PDA

View Full Version : Islom Karimovning farmoni ila "O'zbekiston qahramoni&qu


Joha
03-29-2004, 09:56 AM
Yurtim senga yuzlandim bugun,
Lek yuzingni ko’rmadim, aslo.
Darding daryo shoirlar nechun,
Madohlikdan bo’lmishlar rasvo.
Ular she’rdan, millatdan yiroq,
Vujud xarob, qolmagan ori,
Ko’kragida oltindir biroq,
Bitilmagan tarixdir bori,
Faqat ojiz qalamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Yuraberding adolat izlab,
Topolmading baribir haqni,
Bugun yolg’on, o’tmishni o’zlab,
Go’r Amirda yengarsan vaqtni.
Rossiya, deb Vatanim manim,
Olimjonlar yugurib yeldi,
G’afur G’ulom rusni og’aynim,
Moskovni-chi, makka deb bildi.
Yaqin tarix qadamim manim,
Ozbekiston, Vatanim manim.


Tarixing bor, tarixing yo’qday,
Shohga qarab yozilgan kitob.
O’z o’zinga otilgan o’qday,
Oq saroyda sukunat - xitob.
Ko’z bog’lagich jodugar-mubham,
Bir zot bosmish taxtni o’likday.
Ne, ne suvlar oqdi hali ham,
Elning qonin emar zulukday,
O'shal battol dushmanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Erk ilmidan agar so’z ketsa ,
Ahli saroy toshga aylanar,
Evril Turon, Shovruq Bek desam,
Dildagi qon yoshga aylanar.
Boshim qo’ysam sajdaga noxos
Ko’zim ochdim Jasliq –zindonda.
Otam tori uzilgan bir so’z,
Onam sochi qolmish kuldonda,
Yerda qolgan, o, tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Ko'z oldimdan o'tar mirshablar,
Ko'z-ko'z etib mushtin, qurolin.
Zulmat bugun kunduz ham shablar,
Topolmasman nurning chiroyin.
Amerika - sehrli diyor,
Quchoq ochib deydi: “Kelgin, kel!”.
O'z yurtnini tark etib ilk bor,
Gurros gurros oqib ketar el,
Kolumbda bor alamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Ko'p damongir ko'rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh go'r toshi.
Lekin, makkor zulm ahli aro
Juda noyob bunday yurtboshi.
Necha yilkim taxtu arkonni,
Bosib yotar yuho tizlari,
Ota qo'li yetmagan donni,
Choshlab oldi uning qizlari.
Qolgan-qutgan somonim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Yuholarga ochganman savash,
Lekin bir bor so'rashim qarzdir,
Mansabdorga bosh egib yashash,
Xalqim senga ne sabab farzdir?
Axir sensan bir burda nonin,
O'zi yemay hokimga tutgan.
Axir sensan, aning yolg'onin,
Asaldayin qiynalmay yutgan,
Ona xalqim, jim-tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Bosh ustingda qlichin tutgan,
Begonamas, o'z rangi-olang.
Sarhad bo'ylab dushmanday kutgan,
Yog'iy bolang, la'nati bolang.
Chegara ne hatto uyingda,
Ushlab berding tuqqan iningni,
Tahlika deb bilgan kuningda,
Xaspo'shlading asl diningni,
Do'zax bo'lgan gulshanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Senga boylik bitmishdir-sukut,
Qon yutsang ham, ichsang ham sharob.
Ulug' Tangri unutdir unut,
Topinganing Islom yo Sharof.
Chora istab Oliy majlisdan
Havolarga uchdi unlaring,
Farmon olib shayton- iblisdan,
Ovoz berar vakil-qullaring,
Kuyib bitgan ul sha'nim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Mohtob qizlar yarim yalang'och,
Boldirlarda titrar oy nuri.
Iffatliga ochmaslar quchoq,
Sadoqatning yo'qdir g'amxo'ri.
Yo'lg'on avlod yolg'on ongida,
O'zligingni kashf aylading sen.
Mustaqillik tug'ar tongida,
Aro yo'lni boz saylading sen,
Munkib qoldi samanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Notinch asli bu ko'hna olam,
Qayda urush, qayda al omon.
Ammo sening kulbangda motam,
O'z tuqqaning vahshiy olomon.
Qonim oqdi Parkentda manim,
Kumushkonda o'q otilgan chog'
“Farg'onani bosdi,- deb,- g'anim”,
O'z bo'gzingga tortganda pichoq,
Dala-toshlar kafanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Qorli kuzda, men seni ko'rdim,
Paxtazorda jon bergan bolam.
Faryod bilan faryodni o'rdim,
Bosh ustingda yig'lagan u dam.
Kecha kunduz ter to'kkan dehqon,
Bir miri ham yo'q kissasida.
Mardikorlik , darbadarlik shon,
Fohishalik yo'l qissasida,
Kechdi, umri mahzanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Tashlab ketdi, "Man-Man!" derlaring,
Quyosh otli nuring balqmadi,
Tobutlarda qaytdi erlaring,
Endi "Birlik", "Erk" ham qalqmadi.
Balki Yusuf Jumadek yonib,
Yuz o'girib ketarman men ham.
Balki Ozod, Erkindek tonib,
Bir yulduzga yetarman men ham,
Farmoni zar, ma'danim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Ziyolilar talon tarojdir,
Ziyosidan ayro tushgan xalq.
Yo savdogar, yoki farroshdir,
Bu ne ko'rgu, bu qandayin haq.
Bir bolangman odatni buzdim,
Tikka qarab qo'ydim ko'zingga.
Kishanlarning halqasin uzdim,
Kimga aytay aytgum o'zinga,
Uxlab yotgan san tanim manim,
O'zbekiston vatanim manim.


