View Full Version : Hajviy-she'riy qissa
Hozimi
04-12-2005, 02:27 PM
Agar bu vasila bilan yuzlaringizda tabassum paydo qilaolsam - baxtiyorman.
--Hangoma--
Qor yog'ardi bo'ralab,
Qolishmasdan dovuldan.
To'yga aytib ketishdi
Shundoq qo'shni ovuldan.
Yo'lga chiqdi ikki chol,
To'yga borish qarz, beshak,
Birovi otga mindi,
Birovi mindi eshak.
Qor-chi hamon yog'ardi,
Yog'ar edi gupillab.
Yo'lni eshak boshladi,
Ot ergashdi lo'killab.
Gapga tushdi ikki chol,
Suhbat u yoq-bu yoqdan.
o'tgan-ketgan, baland-past,
Goh kalla, goh tuyoqdan.
Suhbat degan soz narsa,
Qolmasang bas surgashib.
Yo'rg'alar eshak hamon,
Ot boradi ergashib.
Asta-sekin kun qaytar,
Ufqlarda o'chgan rang.
Qor oralab qaydadir
Bir yulduz chaqnar arang.
Chollar-chi hamon yo'lda,
Suhbat o'sha-o'shaydi.
Biri dedi: - Oqsoqol,
Kun botganga o'xshaydi.
- Yo'g'e usta, - der biri,-
Ko'zdan qolibsiz butkul.
To'rt chaqirim ovulga
Nahot yursak bir kun yo'l.
Ammo bu gap rost edi,
Yulduzlar chaqnar bot-bot.
Oldinda eshak borar,
Orqada lo'killar ot.
Ovuldan-chi darak yo'q,
Oppoq edi qir-qiya,
"Adashib ketdikmikan,
Kuppa-kunduz kuni-ya?
Gap bosdimi yo g'aflat,
Tavba, bu qandoq o'yin?"
Qor tindi-yu chollarning
İchiga kirdi quyun.
- Qora qishda to'y qilmay,
Battar bo'lgur nokas, gov.
Bachchag'arning aslida,
Fe'li sovuq edi-yov.
Qaydadir cho'zib-cho'zib
Uvlab qoldi-ku qashqir.
Kim ham ayting bunday choq
Tashvishga tushmas axir?
Xususan, keksayganda
Xafa bo'lib ketasan.
Aytaylik o'sha qashqir
G'ajib ketsa netasan?
Qora sovuq, qish qayrab
Qovurg'ani ezardi.
Keng sayhonda ikki chol
Yo'l axtarib kezardi.
Yo'l qayoqda, to'rt taraf
Qalin, oppoq qor edi.
Eng battari - sovuqda
Jon saqlash dushvor edi.
Qaytay desa iziga-
Belgi ham yo'q, iz ham yo'q.
Qaltiraydi ikki chol,
Taskin ham yo'q, so'z ham yo'q.
- Ne bo'lsa ham topshirdik
Yaratganning o'ziga!
Tavakkal deb ot boshin
Qayirdilar iziga.
Peshonada borini
ko'rar inson degan zot.
Yo'l soldilar qaygadir,
Ot boshin qo'yib ozod.
Bir kor-hol bo'lmay endi,
Uyni topib borsak bas.
Surgaladi ot horg'in,
Orqada eshak besas.
To tonggacha ikki chol
Yurdi, turdi, surindi.
Uzoqlarda bir mahal
Qora narsa ko'rindi.
Bo'g'oti bor haytovur,
O'xshab turar qishloqqa.
"Xudoga ming shukur", deb
Yurdilar o'sha yoqqa.
Tuman ichra dov-daraxt,
Turar edi yaltirab.
Tongga yaqin qishloqqa
Kirishdilar qaltirab.
Tugagandi bardosh ham,
Tugagandi bor sabot.
Yetmay bir darvozaga
To'xtab qoldi sho'rlik ot.
- Joy so'raylik, naryog'i
Bir gap bo'lar, oqsoqol, -
Qamchin bilan taqa-tuq,
Darvozani qoqdi chol.
İzg'irinchi, izg'irdi,
Yeru ko'kda horg'in tus.
Bir kampir chiqdi shu tob,
Qo'lida xira fonus.
