PDA

View Full Version : Tyumenlik dugonamning she'rlaridan tarjima


Buravik
03-18-2004, 12:13 PM
Necha bor sen uchun maktublar bitdim
Ular soz'lasinlar dardlarim mayli
Bedor kechalarda boqqancha ko'kka
Tong ottirganim kutib shu zayli

Qanchalik yoningda bo'lgim keladi
Qo'ngiroq ovozing eshitib kulsam
Quvnoq shabbodadan simirib birga
Va seni sevishim takror so'zlasam

Men uchun sen bahtsan oliy mukofot
Sen bilan bo'laman toki bor jahon
Faqat sen boshqasi menga na darkor
Umidim senga ham, kerak faqat men

***
Hozir jonim yoningda bol'gim kelmoqda
So'zlashmoq istayman o'pib kulgingdan
Ko'rmoq istagayman porloq ko'zlaring
Qo'rqaman hatoing bo'lib qolmoqdan

Quyoshing bo'lmoqni istayman tongda
Yulduzli tunlarda oy bo'lay senchun
Menimcha HIjrondan ado bo'laman
Sensiz yashamoqlik o'lim men uchun

***
Ko'zlaring bunchalar chiroyli erkam
Hafa bo'lganingda ham Kulganingda ham
Asir eta olar munchoq ko'zlaring
Nochor yosh to'kib so'nib tursa ham

Bo'ron sovutsa ham tufon tursa ham
Nigohing isitar muz badanimni
Kul qila oladi nursiz chog'i ham
Tim qora zimiston oshiq qalbimni

Shunchalar yoqimli ular men uchun
O'ylayman tinmasdan lol hayron bo'lib
Qaydan buncha kuch buncha ehtiros
O'pib quchgim kelar ularni suyib

Erkalab ko'zlaring labimla jonim
Ozod bo'lar edim g'amdan firoqdan
Va his etibon oramizdagi
"Sevgi"ni.. o'qirdim, shul koz'laringdan

Asadbek
03-18-2004, 03:37 PM
Welcome Back Buravik!

tarjimalarga gap yo'q. yana bormi?

Buravik
03-18-2004, 08:58 PM
Welcome Back Buravik!

tarjimalarga gap yo'q. yana bormi?

Asadbek dos'tim yakhsimisiz?..
Men bemalol sarkordan forum.uz ga kirdim... menimcha MegaZ ni saytni yangi hostga ko'chirgani uchun bo'lsa kere... Administratorga rakhmat !!!

tarjimalarga kelsak uncha ko'p emas... sal yakhshiroqlarini qo'ygandim... qoganlarini bir taxrir qilib bersez keyin uyalmasdan quyaveramiz...

Sizga omad do'stim... I think you understand what i mean.... !!!!

Buravik
03-18-2004, 08:59 PM
Buravik,
Yurakdan qattiq urgan ko'rinadi a??


hurmat bilan vipshams

Salom Vipshams!
yurakdan urmasa hech kim shoir bo'masdi....

Asadbek
03-19-2004, 01:10 AM
Buravik,
rahmat.
Navro'zdan keyin gaplashamiz unda. Men bugun bir haftaga jo'nab ketaman, iloji bo'lsa, forum.ga qarab turaman.

Bayramni yaxshi o'tkazing!