symbolize.
Thanks.

Aschenputtel
04-08-2004, 12:22 PM
]I[ A JL JL O D,
:-) ha hozirgidan 4 yosh kichik edim u paytda ;-)

jaa kitob chiqaradigan darajada yozmaymiz-da, bizniki havaskorona.Nu nu skromnyjsiz!
Anglichanka, nemkalar,
Oyog'ingga yiqilar.
O'zbek okam keldila deb,
Choy damlashga yugurar. Ulyam 'aka' dejshi bilarkanmi? Giperbolasiz sher bomidi, no oxshatganizga gap yoq. :)

Asadbek
04-09-2004, 02:41 AM
To'tiqush gapirishni o'rganganda, bu chet ellik qizlar aka deyishni bilmasakanmi ;-) :-)

G'aribiy
04-09-2004, 07:34 AM
:-)
woooy, sekinroq gapiringlar, mani qizim u yoq-bu yoqdan kirib o'qib qolmasin :-PHayTTTT! :D To'y qachan? Bizi chaqirasizmi? O'zbekistonda bo'ladimi yoki......3 so'm pul bir kalla qand qilib o'sha taraflarda.....a? ;)

Asadbek
04-09-2004, 07:43 AM
G'aribiy
to'y xudo hohlasa, bir yaxshi kunda bo'ladi.
hech tashvish tortmang, to'y boshlanaversin, taklifnoma hammaga yetadi :)


Endi o'zbekchilikda qarindosh-urug', do'stu qadrdonlarga to'y berish odati bor, shuning-chun to'y O'zbekistonda bo'ladi do'stim :-)

Aschenputtel
04-13-2004, 04:37 AM
To'tiqush gapirishni o'rganganda, bu chet ellik qizlar aka deyishni bilmasakanmi ;-) :-)Ishondim!!! :shock: Viel Spass!
;)

Asadbek
04-13-2004, 08:02 AM
Danke,
dir auch :-)

BIBIHONUM
05-17-2004, 03:56 PM
Nemka qizga ketavering bosh egmasmiz,Oldimizga qaytsangiz kechirmasmiz.Gitler bobo qizlarini bermasa,Uzr aytib qaytsangiz hech boqmasmiz.Yo'l bo'lsina,yo'l bo'lsada mo'l bo'lsin,O'zbek qizin kamsitganga yo'l bo'lsin.Nemis yigit qilichini o'ynatsa,Quyon bo'lib qocharingiz jo'l bo'lsin.O'zgalarga boqqanlarga tegmasmiz,Og'zidan suv oqqanlarga tegmasmiz.Etagiga ketaversa ergashib,Qoshlarini qoqqanlarga tegmasmiz.Yo'l bo'lsina,yo'l bo'lsada mo'l bo'lsin,O'zbek qizin o'ksitganga yo'l bo'lsin.O'zbek qizi qayrilib bir boqmasa,Manman degan Eminemlar qul bo'lsin.Yo'l bo'lsina,yo'l bo'lsada mo'l bo'lsin,Bizsiz Germon sizga sahro,cho'l bo'lsin.Yo'lingizga chim bosamiz o'tmaysiz,Biz turganda nemka qizga yo'l bo'lsin.(qo'shiqdan)

Asadbek
05-17-2004, 04:21 PM
Gitler bobo qizlarini bermasa,
So'ramasdan birga olib ketamiz.
Tilagingiz ijob bo'lib, yo'llarni
Kezib, bir kun manzilga biz yetamiz.

Nemis bizga qilich ko'tara olmas,
O'zbek qizi hech kamsitilib qolmas,
Xo'p chechanlik qilayvering, mayliga,
So'zlaringiz tinglab quloqlar tolmas.

Og'zidan suv oqqan o'zgaga boqmas,
Gerdaymasak, nemka qoshlarin qoqmas,
Aytgan so'zda biz mardona turmasak,
O'zbek tugul, hatto nemkaga yoqmas. ;)

Eminem kim? Olsin borib damini,
Hech yemasin o'zbek qizning g'amini.
Bir qatorga qo'yib o'zim dars bergum,
To'qson ikki nemis alpning jamini.

