View Full Version : Yangi o'zbek latin alifbosi kerak
admiral
05-10-2005, 11:07 AM
Yangi o'zbek latin alifbosi kerak!!!
O'rgangim keldi. misollar bilan bo'lsa, undan xam yaxshi bo'lar edi. xexe :)
mr_TITAN
05-10-2005, 11:13 AM
Marhamat :D
Pythagor
05-10-2005, 11:16 AM
Yangi o'zbek latin alifbosi kerak!!!
O'rgangim keldi. misollar bilan bo'lsa, undan xam yaxshi bo'lar edi. xexe :)
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y
Z O' G' Sh Ch Ng
more... (http://www.oxuscom.com/orthography.htm)
Alparslan
10-31-2006, 06:09 AM
Salom, akalar-ukalar, bizge (Turkiye) icun bolan alifbo ve sizge bolan kop oxhar. Bunlari bir yapip kilsak bolmaz??? (Turkey and Uzbekistan alphabets are so similar, cant we make them one for both?)Uzbekche yozmam yaxsi bolmaz,Uzr. (I cant write good in Uzbek alphabet, sorry)
Salomat bilan,
Pythagor
10-31-2006, 07:39 AM
Salom, akalar-ukalar, bizge (Turkiye) icun bolan alifbo ve sizge bolan kop oxhar. Bunlari bir yapip kilsak bolmaz??? (Turkey and Uzbekistan alphabets are so similar, cant we make them one for both?)Uzbekche yozmam yaxsi bolmaz,Uzr. (I cant write good in Uzbek alphabet, sorry)
Salomat bilan,turklar, xohlasharmikan bizning alfavitga o'tishni?
Lady_G
10-31-2006, 08:08 AM
Manga shu o'zbek ona tili/grammatikasi kere, iloji boricha inglizchada yozilgani bo'sa juda hursand bo'gan bo'lardim.
Oldindan rahmat.
Pythagor
10-31-2006, 08:24 AM
Manga shu o'zbek ona tili/grammatikasi kere, iloji boricha inglizchada yozilgani bo'sa juda hursand bo'gan bo'lardim.
Oldindan rahmat.
http://www.oxuscom.com/CA-UzbekInfo.htm
osh bo'sin...
Lady_G
10-31-2006, 08:46 AM
кириллицада ёзилган озбекча-инглизча/инглизча-озбекча лугат билмайсизларми?
Madalio'g'li
10-31-2006, 09:30 AM
turklar, xohlasharmikan bizning alfavitga o'tishni?
Assalomu alaykum,
Turk lotin yozuvida ham ba'zi kamchiliklar bor, fikrimcha lotin yozuvida 33-34ta harf bo'lishi kerak Turkiy tillar uchun (va ayniqsa Turkiyaliklar uchun)...Va albatta Turkiyaliklarga ham O'zbek lotin yozuvi yoqmaydi. :D Birikmalar sababli ko'z charchab ketadi hademay. :) Muhtamalan xo'hlamaslar. Lekin alifbomiz Arab yozuviga asoslangan bo'lsa na Turkiyaliklar na O'zbekistonliklar; na Tatariston na Qozoqistonliklar ranjimasa kerak shundan. :rolleyes: :) Mazkur "alfavit" o'sha alifbo bo'lsa shu yangi emas, ming yil ishlatganimiz alifbo bo'lar edi. Hozirgi kunda ham mana shu alifbo ila yozilgan asari (o'qishni bilganlar albat) Turkiyaliklar ham O'zbekistonliklar ham anglaydi. Qiziqarli narsa.
Mayli, bitta Turkman اوليم (o'lim, ölüm, ўлум, өлім vhk.) yozganda Turkiy tillarda gapiradiganlarning hammasi o'z lahjalarida o'qib tushunoladi. Bo'lmasa xilma xil alifbolar bilan hech kim hech narsa tushunmay qoladi. :)
Kamoli ehtirom va salom bilan...
Madalio'g'li
10-31-2006, 09:41 AM
кириллицада ёзилган озбекча-инглизча/инглизча-озбекча лугат билмайсизларми?
