View Full Version : O'zbek urf-odatlari va kamchiliklar
Desperado
08-23-2004, 11:01 AM
Siz qaysi o'zbek urf-odatlarini kamchilik deb o'ylaysiz? Qaysi urf-odat shahsan sizning hayotingizga salbiy ta'sir ko'rsatgan?
Another topic to discuss.
Asadbek
08-23-2004, 11:24 AM
Siz qaysi o'zbek urf-odatlarini kamchilik deb o'ylaysiz?
Another topic to discuss.
O'zbek urf-odatlari haqida hadeb gapiraverish...
;)
Desperado
08-23-2004, 12:38 PM
maybe (damn why do I have to type 18 characters??)
Ulug'bek
08-23-2004, 05:18 PM
Juda ko`plab ajoib odatlarimiz qatorida . menimcha bir qancha yomonlari ham uchraydi. Quyida menga eng yoqmaydiganlaridan bazilarini sanayman:
1. Yoshlarga, (ota o`z o`g`liga, ona esa qiziga) yetarli jinsiy rivojlanish, tozalik, (hayz va g`usl kabilar masalan) iffatini , badan layoqati va azolari g`ozalligi va salomatligini saqlash, o`smirlik bosqichida esa chuqurroq jinsiy mavzular haqida malumotlar berishlikni ayb hisoblanishi va natijada berilmasligi. Uning oqibatida esa yoshlarimiz halol bo`lmagan manbalarga murojat qilishi yoki bilimsizlikdan uylanishlaridan oldin va keyin, hayotlarida tasiri saqlanib qoladigan katta xatolarga yo`l quyishlari mumkin. Holbuki bu odatning Islomga aloqasi yo`q.
2. Homilador ayolni xuddi aybdor kishidek qabul qilinishi ayniqsa homiladorlikning so`nggi oylarida va natijada u iloji boricha hech kimga ko`rinmaslikka harakat qiladi, ijtimoiy yarim qamoqda bo`ladi.
3.Ayol kishining hojatxonaga borishi ham negadir odatlarimizda juda aybli bir ishdek qabul qilinadi. Bir kishi aytib bergandi, ich kettiga yo`liqqan bir juvonning shaharlararo yuradigan avtobusni yo`lda qanchalik uyalib to`xtatgani va aksariyat yo`lovchilarning qanchalik ahmoqona tarzda u bechoraning ustidan yo ichida yo ochiqchasiga kulgani, avtobusga qaytarkan u ayolning neqadar o`zini aybdor his qilgani va qip-qizarib ketganini.Aslida bu yerda hech gunohi yo`qku uning! Bundan bilaveringki hojatxonaga borgisi kelgan qanchalab opa-singillarimiz agar juda nochor holga tushmasalar uyalib bormasliklari va salomatliklariga katta ziyon yetkazishlari mumkin.
Bu kabi bemani , mantiqsiz, zararli odatlardan qutulishimiz kerak.
Modesto
08-23-2004, 08:37 PM
Good topic.
We have a heavy cultural luggage. On the one hand, it is positivie that we can say that we have more cutural traditions on the other these traditions limits personal freedom of each person. What I think is that wee need to promote more personal liberty and to push our traditions towards evolutional transformations. Many traditions at the same has to be banned like it was happened before.
There 21 century already came in and we need not only recongnize the progress during past time have been occurred but we need to change our traditions and not to get addicted to our PAST.
Regards!!
Mubina
08-23-2004, 11:12 PM
O'zbeklar "Uzbechilik qursin", "bu urf-odatlarni kim o'ylab chiqqan ekan deb" gapirishni yaxshi ko'rishadi lekin buni o'zgartirishga hech ham urinishmaydi.
tarafdor
08-24-2004, 01:39 AM
O'zbeklar "Uzbechilik qursin", "bu urf-odatlarni kim o'ylab chiqqan ekan deb" gapirishni yaxshi ko'rishadi lekin buni o'zgartirishga hech ham urinishmaydi.
Eng yomoni shu "o'zbekchilikni" dinga bog'lab aytishsa. Yani bid'at.
Asadbek
08-24-2004, 02:12 AM
...
2. Homilador ayolni xuddi aybdor kishidek qabul qilinishi ayniqsa homiladorlikning so`nggi oylarida va natijada u iloji boricha hech kimga ko`rinmaslikka harakat qiladi, ijtimoiy yarim qamoqda bo`ladi.
...
G'irt bekor gap! Juda oshirvoribsiz.
Bizda homilador ayollarni e'zozlashadi, unga ko'cha-ko'yda yordam qo'lini cho'zishadi. Homiladorlikning so'nggi oylarida uni avaylab-asrashadi, ko'p urintirmaslikka harakat qilishadi.
Man o'zim yashagan atrofda siz aytgandaqa holatni uchratmaganman.
tarafdor
08-24-2004, 04:54 AM

Salom Asadbek,
Menimcha bu yerda da Uzb bir oz haqli.
2. Homilador ayolni xuddi aybdor kishidek qabul qilinishi ayniqsa homiladorlikning so`nggi oylarida va natijada u iloji boricha hech kimga ko`rinmaslikka harakat qiladi, ijtimoiy yarim qamoqda bo`ladi.
Yani bu yerda menimcha do'stimiz halqimizning homilador ayollarga bo'lgan aloqasi emas de, urf-odatdan kelib chiqqan bir nyuans desa buladi, yani haqiqatan ham ko'zi yorishadigan homilador ayollning omma ichida yurishi, qaynotadan uyalishi, tuylarda yurishi va boshqa tomonlardan o'zini chegaralishi shular jumlasidan. Yani agarda shu ayyol bularga qaramay, yani zamonaviy qizlar ( masalan "Sitora" dagi Feruza) ko'chaga chiqsa bu yerda sizning so'zingizga 100% qushilaman, bu jihatdan Ollohga shukur halqimizdan rozimiz.
