View Full Version : Savol -savoldan kelsak
Nodir
11-25-2000, 10:17 AM
Sanjar (Litrature Boardda)boshlagan o'yinni boshqacharoq davom ettirmoqchiman, men beradigan savol(lar) aksariyat rus maktabni bitirgan yoki o'zbekchaga yaxshi e'tibor bermaganlargagina biroz qiyinchilik tog'dirishi mumkin, qolganlarga shunchaki eslatma, maqsad o'z tilimizni saqlashga hissa qo'shish, demak:
1-savol:
Krillitsada yozilgan o'zbek tilida bazi harflar bor (edi), yozilishi (shakli) rus alfavetidagi rus harflaridan bazilari bilan bir xil, lekin talaffuz jihatdan butunlay boshqa. mana shu harflar qaysilar, ularning har xilligini qanday isbotlayolasiz? /javobni misol bilan izohlang/
Bu savolni LB ga qo'ygandim 1 kun oldin, javob bo'lmagach bir oz jiddiy chiqdimi deb bu yerga quydim.
Mavin
11-25-2000, 11:14 AM
Obboo...
bo'tam Nodirbek, uje chet eldasiz. O'qishda. Umid testlaridan o'tib bo'gansiz. Buyogi darslarga etibor qilish kerak.
Nodir
11-27-2000, 08:29 AM
Bunday bo'lishini kutmagandim, hech bo'lmasa birorta urinish ham bo'lmadi. Nahotki savol juda qiyin, yoki u javob berishga arzimas darajada soddaligidan hech kim javob bermayaptimi? balki undan ko'zlangan maqsad ma'qul bo'lmagandir? yo hammangiz Ramazon deb toat-ibodatga shuncha berilib kerdingizmi?
Har qalay agar bugun ham hech javob bo'lmasa ertaga bitta misolni yozib qoldiraman.. Ramazon hammalaringa muborak bo'lsin va ijobiy iz qoldirsin shaxsiyatlaringizda..
Nodir
11-28-2000, 10:21 AM
Demak, hech javob bo'lmagach 1- misol, qarshilarga mikrafon ochiq:
Shakli 1 xil talaffuzi har xil harflardan biri:
wool (english) so'zining tarjima qilingandagi -jun- so'zining 1-harfi:J, yana ham osonroq misol Sherali Jurayev dagi J harfi, bu harf rus tilida yo'q.
Ruslarda LADA-jiguli da, life-hayot so'zining tarjimasi Jizn da ishlatiladigan harf bor. Ammo eski(?) o'zbek krill alifbosida va ruslar alifbosida bu ikkala boshqa-boshqa tovushlar aynan bitta harf- beli boglangan 3ta tayoqcha shaklli harf bilan ifodalangan, uzr, ruscha windowsim yo'qligi sabab osha harfni o'zini qo'yolmadim, lekin misollardan keyin hamma harfni ko'z o'ngiga keltirdi, menimcha.
Endi, bazilar aytishi mumkin, biz aynan o'sha ruslar ishlatadigan tovushni ishlatamiz, masalan LADA_JIGULI da, lekin bu anglashilmovchilik natijasi, bu tovushni Siz va Biz bir qism rus tili ta'siriga tushib qolgan va asl nutq qoidalarimizni buza boshlagan o'zbeklar toifasigina ishlatamiz, ishonmasangiz qishloqlarga chiqib oddiy nutqi tashqi tasir ostiga tushmagan o'zbeklarni eshitib ko'ring ular aynan wool so'zi tarjimasining birinchi harfini ishlatadilar Lada-jiguli deganlarida.
Xulosa, o'zbek tilida Ruslar life-Jizn deganda ishlatiladigan tovush yo'q, va ruslarda Jurabek ning 1-harfi ifodalagan tovush yo'q, va mana shu 2 har xil tovushni ifodalash uchun ishlatilgan bir xill ko'rinishga ega "beli bog'langan 3 tayoqcha" harf Men so'ragan harflardan biri.
Buni bilishdan nima foida?
Tog'ri savol, va uning javobida savolimning maqasdi turadi.
Agar Siz sof o'zbekcha so'zlarda (LADA-JIGULI bundan balki mustasnodir, munozarali mavzu bu) Ruslar talaffuzi bo'lgan J ni ishlatayotgan bo'lsangiz bu xato talaffuz -o'zbekchani buzishdir, darrov woll-jun, Jurabek larning birinchi harfiga aylantiring, shunda o'zbekcha talaffuz qilgan bo'lasiz.
Bu fikrga qarsghilar bo'lsa marhamat.
Bu yo'l bilan o'zbekchamizni biroz to'g'rilashimiz keyingi misol(lar)da ancha yorqinroq namoyon bo'ladi, hammaga omad,
Endi boshqa misollarni topishga urinish bo'lara-a? yo yana Jim-Jitlik kuyiga jo'r bo'linadimi?
∞Samiha∞
07-15-2008, 12:43 PM
Endi boshqa misollarni topishga urinish bo'lara-a? yo yana Jim-Jitlik kuyiga jo'r bo'linadimi?
:D buyog'igayam usha kuy davom etadi :]
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.