PDA

View Full Version : Bu ishq...


Dil
04-03-2005, 05:38 AM
Yuraklarda o`tlar bo`lib yondi bu ishq, 
Falakkacha dudlar bo`lib yondi bu ishq,
Kun yondirib , tun yondirib, chin yondirib,
Oromidin begona qildi jondi bu ishq.

Azoblardan dilga haykal qo`yib ketdi,
Kuyuk jonim kuyib ketdi, kuyib ketdi,
Tun o`g`irlab , quyoshni ham so`yib ketdi,
Dil ufqiga qonlar bo`lib to`lib tomdi bu ishq.

Qonlar tomdi, qip-qizil qir bo`ldi dunyo,
Og`riqlari shirin bir sir bo`ldi dunyo,
Ul yoni-yu , bul yoni bir bo`ldi dunyo,
Dunyo bo`ldi, qo`sh dunyodan tondi bu ishq.

Ko`ngil senga bo`ysunmaidi, o`rlik qilar.
O`z yuraging o`zginanga zo`rlik qilar,
Ko`zlarini katta ochib ko`rlik qlar,
Shimib-shimib, jonginamga qondi bu ishq.

Shimib bo`ldi , jonginamda jop qolmadi,
Qaltiraydi tizzamda darmon qolmadi,
Yuragimga so{z aytguvchi jon qolmadi,
Oy nuriga bog{lab etdi bandi bu ishq.

Yuraklarda o’tlar bo’lib yondi bu ishq......

Dil
04-03-2005, 05:40 AM
----------------------------------
Tonglarimni tunga to`ldirgan bu ishq,
Ko`zlarimni munga toldirgan bu ishq,
Mendan kechib , kimni kuydirgan bu ishq,
Men senga vidolar aytgani keldim.

Qarshimga mushtlaring do`ltayib chiqqin,
Maili ko`zlaringni olaytib chiqqin,
Mard bo’lsang sen ham bi so’z aytib chiqqin
Man senga vidolar aytgani keldim.

Chqaver bo’yningdan olgani emas,
Gunohing yuzinga solgani emas,
Yolborib yoningda qolgani emas,
Men senga vidolar aytgani keldim.

Seni qarg’maiman , boshim egmaiman,
Bag{rim qon ersa-da yoshim to’maiman,
Men endi poyinga tozlar cho’kmaiman,
Men senga vidolar aytgani keldim.

Hushimdan hayoling o’yib o’ymalab,
Qaysar yuragimni qiyma-qiymalab,
Gar bilsang qiynalib, juda qiynalib,
Men senga vidolar aytgani keldim…

---------------------------------

Dil
04-03-2005, 05:41 AM
Ot’gan kunlarni o’qib…..


U sevgilar o`sha otgan joyda qoldi,
U sevgilar to’rda emas, poyda qoldi,
Yuragimda yig’layotgan kumushlarim,
Sizni suygan Otabeklar qayda qoldi?

Bu ishqqa qalbda joy yoq, gado bo’ldi,
Kimga ermak , kimga bir safsata bo’ldi,
Bosgan izi gunoh bo’ldi , hato bo’ldi,
Izlari behato beklar qayda qoldi?

Bolaridek har guldan bog’ yig’averar,
Har go’zalga ko’ngli bir ishq tug’averar,
Yuragiga o’nta zaynab sig’averar,
Muhabbati toza beklar qayda qoldi?

U tushunmas , ishq deganning nolishini,
Qiymati bor , ko’ngilga qo’l urishini,
Qo’ysang harb kech almashtirar bolishini,
Poklikdan andoza beklar qayda qoldi?

Tushlarida suyganini ko’rmaidi u,
Yulduzlardan hayollarin so’rmaidi u,
Zaynablar ko’p, Kumushga zor yurmaidi u,
Ishq yo’lida gado beklar qayda qoldi?

Beklarini kutayotgan Kumushlarim,
Har kech og’u yutayotgan Kumushlarim,
Marg’ilondan ketayotgan Kumushlarim,
Sizni suygan Otabeklar qayda qoldi?

…………………………………………….

Dil
04-03-2005, 06:50 AM
Bag`ri butun bormikan….


Mendek dardi ziyoda, ohi tutun bormikan,
Ayting o`zi dunyoda bag`ri butun bormikin?.


