PDA

View Full Version : Nega axir?? Qachon?? Qanday qilib???


USha zemlyak
08-09-2004, 06:05 PM
Assalomu alaykum forumning barcha qatnashchilari, Mehmonlari.


O'zbekiston. Bu so'zning biz uchun naqadar ahamiyatli ekanligini bu yurtda yashayotgan, va yashagan odamlargina to'liq biladi. Vatan tarixi, Vatanda bo'lib o'tgan qonli voqealar, fojialar; xursandchiliklar, har bir yangilik, xoh katta xoh arzimas bo'lsin eshitganimizda nogoh qalbimizni larzaga soladi.

O'zingizga ma'lum Davlat tushunchasi, davlatimiz siyosati, iqtisodiyoti, uning o'rni rivojlanishi va xalqining ahvoli , kim bo'lishimizdan qat'iy nazar hammamiz uchun juda dolzarb masala.

Yurtimiz tinch, odamlarimiz shod xurram bo'lsa biz ham quvonamiz, kayfiyatimiz ko'tariladi.
Kambag'al yoxud nochor, bechorani ko'rsak ich ichimizdan ezilib ketamiz. Unga yordam berishga, hech bo'lmasa dalda berishga harakat qilamiz.

Va eng asosiysi ushbu yurtda o'z o'rnimizni topishga, hurmatli va izzatli bo'lishga boshqalardan kam bo'lmaslikka harakat qilamiz.

Lekin xuddi mana shu masala ba'zan nafaqat o'zimizning, balki boshqa birovlarning aybi, yoki xatosi, yoki mas'uliyatsizligi, yoki chorasizligi, tufayli bizni juda ham qiynaydi. Bizning ojizlashishimizga, qashshoqlashishimizga (moddiy va ma'naviy jihatdan), g'azablanishimizga va boshqa ko'pgina salbiy hodisalarga sababchi bo'ladi.

Forumning bevosita ishtirokchisi sifatida shuni aytmoqchimanki, mazkur forum ochilganidan beri o'tgan 4 yil ichida <<O'zbekiston Mustaqilligi va uning xalqimiz hayotiga ta'siri. O'zbekiston prezidenti yuritayotgan siyosatining ahamiyati va Ijobiy-salbiy tomonlari. Xalqimizning Mustaqillikdan keyingi ahvoli>> va shunga o'xshash mavzular yuzasidan bizdan oldingi pog'onalar o'rtasida, qolaversa o'zimiz ishtirokimizda juda ko'p bahslashuvlar bo'lib o'tdi.

Ochig'ini aytganda aytilmagan gap qolmadi desak ham bo'ladi. Misol uchun olganda:


Islom Karimovning savobli ishlari va kirdikorlaridan tortib- Erk (yoki Birlik) partiyasining afzalliklari va kamchiliklarigacha.

Muhammad Solihdan tortib- Tohir Yo'ldoshgacha

Prezidentning qizini hayotidan tortib- Bosh vazirning dala hovlisigacha.

O'qituvchilarning oyligidan tortib-Kasalxonalarga Mentlar qorovullik qilishi kerak ekanligigacha.

O'zbek gastarbayterlaridan tortib-Umid jamg'armasining ochilishi <<xato>> ekanligigacha.

Qamoqxonalardagi mahbuslardan tortib- Abdusamad Polvonzodaning chuntagidagi $$$ orasidagi ko'rinmay qolgan bir tiyinlik tangagacha.

Bozorlardagi gadoylardan tortib- non topish maqsadida yurtimizni tark etayotgan oliy ma'lumotli mutaxxassislargacha.... va men bilgan bilmagan barcha-barcha muammolarimiz haqida gapirib o'tildi.

Xo'sh bu gaplarni gapirishdan maqsadim nima? Maqsad bitta. Shuncha gaplar gapirildiyu.... <<BIZ NIMAGA ERISHDIK>> (yoki gaplarimizning qanchalik foydasi bo'ldi) degan savolga javob topish va << O'zbekistonning rivojlanishi uchun nima qilishimiz kerak>> degan savolga javob topish.


