View Full Version : O'zbek she'riyati Rauf Parfidan ayrildi
Asadbek
03-29-2005, 06:14 AM
Kecha, 28-mart kuni buyuk inson, O'zbekning ulug' va vatanparvar shoiri Rauf Parfi olamdan o'tgan.
Bu buyuk insonning joyi jannatda bo'lishini, oxirati obod bo'lishini tilab qolaman.
Shoirlar ba'zida she'rlarida o'limni tilga olishadi. Bu o'limni qo'msash yokí sog'inishmas, balkim o'lim kelganda yuz berajak voqealarni tasavvur qilish bo'lsa kerak. Aslida ham biz insonlarning qadrini ularning yo'qligida bilamiz... Marhum Rauf Parfi ham o'z qadri haqida yozib ketgan ekan...
Qadrli insonlarning qadri hech qachon yo'qolmasin!
*****
Ishq-vafodan so’zlaganlarim
Yetur senga ohu-fig’onim.
Yodga tushar bo’zlaganlarim
Men olamdan o’tganda, jonim.
Qaltirarsan ajib sezgidan,
Har bir so’zim – oshkor jahonim.
Judo bo’lding buyuk sevgidan-
Men olamdan o’tganda, jonim.
Sen qoshimdan keta olmassan,
Ko’zlaringda turarman yonib.
Sevgimni rad eta olmassan
Men olamdan o’tganda, jonim.
Rauf Parfi
Shoir ijodidan namunalar (http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/raufparfi.htm)
Alloh oz rahmatiga olgan bo`lsin...
Y 62 ¸øèäà îëàìäàí ¢òäè. "Õàëk øîèðè" óíâîíè áåðèëãàíèãà kàðàìàñäàí, äàâëàò íàøðè¸òëàðè îõèðãè ¢í éèëäà óíèíã áèðîíòà xàì êèòîáèíè ÷îï ýòìàãàíäè.http://www.bbc.co.uk/uzbek/news/story/2005/03/050329_raufparfi.shtml
Ohh, it's too bad.
I like his poems. We are gonna miss him for ever!
Turkiston degan she'ri bor, ohh, har kimda ham bunaqa jur'at topilavermaydi.
Afsus, ko`pincha qadriga yetmaydilar odamlar.
Olloh oxiratini obod qilsin.
Asadbek
03-29-2005, 01:32 PM
Marhum Rauf Parfining 40 dan oshiq she'rlarini ushbu sahifada (http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/raufparfi.htm) o'qishingiz mumkin. Hozirgina online qo'ydim.
She'rlarni to'plab jo'natgani uchun Samimiy akaga katta rahmat.
Aysuluv
03-29-2005, 02:15 PM
Marhum Rauf Parfining 40 dan oshiq she'rlarini ushbu sahifada (http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/raufparfi.htm) o'qishingiz mumkin. Hozirgina online qo'ydim.
She'rlarni to'plab jo'natgani uchun Samimiy akaga katta rahmat.
Shu paytkacha u kishini she'rlaridan xabarim yo'q edi. Sahifangiz uchun raxmat sizga! Mana bittasini tanlab ham oldim. Ruxsatingiz bilan:
Yolg'iz meni o'yla
Muncha g'amgin bo'lmasa o'ylar,
Hijron muncha bo'lmasa uzoq,
Meni o'yla, sog'inib o'yla,
Yo'lg'iz meni o'yla intizor,
Muncha g'amgin bo'lmasa o'ylar.
Hijron muncha bo'lmasa uzoq,
Holbuki, bir qadam o'rtada.
Oramizni kim buzdi, o'zi,
Inonkim, behuda o'rtadi.
Hijron muncha bo'lmasa uzoq.
Meni o'yla, sog'inib o'yla,
Aytsalar-da sevgi uzilgan,
Shunday ishonchsizlik tufayli,
Xafa bo'lma mendan - o'zingdan,
Meni o'yla, sog'inib o'yla.
Yo'lg'iz meni o'yla intizor,
O'ylaringda men yashay yakka,
Chunki sevgi atalgan azob
Qodir emas toq yashamakka.
