View Full Version : Nega haligachan shamanizm goyasa ishonamiz.
Administrator
03-27-2004, 05:24 AM
Biz ozbeklarni ham barcha turkiy halqlar kabi islomdan oldingi dinimiz shmanism bolgan.eshitishimcha yani buni koplar tasdiqlaydai 'koz tegish' tushunchgasi bu shamanizm ishonchlaridan bolib bizing halq islomdan avval bu 'eye evil' goyasiga ishonga.Ammo biz musulmon bolganisga asrlar otib ketdi ammo hali ham shu shamanist tushunchadan holos bola olmaganmiz yni bu ishonchga imonimiz hali ham mustahkam?Bu qorqoqlik qilishimizdanmi?
nikon
03-28-2004, 07:33 AM
kulli bid'atin zalolatun
Black
03-28-2004, 08:15 AM
Biz ozbeklarni ham barcha turkiy halqlar kabi islomdan oldingi dinimiz shmanism bolgan.eshitishimcha yani buni koplar tasdiqlaydai 'koz tegish' tushunchgasi bu shamanizm ishonchlaridan bolib bizing halq islomdan avval bu 'eye evil' goyasiga ishonga.Ammo biz musulmon bolganisga asrlar otib ketdi ammo hali ham shu shamanist tushunchadan holos bola olmaganmiz yni bu ishonchga imonimiz hali ham mustahkam?Bu qorqoqlik qilishimizdanmi?
Qadrli Administrator
1-dan, Islomdan oldin O'rta Osiyo halqlarining kopchilik qismi Shamanizmga emas, Zardushtiylikka ishonishgan.
2-dan, "Ko'z tegishi" Islomda bor narsa, ya'ni musulmonlar ko'z tegishiga ishonishadi. Islom dini magiya (sehrgarlik, ko'z tegishi, fol va h.k.) umuman yoq narsa deb hisoblamaydi, balki shu narsalar bilan shug'ullanish harom, harom bo'lgandayam kofir qiladigan darajada harom deb hisoblanadi (yani sehrgarlik yoki fol ochish bilan shug'ullangan, hattoki shunga ishongan odam ham kofir bo'p qoladi).
Payg'ambarimiz SAW aytganlar: "Kimki folbinni oldiga borib uni gapiga ishonmasdan qaytsa, uni 40 kunlik namozi qabul bo'lmaydi. Agar folbinni oldidan (uni gaplariga) ishonib qaytsa (ya'ni folbinni gaplariga ishonsa) Muhammad keltirgan dinga kufr keltiribdi (Ya'ni kofir bolibdi) !
Shuning uchun Do'stim Administrator oldin nima haqida gapirmoqchi ekanligizni aniqlab oling, Shamanizmmi yoki Ko'z tegishimi?
Man to'grisi Shamanizm nima ekanligini uncha yahshi bilmayman. Umumiy tushunchalardan boshqa hech narsa yoq. Kim Shamanizm haqida to'liqroq ma'lumot bera oladi. Nima o'zini u: dinmi yoki boshqacha narsami? Tarihi qaysi davrga va qaysi teritoriyaga borib taqaladi. O'rta Osiya, hususan O'zbekistonda Shamanizmni qanaqa turlari bor?
Oldin shu narsalarga oydinlik kiritib olsak juda yahshi bo'lardi. Keyin sizni savollarizga javob izlab korardi qadrli Administrator.
Administrator
03-28-2004, 11:44 AM
Black
ozbeklar ning ajdodlari orta asoiyaga kelgandan song zardushtiylikni ham qabul qilganlar bolgan lekin ozbeklarning asl asirlarcha ishongan dini shamanizm bolgan.sho boyisdan barcha turkiy halqlarni ham.Agar hozir ural oltoyga borsangiz u yerda zamonviy dabrda yashayapgan turkiylarni dini haligacham shamanizmdir.yani yoqutlar(sahalar),tuva,etc...
Administrator
03-28-2004, 11:45 AM
black informatsiyangiz uchun tashakkurlar endi man bilmasam siz bilganingizni orgating.
MUHLIS
03-28-2004, 04:57 PM
Turklar Islomdan avval xam bir Ilohga (ya'ni Tangri yoki Ko'kTangri) sig'inishgan. Mana shu boisdan xam, Turklar Islom dinini tez (ko'p hollarda ihtiyoriy ravishda) qabul qilishgan va tez orada Islom va musulmonlar himoyachisiga aylanib jihodchi va g'ozi kabi nomlarga erishishgan. Masalan: Oltin O'rda Turklarining bir qismi ihtiyoriy ravishda Islom dinini qabul etishgan (Ashtarhoniylar, Shayboniylar hamda Tatarlar). Shayboniyhon o'ta darajada dindor kishi bo'lgan, Juma namozlarida lashkariga o'zi imomlik qilgan. Uning Turkistonga yurishining sabablaridan biri Temuriylar davrida zino va gaflatga botgan Turkistonga Islomni qaytarish bo'lgan, undan keyin kelgan Ashtarhoniylar ham huddi shunday.