Men quyida ba'zi Variantlar va ularning ta'siri haqida yozaman. O'ylaymanki siz davom ettirasiz


1. Chet el investeciyasini Jalb qilish kerak.Qo'shma korxonalar ochish kerak.

a). Juda ham foydali yo'l. Qancha ko'p xorijiy sarmoya kirib kelsa davlat shunchalik rivojlanadi. Qo'shma korxonalar ochilsa ishsizlikka ozmi ko'pmi barham beriladi.
b). Bugunga kelib, qo'shma korxonalar ochish dolzarb muammoga aylangan. Buning sabablaridan biri Qo'shni davlatlardagi notinchliklar, yurt ichidagi bazi <<beqaror>> vaziyat bo'lsa bo'lsa ikkinchisi endigina ochilgan va o'ta kuchli nazorat sababli ushlab turilgan Konvertaciyadir.


2. O'zbekistonni Diniy davlatga aylantirish kerak (albatta bu fikr tarafdorlari kamchilikni tashkil qiladi)

a). Diniy qonunlar amalga kirsa talonchilik, korrupciya, jinoyatchilik, mayda o'g'rilik, xalq mulkiga xiyonat qilish kaboi hodisalar kamayadi va iqtisodiyotning sekin asta rivojlanishiga sababchi bo'ladi.
b). Din nimaligini bilmaydigan va <<Musulmonmisan- degan savolga kak shtik musulmonman bratello>> deb turadigan odamlar soni chin musulmonlarga nisbatan ko'p ekan, bu yo'l ham masalaga yechim bo'la olmaydi.


3). Prezident vakolati masalasi. (ko'pchilikning fikriga ko'ra prezident o'rnini boshqaga bo'hatib berishi kerak).
Qonunga ko'ra Saylov yo'li bilan :
3.1: Yuqori organlarida ishlayotgan malakali kadrlarga.
3.2: Muxolifatchilarga.

3.1.a). Ha Hukumat ishini biladigan nomzodlardan biri Prezident bo'lsa anchayin yaxshi bo'ladi. Lavozimda yangi odam, yangi tashviqotlar, yangicha uslub, yangi jarayonlar.
3.1.b). Ali-Xo'ja, Xo'ja-Ali. Bir birini paypaslash, yana usha Hokimlik, byurokratiya. Boshbashdoqlik...

3.2.a) Aytaylik Muxolifatchlarning liderlaridan biri Prezident bo'ldi. Yana yangi farmonlar, yangicha nazorat, yangicha qonunlar. Boshqaruvning yangicha usuli, Hokimlar, hukumat ishchilarining almashishi...Yuqori lavozimlarda yangi odamlar va yangicha ish yuritish. Qamoqxonalardagi musulmonlarning ozod etilishi...va hokazo..

3.2.b). Ishsiz qolgan <<eski>> hukumatchilarning keskin qarshiligiga uchrash. Chekka chekkada biqinib kuch yig'ib yotgan g'alamislarning yangicha hujumlari. Poraxo'rlikning yangidan avj olishi (chunki boshqaruv uslubi o'zgargan.Nazorat esa birdan qattiqlashmaydi)
Qisqasi juda ham g'alva.


Xo'sh... endi siz nima deysiz bu fikrlarga? HAr birimiz kim bolishimizdan qat'iy nazar erta-indin o'z o'rnimizni topishga harakat qilamiz. Kimdir Maktabga direktor bo'lsa yana kimdir Bosh vazir bo'ladi. Kimdir Madaniyat vaziri bo'lsa yana kimdir Iqtisodiyot Universitetiga Rektor bo'ladi. Harakatda barakat azizlar. Hechkim kelajagim yo'q..tamom..demaydi.

