PDA

View Full Version : Olisga sayohat...


Asadbek
02-17-2005, 01:53 PM
Hozir komputerxonaning derazasidan ko'cha shundoq ko'rinib turibdi (darvozadek keladigan deraza pardasini 2 kun oldin yuvgani olib ketishgandi...) Tashqarida tizza baravar qor yoqqan, ko'cha chiroqlarining tungi yog'dusida oppoq qor zarrin rangga aylanib tovlanmoqda... Kechki payt bo'lib qolgani sababli ko'chada transport qatnovi ham juda siyraklashgan.
Ana, ko'cha yuziga gilamdek to'shalgan qorni qor supuruvchi mashina supurib ketdi... Qorga nigohimni tikib, beixtiyor bolaligimni esladim...
Uzoq qishlog'imizga qish kelib, qor yoqqanida biz bolalar kundalik yumushlaru uy vazifalarini unutib, maza qilib qorda dumalab, qorbo'ron o'ynab kelardik. Uyimiz oldidagi archa daraxti tagida kattakon qorbobo yasardik. Uydan qalinroq klenka (yoki salafan) olib, qishloq chekkasidagi tepalikka borib, pastga uchardik to holdan toygunimizcha...
Kechga yaqin uyga muzlab kelardik... Har doim qish kelganida uyimizning bir xonasida sandal* o'rnatiladi. Muzlab kelganimizda bir piyola issiq choy bilan shu sandal jonimizga oro bo'lardi... Sandal chekkasida yonboshlab, oyoqlarimni isitib uxlab qolishni yoqtirardim...
Oyoqlarim shu sandalning cho'g'laridan tarqaladigan issiqlikni sog'indi...

Siz olislardan nimalarni eslayapsiz shu kunlarda?




*- xona ichida yer 10 santimetrlar atrofida to'rtburchak qilib qaziladi va uning qoq o'rtasida bir paqir joylashadigan o'ra qazilib, to'rtburchak shaklidagi qalin stolni eslatadigan sandal shu o'ra atrofiga joylashtiriladi. Ustidan qalin ko'rpa yopiladi, paqirga cho'g' solinib, o'raga qo'yilgach, sovuq kunlarda kamida 5-6 kishi oyoqlarini tiqib bemalol isinishi mumkin.

UzbekVoice
02-17-2005, 02:26 PM
Asadbek aka, postingizni o'qib yodimga O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" romani tushdi. Rosa maza qilib o'qirdim. Qishning uzoq kunlarida uyda shu kitobni o'qirdim. To'g'risini aytsam, o'zim qishloqda tug'ilgan bo'lsamda, shaharda o'sganim uchunmi sandalning issiqqina oromidan sizchalik bahra olish nasib etmagan. Lekin esimda bor... Qish kunlari qishloqqa qarindoshlarnikiga borganimizda sandal atrofida kechqurungi suhbatlarni gashti boshqacha bo'lishini his etganman. O'sha kunlarga ham mana ancha yillar bo'ldi. To'g'risi, bu yerdagi hayotim Vatandagiga nisbatan ancha tez o'tmoqda. Yoki hayot yugurik deganlariday, mana 21chi bahorni ham Tangri nasib etsa kutib olamiz. Ona shahrim Navoiyni sog'indim... Oydin ko'chalari, maktab, litsey...
Toshkentda ham ozmi ko'pmi hayotimning 2 yili o'tdi. Birinchi yil har kuni "O'zbekiston" metrosidan "Beruniy"ga u yerdan esa Qoraqamish qayerdasan deb uyga jo'nardim. 2-yili esa "Xalqlar Do'stligi" bekati bilan "Chilonzor" orasida oyoqlar sarson bo'ldi. Xullas, ona diyorning sog'inchi yurakni qiynamoqda.
Uzr sandal deb boshqa joyga o'tlab ketimman. Nima bo'lganda ham mana shu yerdagi har bir Vatandoshimizni Ona yurt sog'inchi tark etmasin.

-Resident-
02-17-2005, 02:57 PM
Hozir komputerxonaning derazasidan ko'cha shundoq ko'rinib turibdi (darvozadek keladigan deraza pardasini 2 kun oldin yuvgani olib ketishgandi...) Tashqarida tizza baravar qor yoqqan, ko'cha chiroqlarining tungi yog'dusida oppoq qor zarrin rangga aylanib tovlanmoqda... Kechki payt bo'lib qolgani sababli ko'chada transport qatnovi ham juda siyraklashgan.
Ana, ko'cha yuziga gilamdek to'shalgan qorni qor supuruvchi mashina supurib ketdi... Qorga nigohimni tikib, beixtiyor bolaligimni esladim...
Uzoq qishlog'imizga qish kelib, qor yoqqanida biz bolalar kundalik yumushlaru uy vazifalarini unutib, maza qilib qorda dumalab, qorbo'ron o'ynab kelardik. Uyimiz oldidagi archa daraxti tagida kattakon qorbobo yasardik. Uydan qalinroq klenka (yoki salafan) olib, qishloq chekkasidagi tepalikka borib, pastga uchardik to holdan toygunimizcha...
Kechga yaqin uyga muzlab kelardik... Har doim qish kelganida uyimizning bir xonasida sandal* o'rnatiladi. Muzlab kelganimizda bir piyola issiq choy bilan shu sandal jonimizga oro bo'lardi... Sandal chekkasida yonboshlab, oyoqlarimni isitib uxlab qolishni yoqtirardim...
Oyoqlarim shu sandalning cho'g'laridan tarqaladigan issiqlikni sog'indi...

Siz olislardan nimalarni eslayapsiz shu kunlarda?




