View Full Version : Uyg'on, ey malagim
Aysuluv
03-30-2005, 02:54 PM
Uyg'on, ey malagim
Uyg'on, ey malagim, tur o'rningdan, tur,
Otashin muzlarda isinaylik, yur.
Yong'inli daryoda quloch otaylik,
Bu yerdan ketaylik, faqat ketaylik.
Undan ham olisroq ketarmiz hali,
Undan ham olisroq, mening go'zalim.
Qaragil, eng yorqin bir yulduz yonar,
Yorug' bir chaman bu┘ ketarmiz yana.
Bugun shoh erurman, tilak tilagil,
Bugun men gadoman, tingla, malagim.
P.S.: Asadbek akaning ruxsatlarini soragan holda Rauf Parfi ijodidan olindi...
Aysuluv
03-31-2005, 05:05 AM
Yuragim nolasin kuyga solib kel,
Muhabbat navosin dilda olib kel,
Dengizlar jo'shqini birla g'olib kel,
Qabohat o'lsinu, tuyg'u so'nmasin.
-БЕКОРЧИ-
03-31-2005, 06:07 AM
ТОНГ ОТМОКДА
Тонг отмокда-тонг уклар отар,
Тонг отмокда куёш замбарак.
Яраланган ер шари ётар,
Бошларида яшил чамбарак.
Тонг отмокда мусаффо тонгга,
Юрагини тутар одамлар.
Шу тонг дея келган жахонга
Ва шу тонг деб утар одамлар.
Рауф Парфи
Узбекистон Халк Шоири
Aysuluv
03-31-2005, 12:19 PM
"Botirsan, senhamki, sen ham botirsan,
Xalqingga xizmatni etayotirsan,
Jamlassang, biringiz mingga totursan,
Qadrlab saqlangiz bir-biringizni.
Shoirsan barchang ham elni kuylasang,
Donishmandsiz elu-yurtni siylasang,
Kelajak avlodning g'amin o'ylasang,
Qadrlab saqlangiz bir-biringizni.
O'zingni sher bilsang, boshqani zo'r bil,
Hamma ham o'zingdek, o'zingga teng bil,
Barcha ham sen kabi mehnatkash sabil,
Qadrlab saqlangiz bir-biringizni.
Biringiz gavharsiz, biringiz dursiz,
Dunyoda tengi yo'q haqiyqiy hursiz,
Yashamoq mushkuldir biring-biringsiz,
Qadrlab avaylang bir-biringizni." (M. Jumanazarova) :)
ТОНГ ОТМОКДА
Тонг отмокда-тонг уклар отар,
Тонг отмокда куёш замбарак.
Яраланган ер шари ётар,
Бошларида яшил чамбарак.
Тонг отмокда мусаффо тонгга,
Юрагини тутар одамлар.
Шу тонг дея келган жахонга
Ва шу тонг деб утар одамлар.
Рауф Парфи
Узбекистон Халк Шоири
Shu she'rni yaxshi ko`raman. 7-sinfimda yodlaganmiz.Juda ham chiroyli tasvirlagan."Yaralangan yer shari":P
Aysuluv
03-31-2005, 12:25 PM
"Muhabbat yo'q deydi bu kunda
Bedardlar sevilib, sevmagan;
Muhabbat ul mening ko'ksimda,
Bekorga o'tmishdan izlama..." (M. Jumanazarova)
Mahmud
03-31-2005, 03:29 PM
Kaktus25 va -Bekorchi- sherlar uchun kattakon rahmat :D !
O'qib juda ham hursand bo'ldim.Yana ajojib she'rlarni kutib qolaman.
-БЕКОРЧИ-
04-02-2005, 08:09 AM
Хак дустлигин истасанг
Дуст бул дустим сабрга,
Мехрга ошно булгин
Кул бермагин жабрга,
Тулма тошма биродар
Сигамиз бир кабрга,
Колиб кетар дунёга
Имконингни бериб кет!
Бу дунё бозор экан
Гох юришар савдоси,
Бу дунё бозорода
Кимдир бойлик гадоси,
Нафсга куллик килма
Бул мухаббат шайдоси,
Яхшилик бозородан
Савобингни териб кет!
