View Full Version : G'azallar
Shokirbek
04-12-2005, 08:10 AM
Muqimiydan boshladik:
Ko'ngulni g'uncha yanglig' tah-batah qon aylading, ketting,
Xaloyiq ichra ma'yus, parishon aylading, ketting.
Otib tiyri jafo dillarg'a har yondin solib raxna,
Nechuk sultonki, sen mulkingni vayron aylading ketting.
Judolig' kunjida yetmasmudi hasratda qolg'onim,
Yana sha'nimg'a bir ortuqcha doston aylading, ketting.
Tushub otdin g'azab aylarda ketmoqqa shitob aylab,
Bu ishni qilmas erdi hech musulmon, aylading, ketting.
Agar tosh bo'lsa ham ko'nlung, erib bo'lg'ay muloyimkim,
Ko'runsa dushmanim, yer birla yakson aylading, ketting.
Avvalda oshinolig' qilmasanchi, oxiri tashlab,
Umidim shulmudikim, zoru hayron aylading, ketting.
Duoyi davlating ko'zlar Muqimiy garchi mahrumdur,
Bo'lakka ne'mati vasling farovon aylading, ketting.
Yaqinda hijriy 1329 (taqriban 1905-1906 yillar) yilda chiqqan bir asar qo'limga tegdi. Unda turli vaqtlarda ijod qilib o'tgan shoirlar she'rlaridan namunalar bor. Ko'plari ilgari menga uchramagan she'rlar ekan. She'rlar arabcha nasta'liq xatida yozilgan, ba'zi joylari o'chib ketgan.
Chindan ham g`azal oqiganda, insonnning qalbida ajib bir iliqlik, be`g`uborlik uyg`onadi...
Shu tob Navoiyning misralari yodimga tushdi, onam maromiga aytib oqir edilar...
Ko’rgali husnungni zoru..
Ko’rgali husnungni zoru mubtalo bo’ldim sanga,
Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldum sanga.
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko’ngil,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo’ldum sanga.
Men qachon dedim: vafo qilg’il manga – zulm aylading,
Sen qachon deding: fido bo’lg’il manga – bo’ldum sanga.
Ey ko’ngil, tarki nasihat ayladim avvora bo’l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo’ldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga.
G’ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo’ldum sanga.
Shokirbek
04-12-2005, 02:27 PM
Darhaqiqat, Navoiy o'zbek she'riyati ustodi hisoblanadi, xususan, g'azal bobida.
Binobarin, gap g'azallar haqida ketganda u kishining ajoyib g'azallaridan birini odob yuzasidan dastlab keltirish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bunga boodoblik bilan nozik ishora qilganingiz uchun ko'p tashakkur.
Ne ajabki, yuqorida zikr qilganim kitobda Navoiy asarlaridan keltirilmapti. Balki, kitob "keyingi xon zamonlarida" yashab o'tgan shoirlar ijodiga bag'ishlangandir. Zero unda Furqat, Fazliy Namangoniy, Nodim Namangoniy, Shavqiy, Kamiy, Obid va boshqa bir qator shoirlar nazmlaridan namunalar keltirilgan.
BIBIHONUM
04-12-2005, 04:30 PM
Ey mug`anniy, chun nihon rozim bilursen - soz tuz,
Tortibon munglig` navo sozing bila, ovoz tuz.
Navha ohangi tuzub og`oz qil mahzun surud,
Ul surud ichra hazin ko`nglumga maxfiy roz tuz.
Tuzma og`oz aylabon Farhodu Majnun qissasin,
Desang el kuysiun mening dardim qilib o`goz tuz.
Istasang kim, nag`mang ichra ko`p xaloyiq o`lmagay,
Ul ikovdin ko`p, vale mendin tarona oz tuz.
Gar mening holim desang tuz barcha dostoni niyoz,
Dilbarimdin nag`ma soz etsang, surudu noz tuz.
Chun bu gulshanda nishiman qilg`ali qo`ymas xazon,
Gul firoqi savtin, ey bulbul, qilib parvoz tuz.
Bazm aro o`rtar Navoiyni nihon munglug` surud,
Ey mug`anniy, chun nihon rozim bilursen -soz tuz.