Sen mudrasang zavol qo'ynida,
Derlar: "Shohi xalqiga mosdir".
Dor o'zidan arqon bo'ynida,
Osiy erni osmoqlik xosdir.
Yo'q, yo'q, voz kech, g'olib bo'l, o'ktam,
O'zligini tanigan - xalqdur.
Oyoqqa qalq, ozod bo'l o'lkam,
Agar senda bor bo'lsa g'urur,
Shunda derman, maskanim manim,
O'zbekistom vatanim manim.

(Jahongir Muhammad)

Prince
03-29-2004, 10:21 AM
Joha aka!
Raxmat , anchadan beri bunaqa mazza qilib sher uqimagan edim!!
Otezga raxmat!

shaken
04-02-2004, 10:22 AM
qoyil.. anchadan beri PC ni oldida yeglamaganiydim.. loOol :!:[I]

vipshams
04-04-2004, 07:23 PM
G'alamislikning hidini sezayapman bu she'rdan..
Boshqa narsa emas..

vipshams

shaken
12-18-2004, 05:18 PM
G'alamislikning hidini sezayapman bu she'rdan..
Boshqa narsa emas..

vipshams


galamislikni hidi betdan bosa unda ogayni hid sezish qobiliyatizni yoqotibsiz.. (rusla 'nyux poteryal' disharkan..)
siz etgan shu "galamislik"ga qol urishga majbur qiganla "galamis"masmikin ??

with all respect..

Royal
12-18-2004, 05:25 PM
galamislikni hidi betdan bosa unda ogayni hid sezish qobiliyatizni yoqotibsiz.. (rusla 'nyux poteryal' disharkan..)
siz etgan shu "galamislik"ga qol urishga majbur qiganla "galamis"masmikin ??

with all respect..

Shaken hapa boma undan, gunoh boladi!

PC oldida ozi "chiqarib" ozi sezib turgan vaqitlariydi u payitla!

stanford
12-18-2004, 05:54 PM
Beloved country
birthplace
of poets dreamers
lovers of the world
who look out openly
to reach beyond
and extend a greeting
it is in this sadness
that I feel homesick
though I only
remember you
through the eyes of a babe
that innocence
and thirst for you
mother country
still there
the days ,the months, the years
may God have mercy
on my beloved earth
Uzbekistan
how I long for you to feel whole
and be at peace..

_MiZZou_
12-18-2004, 08:27 PM
Yurtim senga yuzlandim bugun,
Lek yuzingni ko’rmadim, aslo.
Darding daryo shoirlar nechun,
Madohlikdan bo’lmishlar rasvo.
Ular she’rdan, millatdan yiroq,
Vujud xarob, qolmagan ori,
Ko’kragida oltindir biroq,
Bitilmagan tarixdir bori,
Faqat ojiz qalamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Yuraberding adolat izlab,
Topolmading baribir haqni,
Bugun yolg’on, o’tmishni o’zlab,
Go’r Amirda yengarsan vaqtni.
Rossiya, deb Vatanim manim,
Olimjonlar yugurib yeldi,
G’afur G’ulom rusni og’aynim,
Moskovni-chi, makka deb bildi.
Yaqin tarix qadamim manim,
Ozbekiston, Vatanim manim.


Tarixing bor, tarixing yo’qday,
Shohga qarab yozilgan kitob.
O’z o’zinga otilgan o’qday,
Oq saroyda sukunat - xitob.
Ko’z bog’lagich jodugar-mubham,
Bir zot bosmish taxtni o’likday.
Ne, ne suvlar oqdi hali ham,
Elning qonin emar zulukday,
O'shal battol dushmanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Erk ilmidan agar so’z ketsa ,
Ahli saroy toshga aylanar,
Evril Turon, Shovruq Bek desam,
Dildagi qon yoshga aylanar.
Boshim qo’ysam sajdaga noxos
Ko’zim ochdim Jasliq –zindonda.
Otam tori uzilgan bir so’z,
Onam sochi qolmish kuldonda,
Yerda qolgan, o, tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Ko'z oldimdan o'tar mirshablar,
Ko'z-ko'z etib mushtin, qurolin.
Zulmat bugun kunduz ham shablar,
Topolmasman nurning chiroyin.
Amerika - sehrli diyor,
Quchoq ochib deydi: “Kelgin, kel!”.
O'z yurtnini tark etib ilk bor,
Gurros gurros oqib ketar el,
Kolumbda bor alamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Ko'p damongir ko'rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh go'r toshi.
Lekin, makkor zulm ahli aro
Juda noyob bunday yurtboshi.
Necha yilkim taxtu arkonni,
Bosib yotar yuho tizlari,
Ota qo'li yetmagan donni,
Choshlab oldi uning qizlari.
Qolgan-qutgan somonim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Yuholarga ochganman savash,
Lekin bir bor so'rashim qarzdir,
Mansabdorga bosh egib yashash,
Xalqim senga ne sabab farzdir?
Axir sensan bir burda nonin,
O'zi yemay hokimga tutgan.
Axir sensan, aning yolg'onin,
Asaldayin qiynalmay yutgan,
Ona xalqim, jim-tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Bosh ustingda qlichin tutgan,
Begonamas, o'z rangi-olang.
Sarhad bo'ylab dushmanday kutgan,
Yog'iy bolang, la'nati bolang.
Chegara ne hatto uyingda,
Ushlab berding tuqqan iningni,
Tahlika deb bilgan kuningda,
Xaspo'shlading asl diningni,
Do'zax bo'lgan gulshanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Senga boylik bitmishdir-sukut,
Qon yutsang ham, ichsang ham sharob.
Ulug' Tangri unutdir unut,
Topinganing Islom yo Sharof.
Chora istab Oliy majlisdan
Havolarga uchdi unlaring,
Farmon olib shayton- iblisdan,
Ovoz berar vakil-qullaring,
Kuyib bitgan ul sha'nim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Mohtob qizlar yarim yalang'och,
Boldirlarda titrar oy nuri.
Iffatliga ochmaslar quchoq,
Sadoqatning yo'qdir g'amxo'ri.
Yo'lg'on avlod yolg'on ongida,
O'zligingni kashf aylading sen.
Mustaqillik tug'ar tongida,
Aro yo'lni boz saylading sen,
Munkib qoldi samanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Notinch asli bu ko'hna olam,
Qayda urush, qayda al omon.
Ammo sening kulbangda motam,
O'z tuqqaning vahshiy olomon.
Qonim oqdi Parkentda manim,
Kumushkonda o'q otilgan chog'
“Farg'onani bosdi,- deb,- g'anim”,
O'z bo'gzingga tortganda pichoq,
Dala-toshlar kafanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Qorli kuzda, men seni ko'rdim,
Paxtazorda jon bergan bolam.
Faryod bilan faryodni o'rdim,
Bosh ustingda yig'lagan u dam.
Kecha kunduz ter to'kkan dehqon,
Bir miri ham yo'q kissasida.
Mardikorlik , darbadarlik shon,
Fohishalik yo'l qissasida,
Kechdi, umri mahzanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Tashlab ketdi, "Man-Man!" derlaring,
Quyosh otli nuring balqmadi,
Tobutlarda qaytdi erlaring,
Endi "Birlik", "Erk" ham qalqmadi.
Balki Yusuf Jumadek yonib,
Yuz o'girib ketarman men ham.
Balki Ozod, Erkindek tonib,
Bir yulduzga yetarman men ham,
Farmoni zar, ma'danim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Ziyolilar talon tarojdir,
Ziyosidan ayro tushgan xalq.
Yo savdogar, yoki farroshdir,
Bu ne ko'rgu, bu qandayin haq.
Bir bolangman odatni buzdim,
Tikka qarab qo'ydim ko'zingga.
Kishanlarning halqasin uzdim,
Kimga aytay aytgum o'zinga,
Uxlab yotgan san tanim manim,
O'zbekiston vatanim manim.