Salomat bo'ling.
Mona Lisa
08-24-2004, 05:56 AM
2. Homilador ayolni xuddi aybdor kishidek qabul qilinishi ayniqsa homiladorlikning so`nggi oylarida va natijada u iloji boricha hech kimga ko`rinmaslikka harakat qiladi, ijtimoiy yarim qamoqda bo`ladi.
Homilardor ayollarni ko'proq uyda bo'lishi yoki kamnamo bo'lishini o'z sabablari.
1. Homiladorlikning so'nggi oyida juda ko'p holatlarda ayollarni oyoqlarida, qo'llarida shish hosil bo'ladi. Bu degani yurish yoki umuman harakatlanish juda og'ir kechishi mumkin
2. Agarda homilardorlik yoz oylarida kechsa ( particularli in Uzb) bu degani uyda o'tirishdan boshqa iloji ham yoq. Chunki issiqlik o'ziga yarasha qiyinchiliklarni tug'diradi
3. Umuman homiladorlikni so'nggi oylarida homilador ayol ham jismoniy ham psihologik jihatdan 'og'ir' holda bo'liadi. a) uncha odam yuqtirmaydigan b) juda tez charchab qoladigan etc
tarafdor
08-24-2004, 06:02 AM

Eh raka toping Alomathon, mana bularkanu. Biz butta erkaklar o'zimizcha 2*2=5 deb o'tiribmiz.
Mubina
08-24-2004, 06:12 AM

Medicina davno dokazala, chto jenshina v posledniye mesyasi do rodov doljna bolshe dvigatsa, chasto gulyat, etot process pomagaet ey potom legko rodit'.
Salyam Alaykum
Desperado
08-24-2004, 06:19 AM
good points lads,
kim qanaqa hisoblaydi bilmadimu lekin bizda yosh bola tarbiyasida 1-2 no'to'gri odatlarimiz bor. bizning insonlar (boshqa ko'pgina millatlardayam uchraydi) yoshlardan kattalarni haddan tashqari hurmat qilishlarini talab qilishadi. Albatta hurmat bo'lishi kerak, lekin haddan tashqariyam noto'g'ri. Shu sababli yoshlar mute, to'be bo'lib o'sishadi. O'z fikrlarini kattaroq yoshdagi kishilarga aytishdan qo'rqishadi. 'mana bu ishingiz no'tog'ri' deb aytishga jur'at qilisholmaydi. Bu salbiy holat.
shahsan o'zim katta yoshli insonlar bilan munozara qilolmayman, yoki o'zim hohlagan narsani talab qilolmayman, chunki shunaqa tarbiya ko'rganman. Bu menga ko'p hollarda salbiy ta'sir qiladi. Albatta hozir ja unaqamasmankuya..
fikrimcha mana shu kamchilik bizga ko'p hollarda pand beradi. aynan mana shunaqa sabablar tufayli o'zbeklar boshqa millatlardan, masalan ruslardan ko'p dashnom eshitishgan va mashara qilingan.
mana shunaqa tarbiyaning ba'zi ta'siri ichimizda laganbardor (podxalim), yaltoqi, yolg'onchi shahlarning ko'payishiga hizmat qiladi deb o'ylayman.
Mona Lisa
08-24-2004, 06:21 AM
Medicina davno dokazala, chto jenshina v posledniye mesyasi do rodov doljna bolshe dvigatsa, chasto gulyat, etot process pomagaet ey potom legko rodit'.
Dorogaya ya znayu ob etom. But the issue was about 'pregnant woman staying at home' Let's not get off topic ;)
Mona Lisa
08-24-2004, 06:28 AM
Manimcha ota - onaga tob'elik juda ko'p hollarda farzandlarga ijobiy ta'sir korsatmaydi. Oddiy misol, adasi o'qishga kiritib qo'yadi, yulantirib qo'yadi, uy solib beradi etc etc... Bizda ota - onang nima desa shu degan tushuncha bor ammo juda ko'p hollarda bu mustaqil fikrlashga to'gon bo'ladi.
Asadbek
08-24-2004, 06:58 AM
Eh raka toping Alomathon, mana bularkanu. Biz butta erkaklar o'zimizcha 2*2=5 deb o'tiribmiz.
O'shanichun, Uzbga o'xshab o'ylamasdan "homilador ayolni xuddi aybdor kishidek qabul qilishadi" demaslik kerak. Farzandni yaxshi ko'radigan O'zbek xalqi qanaqa qilib homilador ayolga aybdorga qaragandek qaraydi?
tarafdor
08-24-2004, 07:06 AM

Tan olish kerak, bu yerda lug'aviy jihatdan so'zlarning noto'g'ti tanlanganligidir yani "aybdor", faqatgina "aybdor" bu nikohsiz tug'iladigan bolalardir. A tak davom etsa bo'ladi.
Ulug'bek
08-24-2004, 12:49 PM
Asadbek, avvalo ko`zda tutganim ma'noni to`g`ri yetkizolmaganim uchun uzr.
Men "Tarafdor" aytgani kabi narsani nazarda tutgandim.
Keyin aytingchi nima uchun o`sha homilador singillarimiz, opalarimiz , onalarimiz boshqalardan qorinlari hajmidagi uzgarish sababli uyalishadi. Yoki nima uchun odamlarimizdan "falonchining keliniga qaranglar, qorni qappayib hech qanday har mavriddan qolmaydi, sal o`zini chetga tortsa bo`lmasmikin" qabilidagi so`zlarni eshitamiz?