Валижон Шамшиев
UzbekVoice
04-02-2005, 10:56 AM
ТОНГ ОТМОКДА
Тонг отмокда-тонг уклар отар,
Тонг отмокда куёш замбарак.
Яраланган ер шари ётар,
Бошларида яшил чамбарак.
Тонг отмокда мусаффо тонгга,
Юрагини тутар одамлар.
Шу тонг дея келган жахонга
Ва шу тонг деб утар одамлар.
Рауф Парфи
Узбекистон Халк Шоири
Rahmat -БЕКОРЧИ-, o'zi shu she'r manda ham juda qiziq va ortga qaytmas davr, maktab davrini yodga soladi. Hali ham eslayman ertalab adabiyot darsida shu she'ni yoddan aytganimni.
Qiziq, hozir ham bormikin shu she'r o'sha adabiyot darsligida?
Rahmat -БЕКОРЧИ-, o'zi shu she'r manda ham juda qiziq va ortga qaytmas davr, maktab davrini yodga soladi. Hali ham eslayman ertalab adabiyot darsida shu she'ni yoddan aytganimni.
Qiziq, hozir ham bormikin shu she'r o'sha adabiyot darsligida?
Bor, 7-sinf adabiyotida.:P
Aysuluv
04-02-2005, 03:06 PM
She'rlar va otzivlar uchun barchaga tashakkur! :P
Kelgin ko'nglim
"Kelgin ko'nglim, kelgin ko'nglim,
Ko'p ham vayron bo'laverma...
Bir kam dunyoning kamtigin
Bir boyningga olaverma.
Kelgin ko'nglim, daryodek tosh,
Pastka qaytib chokaverma,
Ko'nglimdek ko'ngil topilmas
Dep aziyat chekaverma...
Bu dunyo bir uchqur jayron,
Kuyib-yonib pishaverma,
Hech bir ishka bo'lma hayron,
Chirlab o'tka tushaverma.
Dunyoning senmu tiragi,
Ko'p sutinlar tonib ketkan.
Topilmay yog'ining daragi,
Jonin o'tka yoqib o'tkan...
Muna boshsiz olamondan
Hech narsa ham tama qilma sen,
Umid qil faqat chiqmas jondan,
Dunyo bir pul o'lib ketsang.
Kelgin ko'nglim, kelgin ko'nglim,
Mendan o'zga boraring yo'q,
Sen ham yetim, men ham yetim,
Sendan o'zga sorarim yo'q;
Kelgin ko'nglim, kelgin ko'nglim,
Mening sensiz qarorim yo'q!" (M. Jumanazarova) :)
Aysuluv
04-02-2005, 03:14 PM
"Qol yetkan narsam hech qiziqarsiz,
Chiqmagan cho'qqilar chaqirar,
Yo'lga men chiqibman oziqsitz,
Armonlar qo'l bulg'ab oh urar.
Armonlar qo'l bulg'ab oh urar,
Surinib-yiqilib kelaman;
Oldimda ming qil osuv bor,
Choqqilar osaman hali men..." (M. Jumanazarova):)
Aysuluv
04-02-2005, 03:17 PM
"Qushlar kuzda olis manzilga qaytsa,
Bog'lar yig'lab bulbularin yo'qotsa,
Sahrolar ayriliq qo'shig'in aytsa,
Jonim, men ham seni, seni sog'indim!" (M.J.) :cool:
Aysuluv
04-02-2005, 03:21 PM
Unutma jonim
"Tinglama sen ohu-zorimni,
Chertmay qoyg'il ko'ngil torimni,
Unutmasang bo'lgani faqat
Bu dunyoda mening borimni!"
Aysuluv
04-02-2005, 03:24 PM
Хак дустлигин истасанг
Дуст бул дустим сабрга,
Мехрга ошно булгин
Кул бермагин жабрга,
Тулма тошма биродар
Сигамиз бир кабрга,
Колиб кетар дунёга
Имконингни бериб кет!