Sen mudrasang zavol qo'ynida,
Derlar: "Shohi xalqiga mosdir".
Dor o'zidan arqon bo'ynida,
Osiy erni osmoqlik xosdir.
Yo'q, yo'q, voz kech, g'olib bo'l, o'ktam,
O'zligini tanigan - xalqdur.
Oyoqqa qalq, ozod bo'l o'lkam,
Agar senda bor bo'lsa g'urur,
Shunda derman, maskanim manim,
O'zbekistom vatanim manim.

(Jahongir Muhammad)

I almost cried=((

shaken
12-19-2004, 01:41 AM
Shaken hapa boma undan, gunoh boladi!

PC oldida ozi "chiqarib" ozi sezib turgan vaqitlariydi u payitla!


aka Royal !
ya ne 'hafa' ya 'v hayrane' .. de..

LIA FLAME
12-19-2004, 02:46 AM
ne sapsem ponela.. et opusi vashego prezidenta??

BuenoH
12-19-2004, 04:30 AM
ne sapsem ponela.. et opusi vashego prezidenta??
Can u get uzbek language? or turkish?

LIA FLAME
12-19-2004, 05:33 AM
Can u get uzbek language? or turkish?
nope. just a guess fro the topic. so?

PainKiller
12-19-2004, 05:59 AM
well, nothing new. Anyways, not the poem which should be posted by the Moderator.:D

LIA FLAME
12-19-2004, 07:19 AM
mda.. perefrazuyu ?. avtor etogo poema ili smth like karimov? i esli da, o 4om et? ne uj o lubvi i o vesni?? o spravedlivosti i o chesti..?!

PainKiller
12-19-2004, 08:44 AM
mda.. perefrazuyu ?. avtor etogo poema ili smth like karimov? i esli da, o 4om et? ne uj o lubvi i o vesni?? o spravedlivosti i o chesti..?!well the poems main idea is-Uzbedkistan is in shit and goverment is the reason of it.

LIA FLAME
12-19-2004, 09:01 AM
well the poems main idea is-Uzbedkistan is in shit and goverment is the reason of it.
evrika:) esli uteshit, uzb v etom plane ne odinok.
no so4inyat na tom poemi.. kakoy iz'y ashniy sarkazm..

BuenoH
12-19-2004, 09:42 AM
evrika:) esli uteshit, uzb v etom plane ne odinok.
no so4inyat na tom poemi.. kakoy iz'y ashniy sarkazm..
Caution: The misinterpretition might coz serious virtual injuries :lol:

stanford
12-19-2004, 11:51 AM
How about a poem i posted??

shiawase
04-03-2005, 02:13 PM
Haaa, mana buni she'r desa bo'ladi... Halqning hamma dardini topib, ajoyib tarzda tasvirlab qo'yibdi shoir...

I cried guys...This is the first time in 2 years, I felt so emotional..

Zamon
04-03-2005, 02:32 PM
evrika:) esli uteshit, uzb v etom plane ne odinok.
no so4inyat na tom poemi.. kakoy iz'y ashniy sarkazm..
hehehehe you right! eto nazyvaetsa Vostok! a Vostok delo tonkoe, srazu stihi poemy, kto to drugoi stanet Prezidentom opyat stihi potom esho i esho :D veselo zhivem odnako.

-Resident-
04-03-2005, 05:02 PM
Haaa, mana buni she'r desa bo'ladi... Halqning hamma dardini topib, ajoyib tarzda tasvirlab qo'yibdi shoir...

I cried guys...This is the first time in 2 years, I felt so emotional..
Ha shu erlariga bironta mard qo`shiqchi qo`shiq qilib aytvorsa qalay bo`lar edi...:)

Abu Hurayra
04-03-2005, 05:08 PM
Assalamu Alekum Joha! I'm so impressed with your poem that I will never
open thread in this:Literature and arts. as a simbol of my Respect to your work...

Hi all !
You would also cry if only you feelt the same like above expressed Personals in the poem...(Dustimiz keltirgan sherda tavsirlangan:Zulm chekkanlarning o'rniga uzizni bir quyib kursayiz,o'ksib o'ksib yig'laysiz...)