Tashqi jamiyat Ulardan qaysidir shaklda uyalishni talab qilgandirki uyalishadi. Men aslida uyalishlariga qarshi emasman, ammo bu uyalish ularni har-doimgidek harakatlarini qaysi bir shaklda bo`lsin cheklashga olib keladigan bo`lsa, ana shungagina qarshiman.
-Yomon odatlarimizdan yana biri, qatnashuvchilardan biri aytib o`tganidek , kattalarni hurmat qilishda chegaradan o`tib ketish va bunig bir qancha yomon salbiy oqibatlari bor.
Agar taraqqiy etishni istasak, hamma sohaga, shu jumladan urf-odatlarimizga ham tanqidiy qarashimiz, taroziga quyishimiz va eng maqbullarini ishlatib yomonlaridan voz kechishimiz kerak, menimcha.
Asadbek
08-24-2004, 01:39 PM
Keyin aytingchi nima uchun o`sha homilador singillarimiz, opalarimiz , onalarimiz boshqalardan qorinlari hajmidagi uzgarish sababli uyalishadi.
Yaqinlaringizdan birortasi homiladorlik vaqtida shu savolni berganmisiz? Bermagan bo'lsangiz, so'rab ko'ring, o'zlari aytishar.
Yoki nima uchun odamlarimizdan "falonchining keliniga qaranglar, qorni qappayib hech qanday har mavriddan qolmaydi, sal o`zini chetga tortsa bo`lmasmikin" qabilidagi so`zlarni eshitamiz?
Endi har xil odam bor, yaxshi ko'z-yomon ko'z bor. Kelajakda masalan mani xotinim xudo hohlasa homilador bo'lgan vaqtida (oxirgi oylarda ayniqsa), yaqin qarindosh-urug'dan boshqani to'yiga jo'natmayman.
Masalan, biznikida bo'lgan to'ylarda doim kamida 3-4 homilador ayol mehmon bo'lardi, hech kim hech narsa demasdi.
Tashqi jamiyat Ulardan qaysidir shaklda uyalishni talab qilgandirki uyalishadi.
Jamiyat o'z harakat doirasi va qonun-qoidalarini davrlar mobaynida o'zi belgilab oladi.
PainKiller
08-24-2004, 02:25 PM
Schitayu lyubuyu tradiciyu ili Opsheprinyatuyu normu, esli ona ne ukazana v korane kak Farz no v to je vremya navyazivayetsya nasil'no, polnim absurdom. Esli Dlya soblyudeniya obichaya tebe nado nervnichat', tratit' bog znaet kakiye summi, a glavnoye ot etogo ne jarko ne holodno, to zachem eta fignya voopshe nujna? Uj tem bolee chto Uzbekistan znayeteli, ne samaya bogataya strana v moyom spiske. i dlya kogo-to soblyudeniye obichayev eto XiXiXiXi, a dlya kogoto woydot-woydot. Vot i naprashivayetsya vopros, komu eto nado? Ya svoim davno skazala, nikakih Korpa, mebel' shmebel', hotya oni menya ne sluchayut i eto vsyo gotovitsya. No zachem mne eto nado? Dlya spokoynogo nachala jizni? Esli ya budu jit' tut, to mne eto vsyo i ne ponadobitsya. i v Moskve, i Tut, skol'ko sebya pomnyu u menya bila odna podushka i odno odeyalo. i PerfeCt! Bol'shego mne i ne nado.
slovom, esli tradiciya napryagayet, eto uje signal togo chto eto polniy gon. Tem bolee chto eti den'gi mojno s tem je uspehom na bolee umniye veshi potratit'. naprimer, kak naschet interneta doma? takaya obidennaya vesh'. no menya ogorchalo ranshe, chto vpolne obespechenniye lyudi, imeya vsyo, daje ne zadumivalis' o knigah, internet. Hotya eto ne prioritet v nashi dni. nuuu, kajdiy sam vibirayet. Soblyudesh obichay, ne soblyudesh', vsyo tebe je samomu vernyotsa
tarafdor
08-24-2004, 02:52 PM

O'g'lim ovqatingni yemaysanmi?
Hamid
08-24-2004, 03:45 PM
Sizlarni bilmadimu lekin men samarqandning men yashaydigan, (menimcha boshqa joylarda ham shunday bolishi mumkin) biror kishi olamdan otgandagi odatlarimiz hech ham yoqmaydi, butunlay islomga qarshi deb hisoblayman, erkaklarning qator bolib turishi, kozlaridan yoshini siqib chiqarish( esimda 14 yoshlarimda katta onamning taziyasida meni ham qatorga qoshishgan sening ham katta onang deb, hech yiglay olmaganman, undan keyin katt aotamning 3 yil keyin taziyasida yaqin yolamaslikka harakat qildim osha qatorga) ayollarning dod voylari, huddi hayot butunlay tugagandek. Yana asosiy gavgalar, hudoyi, yigirma, qirq, har kuni sham yoqish qirq kungacha(men hech ham tushunmasdim dadam har kuni pahtadan pilik yasap, moyga botirib, piyolaning tagida yoqardi), yana har payshanba kuni har hil ovqatlar tayyorlab odamlarni kutish ( u yerda bu kunlari Qur'on qiroot qila oladigan bir kishi boladi, lekin menimcha Qur'on farzandlar tarafidan hamma vaqt oqilsa va dup qilinsa eng yahshisi shu). Yana yili, shu yilni kutib mening bitta akam bir yilgacha uylanaolmadi.