Faqatgina tanqid bilan hech bir ish qilib bo'lmasligini yaxshi tushunasiz degan umiddaman va O'zingizning kelajakdagi rivojlanish yo'lidagi fikrlaringiz va tahlilini bayon qilsangiz nur ustiga a'lo nur bo'ladi degan niyatda

USHA ZEMLYAK

Desperado
08-10-2004, 03:16 AM
Yozilgan butun punktlariga qo'shilmasam ham, umumiy maqsadga, ya'ni O'zbekistonning butun sohalarda islohotga muhtojligiga qo'shilaman.
Lekin bitta narsa to'g'ri tushinilishi kerak. Balki hukumatni bir kunda yangilab bo'lar (Gurjiston misolida) (ammo yanada ta'kidlab o'tish kerak, O'zbekiston Gurjiston emas! Bizning holimiz juda farqli) biroq mamlakatni bir kunda isloh qilib bo'lmaydi. Bu yerda INSON OMILI (fakori) juda juda muhim! Balki bu fikrga qo'shiladiganlar kamdir, ammo avval xalqni uyg'otmasdan, ta'lim bermasdan, O'zbekistonni rivojlantiramiz deganlar XOM HAYOL insonlardir.

Esingizdan chiqarmang,

Maorif va ta'lim biz uchun yo hayot yo mamot masalasidir! Maorif va ta'limdan boshqa muammolarga hech qanday yechim yo'q! Va butun qolgan gaplar lo'ttivozlikdir, siyosatchilikdir!

tarafdor
08-12-2004, 04:30 AM
Yozilgan butun punktlariga qo'shilmasam ham, umumiy maqsadga, ya'ni O'zbekistonning butun sohalarda islohotga muhtojligiga qo'shilaman.
Lekin bitta narsa to'g'ri tushinilishi kerak. Balki hukumatni bir kunda yangilab bo'lar (Gurjiston misolida) (ammo yanada ta'kidlab o'tish kerak, O'zbekiston Gurjiston emas! Bizning holimiz juda farqli) biroq mamlakatni bir kunda isloh qilib bo'lmaydi. Bu yerda INSON OMILI (fakori) juda juda muhim! Balki bu fikrga qo'shiladiganlar kamdir, ammo avval xalqni uyg'otmasdan, ta'lim bermasdan, O'zbekistonni rivojlantiramiz deganlar XOM HAYOL insonlardir.

Esingizdan chiqarmang,

Maorif va ta'lim biz uchun yo hayot yo mamot masalasidir! Maorif va ta'limdan boshqa muammolarga hech qanday yechim yo'q! Va butun qolgan gaplar lo'ttivozlikdir, siyosatchilikdir!
Agarda shu maorif va tilimni yoniga iqtisodni ham qushib quysakchi, nima deysiz? Agarda yiliga minglab "oliy malumotli"lar chiqaversa, ishsizlikdan hammasi chet elga ketaversa, bu talimni pishirib yeymizmi, uzi vuzni tugatganmisiz? Bir qarang qani kim ishlayapti usha NBU va Vazirlikda. Hammasi bulmasa ham, tupoy va lattalar.

Ma assalama

maymun
08-12-2004, 05:05 AM
Salom, yozganlaringizni print qilib oldim, hudo hohlasa okib chikish niyatim yoq emas......

hosh man endi nima derdim, avvalambor Sizdek ozbek farzandi borligiga, Sizlar bilan bir qatorda Uzbekiston diyorimizada nafas olib yashayotganimdan boshim behad koklarga etdi...

bir-ikkita mavzudan tashqari savollarim bor edi, ruhsatingiz bilan albatta:
1. A.Polvonzoda chontagidagi korinmay qolgan tiyin emas sariq chaqalar edi, va bu fraza bundan 2 yil muqaddam bitta ortogim bilan hazillashib bir birimizani ustimizdan qotvotganimizda (ortogim- yuridik institutda oqidi, bolgusi Polvonzoda, lol) shu gaplar kotarilgani yodimda, siz bu gaplarni qaerdan oldingiz?
2. Ancha vaqtdan beri Toshkentda emas edim, shu sababli Bosh Vazir (eskisi yoki yangisi) dacha hovlisi haqida behabar qolibman, iloji bolsa eslatvorsangiz...
3. Umid jamgarmasining ochilishi esa bu bir zarur bolgan siyosiy strategik (konvertasiyani ochish kabi) yonalish ekanligini bilsangiz kerak, shunga hato deyish har holda noqulaylik tugdiradi odamda...
4. Orol dengizining tagidan butun bir shaharni topishibdi arheologik olimlarimiz, habaringiz bolsa kerak, nima aloqasi borligini oylab koring...
5. Hozir futbolga kech qovoman, bollar kutib turishibdi, shunga uzr....