Kuydim firoq dastidan , sog`inchlardan kuydim men,
Jon tikdi suymaganim ,suymaganni suydim men,
Do`stning har kulgusidan hiyonatni tuydim men,
Bu dunyoning rostiga ishonmayin qoydim men.

Yoningda yonguchi bir do`st bormikan,
Ayting o`zi dunyoda bag`ri butun bormikan?

Dunyo yolg`onlaridan , horidim t5olib ketdim,
Goho o`zdim nomarddan , hohida qolib ketdim.
Goho kelmay omadim, gohida g`olib ketdim,
Ayriliqning bir dog`in ko`ksimga solib ketdim,

Yo`qlar diydorin qo`msab hech kim mendek zormikan,
Ayting o`zi dunyoda bag`ri butun bormikan?...

Necha sariq ishqlarning ko`zlarida yosh ko`rdim,
Qo`llarimni o`pgan heshlarning yuragida tosh ko`rdim,
Sukutda ahli-donish, nodonlarni bosh ko`rdim,
Ohularning ko`zi qon, bo`rini yuvvosh ko`rdim,

Yolg`n dunyo , yov dunyo, yolg`onsiz kun bormikan?
Ayting o`zi dunyoda bag`ri butun bormikan?

Mendek dardi ziyoda, ohi tutun bormikan,
Ayting , o`zi dunyoda bag`ri butun bormikan?

-------------------------------------------------------

Dil
04-03-2005, 07:03 AM
Tonish..

Men seni sevmaiman! Gar istasang-shu!
Har kun tushlarimga kirganing yolg`on.
Hasta yuragimga solib o`t tuyg`u,
Muhabbatdan qasr surganing yolg`on.

Ishq-yolg`on, baht-yolg`on, yolg`ondir kulgu,
Yolg`ondir, yolg`onning gunohlari ham,
Faqat....ko`zlarimga tik boqma, chunki,
Men qo`rqaman rostgo`y nigohlarimdan...

Dil
04-03-2005, 07:09 AM
Siz -g`olibsiz...

Siz -g`olibsiz, yo`lim vayron eting, maili,
Lek qalbimda oq qasr bor buzolmaisiz!
Ming qiymalab so`zim hayron eting, maili,
Mening So`zdan mendek munchoq tuzolmaisiz,.
Yuz yahshini bitta yomon eting ,maili,
Yuz yomondan bitta yahshi tuzolmaisiz.
Qadamlarim o`lchab, gumon eting , maili.
lek bilingki, haq sinmaidi, e`zolmaisiz.
Ming bor egib, bag`rimni qon eting, maili,
E`tiqodim -jon tomirim- uzolmaisiz!

-----

hangug
04-03-2005, 07:14 AM
Juda yahshi she'r, lekin she'rlarni yakshanba kuni, hamma ishlarni tugatib, bush vaqtinggiz bulganda uqishni, mulohaza qilishni, maslahat beraman..;)

mr_TITAN
04-03-2005, 09:07 AM
Muallif kim ?

Pythagor
04-03-2005, 09:17 AM
Juda yahshi she'r, lekin she'rlarni yakshanba kuni, hamma ishlarni tugatib, bush vaqtinggiz bulganda uqishni, mulohaza qilishni, maslahat beraman..;)

hehe, bugun yakshanbayu,... ;)

Aysuluv
04-03-2005, 10:12 AM
Dil, raxmat sizga ajoyib misralar uchun! Ko'ngilni biroz yig'latib, ko'tardingiz... :)

Mahmud
04-03-2005, 10:14 AM
Ajoyib sh'erlar ekan.Dil rahmat sizga! :D :)

Masanori
04-03-2005, 10:42 AM
a bir yaponcha ijod namunalaridan eshitmimizmi, onegaishimsu Dil chan!

Dil
04-03-2005, 10:15 PM
She`riyat ruhimizdagi sirli o`zgarishlarnifodalash , dunyoning go`zal tomonlarini pinhon etib turgan pardalarini So`z yordamida ochish uchun hizmat qiladi.Dunyoni o`zlikni anglash ham shunday kechadi....Har kuni tuyg`ular taloshida dilni vayron etmoq, shu vayronada yangi qasr barpo etmoq uchun So`zdan poydevor barpo etmoqlikka jazm qilamiz...