So'z boshladi chol titrab,
Halqumiga kelib jon:
- Bir kechaga bizlarga
Joy bersangiz, yangajon.
Qora quyun charx urib
Ko'z oldini tutardi.
Kampir kelib yaqinroq
Fonusini ko'tardi.
- Hoy, senmi bu, yer yutkur
İmoningdan kechdingmi?
Aljiraysan, yo to'yda,
Aroq-paroq ichdingmi?
Alqissa shu: ot yo'lni
Uy tomon burgan ekan.
Chol-chi, o'z kapiridan,
Joy so'rab turgan ekan.
(Abdulla Oripov)
:D
Thanx man, I really enjoyed. I remember my MOM used to read me this so often when I was a little kid. It always brings smile to my face.:D ;)
BIBIHONUM
04-12-2005, 04:11 PM
Agar bu vasila bilan yuzlaringizda tabassum paydo qilaolsam - baxtiyorman.
--Hangoma--
Qor yog'ardi bo'ralab,
Qolishmasdan dovuldan.
To'yga aytib ketishdi
Shundoq qo'shni ovuldan.
Alqissa shu: ot yo'lni
Uy tomon burgan ekan.
Chol-chi, o'z kapiridan,
Joy so'rab turgan ekan.
(Abdulla Oripov)
:D
[/b] :lol: Tashakkur. :) :)
Mayli biz ham sizlarga tabassum hadya qilishga bir urinib ko'raylikchi. :)
Shoirning qo'yi
Molbozordan bir tirriq
Qo’y sotib oldi shoir.
O’z boshiga ming tashvish,
O’y sotib oldi shoir.
Go’yo saksovul deysiz,
O’z puliga yarasha.
Oyoqlari chilvirday,
Qo’y emas bu,tarasha.
Shoir u kun asabiy,
Toliqqan horg’in edi.
Ozg’in shoir edi u,
Qo’yi ham ozg’in edi.
Aslida tili qisiq,
Muttaham qo’y ekan bu.
O’pkasi shamollagan,
Zotiljam qo’y ekan bu.
Hali yurmay,o’zini
Orqaga tashladi qo’y
Bir ariqdan hatlamay,
Yo’tala boshladi qo’y.
Bir qarasang mug’ombir,
Nobakorga o’xshaydi.
Ko’zlarining tubida
Bir gap borga o’xshaydi.
Unda hali kuz edi,
Keldi qishning chillasi.
Shu qo’yni deb shoirning
Qurib bitdi sillasi.
Uzun tunlar yo’talib,
Ko’zni yumirmadi qo’y
Arpa berib boqsa ham,
Hargiz semirmadi qo’y.
Bedalarning gulidan,
Zavqqa to’lmadi bu qo’y.
Shoir qancha jon chekdi,
<Odam bo’lmadi bu qo’y>
Aytdi sheru dostonlar,
Qo’y esa bemor edi,
Shoir bedor kechalar,
Qo’yi ham bedor edi.
Nima bilan tugadi
Bu mashmasha,bu savdo?
Qo’yni odam qilay deb,
Bir shoir bo’ldi ado.
Tiriklik gohi shunday
Tashvish ekan,o’y ekan.
Shoir olgan qo’y esa,
Odam bo’lmas qo’y ekan :) :P
Asadbek
04-13-2005, 04:08 AM
:lol: :lol: :lol:
Hozimi and BIBIHONUM, kattakon rahmat. Maza qilib o'qidim.
azizxodja
04-13-2005, 04:34 AM
Kotta raxmat ajoyib sherlar:D
Mas'ud
04-13-2005, 06:19 AM
She'r "qissa" bo'lmasa-da qiziqarli deb o'ylqyman.
Uzrlarim...
***
Ketishim shart edi. Noiloj ketdim,
Yolg'izlik qa'rida qoldirib seni.
Shu qora ko'zlarga yod bo'lar edi,
Tun degan zulmatning bo'yi va eni.
Shunchalar go'zalsan, go'zalsan sanam,
Ta'rifing bitmoqqa ojizdir qalam.
Bir yigit yuragin obod etarding,
Aql ham berganda dunyo bokaram.