Darhaqiqat, Navoiy o'zbek she'riyati ustodi hisoblanadi, xususan, g'azal bobida.
Binobarin, gap g'azallar haqida ketganda u kishining ajoyib g'azallaridan birini odob yuzasidan dastlab keltirish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bunga boodoblik bilan nozik ishora qilganingiz uchun ko'p tashakkur.
Ne ajabki, yuqorida zikr qilganim kitobda Navoiy asarlaridan keltirilmapti. Balki, kitob "keyingi xon zamonlarida" yashab o'tgan shoirlar ijodiga bag'ishlangandir. Zero unda Furqat, Fazliy Namangoniy, Nodim Namangoniy, Shavqiy, Kamiy, Obid va boshqa bir qator shoirlar nazmlaridan namunalar keltirilgan.
Ko`p haq , binobarin ma`noli fikrlarni aytibdursiz, Shokirbek.
Alalhusus, mulohazalaring`izg`a hamfikirligimni izhor qilg`on holda , Mavlono Mirzoning bir turkum g`azallaridan keltirgum. Ular garchand ko`p ermasa-da, muhlislarimiz qalbig`a ajiib bir hushnudliq bahsh etadur, degan umiddamen..
Jong’a chun derman...
Jong’a chun dermen: “Ne erdi o’lmakim kayfiyati?”
Derki: “Bois bo’ldi jism ichra marazning shiddati”.
Jismdin so’rsamki: “Bu za’fingg’a ne erdi sabab?”
Der: “Anga bo’ldi sabab o’tluq bag’irning hirqati”.
Chun bag’irdin so’rdum, aytur: “Andin o’t tushti manga
Kim, ko’ngulga shu’la soldi ishq barqi ofati”.
Ko’ngluma qilsam g’azab, ayturki: “Ko’zdindur gunah,
Ko’rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati”.
Ko’zga chun dermenki: “Ey, tardomani yuzi qaro,
Sendin o’lmish telba ko’nglumning baloyu vahshati”.
Yig’lab aytur ko’zki: “Yo’q erdi manga ham ixtiyor
Ki, ko’rundi nogahon ul sho’xi mahvash tal’ati”.
Ey Navoiy, barcha o’z uzrin dedi, o’lguncha kuy
Kim, sanga ishq o’ti-o’q ermish azalning qismati.
Xil’atin to aylamish...
Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig’, yashil,
Shu’layi ohim chiqar har yon qizil, sorig’, yashil.
Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorig’, yashil.
Shishadek ko’nglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig’, yashil.
Orazu xoling bila xatting xayolidin erur
Ko’zlarimning ollida davron qizil, sorig’, yashil.
La’lgun may tutqil oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yo’q imkon qizil, sorig’, yashil.
Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig’, yashil.
Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
Bo’ldi naming rangidin devon qizil, sorig’, yashil.
RUBOIYLAR
* * *
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg’a tikondek oshyon bo’lmas emish.
* * *
Zohid, senga – hur, manga – jonona kerak,
Jannat – sanga bo’lsun, manga – mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.
* * *
Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo’lmas,
Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
* * *
Kim ko’rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o’lsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.
P.S: Shokirbek, mabodo ommaga g`azal oqimaganmisiz? G`azalni juda yahshi ta`riflab berdingiz... :rolleyes:
Shokirbek
04-13-2005, 12:48 AM
P.S: Shokirbek, mabodo ommaga g`azal oqimaganmisiz? G`azalni juda yahshi ta`riflab berdingiz... :rolleyes:
Yo'q, bunday sharafga molik bo'lmadim hali.
Gustohlik uchun kechiring, g'azalga ta'rif bergan joyni so'zlarim orasidan topolmadim, yo arab harfidan g'azal o'qiganimga ishora qilib dedingizmi? :rolleyes:
Shokirbek
04-13-2005, 01:05 AM
Ey sabo, kel, bog' aro ko'rgan tamoshodin gapur,
Sarv ila guldin dema, ul sarvi ra'nodin gapur.
Pistavu bodomdin dam urmag'il ey bog'bon,
Ul labi xandon ila ul chashmi shahlodin gapur.