Horg`in bog`im , hazin bog`im,
Yurak-bag`ri hazon bog`im,
Sarg`aydimi mendek yuzing、
,Zangor fasling qayon bog`im?

Aytgil, ko`zing boylandimi?
Zilol chashming loylandimi?
Shamsing to`sib boshginangda
Qora to`zg`un aylandimi?

Shum izg`irin qahrin sochar,
Darahtginang qayga qochar?
Qish-qo`yningga kirgan ilon,
Shuvillaydi zahrin sochar.

Meni ham dard-ilon chaqar,
Ko`zlaridan yoshlar oqar,
Umidlar et oldimizda,
Bizni chorlab bahor boqar....

O`shal ilon o`lar bir kun,
Quyoshimiz kular bir kun,
Qurimagan , biz sho`rlikning
Hun bag`rimiz to`lar bir kun!

Horg`in bog`im, hazing bog`im,
Bahor juda yaqin, bog`im.....

Dil
04-03-2005, 10:29 PM
Toylaringdan aylanayin....
Toylaringda baht tilayman, suylanaman,
Shul to`yingga boqib-boqib o`ylanaman.
Atlas ko`ylak kiymayman , deb qizing yig`lar,
O`g`ling deydi:do`ppi kiymai uylanaman,
Jon o`zbegim, to`ylaringdan aylanayin...

O`z joningni o`ylamaysan, uyim deysan,
O`g`lim bahtli, qizim bahti-o`yim deysan.
Navbat bilan etaverar farzandlaring,
O`tib olsin bu galgi ham to`yim , deysan,
Jon o`zbegim, to`ylaringdan aylanayin...

Ayollarga yalqtiroqlar kiydirasan,
Har mehmonga bitta qo`yni so`ydirasan.
Fe`ling qiziq yillar emay yig`asanu,
Bor yiqqaning sen bir kunda edirasan.
Jon o`zbegim , to`ylaringdan aylanayin....


Sodda, lekin toza sening hayollaring,
Ko`p tug`ishni yahshi ko`rar ayollaring.
Rashking qattiq, oriyating, iffating zo`r,
Kampirini tergaydi , hatto chollaring,
Jon o`zbegim, to`ylaringdan aylanayin..

Kam bo`lmagin, dilda iymon bo`lsa bo`ldi.
Mehmondo`stsan, senga mehmon bo`lsa bo`ldi.
Bilganing qil hotamtoysan qarz olsang ham,
Ne bo`lsa ham joning omon bo`lsa bo`ldi,
Jon o`zbegim, to`ylaringdan aylanayin...

hangug
04-04-2005, 01:05 AM
Toylaringdan aylanayin....
Toylaringda baht tilayman, suylanaman,
Shul to`yingga boqib-boqib o`ylanaman.
Atlas ko`ylak kiymayman , deb qizing yig`lar,
O`g`ling deydi:do`ppi kiymai uylanaman,
Jon o`zbegim, to`ylaringdan aylanayin...

O`z joningni o`ylamaysan, uyim deysan,
O`g`lim bahtli, qizim bahti-o`yim deysan.
Navbat bilan etaverar farzandlaring,
O`tib olsin bu galgi ham to`yim , deysan,
Jon o`zbegim, to`ylaringdan aylanayin...

Ayollarga yalqtiroqlar kiydirasan,
Har mehmonga bitta qo`yni so`ydirasan.
Fe`ling qiziq yillar emay yig`asanu,
Bor yiqqaning sen bir kunda edirasan.
Jon o`zbegim , to`ylaringdan aylanayin....


Sodda, lekin toza sening hayollaring,
Ko`p tug`ishni yahshi ko`rar ayollaring.
Rashking qattiq, oriyating, iffating zo`r,
Kampirini tergaydi , hatto chollaring,
Jon o`zbegim, to`ylaringdan aylanayin..

Kam bo`lmagin, dilda iymon bo`lsa bo`ldi.
Mehmondo`stsan, senga mehmon bo`lsa bo`ldi.
Bilganing qil hotamtoysan qarz olsang ham,
Ne bo`lsa ham joning omon bo`lsa bo`ldi,
Jon o`zbegim, to`ylaringdan aylanayin...

turmushga chiqsez, bitta threadda adresingizni yozvorsanngiz buldi, uzim borim xizmat qilaman...kim boradi man bilan bolalar???:lol:

DIDO
04-04-2005, 08:31 AM
Toylaringdan aylanayin....
Toylaringda baht tilayman, suylanaman,
Shul to`yingga boqib-boqib o`ylanaman.
Atlas ko`ylak kiymayman , deb qizing yig`lar,
O`g`ling deydi:do`ppi kiymai uylanaman,
Jon o`zbegim, to`ylaringdan aylanayin...

