View Full Version : Yaxshilarni oy nuriga oranglar
mushketyor
05-07-2005, 12:16 PM
Salom aziz forumdoshlar meni qolimda bir ustozimning sheriy toplami bor shuni sherlarini sizlar bilan baham kormoqchiydim ruxsatlaringiz bilan
Muallif nomi Raxmon Masharipov
mushketyor
05-07-2005, 12:23 PM
Ozbekistonimiz Milliy Mustaqilligining 7 yilligiga bagishlangan sher
Sherim bersa elda sado
So'zlarimdir shoda-shoda,
Aytgan bilan bo'lmas ado,
Ularga yaxshilar gado,
Shodman, bersa elda sado.
Bordir sozlarimda sehr,
Bordir sozlarimda mehr,
Chqnar kozlarimda mehr,
Xislarimdan tugilar sher.
Ketmay sherlarim ohori,
Donolarga yurak gavhari,
Yomonga zaqqum-zahari,
Botgay nopokka teskari.
Qalbingizga bo'lib qanot,
Yollarda gul ochsa hayot,
O'ksik dilni etolsa shod,
Zulmatni nur qilgay barbod.
So'zlarimdan chiqsin chaqin,
Bir juft qoshday qalbga yaqin,
Ziyodan - zulmatning farqin,
Anglasalar G'arbdan, Sharqin.
So'zim go'yo ohangrabo,
Dardmanlarga bo'lsa davo,
Xush bir ohang, xush bir navo,
Shu ibtido, shu intiho.
Rahmon der, shoir emasman,
Sherlarim alo, demasman,
Kibrga lek erk bermasman,
Qalbim - bog'im, nurga maskan
1991 yil, iyun
Pythagor
05-07-2005, 12:28 PM
Ozbekistonimiz Milliy Mustaqilligining 7 yilligiga bagishlangan sher
1991 yil, iyun
yaxshi she'rakan.
uzr offtop, 1991 yil mustaqil bo'ganmizu, qanaqasiga 7 yilligiga bag'ishlab she'r yozgan u shoir?
mushketyor
05-07-2005, 12:42 PM
ISTIQLOL ILHOMLARI
Niyatlari pok, charog'on istiqlol
Qilib zulmatlar ko'ksin tilka-pora,
Chiqding, yorib toshni maysalar misol,
Eltib asrlardan nurlar oshkora,
Aylading yurtim charog'on, istiqlol.
O'tdi yillar, saltanatlar izma-iz,
Qochdilar barisi go'yo el-shamol.
To'kdilar daryo qon Qutayba, Chingiz,
Armon bo'ldi bu hur zamon, istiqlol.
To'maris, Jaloladdin qahramonlarning
Endi nomlariga etmagay zavol.
Yo'lingda to'kilgan qutlug' qonlarning,
Rangiday niyating alvon, istiqlol.
Moziy guvoh, qancha-qancha jallodlar,
Kasridan sudraldik, sudraldik behol,
Sen uchun jon fido ne-ne ajdodlar,
Kimlarga bo'lmading armon, istiqlol.
Vahshiylikda nomi ayon Kaufman,
Majruh aylab yurtim qildi bemajol,
Chekib faryod, qon tupurdi Turkiston,
Oshdi og'riqlaring chandon, istiqlol.
Talandi Xorazm va butun o'lka,
Tashildi Maskovga dunyo-dunyo mol.
Chiqquncha bu yorug', bu nurli yo'lga,
Zulmatlarda qolding hayron, istiqlol.
Asl farzandlaring tonglardan so'zlab,
Hurriyat, dedilar jo'shib quloq sol,
Kishan kiyma, bo'yin egma, deb bo'zlab,
Ziyolar taratdi Cho'lpon, istiqlol.
Charaqlading ko'kda go'yo to'lin oy,
Balki sendan oldi oldi yog'duni hilol.
Vatan farzandlari xizmatingga shay,
Visolingga bo'ldi imkon istiqlol.
Har bir honadonga sen taratding nur,
Yurak-yuraklarga ko'rsatar jamol,
Quvontirding bag'ishlab qalblarga shuur,
Xalqimning dardiga darmon, istiqlol.
Bo'ldi mutelikdan ko'ngillar ozod,
O'zligini tanib xalq topgay kamol.
Qanot qoqsin orzu, yurt bo'lsin obod,
Har jabhada urgin javlon, istiqlol.
Sarbaland tog'laru bog'lar yurt naqshi,
Daryolar sho'x bunda, buloqlar zilol.
Hurliknu ulug'lash naqadar yaxshi,
Keldi surar chog'ing davron, istiqlol.
Yurtim orzulari ushalsin qat-qat,
Iymonday ezgu bo'l, elga cobit qol.
Kelajak buyuk bu yurtning faqat,
Mangu bag'rin etsang makon, istiqlol.
Ne baxtki, el yurtga etib fido jon,
Qoldirsak o'zdan iz - shu oliy iqbol,
Bo'lardik hsod xandon, mudom bearmon,
Etsa ham yod, har jon, istiqlol.
Qutlar seni bugun, jumlai jahon,
Do'stlarni quvontir, kulsin, istiqlol.