*- xona ichida yer 10 santimetrlar atrofida to'rtburchak qilib qaziladi va uning qoq o'rtasida bir paqir joylashadigan o'ra qazilib, to'rtburchak shaklidagi qalin stolni eslatadigan sandal shu o'ra atrofiga joylashtiriladi. Ustidan qalin ko'rpa yopiladi, paqirga cho'g' solinib, o'raga qo'yilgach, sovuq kunlarda kamida 5-6 kishi oyoqlarini tiqib bemalol isinishi mumkin.
Ehhe do`stim siz ham men o`sib ulgaygandaqangi joyda katta bo`lgan ekansiz lekin boru shu postingizni o`qib men ham yoshligimni esladim to`grisini aytsam anchadan beri yoshligimni eslamagandim...
Bizni uyda ham faqat bitta honada yani rahmatlik katta buvimni (grandma) uylarida bo`lar edi ko`chada o`rtoqlarim bilan qorbo`ron o`ynab, qizlarga qor otib,muzda sirganib,katta -katta qorbobolar yasab "charchab " uyga kirsam katta buvimni uylariga birinchi kirar edim katta buvim bo`lsa darrov yoniga chaqirib oyoqlaringni Sandal ga sol deb chaqirb olar edi va qiemmi ,mayizmi ,yongoqmi deganday siylar edi.......
Ehh qani endi yoshlik..........???

DIDO
02-17-2005, 03:56 PM
Hamma qish kunlarida, o`tgan baxtli damlarini eslayotgan ekan, men o`sha uzooooqda qolgan chiroyli yoz kunlarimni sog`indim. Maktabdan qutulib biror javobgarlik yo`q, faqat uyni tozaligini saqlashu, ovqat qilishdan boshqa ish yo`q bo`gan iiiissiq yoz kunlarida ariq yonidagi karavatda pashsha uchsayam seziladigan soookin tushki paytlarida maaazza qilib kitob o`qishlarimni sog`indim.

Quyuq daraxt soyasi ostida, suvning jo`shqin qo`shig`ini eshitiiib, mushugimmi yonimda o`likdek shilqillab uhlashidan zavqlanib, mutoala qilardim. Keyin asrga tomon asta-sekin borliq uyg`onib, odamlar g`imillab qoladi. Hovli uziga suv sepib, yerga singib ketgan suvning farahbaxsh hididan bahra olardim. Gullarning uziga sev sepsam, butun hovlini rayhon, atirgul hidi tutuib ketardi.

Chirooyli shafaq ko`rinardi, ertangi kunning haroratidan xabar berib.

Sal kichkinaligimda, mazza qilib suv separ o`ynardik mahalla dagi bolla bilan.

Shom tushar payti dugonalarim o`yinga chaqirisahrdi, "Onajon, oy`nashga kettim" derdim.Onajonim barmog`iini yuziga qo`yib, "uyat" derdilar. Hayron bo`lgancha nimasi uyat derdim.DAdajonim bilan kulib ko`z urishtirib olgandan keyin, "oy`nagani" degin derdilar. Menga keyin yetib borardi,"haaa" deb uyalib, tez yugurib ketardim. Shu payti qo`shi devordan dugonamni men ovozimdan ham balandroq "Ona, o`ynashga kettim" degan ovozi eshitilardi. Hamma piqillab kulib yubborardi.

Eng mazza damlar kechki payt har hil hasharotlarning churillashiga to`lgan, oydin kechada boshlanardi. Yulduz to`la osmonga boqib, sputnik izlardim, yulduzlarning ismini, bir-birimizga topishmoq qilib berib oy`nardik.Yulduzlardan osmonda shakl yasab, uyqu farishtalari ko`zimnni yumganini bilmay qolardim.
Hovlida tunni o`tkazish qanday mazza!
Iyun oylarini boshida goh-gohida oqshom kutilmaganda do`lmi, jala yomg`irmi yog`ib qolardi, hamma ko`rpasini ko`tarib uyga qarab qochardi-shirin manzaralar. Qo`shinlarning ham shovqini eshitilib tirardi.

Mana shunaqa yoz kunlarini sog`indim.

R.Azimov
02-17-2005, 04:57 PM
Hozir komputerxonaning derazasidan ko'cha shundoq ko'rinib turibdi (darvozadek keladigan deraza pardasini 2 kun oldin yuvgani olib ketishgandi...) Tashqarida tizza baravar qor yoqqan, ko'cha chiroqlarining tungi yog'dusida oppoq qor zarrin rangga aylanib tovlanmoqda... Kechki payt bo'lib qolgani sababli ko'chada transport qatnovi ham juda siyraklashgan.
Ana, ko'cha yuziga gilamdek to'shalgan qorni qor supuruvchi mashina supurib ketdi... Qorga nigohimni tikib, beixtiyor bolaligimni esladim...
Uzoq qishlog'imizga qish kelib, qor yoqqanida biz bolalar kundalik yumushlaru uy vazifalarini unutib, maza qilib qorda dumalab, qorbo'ron o'ynab kelardik. Uyimiz oldidagi archa daraxti tagida kattakon qorbobo yasardik. Uydan qalinroq klenka (yoki salafan) olib, qishloq chekkasidagi tepalikka borib, pastga uchardik to holdan toygunimizcha...
Kechga yaqin uyga muzlab kelardik... Har doim qish kelganida uyimizning bir xonasida sandal* o'rnatiladi. Muzlab kelganimizda bir piyola issiq choy bilan shu sandal jonimizga oro bo'lardi... Sandal chekkasida yonboshlab, oyoqlarimni isitib uxlab qolishni yoqtirardim...
Oyoqlarim shu sandalning cho'g'laridan tarqaladigan issiqlikni sog'indi...

Siz olislardan nimalarni eslayapsiz shu kunlarda?
.
Assalomu alaykum.

Sandal, kleyonka haqida yozganlaringizni o'qib, bir zum yoshligimda bolib o'tgan shu voqealarga o'xshash taasurotlarni esladim... .

(agar cho'zilib ketsa uzr)

1). "Tulki tepa" degan tepalik uyimizdan uncha uzoq emas edi, qishda shunaqangi muzlardiki, sirpanchiq (biz toyqinchoq derdik) uchish uchun undan zo'r joy bo'lmasdi.