O`z joningni o`ylamaysan, uyim deysan,
O`g`lim bahtli, qizim bahti-o`yim deysan.
Navbat bilan etaverar farzandlaring,
O`tib olsin bu galgi ham to`yim , deysan,
Jon o`zbegim, to`ylaringdan aylanayin...

Ayollarga yalqtiroqlar kiydirasan,
Har mehmonga bitta qo`yni so`ydirasan.
Fe`ling qiziq yillar emay yig`asanu,
Bor yiqqaning sen bir kunda edirasan.
Jon o`zbegim , to`ylaringdan aylanayin....


Sodda, lekin toza sening hayollaring,
Ko`p tug`ishni yahshi ko`rar ayollaring.
Rashking qattiq, oriyating, iffating zo`r,
Kampirini tergaydi , hatto chollaring,
Jon o`zbegim, to`ylaringdan aylanayin..

Kam bo`lmagin, dilda iymon bo`lsa bo`ldi.
Mehmondo`stsan, senga mehmon bo`lsa bo`ldi.
Bilganing qil hotamtoysan qarz olsang ham,
Ne bo`lsa ham joning omon bo`lsa bo`ldi,
Jon o`zbegim, to`ylaringdan aylanayin...


Juda ajoyib she'r!
Ohh, shu yozda mahallada yanam to`y bor, Yahooooooo!!!
;)

Mahmud
04-04-2005, 04:29 PM
Dil , sh'eringiz juda ham ma'qul bo'ldi.O'zbekona tuyni bir yodga soldi.
Katta rahmat! :D :)

R.Azimov
04-04-2005, 05:49 PM
turmushga chiqsez, bitta threadda adresingizni yozvorsanngiz buldi, uzim borim xizmat qilaman...kim boradi man bilan bolalar???:lol:

Ozgina kechikdingizmi deymanda. Balki o'gillarining sunnat to'ylarida xizmat qilarsiz ;). Men ham boraman ushanda.

P.s: She'rlar ajoyib.

Elegance.

Dil
04-04-2005, 06:27 PM
Ozgina kechikdingizmi deymanda. Balki o'gillarining sunnat to'ylarida xizmat qilarsiz ;). Men ham boraman ushanda.

P.s: She'rlar ajoyib.

Elegance.

EE Elegance , unaqamasde, ortoq.. Sotish yahshiyamas...eh.. :lol:

Aysuluv
04-07-2005, 12:51 PM
Xasta bulbulim

Ayt, ey, xasta bulbulim,
O'shga qachon yetamiz?
Yashil bog'lar sarg'ardi,
Mag'iz bo'ldi g'ujumlar.
Oh, voy, muncha yo'l og'ir,
Bulbulim...
Ulkan soat o'rtasida
Madorim yo'q yurmoqqa,
Qashqirlar davrasida
Sudralaman turmoqqa.
Shunda qolib ketsam gar
netamiz?
Abadiyat oralab
O'shga qachon yetamiz?
Qorli tog'lar bag'rida
Begim — O'shim ko'rindi,
Sulton — O'shim ko'rindi...


(Shavkat Rahmon)
[Asadbek aka, katta raxmat!]

Royal
04-07-2005, 08:10 PM
Salom

Dil, zor sherlar. lekin muallifi ozlarimi ?

Promokashka
04-07-2005, 10:04 PM
EE Elegance , unaqamasde, ortoq.. Sotish yahshiyamas...eh.. :lol:O`z yuraging o`zginanga zo`rlik qilar

Sherlar chuqur hissiyotga berilib yozilganga o`hshaydi. Hususan Bog`im sherida vatanimni dardini eshitvotgandek bo`lyapman.
Nodirabegimlar chiqvotgan bo`lsa ajab emas.

Dil, sho`tti o`zida qancha yuraklarni chil parchin qivordi sotqin do`stiz. Sag`al hayol qilishga ham bermadi ancha muncha odamga. :D

Elegance ;) yashen.