Topsang ey shaydo ko'ngul nogah ani ko'yig'a yo'l,
Ul pari oldida bul majnuni shaydodin gapur.
Yor zulfidin gireh ochmaq hunardur ey nasim,
Nuktadonlar ichra bu mushkil muammodin gapur.
Zuhd ta'rifini qil zohidga bo'lsang hamnishin,
Rindlar bazmida sog'ar birla miynodin gapur.
Xudnamolig'din mukaddardur ko'ngul ey mayfurush,
Urma dam oyinadin, jomi musaffodin gapur.
Ey mudarris, ishq darsini rumuzidur daqiq,
Muxtasar qil ushbu so'zni, sharhi osodin gapur.
So'zla ey Fazliy, Umar Sulton shukuhi adlidin,
Man qachon aydim Skandar birla Dorodin gapur.
Masud
12-13-2005, 01:05 PM
Sayding qo'yaber sayyod sayyora ekan mendek,
Ol domini bo'ynidin bechora ekan mendek.
O'z yorini topmasdan ovora ekan mendek,
Iqboli nigun bahti ham qora ekan mendek.
Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek,
Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mendek.
Besh kun sening davringda bechora hirom etsin,
Ohular ila o'ynab ayshini mudom etsin.
Yomg'ir suvi to'lganda tog' lolani jom etsin,
Haqqingg'a duo aylab umrini tamom etsin.
Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek,
Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mendek
Shu g'azalmi, yo anig'ini bilolmadim, ammo bir eslab shuni qo'yishga ahd qildim. Ohirigacha kelitirilganmi yoki yo'qmi. Shuni bila olmadim.
Iltimos agar bilsalaring yo biror joyda to'liq matni bo'sa aytvorilar.
Oldindan rahmat
AT
[AnTi]TeaM
12-13-2005, 06:14 PM
Salom. Man sizlarni barcha gaplarizga qo'shilgan xolda bitta narsa eslatib o'tmoqchidim. G'azallarnini ma'nosini tushunadigan yoshlar borligidan xursandman, lekin xar bir g'azalda nafaqat bitta ma'no balki ikkilamchi ma'nolar xam yashiringan.
T.E g'azalni ildizi ikki ma'nodan iborat.
Mas'ud
12-13-2005, 10:50 PM
TeaM']Salom. Man sizlarni barcha gaplarizga qo'shilgan xolda bitta narsa eslatib o'tmoqchidim. G'azallarnini ma'nosini tushunadigan yoshlar borligidan xursandman, lekin xar bir g'azalda nafaqat bitta ma'no balki ikkilamchi ma'nolar xam yashiringan.
T.E g'azalni ildizi ikki ma'nodan iborat.
Ha albatta... Biz qanday nuqtai nazar bilan qarashimizga ham bog'liq...
Umuman olganda g'azallarni tahlil qilishda unga qanday yondoshishimiz e'tiborga molik...Binobarin, aksariyat g'azallarda tasavvufiy yondoshish maqsadga muvofiq...
Olloh bilguvchiroqdir...
Shokirbek
12-16-2005, 12:24 AM
Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o'landan so'r,
Ziloli zavq shavqin tashnai diydor o'landan so'r.
Labing sirrin kelub guftora bandan o'zgadan so'rma,
Bu pinhon nuktani bir voqifi asror o'landan so'r.
Ko'zi yoshlularing holin na bilsun mardumi g'ofil,
Kavokib sayrini shab to sahar bedor o'landan so'r.
Xabarsiz o'lma fatton ko'zlaring javrin chekanlardan,
Xabarsiz mastlar bedodini hushyor o'landan so'r.
G'amingdan sham'tak yondim, sabodan so'rma ahvolim,
Bu ahvoli shabi hijron banimla yor o'landan so'r.
Xarobi jomi ishqam, nargisi masting bilur holim,
Xarobot ahlining ahvolini xummor o'landan so'r.
Muhabbat lazzatidin bexabardir zohidi g'ofil,
Fuzuliy, ishq zavqin zavq ishqi vor o'landan so'r.