PS: Ko'ngil Yig'laydiyu Ko'zlarda nam yo'q!
Namlar qurib bulgan,endi qonham yo'q
Bu gaplar tagida qancha dard-alam
Qalbdan sezadigan bir dust-sanam yo'q

Einstein
04-04-2005, 04:16 AM
Qoyil lekin, hech qachon bunaqa tasirchan sher uqimagandim. Bravo

Maximilyan
04-04-2005, 04:57 AM
Qojilman!!!! Hajotimda bunaqangi ta'sirchan sh'erni o'qimagan edim!!!! Uzbekiston halqining hozirgi kunda kechirajotgan molijavij, m'anavij, ruhij qijinchililarini ochiq ifoda etuvchi bu ajojib sh'er har bir insonni dilida katta t'asurot qoldiradi!!!! Form Mahmud!!!

Pythagor
04-04-2005, 05:18 AM
Manga jaaaa sila maqtaganchalik yoqmadi bu she'r. :( .
Qanaqangidir ko'rolmaslikmiyeee, bilmadim nima diyish mumkin...

Mana bu "Ozbekiston" (http://ziyo-uz.land.ru/Poems/abdulla.html#5) sh'erini she'r disa bo'ladi.

shiawase
04-04-2005, 05:48 AM
Manga jaaaa sila maqtaganchalik yoqmadi bu she'r. :( .
Qanaqangidir ko'rolmaslikmiyeee, bilmadim nima diyish mumkin...

Mana bu "O'zbekiston" sh'erini she'r disa bo'ladi.

"Darding daryo shoirlar nechun,
Madohlikdan bo’lmishlar rasvo.
Ular she’rdan, millatdan yiroq,
Vujud xarob, qolmagan ori,
Ko’kragida oltindir biroq,
Bitilmagan tarixdir bori,..."

Adam janoblari, mabodo yuqoridagi misralarda ta'riflangan Uzb qahramonining jiyani emasmisiz? :) .

Pythagor
04-04-2005, 05:54 AM
Adam janoblari, mabodo quyidagi misralarda ta'riflangan Uzb qahramonining jiyani emasmisiz? (hazil).
"Darding daryo shoirlar nechun,
Madohlikdan bo’lmishlar rasvo.
Ular she’rdan, millatdan yiroq,
Vujud xarob, qolmagan ori,
Ko’kragida oltindir biroq,
Bitilmagan tarixdir bori,..."


hehe, shiawase(bek/xon) menga u she'rni mauallifi qahramonmmi, qahramon emasmi buni qizig'i yo'q. Kim bo'lganda ham "O'zbekiston" she'rini yaxshi yozgan dimoqchiman, xalos.

P.S. Hech qanday tanish bilishchiligim yo'q muallif bilan ;)

UzbekVoice
04-04-2005, 06:20 AM
Àäàì æàíîáëàðè, øåüðíèíã âàêòëàðèíè õàì ñîëèøòèðèíã. Óëàð èêêè õèë çàìîíäà ¸çèëãàí. Òàõìèíàí 30-éèë÷à âàêò áîð îðàñèäà. Õå÷ êà÷îí áèòòà øåüð áóòóí äàâðëàð ó÷óí ìàâçó áóëèá êîëîëìèäè....

p.s: Ìåí õàì èêêàëà øîèðëàðíè õàì òàíèìèìàí. Ôàêàò îáüåêòèâ ìóíîñàáàò áèëäèðäèì.

Pythagor
04-04-2005, 06:35 AM
Àäàì æàíîáëàðè, øåüðíèíã âàêòëàðèíè õàì ñîëèøòèðèíã. Óëàð èêêè õèë çàìîíäà ¸çèëãàí. Òàõìèíàí 30-éèë÷à âàêò áîð îðàñèäà. Õå÷ êà÷îí áèòòà øåüð áóòóí äàâðëàð ó÷óí ìàâçó áóëèá êîëîëìèäè....

Etmoqchisiz, sovetlar davrida yozilgan she'rlar zo'r yozilgan depmi?
Sizningcha, bu she'rlarni taqqoslash mumkin emas. To'g'rimi?

Qolaversa bu silar maqatyotgan she'r "O'zbekiston" she'riga qaysidur ma'noda taqqoslanib yozilgan ko'rinadi. Hamma narsani originali yaxshi diyishadiyu.. ;)

"O'zbekiston" she'rini butun davrlar uchun mavzu bo'lib qoladi diganim yo'qku.

DIDO
04-04-2005, 09:08 AM
Juda g`alati-a, unday desayam wooow deydi , bunday desayam woow deydi odam. Bitta narsani so`z bilan osmonlarga ko`tarish mumkin, va huddi shunday qora balchiqqa bulg`ash mumkin. Mana buni so`z sehri desa bo`ladi.Tangani ikki ta'rafi bor.
Shuncha odam ta'sirlanibdi-ya!

UzbekVoice
04-04-2005, 09:15 AM
Etmoqchisiz, sovetlar davrida yozilgan she'rlar zo'r yozilgan depmi?
Sizningcha, bu she'rlarni taqqoslash mumkin emas. To'g'rimi?

Qolaversa bu silar maqatyotgan she'r "O'zbekiston" she'riga qaysidur ma'noda taqqoslanib yozilgan ko'rinadi. Hamma narsani originali yaxshi diyishadiyu.. ;)

"O'zbekiston" she'rini butun davrlar uchun mavzu bo'lib qoladi diganim yo'qku.

