adagio
04-30-2005, 08:10 PM
Salom ,zukkolar!
Kim bu olamdan sevgisiz utishni tasavvur qila oladi? Hech kim! Sevgi har hil buladimi? har hil darajada buladimi?
shu haqida uylab qog'ozga tushgan bazi mulohazalarim:
Uchrashuv
Butun halq Sen tomon yul olmoqda. Mana 20 yildan oshibdiki men ham shu olomon safida beihtiyor Sen tomon odim otmoqdaman.
Har uchratganimdan Sen haqingda surayman: ehtirosla, sevgi ila, qayg’u ile , g’am ile, intizorlikla Sening madhingni qilishadi menga.
Sen mehrda ummon ekansan, ishqing cheksiz ekan, va emishki hech bir asl oshiqini ul ishqingda mast qilmasdan quymas ekansan.
Men ham mana oshiqman desam, bir malohatli dilbarni sevdim desamda bir narsani, yani shu vaqtgacha hech kimga aytolmagan bir sirni saqlashdan yuragim zardobga tuldi. Nimadir yetishmaydi, nimadir kuplik qiladi, nimadir juda suniy, nimadir yasama tuytilaveradi!
Yillardir usha “ nimadir” ni qidiraman.
Qalbimdagi oilamga, atrofimga, onaizorimga, insoniyatga bulgan sevgi kupriklari orasidan Senga bulgan shul Asl sevgini qidiraman. Tavba, qalbsiz ekanman ! Qani Senga atalgan sevgi ?! Men sohtakormanmi, yoki tushimmi, vayo alahsiramoqdamanmi ? Nahot sevishga qodir bulmasam ? Nega ushal Asl oshiqlardek men ham seni sevolmasam ?!
Nigohmini olomonga qarataman, ular nigohidan Seni qidiraman. Tabiatdan, jonzotlardan, guzzalikdan Sening sevgingning ufurib turganini his qilgandek bulaman, ammo… ming afsuski kuzlarim ochiq kur bulganligini tan olmasdan iloj yuq- Sevgilim, seni kurolmayman!
“Sevgilingni diling va tilingla zikr et” deyishadi, dildan sado chiqmagach kuchsiz bir umidla suzlarimga nazar solaman.Eyvoh, shuncha yil ne ilinjlarda suzlaganim yolg’on, utkinchi, riyolarga tula isrof bulib chiqadi;
Usha orziqib kutganim uchrashuv Kunida qalbsizligimni, kurligimni, tilsizligimni yuzimga solmasdan, Sen uzing bilgan Asl ishqla meni qarshi ol! Zero sen mehrda ummon, kechirimlisan!