PDA

View Full Version : 70 yilda o'zbek bo'lib qolganlar ...

emo
06-08-2004, 03:23 AM
Men o'zbek millatining asoslari haqida so'ramoqchiman forum ishtirokchilariga. Sovietlar davrida O'rta Osiyo butunlay egallangandan keyin o'zbek millati asos topgan bu to'g'rimi? Yoki O'zbek Hondan etiboran unga sodiq qolganlar o'zbek nomi bilan atalganlarmi?
Hayotida hech o'zbekcha (Soviet O'zbekchasi) bilmasdan pasportlarida millati o'zbek yozilganlar kimlardir? Va bu kishilarning nevaralari o'zbekcha o'rganib o'zbekcha kiyinib o'zbek bo'lib ketishdi. Sovietlardan oldin masalan Qipchoqlar bor edi va o'zini o'zbek deb ataganlardan ko'p edi. Ular nima o'zbek bo'lib ketishdimi?
Hulosa qilib aytganda o'zbek millatining asoslari haqida savol ko'p.

Asadbek
06-08-2004, 04:18 AM
Va bu kishilarning nevaralari o'zbekcha o'rganib o'zbekcha kiyinib o'zbek bo'lib ketishdi.
:)
Xudo hohlasa, boshqalariniyam o'zbek qilamiz :) Nimasi yomon?

Adashmasam, turkiy xalqlarning 92 urug'i bor. Shularning anchasi O'zbek millatiga mansub bo'lib qoldi tarix g'ildiraklarining izida. Qipchoqlar haqida Qodiriy o'z asarlarida yozgan.
O'zbek nomini ko'pchilik tarixchilar O'zbekxon bilan bog'laydilar. Bunga qarama-qarshi fikrlar ham mavjud tarixchilar orasida.
Tarix shunaqa chalkash do'stim.

Siz-chi? Siz kimsiz?

emo
06-08-2004, 04:49 AM
:) Siz-chi? Siz kimsiz?
Meh ham o'zbekman lekin Bolsheviklar davridagi halqlar siyosatiga qaraganimizda odamning o'ziga majbur kimligi haqida savol bergisi keladi. O'zbekman deb yurganlar sajarasiga bir qaragisi kelmaydimi. Men masalan sajaramni yani boshqacha aytganda 7 caddimni bilgim keladi. Ular kim edilar nima qilishardi? Qirg'izlarda 7 caddini bilmagan bizdan emas deb bir gap bor... o'zbeklarchi?

Asadbek
06-08-2004, 05:33 AM
O'zbeklarda ham bor bu gap.
Men 6 tasini bilaman.

shokir
06-08-2004, 07:01 AM
Men o'zbek millatining asoslari haqida so'ramoqchiman forum ishtirokchilariga. Sovietlar davrida O'rta Osiyo butunlay egallangandan keyin o'zbek millati asos topgan bu to'g'rimi? Yoki O'zbek Hondan etiboran unga sodiq qolganlar o'zbek nomi bilan atalganlarmi?
Hayotida hech o'zbekcha (Soviet O'zbekchasi) bilmasdan pasportlarida millati o'zbek yozilganlar kimlardir? Va bu kishilarning nevaralari o'zbekcha o'rganib o'zbekcha kiyinib o'zbek bo'lib ketishdi. Sovietlardan oldin masalan Qipchoqlar bor edi va o'zini o'zbek deb ataganlardan ko'p edi. Ular nima o'zbek bo'lib ketishdimi?
Hulosa qilib aytganda o'zbek millatining asoslari haqida savol ko'p.
Do`stim hayottan orqada qolibsiz biroz.
(Shahsiy fikrlar)Qisqa javob berishga harakat qilaman:
1)"Sovetlar davrida O`rta osiyo butunlay bosib olingandan keyin o`zbek millati asos topgan" i yoq.
2)Hozir o`zbek deb ataladigan halqning paydo bo`lish (shakllanish) jarayoni bilan o`zbek nomining kelib chiqishi umuman boshqa boshqa mavzulardir
3)O`zbek nomini O`zbek hondan boshlanishi- bi bir guruh olimlar versiyasi holos.Buning yana 2-3 versiyalari bor.
4)Sovet o`zbekchasi yoki Amerika o`zbekchasi yo`q. Vaqt to`htamagani kabi tillar va madaniyatlar, halqlarning etnik rivojlanish jarayoni to`htamaydi.
5)Tilda assimliatsiya, dissimlyatsiya degan narsalar bor(tilshunoslar yahshi bilishadi)Huddi shunday o`zbeklashish tabiijarayon va bor narsa(Masalan Chingiz Aytmatov (tahminan) shunday degandi:Vizantiya-Rim madaniyati Evropa-rus madaniyatida qanchalik o`rin tutsa ,O`rta osiyoda o`zbeklar shunday ta`sirga ega.)
6)Qipchoq masalasiga kelsak, ular etnik qatlam sifatida o`zbek halqiga singib ketishgan.Zotan millatlar turli etnik qatlamlarning turli makon va shoroitdagi o`zaro ta`sirida shakllanadi
7)O`zbek halqining asos topishi O`zSSr ning tashkil etilishidan AAAAAAAAANCHA oldin boshlanadi.Sak, Massaget,Horazmiy,So`g`d..... kabi qabilalarni eshitganmisiz? Bu haqda kitoblarda batafsil yozilgan.
:) 8)Boshqa topiklarda pan-turkism, pan-islamism haqidagi "qisqa" suhbatlardan (Agar uni suhbat deb bo`lsa) "bahramand" bo`ldim.Mabodo siz "pan-qipchoqist" emasmisiz?:lol:

Administrator
06-08-2004, 08:41 AM
bolsheviklar?
ozbek millatini 5-6-7 asr orqaga borib taqaladi.
bolsheviklar yoq yerdan 'ozbek' nomini topib toqib qoyib qoyishmagan.
Undan keyin taqsir Asadbek aka miz ayganlardek
hozirgi ozbek millati bir necha hil elatladan mavjud bolib
19 asr ohirliarida hamma birbirdan ajraluvchi guruhlar ozoziga
nom topib olgan edi oshalar ichida ozbek lar ham turk lar ham bor edi.
bolsheviklar qilgan ishi bolsa orta osiyaga yahaydigan turkiy bolgan
va kmanchi bolgan halqlarning hammasiga ozbek ismini berganligidir.
Bu kunlar turkiyada kopchilik iddao qiladiki agar bolsheviklar shu ishni qilmagan bugun ozbekla ozin turk dep atar edi dep.
ammo mening bunaqa bolishidan shubham bor sababi
biznin millat ruslarsiz ham 'turk' ismin anchadan beri qollanmay
shundoq ham bir necha guruhga bolingan edi va hattoki bugun biz hammamiz bir ozbek bolmasdan bugungi kunda bir necha millatlarga bolinib tarqoq bolib ham ketishimiz mumkin edi.
shuning uchun hamma ayibni bolsheviklarga tonkarishdan oldin ozgina oylab koraylik.

Administrator
06-08-2004, 08:45 AM
aytgandek emo
siz qirgizmisiz?

emo
06-09-2004, 03:31 AM
aytgandek emo
siz qirgizmisiz?
Qirg'iz emasman o'zbekman

emo
06-09-2004, 03:49 AM
Mabodo siz "pan-qipchoqist" emasmisiz?:lol:
:o Pan-qipchogist ham emasman. Mening bunday bir savolni siz forum ishtirokchilariga so'rashimning maqsadi mening o'zbekligimdan shubham borligi uchun emas. Men o'zbekligimdan shubha etmayman dadam-abamlarning ota-buvalari ham o'zbek edi.

Bu mavzuning sababi aslida ba'zi "o'zbek"larning boshini qotirib kelayotgan masaladir.

emo
06-09-2004, 03:58 AM
Rahmat Shokir javob sifatida yozgan yozuvingiz uchun. Takroran aytaman, bu masala bazi o'zbek tarixchilarining boshini qotiryapti. O'zbek nomi yo'q edi oldin lekin Qirg'iz nomi bor bo'lgan. Qayerdan kelib chiqdi va qanday qilib hozir O'rta Osiyo'da aholisi bo'yicha eng katta davlat O'zbek davlati tashkil topdi?

emo
06-09-2004, 04:02 AM
2)Hozir o`zbek deb ataladigan halqning paydo bo`lish (shakllanish) jarayoni bilan o`zbek nomining kelib chiqishi umuman boshqa boshqa mavzulardir

Bu mavzularni birbiridan qanday ajratiyapsiz? Tushuntiribroq yozing pls.