Asl farzand bo'lib kuylasin Rahmon,
Berding ilhom, jo'shsin zabon, istiqlol.
1991 yil, sentyabr
mushketyor
05-07-2005, 12:43 PM
yaxshi she'rakan.
uzr offtop, 1991 yil mustaqil bo'ganmizu, qanaqasiga 7 yilligiga bag'ishlab she'r yozgan u shoir?
shu sherini yozib turib keyin bag'ishlagan shuni ham tushinmaysizmi adamboy qanaqa adam siz :lol:
mushketyor
05-07-2005, 12:55 PM
Seni ko'rdim
Sevdim iliq nafasing alp tog'laringda,
Ta'rifingga so'z yo'q jannat bog'laringda.
Bahorlar qulf urgan xush chog'laringda,
Daryoga talpingan irmoqlaringda,
Seni ko'rdim, Vatanim - O'zbekistonim.
Bag'ringda boyliging - ma'danlaringda,
So'lim qishloqlaring - chamanlaringda.
Bo'stonlaring ichra sog' tanlaringda,
Duldulga aylangan samanlaringda,
Seni ko'rdim, chamanim - O'zbekistonim.
Oltinu zar ungan dalalaringda,
Bog'larni bezagan lolalaringda,
Jahonni kiydirgan tolalaringda,
Quvonchim, deb bilgan bolalaringda
Seni ko'rdim, o'z tanim - O'zbekistonim.
Qo'shiqqa aylangan sarv qomatingda,
Do'stlar havas etgan har omadingda,
Dunyoni chorlagan marhamatingda,
Buzrukbor niyatli karomatingda,
Sen - Vatanim manim, O'zbekistonim.
Jahonni rom etgan fayz jamolingda,
Nurlarga burkangan xush kamolingda,
Dadil qadamlaru shasht maromingda,
Odobing, "assalom" xush kalomingda
Seni ko'rdim, sha'nim - O'zbekistonim.
Mustaqillik hurlik - har xitobingda,
Tinchlikka chorlagan baxt kitobingda,
Ko'ksingda porlagan oy, oftobingda,
Moziydan to bugun har bir bobingda,
Seni ko'rdim, Turonim - O'zbekistonim.
Mehr nuridan tovlangan ko'zlaringda,
Hikmatlarga aylangan chin so'zlaringda,
Siyratingni anglatgan yuzlaringda,
Sochilsin gullar chaman izlaringda
Seni ko'rdim, makonim - O'zbekistonim.
Buyuklikni niyat qilgan parvozlaringda,
Istiqlol kuylagan ovozlaringda.
Madhingni sharaflagan sozlaringda,
Rahmonga ilhom - so'lim yozlaringda,
Endi yo'q armonim - O'zbekistonim.
1992 yil, sentyabr
mushketyor
05-07-2005, 01:07 PM
Ona yurtim - Turonim, O'zbekistonim
Ta'rif etsam so'z etmas, go'zal bir makon,
Etti iqlimga mashhursan qo'hna Truon,
Ahil oilamiz, uyimiz bor - Turkiston,
Yashar xalqlari qadrdon, erlari bo'ston,
Ona yurtim - Turonim, O'zbekistonim.
Barchamiz ham buyuk ajdodlar haslimiz,
Minglab urug'-shajaraning payvandimiz,
Tabiatning naqshi, gul toji - aslimiz,
Qo'l uzatsa yulduzga etar dastimiz,
Ona yurtim - Turonim, O'zbekistonim.
Moziyda o'zbek degan ulug' noming bor,
Alifbosi "Ovasto"dan ilk kaloming bor,
Qalbni qalbga ulagan as-saloming bor,
Mehmon aziz, dasturxonda taoming bor,
Ona yurtim - Turonim, O'zbekistonim.
Quyoshli yurtda ko'chgay qalblarga quyosh
To'ylar bo'lsa shodlangay barcha keksa-yosh,
Kelin tushsin har xonadonga qalam-qosh,
Yigit-qizlar xizmatda, damlanadi osh,
Ona yurtim - Turonim, O'zbekistonim.
Hurlararo hurdirsan, yarashgay tojing,
Shunday yurtga munosibdir karvonboshing,
Elat-elatga, jon-jonga yaqin - qarindoshing,
Ko'zlarga to'tiyo gar bir gard, cho'lu-toshing,
Ona yurtim - Turonim, O'zbekistonim.
Gar yozilmasa tarixlarga nomim,
Shukur, iymonim bor, yo'qdir hech armonim,
Oqarkan tomirlarimda yurak qonim,
Shu Vatanga o'g'lonman - baxshida jonim
Ona yurtim - Turonim, O'zbekistonim.
1995 yil, sentyabr
maradona
05-07-2005, 01:56 PM
yaxshi she'rakan.
uzr offtop, 1991 yil mustaqil bo'ganmizu, qanaqasiga 7 yilligiga bag'ishlab she'r yozgan u shoir?
Ozgina mantiqan fikr yuriting hammani tanqid qilavermasdan....
Usha she'riy kitob Mustaqillikni 7 yillik arafasida chiqarilgan,7 yilligiga bagishlanadi degan efigraf bilan...
