PDA

View Full Version : Bir savol (protest)

travelingpapi
05-14-2004, 05:42 AM
THIS POST HAS NOTHING TO DO WITH RELIGION AS IT EXPRESSES PERSONAL DISGREEMENT ON A PREVIOUS POST BEING REMOVED. THUS POST IS MOVED.

Nega mening threadimni to'xtatib qo'ydinglar va qanday asos bilan? Mening fikrim faqat moderatorlarnikiga yaqin bo'lishi kerak ekanda? To'g'ri, mening "Bir savol" mavzusidagi threadim "ekstremal dindorlarga" ma'qul kelmasligi mumkin. Lekin, ichingizda mard va din to'g'risida ochiqchasiga fikr almashadiganingiz bormi? Yoki hammangiz umrida loaqqal bir martta sadaqa qilmagan va besh mahal namoz o'qimagan chala mullalarning fikrini ma'qullab qutulib qo'ya qolasizlarmi?

Ba'zilaringiz ota-onamning qaysi dindaligini bilmoqchimidingiz? Ular musulmon, ammo musulmonchilikning beshta asosiy shartini (xaj qilish qurbingizga qarab) bajarib qo'yish kerak...shuning uchun ham men o'zimni to'la musulmon deb ayta olmayman. Yaratganga mendan ham ko'proq ishonadigani bo'lmasa kerak. Ammo, qaysi din haqligini qanday bilasiz? Dinlar o'rtasida shu haqda ziddiyatlar ko'pku. Aytaylik siz xrisitansiz. Xristianlikning hamma shartlarini bajardingiz va ishonasizki bu din haqdir. Umringiz tugab yaratgani o'z huzuriga oldi va sizga musulmon dini haqligini va siz g'ayridinlik qilganingizni aytsa nima qilasiz?

B'azi o'zini bosa olmaydigan moderatorlarga hotirjamlik tilayman.

Alouddin
05-14-2004, 06:48 PM
Salom, papi,

ha, threadingizni yopib qo'yilishiga sabab, Jallod aytib o'tganiday, har xil kelib chiqadigan muammolarni oldini olish edi. Chunki postingizdan ko'rinib turibdiki, bu postdan foydali yoki mazmunli narsa chiqmaydi. Faqat muammo tug'diradi.

endi, savolingizga kelsak. biz Islom eng to'g'ri va eng mukammal din ekanligini nafaqat Islomning o'zidan balki yahudiylarga nasarolikni olib kelgan Iso a.s.dan ham bilamiz. Hatto yahudiylar ham bu narsani tan oladi, faqat ohirgi ikki payg'ambar boshqa payg'ambarlar qatori ulardan bo'lmagani sababli, ular na Iso a.s.ni va na Muhammad s.a.w.ni tan olishadi.

Keyin, biz Islom dining eng to'g'ri ekanligini Quroni Karimdan bilamiz. Olloh s.w.t. aytadiki QUronda bugun Biz sizlarning diningizni mukammal qildik (anyone, pls help me locate the surah and ayah).

boshqa savolla yo'mi, qori bola?!

rgrds, MODERATOR

Dunyokezganqalandar
05-14-2004, 07:22 PM
Salom, papi,

Keyin, biz Islom dining eng to'g'ri ekanligini Quroni Karimdan bilamiz. Olloh s.w.t. aytadiki QUronda bugun Biz sizlarning diningizni mukammal qildik (anyone, pls help me locate the surah and ayah).

boshqa savolla yo'mi, qori bola?!

rgrds, MODERATOR
uzr mana shu yerda sal bahslashaman, man etaman...mani bitta prinsipim bor...
Avval pichoqni o'zinga ur og'rimasa boshqaga...
man hristian bilan gaplshganimda etganki...san o'zingni mani o'rnimga qo'y..ular ham Injilga ishonib Hristianlikdan boshqa haq din yo'q deb aytishadi...keyin Buddaism ham...
shuni chuqur o'yladim tushundim...keyin manda Islom haq dinmi yo'qmi degan shubha paydo bo'ldi...juda o'zimni yomon his qilganman. Manga yoshligimdan oyim-adam musulmonsan Quron o'qib nomozingni o'qib yuraver deyishgan man shuni qilganman, u Hristian bola-bechoraga ham Hristiansan cherkovinga borib kelaver degan...keyin shundan keyin man Haqiqiy haq din izlanishiga tushdim, Quronni o'qib chiqdim Injilni o'qib chiqdim...yana Islomga qaytib keldim va tushunib yetdimki hristianga Islom faqat haq din deb tushuntirgan bilan bo'lmas ekan, agar o'sha hristian Islomga osonlikcha kirsa, yani Islom faqat haq degan gapga demak uzrku "iymonsiz" odam yoki irodasi kuchsiz bo'ladi, va shu osonlikcha chiqib ketishi mumkin Islomdan.
Islomga dav'a qilish juda ham mushkul ishdir...va men buni guvohi bo'ldim

