PDA

View Full Version : Qalbim meni

Godunov
03-20-2005, 09:26 AM
Salom hammaga,
balki siz ham qalb kechinmalaringizni, xayollaringizni shu Thread orqali boshqalar bilan baham ko'rarsis, ma'qul topsangiz albatta.
----
Salom azizim, boshida sizni bezovta qilish niyatim yo'q edi,
xayollar tinch qo'ymadi meni, kechadan beri nima uchundir meni tushkun kayfiyat qamrab olgan, nihoyat sizga yozishni ma'qul ko'rdim, rosti nima haqida yozishni ham bilmayman,meni o'qishlarim asta-sekin ketayapti, ko'p ishlashim kerak, keling biroz hayot falsafalari haqida gaplashamiz, masalan, "Biz nima uchun yashayapmiz" , mayli bu mavzuni qo'ya qolay, boshqa narsalar haqida yoza qolaman. Bir do'stimiz o'z suhbatida "Tanqidga dosh berib, uziga hulosa chiqargan inson - mard va dono insondir!" degan edi. O'zimcha tahlil qildim.
Umrim davomida molim yomon degan kimsani ko'rmadim, har qanday nodon ham o'ziga baho berishga kelganda men haqman, bu hayot maydonida men yutib chiqishim kerak deb o'ylar ekan. Xo'sh nima bo'pti, odam borki azaldan shunday, balki shunday yaratilgandir deyishingiz mumkin. Keling bu fikrlarni biroz mulohaza qilaylik, bordiyu aksi bo'lib odam o'z nomiga yarasha o'ziga o'zi to'g'ri baho beraolsa, tanqid ko'zi bilan qaray olsa unda nima yuz beradi. Unda odam insonga aylanadi, bunday fikrlay olgan rostdan ham mard va donodir. Mardligi shundaki u taqdir inom qilgan qiyinchiliklarga bardosh berib o'ziga o'zi to'g'ri xulosa chiqara olayapti, hayotga to'g'ri ko'z bilan qaray olayapti, shu vaqtgacha o'tgan (balkim, achinarli) umrini sarhisob qilib bundan keyingi maqsad qilingan porloq hayot ma'suliyatini o'z qo'liga olayapti, donoligi esa uninig mardligidadir, o'zini-o'zini anglay boshlayotganidadir, o'zining va atrofdagilarninig jismoniy va ruhiy holatiga ta'sir qiladigan salbiy illatlardan qochib, buyuk narsalar haqida o'ylayotganidir.
Azizim, keling biz ham o'zimizni-o'zimiz taftish qilib "buyuk kelajak" haqida o'ylaylik, buyog'iga xato qilmaslik kerak, mayli biz qurmoqchi bo'lgan "buyuk kelajak" yo'lida biroz tajribasizlik, bilimsizlik natizasida qilingan mayda-chuyda xatolar unitilar, muhimi har bir minutda o'zimizga-o'zimiz hisob berib tursak bo'ldi, axir bizni "buyuk kelajak" kutmoqda. Maqsadga erishish uchun bizda kuch ham sabr-bardosh ham etarli, bizga faqat biroz bilim va tajriba bo'lsa bas. So'rashingiz mumkin, umr-chi?. Bu yog'i xudoni ishi azizim, meni aqlim etgani shu, hayot hali oldinda, tinimsiz intilib yashayversak, barchasiga etishamiz, ulguramiz hammasiga, ulgurolmasak.. farzandlarimiz, hayotni mazmuni ham shu bo'lsa kerak, muhimi biz vijdonimiz oldida javob berib pok yashaymizku. Umrimiz davomida qachondir balki biz anglarmiz nima uchun yashayotganimizni, balki biz qo'ygan maqsad- "buyuk kelajak" bizninig mana shunday yashaganimiz bo'lib chiqar, azizim....uff, soat ham 4 bo'libdi, vaqt bunchalar ham shoshmasa, mayli sizni ham qaerdagi gaplar bilan boshingizni qotirib tashladim, buninig ustiga ertadan keyin bayram, bayramga nima tayyorgarlik ko'rdinglar, hoynahoy har yilgiday sumalak qilgandirsizlar, meni eslarsizlar, sizlarni, qo'shnilarni hatto, eslaganda yuragim o'rtanadigan barcha-barchangizni sog'indim, Barchangiz meni do'stimsiz. Azizim, sizni men aqlsizlarcha sevaman...o'zing qo'llaginda xudoyim.
Afsus, afsus...

Kahramon

Masanori
03-20-2005, 11:01 AM

Afsus, qani edi sen ham buni o'qiganingda...

Kahramon

Salom Kahramon.
Agar shunaqa falsafa bilan sevgilingizni boshini qotiradigan bulsangiz,
boshqasini oldiga qochib ketadi. :D !!!!
Tanqid masalasiga keladigan bulsak, bazi mulohazalarim bor!
Tanqidga dosh berib, uziga hulosa chiqargan odam mard va dono deb aytganimni sababi quyidagicha!
Uning mardligi, uziga uzi qarshi chiqa olganligi, uz dushmanini bulsada haqqoniy tanqidini qabul qila olganligidadir!
Bu har kimning qulidan ham kelavermaydi!
Odam degan nomimiz bor, nafsoniyat degan narsa bor!
Birov kelib sizga aql urgatsa kimga yoqadi?
Tanqidga dosh bera olgan odamning donoligi shuki, u haqqoniy tanqiddan, asossiz, tanqidni ajrata biladi! Asossiz tanqidga mos javob qaytara oladi!
Hullas shunaqa gaplar. soat 4 bumagan busa ham, ancha kech!
Yana gaplashamiz online.