Baha shu epigrafni bu erga ham kuchirib yozgan....
Hammaga off top yozmaslikka maslahat berib tanqid qilgandan kura uziz nima qilib yurganizga bir qarang...
Pythagor
05-07-2005, 02:20 PM
Ozgina mantiqan fikr yuriting hammani tanqid qilavermasdan....
Usha she'riy kitob Mustaqillikni 7 yillik arafasida chiqarilgan,7 yilligiga bagishlanadi degan efigraf bilan...
Baha shu epigrafni bu erga ham kuchirib yozgan....
heh, Adashmasam Baha savolga javob berdi sheklli a? Sayl o'tgandan kiyin xinani ... deganakan bittasi...
Hammaga off top yozmaslikka maslahat berib tanqid qilgandan kura uziz nima qilib yurganizga bir qarang...
Men sizga avval ham etgamman, aql o'rgatishga yoshlik qilasss dip...
maradona
05-07-2005, 02:27 PM
heh, Adashmasam Baha savolga javob berdi sheklli a? Sayl o'tgandan kiyin xinani ... deganakan bittasi...
Men sizga avval ham etgamman, aql o'rgatishga yoshlik qilasss dip...
Sal og'izga ehtiyot bulib gapiring dustim... men yozayotgan paytda uni javobi yuk edi,yoki kurmaganman....shuni ham uylang...ja bumasa chiqing xonaga gap bilan hal qilinmaydigan bulsa boshqa yul bilan hal qilamiz ok;)
Pythagor
05-07-2005, 02:55 PM
Sal og'izga ehtiyot bulib gapiring dustim... men yozayotgan paytda uni javobi yuk edi,yoki kurmaganman....shuni ham uylang...ja bumasa chiqing xonaga gap bilan hal qilinmaydigan bulsa boshqa yul bilan hal qilamiz ok;)
meni sizda hech qanaqa gapim yo', lekin sizzi shu gapiz bo'mapti...
Bu gappi etish hammani qo'lidan keluvradi.
Men sizzi ishizga aralashmadimmi, sizam meni ishimga aralashmang! Bu gap sizga avval ham etilgan.
omon bo'ling,
mushketyor
05-07-2005, 03:41 PM
Nega fahrlanmay o'zbek nomidan
Jahonda elat, yurt, ulusu xalqlar ko'p,
Ildizlariteran, tarixga boydir xo'p,
Adog'i yo'q qavm-qardoshlar qancha ko'p,
O'zbek tug'i, shajara elatin o'p,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
Ilk alifbolarda o'zbek nomi bitilgan,
Turkiy yozuv, bitiklarlarda zikr etilgan,
"Lug'ati turk", "Qutadg'u bilik"lar to'qilgan,
Jangnoma, doston, farmonlar ham o'qilgan,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
Temur bobom degan: "Millar-turk bosh bo'g'ini"
O'zbek sha'ni-chun tayyor tutgan o'qini,
Ta'minlagan fuqoralarga xuquqini,
Yurakdan o'chirmagan iymon cho'g'ini,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
Al Xorazmiy, Beruniylar - buyuk ustozlar,
Farobiy, Farg'oniylar unga hamrozlar,
Ibn Sino, Ulug'beklar senda mumtozlar,
"Baytulhikmat" qilsa yangi parvozlar,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
Al Jabr, "Tib qonun"idan nur oldi bashariyat,
Sharq uyg'onib G'arbga ko'rsatdi ko'p himmat,
Suv ichdi ilmu-fan bulog'idan ma'rifat,
Qaror topdi Urganchda ilk "Baytul- Himat",
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
Sanayversam buyuklaring bo'lur, qancha qissa,
Ilm-fan ummoniga qo'shdilarko'p hissa,
Arzigaydir har biriga doston bitsa,
Yaxshilar doim ezgu maqsadga etsa,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
Turonda jamdur, ko'p shayx, avliyo-pirlar,
Ahmad Yassaviy islomda yagonadirlar,
Yurtni ulug'ladi buyuk mutafakkirlar,
Bugun ochilmoqda tariqatda sirlar,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
Elga farzand bo'lsang Alisherdek sevgil,
Yigit bo'lsang Alpomishdek ko'krak kergil,
Mard bo'lsang Jaloliddindek tig' sergil,
Oshiq bo'lsang Majnundek, ishq gulin tergil,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
Amu - Sir oralig'ida, Buyuk Turonim,
Ajdodlar Sarbon bo'lgan Ipak karvonim,
Tag'dirimda Mashrig'u - Mag'rib tomonim,
Farzandman shu erga, to'kilsa qonim,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
Beshikdan sevaman bog'-bo'stonlaringni,
Yilu-o'n ikki oyda har onlaringni,
Mayin el, garmsel, kuchli bo'ronlaringni,
Saxiy dalalar, ma'danli konlaringni,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
Ne kunlarga solmadi seni charxpalak,
Eslasam, tarixing, go'yo tush - ertak,
Yursam so'qmoqlaringdan berar ko'p darak,
Birov quduq qazdi, birov tutdi chelak,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
O'zbek bo'lsang ham o'zingga bo'lolmading bek,
O'zligingni anglab, qullikka qo'yaolmading chek,
Tutib boshing mag'rur yurolmading tik,
Ta'zimda yashab, ruhing tutaolmading tetik
Nega qahrlanmay axir o'zbek nomidan.