Ertayu kech tepalikdan odam arimasdi. "Chana" (sheva) si borlarga "chana da uchish uchun va biz o'rtahollar uchun kleyonka(salafan) uchun alohida alohida joy bo'lardi.(chanadan ko'ra kleyonka xavfsizroq edi, burilib ketmasdi tushayotganda)

Kleyonkaning bir uchini ushlab, tagimizga choponlarimizning etagini taxlab o'tirib olib, ehh.... uchardig-a.... Balonlar yoqardik isinish uchun...

Negadir yoshlikda qish paytlari maktabdan kelgach uyda choponchalarda yurardik. Eshon boboning Saidxon, Ikromxon degan o'gillari har doim toyqinishga (sirpanish) hammaning havasini keltirib, yangi yangi "kristal" choponlarda kelardi. Chanasi ham bor edi ularning...

Lekin hozir sirpanchiq uchadigan darajada qor yog'maydiyov...


2). Chamasi 30-40 yillar oldin qazilgan chuqur kanal... undan chiqqan tuproq o'ziga xos katta-kichik tepaliklar hosil qilgan. Bu tepaliklar biz uchun yozda ham qishda ham vaqtimizni maroqli o'tkazish uchun eng zo'r joy sifatida xizmat qilgan... Qishda kanal qurib, turib qolgan suv sovuqda muzlaydi va biz uchun "hokkey" maydoniga aylanadi.

Adashmasam 6-7 sinflar chamsi edi. Esimda bor "texnika" magaziniga narxi arzonlashtirilgan "konki botinka" lar kelgandi va ko'pchilik sotib olgandi. Men onamga har qancha yalinsam ham olib bermagandilar.(keyinchalik ba'zilar tagidagi temirini kesib tashlab botinkaning o'zini ko'chada ham kiyib yurishdi)

Aralash -quralash botinkalarda Hokkey shunaqangi avj olardiki, ba'zan 4-5 soatlab kanaldan chiqmasdik. Shu asnoda qo'shni mahallaning bekorchilari ham bizga qo'shildi.(ular bizdan chamasi 1 kilometrlar uzoqlikdagi muzlarga kelishardi) Ana endi haqiqiy o'yin bo'lardi va oxirida albatta janjal bilan tugardi.

Shunday kunlarning birida nimadandir kelishmovchilik paydo bo'ldiyu, muz ustida jang avjiga chiqdi. Shartta qo'shildim,(yoshligimda judayam janjalkash bo'lganman) va ur-yiqit boshlandi. Qo'qqisdan muzning qarss(zzz) etgan tovushini eshitish bilan birgalikda o'zimni suvga kirib ketayotganimni tushunib yetdim. Yolg'iz emasdim.

Urishqoq "hokkeychi" larning 4-5 tasi beixtiyor menga hamroh bo'ldi. Suv shunaqangi sovuq ediki, chiqib olgunimcha oyoqlarim akashak bo'lib qoldiyov... Usha voqeadan keyin 1 oylar chamasi kasal bolib yotdim. Bir mahalladoshim hozirgacha "muz ustida hokkey" ning jabrini tortadi. (Bechora bola usha voqea sababli "meningit" bo'lib, qulog'i kar bo'lib qolgan, yaxshi eshitmaydi)

Asadbek
02-17-2005, 05:02 PM
... Qo'qqisdan muzning qarss(zzz) etgan tovushini eshitish bilan birgalikda o'zimni suvga kirib ketayotganimni tushunib yetdim. Yolg'iz emasdim. ...
Elegance, elegant yozibsiz :) Shu joyini o'qiganimda to'g'risi kulib yubordim :)

Qani davom etinglar, qiziq ketyapti.

Logoscience
02-18-2005, 02:00 PM
1993 yil, oktyabrning boshlari.

Ana-mana deb o'qish boshlanguncha paxta mavsumi boshlanib studentlar ixtiyoriy-majburiy hasharga yo'l oladigan bo'ldi.
Men o'shanda oddiy o'qish bilan birga universitet til o'rganish markazida ham o'qishni qo'lga kiritgan fakultetdagi 2 ta odamdan biri sifatida paxtaga bormaydigan bo'ldim. Kursdoshlarni kuzatib xushkayfiyatda til markazida 2 kun o'qidim. 3-kuni biz til o'rganuvchilarni ham hasharga qo'shilishimizni rasmiy ravishda "iltimos" qilishdi. Alohida transport yo'q, 1 sutka ichida fakultet paxta shtabiga yetib borish talabi qo'yildi. O'ta tezkorlik bilan kerakli narsalarni yig'ishtirib, raskladushka o'rniga krovatni olib, mashinada Yozyovonning Qatortol degan kolxoziga yetib borib, kursdoshlarga qo'shildim.
Paxta terishga juda ustagilim bois ertasiga 39 kilogramm terib shtab bo'yicha oxiridan 1-likni olgan ekanman. Shtab boshlig'i o'rtaga olib chiqib 5 minutlar yaxshi gaplar bilan siylagan. Siylov, taxminan shunday yangragan edi:

Men bu bolani yaxshi bilaman, o'zi qishlog'ning kindigidan, kuni paxta dalasida o'tgan. Kecha kelganda vahima katta edi. Nikellangan krovatlar, alohida mashina, oldida GAI ham bor edi (notiq ozgina vahimachi edi). Endi mana ertaga 200 kilo teradigan terimchi keldi deb o'ylovdim. Mana bugun rekord natija bilan hammamizni qoyil qildi va hakazo...

Shu borada Yozyovon cho'lidagi tarvuzxo'rlikni eslamaslikning iloji yo'q. Deyarli har bir dalaning chetida poliz bor edi. Shundoq qo'l bilan yorib yeyvirardik. Ovqatlar ham ajoyib edi. Dalada qandoq sabzavot topilsa hammasi qo'shilaverar edi. Oshqovoqli makaronlar sevimli ovqat edi. Birinchi haftadayoq yo'qolib, sinib ketgan qoshiqlar o'rniga buhankalardan foydalanardik...
Ha bu damlarni allaqanday yoqimli tuyg'u bilan eslaysan kishi. Lekin o'sha paytda yomg'ir ostida ham paxta terishga majbur bo'lganimizda studentlik oltin davr deganlarga tupurdim deb achchig'lanardik. Vaqt o'tib bu davrlar haqiqatda oltin ekanligiga amin bo'ldim.

