PDA

View Full Version : Gafur Gulommi yo Mirzo Ulugbek...


Martingale
11-06-2004, 11:45 AM
Mustaqillikdan keyin barcha sohada uzgarishlar avj olgani bir qatorida, kucha, hiyobon, shahar, universitet va boshqa joylarni nomini ham uzgartirish kuchayib ketdi.
Masalan, bizda Mirzo Ulugbek nomidagi joylar nomi juda kupayib ketgan. Mirzo Ulugbek rayoni, Mirzo Ulugbek nomidagi Universitet, Mirzo ulugbek parki, metro Mirzo Ulugbek i td. Man bunga umuman qarshi emasman, halqimiz fahrlanadigan insonlarni nomi qanchalik kup busa shuncha yahshi, lekin shu joyni nomini uzgartirishdan oldin, shu insonni shu joyga qanchalik hissasi tekkanligini hisobga olish kerak deb hisoblayman.
Toshdu (hozir O'zMU ga aylangan, yana bir necha yildan keyin yana boshqa nom olsa kerak) Lenin nomidagi universitet bulgan, mustaqillikdan keyin Mirzo Ulugbek nomini oldi. Agar adashayotgan bulsam uzr, lekin ToshDU Leninning shahsan dekreti bilan tuzilgan Markaziy Osiyodagi ilk dorilfunun hisoblanadi. Endi uylab kuring, bu uquv dargohining tashkil topishida kimning hissasi kuproq.

Undan tashqari, Toshkendaligimda eng kulgili holatga duch kelgandim. Mirzo Ulugbek parkini oldiga Gafur Gulomni haykalini quyishib parkni nomini Gafur Gulom deb uzgartirishdi. Ha shunaqa ekan, metroni nomini ham uzgartirib quya qol. Ahir odamlar oldingi nomiga urganib qoishgan busa, tushunmovchiliklar bulishi turgan gapku.

Bu masalada sizni fikringiz qanday?

Prince
11-06-2004, 11:53 AM
agar siz borib - $ sini bersez sizzi haykaliz bilan nomizzi qoyib qoyishadi 2 xaftadan keyin. Mirzo Ulugbekni qarindoshlari qomaganda , borib qistir qistir qilishga. Gulom akammi qarindoshlari kup , qizlari , ugillari.... shunga ozgartirishti..
Life is easy ....

Royal
11-06-2004, 11:53 AM
Ha endi bizada har doim ozi shu,
Halqimiz etganidek odamlar har doim:

"OL PICHOQNI KES CH***QNI " boyicha ish yuritishadi.

Asadbek
11-06-2004, 12:08 PM
Agar adashayotgan bulsam uzr, lekin ToshDU Leninning shahsan dekreti bilan tuzilgan Markaziy Osiyodagi ilk dorilfunun hisoblanadi. Endi uylab kuring, bu uquv dargohining tashkil topishida kimning hissasi kuproq.
Markaziy Osiyoda Lening dekreti bilan yana qanaqa dorilfununlar tashkil etilgan? A tak, Markaziy Osiyoda Lenin hali planlashtirilmasidan bir qancha zamonlar avval ham dorilfununlar bo'lgan.

Keyin, Leninni dekreti bilan tashkil etilgan hamma narsaga Leninning nomini berish kerakmi?
Mirzo Ulug'bek hazratlari vaqtida ilm-fan rivojiga rahnamolik qilgan.

Undan tashqari, Toshkendaligimda eng kulgili holatga duch kelgandim. Mirzo Ulugbek parkini oldiga Gafur Gulomni haykalini quyishib parkni nomini Gafur Gulom deb uzgartirishdi.
Park nomi o'zgartirilganidan xabarim yo'q edi. Bunisini balki to'g'ri qilishgandir.


A tak, joylarga, ko'chalarga, parklarga berilgan Socializm rahnamolari nomlarini o'zgartirish jarayoni deyarli barcha sobiq sovet respublikalarida bor narsa. Nom o'zgartirish g'arb davlatlarida ham uchrab turadi.
Joylar nomini besabab va bemazmun tarzda o'zgartirmaslik kerak.