Tushdi boshingga qora kunlar, taqdirlar,
So'rdi zulukday qoning bo'ri-qashqirlar,
Yov bosganda mardlar bo'laolmadi botirlar,
Seni sotdi manqurtlar, qalbi qo'tirlar
Nega qahrlanmay axir o'zbek nomidan.
Millatim, deganni so'roqsiz otdilar,
Begunoh qonlardan gunohga botdilar,
O'zligini anglaganlarni sotdilar,
Sotqinlar iniga kirib yotdilar
Nega qahrlanmay axir o'zbek nomidan.
Alifbo, Ona tilim ne kunlarga qoldi,
Hur fikrlar bu holda o'ylarga toldi,
Elimdan erk, insoniy xuquq yoqoldi,
Gazandalar jilovni o'z qoliga oldi,
Nega qahrlanmay axir o'zbek nomidan.
Kekirganlar o'zbekigidan jirkandi,
Ona tilida gapiraolmas farzandi,
O'z padaridan hatto tondi dilbandi,
Bu turmush tarzidan yzxshilar o'rtandi,
Nega qahrlanmay axir o'zbek nomidan.
Unitildi bobolardan meros, an'ana,
Otdi ildiz yangi urf-odat, tantana,
Yasharlar xarom pulga qurib koshona,
Sanab o'zlarini bu dunyoda yagona,
Nega qahrlanmay axir o'zbek nomidan.
Mustaqillik o'zbegimga ko'p yarashdi,
Havas qilib barcha el unga qarashdi,
Jahonda yurtdoshlarim obro'yi oshdi,
Vatandoshlarim quvonchito'lib toshdi,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
O'zbekistonim, yuksak bulay parvozing,
Tortmoqda o'ziga jarangdor ovozing,
Hech tinmasin to'ylarda qo'shig'u sozing,
Bir-biridan go'zal, kuz, qish, bahor-yozing,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
"Oq oltin" xirmonlaring ko'nglingdek oppoq,
Qalb ko'ringni ko'raman ochilsa chanoq,
Undirar zarlarni bu muqaddas tuproq,
Yashar eldoshlarim unga inoq - o'rtoq,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
"Toshkent"dan boshlanar "Havo yo'llari",
Bugun yasar avtomabil o'zbek qo'llari,
Aylanmoqda bo'stonga Qarshi cho'llari,
Ochmoqda chiroy yurtim o'ngu so'llari,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
Samarqand - madaniyatga berdi sayqal,
Buxoro - islomga o'rnatdi haykal,
Xiva - ilm-ma'rifatda bo'laoldi mash'al,
Turon - barcha buyuklarga yasadi tamal,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
Buni yozdi Ragmon, yurak qoni bilan,
Sayqal berdi satrlarga iymonibilan,
Hurriyatdan quvondi jon-joni bilan,
Yuksaklikka qayishdi vijdoni bilan,
Nega fahrlanmay men o'zbek nomidan.
1997 yil, oktyabr
mushketyor
05-07-2005, 04:50 PM
Buyuklaringga ta'zim, yurtim Xorazm
Eslasam tarixing, qaynar qalbda g'urur,
Baxshida etdi senga jon ilohiy nur,
Oqar tomirlarda pokiza qon, shuur,
Eturmiz Ollohga, bu kunlar-chun shukur,
Buyuklaringga ta'zim, yurtim Xorazm.
Dunyo tirikligi yaxshi insonlar bilan,
Zamon buyukligi pok iymonlar bilan,
Iymon butunligi uyg'oq vijdonlar bilan,
Vijdon ustunligi toza qonlar bilan,
Buyuklaringga ta'zim, yurtim Xorazm.
Tarixingdir boy, bag'ri keng buyuksan,
Har qancha madhiyalarga loyiq, suyuksan,
Karvoning salmoqli, ishlari tuzuksan,
Ajdodlar ruhi shod, tirikdan tirksan,
Buyuklaringga ta'zim, yurtim Xorazm.
Ulug'laringni kuylashni men etdim jazm,
Ajdodlaringni e'zozlash qadimdan razm,
Ustozlaringga bugun qilurmiz ta'zim,
Turon elining sarvarisan, Xorazm,
Buyuklaringga ta'zim, yurtim Xorazm.
Xorazmiylaringdan jahon saboq oldi,
Beruniylaringdan yuzlab taboq qoldi,
Zamahshariy Ona yurt,deb o'lga toldi,
Komiljonlar shu diyorni kuyga soldi,
Buyuklaringga ta'zim, yurtim Xorazm.
Teranlikni dengizlar insondan olsin,
Buyuklikda tog'lar ham insondan qolsin,
Mehr otashidan quyosh o'qlarga tolsin,
Poklikdan oydagi dof'lar yoqolsin
Buyuklaringga ta'zim, yurtim Xorazm.
