PDA

View Full Version : Bu kun


Logoscience
03-22-2005, 07:08 AM
Boqsang boqib to'ymagan,
Ko'zlarim zordir bu kun.
Erkalatib o'ynagan,
Sochlaring dordir bu kun.

Armon otli sahroga,
Majnun etib saylangan,
Sen yor bo'lmagan dilda,
G'amlar bisyordir bu kun.

Najot kutib samodan,
Gohi she'r, goh navodan,
Kechib yorug' dunyodan,
Hayoti xordir bu kun.

Kutgani sarob bo'lib,
Ish qasri xarob bo'lib,
Yuragi g'amga to'lib,
Sochlari qordir bu kun.

Baxt unmaydi izida,
Azob balqir ko'zida,
Endi faqat o'zida,
Qolgani ordir bu kun.

Aysuluv
03-22-2005, 01:17 PM
"Qora ko'zli, shirin so'zli dilbarim,
Sendan o'zga sarvi yorim yo'q mening.
Toza gulistonim, mohi anvarim,
Hasratingdan hech qarorim yo'q mening.

Nozli dilbar, sensan vafoli jonon,
Husningning ravshiga bolurman hayron,
Shirin jonim bo'lsin yo'lingda qurbon,
Sendan uzga sarvi yorim yo'q mening.

On ikki pardaga ikki tor desa,
Yigit sabrin yo'qotar sarvi yor desa,
Ziywor aytar, hur-pariylar bor desa,
Sendan uzga sarvi yorim yo'q mening."

DIDO
03-23-2005, 03:54 PM
Bir kun keladi o`sha
Men seniki bo`lajak damlar.
Bir kun kuladi o`sha
Yig`laguvchi odamlar.
Bir kun ketaman qochib
Hayron bo`lmangiz shunda
Bir kun yonib ketaman
Baxtdan hapriqqan kezda.