bedavo`
05-02-2004, 09:19 PM
Onaizorim.....Qachon joningiz rohatda bo'ladi....(Jahongir Muhammaddan)
ONAIZORIM Paxta ekib, hosil kuni tolasidan, ayrilgan
Adolating qani desa, bolasidan ayrilgan,
Allohim, deb dod solarkan, nolasidan ayrilgan,
Onaizorim!
Soclarini yula-yula, majnuntolga aylangan,
Haqni izlab yura-yura qaddi dolga aylangan,
Tizzasiga ura-ura qoli sholga aylangan,,
Onaizorim!
Hijrat, deya ketgan ernikutaverib tul bo’lgan,
Zuryodining yo’lin poylab ostonaga qul bo’lgan,
Ayriliqning tandirida yonaverib kul bo’lgan,
Onaizorim!
Zulm rangi qora magar dunyosiga ingandir,
Adolatning chinoridan umid shoxi singandir,
Yig’layverib ko’z yoshlari, Orol kabi tingandir,
Onaizorim!
Dunyo oniy, gadolar ham sultonlari oniydir,
Bu kun kecar saltanatning mo’ltonlari oniydir,
Boshing ko’tar, g’amu g’ussa arkonlari oniydir,