Xorazm, makonsan ulug'avlio-pirlarga,
Sajdagohsan musulmon, musofirlarga,
Boysan Munis, Ogahiydek shoirlarga,
Oshiqlar elisan Zuhro - Tohirlarga,
Buyuklaringga ta'zim, yurtim Xorazm.
Ergashib ustozlaringga kamol topdim,
Sirlashib buyuklar-la tamal topdim,
Kurashib istiqlolingdan jamol topdim,
Jamolingdan Rahmon uchun iqbol topdim,
Buyuklaringga ta'zim, yurtim Xorazm.
1996 yil, may
mushketyor
05-07-2005, 09:23 PM
Urganchning 350 yilligiga
Dilda naqshim, ganjim - Go'zal Urganchim
Bugun bayram, jo'shar ko'ngilda tilak,
Seni olqishlaydi, talpinib yurak,
Madhingni kuylasak, qutlovlar aytsak,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
Ellarni chorlagan to'ying muborak,
Orzularing istiqlolga mushtarak,
Bohamga yarashgan bo'ying muborak,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
Ta'riflarga boy, tarixda buyuksan,
Hur o'lkamda aziz, hamda suyuksan,
Karvonga bosh, ham elkadosh tuzuksan,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
Abulg'ozi bel bog'lab, boshladi hashar,
Elim bunyod etdi muazzam shahar,
Shaharlarga bo'lding sen doim sarvar,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
Bobolardan oltin meros shahrimsan,
Mehrga yo'g'rilgan sharaf - faxrimsan,
Avlodlarga shon, g'animga - qahrimsan,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
O'tdi ajdodlaring senga payvandlar,
Goho engib, goho edilar pandlar,
Qon to'kdi istiqlol uchun farzandlar,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
Qoplab osmoningni bulut, tumanlar,
Bukolmadi tik qaddingni - dushmanlar,
Ko'rding quyoshli, ham zulmat zamonlar,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
Tug'ildi sen bilan yonma-yo SHovot,
Sahovatidan bo'ldi shahrim obod,
Xalqimning rizqi but, ko'ngillari ham shod,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
Bong urar ezgulikdan shahar kuranti,
Dillarga payvanddir buyuklar onti,
Farzandlaringdir - mard o'g'lonlar, tanti,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
Muhammad Xorazmiy bobom ruhi shod,
Ogahiy Navoiyni bildi, deb uztod,
Abulg'ozidan qoldi moziyda yaxshi ot,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
Elga yaraashgan bo'yingdan o'rgilay,
Ezgulikka esh o'yingdan o'rgilay,
Istiqlolga pesh to'yingdan o'rgilay,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
Xorazm - uzuk, Urganch - yoqut qoshi,
Xalqim der - omon bo'lsin karvonboshi,
Tabriklar bugun Turonim keksa - yoshi,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
Senda bisyor olim, shoir, go'yanda,
Bulbullaring sho'x kuylagay chamanda,
Farzandlik tuyg'usin, uyg'oting manda,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
Yuz tutmoqda senga bugun keng jahon,
Faxr etmoqda e'zozlab do'stu qadrdon,
Kamol topdi bag'ringda o'g'ling Rahmon,
Dilda naqshim, ganjim - go'zal Urganchim.
mushketyor
05-08-2005, 08:02 AM
Xivaning 2500 yilligiga
Qalbda borim, iftixorim Xivamsan
Moziyga yarashgan bo'ying muborak,
Jahonni chorlagan to'ying muborak,
Niyatlaring istiqlolga mushtarak,
Olqishlaydi seni bugun har yurak,
Qalbda borim, iftixorim Xivamsan.
Xivamiz go'zal Sharqning duru gavhari,
Olam ichra qo'hna shaharlar sarvari,
Ardoqlaymiz seni barcha yoshu-qari,
O'zingsan faxrimiz, boyligimiz - bari,
Madhingni kuylashga torim Xivamsan.
Qum bag'rida tug'ildi ertak shahar,
Nazar qildi unga ko'plab payg'ambar,
"Ovasto"da bitilgan bu xaqda xabar,
Muarrixlar sen haqda so'zi - gavxar,
Sahrolar ichida bahorim Xivamsan.
Ollohdan yog'ildi senga bir xovuch nur,
Bag'ishladi tuprog'ingga ilohiy shuur,
Xorazm langari buyuk pirlarimdur,
Polvon Mahmud, Said otalarning mashhur,
Ham iymonim, ham tumorim Xivamsan.
Dostonlarda kuylangan sharaf-shonimiz,
Yuraklarda oqqan toza qonimiz,
Vatanga mehr uyg'otgan boy qonimiz,
Yurtim obod, ko'ngil shod har onimiz,
Baxtga yorim, nomus - orim Xivamsan.
Saboq oldi sendan buyuk farzandlar,
Muhammad Xorazmiy, Ahmad Xivakiy,
Ulug'ladi noming yuzlab dilbandlar,
Abulg'oziy, Avaz O'tar, Ogahiy.
Yasharibsan to'yingda go'yokelinchak,
Yasanibsan nurga to'lib har burchak,
Buxoroi - shariflar senga egizak,
Shod bugun Rahmon, yozdi ezgu-istak,
QIlhomga boy, ijodkorim Xivamsan.