a_farganiy
05-15-2004, 02:38 PM
Nega mening threadimni to'xtatib qo'ydinglar va qanday asos bilan? Mening fikrim faqat moderatorlarnikiga yaqin bo'lishi kerak ekanda? To'g'ri, mening "Bir savol" mavzusidagi threadim "ekstremal dindorlarga" ma'qul kelmasligi mumkin. Lekin, ichingizda mard va din to'g'risida ochiqchasiga fikr almashadiganingiz bormi? Yoki hammangiz umrida loaqqal bir martta sadaqa qilmagan va besh mahal namoz o'qimagan chala mullalarning fikrini ma'qullab qutulib qo'ya qolasizlarmi?

Ba'zilaringiz ota-onamning qaysi dindaligini bilmoqchimidingiz? Ular musulmon, ammo musulmonchilikning beshta asosiy shartini (xaj qilish qurbingizga qarab) bajarib qo'yish kerak...shuning uchun ham men o'zimni to'la musulmon deb ayta olmayman. Yaratganga mendan ham ko'proq ishonadigani bo'lmasa kerak. Ammo, qaysi din haqligini qanday bilasiz? Dinlar o'rtasida shu haqda ziddiyatlar ko'pku. Aytaylik siz xrisitansiz. Xristianlikning hamma shartlarini bajardingiz va ishonasizki bu din haqdir. Umringiz tugab yaratgani o'z huzuriga oldi va sizga musulmon dini haqligini va siz g'ayridinlik qilganingizni aytsa nima qilasiz?

B'azi o'zini bosa olmaydigan moderatorlarga hotirjamlik tilayman.Qur'oni karimdan:
68.15 Qachonki, unga oyatlarimiz tilovat qilinsa: "Bular avvalgilarning afsonalari-ku!"- deydi.

68.16 Yaqinda uning tumshug'iga tamg'a bosib qo'yajakmiz!

81.14 (ana o'sha Kunda - Qiyomatda har bir) jon o'zi (shu Kun uchun) hozirlab kelgan narsani(yaxshi-yomon amallarini) bilur!

4:82 Qur'on (oyatlarining ma'nolari) haqida (chuqurroq) fikr yuritmaydilarmi?! Agar (u) Allohdan o'zganing huzuridan (kelgan) bo'lsa edi, unda ko'p ixtiloflarni topgan bo'lur edilar.

Har bir Qur'onda 77,807 ta harif, 33,671 ta so'z, 1,000,530 ta nuqta va 6,336 ta oyat bordur.
Minglab Injil bor, ammo ikkitasi bir biriga o'xshamaydi.

Xristian, yahudiy'lar dini ham bir vaqtlar haq din - yakkahudolilikka davat qiluvchi din bo'lgan, ammo yahudiylarning ba'zilar Iso Alayhissalom'ni tan olmaganlaridek, Xristianlar va Yahudiylar Muhammad SAV'ni ham tan olishmaydi, bosh sababi Muhammad SAV o'zlaridan boshqa qavmdan chiqqan. Ular esa o'zlarini qavmidan yangi va oxirigi payg'ambar kelishini kutganlar, lokin Alloh subhanahu taolo qasi qavmga payg'ambar jo'natishni sizu bizdan yahshiroq biladi. Payg'ambar jo'natishdan maqsad tog'ri yoldan ancha buzilib ketgan qavmga Haq'ni tanitish, osha mahalda Arabistonda johillik davri bo'gan, qizlarni tiriklayin ko'mish udum'ga aylanib qo'lgan.