Yo'lg'iz meni o'yla intizor.
Masanori
03-29-2005, 03:31 PM
Orzuim Turkiston deya atalmish tarqoq Vatanni bir butun kurmoq.
Bu shoir avtobiografiyasidan olingan suzlar edi
Martingale
03-29-2005, 03:34 PM
Orzuim Turkiston deya atalmish tarqoq Vatanni bir butun kurmoq.
Bu shoir avtobiografiyasidan olingan suzlar edi
Avtobiographiyasining sheriy shakli manga juda yoqqan. El hurmatiga sazovor inson! Hudo rahmat qilsin.
UzbekVoice
03-29-2005, 06:36 PM
Rauf Parfi - xalq sevgan mard shoir edi...
Xuddi rahmatlik Muhammad Yusuf kabi sodda va kamtarin shoir edi, unvonlaru mukofotlarga "sotilmagan" haqiqiy shoir edi...
Yaratgan o'zi rahmatiga olsin!
Gipsy Soul
03-29-2005, 08:22 PM
Rauf Parfi - xalq sevgan mard shoir edi...
Xuddi rahmatlik Muhammad Yusuf kabi sodda va kamtarin shoir edi, unvonlaru mukofotlarga "sotilmagan" haqiqiy shoir edi...
Yaratgan o'zi rahmatiga olsin!
gaplaringiz tog'rikuya..lekin nazarimda umrining songida.ozi orziqib kutgan usha MUSTAQILLIK yillarida bu shoir hammadan koproq horlandi...
mol davlat, shon shuhratku mayliya, u kishi zolari voz kechganla bularning baridan , lekin halq uchun yaratganlari halqqacha etib bormaganligi, bu kishining o'zi esa oilasi bilan butunlay nochor ahvolda qolishini kechirib bolmaydi....
Umrinign songiga qadar marhum shoir oilasi bilan qarovsiz yotoqhonada yashadi, uzoq davom etgan ogir hastalikdan vafot etdi....
http://www.ozodlik.org/domesticreports/society/uz/2005/03/70E54115-ADBD-4DCF-A739-BE06B977AB20.asp
gaplaringiz tog'rikuya..lekin nazarimda umrining songida.ozi orziqib kutgan usha MUSTAQILLIK yillarida bu shoir hammadan koproq horlandi...
qo`shilaman..
Bir kun esimda bor. R.Parfini etalabki ko`rsatuvga studiyaga suhbatga taklif qilishgande, rahmatlik, ikki soat TVni prohodnoyida sarg`ayib qolib ketgan.. Keyin suhbat yozilgande, prsmort vaqtida telefon qilishgan olib tashlelar, mumkin meas ,deb..Esimda bor oshanda 10minutlik rahmatli Rauf akani suhbatini ornini , efirda etti martalab ketgan bitta " Ozod yurt " degan neytral rolik ketgan edi......
Ozod yurt.....
Samimiy
03-29-2005, 09:09 PM
Shoirni Xudo rahmat qilsin. His tuyguga boy sherlarini juda sevardim, haliyam sevaman.
Men bilgan shoirlardan uziga sodiq qolgan kamdan-kam insonlardan edi. Bir vaqtlar biznikiga kelib turardi, lekin u paytlar men uning suhbatidan bahramand bulishga juda yosh edim.
Afsuski biz oramizdagi buyuk insonlarning qadriga yetmaymiz. Odamning qadriga vafot etgandan keyin yetishadi deyishadi, lekin usha nashr etilmagan sherlari dunyo yuzini kurguncha yana necha yil utarkin?
Haqiqiy shoirdek yashadi, joyi jannatda bulsin.
* * *
Hoy bola-bola, hoy bola,
Bas qil shodlik rubobin.
Mana, Dunyo bir piyola
Tutar senga sharobin.
Hoy bola-bola, hoy bola,
Hech qo’rqmasdan uni ol.
Bir piyola, bir piyola
Dunyo G'ami, ichaqol.
