PDA

View Full Version : Maradona va futbol


Asadbek
08-26-2004, 04:17 AM
http://www.diegomaradona.com/images/multimedia/fotos/newells/30-10-00/09.jpg

Diego Armando Maradona...

Bu nomni eshitmagan, bu nom egasini tanimagan futbol ishqibozi bo'lmasa kerak. Uning mohirligi, epchilligi, tezkorligi, to'pdan ajralmasligi uni futbol saltanatining yuqori pog'onalariga olib chiqqandi. O'zining betakror o'yinlari va chiroyli gollari bilan futbol tarixida hayotiy afsonaga aylandi...
Kim biladi deysiz, agar Maradona yulduzlikning ilk onlaridan boshlab narkotikaga berilmaganda, bu iflos narsadan uzoq yurganda Peledan Futbol qiroli degan martabani toortib olgan bo'larmidi... Har holda, futbol tarixida Peledan keyin 2-o'rinda turadi.

Kecha televizorda ko'rsatishlaricha, Maradona yaqinda Argentina televideniesida bir ko'rsatuvda mehmon bo'libdi va o'zining o'tmishi, futbol va narkotika, doping haqida gapiribdi. Narkotikani yulduzligining ilk davridanoq qabul qilib boshlaganini aytdi... Ko'zlarida yosh ko'rindi... Rahming keladi...
Shunday talant... Davolanish mobaynida semirib ketgan rosa...
Tomoshabinlarni to'p bilan bir-ikki o'yin ko'rsatib yana xursand qildi.

Uning o'yinlaridan qilingan bir videoni ko'rgandim avval. Yana bir bor uning futbol o'ynash mahoratidan zavq olish niyatida internetdan izlab, uning o'yinlaridan kichik videolavhalarni topdim bugun.
Siz bilan baham ko'rmoqni istadim.

Diego Maradona o'yinlaridan videolavhalar to'plami (http://www.diegomaradona.com/ingles/multimedia/videos/ivideos.html)

- o'ng tarafdagi skalada videolar ro'yxati bor, komputerda QuickTime o'rnatilgan bo'lishi kerak.

:)

Asadbek
08-26-2004, 04:49 AM
http://www.diegomaradona.com/images/multimedia/fotos/seleccion/1986/30-10-00/36.jpg

After final match WC1986 Argentina 3:2 Germany


http://www.diegomaradona.com/images/multimedia/fotos/seleccion/1990/30-10-00/18.jpg

After final match WC1990 Argentina 0-1 Germany


Argentina milliy terma jamoasi uchun oxirgi golini 1994 yilgi Jahon chempionatida 21-iyun kuni Greciya terma jamoasiga qarshi o'yinda kiritgan ekan. Umumiy hisob 4:0 bo'lgan.


source: http://www.diegomaradona.com

Asadbek
08-26-2004, 05:52 AM
Goal of the Century


1. Diego Maradona - Match: Argentina 2:1 England - FIFA World Cup 1986 Mexico

2. Michael Owen - Match: Argentina 4:3 England - FIFA World Cup 1998 France

3. Pele - Match: Brasil 5:2 Sweden - FIFA World Cup 1958 Sweden


watch the goals: http://fifaworldcup.yahoo.com/02/en/pf/h/gotc/launch.html#


:)

tarafdor
08-26-2004, 07:20 AM
Asabdek katta rahmat,

Men ham ushbu yulduzning ashadiy ishqiboziman. Eslarimda, usha 1986'ni qayta qayta aylantirib kurardik uyda. Mening furboldga bo'lgan muhabatimni oshishida aynan shu futbolchi sabab bo'lgan. Uning karizmasi, o'yini, maydonda o'zini tutishi, driblingi, oddiyligi, qo'li ochiqligi, mehribonligi bu hozirgi yulduzlar uchun erishib bo'lmaydigan bir ertakga aylandi. Uning lanati narkotikka berilgani milionlab ishqibozlarni ranjitdi desam hato qilmagan bo'laman. Balki buni bazi guruhlar istagan holda qilishdi, Tyson'ga qilishganidek. Lekin mening bolalagimda devorlarga osib quygan plakatlar hali ham turibdi. Eh qanedyi, pulim ko'p bo'lsayu shu O'zbekitonda katta yosh yulduzlar halqaro musobaqasini tashkil qilsam va bunga usha yulduz Maradonani chaqirsam, chunki u uje afsonaga aylangan inson.

Long Live Maradona!!!!!

Asadbek
08-26-2004, 09:48 AM
Yo'q, Tarafdor,
Maradonaning narkotikaga o'rganib qolishida hech qanaqa guruhlar qasddan aralashmagan. Bu uning shaxsiyatiga bog'liq narsa bo'lgan xolos.


A tak, tepadagi 1-rasmga qarang. Gap yo'q. To'pni o'shanaqa usul bilan tepish chekkadan juda chiroyli ko'rinadi. Shu usulni qo'llayman deb bir marta oyog'imni qayirib olgandim :)

Asadbek
03-07-2006, 09:57 AM
Davom etamiz:


Maradona - Life is life Runtime: 2:21

Goles de maradona en boca Runtime: 1:35

Maradona in action :-) Runtime: 4:27