Xo'sh nega Xristian dini va yoki Yahudiylik dini haq din tan olinmaydi degan savolga, Xristian dini kelganda Yahudiylarning dinini cancel qilgan, va o'z navbatida Islom dini Xristian dinini cancel qilgan, sababi u din'larga va ularning kitoblariga insonlar tomonidan keyinchalik ancha o'zgartirilish kiritilgan. Islom dini'ni Alloh'u taolo oxiratgacha haq dinligini kitobida (Quronda) yozib qo'yibdi, va O'zi qiyomatgacha Quronni to'liqligicha saqlashni va'da bergan. Bu narsani siz na Bible - Ingildan va na Tavrot'dan topishingiz mumkin, ularni kitobini hech qayerida bu oxirigi din deb mention qilinmagan. Undan tashqari ularni kitoplarini hozrda turli hil - variant'lari bo'r, bir biriga to'gri kelmaydi...

Wallohu A'lam

Siz travelinpapi ushbu www.islam.greatnow.com/news.htm (http://www.islam.greatnow.com/news.htm) site'iga kirib qur'on zamonaviy mo'jizalarini va agar ingliz tilini bilsangiz u yerdan inglizcha maqolalarini topishingiz mumkin. Alloh hammamizga eng to'g'ri yo'lini ko'rsatsin, Omiin!

Black
05-16-2004, 12:41 PM
Nega mening threadimni to'xtatib qo'ydinglar va qanday asos bilan? Mening fikrim faqat moderatorlarnikiga yaqin bo'lishi kerak ekanda? To'g'ri, mening "Bir savol" mavzusidagi threadim "ekstremal dindorlarga" ma'qul kelmasligi mumkin. Lekin, ichingizda mard va din to'g'risida ochiqchasiga fikr almashadiganingiz bormi? Yoki hammangiz umrida loaqqal bir martta sadaqa qilmagan va besh mahal namoz o'qimagan chala mullalarning fikrini ma'qullab qutulib qo'ya qolasizlarmi?

Ba'zilaringiz ota-onamning qaysi dindaligini bilmoqchimidingiz? Ular musulmon, ammo musulmonchilikning beshta asosiy shartini (xaj qilish qurbingizga qarab) bajarib qo'yish kerak...shuning uchun ham men o'zimni to'la musulmon deb ayta olmayman. Yaratganga mendan ham ko'proq ishonadigani bo'lmasa kerak. Ammo, qaysi din haqligini qanday bilasiz? Dinlar o'rtasida shu haqda ziddiyatlar ko'pku. Aytaylik siz xrisitansiz. Xristianlikning hamma shartlarini bajardingiz va ishonasizki bu din haqdir. Umringiz tugab yaratgani o'z huzuriga oldi va sizga musulmon dini haqligini va siz g'ayridinlik qilganingizni aytsa nima qilasiz?

B'azi o'zini bosa olmaydigan moderatorlarga hotirjamlik tilayman.

