Joha
03-29-2004, 09:59 AM
Tun kecar deb tong kutdim, g’aflat zamonlik keldi,
Betaraf kunduz desam, yog’iy tomonlik keldi,
Zamin asli ko’shkida aylanarmish teskari,
Kimga yaxshilik qildim, undan yomonlik keldi.
Quchoq ochib men tomon nokas kamonlik keldi,
Davri devona bugun davri somonlik keldi,
Boshim uzra qilichin o’ynatarkan zolimlar,
Men kutmagan begona eldan omonlik keldi..
****
O’z elingda yot bo’lmoq o’lim qadar
O’zga elda ot solmoq o’lim qadar
Bu dunyoda ne oson? Javob yo’q,
O’z-ozinga mot bo’lmoq, o’lim qadar..
****
Tushimda tush ko'rsam
Muzlab qolibman.
Na otash, na bir cho'g' va na harorat
Sening huzuringda titrab turibman.
Tushimda tush ko'rsam
Gullar izlabman.
Na gulzor, na chaman va na karomat,
Sening kiprigingdan uzib yuribman.
Tushimda tush ko'rsam,
O'lib qolibman.
Na jannat, na do'zax va na arosat
Sening ko'zlaringda suzib yuribman.
****
Men uxlab qolibman boz qo'llaringda,
Ko'zingda dard alam
Menga qorong'u,
Yugurib yuribman qum, yo'llaringa,
Izingda ne qadam,
Menga qorong'u.
Sochlaring tarasang tosh tarog'ingda,
Tolaman...
Sargardon...
Ho'p, hayda, hayda.
Boz o'lib qolibman ko'z qarog'inga
Yig'lashga yo mujgon,
Yo mardum qayda?
Aslida men tirik, sen jonsiz Vatan
Joningni ko'ksingdan yulib kettim men.
Seni ham o'ldirib,
O'zim ham betan,
Bilmayman...
Bilmayman...
Nettim men.
***
Odamlar al-omon,
Odamlar shafiq,
Odamlar olomon,
Orzular dordir.
Hammani do’st dema,
Kimdir norafiq,
Hatto Tangirining ham
Dushmani bordir.
(Jahongir Muhammad)
Betaraf kunduz desam, yog’iy tomonlik keldi,
Zamin asli ko’shkida aylanarmish teskari,
Kimga yaxshilik qildim, undan yomonlik keldi.
Quchoq ochib men tomon nokas kamonlik keldi,
Davri devona bugun davri somonlik keldi,
Boshim uzra qilichin o’ynatarkan zolimlar,
Men kutmagan begona eldan omonlik keldi..
****
O’z elingda yot bo’lmoq o’lim qadar
O’zga elda ot solmoq o’lim qadar
Bu dunyoda ne oson? Javob yo’q,
O’z-ozinga mot bo’lmoq, o’lim qadar..
****
Tushimda tush ko'rsam
Muzlab qolibman.
Na otash, na bir cho'g' va na harorat
Sening huzuringda titrab turibman.
Tushimda tush ko'rsam
Gullar izlabman.
Na gulzor, na chaman va na karomat,
Sening kiprigingdan uzib yuribman.
Tushimda tush ko'rsam,
O'lib qolibman.
Na jannat, na do'zax va na arosat
Sening ko'zlaringda suzib yuribman.
****
Men uxlab qolibman boz qo'llaringda,
Ko'zingda dard alam
Menga qorong'u,
Yugurib yuribman qum, yo'llaringa,
Izingda ne qadam,
Menga qorong'u.
Sochlaring tarasang tosh tarog'ingda,
Tolaman...
Sargardon...
Ho'p, hayda, hayda.
Boz o'lib qolibman ko'z qarog'inga
Yig'lashga yo mujgon,
Yo mardum qayda?
Aslida men tirik, sen jonsiz Vatan
Joningni ko'ksingdan yulib kettim men.
Seni ham o'ldirib,
O'zim ham betan,
Bilmayman...
Bilmayman...
Nettim men.
***
Odamlar al-omon,
Odamlar shafiq,
Odamlar olomon,
Orzular dordir.
Hammani do’st dema,
Kimdir norafiq,
Hatto Tangirining ham
Dushmani bordir.
(Jahongir Muhammad)