Iqbol
12-17-2005, 04:58 PM
Bahor ayyomidir dog'i yigitlikning avonidur,
Ketur soqiy, sharobi nobkim - ishrat zamonidur.
Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidan arg'uvoniydur.
Yana sahni chaman bo'ldi munaqqash rangi gullardin,
Magarkim sun'ning naqqoshig'a rang imtihonidur.
Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori,
Qading, ey gul, hayotim bog'ining sarvi ravonidur.
Ne yerda bo'lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,
G'aribing'a tarahhum aylagilkim, anda jonidur.
*************************
Ul yorning ittifoqi nifoqiga arzimas.
Ayyomi vasli shomi firoqiga arzimas.
Bu dahr ichra bistari rohat tilarin qo'y,
Ul farsh chun bu ko'hna ravoqig'a arzimas.
Aysheki o'tti - o'zga ani zikr aylama,
Har nimayeki itti - so'roqig'a arzimas.
Qilmoq umidu biym ila hidmat shah oldida,
Darbonining so'kunchi tayoqig'a arzimas.
Bobur, visolini ne tilarsen chu hajr bor,
Bir lahza aysh mehnati boqiyg'a arzimas.
*******************
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra bo'ldi ro'zg'orim ul qaro qoshdin yana.
Men hud ul tifli parivashg'a ko'ngul berdim, vale,
Xonumonim nogahon buzulmag'ay boshdin yana.
Yuz yamonlig' ko'rub ondin telba bo'ldung, ey ko'ngul,
Yaxshilig'ni ko'z tutarsen ul parivashdin yana.
Tosh urar atfol meni, uyida forig' ul pari,
Telbalardek qichqirurmen har zamon toshdin yana.
Oyog'im yetgancha Boburdek ketar erdim, netay,
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana.
*******************************
O'zni, ko'ngul, aysh ila tutmoq kerak,
Bizni unutqonni unutmoq kerak.
Ayshu tarab gulbunig'a suv beib,
G'ussa niholini qurutmoq kerak.
Tiyra durur zuhd damidin kongul,
Ishq o'ti birla yoritmoq kerak.
Har nmag'a g'am yema, g'am ko'p turur,
Aysh bila o'zni ovutmoq kerak.
Qo'yma mashaqqat aro, Bobur, ko'ngul,
O'zni farog'at bila tutmoq kerak.
AbdulAziz
12-18-2005, 04:33 AM
JONING KERAKMAZMI SANGA?
Fuzuliy g'azali
G’amzasin sevding, ko‘ngil, joning kerakmazmi sanga?
Teg‘a urding, jismi uryoning kerakmazmi sanga?
Otashin ohimla aylarsan banga taklifi bog‘,
Bog‘bon, gulbargi xandoning kerakmazmi sanga?
Yela verma dog‘idub, hardam oyoqlardan ketur,
Ey pari, zulfi parishoning kerakmazmi sanga?
Ey kamonabro‘, raqiba verma g‘amzangdan nasib,
O‘q odarsan dosha, paykoning kerakmazmi sanga?
Yondurub jonim, jahonso‘z etma barqi ohimi,
Osmon, xurshidi toboning kerakmazmi sanga?
Kufri zulfindan bani man’ aylamak loyiqmidir,
So‘fi, insof ayla, iymoning kerakmazmi sanga?
Tutalimkim, ashk selobina yo‘g‘dir e’tibor,
Ey Fuzuliy, chashmi giryoning kerakmazmi sanga?
Cimkent
12-18-2005, 06:16 AM
Suzma chashming gelmasin mujgon mujgon ustina
Urma zahm-i siynama paykon paykon ustina.
Riza-i almos ekar har ochtig'i zahma u sho'h,
Lutfi vor o'lsun edar ihson ihson ustina.
Dilda g'am vor, shimdilik gelma ey surur,
O'lamaz bir honada mihmon mihmon ustina.
Yordan mahjur ekan dushtik diyor-i g'urbata
Dahr go'stardi yana hijron hijron ustina.
Ham may ichmaz, ham go'zal sevmaz demishlar haqqima,
Aylamishlar Rosiha buhton buhton ustina.