(Erkin Vohidov)
****
Hozimi
04-13-2005, 02:20 PM
DIDO, BIBIHONUM, Asadbek, azizxodja, JaruleUZB - yoqqan bo'lsa xursandman, arzimidi.
BIBIHONUM, bedor shoirning bemor qo'yi haqidagi qissani o'qib, kulgidan devorga suyanib qoldim. :D
Mana bunisiga nima deysizlar...
Samoviy mehmon, besh donishmand
va farrosh kampir qissasi
Xabar keldi fan shahriga
Olis Jungli tomondan.
O’tgan kecha allanarsa
Yonib tushmish osmondan.
Yulduz desa yulduz emas,
Yo yo’ldoshmi bir daydi.
Har holda u shov-sguv solga
Tarelkaga o’xshaydi.
Bu xabardab ilm ahli
Bir zum o’yga toldilar.
Yana biror mish-mishdir deb
Shubhaga ham bordilar.
Charxlab turish kerak ammo
Tuyg’u bilan aqlni...
Har ehtimol jo’natdilar
Jungliga besh vakilni.
Beshovi ham tengsiz olim,
Besh qit’adan bo’lmish jam,
Dunyodagi barcha ilm
Shul beshovda mujassam.
Ilmi nujum, tib va trix,
Jo’g’rofiya , handasa.
O’likni ham tirktirar
Agar ular xohlashsa.
Dunyodagi tillarni-ku
Besh barmoqday bilishar.
Kerak bo’lsa qushlar bilan
Xandon suhbat qilishar.
Xullas beshov yig’ilishib
Jungli tomon yeldilar.
Hatto farrosh kampirni ham
Birga olib keldilar.
Darhaqiqat Jungli notinch.
Ne daraxtlar shalpaygan.
O’rtalikda allanarsa
Yotar edi, yalpaygan.
Oynaklarni tutib beshov
Uyog’idan o’tdilar.
Bu qanaqa gap bo’ldi deb
Bu yog’idan o’tdilar.
Ba nihoyat sirli uyni
Urib ochib olishdi.
Ichkariga qarab birdan
Angrayishib qolishdi.
Yotar edi o’rindiqda
Allqanday bir maxluq.
Bir ko’zi bor manglayida,
Ikkinchisi mutlaq yo’q.
Lab-dahani odamga ham
O’xshab-o’xshab ketardi.
Qo’l oyog’i uzun-uzun,
Sap-sariqdir rang zardi...
Besh donishmand o’zni endi
Yo’qotishdi tamoman.
Hazilakam gapmi axir
Mehmon tushmish samodan.
Mana buni aytsa bo’lar
Eng oliy, zo’r muammo!
O’rab oldi uni beshov,
Miq etmasdi u ammo.
Ko’rsatishdi unga dastlab
Cheksiz olam tarhini.
Somon yo’li, al’fa, beta
Burjlarining farqini
Mehmon esa qimir etmay
Yotardi jim, sulayib.
Manglayida bitta ko’zi
Boqar edi do’layib.
Ko’rsatdilar unga yana
Yozuv, shakl, formula.
Moziyni ham ko’rsatishdi
Kino qilib bir yo’la.
Dunyodagi tillarni-ku
Lug’at qilib uyishdi.
Shu jumladan o’zbekcha ham
Bir ikki so’z deyishdi.
Mehmon hanuz qimir etmay
Yotardi jim, sulayib.
Manglayida bitta ko’zi
Boqar edi do’layib.
Karmikan deb qulog’iga
Baqirib ham ko’rdilar.
Soqovmi deb imo bilan
Chaqirib ham ko’rdilar.
Tahdid bilan hatto bir oz
Siquvga ham olishdi.
Oxir charchab, o’zlari ham
Sulayishib qolishdi.
Ish chiqmadi, demak bizni
Tushunmadi u taraf!
O’sha payt deng farrosh kampir
Kirib keldi tentirab.
Farrosh-da u, uni-buni
Yig’ishtirmoq unga tan.
O’rindiqda yotgan zotni
Ko’rdi kampir daf’atan!
- Voy bechora bolagina,
Dard zaptiga opti-ku!
Holdan toyib boshqa ko’zi
Yumilib ham qopti-ku!
Rangini ko’r, somon deysan,
Suvdanmikin yo o’tdan!
Shundoq deya farrosh kampir
Bo’la ketdi girgitton.