Бу дунё бозор экан
Гох юришар савдоси,
Бу дунё бозорода
Кимдир бойлик гадоси,
Нафсга куллик килма
Бул мухаббат шайдоси,
Яхшилик бозородан
Савобингни териб кет!
Валижон Шамшиев
Raxmat chiroyli va manoli she'r uchun!
hangug
04-03-2005, 01:41 AM
O'zbek qizlari
Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin
O`psa faqat shamol o`par yuzlarin.
Bu Momo Havodan ularga odat:
Nozik belda qirqta kokili qavat,
Silasa yomg`irlar silaydi faqat,
Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan,
Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan.
Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan,
Behuda izlamang sira izlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Ko`ngli daryoday keng, mehri ulug`vor,
Dugonasi Hayo, dugonasi Or.
Ayting, farishtadan nima farqi bor,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?..
Bardoshi oldida tog` - oddiy tuproq,
Ular etagidan jannat bir qadam.
Beayb Parvardigor, degandek biroq,
Yoq emas kichkina kamchiligi ham.
Sevadi,
Kuyadi,
Qiladi alam,
Dorga osing, ammo aytmas birovga.
Aytmay sevishini sevganiga ham,
Tegib ketaverar boshqa kuyovga!
M.Yusuf
haqiqiy uzbek qizi, mana qanaqa ;)
ajoyib she'r
Aysuluv
04-03-2005, 04:31 AM
Men seni mehribonim degandim...
Men seni mehribonim degandim,
Ko'ngil torim, vafodorim degandim...
Lek dushman qilig'idan og'ir botti
Bevafoliging, bedavo, beparvoliging!
Ehh, guldan gulga sakragan bulbul,
Dilni dilga bulg'agan,
Ko'ngli bir oromni bilmagan
Sen qul...
* * *
Endi esa sen ham men ham bedavomiz,
Bag'ri qora, dili pora begonamiz,
Bechoramiz,
Bir nolamiz...
* * *
Sevding,
Senla sevib bildim.
Sevdim,
Seva olmading,
Mehribonim bo'lolmading...
* * *
Sevib, senla adashtim -
Bag'ri toshliging bu,
Men mardlik sanagan
Aslida nomardliging bu...
Senga ishongan va senla adashkan
Aysuluv
hangug
04-03-2005, 07:24 AM
Men seni mehribonim degandim...
Men seni mehribonim degandim,
Ko'ngil torim, vafodorim degandim...
Lek dushman qilig'idan og'ir botti
Bevafoliging, bedavo, beparvoliging!
Ehh, guldan gulga sakragan bulbul,
Dilni dilga bulg'agan,
Ko'ngli bir oromni bilmagan
Sen qul...
* * *
Endi esa sen ham men ham bedavomiz,
Bag'ri qora, dili pora begonamiz,
Bechoramiz,
Bir nolamiz...
* * *
Sevding,
Senla sevib bildim.
Sevdim,
Seva olmading,
Mehribonim bo'lolmading...
* * *
Sevib, senla adashtim -
Bag'ri toshliging bu,
Men mardlik sanagan
Aslida nomardliging bu...
Senga ishongan va senla adashkan
Aysuluv
Kuproq sevgi haqida muzika eshitvorgansiz, yoki kino kupro kurvorgansiz,:)
u menya drug chasto shutit"Ya odnolyub... odnu devushku odin raz toka lyublyu"
Mahmud
04-03-2005, 08:18 AM
Bu she'rlarni o'qib,Muhammad Yusufning quyidagi misralari yodimga tushdi:
Sevolmaydi meningdek...
Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz cho`kib yig`lar, ehtimol,
Lekin sodiq bo`lolmaydi meningdek!..
Aldanma yor, aldamchilar makriga,
Malak bo`lma bevafo ishq shahriga,
Ular seni bir bossa bas bag`riga,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Yo`ling kesib o`tsam - o`zim hijolat,
Uzoqdan bir seni ko`rsam kifoyat,
Bir nigohing o`zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Joningga jon bo`lmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Sen ko`kdagi harir ko`ylak, hur-pari,
Ko`k ko`ldagi tinib qolgan suvpari.