Wolfman
08-24-2004, 06:02 PM

Ta'ziya masalasida 100% qo'shilaman. O'kirib yig'lash, dod solib yoqasini yirtish islomda yo'q. Sham yoqishu, yigirma, qirq kunlik, qabrtoshlar, gul va hokazolar ham... Yoki bo'lmasam to'ylarni kechiktirish, faqat ma'raka paytlaridagini soqol qo'yish va do'ppi kiyish, odamlarning bir g'alati o'zlaricha "islomiy" bo'lib qolishi... O'lgan odamga u bilan birga tobutga kirishdan boshqa hamma narsani qilib bo'lishdi o'zi bizda... Ha qancha bo'lsa ham odam yig'ilib, janozasini o'qisak bo'ldi-da, boshqasi ortiqcha...
Bu narsalar to'ylarga ham tegishli, batafsil bu haqda ham yozardim-u, uxlab erta ishga borishim kerak.
Stan from South Park ;)
Mubina
08-24-2004, 09:33 PM
Dorogaya ya znayu ob etom. But the issue was about 'pregnant woman staying at home' Let's not get off topic ;)
How pregnant woman can stay at home & simultaneously have a walk,
It was just my opinion as usual......
Offtopic!?
:salam:
Desperado
08-25-2004, 02:50 AM
Schitayu lyubuyu tradiciyu ili Opsheprinyatuyu normu, esli ona ne ukazana v korane kak Farz no v to je vremya navyazivayetsya nasil'no, polnim absurdom. Esli Dlya soblyudeniya obichaya tebe nado nervnichat', tratit' bog znaet kakiye summi, a glavnoye ot etogo ne jarko ne holodno, to zachem eta fignya voopshe nujna? Uj tem bolee chto Uzbekistan znayeteli, ne samaya bogataya strana v moyom spiske. i dlya kogo-to soblyudeniye obichayev eto XiXiXiXi, a dlya kogoto woydot-woydot. Vot i naprashivayetsya vopros, komu eto nado? Ya svoim davno skazala, nikakih Korpa, mebel' shmebel', hotya oni menya ne sluchayut i eto vsyo gotovitsya. No zachem mne eto nado? Dlya spokoynogo nachala jizni? Esli ya budu jit' tut, to mne eto vsyo i ne ponadobitsya. i v Moskve, i Tut, skol'ko sebya pomnyu u menya bila odna podushka i odno odeyalo. i PerfeCt! Bol'shego mne i ne nado.
slovom, esli tradiciya napryagayet, eto uje signal togo chto eto polniy gon. Tem bolee chto eti den'gi mojno s tem je uspehom na bolee umniye veshi potratit'. naprimer, kak naschet interneta doma? takaya obidennaya vesh'. no menya ogorchalo ranshe, chto vpolne obespechenniye lyudi, imeya vsyo, daje ne zadumivalis' o knigah, internet. Hotya eto ne prioritet v nashi dni. nuuu, kajdiy sam vibirayet. Soblyudesh obichay, ne soblyudesh', vsyo tebe je samomu vernyotsa
very well said,
reply appreciated
Desperado
08-25-2004, 02:56 AM
Sizlarni bilmadimu lekin men samarqandning men yashaydigan, (menimcha boshqa joylarda ham shunday bolishi mumkin) biror kishi olamdan otgandagi odatlarimiz hech ham yoqmaydi, butunlay islomga qarshi deb hisoblayman, erkaklarning qator bolib turishi, kozlaridan yoshini siqib chiqarish( esimda 14 yoshlarimda katta onamning taziyasida meni ham qatorga qoshishgan sening ham katta onang deb, hech yiglay olmaganman, undan keyin katt aotamning 3 yil keyin taziyasida yaqin yolamaslikka harakat qildim osha qatorga) ayollarning dod voylari, huddi hayot butunlay tugagandek. Yana asosiy gavgalar, hudoyi, yigirma, qirq, har kuni sham yoqish qirq kungacha(men hech ham tushunmasdim dadam har kuni pahtadan pilik yasap, moyga botirib, piyolaning tagida yoqardi), yana har payshanba kuni har hil ovqatlar tayyorlab odamlarni kutish ( u yerda bu kunlari Qur'on qiroot qila oladigan bir kishi boladi, lekin menimcha Qur'on farzandlar tarafidan hamma vaqt oqilsa va dup qilinsa eng yahshisi shu). Yana yili, shu yilni kutib mening bitta akam bir yilgacha uylanaolmadi.
juda to'g'ri gaplar. umuman menimcha marosimlardagi ikr-chikrning yarmidan ko'pi bid'a bo'lsa kerak... hayronman to'y va marakalardagi bunday be'mani narsalar qayoqdan kelgan, kim ihtiro qilgan...
Administrator
08-25-2004, 05:29 AM
desperado
ozbek urflari togrisida bir narsa aytolmayman
lekin odatlariga kelsak
masaln yosh yigit va qizlarimizning har ikki gapini orasiga orischa
aralashtirib gapirishini yoqtirmayman.
tarafdor
08-25-2004, 05:50 AM
desperado
ozbek urflari togrisida bir narsa aytolmayman
lekin odatlariga kelsak
masaln yosh yigit va qizlarimizning har ikki gapini orasiga orischa
aralashtirib gapirishini yoqtirmayman.
Yaxshi masalani ko'tardingiz urtoq Admin. Bundan qutulish uchun, oldin ota-ona bolalariga madaniyatni o'rgatishi kerak. Ko'chalarga qarang, yoki hali ham rasmiy xatlar bizda rus tilida yoziladi, va umuman bizda usha qadimiy madaniyatga ega bo'lgan o'zbek halqining o'z tiliga bo'lgan munosabati yaxshi emas. Buni ustida o'zbek tilshunoslari ishlashi kerak. oddiy mashina zapchastini olaylik, manga ayting qani "tormoz" nima bo'ladi "tuhtatgichmi". Umuman hali beri rus tiliga bo'lgan tobelik bizni tar etmaydi. Keyin bizda hali ham ruschani bilmaydigan "qoloq" yoki "kishlakchniy" degan fikr bor. Endi sovet davrini tushunsak bo'ladi,lekin hozirchi.