Éóê, ôàêàò èêêèí÷è øåüð áóãóíãè çàìîíäàãè ðåàëëèêêà ÿêèíðîê äåìîê÷èäèì, õîëîñ. Áó ìåíèíã øàõñèé ôèêðèì. Óíè 100 ôîèç òóãðè äåá áîøêàëàðãà óêòèðìîê÷è õàì ýìàñìàí.

maradona
04-04-2005, 09:53 AM
Rossiya, deb Vatanim manim,
Olimjonlar yugurib yeldi,
G’afur G’ulom rusni og’aynim,
Moskovni-chi, makka deb bildi.
....
(Jahongir Muhammad)

Bu sher mallufiga bir qoyil qoldim,bir xafa buldim...qoyil qolganim sababi shuki haqiqatda sher reallik juda yaqin....lekin xafa buganim ulug yozuvchi shoirlarimizni bunaqa haqoratlash kerakmas edida...Men Hamid Olimjonni biron bir sherini tasirlanmasdan uqiy olmayman...Gafur Gulomni ku sen etim emassan sheri uqib yiglashdan uzimni zurga tuxtatib turaman...bu shoirlar usha paytdagi reallikni yozgan bular ham...2 000 000 dan ortiq etim bolalarga boshpana ,non bergan uzbek xalqi...bizni xalq yaxshilik qilishdan charmagan,charmaydi..charchamasin ham...
...

UzbekVoice
04-04-2005, 10:14 AM
Bu sher mallufiga bir qoyil qoldim,bir xafa buldim...qoyil qolganim sababi shuki haqiqatda sher reallik juda yaqin....lekin xafa buganim ulug yozuvchi shoirlarimizni bunaqa haqoratlash kerakmas edida...Men Hamid Olimjonni biron bir sherini tasirlanmasdan uqiy olmayman...Gafur Gulomni ku sen etim emassan sheri uqib yiglashdan uzimni zurga tuxtatib turaman...bu shoirlar usha paytdagi reallikni yozgan bular ham...2 000 000 dan ortiq etim bolalarga boshpana ,non bergan uzbek xalqi...bizni xalq yaxshilik qilishdan charmagan,charmaydi..charchamasin ham...
...
Ñèçíèíã áó ãàïèíãèç õàì òóãðè, êóøèëàìàí.

-ÁÅÊÎÐ×È-
04-05-2005, 07:56 AM
Áèð ¸êëàìà ìîéèëëèêêà ýãà áóëìàãàí, èäåàë øàõñ éóêëèãèíè òóãðè òóøóíãàí Ôîðóìäîøëàð øåúð õàêèäà ÿõøè ôèêð áèëäèðãàíëàð, áóíè õàçì êèëèøíè õîõëàìàãàíëàð áóëñà "îðèãèíàë" âàðèàíòíè àôçàë áèëãàíëàð.

Ìåíèì÷à áàðèáèð æóäà ÿõøè øåúð!

Çàìîí âà ìàêîí áèëàí áîãëèê ðàâèøäà øàõñèé êàðàøëàðèìèç õàì ìàâæóäêè, áó óçèìèçíè òóòèøèìèçãà, õà¸ò òàðçèìèçãà, èæîäèìèçãà âà àëáàòòà ÏÎÑÒëàðèìèçãà õàì óç òàúñèðèíè óòêàçàäè.

Ìàñàëàí: Adamjoning ÈÌÇÎËÀÐÈ :)

PS. ×óçèá þáîðìàäèììè?

maradona
04-05-2005, 09:15 AM
Áèð ¸êëàìà ìîéèëëèêêà ýãà áóëìàãàí, èäåàë øàõñ éóêëèãèíè òóãðè òóøóíãàí Ôîðóìäîøëàð øåúð õàêèäà ÿõøè ôèêð áèëäèðãàíëàð, áóíè õàçì êèëèøíè õîõëàìàãàíëàð áóëñà "îðèãèíàë" âàðèàíòíè àôçàë áèëãàíëàð.

Ìåíèì÷à áàðèáèð æóäà ÿõøè øåúð!...

Yuk men yomon deyotganim yuk...sher juda yaxshi yozilgan lekin men qarshi chiqayotgan joyim shuki Hamid Olimjon,Gafur Gulom larni asarlarini (sherlarini)kupchligini ukiganman shundan kelib chiqqan holda...yuqoridagi sherda yozilgan bitta turtlikni ular shaniga bunaqa haqoratlar yaxshimas demoqchiman...

Agar meni fikrimga qarshi chiqadiganlar bulsa,Hamid Olimjon yoki Gafur Gulomdan oz moz ukib kuringlar... agar shunda ham meni fkirimni notugri,sherdagi fikrni tugri desangiz demak... Hamid Olimjonni " Eng gullagan yoshlik chgimda..." satrlari bilan boshlanadigan sheri,sherga qilingan qushiqni ming martalab qayta qayta eshtayotgan odamlar,yoki "adirlarni yayov kezganda,bir ajib his bor edi menda..." satrlarini ukib vatanini soginib,kuziga yosh olib,yoki bumasam Gafur Gulomni "Shum bola"sini kurganda ham kulib,ham yiglab utiradigan minglab odamlar sizningcha ,boringki usha yuqoridagi shoirni fikricha hammasi axmoq nodon ekanda bumasam a, qoil lekin...

lekin men aytgan usha turtlik,baribri ortiqcha edi,bu shoirni haqqi yuk edi unaqa deyishga...qani uzi avval shu "shum bola"ga uxshash bir nima,yoki roman yozmaydigan busa,"sen yetim emassan" ga teng keladigan bir nima yozib quysin avval qoyillatib,keyin qoralab gapirishni uylanib kursin bundoq uz boshiga...

Uzurlar men ham juda juzvordim....

Desperado
04-05-2005, 09:37 AM
Yuk men yomon deyotganim yuk...sher juda yaxshi yozilgan lekin men qarshi chiqayotgan joyim shuki Hamid Olimjon,Gafur Gulom larni asarlarini (sherlarini)kupchligini ukiganman shundan kelib chiqqan holda...yuqoridagi sherda yozilgan bitta turtlikni ular shaniga bunaqa haqoratlar yaxshimas demoqchiman...