Godunov
03-20-2005, 11:44 AM

Salom Masanori,
Sevgilimni boshqasini oldiga qochib ketishidan xudo saqlasin, Keksa momomninig bir gapi har doim qulog'im tagidan ketmaydi, men biror bir nomaqbul ish qilmoqchi bo'lsam, maslahat bera turib "Xudo insofni o'zingga bersin bolam" derdi. O'ylab ko'rsam xudo insofni o'zingga bermasa, yaqinlaring "unday qilma, bunday qil" degan bilan qiladigan odam ishini qilaverar ekan. Uyda o'tirgan, seni nima qilayotganinigni ko'rmaydigan odamni eng to'g'ri javobi bu. Shundan kelib chiqib sevgilimga ham xudo insofni o'ziga bersin deyman, boshqa nima ham derdim. Ikkinchidan, bu shunchaki o'zimni hayollarim edi, buni unga jo'natmayman ham.
Mardlik va donolik haqida menimcha sizni nimani nazarda tutganingizni tushungandim.Nafsoniyat, asossis tanqid..- bular hayot inom qilgan qiyinchiliklardir. Bu masalalarni butunlay hal qilaman deyish.. bilmadim. Keyin siz, menimcha , mardlik va donolikni faqat kurash bilan izohlayapsiz.
Xayotni bunaqangi kurashlar ostida o'tkazib yuboradigan bo'lsak, unda biz qurmoqchi bo'lgan "buyuk kelajak" nima bo'ladi, unda yashashdan ma'ni qani. Masala haqida emas, balki masalani qanday echish haqida o'ylash muhimroqdir.
Xuyllas, hamma xar xil fikrlaydi, lekin ko'p hollarda xulosa yagona bo'ladi, buni esa vaqt ko'rsatadi. Bu esa meni fikrlarim

Darvoqe, Bayramlar muborak bo'lsin
omon bo'ling

Pythagor
03-20-2005, 12:25 PM
...Tanqid masalasiga keladigan bulsak, bazi mulohazalarim bor! Tanqidga dosh berib, uziga hulosa chiqargan odam mard va dono deb aytganimni sababi quyidagicha!
Uning mardligi, uziga uzi qarshi chiqa olganligi, uz dushmanini bulsada haqqoniy tanqidini qabul qila olganligidadir!
Bu har kimning qulidan ham kelavermaydi!
Odam degan nomimiz bor, nafsoniyat degan narsa bor!
Birov kelib sizga aql urgatsa kimga yoqadi?
Tanqidga dosh bera olgan odamning donoligi shuki, u haqqoniy tanqiddan, asossiz, tanqidni ajrata biladi! Asossiz tanqidga mos javob qaytara oladi!
Hullas shunaqa gaplar. soat 4 bumagan busa ham, ancha kech!
Yana gaplashamiz online.

Qahramon zo'r yozibsiz.

Masanori men nimagadir sizning mana shu fikringizga avval ham hozir ham qo'shila olmayapman... :rolleyes: .

Meni nazarimda sizni fikrlaringizdan, paqat tanqid ostida qolgan odam inson bo'ladi degan xulosa kelib chiqayapti...

Omadlar.

Aysuluv
03-20-2005, 01:41 PM
Qahramon, dilimdagini yozibsiz.

Lekin Masanorining ham fikrlarida jon bor. Menimcha u kishi faqat tanqidni yengganlargina inson demoqchimas, balkim shungacha bo'lgan yo'lni nazarda tutkandir, bilmadim. A bu yo'l esa har kimda har qil...

Fikrlaringiz menga juda yoqdi. Hayotni uzi qiziq. Har kun, har dam saboq olib keladi anglagan odamga... Hechdan kech yaqshi deganlaridek, shu hayot darslarini vaqtida bo'maganda ham baribir tushinib, undan tug'ri hulosa chiqarib, shunga yarasha harakat qilish menimcha notug'ri yo'l bo'lmasa kerak qisqa izoh berganda.

Qahramon, tug'ri gapingiz, har kimga, do'stka ham, dushmanga ham qudo uzi insof bersinda... :)

Hurmat ila esonlik tilab

Aysuluv
03-21-2005, 01:09 PM
Fikrlashni davom ettiramizmi? Shu mavzudan chiqmasdan bugun kuzimga tashlangan bitta citatani sizlar bilan baham ko'rmoqchiman.

Yani nemis yozuvchisi Erich Kaestnerning aytishicha "Tol'ko tot, kotoriy stanet vsroslim i pri etom ostayotsya rebyonkom, yavlyaetsya chelovekom" - osonligi uchun russhaga tarjimaladim.

Aytmoqchiki, qalbida bolalik beg'uborlikni asrab qolgan odamgina insondir.
Shu haqda fikrlaringizni bilmoqchidim. Iltimos javoblaringizni yozinglar.

Godunov
04-05-2005, 07:28 AM

Salom Aysuluv,
Tarjimangiz to'g'ri bo'lsa uni teskarisi ham o'rinli ekanmi, matematika tili bilan aytganda tarjimani etarli ham deb qarash mumkinmi, yoki bu faqat zaruriy shartmi, demoqchimanki, qalbida bolalik beg'uborligini asrab qolmagan odam inson emasmi?
Bolalik beg'uborligi deganda nimani nazarda tutyapsiz? Xaqiqiy ma'nodagi beg'uborlikni nazarda tutayotgan bo'lsangiz , bunday holda men siz bilan(bir vaqtda Erich Kaestner bilan) kelisholmayman.
Sababi bolalikni eslab qolish darajadagi "beg'ubor" ligi, umuman olganda bizga bog'liq emas. Ko'pgina mashhur insonlarni bolaligi " beg'ubor" o'tmagan, yurishibdi inson bo'lib, yozuvchilik, shoirlik vahokozolar qilib

Omon bo'ling

hangug
04-06-2005, 03:43 AM

Aysuluv, Donolik kamtarlikdamidi, yo dohiylikmi di ;) , hullas manimcha bu ikkita aytilgan gaplar bir biriga yaqin.

