PDA

View Full Version : SO'GINCH nomli ertak


Asadbek
04-17-2004, 07:23 AM
Eh, odam uyni, uydagilarni sog'inib ketdi... Bir ilhom kelib, yozganidim quyidagi she'rni. Sizlar bilan baham ko'rmoq istadim :)


SOG’INCH nomli ertak

Kunlar sanayapman: yozga qancha bor?
Yo’limda intizor onajonim bor.
Oy borib omon qayt, deb duo qilgan,
O’g’lin kutayotgan otajonim bor.

Uydan maktub kelsa, ko’zimga
Surtib, qayta-qayta o’qiyman.
Sog’inch aro xayollarimda,
“Sog’inch” degan ertak to’qiyman.

“Bag’ritoshlik qilmagin o’g’lim,
Maktub yozib turgin”, der otam.
“O’g’lim, seni sog’indik juda,
Shul yoz kelib ketgin”, der onam.

Otam deydi: “Oshnalarimning,
Har birida bittadan qiz bor.
Yoki o’zing topdingmi, o’g’lim,
Aytgil, qaysi qizda ko’ngling bor?”

Onamni tinch qo’ymas ayollar,
O’g’lingizning qizi bormi, deb.
Har birida katta niyat bor,
Bizga kuyov bo’p qolarmi, deb.

Men bu yoqda kitoblar aro,
Goh yo’qotib qo’yaman o’zim.
Bo’ydoqlik ham jonga tegdi-ya,
Ro’zg’orda yo’q tartib yo to’zim.

Do’stlarim ham gap otib qo’yar,
Qachon to’ying oshin yeymiz, deb.
Xursandlikda 100 gramm olib,
Baxtli bo’lib yurgin deymiz, deb.

Aziz do’stim, tashvish tortma hech,
Otam-Onam, axtarmang hech qiz!
Sizni borib ziyorat qilgum,
Bahor o’tib, kelganida yoz.

Yuragimni atagan qiz bor,
Udir menga suyukli dildor.
Tushlarim ham uningsiz bo’lmas,
Gar o’tmasa tunlarim bedor.

Bir tasvirlab beraman sizga,
Yuragimning malikasini.
Hayotimda topganim tanho,
Oshiq qalbim hur bekasini.

Siz kutingiz, yaqin orada,
Men qaytaman - sog’inchga to’lib.
Diydoringiz ko’rmoq baxtidan,
Men quvonib, shodlikdan kulib.

;)

Aschenputtel
04-17-2004, 07:48 AM
Asadbek,
mani komplimentim Sizga!
Organmadizmi shuncha yildan beri Ordentlichseinni nemislani? (xazil)

Asadbek
04-17-2004, 07:56 AM
:)
Hehheeee, shu qancha yildan beri nemislarni man o'zbekchilikka o'rgatib yuribmanu ;-)


P.S: Nemislar oilali bulsagina tartibliroq bup qoladi

BIBIHONUM
04-17-2004, 08:30 AM
Asadbek tasanno.Talantingizga qoyil.Yashang. :thumbs:

Royal
04-17-2004, 08:44 AM
Asadbek

Lekin rosa tutun chiqaribsizu a?

Hali hammasi orqada qop ketadi, yurasiz kichkina AsadbekJR lani orasida, qiy-chuv qilib.

Omad va Baraka.

Asadbek
04-17-2004, 08:52 AM
Bibihonim, Royal rahmat :)

shig'ir yoqqan bo'lsa, xursandman.

Mona Lisa
04-17-2004, 09:45 AM
Asadbek,
Ajoyibu -g'aroyib she'r... yog'ee ertak, tasanno. Bahtli bo'lingey... ;) va ijodizga omadlar.

G'aribiy
04-17-2004, 06:16 PM
Ofarin! Ilhom kelsa Asadbekdan xam anvoi she'rlar chiqadi.