Muhammadning ko`nglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Aysuluv
04-03-2005, 04:47 PM
"Yaqshiga so'z erur, yomonga cho'p erur",
Quloq eshitkanni deydi ko'z korur.
Bir dushman yog'dirsa tuhmat toshini,
Do'stim bor yuragin sug'irib berur.
Birovlar yoqtirmas balkim o'zimni,
Birovlar yoqtirmas aytkan so'zimni,
Qay biriga men dadimol aytayin,
Bir ko'zing sotadi ikkinchisini.
Ne bir mardlar tashlab qochib maydonni,
Kampir soyishmoqqa kelmay qolganda,
Qolpoqlarin tashlab qochkan nomardlar
Balkim orqamdan aytib tuhmatlarin qilgandi...
Azgina uzgartirishlar kiritkan holda M. Jumanazarovadan namuna...
Aysuluv
04-03-2005, 04:51 PM
"Do'stman" deb ko'p bo'ldi yuzimga aytkan,
Sen kabi vafodor bo'lmadi lekin.
Ochiq beqaror ko'p jonlarin yoqqan,
Hech biri ko'nglimda qolmadi lekin. (M.J.)
Aysuluv
04-03-2005, 04:56 PM
Kuproq sevgi haqida muzika eshitvorgansiz, yoki kino kupro kurvorgansiz,:)
u menya drug chasto shutit"Ya odnolyub... odnu devushku odin raz toka lyublyu"
Balkim, balkim...
Yomon ekanu o'rtog'ingiz. :) Yo'qoridagi she'rni esa yaqshi tanlabsiz, kimni bo'sayam ko'nglini ko'tarishi shubhasiz...
hangug
04-04-2005, 01:14 AM
Balkim, balkim...
Yomon ekanu o'rtog'ingiz. :) Yo'qoridagi she'rni esa yaqshi tanlabsiz, kimni bo'sayam ko'nglini ko'tarishi shubhasiz...
Sizga bitta savol shunaqa: Qiz bola sevilib qolgani uchun sevadimi?? to est ugil bola sevaman degandan keyin?? bu haqiqiy sevgimi??:P
Aysuluv
04-04-2005, 06:35 AM
Sizga bitta savol shunaqa: Qiz bola sevilib qolgani uchun sevadimi?? to est ugil bola sevaman degandan keyin?? bu haqiqiy sevgimi??:P
"Sevadi,
Kuyadi,
Qiladi alam,
Dorga osing, ammo aytmas birovga.
Aytmay sevishini sevganiga ham,
Tegib ketaverar boshqa kuyovga!"
Mana bu javob qoniqtiradimi? :) Shu bor sevgisini aytish uchun birorta turtki kerakdur balkim... Haqiyqiy yoki yashatma, buni buyerga aloqasi bormi? :rolleyes:
Aysuluv
04-04-2005, 07:18 AM
MEN BORMAN
"Bu ishq sirrin kitob etding, kitobing ichra men borman,
O'qurman deb xitob etding, xitobing ichra men borman.
Yarashgaydir, ajab, senga ajab nozu tamannolar,
Keturman, deb shitob etding, shitobing ichra men borman.
Yuzing hajri bilan oqqan labolab chashm selobin -
Ichurman, deb sharob etding, sharobing ichra men borman.
Umid uzgil, deding oshiq, muhabbat rishtasin uzgum,
Uzurman, deb azob etding, azobing ichra men borman.
Qayon qoldi o'shal so'zkim muhabbat ko'shkini, ey yor,
Tuzurman, deb sarob etding, sarobing ichra men borman.
Dilimda qolgan ushbu har na manzil kulbai ishqni -
Buzurman, deb xarob etding, xarobing ichra men borman.
Muhabbat gulshani ichra olib Abdullaning qalbin,
Chalurman, deb rubob etding, rubobing ichra men borman." (A. Oripov)
-БЕКОРЧИ-
04-05-2005, 08:32 AM
Ким курибдур эй кунгил, ахли жахондин яхшилиг,
Кимки ондин яхши йук куз тутма ондин яхшилиг.