Rasih
FREEMAN
12-20-2005, 05:19 PM
salom halq.
http://www.classicmusic.uz/music/Sanobar%20Sattorova/www.classicmusic.uz_Sanobar%20Sattorova-Istama.mp3
sanobar sattarovani aytgan mashu maqomini lirikasi g'azal mi? kim yozgan? qayerdan topsa bularkan?
Mas'ud
12-20-2005, 10:21 PM
Rashkim (Erkin Vohodov dan)
Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o'zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo'lurman g'ash ko'zimdan ham.
Ko'zim yongay senga nargis —
Ko'zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo'lgay yuzimdan ham.
Degaylarki, charosu
Ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum
Gilos birlan uzumdan ham.
Seni jonim dedim yolg'iz,
Seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman
Qo'pol aytgan so'zimdan ham.
Visol onida ko'z ochsa,
Ne tong, tongdan ko'ngilda ranj,
Judo qilgay meni oy yuz,
Xumor ko'z yulduzimdan ham.
Senga o'n to'rtda bog'landim,
Hanuz erkin bo'lolmas dil,
O'zim dog'man, aql kirmas,
To'zimsiz o'ttizimdan ham.
Mas'ud
12-20-2005, 10:24 PM
Yana Erkin Vohidovdan...
Do'st bilan obod uying
Do'st bilan obod uying,
Gar bo'lsa u vayrona ham,
Do'st qadam qo'ymas esa,
Vayronadir koshona ham.
Intizor har uy dilovar
Dilkusholar bazmiga,
Gar oyoq qo'sa qabohat
Yig'lagay ostona ham.
Yaxshi do'stlar davrasida
Ochilursan har zamon,
Ko'rkni shoda ichra topgay
Marvarid durdona ham.
So'rma mendan, kim diloro,
Do'stmi yo jonona deb,
Do'st mening ko'nglimdadir,
Jonimdadir jonona ham.
Qochma rostgo'y do'stlarning
Koxishu ozoridan,
Qaddi rost shamning tilidan
O'rtanur parvona ham.
Do'st qidir, do'st top jahonda,
Do'st yuz ming bo'lsa oz,
Ko'p erur bisyor dushman
Bo'lsa u bir dona ham.
Kim senga hamroz emasdir,
Beg'araz deb o'ylama,
Gohi dushmanlik qilurlar
Qo'l siqib do'stona ham.
Do'sti sodiq yo'q ekan deb
O'rtanib kuyma va lek,
Mehr uyin keng ochsang, Erkin,
Do'st bo'lur begona ham.
Mas'ud
12-27-2005, 05:09 AM
Mashrabdan...
O'rtar...
Agar oshiqlig'im aytsam, kuyub jonu jahon o'rtar,
Bu ishq sirrin bayot etsam, taqi ul xonumon o'rtar.
Kishiga ishq o'tidin zarraye yetsa, bo'lur giryon,
Bo'lub besabru betoqat, yurak-bag'ri chunon o'rtar.
Nechuk toqat qilay, do'stlar, bu dard ila bo'lub hayron,
G'amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig'on o'rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
"Nigoro!" deb oting aytsam, ki shavqingdin zabon o'rtar.
Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko'zum giryon, so'ngaklarni nihon o'rtar.
Na qattig' kun ekan, jono, visolingdin judo bo'ldim,
Mening ohim o'tig'a bul zaminu osmon o'rtar.
Yurakda dardu g'am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o'rtar.
Bu dard ila xarob o'ldum, kelib holimni so'rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o'rtar.
Bu Mashrab dardini, jono, ki hech kim boshig'a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o'rtar.
Gareeb
03-11-2006, 05:04 AM
Do'stlar g'azalxonlikni dawom ettiriylar, endi qiziqqanimda tugab qopti :)
Madalio'g'li
03-22-2006, 02:03 PM
So‘rma holimniki bo‘ldum burnog‘idin zorroq,
Jism jondin zoru jonim jismdin afgorroq.
Banda taqrir aylay olmon band-bandim dardini,
Yuz temur band o‘lsa ondin bu erur dushvorroq.
Mastu bexudliq bila umrungni o‘tkarding, darig‘,
Ey ko‘ngul, mundin beri bo‘l bir nima hushyorroq.