Agar meni fikrimga qarshi chiqadiganlar bulsa,Hamid Olimjon yoki Gafur Gulomdan oz moz ukib kuringlar... agar shunda ham meni fkirimni notugri,sherdagi fikrni tugri desangiz demak... Hamid Olimjonni " Eng gullagan yoshlik chgimda..." satrlari bilan boshlanadigan sheri,sherga qilingan qushiqni ming martalab qayta qayta eshtayotgan odamlar,yoki "adirlarni yayov kezganda,bir ajib his bor edi menda..." satrlarini ukib vatanini soginib,kuziga yosh olib,yoki bumasam Gafur Gulomni "Shum bola"sini kurganda ham kulib,ham yiglab utiradigan minglab odamlar sizningcha ,boringki usha yuqoridagi shoirni fikricha hammasi axmoq nodon ekanda bumasam a, qoil lekin...

lekin men aytgan usha turtlik,baribri ortiqcha edi,bu shoirni haqqi yuk edi unaqa deyishga...qani uzi avval shu "shum bola"ga uxshash bir nima,yoki roman yozmaydigan busa,"sen yetim emassan" ga teng keladigan bir nima yozib quysin avval qoyillatib,keyin qoralab gapirishni uylanib kursin bundoq uz boshiga...

Uzurlar men ham juda juzvordim....


Yahshi shoir yoki yozuvchi bo'lsih bilan haqiqiy shoir yoki yozuvchi bo'lsih o'rtasida farq bor, chunki faqat haqiqiy insongina haqiqiy shoir yoki yozuvchi bo'lsihi mumkin.

Haqiqiy ziyoli yahshi va yomon kunlarda xalq bilan birga bo'ladi, xalq uchun ijod qiladi va xalq uchun yashaydi.

Haqiqiy ziyoli maddohlik qilmaydi, insonlar zulmdan qon qusayotganini tomosha qila turib asal yalamaydi.

Abdulla Oripov yoki Erkin Vohidov yoki O'tkir Hoshimovlar juda ham talantli yahshi shoir va yozuvchilardir, ammo ularni Usmon Nosir, Cho'lpon, Rauf Parfi va Muhammad Solih kabilar bilan taqqoslash ko'mirni olmos bilan taqqoslashday gap bo'ladi.

maradona
04-05-2005, 09:42 AM
... kabilar bilan taqqoslash ko'mirni olmos bilan taqqoslashday gap bo'ladi.

Ok.Men xato toqqaslabman uzur...

Desperado
04-05-2005, 10:04 AM
Ok.Men xato toqqaslabman uzur...

lekin gap bu yerda kimnidir kim bilan taqqoslash haqida emas...

siz aytayotgan ulkan adiblarimiz orasida o'z davrlarida boshqa xalqparvar va haqiqatparvar ziyolilarimiz ustidan tuhmat-bo'hton yog'dirganlari ham anchagina bo'lgan.

unvon yoki mansab uchun kommunistlarning kuyiga o'ynaganlari sanoqsiz.

Jahongir aka o'zining yuqoridagi she'rida mana shu holatlarni qalamga olib o'tgan.

Umid qilamanki tushinmovchiliklar yo'q.

maradona
04-05-2005, 10:24 AM
...siz aytayotgan ulkan adiblarimiz orasida o'z davrlarida boshqa xalqparvar va haqiqatparvar ziyolilarimiz ustidan tuhmat-bo'hton yog'dirganlari ham anchagina bo'lgan.
unvon yoki mansab uchun kommunistlarning kuyiga o'ynaganlari sanoqsiz.


Men bu ishlarni ular unvon yoki mansab uchun qilgan deb uylamayman...
Agar usha mashhur shoir,yozuvchilar mansab,unvon deb shunaqa past ishlarni qilgan busa,oddiy odamlarga achinaman xolos...

Desperado avatar dagi suratda qulizda ushlab turganiz mobodo tupponcha emasmi?

Balkim usha adiblarni boshida kimdir topponcha ushlab turmaganmikin degan hayol, nahotki siz hayolingizga kemadi...
__________________________________________________ ______________
Bir gapni aytishim zarurki tarixni,aniqrogi uz tarixini ,judayam aniqrogi tarixida iz qoldirgan odamlarni yoppasiga qoralash ,achchiq busada faqat Uzbeklarga xos...

Bu albatta usha Sovet davri bilan bogliq "refleks",chunki Sho'ro tuzumi jahonda birinchi bulib millatga uz tarixiga nafrat bilan qarashni urgatdi...kimga faqat uzbeklarga...

Dustlar bu odatdan foz kechish payti kemadimikin,utib ketgan odamni yomonlab nima foyda,kimga foyda ..qabrida tinch yotsin...nima busayam,bu bizni tarix ku...

Desperado
04-05-2005, 10:45 AM
Men bu ishlarni ular unvon yoki mansab uchun qilgan deb uylamayman...
Agar usha mashhur shoir,yozuvchilar mansab,unvon deb shunaqa past ishlarni qilgan busa,oddiy odamlarga achinaman xolos...

Desperado avatar dagi suratda qulizda ushlab turganiz mobodo tupponcha emasmi?

Balkim usha adiblarni boshida kimdir topponcha ushlab turmaganmikin degan hayol, nahotki siz hayolingizga kemadi...
__________________________________________________ ______________
Bir gapni aytishim zarurki tarixni,aniqrogi uz tarixini ,judayam aniqrogi tarixida iz qoldirgan odamlarni yoppasiga qoralash ,achchiq busada faqat Uzbeklarga xos...

Bu albatta usha Sovet davri bilan bogliq "refleks",chunki Sho'ro tuzumi jahonda birinchi bulib millatga uz tarixiga nafrat bilan qarashni urgatdi...kimga faqat uzbeklarga...