Ey Barchinoy, sen o'ksima, olmonning,
Qizi menga hech qachon el bo'lmaydi.
Hatto to'qson yoshli Gitler bobo ham,
O'zbek qizin gavharligin bilmaydi.

...
:)

BIBIHONUM
05-18-2004, 08:40 AM
Men sodda guloming kechirgin yurtim
Nemka qizni maqtab baloga qoldim,
So'zlariga havas qilgandim faqat,
Toabad tuganmas baloga qoldim...

Nedan ranjidingiz jon singillarim,
Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlarю
Olmon tushunmay tosh otsa chidadim.
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar.

Yorug' dunyoda-ku bari qiz go'zal,
Millat tanlamas-ku husn degani,
Nigohim Jayhundan sakrab o'tsa sal,
Qaydan bilay sizga malol kelganin.

Yurtim suluvlari, sizga yo'q taraf,
Qoshingizda o'sma yursa sirqailb,
Uzun sochingizni o'rsangiz tarab,
Boqsa degan edim oy ham suqlanib.

Asli nemka qiz bir bahona xolos,
Izlaganim edi sizlar kabilar,
Qo'msaganim - hayo momolarga xos,
Sog'inganim edi Kumushbibilar...

Yonsam hajringizda mening yonishim,
Kuysam siz tufayli ko'nglimdagi cho'g',
Nemka qizlardan yo'q mening tanishim,
Qalinga mashinam ham ortib qolgan yo'q! ;) (o'zbek yigiti)

Asadbek
05-18-2004, 09:13 AM
cool written :)

Aschenputtel
05-18-2004, 11:37 AM
Men sodda guloming kechirgin yurtim
Nemka qizni maqtab baloga qoldim,
So'zlariga havas qilgandim faqat,
Toabad tuganmas baloga qoldim...

Nedan ranjidingiz jon singillarim,
Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlarю
Olmon tushunmay tosh otsa chidadim.
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar.

Yorug' dunyoda-ku bari qiz go'zal,
Millat tanlamas-ku husn degani,
Nigohim Jayhundan sakrab o'tsa sal,
Qaydan bilay sizga malol kelganin.

Yurtim suluvlari, sizga yo'q taraf,
Qoshingizda o'sma yursa sirqailb,
Uzun sochingizni o'rsangiz tarab,
Boqsa degan edim oy ham suqlanib.

Asli nemka qiz bir bahona xolos,
Izlaganim edi sizlar kabilar,
Qo'msaganim - hayo momolarga xos,
Sog'inganim edi Kumushbibilar...

Yonsam hajringizda mening yonishim,
Kuysam siz tufayli ko'nglimdagi cho'g',
Nemka qizlardan yo'q mening tanishim,


Qalinga mashinam ham ortib qolgan yo'q! ;) (o'zbek yigiti)
Ozbek yigiti ozbechkaga koprog qalin beradi nemka tekinu, bilmisimi nemis kulturani... ;) ?
Siz amerikadigi ozbek yigiti xaqida bitta narsa yozin (interesno, qanaqa ulani kulturasi...?) yo ula amerikankaga oylanaman, dejshmeptimi?:)

BIBIHONUM
05-18-2004, 02:08 PM
Bek desa bekligi bor,Yo'q so'zga qilmas viqor.Men Kumush yori misol,O'zbegim yigitlari.Otabekning oridan,Tumori ishq zoridan.Ko'nglim osmon boridan,O'zbegim yigitlari.Kimdir akam,kim ukam,Jigarim kim bo'lsa ham.Asrasin sizni egam,O'zbegim yigitlari.Suyansam tog'im mening,Gul uzsam bog'im mening.Qadrim,qarogim mening,O'zbegim yigitlari.Samarqandda yigitlar sho'x,Qarshida ham yomoni yo'q.Andijonda yigitlar sho'x,Toshkentda ham yomoni yo'q.Siz men uchun so'nmas cho'g',O'zbegim yigitlari. (o'zbek qizi)

Asadbek
05-18-2004, 03:12 PM
Woy doood :)

Kolobok
05-18-2004, 03:32 PM
Bibihonum,byl by poetom,stihami vzaimno otvetil by! ;)

Asadbek
05-18-2004, 03:48 PM
G'azal bitib, doston aytib, ishqin kuylab cho'lg'onaman,
Dilni o'rtar vaslin o'ylab tun-kechalar to'lg'onaman,
Mehri uchun har saharda shijoat-la uyg'onaman,
O'zbegimning qizlarini boshqalardan qizg'onaman.