Paxta davrlarni eslayman desam bir kitob yozishim kerak bo'ladi. Shuning uchun uzuq-yuluq xotiralar bilan cheklanib qo'ya qolay.
Hozir yurtdan uzoqda sobiq kursdoshlarni, o'tgan talabalik davrlarni eslab o'tirib ko'ngilda qandaydir yengillik his qilgandayman.

DIDO
02-18-2005, 03:58 PM
Logoscince, gap yo`q.


Come on, people, it's so exciting to hear funny or wonderful stories.

Pythagor
02-18-2005, 10:15 PM
Studentlik davrim, 3 kurs, 2000 - 2001 yillar.
Bizlar 4 kishi ijaraga uy olib turar edik. 4tamiz ham 4 xil viloyatdan. Uyni egasi boshqa joyda yashiydi. Hovlimiz juda ham shinamgina edi, 4ta tamon ham devor bilan o'ralgan, hovlida daraxtlar ham bor edi. Yozning issiq kunlarida, magnitafonni baland qilib qo'yib, soyada, vodaprovotga cho'milib, hovlida plavkada yurar edik(Blmiyman plyajga juda kam borardik). Dars ham bo'lib turardi o'z vaqtida. Bitta o'rtog'im shartnoma asosida o'qir edi. Bir kuni 93 litr spirt olib kelib shuni sotib kontraktimga pul to'lashim kerak dip qoldi. Sotishdan avval maslahatlashib, uni spirtini sotmasdan kontrkatiga pulni to'lavordik. Boshqa vaqti sotishga qaror qiluvdik. Lekin, har kuni ertalab Univerga borishdan avval birorta idishni tubiga ozgina spirt solib olib o'zimiz bilan olib ketar edik(suv qo'shib aroq tayyorlardik), Odatda, bizlar mast bo'lmasak ham yo'lda 4 tamiz ham oramizda 5-10 metr saqlagan holda yurar edik(birin ketin). Univerga borib birinchi qiladigan ishimiz nonushta qilish bo'lardi oshxonada. Shu bilan har kuni nonushtada, tushlikda va kechgi ovqatda ham spirt ichadigan bo'lib qoldik(aniqrog'i ular). Darsda ham, ko'chada ham, hamma joyda ... gohida domlalar doskaga chiqarganda sezib qolar, dekanatga olib borar edilar. Xullas, 3-3,5 oy deganda, shu spirtni ichib tugatib qo'yganimizni bilmay qolibmiz(orada mehmon ham kutgan vaqtlarimiz ham bo'lib turar edi hamda qo'shni bolalar spirt so'rab qolishsa ham bervorardik).

Etmoqchimanki, hozir yurtdan uzoqda sobiq kursdoshlarni, o'tgan talabalik davrlarni sog'indim. Darsda, kinoda ko'chada juda juda qiziq voqealar ko'p bo'lib turardi.
Spirt ichishni emas :) , Ijaraga olgan uyimizni. Har kuni kursdosh qizlar kelib ovqat qilib berib ketar edi.

Asadbek
02-19-2005, 01:33 AM
Bundan ancha yillar oldin, UzGUMYAda 2-kursda o'qiyman, Universitetning Cho'ponotadagi 2-yotoqxonasida turamiz. May oyining oxirlari edi... Bir kuni bolalar yarim kechagacha bayram qildik. Tashqarida iliqqina havo, oy o'z yog'dusini taratib turibdi. Soat 11 dan keyin tashqarida deyarli hech kim yurmaydi, komendant soat 11 dan keyin kamdan-kam eshikni ochardi, 12dan keyin yalinib-yolvorib kirilardi. Soat kechasi 1 larga yaqinlashganda kimdir bozordan kelib qoldiyu, bolalar meva-chevadan gaplashib ketishdi. Negadir hamma birdan qulupnay deb qoldi. Yotoqxonadan shundoq 500 metr narida rektorat, rektoratning orqasida rektorning qulupnay polizchasi bor edi. Esimga tushib ketdi shu. Bir do'stim bilan ikki kishi bo'lib, qo'lga paketni olib qulupnay tergani boradigan bo'ldik. :)
2-etajning balkonidan pastga o'rmalab tushdik, polizchaga borib, oyning yorig'ida qizg'ish ko'ringan, yoki pishgandek ko'ringan qulupnaylardan terib oldikde, yotoqxonaga qaytdik. Yana tashqaridan balkonga tirmashib 2-etajga chiqib oldik. Oshxonaga borib paketni ochsak... qulupnaylarning yarmi hali xom ekan :)
Hammasini yuvdikde, katta tarelkaga solib, bolalarni oldiga qo'ydik. Boriga baraka deb, hammasini tushirvoribmiz :)

to be continue... :)

Mona Lisa
02-19-2005, 07:05 AM
...Men bu bolani yaxshi bilaman, o'zi qishlog'ning kindigidan, kuni paxta dalasida o'tgan...
LOL :lool: O'zbek tili antiqa jumlalarga boyde.

musoFR
02-19-2005, 08:59 AM
Asadbekaka, qoyil thread uchun. Mazza qilib oqivommiz. Men ham yozmoqchi edimku, kop yoqishga sabrimiz yetmaydida. Lekin shu kunlarda yozib threadingizni toldirib qoyaman degan umiddaman.