Rus tiliga, umuman boshqa tilga bo'lgan hurmatim yuqori, va o'zim ham, kelajakda bolalarimni ham shunga o'rgataman o'rganishni. Lekin endi odamni o'zining privacy degan narsasi borde. Til bu madaniyat, til yuqolsa madaniyat ham ketdi, keyin Tutsi yoki YamYam bo'lib qolishimiz hech gap emas.
Mona Lisa
08-25-2004, 05:56 AM
Buni ustida o'zbek tilshunoslari ishlashi kerak. oddiy mashina zapchastini olaylik, manga ayting qani "tormoz" nima bo'ladi "tuhtatgichmi"
Zapchast' - nima bo'ladi ? :D
Administrator
08-25-2004, 06:15 AM
Zapchast' - nima bo'ladi ? :D
mana bu sozni ozbekchasini organmoq sizning vazifangizdir ;)
]I[ A JL JL O D
08-25-2004, 07:49 AM
Zapchast - Ehtiyot qism !
Mona Lisa
08-25-2004, 08:09 AM
mana bu sozni ozbekchasini organmoq sizning vazifangizdir ;)
Rahmat, lekin man u so'zni o'zbekchasini bilaman.
Mani postim hurmatli tarafdorga tegishli edi. Chunki u kishi siz ko'targan muammoni qo'llab - quvvatlashlarini etdilar va o'z tanqidiy firklarni yozdilar-u ammo o'zlari rus tilidan kirib kelgan so'zlarni ishlatdilar.
Endi mani to'gri tushungansizlar degan umiddaman.
Ulug'bek
08-25-2004, 09:14 AM
Desperado: "Hayronman to'y va marakalardagi bunday be'mani narsalar qayoqdan kelgan, kim ihtiro qilgan..." ?
Asadbek:
"Jamiyat o'z harakat doirasi va qonun-qoidalarini davrlar mobaynida o'zi belgilab oladi".
Aynan mana shu "qonun-qoidalar" urf-odat deyiladi. Jamiyat muntazam tarzda turli goh salbiy va goh ijobiy tasirlar ostida qolgani uchun belgilagani "qoidalar"ning bazilari yomon-zararli bo`lishi mumkin. Boshqacha aytganda "Endi har xil odam bor, yaxshi .. yomon .. bor". Jamiyat yomonlar hukmronligida qolganda masalan, tasir kuchlaridan foydalanib yomon qoidalar joriy etishi, vaqt o`tishi bilan "urf-odat"ga aylanishi va agar vaqti-vaqti bilan saragi sarakka puchagi puchakka chiqarib turilmasa, jamiyat o`z ichida o`zini zararlantiradigan omilni saqlab qolgan bo`ladi.
tarafdor
08-25-2004, 09:21 AM
Rahmat, lekin man u so'zni o'zbekchasini bilaman.
Mani postim hurmatli tarafdorga tegishli edi. Chunki u kishi siz ko'targan muammoni qo'llab - quvvatlashlarini etdilar va o'z tanqidiy firklarni yozdilar-u ammo o'zlari rus tilidan kirib kelgan so'zlarni ishlatdilar.
Endi mani to'gri tushungansizlar degan umiddaman.
Mona Lisa to'g'ri tanqid. Endi manga rostini ayting hayotingizda biror marta zapchatsni ehtiyot qism deganmisiz. Bu narsa faqat bozor peshtaqalarida yoziladi holos. Usha uzoq qishloqdagi biror bir o'zbek bilan gaplashib ko'ringchi, 50% so'z lug'at boyligi rus tilidan tashkil topgan. Nimaga?
Amazone
08-27-2004, 09:20 AM
Salomlarim barchaga!
Menimcha bizni urf-odatlarimizda yoki mentalitetimizda anchagina kamchiliklar va o'zgartirilishi kerak bo'lgan belgilar bor.Shahsan men quydagilarni kamchilik sifatida ko'raman:
1.Soddalik.Keragidan ortiq soddalik va ishonuvchanlik.
2.Dabdabavozlik.Buni O'zbekning to'y yoki boshqa marosimlarida yaqqol kuzatish mumkin.Umr bo'yi yigib toplaganini bir kunda yozib tashlaydi va undan ham battari qolgan umrini yarmigacha qarzga botib yuradi.Yoki kichkina misol oddiy mehmon kutishda."Mehmon otangdan ulug' "qabilida keragidan ortiq iltifot ko'rsatib tashlaydi,uyida bor yeguligini darsturhonga sochadi.
Umuman dabdabavozlik O'zbekning planlashtirilmagan,dizciplina yetishmaydihan hayot tarzidan kelib chiqadi.Buguni o'tguncha ertasini o'ylamaydi.
3.Vaqt va imkoniyatlarni belgilay olmaslik.Belgilangan vaqtdan kechikib kelish (Unpuenklichkeit) yoki umuman kelmaslik.Kelishilgan va va'da qilingan narsalarga jiddiy munosabatda bo'lmaslik.Shu kasallik iqtisodiyotni rivojlanishiga ham halaqit beradi.Masalan,ovrupolik ishbilarmon O'zbek bilan iqtisodiy aloqa boshlaydi.Ovrupolik o'zini limit va imkoniyatlarini tog'ri o'lchay biladi.O'zbek esa katta ketadi qop-qop va'da berib,oldi orqasiga qaramasdan hujjatlarga qo'l qoyadi va kontraklar tuzadi.Oqibatda iqtisodiyot zarar ko'radi.
4.G'iybatchilik.
5.Farzand tarbiyasida jinsiy tarbiyani yetishmasligi (...)