Dil
04-06-2005, 04:03 AM
O`rtoqlar, qattan chiqqan odat birovni qab kechinmalarini tanqid qilish. U uning qalbi va u erga hech kimni aralashishiga haqqi yoq.Ba`zida inson oilasidan yiroq bo`lganida uni tushunadigan, qo`llab quvvatlaydigan hamfikr izlaydi.

To Qahramon: Menga juda yoqdi. Dilingiz hamisha ana shunday musaffo tuyg`ular bilan hamohang bo`lsin! Sog`inch insonlar qalbini go`zallashtiradi...

To Masanori: Sizdan yahshi tanqidchi chiqishi mumkin.Lekin bu borada yaponlardan bir oz tajriba almashsangiz zarar qilmas.:))) gomen..

akamullo
04-06-2005, 05:21 AM
Salom hammaga,
balki siz ham qalb kechinmalaringizni, xayollaringizni shu Thread orqali boshqalar bilan baham ko'rarsis, ma'qul topsangiz albatta.
----
Salom azizim, boshida sizni bezovta qilish niyatim yo'q edi,
xayollar tinch qo'ymadi meni, kechadan beri nima uchundir meni tushkun kayfiyat qamrab olgan, nihoyat sizga yozishni ma'qul ko'rdim, rosti nima haqida yozishni ham bilmayman,meni o'qishlarim asta-sekin ketayapti, ko'p ishlashim kerak, keling biroz hayot falsafalari haqida gaplashamiz, masalan, "Biz nima uchun yashayapmiz" , mayli bu mavzuni qo'ya qolay, boshqa narsalar haqida yoza qolaman. Bir do'stimiz o'z suhbatida "Tanqidga dosh berib, uziga hulosa chiqargan inson - mard va dono insondir!" degan edi. O'zimcha tahlil qildim.
Umrim davomida molim yomon degan kimsani ko'rmadim, har qanday nodon ham o'ziga baho berishga kelganda men haqman, bu hayot maydonida men yutib chiqishim kerak deb o'ylar ekan. Xo'sh nima bo'pti, odam borki azaldan shunday, balki shunday yaratilgandir deyishingiz mumkin. Keling bu fikrlarni biroz mulohaza qilaylik, bordiyu aksi bo'lib odam o'z nomiga yarasha o'ziga o'zi to'g'ri baho beraolsa, tanqid ko'zi bilan qaray olsa unda nima yuz beradi. Unda odam insonga aylanadi, bunday fikrlay olgan rostdan ham mard va donodir. Mardligi shundaki u taqdir inom qilgan qiyinchiliklarga bardosh berib o'ziga o'zi to'g'ri xulosa chiqara olayapti, hayotga to'g'ri ko'z bilan qaray olayapti, shu vaqtgacha o'tgan (balkim, achinarli) umrini sarhisob qilib bundan keyingi maqsad qilingan porloq hayot ma'suliyatini o'z qo'liga olayapti, donoligi esa uninig mardligidadir, o'zini-o'zini anglay boshlayotganidadir, o'zining va atrofdagilarninig jismoniy va ruhiy holatiga ta'sir qiladigan salbiy illatlardan qochib, buyuk narsalar haqida o'ylayotganidir.
Azizim, keling biz ham o'zimizni-o'zimiz taftish qilib "buyuk kelajak" haqida o'ylaylik, buyog'iga xato qilmaslik kerak, mayli biz qurmoqchi bo'lgan "buyuk kelajak" yo'lida biroz tajribasizlik, bilimsizlik natizasida qilingan mayda-chuyda xatolar unitilar, muhimi har bir minutda o'zimizga-o'zimiz hisob berib tursak bo'ldi, axir bizni "buyuk kelajak" kutmoqda. Maqsadga erishish uchun bizda kuch ham sabr-bardosh ham etarli, bizga faqat biroz bilim va tajriba bo'lsa bas. So'rashingiz mumkin, umr-chi?. Bu yog'i xudoni ishi azizim, meni aqlim etgani shu, hayot hali oldinda, tinimsiz intilib yashayversak, barchasiga etishamiz, ulguramiz hammasiga, ulgurolmasak.. farzandlarimiz, hayotni mazmuni ham shu bo'lsa kerak, muhimi biz vijdonimiz oldida javob berib pok yashaymizku. Umrimiz davomida qachondir balki biz anglarmiz nima uchun yashayotganimizni, balki biz qo'ygan maqsad- "buyuk kelajak" bizninig mana shunday yashaganimiz bo'lib chiqar, azizim....uff, soat ham 4 bo'libdi, vaqt bunchalar ham shoshmasa, mayli sizni ham qaerdagi gaplar bilan boshingizni qotirib tashladim, buninig ustiga ertadan keyin bayram, bayramga nima tayyorgarlik ko'rdinglar, hoynahoy har yilgiday sumalak qilgandirsizlar, meni eslarsizlar, sizlarni, qo'shnilarni hatto, eslaganda yuragim o'rtanadigan barcha-barchangizni sog'indim, Barchangiz meni do'stimsiz. Azizim, sizni men aqlsizlarcha sevaman...o'zing qo'llaginda xudoyim.
Afsus, qani edi sen ham buni o'qiganingda...