Dustlar bu odatdan foz kechish payti kemadimikin,utib ketgan odamni yomonlab nima foyda,kimga foyda ..qabrida tinch yotsin...nima busayam,bu bizni tarix ku...

hayolingizga nahotki peshonasiga to'pponcha tiralmasa ham bir-birini bajonidil mozorga yo'llab qoyadigan insonlar ham borligi kelmadi?

undan tashqari imzoingizda yozilgan gap ham unchalik to'g'ri emas. O'zbek oqni oq, qorani qora deyishga o'rganishi kerak.

bizning xalq sifatida eng buyuk hatomiz, biz hech qachon o'z tarihimizdan dars olmaymiz.

'mening tarihim' , 'mening ajdodim' kabi sohta vatanparvar gaplar esa bizga hech qachon yordam bermaydi.

haqiqat- eng oliy niyatimiz bo'lsin.

maradona
04-05-2005, 11:02 AM
hayolingizga nahotki peshonasiga to'pponcha tiralmasa ham bir-birini bajonidil mozorga yo'llab qoyadigan insonlar ham borligi kelmadi?

undan tashqari imzoingizda yozilgan gap ham unchalik to'g'ri emas. O'zbek oqni oq, qorani qora deyishga o'rganishi kerak.

bizning xalq sifatida eng buyuk hatomiz, biz hech qachon o'z tarihimizdan dars olmaymiz.

'mening tarihim' , 'mening ajdodim' kabi sohta vatanparvar gaplar esa bizga hech qachon yordam bermaydi.

haqiqat- eng oliy niyatimiz bo'lsin.

Meni kechirasizu,lekin bu Odamlar nima qilganlari haqidagi kuplab maqolalarni uqidim...yozilishicha siz aytgan gaplarni tasdiqlaydi...balkim siz ular aytgan gapni aytayotgan bulishingiz mumkin...nima bugandayam shoir,yozuvchilarni oddiy odamlarga qaraganda odamiyligi baland,deb uylayman...

Ha haqiqat eng oliy niyatimiz bulsin...Haq-bu olloh,haqiqat-bu ollohni tanish...ha hech kimni bu baxtdan benasib qilmasin...

Pythagor
04-05-2005, 04:54 PM
....ammo ularni Usmon Nosir, Cho'lpon, Rauf Parfi va Muhammad Solih kabilar bilan taqqoslash ko'mirni olmos bilan taqqoslashday gap bo'ladi...

hehe, man ularni bunday taqqoslamagan bo'lardim. Chunki A.Oripov ham, E.Voxidiv ham vaqtdida she'rlarini yozib qo'yishgan. To'g'ri, hozir zamon shuni talab qilayapti ulardan, zamon ulardan hozirgidek odamsimon hayvon bo'lishshi talab qilayapti, lekin sa'natiga gap yo'q. She'rni, asarni ham qoyillatib yozadi. paqat xalqni dardini kuylamiydi. Xalqi uchun jon kuydirmiydi. Agar shularni nazarda tutib ularni kamsitsangiz, unda hamma shoirlarni kamchiligini topish mumkin.
Demoqchimanki, paqat ularni sa'natini taqqoslayappan. Aslidaku ularni odam safiga ham qo'shmagan bo'lardim...


Omadlar.

akamullo
04-06-2005, 02:11 AM
Yurtim senga yuzlandim bugun,
Lek yuzingni ko’rmadim, aslo.
Darding daryo shoirlar nechun,
Madohlikdan bo’lmishlar rasvo.
Ular she’rdan, millatdan yiroq,
Vujud xarob, qolmagan ori,
Ko’kragida oltindir biroq,
Bitilmagan tarixdir bori,
Faqat ojiz qalamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Yuraberding adolat izlab,
Topolmading baribir haqni,
Bugun yolg’on, o’tmishni o’zlab,
Go’r Amirda yengarsan vaqtni.
Rossiya, deb Vatanim manim,
Olimjonlar yugurib yeldi,
G’afur G’ulom rusni og’aynim,
Moskovni-chi, makka deb bildi.
Yaqin tarix qadamim manim,
Ozbekiston, Vatanim manim.