Asadbek
03-30-2005, 12:22 AM
Adashmasam, 1995 yilda "Turkiston" yoshlar gazetasi qoshida rahmatli Rauf Parfi rahnamoligida "Yosh shoirlar to'garagi" tashkil etiladi. Ikki marta borib, rahmatli shoir suhbatida bo'lgan edim.
O'tkir zehnli inson edi.
Oxirati obod bo'lsin.
Desperado
03-31-2005, 01:50 AM
Alloh o'z rahmatiga olsin, joyi jannatning to'ridan bo'lsin!
Shunday mash'um habar barmoq ilan sanarli forumchilarning e'tiborini tortibdi, afsus.
Rauf Parfi O'zbekning peshonasiga bitgan juda ham noyob tom ma'nodagi BUYUK INSONlardan biri edi.
Rauf Parfi tom ma'nodagi BUYUK SHOIR hamdir.
Go'ring nurga to'lsin, Rauf Parfi!
UzbekVoice
04-01-2005, 05:58 PM
Internetda ham Rauf Parfi haqida anchagina ma'lumotlar bor ekan:
http://www.google.uz/search?hl=uz&q=Rauf+Parfi
Diqqatga sozovor sahifa Xurshid Davronning saytida berilgan:
http://www.khurshiddavron.wol.bz/base/view/document/raufparfi
http://khurshiddavron.wol.bz/base/view/document/tuygular
Shoirning oxirati obod bo'lsin...
Pythagor
04-01-2005, 10:22 PM
Olloh o'z raxmatiga olsin. Jonkuyar inson, haqiqiy xalq dardini kuylovchi xalq shoiri edi.
Prince
04-01-2005, 10:41 PM
Assalomu ALaykym
xa xaqiqattan xam Rauf Parfi sherlari juda ta`sirchan lekin afsuski , ming afsuski uning songi kunlari , umrining songi kunlari - buyuk shoir ancha horlangan , qiynalgan..... xatto yashashga tuzukroq uy joyi xam yoq edi....
PEace ,
Asadbek
09-01-2005, 01:41 AM
Bugun qo'limga rahmatli Rauf Parfiga bag'ishlangan radioeshittirish yozilgan Audio-CD kelib tushdi.
Xudo hohlasa, ushbu 1 soatlik Audio-Fileni tez kunlarda Online qo'yaman.
*****
Ey, tuhmat, ayri til, sudrangan ilon,
Tanimga chirmashib yirtar bo'g'zimni.
Tuhmat changalida bir puldir imon,
Chalpir o'zligimni, yulqar so'zimni.
Yovuz shaytanatning chirkin a'moli,
Nahot, bir millatning boshiga yetar.
Nahot, chekinmasdir vabo shamoli,
Nahotki, o'zbekning vatani bitar.
Kishanlar, zanjirlar shovqini tinmas,
Nahotki, teskari aylanmas borliq.
Koinot mehvari buzilmas, sinmas,
Aldangan aqlning mahrami zorliq.
Bu ayanch podaning cho'poni qayda,
O'limga shaylangan qo'ylarni hayda.
Rauf Parfi
Uning she'r o'qishidan qalb larzaga keladi-ya... Oxirating obod bo'lsin, O'zbekning xassos shoiri!
Shokirbek
09-01-2005, 01:53 AM
Uning she'r o'qishidan qalb larzaga keladi-ya... Oxirating obod bo'lsin, O'zbekning xassos shoiri!
Omin. Rahmat, intiqlik bilan kutamiz qo'yishingizni.
Asadbek
09-01-2005, 02:06 AM
Marhum shoir quyidagi she'rini 19 yoshida yozgan ekan:
G'unchalar pushtirang va za'far,
Zangori yaproqlar shahrida.
G'unchalar - orzumdek har safar,
G'unchalar - qalbimning bag'rida.
Qalbimning bag'rida bir jahon,
G'aroyib ertaklar aytadi.
Men qaytib kelmasman hech qachon,
G'unchalar albatta qaytadi...
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.