O'ris boqsa makr ila, rashk o'tida o'ch olaman,
Inglizni Buckingamning Palastida xo'p solaman,
Faqat O'zbek degan uchun bor ovozda jar solaman,
O'zbegimning qizlarini boshqalardan qizg'onaman.

(O'zbek yigitining deganlari)
:)

Dunyokezganqalandar
05-18-2004, 08:51 PM
Ja mushoira bu yerda avjiga chiqibdiku :D

Dunyokezganqalandar
05-18-2004, 09:08 PM
Men ham o'zimnikidan qo'shib qo'yay bugun yozdim. :D


Aytgandi menga olim bir inson,
Masofa ishqni susaytirar deb,
Etardim o'sha insonga shu on,
"Adashdiz do'stim gapirmanga hadeb".

Hey Ulamo, ayt, bilarmiding san,
Faqat yorga bo'lmas bu muhabbat.
Bordir ishq bir narsaga, bu - Vatan,
Masofa berar unga harakat.

Ta'sir qildi sen aytgan masofa,
Bu ishq o'tiga huddi yoqilg'dak.
Battar kuydirar u bora-bora,
Kulim kutar ildinda kelajak.

Tutib turgan bog' bu yerda meni,
Ona fahri va farovon hayot.
Shoshma Qalandar yetqizar seni
Orzuing tomon o'sha hissiyot.

qale fikrlar bormi? ubu narsani o'zgartirish kerakmi? :o

Aschenputtel
05-19-2004, 04:19 AM
Men ham o'zimnikidan qo'shib qo'yay bugun yozdim. :D


Aytgandi menga olim bir inson,
Masofa ishqni susaytirar deb,
Etardim o'sha insonga shu on,
"Adashdiz do'stim gapirmanga hadeb".

Hey Ulamo, ayt, bilarmiding san,
Faqat yorga bo'lmas bu muhabbat.
Bordir ishq bir narsaga, bu - Vatan,
Masofa berar unga harakat.

Ta'sir qildi sen aytgan masofa,
Bu ishq o'tiga huddi yoqilg'dak.
Battar kuydirar u bora-bora,
Kulim kutar ildinda kelajak.

Tutib turgan bog' bu yerda meni,
Ona fahri va farovon hayot.
Shoshma Qalandar yetqizar seni
Orzuing tomon o'sha hissiyot.

qale fikrlar bormi? ubu narsani o'zgartirish kerakmi? :oQattan bildiz ot botini ozgartish kerej bolshini ;) ? Xa, hammasini o'zgartish kerej :P !!! (Mana sizga fikr, soramin luchshe boshqaladan fikr!)

Asadbek
05-19-2004, 09:39 AM
Qattan bildiz ot botini ozgartish kerej bolshini ;) ? Xa, hammasini o'zgartish kerej :P !!! (Mana sizga fikr, soramin luchshe boshqaladan fikr!)
:) Dunyokezganqalandar, ozgina charxlasangiz, ajoyib she'r chiqadi.

Aschenputtel,
bu siz qayerni shevasida gapiryapsiz? Toshkent? ;)

Dunyokezganqalandar
05-19-2004, 05:41 PM
:) Dunyokezganqalandar, ozgina charxlasangiz, ajoyib she'r chiqadi.

Aschenputtel,
bu siz qayerni shevasida gapiryapsiz? Toshkent? ;)
man sher yozganimda bitta narsaga etibor berishni hohliman
ko'proq informatsiya kiritishni
Kratkost - sestra talanta degan gapga qarab yuramiz biza :)

Aschenputtel
05-21-2004, 04:00 AM
Aschenputtel,
bu siz qayerni shevasida gapiryapsiz? Toshkent? ;)rosa qiziqvosizde mani shevamga a? Qashqadare shevasida ham gaprib berimi?
Mana: 1) Qatta obed qilamiza bugun?- Restoranga!
2) Man rosa qorqaychidim, samoletga chiqopganda!
3) Qatti shevasinilgini toshkenga aytichidim, bla, bla, bla...

