PDA

View Full Version : Siz mendayin sevaolmaysiz


Akademik
03-21-2005, 10:07 PM
:music: Siz mendayin sevaolmaysiz


Ko,llarimda suratingiz.
Dardim og’ir bila olmaysiz
Yig’lamaydi yuragingiz.
Siz mendayin sevaolaysiz.

Chidaolmaysiz firoqlarga .
Hijron oddiy qiynoqlarga.
So’ng ketasiz yiroqlarga.
Siz mendayin sevaolmaysiz.

Siz tilagim desangiz ham.
Qon yuragim desangiz ham.
Yuz yil yig’lab sevsangiz ham.
Siz mendayin sevaolmaysiz.

Jonim beray o’zingizga.
Yor tikilib ko,zingizga.
Eh jabir qilmang o’zingizga.
Siz mendayin sevaolmaysiz.

Hayolimda nigohingiz.
Dardim og’ir bilaolmaysiz.
Chunki yolg’iz gunohingiz.
Siz mendayin sevaolmaysiz.

Asadbek
03-22-2005, 02:34 AM
Yaxshi yozibsiz. Rahmat.

Logoscience
03-22-2005, 06:37 AM
Ha, erkaklar baribir ayollarni o'ziga teng bilmaydi shekilli. ;)

Shu mavzuga doir:

Sevgimning keng ko'chasidan o'tmagansan.
Telba ko'nglim qo'llaridan tutmagansan.
Uzun tunlar bedor bo'lib oy misoli,
Oh, go'zalim sen mendayin kutmagansan.

Ishq ko'yida ko'zlarigdan sellar to'kib,
Bir umrga armonni yor etmagansan.
Hijron nomli ummonlarga cho'kib-cho'kib,
Oh, go'zalim sen mendayin kutmagansan.

Sarson bo'lib huvillagan ko'chalarda,
Azoblarni peshonangga bitmagansan.
Yolg'izlikda yonib so'ngsiz kechalarda,
Oh, go'zalim sen mendayin kutmagansan.

Yaratganga yetmaganda nolalaring,
Yuragingni pora-pora etmagansan.
Sevgi bo'lib sening yetim bolalaring,
Oh, go'zalim sen mendayin kutmagansan.

Aysuluv
03-22-2005, 12:35 PM
Ikkala she'rlar ham yaqshi yozilibdi...