Azbaroyi mehr bilan
Boshginasin siladi.
Tikanakday tikka o’sgan
Sochginasin siladi.
Kampir bilmas, kim bu maxluq,
Yo bilsa ham unutti.
Ichaqolgin jon bolam deb
Hatto unga suv tutdi.
O’shanda deng haligining
Qon chopdi-ya yuziga,
Duvva-duvva yosh ham keldi
Bittagina ko’ziga.
Jon kirganday bo’ldi birdan
Oyoq-qo’li qimirlab.
Jilmayganday bo’ldi hatto
Gapirganday shivirlab.
Aylantirib bitta ko’zni
Boqdi uyoq-buyoqqa.
Bir mahal deng dab-durustdan
Mehmon turdi oyoqqa.
Olimlarning ushbu holdan
Chimirildi qoshlari.
Bu qanaqa sir bo’ldi deb
Tamom qotdi boshlari.
Kor qilmadi shuncha ilm,
Etdi qancha sargardon.
Farroshlarning yulduzidan
Tushdimikin yo mehmon.
Ne bo’lsa ham murod hosil,
Fan shahriga yelishdi.
Farrosh kampir sirrin esa
Sal keyinroq bilishdi.
Olimlarning xizmatlari
Yo’q, bekorga ketmapti.
Shuncha ishni qilishibdi,
Faqat mehr yetmabdi. :)
(Abdulla Oripov)
Hozimi
04-13-2005, 02:35 PM
Shunchalar go'zalsan, go'zalsan sanam,
Ta'rifing bitmoqqa ojizdir qalam.
Bir yigit yuragin obod etarding,
Aql ham berganda dunyo bokaram.
(Erkin Vohidov)
:D Loool! Haaaa... bir kam dunyo-da.
Heh, awesome Hozimi, coool.
rahmat shunaqa she'rlani post qiganiz uchun, bir mazza qivoldim.:D
BIBIHONUM
04-15-2005, 03:11 PM
[font=Arial]BIBIHONUM, bedor shoirning bemor qo'yi haqidagi qissani o'qib, kulgidan devorga suyanib qoldim. :D
Dalvarzintepadan topilgan(eramizning birinchi asri)Kushon Shahzodasining boshiga atab..bir shoirdan
O'shanda ham, qarang,boshlar bo'lgan ekan,
Bir ko'rkam,jingalak sochlar bo'lgan ekan.
Ming yillar o'tsa ham,qarang,misli tosh,
Chirimayin bizga qadar yetib kelmish bosh.
-Demak,toshdan bo'lgan ekan-da bu bosh,
Silliq qaboqlaru kibor ko'zu qosh.
G'am ko'rmagan chehra biram ozoda
Nimalarni o'ylayapsan bugun,shahzoda?
Faqat o'z boshingni asrabsan-da,a?
Ajdodlar dodini kimdan tilay man?
Sening yoding qani?Xotirang qani?
Bu quruq kallangni nima qilay man? :) :D
Dalvarzintepadan topilgan(eramizning birinchi asri)Kushon Shahzodasining boshiga atab..bir shoirdan
O'shanda ham, qarang,boshlar bo'lgan ekan,
Bir ko'rkam,jingalak sochlar bo'lgan ekan.
Ming yillar o'tsa ham,qarang,misli tosh,
Chirimayin bizga qadar yetib kelmish bosh.
-Demak,toshdan bo'lgan ekan-da bu bosh,
Silliq qaboqlaru kibor ko'zu qosh.
G'am ko'rmagan chehra biram ozoda
Nimalarni o'ylayapsan bugun,shahzoda?
Faqat o'z boshingni asrabsan-da,a?
Ajdodlar dodini kimdan tilay man?
Sening yoding qani?Xotirang qani?
Bu quruq kallangni nima qilay man? :) :D
Qoyil, ja ajoyib antropolog ekanu bu avtorimiz-a? :P ;)
Shokirbek
04-17-2005, 01:07 AM
Qor yog'ardi bo'ralab,
Qolishmasdan dovuldan.
To'yga aytib ketishdi
Shundoq qo'shni ovuldan.