Martingale
11-06-2004, 12:51 PM
Markaziy Osiyoda Lening dekreti bilan yana qanaqa dorilfununlar tashkil etilgan? A tak, Markaziy Osiyoda Lenin hali planlashtirilmasidan bir qancha zamonlar avval ham dorilfununlar bo'lgan.

Keyin, Leninni dekreti bilan tashkil etilgan hamma narsaga Leninning nomini berish kerakmi?
Mirzo Ulug'bek hazratlari vaqtida ilm-fan rivojiga rahnamolik qilgan.


Park nomi o'zgartirilganidan xabarim yo'q edi. Bunisini balki to'g'ri qilishgandir.


A tak, joylarga, ko'chalarga, parklarga berilgan Socializm rahnamolari nomlarini o'zgartirish jarayoni deyarli barcha sobiq sovet respublikalarida bor narsa. Nom o'zgartirish g'arb davlatlarida ham uchrab turadi.
Joylar nomini besabab va bemazmun tarzda o'zgartirmaslik kerak.
Man Socialism rahnamolari nomini uzgartirishga yoki umuman nom uzgartirishga qarshimasman, lekin bazi nom uzgartirishlar asosiz amalga oshirilyapti demoqchiman.
Tugri aytdiz, Mirzo Ulugbek ilm-fanning rivojlanishiga hissa qushgan buyuk inson. Uni qancha ardoqlasak shuncha oz, ammo shu universitet misolida, shu osiyoliklar ham uqisin, rivojlansin degan maqsadda eshalonlab kitoblaru, domlalarni Uzbekistonga junatgan Leninni ulushi bu Universitetni paydo bulishida kuproq bulgan deb hisoblayman. Bu tarihiy fact, bundan kechib bulmaydi. Undan keyin, ToshDU Lenin dekreti bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi yagona uquv dargohi hisoblanadi.

Asadbek
11-06-2004, 01:10 PM
Tugri aytdiz, Mirzo Ulugbek ilm-fanning rivojlanishiga hissa qushgan buyuk inson. Uni qancha ardoqlasak shuncha oz, ammo shu universitet misolida, shu osiyoliklar ham uqisin, rivojlansin degan maqsadda eshalonlab kitoblaru, domlalarni Uzbekistonga junatgan Leninni ulushi bu Universitetni paydo bulishida kuproq bulgan deb hisoblayman.
Bu tarihiy fact, bundan kechib bulmaydi.

Albatta, Leninning ulushi bor. O'sha ulushini 70 yil davomida oynavand qabrida turib olib keldi. Vaqti kelgan ekan, Universitet nomini almashtirdik o'zimizdan chiqqan ziyoli inson nomiga. Nimasi yoqmayapti sizga?
Bosqinchi davlat bosib olgan davlatidagi rivojlanishga har taraflama javobgar. Oldiga qo'yilgan dekretga qo'l qo'ygan ekan, Lenin boboga katta rahmat.

Undan keyin, ToshDU Lenin dekreti bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi yagona uquv dargohi hisoblanadi.
"ToshDU Leninning shahsan dekreti bilan tuzilgan Markaziy Osiyodagi ilk dorilfunun hisoblanadi." - degan gapingiz uchun so'ragandim.
Ilki bo'lgandan keyin, davomi ham bo'ladide aslida. :)

DIDO
11-06-2004, 01:28 PM
Agar Lenin, Stalin, umuman Sovet rahnamolari haqida bilmoqchi bo`sez " Jahon adabiyoti" jurnalining manimcha 1998 ili 99 yildagi sonlarini o`qin.Yana Igor Bunich ni "Partiyani oltinlari" degan kitobi bor.Manimcha yordam bersa kere.

Hurmat bilan,
DIDO

SHAK-from-ECC
11-06-2004, 01:32 PM
Agar Lenin, Stalin, umuman Sovet rahnamolari haqida bilmoqchi bo`sez " Jahon adabiyoti" jurnalining manimcha 1998 ili 99 yildagi sonlarini o`qin.Yana Igor Bunich ni "Partiyani oltinlari" degan kitobi bor.Manimcha yordam bersa kere.

Hurmat bilan,
DIDO
Woy qanaqa aqilli qiz! Man busam 2+2=4 buladi deb utib ketaman shekilli! Hech Tarihga qiziqomadimde!