Mona Lisa, men ham qoyil qoldim bu iboraga :)

Asadbek
09-22-2005, 05:58 AM
Toshkendagi talabalikdan yana bir hikoya:

Toshkenda o'qishning 5-kursini bitirayotgan vaqtimiiz, diplom ishni yozish avjida, davlat imtihonlariyam topshirilyotgan payt... Kursdoshlar bitiruvdan avval bir toqqa chiqib kelmaymizmi, deb qolishdi. Men ham Germonda uch hafta yurib, yurtga qaytib borgan, yana Germonga ketaman deb yurgan paytim. G'azalkentning tog'ini bir ko'rib ketaylik, mayli, dedim-da, toqqa tayyorgarlikni boshlab yubordik. Bozorlik qilib, ikki kunga och qoldirmaydigan masalliqlarni olib, shanba kuni jo'nadik: to'rt yigit bilan o'n bir qiz - bir guruh bo'lib, biror lager-pagerdan tunashga joy toparmiz deb, Shimoliy vokzaldan elektrichkaga chiqib, jo'nadik...
Shu desangiz, G'azalkentda u yoq-bu yoqni aylanib, kechga tomon bir qishloqqa kirib bordik, bir lagerga borib, joy so'rasak, osmonning narxini so'rashdi... Hech tushishmadi, o'zi bizni yoshimizdagi yigitlar ekan... Xafa bo'lib, qishloqning tegirmoniga borib qolibmiz, shu joydagi chiroqning yorug'ida o'tirib ovqatlandik. Qiz bechoralar charchagan, uxlagani tashlab yuborishgach, guruhga ikki kishidan bo'lib qorovullik qilaydigan bo'ldik...
Bir mahal, soat kechasi 12 lar bor, bir yosh odam kelib, bu yerda uxlamanglar, tegirmonning tagida uxlab bo'lmaydi, deb bizni hovlisiga olib ketdi. Bo'yingdan, o'zi Kitob shahridan ekan, shu tarafga kuyov bo'lib, qolib ketgan ekan. Hovlisiga kirdik, tegirmonning orqa tomonida ekan. Bir karavotda bir yigit uxlab yotgan ekan, menga hech yoqmadi shu yigitni afti... Hovlining chekkasida bir uy bor ekan, o'sha uyning ichkarisida qizlarga joy solib berishdi, biz yigitlar tashqaridagi katta supada joylashdik. Bir-ikkita sumka, magnitafon ham bizning oldimizda edi...
Xullas, to'rt yigit har tarafdan suhbatlashib, uxladik. Ertalab o'rindan tursak... Woy dod... Ne ko'z bilan ko'raylikki, biz yigitlarning oyoq kiyimimiz yo'q-da... Shu qizlar hazil qilishyaptimi, deb so'raymiz, ular bo'lsa yo'q, olmadik, yashirganimiz yo'q, hazillashmayapmiz deyishadi... U yoq-bu yoqdan tortishganimizdan keyin, qizlar, hazillashmanglar, hozir quyosh tepaga chiqib ketsa, issiqda toqqa chiqolmay, yo'lda harsillab qolasilar, dedik, yana shu gap... Bir mahal qorasak, magnitafon ham yo'qolgan... Eeeehhhhh, tog'da bizni o'g'ri uribdi-da, dedik... Bechora, bizni taklif qilgan uyning egasi endi mulzam, nima qilishini bilmaydi... Biz o'zimizcha shu uy egasining qayinukasi bilan lagerdagi yigitlarni gumonsiradik... Ha mayli, endi na chora, deb, yigitlar bor pulimizni to'pladik... To'rtta kitayski tapochka olib kelinglar, Toshkentga qaytishka ham pul qolsin, deb bir yigitimiz bilan bir qizni o'sha qishloqning bir do'kondorinikiga jo'natdik. Bir soatda, ikkalasi to'rtta tapochkani ko'tarib kelishdi :)
Ertalabki tamaddini qilib bo'lgach, to'rt yigit tapochkani tappillatib, toqqa chiqib ketdik :) Haaaa, endi yo'lda odamlarning bizga qarab qiqirlashlarini aytmaysizmi, biz ham askiya aytishib, hech sir bermay yo'lda ketaverdik...
Toqqa chiqdik, tushlikka tog'da osh qilib yedik, kechga yaqin yana elektrichkaga chiqib, Toshkent qaydasan, deb jo'nadik... Endi, Shimoliy vokzalda tushib, metroga tushib, VUZ-gorodokdagi yotoqxonaga kirib borishimiz judayam qiziq bo'ldi-da :) Yo'lda o'zimizni noqulay vaziyatdan chiqarish uchun, ahvolimizga o'zimiz kulib bordik...
Kechasi oyoq kiyimlarni o'g'rilatib, toqqa tapochka bilan chiqib kelganimizga birov ishonmaydi, birov tasavvur qilib kuladi ;)
Haaa, ToshDUni bitirishda bir umr esda qoladigan zo'r hangoma shu bo'lgandi, manimcha...

;)

Lorelei
09-22-2005, 06:42 AM
Ehh ona qishlog'im...

Bizning bog'imiz uyimizdan 2 kmcha uzoqda joylashgan edi, Shuning uchun butun yoz buyi boqqa, ya'ni 2 xonali chaylaga kuchib ketib, kuz oxirlarida hosilni yig'ib uyga qaytardik. Chaylada yashash ma'za edi, kechalari hovlida so'rida uxlardik, Ertalab soat 4 dan turib bozorga uzum uzardik, turmasak ustimizdan sovuq suv quyilardi. Kun buyi uzumzor urtasidagi kapada poyloqchilik qilardik. Uzumni qushlardan quriqlash uchun shaldiroqlar tortilgan edi. Qushlar kurinsa shu shaldiroqlarni qimirlatib "Hay gala gala galooov, qushlarga kesin bir balooo!" deb bor ovozda baqirar edik. Uzimiz zerikmaslik uchun holamning biz tengi qizlarini ham obkelib, rosa u yoqdan bu yoqdan obqochib g'iybatlashib utirardik. Soyda chumilib, buloqdan navbatiga suv tashib ichardik. Hatto shu uyimizni ham shu eski loysuvoq chaylachalik yaxshi kurmasdik. Men har doim "Katta bulsam shu chaylani buzib, urniga tagi toshdan, usti g'ishdan uy solib beraman, keyin bu erdan kuchmaysiz!" deb va'da berardim otam bilan onamga, lekin hali va'damning ustidan chiqolganim yuq. Xudo hohlasa bir haftadan keyin yurtga ketib, hech bulmasa shu g'ishtin uyning toshdan poydevorini quyib kelish niyatim bor. Xolamning qizlari har biri bola chaqali bulib ketgan bulsa ham hali-hali men borsam birinchi bulib yuqlab keladigan ushalar. Bolalari bilan kelib, eski chaylada kurpa talashib birga yotib gurungni avjiga chiqaramiz nasib bulsa!