6.Ko'chalarda tupurish (erkaklarga hos) -juda hunuk ko'rinish.
hrmtlrm
Sayyoh
08-27-2004, 09:33 AM
Dabdabavozlik.Buni O'zbekning to'y yoki boshqa marosimlarida yaqqol kuzatish mumkin.Umr bo'yi yigib toplaganini bir kunda yozib tashlaydi va undan ham battari qolgan umrini yarmigacha qarzga botib yuradi.Yoki kichkina misol oddiy mehmon kutishda."Mehmon otangdan ulug' "qabilida keragidan ortiq iltifot ko'rsatib tashlaydi,uyida bor yeguligini darsturhonga sochadi.
Vaqt va imkoniyatlarni belgilay olmaslik.Belgilangan vaqtdan kechikib kelish (Unpuenklichkeit) yoki umuman kelmaslik.Kelishilgan va va'da qilingan narsalarga jiddiy munosabatda bo'lmaslik.Shu kasallik iqtisodiyotni rivojlanishiga ham halaqit beradi.Masalan,ovrupolik ishbilarmon O'zbek bilan iqtisodiy aloqa boshlaydi.Ovrupolik o'zini limit va imkoniyatlarini tog'ri o'lchay biladi.O'zbek esa katta ketadi qop-qop va'da berib,oldi orqasiga qaramasdan hujjatlarga qo'l qoyadi va kontraklar tuzadi.Oqibatda iqtisodiyot zarar ko'radi.
G'iybatchilik.
hrmtlrm exacto! :(
Ozodlik
09-12-2004, 02:45 PM
Before I start enumerating my long list of deficient traditions and social norms in the Uzbek society, just let me tell you that I dont blame our society for having them. I believe that historical dynamics our society faced have fashioned these traditions. In order to change them, we should try to change the reasons behind these traditions. Secondly, I feel uneasy to play always the devil's advocate, but I have to admit that many traditions I will name as bad, might seem to you as perfectly good..and the list is so long that I will just name them without going into detail, if you dont agree with me we could discuss it later...
so,
1. Absolutely inacceptable discrimination against women
2. Neo- feudalistic structure of society
3. Absolute disregard for personal privacy, individual liberties and overall totalitarian character of social relations
4. More importance is given to the form, and not to the essence. People are judged not by their personal qualities, but by their place in the power structure of the society
5. Ignorance
6. Corruption, dishonesty, lack of personal rectitude are the basis to succed
7. Lack of national unity
8. Social violence
9. Total disregard to human rights
Hmmm...i can continue but i dont want to...these defeciencies are not specific to uzbek society, many others have similar ones, but uzbek society has also many good sides as well, maybe it would be a topic of another thread, in which I will be happy to give a similarly long list of uzbek qualities...
Dunyokezganqalandar
09-17-2004, 08:42 AM
Mona Lisa va tarafdor, bitta shu so'zga shuncha ur yiqitmi? endi o'zbeklarning so'zlashuv tili, uslubining erkinligini chegaralab qo'yishila qoludi. kim qanday ishlatsa ishlataversin, asosiysi ikkalasi ham qo'pol yoki shahsiyat yoki nafsoniyatga tegadigan gap emas.
Amaone ancha to'g'ri jihatlarni sanab o'tdingiz. 1 va 2 bir misol etaman.
otkan kuni mahalladan ketayotganimda bir bola uzum yeb ketayotgan ediva o'yin qilib bitta ikkitasini yerga otishshi boshladi, keyin darvoza oldida turgan buvisi uni qarg'adi " Uvol qima uzummi, yemasang uyga olib kirib qo'y, bo'masa ko'r bo'lasan "dedi. (sabzito'g'rarda bo'gan gap) endi ertasiga oshda uvol bo'lib ketgan narsani sanab sanog'iga yetsa odam, o'sha kampir yana chiqib ko'rmidimi deb o'yladim ichimda/....kechqurun nikohjda lekin o'zi ham qatnashdi...heheheh :lol:
oilada jinsiy tarbiyaga kelsak hammada har hil. lbalki kamroqdir ham lekin o'zimdan kelib chiqib umumiy baho bera olmayman.
PainKiller
09-17-2004, 03:27 PM
Any tradition which is against Sharia, and Koran, is a nonsense and should not be obeyed if not wanted. But, the worst problem of our country, is that everybody is dependent on Public's opinion. I already screwed it up, and Living my life. If somebody finds it wrong, I just laugh.
Being dependent on "what my neighbors will say?" is so strong, that sometimes people contradict Holy Koran and our Sharia's Rules. Screw all these traditions full of Bid'a
tarafdor
09-17-2004, 10:15 PM

Mash'allah. You screwed my head up, didn't except that still our girls think in this way. Just keep it up. Others should follow, who? they will show up very soon.
Cheers!!!!!!!:lol: :lol: :lol:
Desperado
09-18-2004, 04:19 AM
Any tradition which is against Sharia, and Koran, is a nonsense and should not be obeyed if not wanted. But, the worst problem of our country, is that everybody is dependent on Public's opinion. I already screwed it up, and Living my life. If somebody finds it wrong, I just laugh.
Being dependent on "what my neighbors will say?" is so strong, that sometimes people contradict Holy Koran and our Sharia's Rules. Screw all these traditions full of Bid'a
words were manly :)
NuR_BeK
12-26-2006, 08:58 AM
-birov vafot etganda, ayollarning mahallani boshqa ko'tarib yig'lagani (xudo biladi shulardan nechtasi artistligini, nechtasi yurakdan yig'layotganini);
-butun umr pul yig'ib bir kunda ko'kka sovurib yuboradigan dang'illama to'ylar (bu ham allaqachon davrlar mobaynida urfga, to'g'rirog'i "meni sendan nimam kam" shioriga aylanib bo'lgan);
-va yana eng "backana" (uzr boshqa shunga mos keladigan so'z topa olmadim :( ) urflardan biri bu to'ydan so'ng ikkinchi kuni ertalab ayollar kelishib *** (qo'lim bormadi shuni yozishga) tekshirishi. Mana shunisi konkret oshib tushganlaridan biri. Buni qaysidir ma'noda qizlarimizga nisbatan "haqorat" ham deb bilaman. (To'g'ri, har bir qiz nomusi bilan nikohdan o'tilsin deyiladi. Avvalo bu hammani o'z vijdoniga havola...).