Martingale
11-06-2004, 01:44 PM
Masalan, Laziz, man voyaga yetgan Navoiy shahri ham avvallarii Sokolov nomi bilan atalgan deyishadi. Lekin aniq faktga ega emasman. Navoiyliklar bo'lsa o'z fikrini bildirsin. Endi Navoiy nomini berilishi biz uchun katta sharaf, hatto keyinchalik(1992 y.) Buxoro va Samarqandning ayrim tumanlarini qo'shib ushbi nomdagi viloyat vujudga keltirildi. Lekin achinarli holat shundaki Navoiy shahri mana (1958 y. tashkil topgan) 40 yildan oshdiki 2-3 yil muqaddamgina shaharda ushbu zot haykali o'rnatildi. U ham bo'lsa qaytadan buzilib-qurilib yotibdi. Undan keyin bu shaharning demografik tarkibi jihatidan rus millati vakillari joylashuvida Toshkent shahridan keyin soni bo'yicha Navoiy shahri turadi. Shuning uchun ko'cha nomlarining ko'pchiligi o'zgarmay qolgan(Lomonosov, Pushkin, Tolstoy). Qolaversa bu yerda o'zgartirishga ham hojat yo'q, chunki bular nafaqat rus balki jahon ilm-fan va adabiyotining nomoyondalaridir. Endi Lenin janoblariga kelsak, bu boshqa masala. Ferghana.RU da chiqqan oxirgi maqolalardan birini o'qisangiz o'zingiz javob topasiz. Har qalay hozir Lenin haqida biladigan insonlar kamayib ketishgan. Shaxsan man bu kishini "o'qish, o'qish, va yana o'qish" iborasi-yu, "choy uchun rahmat, qandni esa bolalaringizga bering" degan gapidan boshqa tuzukroq va to'liqroq ma'lumot olishga erisholmaganman.
salomat bo'ling...
Fikringizga 100% qushilaman Uzbekvoice. Man aytmoqchi bulgan narsani uziz misollar bilan isbotladiz. Tugri, man voyaga yetgan joyda ham Karl Marks, Engels nomidagi maktablar, sovhozlar bulardi. Mustaqillikdan keyin ularni nomi uzgardi. Man buni tuliq qullab quvvatlayman, chunki bu nemis allomalarining socialismdan tashqari Uzbekiston uchun hech qanday foydasi bulmaganligi hammaga ayon. Ammo Uzimizning buyuk insonlar bir qatorida, Uzbekiston uchun qandaydir manoda foydasi tekkan yoki butun insoniyat tarihida shuhrat qozongan insonlarni nomini qaytadan uzgartirish juda kulgili holat deb hisoblayman.

Asadbek aka, vaqti kelgan ekan uzimizni ziyolini nomiga almashtirdik degan fikrizga tushunmadim, demak vaqti kelgach bu ziyoli nomini yana bir boshqa ziyolini nomiga almashtirish kerak ekanda. Aslida almashib bulgan shunichun bu holatlarni notugri siyosatning oqibati deb hisoblayman. Bosqinchilikka kelsak Leninni bunda umuman aloqasi bor yoki yuqligi hech kimga malum emas. Lekin uni talim sohasida bizda olib borgan siyosati hurmatga sazovor. Man bir narsani takidlab utmoqchiman, gap Lenin yoki malum bir tarihiy inson haqida emas, umuman joy nomini uzgartirish sobiq nom egasiga bulgan hurmatsizlikdan dalolatdir. Albatta bu mani fikrim.

Martingale
11-06-2004, 02:25 PM
Agar Lenin, Stalin, umuman Sovet rahnamolari haqida bilmoqchi bo`sez " Jahon adabiyoti" jurnalining manimcha 1998 ili 99 yildagi sonlarini o`qin.Yana Igor Bunich ni "Partiyani oltinlari" degan kitobi bor.Manimcha yordam bersa kere.

Hurmat bilan,
DIDO
Sizga ham yuqordagi gaplar.

Jurnalga kelak, yahshi maslahat. Biror kun qiladigan ishim umuman bumasa uqirman albatta.

hurmat bilan,

Laziz