adagio
03-29-2005, 01:02 PM
Biz vaqt dan ko’p narsalarni kutamiz : muammolarimiz yechimini, orzularimiz ruyobga chiqishini, sevgan yorimizni visoliga yetishni, onajonimiznni kurishni…yana.
siz nima kutasiz, nima kutdingiz, thread ni davom ettirishiz mumkin
Vaqt – diktator
Vaqt, sen jasoratim, intilishim, umidlarim, hislarim ug’risisan. Yil sayin “ po’stim archgan” mexrsiz tig’san. Idealimdan uzoqlashtirgan yolg’onchi go’zallik. Sen meni mendan o’g’irlagan shubxasan, umidsizliksan, qo’rquvsan. Yosh, beg’ubor qalbimga kattalarga nisbatan qiziqish, ulg’ayishning “ajoyib” foydalari bilan kirib kelgan yolg’onchi “erta-indin”san. Sen-la erishganim noxaqliklarni ko’rsa qaqshamas tosh qalb, qayg’u qarshisida qurigan yoshsiz kuz, ohlarni eshitmas quloq buldi. Qani ilk bahorda ochilgan chamanzorga hayratla boqqanimda – “ hali bundan-da ajib manzaralarni kurasan” deganding. Quzg’unlarga bayram bulgan shu vayronalarmi-sening “va’dang?”. Ilk bor “Men ham seni sevaman” deyilganda, bundan-da og’uloroq suzlar bor deganding. Boshqa bir inson og’ushida sevgilimning qiqirlab” men ham seni sevaman” deb nozl-la aytishimi edi sen aytgan usha og’uli suzlar? Naqadar jirkanchmish , endi bilsam bu suzlar!
Atiga bir necha kun safardan so’ng otajonimni quchog’ida uzimni kurib uzgacha qalb qurini sezganimda “ bundanda olovli harorat bor “ deganding. Endi balsam bu harorat Ayriliq ekan, u meni yoqdi, bu rahmsiz olov-ayriliq!
Shux sadolar dil torini chertmas bo’ldi, yo’qsa sen butun taronalrni ug’irlab nolalarni-mi qoldirding odami-zotga? Men sevganim tong sabosidan keyin sen faqat tunlarni yetaklab kelaverding, sevganim guzal bahor yomg’irlaridan keyin kuz izg’irinlariga ro’baro’ qilaverding! Tashvishsiz quvalashib uynagan qir adirlarimdan uzoqlashtirib keti kurinmas dardlar, alamlar, yolg’onlar, bevafoliklar diyoriga suruklading.
Masrur bolaligimni, orzularimni tushlarimda kurar buldim. Uyqu mening bahtim buldi. Ammo, uyg’oqman desam, atrofdagi bu andishasizlik, yolg’onlardan, alamlardan siqilgan qalbim “ G’aflatdan uyg’on” deya hayqiradi! Yashyapman desam, “orzu qilganing, sevganing, intilganing shumi” degan javobsiz savol keladi. –Unda “ketaman”, desam “ Burching-chi “ deya bir zabardast qul gardanimdan oladi. Yana qanaqa burch, deyman go’llikka solib o’zni. –“ beg’am kunlar, oshufta baxtli sevishganlar diyori, vafoli yorlar, yolg’onsiz va’dalar, doimiy bahor, sen sevgan yomg’ir shivillashi …!”. Bu oson , deyman, qaytarib ber menga, bolaligim! U usha yerda, hammasi usha yerda deyman, entikib, umidlanib.
“ Yo’q” deydi, amirlari suzsiz amalga oshiriluvchi DIKTATOR.