Endi og'ayni, hafa bo'lmaysizu savolizdan ko'rinib turibdi, ancha muncha kitob o'qishingiz kerak. Men sizni kamsitish yoki ustizdan kulish uchun aytmamapman bu gaplarni. Savoliz eng oddiy din to'g'risida hech qanaqa ma'lumotga ega bo'lmagan odamni savoli. Sizga bu forumda hech kim to'liq javob bera olmaydi.
Dinlarni qaysi biri haqligini bilmoqchi bo'lsangiz, o'rganib chiqing. Lekin Amerikani ikkinchi marta ochishing keragi yo'q. Islomning haq din ekanligi to'g'risida millionta isbot bor.
Avvalambor savolizni o'zi hato. Yani din insong ongining mahsuli deganingiz. Siz hamma dinlarni bir qatorga qo'yapsiz. Bu degani hamma mashina bir hil benzin ishlatadi degan bilan barobar. Ha to'g'ri, ayrim dinlar inson miyasining mahsuli, lekin ayrimlarini Alloh O'z payg'ambarlarini yuborib nozil qilgan, keyinchalik odamlar o'z fikrlarini qo'shib yaroqsiz bir holatga keltirishgan. Shuning uchun ko'pchilik dinlar bir biriga zid.
Keyin siz hristianmi yoki boshqami Yaratganni huzuriga borganda nima deb javob berishi haqida hech qayg'urmang. Alloh Adolatli zot, U hech qachon adolatsizlik qilmaydi. O'zingizga buyurilgan buyruqlarni bajaring, boshqalar o'zlari haqida oz'lari qayg'uradi.
Sizga maslahatim ko'proq Islom haqida o'qing, ulmli odamlar bilan suhbatlashing. Lekin dinni aybini ahtarish bilan band bo'lmang, chunki unda hech qachon haqiqatni topolmaysiz.
Agar qo'lingizdan kelsa dinlarni solishtirib ko'ring. Mantiqqa (logika) qaysi biri to'g'ri keladiyu qaydi to'g'ri kelmaydi, shu savolga javob izlang.
Eng asosiysi niyatingingiz ilm olish bo'lsin, biror narsani o'rganib kimlardir bilan bahslashish emas, yoki birovning aybini topish emas.
Yana darrov odamlarni "dinda ekstrem" va "dinda mard" degan turlarga bo'lishga, odamlarni gruppalshga shoshilmang. Hech kim siz bilan bahs qilishdan qochmaydi, lekin hali mavzuni boshlamasdan aytgan gaplarizdan ko'rinib turibdiki, dindor odamlar to'g'risidagi fikrlaringiz yahshi emas. Savol berilganda birovga hujum qilib boshlanmaydi "men extremistlar bilan gaplashmayman, ochiq fikrlilar bilan gaplashaman" deganga ohshash. Hammani tinglash kerak, hamma o'zicha to'g'ri. Shu yo'lni to'g'ri hisoblagani uchun shu yo'ldan yurishadi.
Gapni qisqasi ozgina o'qisingiz savollarizga javob topasiz. Lekin aytganimday niyam sof bo'lishi kerak, "ekstremist"larni aybini topish, yoki "din haqida mardlarcha gaplashish" maqsadida bo'lsangiz hech narsani o'rganolmaysiz, hech narsani! Kim din haqida nima desa " ha rost ekan" deb ishonib ketaverasiz.
Mayli omad!
Hudo sizgayam tavfiq bersin!

Royal
05-16-2004, 05:01 PM
Ooops, yana bu MegaZ ni programmasi "parot" qildi!!!!!!!
Lekin hozir rostdan ham jahlim chiqdiyu, man kompyuterimni botta aybi yogiydi.

Lekin ancha gap yozuvdim, sanga tushuntiraman dib, bilmasdan yana bosvoribman, ketdi kegan joyiga qarab.

Hoooosh. qisqa qilib etganda, gaplarin notogri.

1. 5ta shartni bajargan musulmon, boshqasi musulmonmas degan gap bolmagur gap.
Makkada ham tugilib, yashab Haj qilolmiydiganlar bor, nima uchun? Chunki Makkaga borsa Hoji boldi degan gapmas, bunga chin dildan niyat qilib borish kerak, lekin u odamlar shu haj sezonida tirikchilik qilishadi oilasini boqadi.
2. Sani ismingni azon etib qoyishgan va oz vaqtida sunnat qilishgandir.
3. Olloh yuborgan dinlarni eng ohirgisi va eng asosiysi shu kun uchun bu ISLOM dinidir va Quroni karim hech ozgarmiydigan yagona diniy kitobdir. qoganini ozing oqib olarsan.

Alouddin
05-16-2004, 07:38 PM
:D Olloh o'zi sabr bersin, Royal aka ;)