Ko'plab afsona va rivoyatlarga ko'ra, Turklarning yolg'iz ilohga sig'inishi Nuh alayhissalomga borib taqaladi. Nuh alayhissalomning uch o'g'li bo'lgan:
1. Hom
2. Som
3. Yofas
Yofasning o'gillaridan birining oti Turk bo'lgan, Turk qavmi Yofasning ana shu o'g'lidan tarqalgan.
Yana bir boshqa diqqatga molik rivoyat bor:
Kunlardan bir kun Nuh alayhissalom uhlab yotgan vaqtlarida u zotning avratlarini el ochadi. Otasining qoshida o'tirgan Hom hiringlab kuladi, Som "nega kulasan" deb tergaydi, Yofas esa indamasdan otasining avratini berkitadi. Yofasning o'g'li bo'lgan Turk xam yaxshi hulqli, e'tiqodli bo'lgan. Davrlar kechib ba'zi Turklar shomoniylikka yuz tutgan bo'lsa bordir, lekin Turklarning ko'pchiligi Islomga qadar xam yolg'iz ilohga ishonishgan.
Gareeb
03-28-2004, 05:05 PM
Men bunga uncha ham qushila olmiman. Chunki bu haqda ulamolar biror narsa deyishmagan. Islom kirib kelganda urta osiyo halqlari jaholat botqogida yashar edilar. Islom kelib haqiqiy insoniylikka qaytishgan. Islomni qabul qilishlari oson bulamagan, tez tez uz dinlariga qaytadiganlar uchrab turgan. Islom diniga qattiq qarshilik kursatganlar bulgan masalan Muqanna.
Administrator
03-28-2004, 06:17 PM
betayin bu sşznş aytgan 'jaohlat botqogi' tom manoda arablarga tegishli ular haqiqatdan ham botqoqda edi. Islom esa arablarda ijtimiy revolutsiyani sodir qildi.yana Johillika kelsa men eron va orta osiya uchun buni aytolmayman.
MUHLIS
03-29-2004, 07:11 PM
Islom kelishidan avval nafaqat Turklar balki Arablar, Forslar va boshqalar xam "jaholat botqog'ida" bo'lishgan. Arablarda ayniqsa bu avgida bo'lgan deyishadi (yangi tug'ilgan qizlarni o'ldirish, yaqin oila 'azolariga uylanish, sharobparastlik v.x.).
Mavzuga qaytadigan bo'lsak, Turklar asosan bir ilohga sig'inishgan. Muhammad alayhissalomdan avval kelgan Payg'ambarlar xam Allohning elchilari bo'lishgan va Insoniyatga Allohning istaklari va buyruqlarini yetkazishgan. Ya'ni Muhammad s.a.v. dan avval xam yolg'iz ilohga ishongan qavmlarni "kofir" deya olmaysiz, chunki ular o'zlari bilgan payg'ambarlar ularga nimani yetkazishgan bo'lsha o'shanga amal qilishgan. Agarki ular Islomdan habar topib, bilib, eshitib, ammo imon keltirmagan bo'lsalar edi, ana unda balki ularni "kofir". "johil" v.x. deyish mumkin bo'lardi. Islomdan avval Nasroniylik xam haq din bo'lgan, Iso aylahissalom Allohning erdagi elchisi bo'lgan, lekin bu din vaqt o'tishi bilan insonlar tarafidan o'zgartirilgan. Shuning uchun xam nasroniylarni ba'zan "adashganlar" deyishadi. Ammo, Allohning buyrug'iga ko'ra, Islomdan avval boshqa dinda bo'lgan (bo'lmagan) barcha Islom dinini qabul qilishi lozim (Allohning marhamatiga erishmoqchi bo'lsa va uning g'azabidan qo'rqsa). O'zi tarihga nazar soladigan bo'lsak, har da'fa insoniyat "jaholat botqog'iga" botganida Allohdan bir elchi kelib ularni hidoyatga boshlagan. Biroq, endi boshqa bulday bo'lmaydi, chunki Muhammad s.a.v. Allohning yerdagi eng ohirgi payg'ambari, Islom yagona haq din. To qoyimat kunigacha boshqa din va payg'ambarlar bo'lmaydi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda, men bir birodarimizning Turklar haqida "jaholar botqog'i" iborasini ishlatishiga unchalik xam qo'shila olmayman.
Royal
03-29-2004, 07:49 PM
Administrator
Agar ozin ishonsang bu hamma ishonadi degan gapmasku ?
Administrator
03-29-2004, 11:35 PM
Administrator
Agar ozin ishonsang bu hamma ishonadi degan gapmasku ?
men agar men ishonsam hamma ishonadi deyapmanmi?hoja bola..
Royal
03-30-2004, 08:13 AM
Administrator
Nega haligachan shamanizm goyasa ishonamiz.
Bu sarlavhani man yozuvmidim unda? Innan keyin mani hoja dib kim etdi?
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.