(Abdulla Oripov)
Rahmat, shu vaznda hazil tariqasida bir qisqa safar hangomasi:
(ba'zi joylarda qalam tug'yonga kelib, odob doirasidan chiqilgan bo'lsa, meni afv etsinlar)
SAFAR HANGOMASI
===========
Borsang Toshkentga agar,
Mahmudjonni mahkam tut,
Tilidan yog'ar shaker,
Dardlaring bo'lar unut.
Dangasa, ayyorligin,
Qo'shmasak ham bo'ladi.
Yaxshi fe'llar borligin,
Aytsak o'rni to'ladi.
Har bir yo'l, har dahani,
"G'izillab" topar shovvoz,
Yotargachi, joy qani?
Desang, deydi: juda soz.
Mehmonxona, - der - yaqin,
Topgaymiz, - der- g'izillab.
So'ng yurar xuddi chaqin,
Qolar yurak bezillab.
Lek moshinlar karvoni,
Unga yo'l bermaydi hech,
Halqumga kelar joni,
Chunki vaqt bo'lmoqda kech.
O'ngga, so'lga boradi,
Mahmudjon xo'b pitirlab,
Tag'in ancha yuradi,
Necha kilometrlab.
Oxir topadi bir joy,
Turadi to'kib savlat.
Oddiy emas, naq "saroy",
Chiqdik uchinchi qavat.
Joylar zo'r, shinam, toza,
Ko'rsang ko'zing quvonar.
Uxladik qilib maza,
Toki bo'lguncha sahar.
Shunda birov soati,
To'xtamay jiringladi.
Men toq bo'lib toqatim,
Uyqusirab tingladim.
Dedim: Buncha urar do'q,
Insof bormi loaqal?!
Hali tong ham otgan yo'q,
Nechun dodlar bemahal?!
Keyin bomdod vaqtida,
Birov hojatga kirdi.
Yastangandek taxtida,
O'nbesh minut o'tirdi. :x
Shokirbek
04-17-2005, 01:08 AM
Bu yoqda bo'lib tarang,
Biz kutib o'turibmiz.
Mushtumni qisib arang,
Zo'rg'a chidab turibmiz.
Va nihoyat bizga ham,
Kirishga navbat yetdi.
U esa chiqib beg'am,
Kulib xonaga ketdi.
Hangomalashib xullas,
Hazillashib o'tirdik.
Suhbat qilishib bir pas,
So'ng uyquga erk berdik.
To'qqiz bo'lganda soat,
Apil-tapil turishib,
Yengil taranib faqat,
Tez ketdik yo'lga tushib.
Ancha yurgach, bittamiz:
To'xtang ey do'stim, dedi.
Axir qayon ketamiz?
Qobketdi kostyum! dedi.
So'ngra xijolat bo'lib,
Xo'rsinib boqib chetga.
Dedi o'pkasi to'lib:
Qolibdir yana setka.
Ortga qaytdik jadallab,
Oldik kostyum, setkani.
So'ng yana bir amallab,
Yo'lga tushdik ketgani.
Alqissa tush pallada,
Toshkentdan ketdik chiqib.
Har xil o'y har kallada,
Borarmiz jim, toliqib.
Goh adirdan, goh cho'ldan,
Har xil suhbat qilindi.
Eyarmiz deya yo'lda,
Shirin taom olindi.
Goh chindan, goh hazildan,
Gaplarga gap ulandi.
Ba'zan sekin, ba'zida,
Xandon otib kulindi.
Shunday qilib safardan,
Keldik to'rtovlon do'stlar.
O'tib gina-kadardan,
Kechirishib kam-kostlar.
Se'rim oxirin ular,
Madhi ila bezatsam,
Shirin-shirin tuyg'ular,
So'zlar ila kuzatsam.
Har biri olamga teng,
Do'stlar ekanin bildim.
Qalbi pok, fe'llari keng,
Rostlar ekanin bildim.
Yo Rab, mahshar kuni ham,
Ham Firdavs jannatida.
Bizlarni qilib hamdam,
Payg'ambarlar qatida.
Aylab bizni jovidon,
Qullaringni shodon qil!
Mangu baxt etib ehson,
Mangu jannatmakon qil!
Shokirbek. 2005 yil, aprel.
Rahmat Shokirbek! Juda ajoyib chiqibdi.:D
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.