Mona Lisa
05-21-2004, 05:32 AM
rosa qiziqvosizde mani shevamga a? Qashqadare shevasida ham gaprib berimi?
Mana: 1) Qatta obed qilamiza bugun?- Restoranga!
2) Man rosa qorqaychidim, samoletga chiqopganda!
3) Qatti shevasinilgini toshkenga aytichidim, bla, bla, bla...Voy Dod!!! LOL :lol: :P :rollsml:

Uzr manga tegishli post emasdiyu lekin boplabsiz

Aschenputtel
05-21-2004, 05:51 AM
Voy Dod!!! LOL :lol: :P :rollsml:

Uzr manga tegishli post emasdiyu lekin boplabsiztema emas uzr uchun, ancha muncha shevani gapirishi bilaman ;), sozlani bir xillada manosini tushunmasam xam :shock:.

Royal
05-21-2004, 08:50 AM
Bek desa bekligi bor,Yo'q so'zga qilmas viqor.Men Kumush yori misol,O'zbegim yigitlari.Otabekning oridan,Tumori ishq zoridan.Ko'nglim osmon boridan,O'zbegim yigitlari.Kimdir akam,kim ukam,Jigarim kim bo'lsa ham.Asrasin sizni egam,O'zbegim yigitlari.Suyansam tog'im mening,Gul uzsam bog'im mening.Qadrim,qarogim mening,O'zbegim yigitlari.Samarqandda yigitlar sho'x,Qarshida ham yomoni yo'q.Andijonda yigitlar sho'x,Toshkentda ham yomoni yo'q.Siz men uchun so'nmas cho'g',O'zbegim yigitlari. (o'zbek qizi)

Sinim. Malades Baraka toping.

Shu she'eringiz uchun bir quchoq gulni qayerga yuboraylik? Hazilmas.

Royal
05-21-2004, 03:14 PM
ROYAL bobo.

2-Westminster house. Fairclough street. E1. 3DY. UK.

Shu adresga yuboring. O'zim kerakli manzilga oborib topshirib qo'yaman. (rostdan, ha rost..) :):)

Middin...

Man hazillashganim yoq, agar shundoq sherga bosa gap yoq..
Farqi yoq manga kim oboradiyu, qandoq oboradi.....

CHUNKI GUL ASOASAN SHE'ERGA.

p.s. Agar mani gapim ogir botgan bosa qaytvolaqoliymi dibturibman, yana otga botga borganda kaltay yeb yurmiylik.

vipshams
05-21-2004, 03:27 PM
Middin...

Man hazillashganim yoq, agar shundoq sherga bosa gap yoq..
Farqi yoq manga kim oboradiyu, qandoq oboradi.....

CHUNKI GUL ASOASAN SHE'ERGA.

p.s. Agar mani gapim ogir botgan bosa qaytvolaqoliymi dibturibman, yana otga botga borganda kaltay yeb yurmiylik.


Qaytarib olaman deb ovora bo'lib yurmang ROYAL BOBO. O'zi qo'llaringiz qaltirab 1 soat yosganga o'xshaysiz. (qarilik qursin)

Ot tepkisini ot ko'taradi..degan gap bor edi.. O'libmizmi munkillab qolgan otni tepkisini ko'tarolmasak.

P.s:Middin.... nima degani?? PM ga yuboraqoling bobo.. (dushmanlar kurmasin, hartugul yaxshi narsa bo'lsa kerak, havaslari ketadi)

YUBORING gulni :) :)


hurmat bilan vipshams

BIBIHONUM
05-22-2004, 09:30 AM
Middin...


CHUNKI GUL ASOASAN SHE'ERGA.


Afsus...baribiram manga nasib qilmas ekan gul :cry: :crying: Gulni egasi men emas Ozodaxonum.

Royal
05-22-2004, 09:51 AM
Afsus...baribiram manga nasib qilmas ekan gul :cry: :crying: Gulni egasi men emas Ozodaxonum.

Yiglamang , iltimos. Sizgayam bir quchoq gul bolsin.
Yana Vipshamsidin ham va'ada qildi ozim olib borib beraman dib.

Lekin bu qaysi Ozodahon (ashula etuvchimi ?)