isterika boshlanganiga ohshidi manda, uzr......

Desperado
08-12-2004, 05:54 AM
Agarda shu maorif va tilimni yoniga iqtisodni ham qushib quysakchi, nima deysiz? Agarda yiliga minglab "oliy malumotli"lar chiqaversa, ishsizlikdan hammasi chet elga ketaversa, bu talimni pishirib yeymizmi, uzi vuzni tugatganmisiz? Bir qarang qani kim ishlayapti usha NBU va Vazirlikda. Hammasi bulmasa ham, tupoy va lattalar.

Ma assalama


Meni sal notog'ri tushinibsiz. To'g'risini aytsam, shahsan oliy ma'lumotu qizil diplomlarini bir chaqaga olmayman. Gap bir varaq yorliqda emas!
Men aytayotgan ta'lim boshqa narsa; men insonlarni ijtimoiy xayotda faol ishtirok etishiga, hukumatning qonun-qarorlarini tushinishida, siyosiy xayotdagi voqlealarga o'z fikrini berolishiga yordam beradigan, faqat bugunni emas, ertangi kunni ham tasavvur qilolishiga yo'l ochadigan ta'lim-tarbiya va bilimni nazarda tutayapman.

Umuman bo'ladigan gap shuki, hali veri hukumatning iqtisodu siyosatda katta islohot o'tqazishini kutish hom hayol. Chunki 'buyuklarimiz' ning 'buyuk' masalalar ustida 'bosh qotirishdan' hali qo'li bo'shamaydi.

Body LOVE
08-12-2004, 05:20 PM
Usha yuridik ins da ukiydigan bolani ismi nima juda tanish gaplar!

elDoraDo
09-22-2004, 04:07 PM
uahahahaaaaaaaaa
upal
silno razbilsya

ml@@@@
kik - kuch ila kichkirish

ili

kuchanish ichra kichkirish....
damn.

a tak maymun - bu VIPShams - choyhonada alohida takalluf ko'rsatishgan edi - hurmat borakan desam - tipa warning bo'lgan ekan. hehe.

uzr voqtida javob bera olmadim - o'zbegimning eng katta yutuqlaridan biri bo'lmish - mustqailligimizning eng oliy mevalaridan - ozodligimizning eng sharafli ne'matlaridan biri bo'lmish - bu Ochiq va Erkin Internet'im shu site-ga kiromi qoldi - skoree vsego shu mani almisoqdan qolgan pc'im sababchi bo'lgan bo'lsa kere.

hullas hammasini o'qib chiqmadim, janob. ammo bitta savol bor sizga - mojet snachala opredelitsya nado - a do etogo bilo by neploho esho popolnit svoi mozgi hot' elementarnimi znaniyami? uzr - president so'ziga qiziqqanim uchunmi - ko'zimga birinchi o'rinda shu tushdi (hattoki uchta $$$ dan ham oldin) no butta Jirniy shrifltar bilan :
"... Prezident vakolati masalasi. (ko'pchilikning fikriga ko'ra prezident o'rnini boshqaga bo'hatib berishi kerak)..."

deyishga uyalmadizmi?

bilmadim intuciyam qanchalik to'g'ri maslahat berayapti - no manga tuyulishicha sizga eski topiclarni analiz qilish ko'proq yutuq keltiradi. a tak omad ishlarga -

i voobshe -
body love - go, admire ur body