GiGaByTe
12-26-2006, 12:24 PM
urflardan biri bu to'ydan so'ng ikkinchi kuni ertalab ayollar kelishib *** (qo'lim bormadi shuni yozishga) tekshirishi. Mana shunisi konkret oshib tushganlaridan biri. Buni qaysidir ma'noda qizlarimizga nisbatan "haqorat" ham deb bilaman. (To'g'ri, har bir qiz nomusi bilan nikohdan o'tilsin deyiladi. Avvalo bu hammani o'z vijdoniga havola...).
Islomda shu borada nima deyilgan?
NuR_BeK
12-26-2006, 01:35 PM
Gapizda jon bor! Harakat qilib kuring, siz birinchi bulib bu odatni yuq qilarsiz. :) Chunki bu haqda kupchilik gapiradi, lekin baribir, ohir oqibat tuy gashti bilan bu odat ham oddiygina bulib utib ketadi. :evil:
afsus shunday... :evil:
wyxpat
12-26-2006, 04:56 PM
-va yana eng "backana" (uzr boshqa shunga mos keladigan so'z topa olmadim :( ) urflardan biri bu to'ydan so'ng ikkinchi kuni ertalab ayollar kelishib *** (qo'lim bormadi shuni yozishga) tekshirishi. Mana shunisi konkret oshib tushganlaridan biri. Buni qaysidir ma'noda qizlarimizga nisbatan "haqorat" ham deb bilaman. (To'g'ri, har bir qiz nomusi bilan nikohdan o'tilsin deyiladi. Avvalo bu hammani o'z vijdoniga havola...). shu qora bilan belgilangan qismi bu urfni tuzatishga/yo'q qilishga qilinayotgan harakatning boshidanoq xato qilinayotganini ko'rsatadi. birovlarning sizning (NuR_BeK, sizni emas. umuman erkaklar ma'nosida) o'z tan mahramingiz bilan shaxsiy ishlaringizga birovlarni aralashashishiga yo'l qo'yib berishingiz eng birinchi o'rinda o'zingizni - oila erkagining haqorat qilinishi, sha'ni, g'ururini toptalishi deb bilish kerak.
eh erkaklar?! qiz bechora nima qilsin? o'zi bir kunlik kelinchak bo'lsa? eri shu narsaga "pozvolyat" qip turgan bo'sa?! kecha kelin bo'p tushgan uyni boshiga ko'tarib "vistupat" qisinmi?
wyxpat
12-26-2006, 05:01 PM
Islomda shu borada nima deyilgan?bu ish shariatga zid. johiliyatda arablar (hozirda o'zini musulmonman degan ko'pchilik o'zbeklarimiz ham) kechasi ayollari bilan qilgan ishlarini boshqa erkaklarga aytib maqtanishar edi. Allohning Rosuli sallollohu alayhi vasallam bu narsadan qaytarganla.
bu holat esa undan beshbattar bo'sa borki, kammas. chunki u holatda erkak o'zini bir-ikkita ulfatlariga "sir"larini aytadi. NuR_BeK aytayotgan holatda esa butun mahallaga, shahar/qishloqqa "reklama" qilinadiku? bu qanday bedodlik? menga ko'ra bu dayyuslikning huddi o'zi.
NuR_BeK
12-26-2006, 05:16 PM
bu ish shariatga zid. johiliyatda arablar (hozirda o'zini musulmonman degan ko'pchilik o'zbeklarimiz ham) kechasi ayollari bilan qilgan ishlarini boshqa erkaklarga aytib maqtanishar edi. Allohning Rosuli sallollohu alayhi vasallam bu narsadan qaytarganla.
bu dahshat :(
bu holat esa undan beshbattar bo'sa borki, kammas. chunki u holatda erkak o'zini bir-ikkita ulfatlariga "sir"larini aytadi. NuR_BeK aytayotgan holatda esa butun mahallaga, shahar/qishloqqa "reklama" qilinadiku? bu qanday bedodlik? menga ko'ra bu dayyuslikning huddi o'zi.
Ushbu urf o'ta uyatsiz. hatto rivojlangan mamlakatlarda tahsil olib qaytganlar ham ushbu urfga beparvo munosabatdadirlar :(.
Eng achinarlisi yana shuki, o'z sevgan qizingga (uning nomusi pokligiga 100% ishonsangda) uylansang ham, to'ydan so'ng baribir kelib tekshirishadilar.
Abu-Bakr
12-27-2006, 12:37 AM
Gapizda jon bor! Harakat qilib kuring, siz birinchi bulib bu odatni yuq qilarsiz. :) Chunki bu haqda kupchilik gapiradi, lekin baribir, ohir oqibat tuy gashti bilan bu odat ham oddiygina bulib utib ketadi. :evil:
Lekin shu narsani yo'q qilishga kurashish kerak ozgina. Hozir man shu narsani o'ylab qizishib ketyapman, agar to'yimda manga kimdir shu narsani qilish uyoqda tursin, ozgina so'z ochsa... :beat: :kill:
Ba'zi to'ylarda ko'rdim bu narsa takrorlanmadi. Faqat ozgina qattiq turish kerak. Boshlanishi mashaqqatli bo'ladi, lekin shu yaxshi ishga sababchilardan bo'lib qolasiz.