Бу замонни нафъи килсам, айб килмагил эй рафик,
Курмадим харгиз нетайин, бу замондин яхшилиг.
Дилраболардин ёмонлиг келди махзун кунглима,
Келмади жонимга хеч ороми жондин яхшилиг.
Эй кунгил чун яхшидин курдинг ёмонлиг асру куп,
Эмди куз тутмок на яни хар ёмондин яхшилиг.
Бори элга яхшилиг килгилки, мундин яхши йук,
Ким, дегайлар дайр аро колди фалондин яхшилиг.
Яхшилиг ахли жахонда истама Бобур каби,
Ким курибдур эй кунгил, ахли жахондин яхшилиг.
Захириддин Мухаммад Бобур
Aysuluv
04-06-2005, 04:00 PM
Har kishini dardi bo'lsa, yig'lasun yor oldida,
Qolmasun armon yurakda, etsun izhor oldida.
Andalibi benavodek nola-yu afg'on bila
Doimo yig'lab turarman ayni gulzor oldida.
Mansuri Xallojdek ichib sharobi antahur,
Charx urub,yig'lab turarmen ushbu dam dor oldida.
Har kishi bir jur'ae no'sh aylasa bu bodadin,
Ul qiyomatda qilur arzini Jabbor oldida.
Telba Mashrab,qilmag'il sirringni zohidga ayon,
Aytib-aytib yig'lagaysan oshiqi zor oldida. (Boborahim Mashrab)
Asadbek
04-07-2005, 05:58 AM
Men seni mehribonim degandim...
* * *
Sevib, senla adashtim -
Bag'ri toshliging bu,
Men mardlik sanagan
Aslida nomardliging bu...
Senga ishongan va senla adashkan
Aysuluv
Ajoyib she'rlar - oq she'r janrida ekan. Rahmat.
Faqat shu oxirgi to'rtlikda men uchun tushunmovchilik bo'ldi :)
"Senga ishongan va senla adashkan" degan gapingiz ikki xil ma'no beryapti.
Ya'ni, "seni tanlab adashdim" va "sen bilan birga adashdim" ma'nolarini beryapti. "Seni tanlab adashdim" desangiz, she'ringiz mazmuni tushunarli.
Ammo, ikkinchi mazmun bo'lsa, unda ikkingiz ham adashganingizni anglatyapti. Aybni esa butunlay unga ag'darib qo'yyapsiz.
Izoh bersangiz :)
Aysuluv
04-07-2005, 11:44 AM
Ajoyib she'rlar - oq she'r janrida ekan. Rahmat.
Faqat shu oxirgi to'rtlikda men uchun tushunmovchilik bo'ldi :)
"Senga ishongan va senla adashkan" degan gapingiz ikki xil ma'no beryapti.
Ya'ni, "seni tanlab adashdim" va "sen bilan birga adashdim" ma'nolarini beryapti. "Seni tanlab adashdim" desangiz, she'ringiz mazmuni tushunarli.
Ammo, ikkinchi mazmun bo'lsa, unda ikkingiz ham adashganingizni anglatyapti. Aybni esa butunlay unga ag'darib qo'yyapsiz.
Izoh bersangiz :)
:P Siz ko'rsatkan so'zlar she'rga tegishli emas, bu avtorning imzosi sifatida edi holos. Ajratilmay qo'shilib ketibdi. :)
Siz umuman she'rni emas, uni yozgan kishini tahlil qilib tashlabsizu. :) :rolleyes:
Mayli, qoymadingiz, qoymadingiz, tushunmovchilik bo'lmasligi uchun aytib o'ta qolay - balkim uzbek tiliga unchamasligim pand bergandir.
Taaak, "senga ishongan"ni tushinibsiz, "senla adashkan" esa, demoqchidimki, "senga ishonib adashdim".
Asadbek, birgami, birgamasmi, endi tushivolarsiz. :)
Asadbek
04-07-2005, 01:31 PM
Sevib, senla adashtim -
Bag'ri toshliging bu,
Men mardlik sanagan
Aslida nomardliging bu...
