Joha
03-29-2004, 09:56 AM
Bor emish, yo'q emish bir shoh bor emish,
Non yemas, go'sht yemas, oltin yer emish.
Pora keltirsalar dollar yo so'mda,
Yo'qoting,
"Keltiring oltin!" der emish.
Tishlari oltinmish, uzuk oltindan,
Ismu sharif bitik tuzuk oltindan,
Soati oltinmish, to'xtamas aslo,
Belida kamari cho'zuk oltindan.
Kiygan to'ni, kiymagan do'ppisi oltindan.
Tennis o'ynaganda o'rtada to'ppisi oltindan,
Mehmon kutar emish oltin qasrda,
Sovg'ayu salomning lo'ppisi oltindan.
Oltindan qasrlar insho etibdi,
Uzatgan joyiga qo'li yetibdi,
Vaqt kelib Jabborning farmoni ila,
Butun oltinlarin tashlab ketibdi.
Boqiy el qalbida qololmabdi u,
Dillarda qasrlar sololmabdu u,
Dunyo oltinlarin yig'ibdiyu lek,
Oltin duolarni ololmabdi u.
TOBUT HAQIDA BALLADA
Tobut ham o’zicha qo’yar yo’talib,
Bir yonda odamlar bir yonda lahat,
Ne ne jasadlarni ko’rdi ko’tarib,
Kimning kimligini bilolmay faqat.
Tobut ham tarixdir o’z dunyosida,
Gohida yelkada, gohi chang bosgan.
Uyquga ketganda shum ro’yosida,
Ba’zan o’z-ozini dorlarga osgan.
Tobut ham titraydi tuhmat dastidan,
“Silkinib borar” deb aytsalar magar.
Tobut tosh qotadi o’lim shastidan,
Odamlar silkinar, yelka silkinar…
Tobut ham o’ladi o’z makonida,
Uni ko’targuvchi tobut topilmas.
Yo yonar yo yotar o’z arkonida
Kafan ne ustiga bo’z ham yopilmas.
Yusuf Jumaning “Millat fojesi” asarini o’qib...
Toshkandi esang magar,
"Qozoq" degan nom olding.
Samarqanda tug’ilsang gar,
Bas, Tojik bo’lib qolding.
Ahli Farg’ona bo’lsang,
"Andi", derlar tab tortmay.
Xorazm elda o’lsang,
Yuz burarlar kun botmay.
"Buxorolik man" desang,
"Jugut", deydilar beshak.
Asli qishloqdan esang,
Oting qo’yarlar "Eshak".
Namangan gar vataning
"Xunasa", deb so’karlar.
Hukm bo’lsa aytganing,
Oldingda tiz cho’karlar.
Qora qirg’iz yot unsur,
Jizzax Guliston uchun.
Turkmanning yuzi qursun,
Qarshi, Andijon uchun.
Yo Qqo’ng’irot" yo "Nayman",
Derlar ul yuklik uchun.
Yo "Eroniy", yo "Hayman",
Haqorat turklik uchun.
Fitna urug’in sepib,
Uka dushman akaga.
Do’sti do’stini tepib,
Ko’ngil berar takaga.
Ayrilganni ayiq yer,
Bo’lingan yem bo’riga.
O’zbek o’zin o’zi yer,
Tosh qalar so’ng go’riga.
(Jahongir Muhammad)
Non yemas, go'sht yemas, oltin yer emish.
Pora keltirsalar dollar yo so'mda,
Yo'qoting,
"Keltiring oltin!" der emish.
Tishlari oltinmish, uzuk oltindan,
Ismu sharif bitik tuzuk oltindan,
Soati oltinmish, to'xtamas aslo,
Belida kamari cho'zuk oltindan.
Kiygan to'ni, kiymagan do'ppisi oltindan.
Tennis o'ynaganda o'rtada to'ppisi oltindan,
Mehmon kutar emish oltin qasrda,
Sovg'ayu salomning lo'ppisi oltindan.
Oltindan qasrlar insho etibdi,
Uzatgan joyiga qo'li yetibdi,
Vaqt kelib Jabborning farmoni ila,
Butun oltinlarin tashlab ketibdi.
Boqiy el qalbida qololmabdi u,
Dillarda qasrlar sololmabdu u,
Dunyo oltinlarin yig'ibdiyu lek,
Oltin duolarni ololmabdi u.
TOBUT HAQIDA BALLADA
Tobut ham o’zicha qo’yar yo’talib,
Bir yonda odamlar bir yonda lahat,
Ne ne jasadlarni ko’rdi ko’tarib,
Kimning kimligini bilolmay faqat.
Tobut ham tarixdir o’z dunyosida,
Gohida yelkada, gohi chang bosgan.
Uyquga ketganda shum ro’yosida,
Ba’zan o’z-ozini dorlarga osgan.
Tobut ham titraydi tuhmat dastidan,
“Silkinib borar” deb aytsalar magar.
Tobut tosh qotadi o’lim shastidan,
Odamlar silkinar, yelka silkinar…
Tobut ham o’ladi o’z makonida,
Uni ko’targuvchi tobut topilmas.
Yo yonar yo yotar o’z arkonida
Kafan ne ustiga bo’z ham yopilmas.
Yusuf Jumaning “Millat fojesi” asarini o’qib...
Toshkandi esang magar,
"Qozoq" degan nom olding.
Samarqanda tug’ilsang gar,
Bas, Tojik bo’lib qolding.
Ahli Farg’ona bo’lsang,
"Andi", derlar tab tortmay.
Xorazm elda o’lsang,
Yuz burarlar kun botmay.
"Buxorolik man" desang,
"Jugut", deydilar beshak.
Asli qishloqdan esang,
Oting qo’yarlar "Eshak".
Namangan gar vataning
"Xunasa", deb so’karlar.
Hukm bo’lsa aytganing,
Oldingda tiz cho’karlar.
Qora qirg’iz yot unsur,
Jizzax Guliston uchun.
Turkmanning yuzi qursun,
Qarshi, Andijon uchun.
Yo Qqo’ng’irot" yo "Nayman",
Derlar ul yuklik uchun.
Yo "Eroniy", yo "Hayman",
Haqorat turklik uchun.
Fitna urug’in sepib,
Uka dushman akaga.
Do’sti do’stini tepib,
Ko’ngil berar takaga.
Ayrilganni ayiq yer,
Bo’lingan yem bo’riga.
O’zbek o’zin o’zi yer,
Tosh qalar so’ng go’riga.
(Jahongir Muhammad)