Shokirbek
09-22-2005, 07:06 AM
Men ham bir voqeani aytib beray. 1983-yilning kuzi Andropov davrida biz – maktab o'quvchilari uchun (boshqalar kabi) ancha og'ir kelgan edi. Paxta terimi nihoyalashib qolgan, brigadamiz planni bajarmagani uchun har bir paxtaga chiqqan kishiga 60kgdan kunlik paxta terib berish normasi yuklangan. Tong azonda belga yarimta non bilan to'rtta qandni bog'lab dalaga chiqib ketamiz, kuzning ertalabki sovuq havosida paxta terayotganda qo'lingizni har lahzada paxta chanoqlari tirnab, gohida tirnoq orasiga kirib ketib qiynaydi. Shunga qaramasdan kun yoyilguncha birmuncha paxta terishga ulguramiz. Keyin ba'zan dala chetidagi ariq yonida uch-to'rt kishi to'planib, ba'zan dala o'rtasida apil-tapil obkelgan narsalarimiz bilan nonushta qilib, bolalardan biri keltirgan termosdan bir piyola-ikki piyoladan choy ichib olamiz-da yana dalaga sho'ng'iymiz.

Shunday qilib tush paytigacha 40 kgga yaqin paxtani terib olsak, normamiz bajarilishidan xursand bo'lib, kunning qolgan yarmini (t'o'g'rirog'I ozroq qismini) yengil ruhiy kayfiyatda o'tkazamiz.

Bir kuni nima bo'ldiyu, men peshingacha uncha paxta terolmadim. Kun g'arb tomon oqib, kech kira boshlagach, vahimam osha bordi. Qanchalik jon-jahdim bilan urinmay, baribir normaga yetolmadim, kun botib ham ketdiyu, chamamga qaraganda hali ham 4-5 kg paxta yetmay qolgan edi. Hamma paxta solingan etaklarni bir-biriga kiydirib yelkalariga ko'targancha dalani tark eta boshlashdi.
Normani bajarmasam o'zimga qiyin bo'lishini eslab, qanday qilib bundan qutulishni o'ylab turganimda xayolimga bir fikr keldi. Paxta ichiga tosh solaman! Lekin dalani shuncha axtarmayin, biror qo'lga ilashgudek tosh ko'rinmasdi. Uzoqda telejkadan turib tabelchimiz kech qolganlarni baqirib chaqira boshladi. Kun bo'yi qilingan mehnatdan beniyoha charchagan edim. Sudrab kelayotgan, paxta solingan etaklarni qo'ydimda, holsizlanib bir egat yoniga cho'zildim. Shunda qo'lim birdan sovuq qattiq narsaga tegdi. Qarasam, temir! Go'za oralarini yumshatishda ishlatiladigan temir omochning 3-4 kg keladigan siniq parchasi edi! Shu paytda mening xursandligimni ko'rsangiz edi.. Darrov olib, bir zumda etakdagi paxta orasiga – ovloq joyga joylashtirdim. Haligi notinchlikdan menda asar ham qolmagan edi. Etaklarni ixcham qilib tugdimda, ustiga yonboshlab, birrov hordiq chiqarib olay degan niyatda ko'zlarimni yumdim. Uyda bugun kechlikka nima qilishdi ekan deb o'ylaganim esimda…

Bir mahal ko'zimni ochsam, hamma tomon zim-ziyo, bulutlarning suzib yurganidan bo'lsa kerak, osmonda har yer-har yerda yulduzlar bir ko'rinib bir o'chadi. Shoshib o'rnimdan turdim, kechasi keladigan ajinalar haqidagi bolalar bilan suhbatlarim esga tushib yuragim orqamga tortib ketdi :shock: . Telejka, tabelchi, terimchilar allaqachon ketib bo'lgan edi. Qanchalik qo'rqsamda, baribir paxta tanqisligi esga tushib, paxtalarni bir chetdagi quyuq g'ovlab ketgan go'za ichiga joylashtirib belgi qo'ydimu, uyga qarab yugurdim. Qanchalik yugursam, shunchalik orqadan birov quvib yetib oladigandek tuyulardi. Qishlog'imizga yetay deganda akamni boshlab shoshib kelayotgan, qo'lida fonar tutgan dadamni ko'rib yengil tortganman..
:cool:

infolife
10-03-2005, 12:52 PM
pahtadan, 1 kursda pahtaga borganimda, hech esimdan chiqmaydi, rosa qiynalganlarim(bollar uchun ohirida savolim bor)