...
Yaxshi, unda yana davom etamiz :)
Siz mardlik sanagan aslida uning nomardligi ekan, qanaqa mazmun bor bu yerda?
Anglolmadim :)
Aysuluv
04-07-2005, 02:45 PM
Yaxshi, unda yana davom etamiz :)
Siz mardlik sanagan aslida uning nomardligi ekan, qanaqa mazmun bor bu yerda?
Anglolmadim :)
:) Unchalik qiziquvchanligingizni bilmabman, Asadbek aka.
Bu she'r yomon uyqudan keyin tug'ilgan edi ertalab, jahl ustida. ;)
Unga izoh bersam, bu men aytmoqchi fikr bo'ladi. :) A sizda qanaqa fikr tug'ildi bu borada uquvchi sifatida?
P.S.: Bu yerda nomardlikka sanalayotkan narsa bor sevgini tan olib aytmaslik ya shu orqali boyniga cho'kadigan vazifadan (sodiqlik) bosh olib qochishka uqshabroq ketadi... Lekin bu she'rning qanaqa vaziyatda bitilganini ham qisobka olishni maslahat beraman. ;)
Asadbek
04-07-2005, 03:12 PM
:) P.S.: Bu yerda nomardlikka sanalayotkan narsa bor sevgini tan olib aytmaslik ya shu orqali boyniga cho'kadigan vazifadan (sodiqlik) bosh olib qochishka uqshabroq ketadi... Lekin bu she'rning qanaqa vaziyatda bitilganini ham qisobka olishni maslahat beraman. ;)
Chiroyli aytibsiz shu gapni :)
Bu gapingiz bilan jahl qilishingizga hojat yo'q, Unda sizga bo'lgan sevgi borligiga da'vo qilyapsiz, demak kutish kerak. Bir kuni yor-yor aytib keladi :)
PS: menda bu to'rt qatorga nisbatan tuzuk fikr tug'ilmagandi, chunki uncha tushunmagandim :)
Aysuluv
04-07-2005, 03:45 PM
Chiroyli aytibsiz shu gapni :)
Bu gapingiz bilan jahl qilishingizga hojat yo'q, Unda sizga bo'lgan sevgi borligiga da'vo qilyapsiz, demak kutish kerak. Bir kuni yor-yor aytib keladi :)
PS: menda bu to'rt qatorga nisbatan tuzuk fikr tug'ilmagandi, chunki uncha tushunmagandim :)
Raxmat sizga! :) Omin desin farishtayu maloyik...
Martingale
04-07-2005, 03:50 PM
Raxmat sizga! :) Omin desin farishtayu maloyik...
Oysuluv, uzbekchada shunday chiroyli gapirishizni kurib besh kettim. Bravo!!!;)
Pythagor
04-07-2005, 04:12 PM
Oysuluv, uzbekchada shunday chiroyli gapirishizni kurib besh kettim. Bravo!!!;)
Aysiluvxonni millati nima ekin? O'zbemasmikin? Man o'zbe bo'salar kere dip o'yluvdim...
maradona
04-07-2005, 04:24 PM
Bolalar sizlarga ham qoilamasman da...shu yarim kechasi kirib yozasizlar "Uyg'on,ey malagim" deb , bu qizlar uxlasinda bir....;)
hangug
04-07-2005, 06:57 PM
Raxmat sizga! :) Omin desin farishtayu maloyik...
tuyga bizga ham bitta taklifnoma yozvorarsiz :lol:
Lekin rosa sevgi muhabbat bilan tuldi forum..
Aysuluv, a bu sevgidan boshqa mavzularda she'rlaringiz yuqmi..:) ..ommaviy-zamonaviy she'rlardan aa.:lol:
Aysuluv
04-08-2005, 12:43 PM
Hammangizga raxmat! :)
Maradona, uyqumni qo'riqlaganingiz uchun sizga yana bir bor raxmat! :P
Hypersonic, mana buni ko'ringchi...:)
Chekdim jabru-jafoni,
Surdim zavqi-safoni,
Ko'rdim vafo-bevafoni,
Aslo ko'nglim to'lgan emas.