1997 yil, oktyabr
mushketyor
05-08-2005, 01:46 PM
YURAKDAGI VATAN
Qo'shko'pir tumani tashkil topganligining 70 yilligiga
DOSTONDAN PARCHA
I. Moziyga ta'zim
(Muqaddima)
So'zlayin moziydan saboq-hikoyat,
Omin deya, Olohdan bo'lgay hidoyat,
Paytidir tarixni bitmoqlik g'oyat,
Istiqbolga yo'llar qo'shqanot,shoyad.
Hikmatdan taralgayelga ziyo-nur,
El - yurtim deganga yarashgay g'urur,
Aylansa shu zamin zamin zarrasiga umr,
Iymoni but, yovg'on eb,kiysa ham juldur.
So'zlasin bitiklar, qaytsin adolat,
Ularning har qati bir noyob kitob,
Tosh qotgan qatralar bergay kafolat,
Etaolsak moziy darsin sarhisob.
Tarixning har g'ishti taqdirdan darak,
Bezatgay binoni g'ishtlar sarasi,
Iymon yog'dusidan nurlansa yurak,
Ezgulikka boshlar buyuk kelajak.
Moziyni menzasam Somon yo'liga,
Olis Yulduzlarga tashlarman nigoh.
Har yulduz pok nurin sochar konglimga,
Har yulduz iqboldan qilaolgay ogoh.
Vatanni sevmoqlik, derlar iymondan,
Bo'ldi adashganlar yurtning gadosi,
Nish urgay yurt ishqi uyg'oq vijdondan,
Qalblarga bong urgay Vatan sadosi.
mushketyor
05-08-2005, 02:45 PM
qanday muhtaram oquvchilar sherlar ma'qul kelayapdimi?
Fikrlarinigzni kutib qolaman
forum
05-08-2005, 04:25 PM
Siz shu yoqqa she'r yozganingizdan keyin birov adabiyot bo'limiga kirmay qo'ydi :D :D :D Agar bu she'rlar davom etadigan bo'lsa, adabiyot bo'limining muxlislari Fleym bo'limidan siyosiy boshpana so'rashlari mumkin :D :D :D
mushketyor
05-09-2005, 01:16 PM
Siz shu yoqqa she'r yozganingizdan keyin birov adabiyot bo'limiga kirmay qo'ydi :D :D :D Agar bu she'rlar davom etadigan bo'lsa, adabiyot bo'limining muxlislari Fleym bo'limidan siyosiy boshpana so'rashlari mumkin :D :D :D
Maderatorlarga ayttirib hammasini bu yoqqa chaqirtiramizda:lol:
Hozimi
05-11-2005, 01:30 AM
Yuqoridagi she'rlarni oxirigacha siqilmasdan o'qib chiqqan mard bo'sa, tan berdim-eee o'shanga! :)
Qo'shko'pir tumani tashkil topganligining 70 yilligi munosabati bilan barcha forumdoshlarni chin qalbimdan tabriklayman :lol: ! (agar jaaa kech qomagan bo'sam;) )
Desperado
05-11-2005, 01:47 AM
mushketyor, she'rlar uchun rahmat. ustozingizda qobiliyat bor ekan, lekin u hali juda ko'p yahshi she'rlar o'qishi va ko'p yozishni mashq qilishi kerak.
omad.
maradona
05-11-2005, 06:31 AM
mushketyor, she'rlar uchun rahmat. ustozingizda qobiliyat bor ekan, lekin u hali juda ko'p yahshi she'rlar o'qishi va ko'p yozishni mashq qilishi kerak.
omad.
Gaplaringiz mutloqa tugri... lekin u kishi shunchaki yozib turadiganlardan;)
Yuqoridagi she'rlarni oxirigacha siqilmasdan o'qib chiqqan mard bo'sa, tan berdim-eee o'shanga! :)
Manga tan berasmi,
ok, yuqoridagilarni gapiga qo`shilaman.
:D
Rahmat hammasi uchun.
mushketyor
07-06-2005, 06:17 AM
ADASHDIM
Abdukarim Jumaboyev she'ri
Yosh edim yoshligim o`tmaydi depman,
Bu masrur lahzalar bitmaydi depman,
Ota-onam aslo o`tmaydi depman,
Adashdim, eyvoh, adashdim.
To abad qalbimni g`ashlab ketdilar,
Chorasiz ko`zlarim yoshlab ketdilar,
Bir-birin baqoga boshlab ketdilar,
Adashdim, eyvoh, adashdim.
Ko`nglimda g`amlarning adosi qoldi,
Kimnidir faryodu nidosi qoldi,
Onamning so`nggi bor duosi qoldi,
Adashdim, eyvoh, adashdim.
Hasratim dunyoga sig`maydi, yorab,
Armonim bag`rimni tig`laydi, yorab,
Yetimlik Karimdek yig`laydi, yorab,
Adashdim, eyvoh adashdim.
Sonata
07-08-2005, 02:05 PM
[QUOTE=mushketyor]ADASHDIM
Abdukarim Jumaboyev she'ri
Yosh edim yoshligim o`tmaydi depman,
Bu masrur lahzalar bitmaydi depman,
..........................................
haqiqat ...,lekin juda ta'sirchan she'r ekan...