Kahramon

hmm...no doubt..Dil fikrizga qoshilaman..

Aysuluv
04-06-2005, 08:59 AM
Salom Aysuluv,
Tarjimangiz to'g'ri bo'lsa uni teskarisi ham o'rinli ekanmi, matematika tili bilan aytganda tarjimani etarli ham deb qarash mumkinmi, yoki bu faqat zaruriy shartmi, demoqchimanki, qalbida bolalik beg'uborligini asrab qolmagan odam inson emasmi?
Bolalik beg'uborligi deganda nimani nazarda tutyapsiz? Xaqiqiy ma'nodagi beg'uborlikni nazarda tutayotgan bo'lsangiz , bunday holda men siz bilan(bir vaqtda Erich Kaestner bilan) kelisholmayman.
Sababi bolalikni eslab qolish darajadagi "beg'ubor" ligi, umuman olganda bizga bog'liq emas. Ko'pgina mashhur insonlarni bolaligi " beg'ubor" o'tmagan, yurishibdi inson bo'lib, yozuvchilik, shoirlik vahokozolar qilib

Omon bo'ling

upward, men aytmagandimku shu kishining fikri menga hamohang bo'lyapti deb. Faqatgina shu threadni o'qigan kunim ana shu citatani ham reklamada o'qib qoldim. Shunga bu yerga qo'ygan edim fikrlarni bilish uchun.
Meni ham qiziqtirib qolgandi u kishining citatasidagi "tol'ko" deb ajratib qo'ygani. Shunga sizlarning izohingizga qo'ygandim. Ana bitta fikrni ham eshitdik va men bunga hech ham qarshimasman. Chunki taqdirlar har qil bo'ladi va haqiyqiy insoniylikka olib borguchi yo'llar ham har qil...

Aysuluv
04-06-2005, 09:00 AM
Aysuluv, Donolik kamtarlikdamidi, yo dohiylikmi di ;) , hullas manimcha bu ikkita aytilgan gaplar bir biriga yaqin.

hypersonic, bu savolmi? Yoki retorik savolmi? Dohiylikni tushintiring, iltimos. Va yana bir narsa: Bu savol nimaga tug'ilib qoldi sizda? :rolleyes:

Godunov
04-06-2005, 05:17 PM
O`rtoqlar, qattan chiqqan odat birovni qab kechinmalarini tanqid qilish. U uning qalbi va u erga hech kimni aralashishiga haqqi yoq.Ba`zida inson oilasidan yiroq bo`lganida uni tushunadigan, qo`llab quvvatlaydigan hamfikr izlaydi.

To Qahramon: Menga juda yoqdi. Dilingiz hamisha ana shunday musaffo tuyg`ular bilan hamohang bo`lsin! Sog`inch insonlar qalbini go`zallashtiradi...

To Masanori: Sizdan yahshi tanqidchi chiqishi mumkin.Lekin bu borada yaponlardan bir oz tajriba almashsangiz zarar qilmas.:))) gomen..

.
Dil, yaxshi tilaklaringiz uchun raxmat, the same to you
menga shu "Sog`inch insonlar qalbini go`zallashtiradi..." gapingiz yoqdi,
Men mana shu sog'inch orqali Vatanni kashf qildim, vatan degan tushunchaga o'z ta'rifimni topdim, ya'ni meni nazarimda "Vatan bu mehr ko'rgan joy" . Haqiqatan ham ko'pchilik vatanni kindik qoni to'kilgan joy,ota-ona, qarindosh, uy-ostona vahokozo ta'riflar bilan ta'riflashadi. Men bunga umuman olganda qarshi emasman, rostdan ham ko'pchiligimiz uyda ko'rgan mehrni hech qaerda ko'rmaymiz, ayniqsa u beg'ubor onlarimizdan qonimizga singan, men ham bir vaqtlar vatan-bu ostonadan boshlanadi deb yurardimu lekin uni his qilmasdim. Lekin, bu ta'riflarga bir qarama - qarshi fikr paydo bo'layapti, bordiyu agar biz yoshligimizdan mehr ko'rmagan bo'lsak, qanaqangidir eslagnda yurak g'ashlanadigan holatlarni boshimizdan kechirgan bo'lsak(umuman, menimcha hamma ham bunaqangi xotiralarni eslasni hohlamaydi), unda vatan bu uydir degan ta'rif bilan qarama-qarshilikka kelib qolayapmiz. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, vatan bu biz erkin nafas olgan, baxtli onlarimiz o'tgan(organizmda moddalar almashinuvi yaxshi kechgan), eslaganda sog'inchdan yuragimiz o'rtanadigan kishilar, muhitlar, joylarmikin deb yuqoridagi ta'rifni topdim.

Fikrlaringiz samimiyat bilan qabul qilinadi :D
hammaga omad

Godunov
04-06-2005, 05:36 PM
upward, men aytmagandimku shu kishining fikri menga hamohang bo'lyapti deb. Faqatgina shu threadni o'qigan kunim ana shu citatani ham reklamada o'qib qoldim. Shunga bu yerga qo'ygan edim fikrlarni bilish uchun.
Meni ham qiziqtirib qolgandi u kishining citatasidagi "tol'ko" deb ajratib qo'ygani. Shunga sizlarning izohingizga qo'ygandim. Ana bitta fikrni ham eshitdik va men bunga hech ham qarshimasman. Chunki taqdirlar har qil bo'ladi va haqiyqiy insoniylikka olib borguchi yo'llar ham har qil...