travelingpapi
05-19-2004, 11:06 AM
Avvalom bor gaplarim kimnidir qattiq kamsitib yoki xafa qilib qo'ygan bo'lsa uzr. Meni g'azabimni qo'zitadigan narsa kim nima desa shunga ko'r ko'rona amal qilib ketaveradigan "to'tiqush" chala mullalardir. Islom dinida sunni, shia, vaxobiy, so'fiylar kabi oqimlarning paydo bo'lishi uni Xrisitan diniga o'xshatib qoyayapti va mening shaxsiy fikrimcha bunga sabab dinni oddiy aholiga etkazayotgan chala mullalardir.
Yaratganim menga aql beribdiki fikrlash va ilm olish uchun. Ismimning ma'nosi ham Allohning qulidir. Ba'zilaringiz kitob o'qimagan odamlarga o'xshar ekansiz deb o'ylabsizlar. Ha mayli, bu sizning fikringiz. Men faqat Islom dinini emas, balki boshqa dinlarni ham bir o'rinda ko'raman. Mening bu gaplarim bilan siz iymon keltirgan musulmon mo'min emas ekansiz deyishingiz mumkin. Men faqatgina bitta Yaratganimga iymon keltirganman. Din masalasiga kelsak, xali ham chalkashmovchiliklarga duch kelaverib balki ichingizda shu haqda o'z fikrini bildiradigan bormikan demoqchi edim. Xrisitan dini o'zingizga ma'lum - qayta yozilaverib asl ma'nosi xiralashgan. Iyudaizm, y'ani yaxudiylar dini yaxudiylardan boshqa barcha qavmni avtomatik tarzda kofir qilib qo'ygan. Shu qatorda Qur'oni Karimdan quyidagi suralar meni chalkashtiradi:
1. Alloh birinchi yerni yaratdimi yoki samoni? - Noziot Surasi 79:27-30 da avval samo so'ng yerni deyilgan, Baqara Surasi 2:29 da avval yer so'ngra samo deyilgan.
2. Iso Payg'ambarga hamma Xristianlar sig'inadi, lekin u va unga sig'inuvchilar jaxannamda kuyadimi? - Iso Payg'ambar Allohning huzurida va unga yaqindir (Niso Surasi 4:158 va Oli Imron Surasi 3:45). Ammo Anbiyo Surasi 21:98 da Allohni qo'yib o'zga sig'inayotganlar ham ularning butlari ham jaxannamda kuyadi deyilgan.
3. Iso Payg'ambarni hech kim o'ldirmagan va u tirikmi? - U Allohni huzuriga olingan deyilgan (Niso Surasi 4:157-158), lekin Oli Imron Surasi 3:144 da Muhammad Payg'ambardan oldin ham Payg'ambarlar o'tgan deyilgan.

Shunga izoh berasizlarmi?

Joha
05-19-2004, 11:21 AM
This Post Has Nothing To Do With Religion As It Expresses Personal Disgreement On A Previous Post Being Removed. Thus Post Is Moved.

Royal
05-19-2004, 12:23 PM
Togri yoldan adashtirmasin ilohim. Omin.

Islom dinida sunni, shia, vaxobiy, so'fiylar kabi oqimlarning paydo bo'lishi uni Xrisitan diniga o'xshatib qoyayapti
Islom dinidagi har bir yonalish boshlovchilari ozlariga yarasha juda katta diniy ulomolar va ular oz tushunchalarini diniy misollar bilan tushuntirib kelganlar va Islom dunyosida har bir yonalish oziga yarasha va geografic jihatdan davlatlar miqyosida oz ergashuvchilariga ega.
Yaratganim menga aql beribdiki fikrlash va ilm olish uchun. Ismimning ma'nosi ham Allohning qulidir.Ollohga ming marotaba shukirlar bolsinkim shu fikringizda turing va shirk yolidan saqlaning.
Din masalasiga kelsak, xali ham chalkashmovchiliklarga duch kelaverib balki ichingizda shu haqda o'z fikrini bildiradigan bormikan demoqchi edim.
Rosa joyini topibsizde oziyam, bu yer shu naq Makkatilloni markazidan 2gaz ongda joylashgan.
Shu qatorda Qur'oni Karimdan quyidagi suralar meni chalkashtiradi:
1. Alloh birinchi yerni yaratdimi yoki samoni? - Noziot Surasi 79:27-30 da avval samo so'ng yerni deyilgan, Baqara Surasi 2:29 da avval yer so'ngra samo deyilgan.
2. Iso Payg'ambarga hamma Xristianlar sig'inadi, lekin u va unga sig'inuvchilar jaxannamda kuyadimi? - Iso Payg'ambar Allohning huzurida va unga yaqindir (Niso Surasi 4:158 va Oli Imron Surasi 3:45). Ammo Anbiyo Surasi 21:98 da Allohni qo'yib o'zga sig'inayotganlar ham ularning butlari ham jaxannamda kuyadi deyilgan.
3. Iso Payg'ambarni hech kim o'ldirmagan va u tirikmi? - U Allohni huzuriga olingan deyilgan (Niso Surasi 4:157-158), lekin Oli Imron Surasi 3:144 da Muhammad Payg'ambardan oldin ham Payg'ambarlar o'tgan deyilgan.
Shunga izoh berasizlarmi?

