View Full Version : Sergey Yesenin: Persidskie motivi (tarjimasi ham)
Asadbek
04-19-2004, 09:23 AM
Yaxshi yozgan ekan, menga yoqdi.
PERSIDSKIE MOTIVY
Uleglas' moya bylaya rana -
P'yanyj bred ne glozhet serdce mne.
Sinimi cvetami Tegerana
YA lechu ih nynche v chajhane.
Sam chajhanshchik s kruglymi plechami,
CHtoby slavilas' pred russkim chajhana,
Ugoshchaet menya krasnym chaem
Vmesto krepkoj vodki i vina.
Ugoshchaj, hozyain, da ne ochen'.
Mnogo roz cvetet v tvoem sadu.
Nezadarom mne mignuli ochi,
Priotkinuv chernuyu chadru.
My v Rossii devushek vesennih
Na cepi ne derzhim, kak sobak,
Poceluyam uchimsya bez deneg,
Bez kinzhal'nyh hitrostej i drak.
Nu, a etoj za dvizhen'ya stana,
CHto licom pohozha na zaryu,
Podaryu ya shal' iz Horossana
I kover shirazskij podaryu.
Nalivaj, hozyain, krepche chayu,
YA tebe voveki ne solgu.
Za sebya ya nynche otvechayu,
Za tebya otvetit' ne mogu.
I na dver' ty vzglyadyvaj ne ochen',
Vse ravno kalitka est' v sadu...
Nezadarom mne mignuli ochi,
Priotkinuv chernuyu chadru.
1924
Asadbek
04-19-2004, 09:48 AM
Tarjima qilishga harakat qilib ko'rdim:
S.Yesenin: Fors taronalari
Jarohatim unutilayozdi,
Sarxushlikdan ozoddir qalbim.
Tehronning moviy ranglari,
Choyhonada davolar dardim.
Keng yelkali choyhonachi,
Rus oldida shonlanmoq bo'lar.
Aroq hamda sharob o'rniga,
Achchiqqina choyidan qo'yar.
Mezbonlikni oshirma hech, bek,
Bog'laringda atirgul ko'pdir.
Menga nigoh tashlaydi ana,
Pardalari surilgan chodir.
Rusiyada bahor qizlarin,
Arqonlarga bog'lab qo'ymaymiz.
Pul bermasdan bo'sa olganda,
Xanjar tirab, hech mushtlashmaymiz.
Aksincha, men yuzlari oydin,
Serharakat hurliqolarga,
Hurosondan ro'mol, Sherozdan
Bitta gilam qilaman sovg'a.
Bek, choyingdan bostirib qo'ygin,
Seni aslo aldab yurmayman.
Men o'zimga javob beraman,
Senga kafil bo'la olmayman.
Eshik tomon boqmagin hadeb,
Baribir ham hovlida to'sin.
Behudaga boqmadi menga,
Chodiridan ochib oq yuzin.
19.04.2004
SoniTa
04-20-2004, 03:00 AM
Bravo Asadbek!
tol'ko na posledney strochke imeetsya vvidu chto "vsyo taki yest' nadejda", po-moemu ...
Asadbek
04-20-2004, 03:14 AM
Rahmat Sonita,
"nezadarom" - bekorga, behudaga degani emasmi?
O'zi ikkilangandim shu qatorda to'g'risi.
Asadbek
04-20-2004, 04:28 AM
Mdaaaaaaaa, biz bilmasdan shoir Erkin Vohidov bilan raqobat qilvoribmiz.
Mana, Yeseninning ushbu she'rining Erkin Vohidov qilgan tarjimasi
Fors taronalari, S.Yesenin (E.Vohidov tarjimasi)
Fors taronalari
Dog’lar ketmish majruh ko’ngildan,
Mast basvasa qo’zg’amas tug’yon.
Men dardimga Tehron gulidan,
Choyhonada topoldim darmon.
Choyhonachi – baquvvat, o’ktam.
Qoyil qolsin rus, deb, choyimga.
O’tkir aroq, may o’rniga ham,
Achchiq-achchiq choy tutar menga.
Siyla, mezbon, ammo had bilan,
Bog’ing aro turfa gullar bor.
Oqshom menga niqob ostidan,
Dilbar ko’zin suzmadi bekor.
Rossiyada gulday qizlarni,
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar bo’sa bizlarni,
Bexanjaru bamakru bezar.
Bu tong yuzli dildor qoshimda,
Bir bor xirom etsa noz bilan.
Shohi ro’mol solgum boshiga,
Yo’llariga – sheroziy gilam.
Mezbon, choy qo’y menga lolagun,
Shoir senga so’ylamas yolg’on.
Ehtiyot bo’l o’zingga bugun,
So’ngra mendan qilmagin gumon.
Eshikka ko’p qarayverma sen,
Gulbog’ingga baribir yo’l bor.
Oqshom menga niqob ostidan,
Dilbar ko’zin suzmadi bekor.