men qo'limni chivinmi pashshami chaqib pahta termay oshpazga yordam berib yurgandim o'sha kunlari, EY HUDO o'zingga shukur dedim, har kuni studentlar bilan daladan qaytsangizchi maktabning katta darvozasi oldidagi bir donagina yuvinish krani 4-5 metr o'chered bo'lib ketardi, oshpazlar sal ertaroq kelardi.
O'sha kuni yarim kechasi oshpaz qiz uyg'otdi, turing domlalarga ovqat qilish kerak deb. Rosa jahlim chiqdi, uyqummi buzgani uchun, ammo pahta termayotganimga shukur qilib o'rnimdan turdim. Uyqum yozilsin deb o'sha kranda betimni yuvib kelay deb tashqariga chiqdim, oy nurini sochib turibdi, kechqurun yurishga hech qo'rqmasdim
bir payt guldur-guldur tovushlar eshitilib qoldi, kranga yaqinlashganim sari makatabning sport zali orqasidan ovozlar yaqinlashyapti, qo'r'qib ketdim tungi 2 da kim ekan bu yerda deb, ammo baribir qizishim ortib sekin borib quloq solsam nima ekan deng ablah 3-4 kurs bolalari bizning kursdagi bollarni rosa ustidan kulayotgan ekan. o'g'il bolalarning shtab degan narsasi bo'larkanu, o'sha ekan.
Bittasi 'Paypog'imni yuvasan' deb kursdoshim Sardordan so'rab qoldi, u yuvmayman deydi, urib qolsa bo'ladimi, jonimni hovuchlab yugurdim oshhona tarafga, o'rtog'imga aytdim bolalarni kalataklashyapti deb, u ham o'zi shunaqa bo'ladi deydi. Ertalabgacha o'ylab chiqdim, ertasiga bir o'qituvchimizga aytib bersam, o'qituvchimiz o'sha urgan bola bilan gaplashib qo'yibdi.Kaltak yegan Sardor bo'lsa mendan rosa hapa bo'lsa, nima aralashas deb.
Eh yahshilikni bilmagan odamlar dedim, shu bollarni SHTABI ham qurib ketsina

SIzlar ham shunaqa shtab qilganmislar, pahtaga borgan forumdagi bollar???

Amiri Turkiston
11-24-2005, 07:57 AM
hudoga shukur

pahtada bulmaganman

Mahmud
11-25-2005, 03:33 PM
Maktabda yangi uquv yili boshlandi...
3-sinfga kuchgan edim.Negadir o'sha yili sinfimizga eski kitoblarni berishdi.O'qituvchi tarqatarkan "Kitoblarga gazeta qoplab olinglar, kitob ozoda saqlanadi..." deb qayta-qayta takrorladilar...
Uyga keldim, akamni kitoblarining hammasi yangi edi.Uyda ko'p gazeta, jurnallar bo'lardi.Bittasini oldimu, qanday gazetaligi ham e'tibor bermasdan kitobimga jild qilib oldim...

Oradan ikki haftacha vaqt o'tdi.Kuz vaqti emasmi onamning
shu vaqt oralig'ida vaqtlari bo'lmay kitoblarimni ham ko'rishga vaqt topa olmadilar.Onam bir kun kitoblarimni ko'rib, jild qilganimdan hafa bo'ldilar, shunda ham bilintirmasdan jilddagi maqolani uqiy boshladilar...
Maqola ota-ona farzand haqida juda ta'sirli yozilgandi...

Jild qilganimga juda afsuslandim.Maqola juda ajoyib yozilgan edi.
Onam farzandlarimga o'qib beraman yoki o'zlari o'qishsa yaxshi bo'lardi deb yig'ib yurgan ekanlar...

Asadbek
07-02-2006, 03:53 PM
Vaqt o'z irmog'ida oqib bormoqda... Goho shiddat bilan, goho sokinlikda...
Yana olislarga ketgim keldi...
Yozning ayni qirchillama payti. Bu paytda paxta dalalariga suvni ko'paytirish uchun qishlog'imiz o'rtasidan oqadigan daryo bizning uydan 500-600 metr narida to'silardi. To paxta yig'im-terimi boshlangunga qadar, 3-4 oylab ushbu sun'iy ko'ldan nafaqat paxtalar, balki biz bolalar ham bahra olardik... Hovlidagi yumushlarni bitkazgach, tushlikni tanovvul qilib, kunning qoq o'rtasida kattalardan bekinib, cho'milgani ko'lga oshiqardik... Yoshi katta bolalardan suzishni o'rganardik, ularga qiziqib, kim uzoqqa suzish yoki sho'ng'ish bo'yicha musobaqalashardik...
Esimda... Yozning shunday issiq kunlaridan biri. Onam 4-5 kunga kasalxonaga tushib qolgani bois, eng kichik ammam biz jiyanlariga qarab turish uchun biznikida turardi. Har kuni tushlikdan so'ng biz bolakaylar kunning jazirama issiq vaqtida uyga kirib tinchgina uxlashimiz kerak edi. :) Uxlagani yotamiz, deb, sekin sezdirmay tashqariga chiqib, o'zimdan 2 yosh kichik ukam bilan qo'shni bolalarga qo'shilib, ko'lga survordik. Oradan bir soatlar o'tib, biz cho'milib turgan joyga ammaginam kelib qoldilar, yuzlarida achchiq aralash mehr shunaqa yog'ilib turgandi... Tez, apil-tapil kiyinib oldinga tushdik, ikkinchi marta bunaqa aldab ko'lga qochmasligimiz uchun, yo'l-yo'lakay 2-3 marta tayoqdan ham "maza" qilib yevoldik :) Shu bilan ammaginam biznikida bo'lgan vaqtlari ko'lga qochish bo'lmasdi :)
Ehhh, shu ko'lni juda sog'indim... Balandliklardan suvga har xil akrobatik usullar bilan sakrashlar, bir-ikki sho'x yigitlarning do'stlarini velospiedlari bilan shu balandliklardan suvga sakrashlari, 3-4 yigitning birgalashib suv ostidan velosipedni qidirishlari tekin tomosho bo'lardi...


