PDA

View Full Version : Inson tanazzuli


Desperado
02-25-2005, 05:45 AM
Nima sababdan ba’zi insonlar bahtli, ba’zilari bahtsiz? Agar bahtiyor bo’lish yoki bo’lmaslik insonning o’z qo’lida bo’lsa, nima uchun va qanday qilib kimlardir bahtsizlikka yuz tutadi? Odamzodni tolesizlikka yetaklagan omillar nima?

Bahtiyorlik moddiy borliq bilan o’lchanmaydi. Kimningdir moddiy nimasidir borligi yoki yo’qligi hech bir muhim narsani anglatmaydi. Aks holda moddiy ehtiyojlari bemisl qoplangan insonlar orasida ruhiy tanazzul va suiqasd hollari kamroq uchragan bo’lar edi.

Bahtiyorlik- ruhiyat masalasi.

Biz hech qachon o’zimizni tevarak atrof bilan mujassam shaklda tasavvur qilganmizmi? Bir yaproqda, bir qum zarrasida, bir tomchi suvda, bir yutim havoda ruhimizga taskin beruvchi ohanglarni ilg’aganmizmi? Ular ahir hayot haqida so’ylaydi. Hayotning naqadar qadrligi va qisqaligi, go’zalligi va osoishtaligi, koinotning tartib va intizomi haqida kuylaydi.
Ular yer yuzidagi butun borliq bir ruhdan, Zamin Ruhidan nafas olishini o’rgatadi. Ular inson ham mana shu birlikning bir bo’lagi ekanligini hotirlatadi.
Ular dunyoda har bir borliqning o’z maqsadi, vazifasi borligini bizga pichirlaydi. Quyosh kurrai zaminni isitadi, suv hayot bag’ishlaydi, o’simliklar jonzodning qornini to’ydiradi.

Inson tanazzuli shundaki, u insonni inson qilgan ilk sababi Ruh ekanligini nazardan chetda qoldiradi.
U kundalik hayot tashvishlariga keragidan ortiq berilib ketadi. Uning hayoti soat bo’laklariga bo’lingan. U o’z atrofida ko’zga ko’rinmas qafas bichgan va ana shu qafas ichida o’zining eng so’nggi kunlarigacha chir aylanib yugiradi.
Bizning umrimiz o’z tarafimizdan temir kataklar ichiga rejalashtirilgan. Aslida esa bu temir kataklar miyamizga ko’chiriladi. Maktabda Oliy o’quv yurtlariga kirish uchun bilim olamiz. Oliy o’quv yurtlarida yahshiroq, pulliroq mansabni egallash uchun kitob varaqlaymiz. Mansabning yuqoriroq pog’onalarga ko’tarilish uchun qattiqroq ishlaymiz. Bunga oila va kundalik yumushlar tashvishi qo’shiladi va sof his-tuyg’ularimizni, sokin ruhimizni iskanjasiga oladi. Tushunib yetmaymizki mana shu tarzda biz ruhimizni to’yintirishni, ruhimizni parvarishlashni unutib qo’yganmiz. Yosh chog’larimizda ruhimiz qaqragan lablari bilan bizdan yordam so’raydi, lekin biz uni inkor etamiz va ahiri bir kun ruhimiz falaj holga keladi. U endi og’rimaydi, qiynalmaydi, yordam ham so’ramaydi. Biz ruhsiz va bahtsiz insonga, zombi va robotlarga aylanamiz.

Aslida inson mohiyatiga bahtiyorlik urug’lari joylashtirilgan. Biz buni bolalrning porlab turgan ko’zlarida ko’rishimiz mumkin. Ularning uchayotgan bir qushni ko’rgandagi hayrat va quvonchi, gullagan darahtni ko’rgandagi sevinchi, naqshinkor kapalakka qarab qiqirlashi, rang-barang kamalakka hayrat bilan tikilishi bekorga emas. Bu narsalar uning ruhini to’ydiradi va bolalar ko’rgan narsalari va o’z ruhlari orasidagi mutanosiblikni, birlikni his qiladi. O’sha qush yoki kapalak bo’lib uchgisi keladi, porlagan yulduzlarga intiladi. Afsuski, biz ulg’ayganimiz sari ko’zlarimiz hayotning bu rang barangligini ko’rmay qo’yadi

mastertgtu
02-25-2005, 05:52 AM
Qoiylman san'atingizga!
Kuchli falsafiy mushohadalar...
Mening ojiz fikru-tassavurim boshqa hech narsa deyishga qodir emas.