:)
Aschenputtel
04-20-2004, 04:47 AM
Tarjima qilishga harakat qilib ko'rdim:
S.Yesenin: Fors taronalari
[QUOTE] Keng yelkali choyhonachi,
Rus oldida takalluf qilar
Aroq hamda sharbat o'rniga,
Qizilgina choyidan qo'yar..1)'takalluf 'dejshiz saal neto zharanglavoti, i takallufmas, choyxonasini bohosini yoki ovozasini kotarish uchun ...harakat qivotti: 'sam' va 'chtob slavilas... chayxana' ga etibor qilin.
2) vino- sharbat boladimi, man somneniyadaman, may yoki ozini shundog qogani tuzurog manimcha.
3) Kichraytishiz 'qizilgina' ??? Nima deb tarif qiladi bizada choyni? xushboy, achiqqina i.t.d.
Znaki prepinaniyalaga etibor qilin kegin. Sanashga xapsalam yoq togrisi. Topsam (xapsala) qoganini ham kritikovat qiberaman :) (xazil)
A tak niche tarzhima.
Aschenputtel
04-20-2004, 05:01 AM
Mdaaaaaaaa, biz bilmasdan shoir Erkin Vohidov bilan raqobat qilvoribmiz.
:)Asadbek,
Ulaniki svobodnyj tarzhima, siziki nauchnyj tarzhima :).
Asadbek
04-20-2004, 05:58 AM
Aschenputtel,
rahmat.
1. Takalluf haqidagi gapingiz to'g'ri edi, men so'z topolmagandim. Ko'p vaqt ajratmovdimde tarjimaga. "Shonlanmoq" deb uzgartirdim :)
2. "sharob" deb yozaman deb "sharbat" bilan adashibman. "May" bilan bir qatorda, vinoni sharob ham deyishadi adabiyotda. Mazmunan olganda, "sharbat" sharobning ko'plik formasi...
3. Shu kecha achchiqqina choy ichishim kerak bo'lganakan-da ;)
Rahmat!
Uzb_futboli
04-20-2004, 08:28 PM
Asadbek,
Tarjima og'ir ish. Erkin Vohidovning o'zi aytgandek.
Ko'kda suzar oy...
Qalbi yarim, yuragi qiyma...
Faryod solar: "Men edim quyosh,
Nega meni qilding tarjima..."
Sizning tarjimalaringiz erkin tarjima emas va shunisi bilan maqtovga arziydi.
Masalan,
Yesenin:
Nalivaj, hozyain, krepche chayu,
YA tebe voveki ne solgu.
Za sebya ya nynche otvechayu,
Za tebya otvetit' ne mogu.
Siz:
Bek, choyingdan bostirib qo'ygin,
Seni aslo aldab yurmayman.
Men o'zimga javob beraman,
Senga kafil bo'la olmayman.
E.Vohidov:
Mezbon, choy qo’y menga lolagun,
Shoir senga so’ylamas yolg’on.
Ehtiyot bo’l o’zingga bugun,
So’ngra mendan qilmagin gumon.
Manda maslahat bor, hamma tarjimalaringizni to'plab originallari bilan bitta kitob qiling. Bu o'zbek adabiyotiga katta hissa bo'ladi.
G'aribiy
04-20-2004, 09:08 PM
Hey "Uzb Futboli" siz nima qilyapsiz bu yerda? A? yoki adashib eski nick bilan kirib ketibsizmi? :lol:
Sport bo'limiga kirib bir bizning savollarga javob bermaysizmi yaxshisi? Nega PressBoll ishlamay qo'ydi? :(
Aschenputtel
04-21-2004, 12:30 PM
Asadbek,
Tarjima og'ir ish. Erkin Vohidovning o'zi aytgandek.
Ko'kda suzar oy...
Qalbi yarim, yuragi qiyma...
Faryod solar: "Men edim quyosh,
Nega meni qilding tarjima..."
Sizning tarjimalaringiz erkin tarjima emas va shunisi bilan maqtovga arziydi.
Masalan,
Yesenin:
Nalivaj, hozyain, krepche chayu,
YA tebe voveki ne solgu.
Za sebya ya nynche otvechayu,
Za tebya otvetit' ne mogu.
Siz:
Bek, choyingdan bostirib qo'ygin,
Seni aslo aldab yurmayman.
Men o'zimga javob beraman,
Senga kafil bo'la olmayman.
Maqtasa boladimi yomi bilmadim svobodnyj bomagan tarzhimani, oxirgi 2 ta strokani originalni oqimasdan tushunomisiz deb oyliman tarzhimada. Sozla togri tarzhima qilingan, a mano yoq tarzhimadigi variantad. Umumam kopletni hammasini tushunish qiyin, originali oqimasdan turib.