Turkonhonim
07-10-2005, 02:38 PM
Rahvoyning sherlarnig ichida suvi kup ekan , bir oz sikib suvini chikarish garak ekan;)
mushketyor
07-10-2005, 02:53 PM
YIGIT YIG`LASA
Sadoiy she'ri
Parvo qilmam qizlar yig`lasa,
balkim yoshlik tuyg`usidir ul,
Balkim yoshlik tuyg`usi emas,
erkalikning belgisidir ul,
Lekin ko`nglim berolmas bardosh,
o`ksib agar yigit yig`lasa,
Yigit asli yig`lamas biroq,
yomon agar yigit yig`lasa.
Bu dunyoni qo`rg`oni obod,
ygit bilan tirikdir hayot,
Gar bosh egib qolsa o`g`loni,
paydo bo`lar shu yurtda sayyod,
Hech bir yigit chekmasin faryod
yomon agar yigit yig`lasa
Vatan yig`lar yigit yig`lasa.
Yomon, yomon yigit yig`lasa,
Tog`lar cho`kib kul bo`lgusidir,
Bog`lar xazon, gullar za'faron,
Yurt dushmanga qul bo`lgusidir.
Xalq dushmanga qul bo`lgusidir,
Ey, Sadoiy yigit yig`lasa,
O`ksib agar yigit yig`lasa,
hayhot, agar yigit yig`lasa.
mushketyor
07-10-2005, 02:53 PM
YIG`LATUR
Ra'no Aliyeva she'ri
Qiynadi bu ishq meni tun kechalar zor yig`latur,
Ayta olmayman netay ham nomusu or yig`latur.
Ushshog`u segoh mening ruhimni sel qilgay yana,
Bo`ldi, bas deyman quloq solmay yana tor yig`latur.
Ba’zida aylab tavoze qilsalarku muhtaram,
Bu ulug` jonimni shum qilmay biror kor yig`latur.
Gul desam yonishi yo`q, bulbul desam honishi yo`q,
Bu latif ruhimni aylab bunchalar xor yig`latur.
Ko`zlarimda shashqatordur yoshlarim yo`lga qarab
O`ylamayman telbani aqlu hushim bor yig`latur.
Qiynadi bu ishq meni tun kechalar zor yig`latur,
Ayta olmayman netay ham nomusu or yig`latur.
Hajr o`tida kuydirib, ishqing o`tida yondirib,
Ne sababdin bilmadim ko`nglimni Ra’no yig`latur
mushketyor
07-10-2005, 02:55 PM
ONAJON
Abdukarim Jumaboyev she'ri
Har gal bahor kelsa nur sochib,
Qorlar ketar tog`larga qochib,
So`zlay desam ko`nglim ochib,
Sizni qaydan topay, onajon.
Mehringizga bir to`yay desam,
Erkalanib bir suyay desam,
Ko`ksingizga bosh qo`yay desam,
Sizni qaydan topay, onajon.
Izlab, izlaringiz ahtarib,
Ortingizda qoldim sarg`arib,
Endi men ham, dunyo ham g`arib,
Sizni qaydan topay, onajon.
Sizsiz qandoq qilay onajon.
Oh, yo`q ekan ajalga omon,
Endi bag`rim tindalar armon,
Yo`qligingiz bilindi yomon,
Sizni qaydan topay onajon.
Qalbimda tig` urgan bu dunyo,
Azoblarim ko`rgan bu dunyo,
Sizni sig`dirmagan bu dunyo,
Sizni qaydan topay, onajon.
Sizsiz qandoq qilay, onajon.
mushketyor
07-10-2005, 02:57 PM
BIROV BILMAYDI
Qiynab meni qoshi qalamlar,
Qo`shiq ayting deydi sanamlar,
Yuragimda qancha alamlar,
Faqat buni birov bilmaydi.
Sevgi dardi davlatim bo`ldi,
Majnunligim shuhratim bo`ldi,
Armon sodiq ulfatim bo`ldi,
Faqat buni birov bilmaydi.
Men kuylasam she’rlarim yig`lar,
Ko`nglimdagi sirlarim yig`lar,
O`tgan umrim yillarim yig`lar,
Faqat buni birov bilmaydi.
Aytolmasam qo`shiq sanamlar,
Ranjimangiz qoshi qalamlar,
Kuylay desam qiymas alamlar,
Faqat buni birov bilmaydi.
mushketyor
07-10-2005, 03:01 PM
QALDIRG`OCH
Yo`llar yurib, mo`l yurib, horib kelgan qaldirg`och,
Qanotida bahorni olib kelgan qaldirg`och,
Qarg`alardan zog`lardan g`oliub kelgan qaldirg`och,
Seni qaro qoshingga jon kerakmi, ol, qushim,
Kel uyimni to`ldirib, ayvonimda qol qushim.
Bu samo peshtoqida har qushning o`z izi bor,
Qush tilini qush bilar, banda bilmas so`zi bor,
Har tirik jonni asli sevgan bir gul yuzi bor,
Mendek diling qulmasmu, bu senga savol qushim,
Kel uyimni to`ldirib, ayvonimda qol qushim.
