Hozimi
05-03-2005, 08:28 AM
Aziz forumdoshlarim, Goethe ijodiga mansub sheriy parchlardan ushbu thread'ga yuborsangiz men va butun Goethe muxlislari minnatdor bo'lar edik...
Boshlab berish bizdan...
-Goethe'ning "Faust" asridan parcha-
(Erkin Vohidov tarjimasi)
Kecha meni aldamish nahot ilohiy ul ayyom kuylari
Niyatimni aylamish barbod bolalikning shirin o'ylari
La'nat bo'lsin avrab insonni allalagan o'shal tuyg'uga
La'nat bo'lsin tabarruk jonni tan g'origa solgan dog'uga
La'nat, ado qilguvchi bizni ko'ngildagi takabburga ham
La'nat murg'ak hislarimizni aldaguvchi tasavvurga ham
La'nat senga, bizni band etgan turmush o'yi, oila, shuhrat...
Lahza bizni sarbaland etgan shirin tushlar, sizg ham la'nat
Senga ham ey boylikka ruju, la'nat bo'lsin butun umrga
La'nat bo'lsin muhabbatgayu, sharob bergan totli sururga
La'nat senga shirin hayolot, ne g'ulg'ular solguvchi boshga
Barchasiga chidarmiz hayhot, la'nat bo'lsin sabru bardoshga.