Hamma oz bilganini va oqiganini yozadi va sozlashi mumkin, shundoq bogandan keyin huddi shu suralarni qaerda oqidingiz, biz ham habardor bolsak degan savolim bor edi,

deb

travelingpapi
05-19-2004, 01:34 PM
Togri yoldan adashtirmasin ilohim. Omin.

Islom dinidagi har bir yonalish boshlovchilari ozlariga yarasha juda katta diniy ulomolar va ular oz tushunchalarini diniy misollar bilan tushuntirib kelganlar va Islom dunyosida har bir yonalish oziga yarasha va geografic jihatdan davlatlar miqyosida oz ergashuvchilariga ega.
Ollohga ming marotaba shukirlar bolsinkim shu fikringizda turing va shirk yolidan saqlaning.

Rosa joyini topibsizde oziyam, bu yer shu naq Makkatilloni markazidan 2gaz ongda joylashgan.

Hamma oz bilganini va oqiganini yozadi va sozlashi mumkin, shundoq bogandan keyin huddi shu suralarni qaerda oqidingiz, biz ham habardor bolsak degan savolim bor edi,

deb

O'qigan joyim http://cwis.usc.edu/dept/MSA/quran/079.qmt.html Ingliz tilida edi O'zbek tilidagisini esa http://quran.ziyo.uz/

Royal
05-19-2004, 01:42 PM
Hmmmm...

Juda yahshi, endi internet bosa unda shu internetdan "arablar" qoygan yani islomiy web site laridan ham foydalanib korgin

va shunga qoshimcha biror bir musulmon dokonidan "Quroni" karimni sotib olib uni ham oqib kor, ana shunda bilish mumkin bu oldingi oqigan site larda togri yozilganmi yoki notogrimi ? va shundan keyin biror bir kattaroq domla bilan gaplashish kerak biror bir savol bolsa.

Guardian
05-19-2004, 02:40 PM
THIS POST HAS NOTHING TO DO WITH RELIGION AS IT EXPRESSES PERSONAL DISGREEMENT ON A PREVIOUS POST BEING REMOVED. THUS POST IS MOVED.

Nega mening threadimni to'xtatib qo'ydinglar va qanday asos bilan? Mening fikrim faqat moderatorlarnikiga yaqin bo'lishi kerak ekanda? To'g'ri, mening "Bir savol" mavzusidagi threadim "ekstremal dindorlarga" ma'qul kelmasligi mumkin. Lekin, ichingizda mard va din to'g'risida ochiqchasiga fikr almashadiganingiz bormi? Yoki hammangiz umrida loaqqal bir martta sadaqa qilmagan va besh mahal namoz o'qimagan chala mullalarning fikrini ma'qullab qutulib qo'ya qolasizlarmi?

Ba'zilaringiz ota-onamning qaysi dindaligini bilmoqchimidingiz? Ular musulmon, ammo musulmonchilikning beshta asosiy shartini (xaj qilish qurbingizga qarab) bajarib qo'yish kerak...shuning uchun ham men o'zimni to'la musulmon deb ayta olmayman. Yaratganga mendan ham ko'proq ishonadigani bo'lmasa kerak. Ammo, qaysi din haqligini qanday bilasiz? Dinlar o'rtasida shu haqda ziddiyatlar ko'pku. Aytaylik siz xrisitansiz. Xristianlikning hamma shartlarini bajardingiz va ishonasizki bu din haqdir. Umringiz tugab yaratgani o'z huzuriga oldi va sizga musulmon dini haqligini va siz g'ayridinlik qilganingizni aytsa nima qilasiz?

B'azi o'zini bosa olmaydigan moderatorlarga hotirjamlik tilayman.