Tarixing bor, tarixing yo’qday,
Shohga qarab yozilgan kitob.
O’z o’zinga otilgan o’qday,
Oq saroyda sukunat - xitob.
Ko’z bog’lagich jodugar-mubham,
Bir zot bosmish taxtni o’likday.
Ne, ne suvlar oqdi hali ham,
Elning qonin emar zulukday,
O'shal battol dushmanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Erk ilmidan agar so’z ketsa ,
Ahli saroy toshga aylanar,
Evril Turon, Shovruq Bek desam,
Dildagi qon yoshga aylanar.
Boshim qo’ysam sajdaga noxos
Ko’zim ochdim Jasliq –zindonda.
Otam tori uzilgan bir so’z,
Onam sochi qolmish kuldonda,
Yerda qolgan, o, tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Ko'z oldimdan o'tar mirshablar,
Ko'z-ko'z etib mushtin, qurolin.
Zulmat bugun kunduz ham shablar,
Topolmasman nurning chiroyin.
Amerika - sehrli diyor,
Quchoq ochib deydi: “Kelgin, kel!”.
O'z yurtnini tark etib ilk bor,
Gurros gurros oqib ketar el,
Kolumbda bor alamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Ko'p damongir ko'rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh go'r toshi.
Lekin, makkor zulm ahli aro
Juda noyob bunday yurtboshi.
Necha yilkim taxtu arkonni,
Bosib yotar yuho tizlari,
Ota qo'li yetmagan donni,
Choshlab oldi uning qizlari.
Qolgan-qutgan somonim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Yuholarga ochganman savash,
Lekin bir bor so'rashim qarzdir,
Mansabdorga bosh egib yashash,
Xalqim senga ne sabab farzdir?
Axir sensan bir burda nonin,
O'zi yemay hokimga tutgan.
Axir sensan, aning yolg'onin,
Asaldayin qiynalmay yutgan,
Ona xalqim, jim-tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Bosh ustingda qlichin tutgan,
Begonamas, o'z rangi-olang.
Sarhad bo'ylab dushmanday kutgan,
Yog'iy bolang, la'nati bolang.
Chegara ne hatto uyingda,
Ushlab berding tuqqan iningni,
Tahlika deb bilgan kuningda,
Xaspo'shlading asl diningni,
Do'zax bo'lgan gulshanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Senga boylik bitmishdir-sukut,
Qon yutsang ham, ichsang ham sharob.
Ulug' Tangri unutdir unut,
Topinganing Islom yo Sharof.
Chora istab Oliy majlisdan
Havolarga uchdi unlaring,
Farmon olib shayton- iblisdan,
Ovoz berar vakil-qullaring,
Kuyib bitgan ul sha'nim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Mohtob qizlar yarim yalang'och,
Boldirlarda titrar oy nuri.
Iffatliga ochmaslar quchoq,
Sadoqatning yo'qdir g'amxo'ri.
Yo'lg'on avlod yolg'on ongida,
O'zligingni kashf aylading sen.
Mustaqillik tug'ar tongida,
Aro yo'lni boz saylading sen,
Munkib qoldi samanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Notinch asli bu ko'hna olam,
Qayda urush, qayda al omon.
Ammo sening kulbangda motam,
O'z tuqqaning vahshiy olomon.
Qonim oqdi Parkentda manim,
Kumushkonda o'q otilgan chog'
“Farg'onani bosdi,- deb,- g'anim”,
O'z bo'gzingga tortganda pichoq,
Dala-toshlar kafanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Qorli kuzda, men seni ko'rdim,
Paxtazorda jon bergan bolam.
Faryod bilan faryodni o'rdim,
Bosh ustingda yig'lagan u dam.
Kecha kunduz ter to'kkan dehqon,
Bir miri ham yo'q kissasida.
Mardikorlik , darbadarlik shon,
Fohishalik yo'l qissasida,
Kechdi, umri mahzanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Tashlab ketdi, "Man-Man!" derlaring,
Quyosh otli nuring balqmadi,
Tobutlarda qaytdi erlaring,
Endi "Birlik", "Erk" ham qalqmadi.
Balki Yusuf Jumadek yonib,
Yuz o'girib ketarman men ham.
Balki Ozod, Erkindek tonib,
Bir yulduzga yetarman men ham,
Farmoni zar, ma'danim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.


Ziyolilar talon tarojdir,
Ziyosidan ayro tushgan xalq.
Yo savdogar, yoki farroshdir,
Bu ne ko'rgu, bu qandayin haq.
Bir bolangman odatni buzdim,
Tikka qarab qo'ydim ko'zingga.
Kishanlarning halqasin uzdim,
Kimga aytay aytgum o'zinga,
Uxlab yotgan san tanim manim,
O'zbekiston vatanim manim.


Sen mudrasang zavol qo'ynida,
Derlar: "Shohi xalqiga mosdir".
Dor o'zidan arqon bo'ynida,
Osiy erni osmoqlik xosdir.
Yo'q, yo'q, voz kech, g'olib bo'l, o'ktam,
O'zligini tanigan - xalqdur.
Oyoqqa qalq, ozod bo'l o'lkam,
Agar senda bor bo'lsa g'urur,
Shunda derman, maskanim manim,
O'zbekistom vatanim manim.

(Jahongir Muhammad)

Akahon nimala qipqoydiz?manabu erda bitta ikkitasi ketvordi..men ham zorga turuvdim..ezilgan yureni voobshe ezvordiz...molodes..(balli:))

Abu Hurayra
05-18-2005, 03:16 AM
Bu qanday holat,qanday razillik,
O'z og'ling orqangdang pichoq qadasa,
Qanchilik tubanlik,qanchalik pastlik,
Rahbar halqqa qarab o't ochib turib-
Qanday yurak bilan tahtda utirsa,

Halqim yana boshinga bir balo keldi-
Bu balo uzini ''O'lmas'' deb bildi,
Lekin Shoh ham gado ham bir kun o'ladi,
Lekin U Badbahtga bu kech buladi,
To'plagan mollari,''shonu shuhrati "
Bir tezak kabi qadri bulmaydi.
Bundaylar odatda Utda yonadi,
Jahannamda endi abadiy qoladi.

Halqim bugun uying, dalang qonlarga tuldi,
Suv urnida anhorda qonlaring oqdi,
Lekin sen qayg'urma mag'lub emassan,
Mag'lub buldi bugun toshbag'ir rahbar,
Mag'lub buldi bugun seni qotiling,
Begunoh ulganlar InshoAlloh Shahid
Shahidlarga esa muhayyo jannat.

................

KhwarezmshaH
05-18-2005, 03:21 AM
Bu qanday holat,qanday razillik,
O'z og'ling orqangdang pichoq qadasa,
Qanchilik tubanlik,qanchalik pastlik,
Rahbar halqqa qarab o't ochib turib-
Qanday yurak bilan tahtda utirsa,

Halqim yana boshinga bir balo keldi-
Bu balo uzini ''O'lmas'' deb bildi,
Lekin Shoh ham gado ham bir kun o'ladi,
Lekin U Badbahtga bu kech buladi,
To'plagan mollari,''shonu shuhrati "
Bir tezak kabi qadri bulmaydi.
Bundaylar odatda Utda yonadi,
Jahannamda endi abadiy qoladi.

Halqim bugun uying, dalang qonlarga tuldi,
Suv urnida anhorda qonlaring oqdi,
Lekin sen qayg'urma mag'lub emassan,
Mag'lub buldi bugun toshbag'ir rahbar,
Mag'lub buldi bugun seni qotiling,
Begunoh ulganlar InshoAlloh Shahid
Shahidlarga esa muhayyo jannat.

................

katta rahmat aka, tuyg'ularni zo'r ifodalabsiz...