Aysuluv, Uzrimni qabul qiling :frndshp:

Aysuluv
04-07-2005, 12:11 PM
Aysuluv, Uzrimni qabul qiling :frndshp:

Hech kisi yo'q, Upward, bunaqa arzimaydigan tushinmovchiliklar bo'p turadi. Shuni lekin vaqtida anglab yetib, oldini olgan yaqshi menimcha. :)
Fikrlaringizga kelsak, qo'shilaman.

Godunov
04-29-2006, 01:59 PM
Salom do'stim,
Taqdir taqozosi bilan yaxshi kuningizda yelkadosh bo'lish - to'yingizga qatnashish nasib qilmabdi shekilli, ko'p afsusdaman, lekin umid qilamanki biz bir-birimizni ko'nglimizga yo'l topa oladigan har doimgi to'pori do'stlarmiz. Olisdan bo'lsada tilaklarimni qabul etasiz degan umiddaman.
Do'stim, hayot shunshalik go'sal va maftunkor, faqat uni ma'nan anglay olsakkina uninig qadriga eta olamiz. Vaholanki, "Nikohdan ko'zda tutilgan maqsad ham jismoniy yaqinlashish orqali ma'naviy birlikka erishishdir" degan ekan M.Gandi - bu ayni haqiqat. Nima ham derdim, OLLOX sizga shu ma'naviy birlikka erishishda chinakkam-xaqiqiy yor ato qilgan bo'lsin, baxt bersin, salomatlik bersin, kuch bersin va umr bersin.
Duo qilmoqdan o'zga choram yo'q. Kelinni qadami qutlug' bo'lsin, muborak bo'lsin, muborak bo'lsin!

Mas'ud
05-03-2006, 02:53 AM
Taqdiringdan bugun ketaman abad,
Boshqa yo'lga butkul bo'lgum ravona.
Yurak hislariga etmay itoat,
Shu kundan men senga tamom begona.

Ha! Sevaman. Buni etmayman inkor,
Behuda emasdi ko'ngil izhorim.
Shubhalar hammasi, hammasi bekor,
Sababi bu emas qat'iy qarorim.

Bugun tushundim men taqdir hazilin,
Bugun menga ayon zim-ziyo sirlar,
Bugun bildim tenging emasligimni,
Bugun ko'z yoshlaring qalbimni tirnar.

Yo'q! "Taqdir" atalmish muhtasham saroy,
Bizlar ikkimiz chun ko'tarmagan qad.
Bahor ham shunchalar bersa-da chiroy,
Birga ko'rolmaydi bizlarni faqat.

Uzr so'ramayman ketish oldidan,
Chunki sevish, ahir, emas-ku gunoh,
Bosh olib bu yerdan, sening vaslingdan,
Qayerdan, bilmayman, topaman panoh?!

Ho'p mayli, uz endi sevging rishtasin,
"O'z baxting topgin", -deb qilaman nido.
Yagona tilagim: Qayg'u neligin,
Bilmasdan yashagin.
Hayr! Alvido!!!

hurmat ila......JaruleUZB...

Bonik
05-09-2006, 10:56 AM
Salom Kahramon.
Agar shunaqa falsafa bilan sevgilingizni boshini qotiradigan bulsangiz,
boshqasini oldiga qochib ketadi. :D !!!!
Tanqid masalasiga keladigan bulsak, bazi mulohazalarim bor!
Tanqidga dosh berib, uziga hulosa chiqargan odam mard va dono deb aytganimni sababi quyidagicha!
Uning mardligi, uziga uzi qarshi chiqa olganligi, uz dushmanini bulsada haqqoniy tanqidini qabul qila olganligidadir!
Bu har kimning qulidan ham kelavermaydi!
Odam degan nomimiz bor, nafsoniyat degan narsa bor!
Birov kelib sizga aql urgatsa kimga yoqadi?
Tanqidga dosh bera olgan odamning donoligi shuki, u haqqoniy tanqiddan, asossiz, tanqidni ajrata biladi! Asossiz tanqidga mos javob qaytara oladi!
Hullas shunaqa gaplar. soat 4 bumagan busa ham, ancha kech!
Yana gaplashamiz online.

Eh Masa Masa!

Shu biz tomonlarga kelsang ko'p ko'p gaplashar edik. Masa, birovni tanqid qilishdan oldin odam o'ziga tashqaridan qaray bilishi kerak. Man sani gallerydagi rasmlaringni va saitingni ko'rib allambalo hayollarga boraman... nan jin desu ka ?

Yuqoridagi gaplaring bilasanmi nimaga o'hshaydi? Ichvolib mast bo'b qolgan "samuray"lik haqida 1-2 gap biladigan studentning gaplari ;)

To'g'ri samuraylar mard bo'lishgan lekin ularni qalbida shoirlik ham bor bo'lganku? Haiku degan allambalo narsalarni filosofik tarzda yozishganku?

Qolaversa, bir erkak o'zi bilganicha o'z hissiyotlaridan kelib chiqib ichidagi dardini engillashi uchun u bu fikr keltirgan bo'lsa buni nimasi yomon?!!!

Koroche bugun reysim porotx bo'ldi... kayfiyatim ham yuq. Tak chto oshirvorgan bo'sam, yahshi niyatta yozdim, har holda Dilshoddaysan man uchun.

Bonik
05-09-2006, 11:01 AM
Bugun esladim seni qalbim chirog'i
Kunu tunni sanayman sog'indim seni
Jonim quvonchisan, ko'nglim kaliti
Yo'llar qarab yotaman kutib men seni...

P.S. Musofir yurtda odam umr yo'ldoshiga o'rganib qolarkan :)

Masanori
05-09-2006, 11:25 AM
Bugun esladim seni qalbim chirog'i
Kunu tunni sanayman sog'indim seni
Jonim quvonchisan, ko'nglim kaliti
Yo'llar qarab yotaman kutib men seni...

