Focus
10-20-2004, 07:38 AM
Mana yana bulardan ham qilishiz mumkin,
Andijon mantisi
Xamirini qattiqina qorib zuvala qilib hul sochiqqa o’rab 10-15minut tindirib quyganingizdan keyin 150 grammli ,ya’ni olmadek keladigan bo’laklar yib olib jo’va bilan yoysangiz ,likob kattaligidagi jild hosil bo’ladi. Har bir jildga 250-300 grammcha qiyma solib yumaloq shaklda tugiladi.
Qiymasini tayyorlash uchun yog’liq qo’y go’shtidan olib chopiladi yoki yaxshisi o’tkir pichoq bilan ‘chumchuq tili’qilib to’g’rang .Bunga chopilgan piyoz ,xom tuxum ,tuz ,murch qo’shib yaxshilab mijiysiz .
Tugilagn mantilarni lappagi yog’langan qasqonga qo’yib 1 soat davomida bug’lab pishirasiz . Dasturxonga tortishda har bir xo’randa uchun bir donadan mantini alohida lokopchada yoki kosaga solib , picha sho’rva quyib ,yuziga qatiq va qirqilgan ukrop sepib berasiz .Alohida idishda uzum sirkasi qo’ying.
Masalliq:xamiri uchun 500 gr oq un ,1 dona tuxum ,0,5 stakan iliq suv ,1 choy qoshig’ida tuz olinadi; qiymasi uchun 1 kg yog’li qo’y go’shti ,500 gr piyoz ,1 dona tuxum ,murch va tuz ta’bga ko’ra ishlatiladi.
Ochiq manti
Yog’siz qatiqni iylab ,qisimlab un va choy sodasi qo’shib yoki xamirturushli xamir qoriladi. Xamirni yong’oqdan kattaroq zuvalachalarga bo’lib ,qo’lda yoki juva yordamida bir oz qalinroq (4mm) qilib yoyasiz. Har bir yoymaga 1 osh qoshiqdan qiyma solib ruscha vatrushka yoki tatarcha paramachga o’xshatib tugasiz o’rtasida 5 tiyinlik chaqa kattalikda teshik qoldiriladi.
Qiymasi bunday tayyorlanadi:qo’y go’shti va mol go’shtidan tengma -teng olib ,yirik ko’zli qiymalagichda o’tkazasiz, qiymaga mayin, xalqa-xalqa qilib to’g’ralgan piyoz ham tuxum, murch, tuz, qushib yaxshilab mijiysiz.
Maxsulotni mantiqasqonning yog’langan lapaklariga terib 35-40 minut davomida bug’lab pishirasiz.Pishishiga 5 minut qolganda mantilarning ochiq joyiga 0,5 choy qoshiqda sariyog’ solib chiqasiz.Har bir xo’randa uchun to’rt donadan qilib likobga solib yoki laganda dasturxonga tortasiz uzum sirkasi alohida idishda beriladi yoki mantilarning ochiq qoldirilgan joyiga bir necha tomchi tomizib uzatiladi.
Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un ,20 gr xamirturush, bir stakan iliq suv, yarim choy qoshiqda tuz, yoki 500 gr unga 1,3 stakan qatiq, 0,5 kg qo’y go’shti, 0,5 kg mol go’shti, 1 dona tuxum, 0,5 kg piyoz, 1 choy qoshiqda tuz va murch kerak bo’ladi.
Oshqovoq manti
Boshqa mantilarda aytilgandek qilib xamir qorasiz va yoyasiz Tlmasini tayyorlash:Istalgan oshqovoq navidan, faqat yaxshi pishganini tanlab ilasiz.Tanlash uchun qovoqning sirtiga tirnoq urub ko’rmoq kerak, agar qattiq, tirnoq o’tmaydigan bo’lsa ana shu qovoqni yaxshi pishgan deb bilvering.Buni yorib urug’larini olib tashlab, qirsangiz ham bo’ladi, yaxshisi ‘no’xatcha’ qilib to’g’rang shunda foydali sharvati chiqib ketmaydi. Oshqovoqqa halqa qilib qo’shasiz.Agar oshqovoq unchalik shirin bo’lmasa picha shakar sepishingiz mumkin.Tulmaga tuz-qalampir(murch) qo’shib aralashtirasiz-da, tayyorlab qo’yilgan jildlarga ana shu tulmadan ketganicha solib oval shaklda bo’lgan mantilar tugasiz.Maxsulotni lappaklari yog’langan qasqonga terib 30-40 minut davomida bug’lab pishirasiz.
Taomni laganga solib, yuziga surtish ushun sariyog’ yoki qaymoq bilan birga dasturxonga tortasiz.
Masalliq: xamir uchun 500 gr oq un, 1 dona tuxum, 0,5 stakan suv, 1 choy qoshiq tuz olinadi:to’lmasi uchun 1kg tozzalangan oshqovoq, 4-5 dona bosh piyoz, 1 stakan jizza yoki 100 gr charvi yog’, 1 choy qoshiqda tuz, 1 choy qoshiqda murch(tuyilgan qalampir) kerak bo’ladi:yuziga surtish uchun 100 gr sariyog’ yoki 1 piyoladi qaymoq kerak bo’ladi.
Hey, tayyorlagandan keyin bir forumchilarga ham uzting..de;)
Joe
Joe katta rahmat. Manti qilishni ham o'rganib oldim. May Allah bless you! Thanks again.