G‘aflat uyqusidin uyg‘on, gar tilar bo‘lsang murod,
Kim yetar maqsadg‘a har kim, bo‘lsa ul bedorroq.
O‘lgali yettim, mening jonim g‘amin ye, ey rafiq,
Dahr aro chun yo‘q kishi sendin manga g‘amxorroq.
Kelmas o‘xshar zaxmating islohg‘a, Bobir, magar
Har davokim qildilar bo‘ldung dag‘i bemorroq.
Zahiriddin Muhammad Bobur
Royal
03-22-2006, 02:43 PM
Blin Gazalladan koraman dip litrature.uz ga kirsam BAZAAR boptiyu
fthnm2005
08-18-2006, 02:22 PM
salom halq.
http://www.classicmusic.uz/music/Sanobar%20Sattorova/www.classicmusic.uz_Sanobar%20Sattorova-Istama.mp3
sanobar sattarovani aytgan mashu maqomini lirikasi g'azal mi? kim yozgan? qayerdan topsa bularkan?
Bu halima ahmedova qalamlariga mansub g'azaldir:
http://khurshiddavron.wol.bz/base/view/document/halimahmad
HALIMA AHMEDOVA SHE'RLARIDAN NAMUNALAR:
ISTAMA SEVGUVCHI DIL...
Istama sevguvchi dil, sen istagan yor mandadur,
Ishq uyida avliyo etgan qizil xor mandadur.
O'ynashur jon shu'lasida umrimi margi xazon,
Ul xazon kaftida yotgan do'zzaxiy zor mandadur.
Dayri mug' savdosida may bo'lsa gar ko'ngil qoni,
Ich, g'amim sarxush bo'larsan mayxona bozor mandadur.
Haq agar oshuftadur, oshuftadur jonim mening,
Mansuri Xallojda ketgan sohiri zor mandadur.
Qayg'uning ehsonida yeldagi oshiq oy kabi,
Bemurod baxtni yopingan qayg'uchan attor mandadur.
Befasl o`tgan umr darvozasi dard zangidir,
So'ngagimi ichida yotgan beqalov qor mandadur.
Bu ko'ngil vayron etilgan chorasiz ishq shahridir,
Sen xiyonat toshin otgan Kabai-g`or mandadur.
O'ldimu ikki ko'zim qabrim bo'lib qoldi mening,
Ruhlar orzusida bezovta mozor mandadur.
Garchi jannat qayg'usi etmas meni devonahol,
Bir yorug' qayg'u o'zim arosat devor mandadur.
Sen G'ulomsan qismati Shayxi Sa'non sandadur,
Hur balo dashtidagi ul zulfi zunnor mandadur.
Shokirbek
11-08-2006, 07:22 AM
Boshqa mavzuning ichida joylashgani uchun Mavlononing ushbu g'azallarini (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=10485&page=25) (Mug'anniy o'zimi, kim?) o'qimagan ekanman. Agar rostdan ham o'zi yozgan bo'lsa g'azal bobida unga tan berish kerak!
Nigorabegim
11-23-2006, 01:57 AM
Sayding qo'yaber sayyod sayyora ekan mendek,
Ol domini bo'ynidin bechora ekan mendek.
O'z yorini topmasdan ovora ekan mendek,
Iqboli nigun bahti ham qora ekan mendek.
Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek,
Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mendek.
Besh kun sening davringda bechora hirom etsin,
Ohular ila o'ynab ayshini mudom etsin.
Yomg'ir suvi to'lganda tog' lolani jom etsin,
Haqqingg'a duo aylab umrini tamom etsin.
Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek,
Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mendek
Shu g'azalmi, yo anig'ini bilolmadim, ammo bir eslab shuni qo'yishga ahd qildim. Ohirigacha kelitirilganmi yoki yo'qmi. Shuni bila olmadim.
Iltimos agar bilsalaring yo biror joyda to'liq matni bo'sa aytvorilar.
Oldindan rahmat
AT
Siz yuqorida keltirgan she'r mualifi Furqat bo'lib, musaddas (oltilik) dir
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.