NuR_BeK
12-27-2006, 09:03 AM
Lekin shu narsani yo'q qilishga kurashish kerak ozgina. Hozir man shu narsani o'ylab qizishib ketyapman, agar to'yimda manga kimdir shu narsani qilish uyoqda tursin, ozgina so'z ochsa... :beat: :kill:
endi mahalla-ko'y, ayollarni adi-badisi bilasiz ko'p...
kurashish esa oson emas, chunki bu urfga qarshi bo'lsangiz, darrov gap tarqaladi "Abdugaffor sanda bir gap bor" deganlaridek, bu yerda bir gap bo'lishi kerak deb gap yoyiladi...
Ba'zi to'ylarda ko'rdim bu narsa takrorlanmadi. Faqat ozgina qattiq turish kerak. Boshlanishi mashaqqatli bo'ladi, lekin shu yaxshi ishga sababchilardan bo'lib qolasiz.
Hammaga gap mana shu qattiq turishda, va har qanday to'xmat va blablabla gaplarga qarshi tura olishda. ana shunda bunday urflardan asta-sekin qutulish mumkin
GiGaByTe
12-27-2006, 02:21 PM
Demak hech qanday yog soldi, yuz ochdi... qiz buzdi puzdiga urin yuq tuylarimizda shundaymi?
bu ish shariatga zid. johiliyatda .... arablar riga "sir"larini aytadi. NuR_BeK aytayotgan holatda esa butun mahallaga, shahar/qishloqqa "reklama" qilinadiku? bu qanday bedodlik? menga ko'ra bu dayyuslikning huddi o'zi.
glamour
01-15-2007, 08:56 AM
good points lads,
kim qanaqa hisoblaydi bilmadimu lekin bizda yosh bola tarbiyasida 1-2 no'to'gri odatlarimiz bor. bizning insonlar (boshqa ko'pgina millatlardayam uchraydi) yoshlardan kattalarni haddan tashqari hurmat qilishlarini talab qilishadi. Albatta hurmat bo'lishi kerak, lekin haddan tashqariyam noto'g'ri. Shu sababli yoshlar mute, to'be bo'lib o'sishadi. O'z fikrlarini kattaroq yoshdagi kishilarga aytishdan qo'rqishadi. 'mana bu ishingiz no'tog'ri' deb aytishga jur'at qilisholmaydi. Bu salbiy holat.
shahsan o'zim katta yoshli insonlar bilan munozara qilolmayman, yoki o'zim hohlagan narsani talab qilolmayman, chunki shunaqa tarbiya ko'rganman. Bu menga ko'p hollarda salbiy ta'sir qiladi. Albatta hozir ja unaqamasmankuya..
fikrimcha mana shu kamchilik bizga ko'p hollarda pand beradi. aynan mana shunaqa sabablar tufayli o'zbeklar boshqa millatlardan, masalan ruslardan ko'p dashnom eshitishgan va mashara qilingan.
mana shunaqa tarbiyaning ba'zi ta'siri ichimizda laganbardor (podxalim), yaltoqi, yolg'onchi shahlarning ko'payishiga hizmat qiladi deb o'ylayman.
Assalamu aleykum
dear Desperado
haddan tashqari hurmat qilishadi deganda haqlarini talab qilmaydi deganini nazarda tutipsiz. lekin hozirgi paytga kelib, kattalarni hurmat qilib, o'z haq huquqini talab qilmay indamay ketadiganlar kam uchraydi, haddan tashqari hurmat qiladiganlarni esa ancha muncha qidirsa ham topish qiyin. mana hattoki siz ham o'zgaribsiz :D .
Bu haqda o'zimning fikrim: to'y masalasidagi urf-odatlar, qolaversa to'ydan keyingi ham, boshqa viloyatlarni bilmadim lekin toshkentda...
masalan: bir oila qiz bola go'dakni murg'akligidan ulg'aytiradi, tarbiya qiladi... va yana turmushga berish payitida yoniga ancha muncha mol-mulklar bilan kiyo'vning uyiga oborib qo'yishadi va bu protsess to'ydan keyin ham ancha vaxtgacha davom etadi :D
Tanish bilishchilik(o'qishga kirish...) haddan ziyod rivojlangan. Ayni paytda bu yomon oqibatlarga olib keladi. hozircha esimga kelganlari shu.
glamour
01-15-2007, 09:06 AM
endi mahalla-ko'y, ayollarni adi-badisi bilasiz ko'p...
kurashish esa oson emas, chunki bu urfga qarshi bo'lsangiz, darrov gap tarqaladi "Abdugaffor sanda bir gap bor" deganlaridek, bu yerda bir gap bo'lishi kerak deb gap yoyiladi...
Hammaga gap mana shu qattiq turishda, va har qanday to'xmat va blablabla gaplarga qarshi tura olishda. ana shunda bunday urflardan asta-sekin qutulish mumkin
Assalamu aleykum
El og'ziga elak tutib bo'lmaydi. shunchun siz "Abdugaffor sanda bir gap bor" degan mishmishlarga emas, balki sizga umrini baxshida etmoxchi bo'lgan inson haqida o'ylashingiz o'rinliroqdir.
Yana shuni ham takidlab o'tish kerakki, bu odat asta sekinlik bilan bo'lsa ham yo'qolib bormoqda.
Bilasizmi, boshqa yurt vakillariga bu haqda etilganda ular qaxqaha otib kulganlar.
Boshqalarning kulgusiga sabab bo'lgan urflarni bartaraf etish kerak.
va Allah bilguvchiroqdir
wow_kabob
01-15-2007, 09:10 AM
qaesi uzbek urf-odatlarini demoqchin novi uzbek eli eski uzbek ?
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.