Senga boqsam nogahon qush bo`lgim kelar mening,
Qanotlaring qaddida hush bo`lgim kelar mening,
Bu bevafo dunyoga xush bo`lgim kelar mening,
Mahmudga bahorlarda sen oppoq xayol qushim
Kel uyimni to`ldirib, ayvonimda qol qushim,
Qaldirg`och, qaldirg`och, qushim…
mushketyor
07-10-2005, 03:04 PM
MEN BITTADURMAN
Muhammad Yusuf she'ri
Sanam, sochingdan ham shaydolaring ko'p,
Husning oshiqlari - adolaring ko'p.
Nimang ko'p, ko'yingda gadolaring ko'p,
Ammo men bittaman, men bittadurman.
Bek yigit bir sening poyingda xorman,
Garchi diydoringga mushtoqu zorman,
Men beun sevarman, men jim sevarman,
Qiyomatgacha shul sukutdadurman.
Deydilar: muhabbat bilmas masofa,
Ayriliqni pisand qilmas masofa.
Kelursan o'zing deb bir kun insofa -
Gohi Toshkent, gohi Urgutdadurman.
Tiling bilmasam ham tushungandayman,
Sen bilan gohi do'st tutingandayman.
Gohi bu do'stlikdan o'kingandayman,
Ming bir xayol ichra ming bittadurman.
Suymoq - bu gulxanda kuymoq azali,
Men shahar erkasi, sen tog' go'zali.
Eslab yur yodingga tushgan mahali -
Shaydolaring ko'p-u, men bittadurman!..
Shu sherni menimcha Rustambek aytgan shuni mp3 shi yoqmi ?
mushketyor
07-10-2005, 03:07 PM
QO`YABERING...
Muhammad Yusuf she'ri
Shamol sabab, ehtimol,
Tunda eshik g'ichirlar.
Boshlanadi, qishloqda
Shunda pichir-pichirlar.
Sizga nima?
Siz uxlang,
Hech ishingiz bo'lmasin.
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...
Oshiqlarim - oshiqdek
Mayli, ko'ngil xushlasin,
Ikki oshiq istasa,
Shamol bilan mushtlashsin.
O'ksimasin qiz qalbi,
Yigit rayi o'lmasin,
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...
G'iybat qilmang yigitni,
Uyaltirmang qizni ham.
Shunday o'tli muhabbat
Siylar bo'lsin sizni ham.
Bir sovuq so'z tufayli,
Sevgi bog'i so'lmasin.
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...
Ilk sevgidan iymanib,
So'ng pushaymon yonsa ham,
Sepli qizga suykanib,
Epli qizdan tonsa ham.
Nasib etmay yor vasli,
Endi hajri qiynasin!..
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...
Ikki yorti bosh uzra
Porlasin ishq quyoshi.
Qizga hayo, yigitning
G'urur bo'lsin yo'ldoshi.
Diydoriga bir-birin
Termulishib to'ymasin.
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...
mushketyor
07-10-2005, 03:11 PM
EY KO‘NGIL
Abdukarim Jumaboyev she’ri
Ey ko‘ngil, sevgining hijronlaridan,
Manglayga bitilgan armonlaridan.
Taqdirning beayov farmonlaridan,
Sen hamon yig‘larsan, men yig‘lab bo‘ldim.
Bu bir kam dunyoda kimning kami yo‘q?
Bu bir kam dunyoda kimning g‘ami yo‘q?
Bu bir kam dunyoda dil malhami yo‘q,
Sen hamon izlarsan, men izlab bo‘ldim.
Endi rashk otashi bag‘rimni yoqmas,
Endi visol menga qayrilib boqmas.
Hatto hijron kelib eshigim qoqmas,
Sen hamon kutarsan, men kutib bo‘ldim.
Karvonlar ortidan yo‘l qolgusidir,
Sahroyi bahordan cho‘l qolgusidir.
Behuda yongandan kul qolgusidir,
Sen hamon yonursan, men yonib bo‘ldim.
Cho‘qqilar cho‘kmagay - qor ketgan bilan,
Ilk sevgi ketmagay yor ketgan bilan.
Dardlaring tugamas soz chertgan bilan,
Sen hamon kuylarsan, men kuylab bo‘ldim.
Quyoshdan ayrilib yig‘lamas ko‘zim,
Bulutlar to‘ssa-da oyu yulduzim.
Ranglarga zor buldi kecha-kunduzim,
Sen hamon bo‘zlarsan, men bo‘zlab bo‘ldim.
Parvarish yetmadi ishk niholiga,
Xazondek to‘kildim kuz shamoliga.
Ey ko‘ngil, to hanuz Karim holiga,
Sen hamon kularsan, men kulib bo‘ldim.
Belgiumbek
07-10-2005, 05:18 PM
Mushketyor sherlar uchun katta raxmat! Umringnan baraka top, gechani saot 1 bo'lsaham sherlani o'qib yurakimi bo'shatib oldim. O'zinga sihat ishlaringa rivoju omad, hayotinga bahtu saodat diliman! Hudoyim niyatlaringa yetirsin ukam.
Hurmat bilan Belgiadan og'ang Zafar.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.