Asadbek, qachon boshqattan qarab chiqasiz buni? :)
Asadbek
04-21-2004, 01:42 PM
Tez kunlarda! ich verspreche :-)
Kstati, maqtov emas, fikr-kritika kerak dalshe rivojlantirish uchun.
Webbie
04-21-2004, 09:46 PM
Good job, Asadbek... :cool:
Asadbek
09-08-2007, 12:30 PM
Tez kunlarda!
...
Bundan 3,5 yil muqaddam berilgan va'dani kech bo'lsa-da, bajarishga bel bog'lagandim...
Mana, Yeseninning "Fors taronalari" she'rining kamina tomonidan tarjimasining tahrir qilingan varianti:
Fors taronalari, Sergey Yesenin
Dil dardlari unutdir, mana,
Sarxushlikdan ozoddir qalbim.
Tehron shahrin moviy gullari,
Choyhonada davolar dardim.
Yelkasi keng u choyhonachi,
Rus oldida shonlanmoq bo'lar.
Aroq hamda sharob o'rniga,
Achchiqqina choyidan quyar.
Mezbonlikni oshirma hech, bek,
Bog’ingda ko’p atirguling bor.
Behudaga boqmadi menga,
Pardasini surib ul dildor.
Rusiyada ko‘rkam qizlarni,
Bog’lamaymiz arqon ila biz.
Pul bermay va xanjar tiramay,
Olinganda totli bo’samiz.
Guvoh bo’lgin, yuzlari oydin,
Serharakat ul hurliqoga,
Hurosondan ro'mol, Sherozdan -
Gulgun gilam qilaman sovg'a.
Bek, choyingdan bostirib qo'ygin,
Seni aslo aldab yurmayman.
Men o'zimga javob beraman,
Senga kafil bo'la olmayman.
Eshik tomon boqmagin hadeb,
Bog’ing tomon baribir yo’l bor..
Behudaga boqmadi menga,
Pardasini surib ul dildor.
Asadbek tarjimasi
PS: Nazarimda, ma'no hali ham to'liq chiqmayotganday tuyulyapti...
AbdulAziz
09-30-2007, 08:19 PM
Bundan 3,5 yil muqaddam berilgan va'dani kech bo'lsa-da, bajarishga bel bog'lagandim...
Mana, Yeseninning "Fors taronalari" she'rining kamina tomonidan tarjimasining tahrir qilingan varianti:
Fors taronalari, Sergey Yesenin
Dil dardlari unutdir, mana,
Sarxushlikdan ozoddir qalbim.
Tehron shahrin moviy gullari,
Choyhonada davolar dardim.
Yelkasi keng u choyhonachi,
Rus oldida shonlanmoq bo'lar.
Aroq hamda sharob o'rniga,
Achchiqqina choyidan quyar.
Mezbonlikni oshirma hech, bek,
Bog’ingda ko’p atirguling bor.
Behudaga boqmadi menga,
Pardasini surib ul dildor.
Rusiyada ko‘rkam qizlarni,
Bog’lamaymiz arqon ila biz.
Pul bermay va xanjar tiramay,
Olinganda totli bo’samiz.
Guvoh bo’lgin, yuzlari oydin,
Serharakat ul hurliqoga,
Hurosondan ro'mol, Sherozdan -
Gulgun gilam qilaman sovg'a.
Bek, choyingdan bostirib qo'ygin,
Seni aslo aldab yurmayman.
Men o'zimga javob beraman,
Senga kafil bo'la olmayman.
Eshik tomon boqmagin hadeb,
Bog’ing tomon baribir yo’l bor..
Behudaga boqmadi menga,
Pardasini surib ul dildor.
Asadbek tarjimasi
Assalomu alaykum!
Tarjima juda go'zal chiqibdi.
Aynan shu she'rning ustoz shoir Erkin Vohidov tarjimasi esa quyidagicha ekan:
ERON TARONALARI
Dog`lar ketmish majruh ko`ngildan,
Mast vasvasa qo`zg`amas tug`yon.
Men dardimga Tehron gulidan
Choyxonada topoldim darmon.
Choyxonachi — barvasta, o`ktam,
Qoyil qolsin rus, deb, choyimga,
O`tkir aroq, may o`rniga ham
Achchi`-achchiq, choy tutar menga.
Qo`y, mezbonim, ammo had bilan,
Bog`ing aro turfa gullar bor.
Oqshom menga niqob ostidan
Ohu ko`zin suzdi gulruxsor.
Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar busa bizlarni
Bexanjaru, bemakru bezar.
Bu tong yuzli dildor qoshimda
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro`mol solgum boshiga,
Yo`llariga sheroziy gilam.
Mezbon, choy quy menga lolagun,
Shoir senga so`ylamas yolg`on.
Ehtiyot bo`l o`zingga bukun,
So`ngra mendan qilmagin gumon.
Eshikka ko`p qarayberma san,
Gul bog`ingga baribir yo`l bor.
Oqshom menga niqob ostidan
Ohu ko`zin suzdi gulruxsor.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.