P.S. Musofir yurtda odam umr yo'ldoshiga o'rganib qolarkan :)
tanqid uchun rahmat! ;) har holda sizdan kup narsani urganganmiz! fikrizga tuliq qushilaman, odam avvalambor uzini tanqid qila bilishi lozim! shu narsa manda sal rivojlanmagan, tak chto boshqalarni tanqidiga muhtojman :)

musofirchilik haqida gapirmen lekin, sizku borib kelib yuribsiz, japandagilar...:(

Anunda bittasidan hat ogandim (tabassum qilib turgan rasmi bilan)

Tabassum lutf aylasa gar, nigorim,
Kuzlarimdan chashma bulur yosh,
Sabab, firoq o`tiga tashlab jonim,
Kulib turar ul qalbi tosh.

masa

Mas'ud
05-11-2006, 03:17 AM
Ohunjon Madalievning ushbu qo'shig'i juda yahshi aytilgan a?....

Tog' lolasi...

Esingdamu tog lolasini,
Ko'kragingga taqib quyganim?
Esingdamu dil navosini,
Kuylab turib boqip quyganim?

Esingdamu buloq boshida,
Kuylagingga suv sachratib men
Kulib qochganingda ushanda,
Kuvlap kokilingdan tutganim?

Kechir meni ranjitgan bulsam,
Siyo zulfing ushlab yuragim.
Kechir meni ogritgan bulsam,
Qora soching ushlab yuraging.

Shuhlik bilan tortibman bilsam
Nozikkina oppoq bilaging
Shuhlik bilan tortibman bilsam
Nozikkina oppoq bilaging

Faqat yorim sendan iltimos
Gul sayliga boraylik yana
Yillar ortga qaytsin kel bir oooz
O'ynashaylik yur oshiqona

Endi navbat seniki mayli
Kuylagimga suv sachratib ut
Lolazorda birga qolaylik
Ne istasang murodingga et...

Bonik
05-11-2006, 12:13 PM
Ohunjon Madalievning ushbu qo'shig'i juda yahshi aytilgan a?....

Tog' lolasi...

juda uyatsiz sher ekan lekin JaruleBek ;)

unaqamasde... maxnoni tagida g'ij-g'ij maxno yotibdiyu bu sherda.

A tak 13 yil oldin 9 sinfdaligimda Kamola degan sinfdoshimni qo'lini qayirib chiqarib quygandim :) behosdan. Ertasi kuni gipsda kegandi bechora....

Eeeeehhh yoshlik beboshlik...

Martingale
05-11-2006, 02:12 PM
A tak 13 yil oldin 9 sinfdaligimda Kamola degan sinfdoshimni qo'lini qayirib chiqarib quygandim :) behosdan. Ertasi kuni gipsda kegandi bechora....

Eeeeehhh yoshlik beboshlik...

:lol: Bonik aka, ja shuh bugan ekansizku.:lol:

qulini behosdan chiqarib quyarkanmi?:lol:

Mas'ud
07-21-2006, 04:03 AM
Ishq hididan bo'lib devona,
Ko'klam nafsin tuydim o'rtanib.
Va Ollohga aytdim shukrona,
Vatanimga kelganda bahor.

Boychechakni olib mo'ysafid,
Ko'zga surib oladi mador.
Go'zallikka bo'lasiz shohid,
Vatanimga kelganda bahor.

Qizlar yasar sochpopuk,toldan,
Qushlar sayrab, tolmaydi holdan,
Bo'ling endi forig' hayoldan,
Vatanimga kelganda bahor.

hurmat ila...JaruleUZB

Webmaster
07-24-2006, 05:33 AM
Sog'inch....... ba'zida juda shirin tuyuladi bu tuyg'u , ba'zida esa shunaqangi chidab bo'lmas azob beradi u.... Xayolingizni xar narsadan olib qo'yar ekan..... Lekin bir gap sizga Qaxramon: Sevgi, sog'inch bu xammasi agar ikkala qalbda bor bo'lsa yaxshi.... Bir odam sog'inib ikkinchisi buni qadriga etmasa bundan ne foyda???? O'rtada keyinchalik faqat alam, afsus va o'kinish qoladi xolos.... Ne bo'lganda xam , Baxt tilayman!!

Belgiumbek
07-25-2006, 03:48 PM
Qalbim meni qushday uchgusi kelar
Qalbim meni daryoday jo'shgusi kelar
Bu qalb senga menga ham yetar
Seni ko'rsa shu qalbim tir-tir titrar

Qalbim meni bu yagona sen
Qalbing seni bu devona men
Sensiz Farxod sensiz Majnunmen
Bilmasam visolingga nechog yetgaymen

Joke(kamina)...

Mas'ud
07-26-2006, 01:07 AM
Shu kecha yolg’izlik meni qiynaydi,
Sog’inish dardiga bo’ldim mubtalo.
Hukmron jimjitlik bag’rim tirnaydi,
Qalbim huvillaydi misli karbalo.

Ko’nglim torlarining mungli nolasi,
Haydalish kuyini chalar tinmayin.
Yuragim ko’z yoshin sho’x shalolasi,
Bardoshim sinaydi balki atayin?

Balki rutubatning tubsiz qa’riga,
Tashlab sinamoqni istaydimi, u?
Mushkulot dunyosin sirli bag’riga,
Taklif etib meni ulashar qayg’u?

Bilmayman, nima u – bag’rim tig’lagan,
Bevafo sevgining makkor malagi.
Men yolg’iz emasman, mening ortimda,
Umid bor, ishonch bor, so’ngsiz tilagim!

2004

hurmat ila...