_MiZZou_
04-17-2004, 09:46 PM
he yashang he yashang, qachondan unaqa she'r eshitmaganman! :lol:

vipshams
04-17-2004, 11:26 PM
ASADBEEEEKKKKKKKKKK

O'zingizmi bu a???
Bitta gap bor edi..hozir....hm.....mana : <<Bo'larkanku piyozdan ham somsa....>>..degan gap (hazil)

Lekin juda ham ajoyib...
Hatto yodlab ham oldime-y... Otam deydi..oshnalarimning...Har birida bittadan qiz bor....yoki o'zing topdingmi o'g'lim....HA... O'ZIM TOPDIM........
Ehhhey..omadingizni bersin :) :) :) :)

hurmat bilan vipshams

Asadbek
04-18-2004, 02:19 AM
Aziz do'stlarim, rahmat :)

Ilhom kelganda yozib turamizda shunaqa ko'ngilga yaqin gaplardan :)

P.S: Vipshams, qarang-da, shu tanlab oladigan somsaiz achchiq piyozli chiqib qolmasin ;-)

Royal
04-19-2004, 06:25 PM
Endiu vipshamsdan hapa bomayla, besh barmoq bir hil bomiydi, bir hil hamirlar pishmiy tushib qolishi ham mukin onda sonda!, hudo hohlasa kelinni ozi uni yahshilab toblab pishiradi lekin. lekin uylangandan keyin tanirdan chiqmasa keragov.

Aschenputtel
04-20-2004, 05:39 AM
Bibihonim, Royal rahmat :)

shig'ir yoqqan bo'lsa, xursandman.nima ekan 'shig'ir'? She'r deganimi? Qattan oldiz bu sozi Asadbek?

Asadbek
04-20-2004, 06:00 AM
Aschenputtel,

"shig'ir" degani "she'r" degani, topdingiz :)

hech eshitmaganmisiz? Bizzi janub shevalarimizda bor.

Aschenputtel
04-20-2004, 07:55 AM
"shig'ir" degani "she'r" degani, topdingiz

hech eshitmaganmisiz? Bizzi janub shevalarimizda bor.
biror boshqa kontextta (sher ekanligini podskazka qimidigan) tochno topomasidim.

Asadbek
04-20-2004, 08:03 AM
Ba'zida ritm uchun ishlatiladi-da bu shakli.
Masalan:


Shig'ir bitdim bir olam,
Joylandi unda nolam.
Rozi bo'lgin, ey qizcha,
Sovchi bo'p borsin xolam.

;)

_MiZZou_
04-20-2004, 10:08 AM
shig'ir shig'iridan yana bo'sin! voy doot! LOOl! :lol: :lol:

Asadbek
04-20-2004, 12:34 PM
Shig'ir bitdim bir olam,
Joylandi unda nolam.
Rozi bo'lgin, ey qizcha,
Sovchi bo'p borsin xolam.


"Qiynalib ketding bolam!" -
Xavotir olar onam.
Noz qilmagin, ey qizcha,
Sen-la oboddir xonam*.

me amused ;)

*Qofiya uchun "uyim" o'rniga ishlatildi

Aschenputtel
04-21-2004, 12:36 PM
Shig'ir bitdim bir olam,
Joylandi unda nolam.
Rozi bo'lgin, ey qizcha,
Sovchi bo'p borsin xolam.


"Qiynalib ketding bolam!" -
Xavotir olar onam.
Noz qilmagin, ey qizcha,
Sen-la oboddir xonam*.

me amused ;)

*Qofiya uchun "uyim" o'rniga ishlatildiHochsprachedigi-she'r-varianti ham zha ritmi yoqotmasakan, etiboqin oziz ovozizi chiqazib.
'Xonam' bu soz ham bemalol ishlatsiz boladi. Poetisch klingt sogar.

Asadbek
04-21-2004, 01:41 PM
fikr uchun rahmat Aschenputtel.
Ammo men o'sha birinchi qatorni "shig'ir" bilan talaffuz qilishni afzal ko'rdim, aks holda barbir ham bitta bo'g'in kamlik qilyapti talaffuzda. "e"ni cho'zibroq talaffuz etish uncha yordam bermayapti menga :)

Mas'ud
04-25-2004, 04:43 AM
Aziz do'stlarim, rahmat :)

Ilhom kelganda yozib turamizda shunaqa ko'ngilga yaqin gaplardan :)


Asadbek Aka! Assalomu alaykum
Ishlar yahshimi?
She"rlarga gap yoq!
Men yahshiman. Ijodga omadlar tilab

hurmat ila...

Asadbek
04-25-2004, 03:20 PM
Jarule,
Vatanga yaxshi yetvolgan bo'lsangiz, xursandman.
Sizni ham ishlaringizda omadlar!

P.S: Yangi she'rlardan bo'lsa, jo'nating.