BIBIHONUM
05-22-2004, 09:56 AM
Yiglamang , iltimos. Sizgayam bir quchoq gul bolsin.
Yana Vipshamsidin ham va'ada qildi ozim olib borib beraman dib.

Lekin bu qaysi Ozodahon (ashula etuvchimi ?)
Ha Topdiz Ozodaxonum Nursaidova.Kottakon rahmat sizga.Alloh ziyoda qilsin.

Royal
05-22-2004, 10:04 AM
She'er yahshikuya, lekin Ozodahonim bolgani uchun gapimni qaytvola qoldim, uzr.
Undan korasi Sizga osha gulni beraqolaman.

U ashulachini ashulalarini eshitib , juda kop she'erlari hech ham bizga togri kelmasligi uchun kochaga otvorganman. Hamma uni ashulasini eshitadi lekin faqat musikasi yahshi bolgani uchun eshitadi, lekin hech kim bundoq otirib asl ma'anosini eshitmiydi, kichkina bollar shu ashulani she'eralrini etib yurishadi, lekin nima devotganini eshitmiydi, faqat osha ashulani ohangiga hursand, holos.
Bir ashulasida etganidek: Hammadan ham man ozoda.

Ozoda >>> kechirasiz.

Asadbek
05-22-2004, 02:06 PM
Aschenputtel,
shevalardan xabardorligingiz siz uchun foydadan holi narsa emas. :) Compliment :)

Lekin, hech bo'lmasa yozganda adabiy tilni qo'llashni iloji yo'qmikin? ;)

Bibihonim,
iloji bo'lsa, o'zingizning ijod namunalaringizdan o'quvchilarni bahramand etsangiz :)

vipshams
05-22-2004, 07:46 PM
Asadbek aka?
Adabiy til degani nima u??

Yosh bolalar biror noto'g'ri ish qilib qo'yishsa <<adabingni beraman>>. deyishardi..

Adabiy til ham shunga o'xshagan narsami a??

P.s: soddalik qursin


hurmat bilan vipshams

Royal
05-22-2004, 08:57 PM
Asadbek aka?
Adabiy til degani nima u??

Yosh bolalar biror noto'g'ri ish qilib qo'yishsa <<adabingni beraman>>. deyishardi..

Adabiy til ham shunga o'xshagan narsami a??

P.s: soddalik qursin

hurmat bilan vipshams


Eee, sandaqa sodda-mugabirladan orqildim!

vipshams
05-22-2004, 09:00 PM
Eee, sandaqa sodda-mugabirladan orqildim!

ROYAL bobo
Bilmaganni so'rab o'rgangan olim..orlanib so'ramagan yana nimadir edi.. soddalik qursin shu ham esdan chiqibdi-ya qarang.:):) (Beruniy buvamiz aytganmidilar, yoki Erkin Vohidov amakimi,buyam esda yo'q)


hurmat bilan vipshams

Asadbek
05-23-2004, 01:55 AM
Asadbek aka?
Adabiy til degani nima u??

Yosh bolalar biror noto'g'ri ish qilib qo'yishsa <<adabingni beraman>>. deyishardi..

Adabiy til ham shunga o'xshagan narsami a??

P.s: soddalik qursin

hurmat bilan vipshams
Hurmatli Vipshams,

adashmasam siz edingiz, Xalqaro Jurnalistika fakultetining dekaniga bir sakrab ekib qo'yishni o'rgatmoqchi bo'lgan. Marhamat, adabiy til deganiga sharhni sizdan kutib qolamiz.

Asadbek
05-23-2004, 01:20 PM
shunaqa bo'lsa kerak :)

Royal
05-23-2004, 08:13 PM
ROYAL bobo
Bilmaganni so'rab o'rgangan olim..orlanib so'ramagan yana nimadir edi.. soddalik qursin shu ham esdan chiqibdi-ya qarang.:):) (Beruniy buvamiz aytganmidilar, yoki Erkin Vohidov amakimi,buyam esda yo'q)

hurmat bilan vipshams

Shu esingam har hila online gazetalarniyam korvurib kirdi-chiqdi bop qomiyaptimi dib havotirlanvotmiza, ozinga ehtiyot bol, birowni ogri tutma yana.