Yaqshi so'zning quli bo'ldim,
Sal narsaga toshib-to'ldim,
Bir og'iz so'z - guldek so'ldim,
Hech bir ko'nglim olgan emas.
Do'stim dedim, "oh" urdim,
Xizmatida tikka turdim,
Qadir bilmas, yuzim burdim,
Ul ham mendek bo'lgan emas.
Ko'nglimdek ko'ngil topmadim,
Darvish bo'lmay haqladim,
To'g'ri so'zlab hech yoqmadim,
Tinglar quloq bo'lgan emas.
Mehir izlab gado bo'ldim,
Bemehirdan zado bo'ldim,
Kuyib-yonib ado bo'ldim,
Mehribonim bo'lgan emas...
(M. Jumanazarova)
maradona
04-08-2005, 12:53 PM
Hammangizga raxmat! :)
Maradona, uyqumni qo'riqlaganingiz uchun sizga yana bir bor raxmat! :P
Hypersonic, mana buni ko'ringchi...:)
Chekdim jabru-jafoni,
Surdim zavqi-safoni,
Ko'rdim vafo-bevafoni,
Aslo ko'nglim to'lgan emas.
Yaqshi so'zning quli bo'ldim,
Sal narsaga toshib-to'ldim,
Bir og'iz so'z - guldek so'ldim,
Hech bir ko'nglim olgan emas.
Do'stim dedim, "oh" urdim,
Xizmatida tikka turdim,
Qadir bilmas, yuzim burdim,
Ul ham mendek bo'lgan emas.
Ko'nglimdek ko'ngil topmadim,
Darvish bo'lmay haqladim,
To'g'ri so'zlab hech yoqmadim,
Tinglar quloq bo'lgan emas.
Mehir izlab gado bo'ldim,
Bemehirdan zado bo'ldim,
Kuyib-yonib ado bo'ldim,
Mehribonim bo'lgan emas...
(M. Jumanazarova)
Oysuluv GURLAN lik emasmisiz mobodo?;)
hangug
04-09-2005, 10:42 PM
Hammangizga raxmat! :)
Maradona, uyqumni qo'riqlaganingiz uchun sizga yana bir bor raxmat! :P
Hypersonic, mana buni ko'ringchi...:)
Chekdim jabru-jafoni,
Surdim zavqi-safoni,
Ko'rdim vafo-bevafoni,
Aslo ko'nglim to'lgan emas.
Yaqshi so'zning quli bo'ldim,
Sal narsaga toshib-to'ldim,
Bir og'iz so'z - guldek so'ldim,
Hech bir ko'nglim olgan emas.
Do'stim dedim, "oh" urdim,
Xizmatida tikka turdim,
Qadir bilmas, yuzim burdim,
Ul ham mendek bo'lgan emas.
Ko'nglimdek ko'ngil topmadim,
Darvish bo'lmay haqladim,
To'g'ri so'zlab hech yoqmadim,
Tinglar quloq bo'lgan emas.
Mehir izlab gado bo'ldim,
Bemehirdan zado bo'ldim,
Kuyib-yonib ado bo'ldim,
Mehribonim bo'lgan emas...
(M. Jumanazarova)
she'rni, she'r yozish niyatida yozilgan manimcha..:? ilhombek yuqla..:D
Aysuluv rahmat har holda she'rlar uchun:)
BIBIHONUM
04-12-2005, 05:50 PM
Ajoyib she'rlar - oq she'r janrida ekan. Rahmat.
Faqat shu oxirgi to'rtlikda men uchun tushunmovchilik bo'ldi :)
"Senga ishongan va senla adashkan" degan gapingiz ikki xil ma'no beryapti.
Ya'ni, "seni tanlab adashdim" va "sen bilan birga adashdim" ma'nolarini beryapti. "Seni tanlab adashdim" desangiz, she'ringiz mazmuni tushunarli.
Ammo, ikkinchi mazmun bo'lsa, unda ikkingiz ham adashganingizni anglatyapti. Aybni esa butunlay unga ag'darib qo'yyapsiz.