BIBIHONUM
04-12-2005, 06:22 PM
Ot’gan kunlarni o’qib…..


U sevgilar o`sha otgan joyda qoldi,
U sevgilar to’rda emas, poyda qoldi,
Yuragimda yig’layotgan kumushlarim,
Sizni suygan Otabeklar qayda qoldi?

Bu ishqqa qalbda joy yoq, gado bo’ldi,
Kimga ermak , kimga bir safsata bo’ldi,
Bosgan izi gunoh bo’ldi , hato bo’ldi,
Izlari behato beklar qayda qoldi?

Bolaridek har guldan bog’ yig’averar,
Har go’zalga ko’ngli bir ishq tug’averar,
Yuragiga o’nta zaynab sig’averar,
Muhabbati toza beklar qayda qoldi?

U tushunmas , ishq deganning nolishini,
Qiymati bor , ko’ngilga qo’l urishini,
Qo’ysang harb kech almashtirar bolishini,
Poklikdan andoza beklar qayda qoldi?

Tushlarida suyganini ko’rmaidi u,
Yulduzlardan hayollarin so’rmaidi u,
Zaynablar ko’p, Kumushga zor yurmaidi u,
Ishq yo’lida gado beklar qayda qoldi?

Beklarini kutayotgan Kumushlarim,
Har kech og’u yutayotgan Kumushlarim,
Marg’ilondan ketayotgan Kumushlarim,
Sizni suygan Otabeklar qayda qoldi?

…………………………………………….
Tasanno Dil.Ajoyib satrlar.Otabekka ham oson tutmang. :)


Olis-olislardan bir nido kelur,
Muhabbat qasridan dard,navo kelur.
Otabek oxidan jon fido qilur,
Kumish bibi mangu ko'z yumgan zamon.

Kumushsiz tunlari yonmoqda lov-lov,
Visolga zor bo'lgan chehrada olov.
Bek bag'rin tig'laydi sitamgar bir yov,
Kumish bibi mangu ko'z yumgan zamon.

Sevgi-baxt qo'rg'oni buzuldi yo rab,
Razolat,fisq-fasod taziyqi sabab.
Otabekda armon, shum taqdirmi ayb,
Kumushbibi mangu kuz yumgan zamon :(

Dil
04-12-2005, 06:28 PM
Tasanno Dil.Ajoyib satrlar.Otabekka ham oson tutmang. :)


Olis-olislardan bir nido kelur,
Muhabbat qasridan dard,navo kelur.
Otabek oxidan jon fido qilur,
Kumish bibi mangu ko'z yumgan zamon.

Kumushsiz tunlari yonmoqda lov-lov,
Visolga zor bo'lgan chehrada olov.
Bek bag'rin tig'laydi sitamgar bir yov,
Kumish bibi mangu ko'z yumgan zamon.

Sevgi-baxt qo'rg'oni buzuldi yo rab,
Razolat,fisq-fasod taziyqi sabab.
Otabekda armon, shum taqdirmi ayb,
Kumushbibi mangu kuz yumgan zamon :(

Bibihonim, siz aytayotgan Otabek bizning qahramonimiz.. Lekin , mendagi yigitlar o`zini "Otabek" deb ataydilar halos...

Lekin :) aytganingizdek, ularga ham oson tutmaiman...:)

Misralaringiz ajoyib...

Belgiumbek
04-13-2005, 04:28 PM
Kulishlaring kuldirdi mani
Kozlaring o'ldirdi mani
Sozlaring sexirladi mani
Turolmasman kormasdan sani

Sozlasam,erkalasam senga kam
Jonim,jahonim,hayotim,bahorim malikam..
Qizgonaman seni tunu kundanham
Sani deb uradi yurakginam

Bahordagi oppoq gul misol
Oppoq kelinlikda koray visol
Toxta jonim senga bir savol
Senham sevdingmi meni dildor

Kongillarimiz bolsa rozi
Ushalgay butun istak orzu
Duo qilsan mullayu qozi
Yangrasin toylar muborak ovozi

Dostlar qilib kelsin bazm
Kelin salom bergin
Mehmonlarga qilib tazim
Toyga tolsin elim Xorazm

Shoirmas shaydoying man
Shoh emas gadoyingman
Sani sevgan adoyingman
Man shu bahtli Zafaringman

(kamina..)