Beg'ubordir o'sha damlar,
Yiroq edi qayg'u-g'amlar,
Bugun endi ko'zda namlar,
Sog'inganda bolaligim...*



* - Sayyora Qoziyevaning "Bolaligim" qo'shig'idan

Alesser
07-03-2006, 10:10 AM
Vaqt o'z irmog'ida oqib bormoqda... Goho shiddat bilan, goho sokinlikda...
Yana olislarga ketgim keldi...
Yozning ayni qirchillama payti. Bu paytda paxta dalalariga suvni ko'paytirish uchun qishlog'imiz o'rtasidan oqadigan daryo bizning uydan 500-600 metr narida to'silardi. To paxta yig'im-terimi boshlangunga qadar, 3-4 oylab ushbu sun'iy ko'ldan nafaqat paxtalar, balki biz bolalar ham bahra olardik... Hovlidagi yumushlarni bitkazgach, tushlikni tanovvul qilib, kunning qoq o'rtasida kattalardan bekinib, cho'milgani ko'lga oshiqardik... Yoshi katta bolalardan suzishni o'rganardik, ularga qiziqib, kim uzoqqa suzish yoki sho'ng'ish bo'yicha musobaqalashardik...
Esimda... Yozning shunday issiq kunlaridan biri. Onam 4-5 kunga kasalxonaga tushib qolgani bois, eng kichik ammam biz jiyanlariga qarab turish uchun biznikida turardi. Har kuni tushlikdan so'ng biz bolakaylar kunning jazirama issiq vaqtida uyga kirib tinchgina uxlashimiz kerak edi. :) Uxlagani yotamiz, deb, sekin sezdirmay tashqariga chiqib, o'zimdan 2 yosh kichik ukam bilan qo'shni bolalarga qo'shilib, ko'lga survordik. Oradan bir soatlar o'tib, biz cho'milib turgan joyga ammaginam kelib qoldilar, yuzlarida achchiq aralash mehr shunaqa yog'ilib turgandi... Tez, apil-tapil kiyinib oldinga tushdik, ikkinchi marta bunaqa aldab ko'lga qochmasligimiz uchun, yo'l-yo'lakay 2-3 marta tayoqdan ham "maza" qilib yevoldik :) Shu bilan ammaginam biznikida bo'lgan vaqtlari ko'lga qochish bo'lmasdi :)
Ehhh, shu ko'lni juda sog'indim... Balandliklardan suvga har xil akrobatik usullar bilan sakrashlar, bir-ikki sho'x yigitlarning do'stlarini velospiedlari bilan shu balandliklardan suvga sakrashlari, 3-4 yigitning birgalashib suv ostidan velosipedni qidirishlari tekin tomosho bo'lardi...


Beg'ubordir o'sha damlar,
Yiroq edi qayg'u-g'amlar,
Bugun endi ko'zda namlar,
Sog'inganda bolaligim...*



* - Sayyora Qoziyevaning "Bolaligim" qo'shig'idan


Asadbek aka iste'dodingizga qoyil, postlaringiz juda ham mazmunlik ekan...
my respects,

zanjir
12-03-2006, 01:13 AM
Assalomu alaykum.



Urishqoq "hokkeychi" larning 4-5 tasi beixtiyor menga hamroh bo'ldi. Suv shunaqangi sovuq ediki, chiqib olgunimcha oyoqlarim akashak bo'lib qoldiyov... Usha voqeadan keyin 1 oylar chamasi kasal bolib yotdim. Bir mahalladoshim hozirgacha "muz ustida hokkey" ning jabrini tortadi. (Bechora bola usha voqea sababli "meningit" bo'lib, qulog'i kar bo'lib qolgan, yaxshi eshitmaydi)
aka shu (muzdek)suvni ta'siri sizdayam borov anchadan beri ukam boridi deb sim ham qoqmaysiz(buni skleroz deyishadi:))
sizi toyginchokizi oqib maniyam bitta voqea esimga tushib ketdi.
agar esizda bolsa adashmasam 1999 damidiey hech qor yogmadi Uzbda. ozi shu sabab, yana ogaynilani qistovlari bilan Chimyonga chiqqanidik bir damas tola bovolib(postta odam boshiga pul olarkan biz shotta yashaymiz yengi kochib keldik deb bermaganidik).
bordik odamla u yerda mehmmonhonalada qolishadi lekin honadonlani bizaga ohshagan bolla rentga olishardi. biz ham shunaqa qildik. bitta anjanli kursdoshimni ovoganidik u osh qilib oshni kuchi bilan tushdan kegin sirpanishga yol oldik. agar bilsez ong tomondagi qirda chang'i uchishadi sal nari yursez mehmonhonalani qarshisida baland tepalik bor tog'ga tutashib ketgan. osha yerda korasiz zamonaviy salafanlaniyu, balon. chana yana gurdi balolar:)
bizni bollar kotta balonni olishdi, oziyam traktorniki shekilli 5 tasi sig'di. man pastda ular tepada(mani vazifam odamlar siyraklashganda komanda berish edi).
shu manimcha sal hato komanda berdimmi yoki yonimdan otgan "jonona"(qor, sirpanchiq bolishiga qaramasdan uzun kablukli etiklani kiyvoganla, figuralarini korsatish uchun anu kalgotkasi borku oshani ustidan mini jinsi yupka ham bor e qisqasi qichyu:)) ga angrayib uni ogohlantirish orniga qolimni pasga tushirib komanda bervordim. tepadan ortoqlarim balonda guvvillab tushib kelishayabdi anu jonona bolsa parvo ham qilmay qarshi tomondagi dugonalari tomon ketayapti sollona sollona:) shu balon bilan bollani korishga kordiyu "aaaaaaaaa" deb qochishni orniga qotib qosa boladimi.... man baqiraman boshqa odamla baqirishadi "qooooch!" deb. yoq foydasi bomadi. a balonnin esa boshqara olmaysiz. bollar yarmim shira kayf qiz bilan ishi ham yoq:)
shu tushishda tezlik bilan tushib qizni ustilariga ovolishdi tushmagurlar:)
omadi bor ekan qizni ogaynim ehtiyotlik va zudlik bilan tortib olgan ekan bomasam qiz balonni tagida qolishi yo bomasa kamida 5 metr uchishi turgan gap edi(bu esa chiroili oyoqchalarni qarssss:) etib sinishiga sababchi bolishi turgan gap).
shunaqqilib chimyon sarguzashti shu voqea bilan boy bolgan edi:)
aka qaley a?:)