Izoh bersangiz :)
Asadbek indamang sher bilan alamlarini olvolsinlar :) :)
Aysuluv tasanno. Sherlarni biz bilan baham ko'rganingiz uchun tashakkur.
Aysuluv
05-01-2005, 05:28 PM
Qalbi daryo, dili dunyo yoring bo'ldim,
Umring bo'ldim, yo'g'ing bo'ldim, boring bo'ldim,
Borsa kelmas yo'llaringda zoring bo'ldim,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.
Ko'z yoshlarim to'ldirmoqchidek Orolni,
Hasratlarga alishdimmi hush xayolni?
Quchganingcha humor ko'zli yot ayolni,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.
Ko'nglim ko'mdim Qoraqumning qumlariga,
Sevgim sotdim Amriqo-yu Rumlariga,
Aylandi tan hissiz Misr mumlariga,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.
Bahorlarim poyoni yo'q, gul sanamman,
Kunduz yongan parvonasiz o'chmas shamman.
Endi otam ixtiyoriga qaramman,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.
Aysuluv
05-01-2005, 05:34 PM
Usun-usun karvonlarning uzoq yo'li,
Ketib borar karvonlarim asta-asta.
Lahzalarning allasida tug'ilganim -
Yetim sevgim qalbi majruh, dili xasta.
Uchuq toshgan lablariga firog'imning,
Bevaqt kelgan qish dardimdan sochlari oq.
G'azal aytib yig'lar yurak ho'ngrab-ho'ngrab,
G'azal aytib yig'lar yurak uzoq-uzoq.
Beshigining ko'zmunchog'i yo'q ko'nglimning,
Umrim so'ngsiz bahorlari olov rangli.
Yelvizaklar qoqar g'amgin darvozamni,
Lola sevgim yonoqlari zangli-zangli.
Karvonlarim to'htamaydi, ketib borar,
Uzun-uzun izlarimni ko'mar shamol.
Nursiz ko'zi to'lib hijron qumlariga,
Mung'aygancha qarab qolar yolg'iz ayol.
Aysuluv
05-04-2005, 07:55 AM
O'rtab vayron qilding yurakni,
Hayotimda baxtim yo'qoldi.
Sevdim seni ko'ngilda, ammo,
Aytilmagan so'zlarim qoldi.
Dilim vayron etgan bevafo,
Intizor ko'z yo'lingda qoldi.
Sog'ingandan senga termuldim ammo
Aytilmagan so'zlarim qoldi.
Meni tashlab ketishing mumkin,
Azobing qalbimga ozorin soldi.
Men seni qanchalik sevmayin, ammo,
Aytilmagan so'zlarim qoldi.
O'rtab vayron qilding yurakni,
Sog'inchli nigohlar ko'ngilda qoldi.
Sevdim seni chin dildan, ammo,
Aytilmagan so'zlarim qoldi.
Muyassar Lutfullayeva (muyassar84@rambler.ru)
adiba
05-04-2005, 10:36 AM
Chiroyli she'rlar yozilyapti, tasanno.
Asadbek, bu MP3 playerni quysak, muhabbat haqida monolog uqivordi, kimga bag'ishlangan ;)
Aysuluv
05-06-2005, 11:10 AM
Chiroyli she'rlar yozilyapti, tasanno.
Asadbek, bu MP3 playerni quysak, muhabbat haqida monolog uqivordi, kimga bag'ishlangan ;)
Adiba, raxmat! Lekin she'rlar uzimniki emas, ikkitasidan tashqari (Asadbekning kritikasiga qarang :) ). Ularni kechinmalari, aytmoqchi tuyg'uari dilimga mos kelganligi uchun tanlagandim holos :)
Belgiumbek
05-06-2005, 11:30 AM
Uyg'on ey pari malagim
Orzuyimda yagona tilagim
Quchmadi qo'lim bilagim
Sensiz urmas yuragim
Uyg'on ey pari malagim
Sensiz bilmadim ne qilganim
Hayolida,visolida yurganim
Sof musaffo ozingsan sevganim
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.