Mas'ud
07-27-2006, 05:16 AM
***/***
Erkam, bu yerlardan ketamizmi, ayt
Ezgulik hukmron o’zga yerlarga?
Shirin orzularga yetamizmi ayt?
Juda ham tashnadir qalb mehrlarga

Bir marom hayotdan zerikdim rosti,
Odatiy ishlarim ham mendan hayron.
Do’stlarim o’ylashar: “aqldan ozdi”,
Chunki ko’ngillarin etibman vayron.

Olam faqat sendan iborat go’yo,
Hushim kayfiyating totli mevasi.
Kulib, sen ham bag’rim tilasanmi, yo?
Olov yoshligimning sho’x durdonasi

Shovqindan zerikdim. Tumonat odam,
Hamisha, har joyda hozir-u nozir.
Ne qilmay, qay yurmay sanashar qadam,
Shu sabab ketishga ahd qildim hozir.

Ketaman osuda hayot qurgani,
Unda yomonlikdan bo’lmaydi asar.
Va yashab bilganim, nelar ko’rganim,
Yoritib, sen uchun yozaman asar.

Unda bo’lar hayol, dardim o’ylarim,
Va kichik olamim etar ifoda.
Unda mujassamdir she’rim kuylarim,
Va umrim mazmuni – metin iroda...

Erkam, bu yerlardan ketamizmi, ayt?

hurmat ila...JaruleUZB...27/07/2006

Mas'ud
08-23-2006, 10:14 PM
Menga qanot bering, xalqim dardlarin,
Olib borib tashlay tog’lar ortiga.
Rutubat hukm etgan tunlarning barin,
Yo’latmay yashayin mardlar yurtiga.

Menga qanot bering. Erkin qush misol,
Jannatdek bog’larim ko’z-ko’z etayin.
Elimga jilmaysa ko’kdagi hilol,
Ming yillik orzular ro’yosi tayin.

Qanot bering, uchay, O’zbek oyim ham,
Huzuriga meni chorlar kuyunib.
Bugungi o’zbegim qizin tarbiya
Etmoqlik istagin aytar suyunib.

Besalom, besavod yoshlarga qarab,
Mo’ysafid xo’rsinib silkitar boshin.
G’amingiz beringiz menga otajon,
Dunyolar ko’rmasin ko’zingiz yoshin.

Qanotga muhtojman, Vatanim kabi,
Ajdodlar ruhlari bizlarga hamroh.
Bizlarkim – ulug’lar nasl-nasabi,
Bukun osmonlardan izlaymiz panoh.

Menga qanot bering…

hurmat ila...JaruleUZB

infolife
09-08-2006, 05:47 AM
Qalbim buncha nozik bo'lma, azizim
Ruhimga sen azob berma, azizim
Hazon barglaridek so'lma azizim
O'tkinchi dunyoning g'am tashvishidan

Hayolim hayotga teng kelmas aslo
Ko'kragim yurakka keng kelmas aslo
Eng yahshi deganda eng kelmas aslo
Bekamu ko'sti ko'p kamli dunyoning

Charxpalak aylanar bir baland bir past
O'ylarim bezarar, aylab ko'nglim mast
Yasharman hayotga qilib qasdma-qasd
Tuganmas armoni yorug' dunyoning.

Qalbim, yaralanma, tetik bo'l biroz
Ko'pi ketib balkim qolgani bir oz
Biri kam dunyoga qilmagin araz
Arazchiga arzi bordir dunyoning.

21.7.06
LS
infolife

Mas'ud
09-11-2006, 04:32 AM
...Dilimda tasvirlab bo'lmas bir surur,
O'zgacha zavq berar olgan nafasim.
Zuhro yulduz misol taratguvchi nur
Tabassum yuzlarga kelar havasim.

Borliq go'zalligin atrofga sochgan,
Iforlar keltirib esadi nasim.
Hayoli o'g'irlab oylarga qochgan,
Zulfing torlariga kelar havasim.

O'ylanib qolaman...Goh o'yim ro'yo,
Gohida nuqtaga tikilaman jim.
Hayotdan minnatdor, ham mehridaryo,
Qalbi butunlarga kelar havasim.

Yuragim orziqib, o'rtanar jonim,
Quvonchli kunlarim yodga solib zum...
Bu yorug' olamda hech yo'q armoni,
Baxtli insonlarga kelar havasim.

Yuzlandim necha bor ming turli ko'zga,
Zor bo'ldim bir og'iz darmonli so'zga,
Har erdan izladim, topmadim o'zga,
Sening ko'zlaringga kelar havasim...

*****ga

Mas'ud
10-23-2006, 05:21 AM
Dardlarimdan bugun siqilib ketdim,
Dunyo ko'zlarimga ko'rinda tor.
Gohi bir nuqtaga tikilgancha jim,
O'ylanib... so'ng yana yumaman ko'zim.

Ming mudxish hayollar boshimda chigal,
Asabim torlarin tortadi tarang.
Sovib ketgandayin dunyodan tugal,
Ko'zlarim toliqib ochaman arang...

Sevgimdan ayrildim bu kun do'stlarim,
Ishq so'zi shu kundan menga begona.
To'yib ichmoqlikni istaydi dilim,
Yuragim qidirar mayga hamxona...

JaruleUZB

svitok
11-07-2006, 04:13 AM
eh qalbim meni, dunyoda yagonam meni, butun borligim kuzimni qarosi, tushlarim sohibi, qalbim egasi, yorug yulduzim, hayotim mazmuni, qalbimni yondirib kul qilgan, bu dunyoda boru yogim......

Svitok!

Mas'ud
11-10-2006, 06:22 AM
Äàôòàðèì ÷åòèäà...