assalomu aleyklum hurmatli dustimiz,

Sizning bu topicingiz ancha muncha chalkash ga uxshab ketadi. dar haqiqat, hurmatli barodar Islom dinini tushunish uchun uz'uzicha ishlash uncha yaxshi emas, yulda shayton chalg;itadi va iymonni zayiflashtirishga olib keladi. Sizdan juda katta iltimosim bor edi. Siz hozir agar uzbekistondan tashqarida bulsangiz bu sizga ancha muncha qiyin. kundalik hayotingiz islomdan xabardor, qanday amallar bulayotganidan xabaringiz bulmasangiz, jamoat bilan namoz uqib mullalar bilan haftasida bir bor (at least) gapirmasnagiz, yoki fatvolar eshitmasingiz (ona tilingizda) bu ancha muncvha qiyin ishdir. Mening sizga samimiy maslahatim shuki, kup uzingizni ovuntirib uzcha ma'nolarni guess qilmang. Bir educated mulalar, insonlar, qoriylar bilan (uz tilingizdagilar) suhbatlashga va Qur'oni karimni mushohada qilishga harakat qiling. man ishonchim komilki, ancha muncha narsalarni tug'ri nuqtai nazar bilan urganib olar bulardingiz.

ilohim Allohning uzi sabr bersin va iymoningizni yashnashiga quvvat bulganm bersin.

Hurmat bilan,
joe

PS. Bunaqa, mavzuda bahslash bu biozning bolalarimiz, xalqimiz orasida juda foydali. Hurmatli insonlar, birgalashib yaxshilik bilan da'vat qilishnga allohning uzi madadkor bulsin.
Aytganlaridek.
Haqiqat bukiladi, eziladi lekin sinmaydi. Hamma tusiqlarni birgalashib bosib utsak degan niyatim bor edi.

always sincerely,
cheers :cool:

nikon
05-19-2004, 04:52 PM
Shayton insonni vos vos qiladi. U yigit vos vos bulib qolgan manimcha. Shunday mujtahid ulamolarimiz(Imom Buhoriy, Axmad Fargoniy, Beruniy, Ulug'bek, Amir Temur ajdodlarimiz) shu yulda bulib xato qilishgan ekanda. Sizda Qur'ondan va Xadisdan hukm chiqarish uchun kamida 5 ilm bormi?! Mujtahid ulamolar beittifoq bir fikrga kelishman bir davrlarda, siz uzingizni tor tagakkuringiz bilan xamma narsani yuqqa chiqarmoqdasiz. Bizni tugridan tugri xukm olish va uzimizcha bir fikrga kelish aqlimiz kaltalik qiladi. Shuni uchun mujtahid ulamolar biz uchun yozib qoldirgan kitoblaridan yo u xam qoniqtirmasa xozirda xayot bulgan ulamolardan suragan ma'qul. Markaziy Osiyoda eng kuzga kuringan insonlardan biri Hazrat Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf janoblari. U kishi xaq uchun xar qanday inson bilan suhbatlashadi. Huzuriga juda kup talabalar borib, savollariga javob olib turishadi. Agar sizda borish imkoniyati bulmasa, Hidoyat jurnalini lektron pochtasiga xat yozib javob olishingiz mumkin. U erda xam ilmli olim insonlar utirishibdi. Sizni tugri yulda shubhalarsiz bardavom bulishligingiz uchun qulimizdan kelgan yordamimizni ayamaymiz. Alloh adashtirmasin. Omiyn.

Guardian
05-20-2004, 02:04 AM

rahmat nikon janoblari...
shunday odamlar ham bor ekanh allohga ming shukur.

hurmatli pepi mana bu kishining aytganlari, Hidoyat onlinega email junating xohlagan savolingiz uchun.....

bu yerda odamlarni shubhaga yunaltirish bu qazzoblarning ishsi. siz bir mumin kishi ekansiz, bu yuldan qayting.
omiyn...
cheers:cool:

travelingpapi
05-21-2004, 07:16 AM
Shayton insonni vos vos qiladi. U yigit vos vos bulib qolgan manimcha. Shunday mujtahid ulamolarimiz(Imom Buhoriy, Axmad Fargoniy, Beruniy, Ulug'bek, Amir Temur ajdodlarimiz) shu yulda bulib xato qilishgan ekanda. Sizda Qur'ondan va Xadisdan hukm chiqarish uchun kamida 5 ilm bormi?! Mujtahid ulamolar beittifoq bir fikrga kelishman bir davrlarda, siz uzingizni tor tagakkuringiz bilan xamma narsani yuqqa chiqarmoqdasiz. Bizni tugridan tugri xukm olish va uzimizcha bir fikrga kelish aqlimiz kaltalik qiladi. Shuni uchun mujtahid ulamolar biz uchun yozib qoldirgan kitoblaridan yo u xam qoniqtirmasa xozirda xayot bulgan ulamolardan suragan ma'qul. Markaziy Osiyoda eng kuzga kuringan insonlardan biri Hazrat Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf janoblari. U kishi xaq uchun xar qanday inson bilan suhbatlashadi. Huzuriga juda kup talabalar borib, savollariga javob olib turishadi. Agar sizda borish imkoniyati bulmasa, Hidoyat jurnalini lektron pochtasiga xat yozib javob olishingiz mumkin. U erda xam ilmli olim insonlar utirishibdi. Sizni tugri yulda shubhalarsiz bardavom bulishligingiz uchun qulimizdan kelgan yordamimizni ayamaymiz. Alloh adashtirmasin. Omiyn.
Sanab ko'rsam roppa rosa 5 ilm egasi ekanman (shulardan biri koinot bo'yicha). Ammo mening shaxsiy fikrim, millirdlab odamlar e'tiqod qilib kelayotgan din va ilohiy kitoblarni ustidan xukm chiqarish uchun 70 ilm egasining ham qo'lidan kelmaydi. Mening asl savolimni hammangiz xar qanaqasiga tushunmoqdasiz deb o'ylashga majburman. (Iloji boricha sodda so'zlar bilan yozishga xarakat qilib kelayapman) Savolimning asl ma'nosi quyidagicha - Yaratuvchi bor, lekin uning so'zlari payg'ambarlar (odam zoti) ulardan ulamolar, ulamolardan esa oddiy odamlarga to'g'ri etkazilganmi yo'qmi? Kim isobtlab beradi? Beayb Yaratganimning o'zi. Kitoblar esa inson qo'li bilan yozilgan. Shu odamlar siz aytganingizdek vos-vos bo'lib qolganlar bo'lsachi? Bu haqda Qur'oni Karimdan Qur'onning haqligi to'g'risidagi Surani keltirish shart emas. Inson miyyasi nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz. Mantiq va so'z oyinlari bunga misol. Arablarni arab qilgan Islom dini. Dinlarga o'sha davrlardagi ijtimoiy yoki siyosiy mafkuralar aralashib ketmaganmi?
Men uchun inson zoti kim bo'lishidan qat'iy nazar boshqa insonlar bilan teng. Miyyangizni qanday ishlashi va siz undan qanday foydalanishingiz asosidagina "avom xalqdan" yuqoriroq pog'onaga chiqishingiz mumkin. Lekin, men uchun bari bir inson zoti fikrlaydigan bir parcha go'sht. Men ham insonman, ammo go'sht bo'lib yurishdan ko'ra fikrlashni yoqtiraman. Ilm fanni yoki boshqa narsalarni o'rganishda ularni solishtirib ko'rishlar asosida fikr yuritaman. B'azilar aytganidek mantiqqa to'g'ri keladimi yoki yo'q. Ammo mantiqning o'zi absolyut emas. U inson ongi va uni o'rab turgan unga ko'rinadigan va seziladigan atrof muhit chegarasidagina holos. Inson zoti ko'rinadigan va ko'rinmaydigan borliq to'g'risida 1 foiz ham axborotga ega emas. Siz aytib o'tgan ulamolar shu insonlar jumlasiga kiradi.
Royal janoblariga kelsak, Qur'oni Karimni qaerda oqigansan deb so'radilar...o'qigan joylarimni ko'rsatdim,(o'sha yerlarda siz aytgan arab tilini biladigan islomiy ulamolar tarjima qilganini inobatga oling) , endi bo'lsa shunga qoshimcha biror bir musulmon dokonidan "Quroni" karimni sotib olib uni ham oqib kor, ana shunda bilish mumkin bu oldingi oqigan site larda togri yozilganmi yoki notogrimi deb yozibtilar. Bu bilan meni kalaka qilmoqchimisiz? Qur'oni Karimni sotishligi men uchun yangilik bo'ldi. Royal, yoshingiz 2000dan o'tgan taqdirda ham o'zgalarni sizlang toki ular sizga sensirashga ruxsat bergunlaricha.

Bu yerda savollarimga javob topish chindan ham qiyin bo'ladiganga o'xshaydi, shuning uchun sizlar aytgandek Hidoyatga email jo'nataman va iloji bo'lsa Hazrat Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan uchrashib ko'raman. Ularni qanday topsa bo'ladi?
Avvaldan raxmat.