shokir
06-10-2004, 05:31 AM
Bu mavzularni birbiridan qanday ajratiyapsiz? Tushuntiribroq yozing pls.
Aytmoqchimanki ,
1.hozir O`rta Osiyoda ko`pchilikni tashkil qiluvchi (o`zbeklar nazarda tutiladi) millatning etnik (E`tibor bering su so`zga) shakllanishi (etnogenez deyilsa kerak fan tilida) alohida mavzu yani millatning millat sifatida shakllanguncha bosib o`tgan yo`li nazarda tutiladi.Bu jarayonda u turli davrlarda turli sabablarga ko`ra har hil nomlanishi mumkin.
2.O`zbek nomi esa hozir o`rta osiyoda ko`pchilikni tashkil etgan millatga millat sifatida shakllanish jarayonida (yani shakllanishning ma`lum davrida) berilgan nomdir.
3.1924 yilgi davlat chegaralanishi mintaqadagi etnik jarayonlarga ta`sir qildi.
Shuningdek, ungacha mavjud bo`lgan uchhala honlikda ham asosiy aholi o`zbeklardir. (yani hozir o`zbek deb aytiladigan millatning bobolari )
4.Taqsir, siz millat qanday shakllanadi degan savoga qanday javob bergan bo`lardingiz.
5.Tarih bu o`z nomi bilan o`tmishdir.Ozchilik-ko`pchilik, islom, arabiy unsur, turkiy unsur, eroniy unsur kabilar tarihga oid kitoblarda to`liq ochib berilgan.Hozirgi zamon ko`zibilan qarab ularga hulosa yasash kerak holos deb o`ylayman.

(Agar mavzudan sal chetga chiqqan bo`lsam uzr.)

shokir
06-10-2004, 06:50 AM
(!)Rahmat Shokir javob sifatida yozgan yozuvingiz uchun.
(!)O'zbek nomi yo'q edi oldin lekin Qirg'iz nomi bor bo'lgan. Qayerdan kelib chiqdi va qanday qilib hozir O'rta Osiyo'da aholisi bo'yicha eng katta davlat O'zbek davlati tashkil topdi?

Yozgan yozuvingiz javob bo`lolmaydi deb qo`yaqoling.O`zi qirg`iz nomi nechanchi asrda paydo bolgan ekan aytivoring. Sizning savollaringizning tarihchilarni o`ylantiradigan joyi yoq. Savollaringis hech qanday ilmiy asosga ega emas. "Qanday qilib hozir o`rta osiyoda aholisi bo`yicha eng katta davlat O`zbek davlati tashkil topdi" bu g`araz niyatdagi savol !!!!

MUHLIS
06-10-2004, 12:03 PM
Menga "Shokir"ning fikrlari yoqdi.

shokir
07-05-2004, 04:21 AM
Шакир, ты все время говоришь, "тот нам завидует... это национализм... тататат... тататат...".

Узбекистан и узбеки - совсем другие понятия. У ЕМО простые вопросы, так ты ему объясни подробно если так хорошо знаешь историю.
Forum.uz da lattachaynar va mug`ombirlar ko`p ekan, endi iqror bo`ldim.

Forum aka, mug`ombirlar o`ta havfli , buni yahshilab kulog`iyzga osvoling.
1)manga e`tiroziyiz bo`sa marhamat dalil isbot bilan gapiring
2)man tarihni yahshi bilaman deb da`vo qilyotganim yok
3)hali hech kim "Узбекистан и узбеки" bir hil понятия deyayotgani yok
4)Emo ning vopros i prosti vopros emas buni sizdan boshqa hamma biladi
5)Bu emo (sizni bilmadimu qanaqa fikrdaligingizni) degani yo tarihni umuman tushunmaydi yo ko`p keraksiz narsalarni o`qiyverib miyasi g`ovlab(balki bijg`ib) ketgan
6) uni savoliga bergan javoblarimni istagan joyda isbot qila olaman, hudoga shukur bunga kurbim yetadi (faqat bir punktda bir -ikki so`zni ataylab tushirib qoldirganman holos)
7)Man ""ататат... тататат"" qilyotganim yok, emo va siz "тататат... тататат"
qilyapsizlar

shokir
07-08-2004, 01:23 AM
hehehe Shokir aka,
Manaman degan ko'ksiga urib yotgan millatchilarga sichqonning ini ming tanga bo'lib ketdiku a?

EMO deganlari Forum.uz ning nomini eshitsa tinchlanish uchun bitta Dimedrol ichayotganmish hozir.