Äàôòàðèì ÷åòèäà ғàëàò ҳîøèÿ;
Ýñëàé îëîëìàéìàí íåãà қ¢éãàíèì.
Áèð қóâíîқ êóíèìäàí áàëêè õîòèðà?
Áàëêè áåëãèñèäèð èëê áîð ñåâãàíèì?

Áàëêè ä¢ñòëàðèìíèíã à÷÷èқ ҳàçèëèí,
Ҳàçì қèëà îëìàé қ¢éãàíìàí óíè?
Áàëêè ҳà¸òèìíèíã ñèëñèëàñèíè,
¡çãàðòèðìîқ á¢ëãàí ìàқñàäèì êóíè?

Èëê áîð қàðøèëèêäàí óìèäñèçëàíèá,
Ҳà¸òäàí ò¢éãàíèì íèøîíèäèð ó?
¨ êåëãàí îìàäèìäàíìè, ðóҳëàíèá,
Èôîäàëàá қ¢éãàí áèð àæèá òóéғó?

Äàôòàðèì ÷åòèäà áó ғàëàò ÷èçèқ.
Íå á¢ëñà ҳàì óíè ýñëàá þðàìàí.
Øèðèí îðçóëàðèì ð¢¸ñèí òóçèá,
Ôàқàò áàõòäàí äåÿ óìèä қèëàìàí

hurmat ila...

DIDO
11-10-2006, 08:02 AM
Ruhim tushkin, hayot g’amgin kechadi
Izlab seni nigohimla kezaman.
Topolmagan mendek telba nechadi
Yo’g’ingda ham seni shunday sevaman.

Yodingdami moviy osmon, chiroyli quyosh
Ishqidan mast edi yelkandagi bosh.
Sarxush damlarni endi tushda ko’raman
Bilgin, seni juda qattiq sevaman.

Tunlar uzoq ayriliqning yo’q cheki
Dardim meni aylar ushbu qarorni
Aqlu xushdan ketolmaysan sen beri
Balki shu chun seni juda sevaman!

2005

Student06
11-10-2006, 01:04 PM
Sog'indim men seni, ko'rgim keladi.
Lekin aytolmayman buni h'ech kimga.
Tong yulduzi menga savol beradi
"Ko'zlaringda yoshlar qurimas, nega?"
Sog'indim men seni, Ko'rgim keladi
Hijron azobida yonadi yurak
Yuzingni hotirlab qalb talpinadi
Ovozing tinglamoq birdan-bir tilak.
Sog'indim. Yuragim yoshlar to'kadi
Ruhim qanot yoydi uchmoqni istab.
Faqat... Jismim uni qamab qo'ygandi
Yuragim dardida qoldi qon yoglab...
Sogindim.Osmonga soginchlarimni,
Men yoysam, yulduzlar oyga eltdilar.
Oy yuziga tortib hira pardani
Jim Qoldi. Yulduzlar o'yga toldilar...
Sogindim men seni. Kelmaysan nega?
Visol had'ya qilgin mening qalbimga?!
Sogindim men seni. Juda sogindim...
Lekin aytolmayman buni h'ech kimga...

Mas'ud
11-10-2006, 01:06 PM
Ruhim tushkin, hayot g’amgin kechadi
Izlab seni nigohimla kezaman.
Topolmagan mendek telba nechadi
Yo’g’ingda ham seni shunday sevaman.

Yodingdami moviy osmon, chiroyli quyosh
Ishqidan mast edi yelkandagi bosh.
Sarxush damlarni endi tushda ko’raman
Bilgin, seni juda qattiq sevaman.

Tunlar uzoq ayriliqning yo’q cheki
Dardim meni aylar ushbu qarorni
Aqlu xushdan ketolmaysan sen beri
Balki shu chun seni juda sevaman!

2005

Sevaman...
uch bo'g'in, lek sirli kalom,
Necha ming yigitlar egganlar boshin.
Shu so'z zamirida mavjuddir zamin,
Shu so'zdan o'rtanar yuraklar mudom.

Sevaman...
Oddiy bir izhor emas bu,
Bunda mujassamdir eng nozik tuyg'u.
Erimiz quyoshdan olgan kabi nur,
Odamzot yasharkan dunyoda mangu!

hurmat ila...JaruleUZB

Mas'ud
11-10-2006, 01:17 PM
...Sogindim men seni. Juda sogindim...
Lekin aytolmayman buni h'ech kimga...

Seni hamon sog'inaman,
Hayolimda erkalab.
Shirin-shirin tushlarimdan,
Uyg'onaman ertalab...
...Osmon to'la yulduzlarga
Oy ham nurin sochadi.
Samo esa hayolimni,
Olis olib qochadi.
Tuni bo'yi osmon qarab,
Yulduzimiz izladim,
Oymomadan seni so'rab,
Yig'lab-siqtab, bo'zladim.
Aytgan eding yulduzlar ham,
Erur hayot chirog'i.
Har biri ham bir insonning
Umr bog'in bulog'i.
Yulduzimning bir umrga,
O'chmasligin tilading,
Ajab sening o'sha damda,
Hipqirardi yuraging.
Izhoringni aytolmayin,
Yo sinading bardoshim.
Bilmasmiding yonginangda,
Turganligin sirdoshing...
Mana yana yillar o'tib,
Keldim yana qoshingga.
Bilgin, aslo o'rin yo'qtir,
Maxzun ko'zu yoshingga.
Eshit, mening dildan aytgan,
Samimiyat chin so'zim.
"Sensan mening tole'imda,
Porlab turgan yulduzim!!!"

hurmat ila...JaruleUZB