Hehehee

Sincers Shams
loll:lol:

Vipshams aka, endi dimedrolniyam foydasi bo`masa keragov :lol:

Mr "H"
07-14-2008, 10:01 PM
Men o'zbek millatining asoslari haqida so'ramoqchiman forum ishtirokchilariga. Sovietlar davrida O'rta Osiyo butunlay egallangandan keyin o'zbek millati asos topgan bu to'g'rimi? Yoki O'zbek Hondan etiboran unga sodiq qolganlar o'zbek nomi bilan atalganlarmi?
Hayotida hech o'zbekcha (Soviet O'zbekchasi) bilmasdan pasportlarida millati o'zbek yozilganlar kimlardir? Va bu kishilarning nevaralari o'zbekcha o'rganib o'zbekcha kiyinib o'zbek bo'lib ketishdi. Sovietlardan oldin masalan Qipchoqlar bor edi va o'zini o'zbek deb ataganlardan ko'p edi. Ular nima o'zbek bo'lib ketishdimi?
Hulosa qilib aytganda o'zbek millatining asoslari haqida savol ko'p.

kechirasizu emojon, savollariz bir biriga yopishmayaptida: manimcha siz tarixni faqat cho'qib cho'qib o'qigansiz shekilli - 10-sinf O'zbekistondan bir paragraf, 8-sinf O'zbekistondan yana bir paragraf qilib. Yoki savodsiz o'qituvchi o'qitganmi...?
Respublika Tarixshunoslik Institutining arxiviga access olingda, yaxshilab o'rganib chiqing O'zbeklarni kimligini, hech bo'lmaganda umumiy tushuncha bo'lishi kerak, uyat bo'ladi :D:D:D:D

Nigorabegim
07-15-2008, 06:40 AM
Sizni qiziqtirgan masala tarixshunos olim Bo'rivoy Ahmedovning "O'zbek xalqining kelib chiqishi" kitobida batafsil yozilgan. Olimning ta'kidlashicha, o'zbek xalqi 12 asrdayoq shakllanib bo'lgan O'zbek nomining kelib chiqishi esa Shayboniyxonning ajdodi bo'lmish -O'zbekxon nomi bilan bog'liqdir.

jasonnur
07-15-2008, 07:50 AM
O'zbek--o'g'uz begi degani,o'zbekxondan ham avval,Alp Er Tunga zamonlarida shakllangan bo'lishi kerak

Godunov
07-15-2008, 08:34 AM
O'zbeklarda ham bor bu gap.
Men 6 tasini bilaman.

Meni ukam 8 tasini biladi :D

Asadbek aka, urug'lar soni 95 tamasmidi...

Urug'larni surishtirib boraversa birovi o'zbekka, birovi turkmanga, birovi qozoqqa, qirg'izga va.h turkiy xalqlarni ildiziga qarab ketib qolsa kerak. Biz tarafdan Husan Eshmurodov degan raxmatlik shoirni "Qo'ng'irotni Qo'shiqi" degan asarida urug'lar haqida ma'lumot bordi, shunga o'xshash biron joyda to'liqroq topsalaringiz qog'ozga ildirib qo'yardik urug'larni.....

Samarkand
07-15-2008, 10:46 AM

Urug'lar soni menimcha 100 dan ancha oshsa kerak, Qadimgi Turkiy davlatning elatlari 92 ta bo'lgan lekin

:)

Godunov
07-16-2008, 03:13 AM
Urug'lar soni menimcha 100 dan ancha oshsa kerak, Qadimgi Turkiy davlatning elatlari 92 ta bo'lgan lekin

:)

Bu yog'i chalkash bo'p ketdiku, elatni nimaligini bilmas ekanman, siz tarixchiga o'xshaysiz, o'zingiz bilgan 92 ta elatga bir izoh berib o'ting :)

Samarkand
07-16-2008, 07:52 AM
Bu yog'i chalkash bo'p ketdiku, elatni nimaligini bilmas ekanman, siz tarixchiga o'xshaysiz, o'zingiz bilgan 92 ta elatga bir izoh berib o'ting :)
Yo'q tarixchi emasman, faqat ikki uch joyda o'qiganim bor 92 elat deb. Masalan Sh.Jo'rayevning ham ashulasida 92 elati bor Sohibqironning deyiladi.
Elat deganda ellar tushuniladi, uzbek, turk, ozarbayjon, qirg'iz, qosoq, afg'on, chuvosh, rus, tatar va hokozo.

Urug'lar deganda minglar, yuzlar, yarg'oqlar, umarilar, qullar, taqallar, olato'plar, nayman, qipchoq deganlarni tushunaman men shaxsan.

Balkim tarixchilar bunga boshqacha qarar, balkim boshqacha tahlili bordir, bular faqat meni o'z fikrlarim.

:)