Multilex bor-ku. Lekin avval Russkiy ba'del Uzbekskiy. :)
Garchi menga yoqmaydi. Menga Turkcha yoki O'zbekcha ma'qulroq :cool: Ingilischa ham mas'ala emas, nihoyatda Babylon bor, bor bo'lsin. :)
Demir Kağan
10-31-2006, 10:13 AM
Turk lotin yozuvida ham ba'zi kamchiliklar bor, fikrimcha lotin yozuvida 33-34ta harf bo'lishi kerak Turkiy tillar uchun (va ayniqsa Turkiyaliklar uchun)...Va albatta Turkiyaliklarga ham O'zbek lotin yozuvi yoqmaydi.
Ortak yozuvmiz, ortak tilimiz olsun da farketmez.
Donbegi
10-31-2006, 11:35 AM
Yangi O'zbek-Lotin alifbosining qator yutuqlari bor. Lekin, ayrim shaxslarning yangi alifboni bilmasligi (odatda O'zbek tili qonun-qoidalarini bilmasliklari) salbiy holat albatta.
Yozuvimizdagi xatolarni kamaytirish maqsadida quyidagilarni bilib qo'yishni taklif etaman. Marhamat:
BIRINCHI DARS.
Eski O'zbek-Kirill alifbosidagi ц harfi yangi alifboda ts va s harflari orqali ifoda etiladi. Qabul qilingan qoidaga ko'ra,
1) agar ц harfi so'z boshida s shaklida beriladi.
цирк - sirk, цех - sex, циркуль - sirkul
2) agar ц harfi boshqa ikkita harf (so'z) o'rtasida kelsa va undan oldingi harf yoki ikki tomonidagi harf unli bo'lsa, ts shaklida beriladi.
информацион - informatsion, нацист - natsist, боцман - botsman
3) agar ц harfi so'z oxirida kelsa va undan oldingi harf unli bo'lsa, ts shaklida beriladi, agar undan oldingi harf unsiz bo'lsa s shaklida beriladi.
кварц - kvars
Nafees
10-31-2006, 12:47 PM
qaysi ahmoq tuzgan ekan shu alifboni? ts, s mush
sirk, sink, sellofan... va hokazo. militsiya, buyam barbir haqiqiy, rus tilidagi ц harfini bermidi. lotin alifbosida savod chiqarvotgan bollani nutqiga e'tibor beringla, ula bu tovushni aytolmidi.
o'zi o'zbek tili artikulyacion bazasiga qiyinchilik bilan kirgan bo'lishi kerak bu tovush. endi rus tilidan to'g'ridan-tog'ri olingan so'zlarni buzib etishadi.
man hayron qolaman, lotin alifbosiga o'tishning qulayliklaridan bittasi integraciya va komp'yuterni tez o'zlashtirish bo'sa, klavada "C" digan harf turibdiku, shuni ц qilishsa bo'masmidi. so'zni boshida, ohirida kesa s, o'rtasida kesa ts dib yurgandan.
man o'zim shu harfni ishlataman. kim nima desa desin, barbir kirillica chiroyli, yozishga ham, o'qishga ham qulay.
Donbegi
10-31-2006, 01:25 PM

Nafees,
sirk, sink, sellofan va xattoki militsiya so'zi ham ruscha emas, buni yaxshi bilsangiz kerak. Umuman, biz o'z nutqimiz va yozuvimiz to'g'riligini rus tili bilan o'lchamasligimiz kerak. Chunki, o'zbek va rus tillari tubdan farqlanadi. Buni bilish qiyin emas.
C harfi haqidagi fikringizga qisman qo'shilaman. Shunday chiroyli harfni ishlatish kerak. Biz uni Ch ch birikmasida ishlatamiz. Lekin ushbu birikmani soddalashtirib C c ko'rinishida berish va kirill yozuvidagi Ч ч ni ifodalash uchun ishlatish mumkin. Juda ko'p tillarda C c harfi (Ч ч) tovushini beradi.
Nafees
10-31-2006, 01:56 PM

rus tilidan kirib kelganligini nazarda tutdim, rus tilida qanday aytilsa, yozilsa, shundayligicha, to'g'ridan to'g'ri olganmiz. kal'kalanmagan, yani o'zimizni fonetikamizga moslanmagan to'g'rimi?
chni o'zi qovursin, tuppa tuzuk harflar birikmasiku :) sirk, sirkulni bir nima qilish kerak. oktabr, sentabrlaga endi umuman gap yo'q!
mustaqillikdan keyin endi til sohasidagi ayrim olimla o'zini ko'rsatmoqchi bo'gande. ishlavommiz, bizayam bomiz deb.
samolyotni uchoq deb, aeroportni tayyorahog deb bir vaqtlar rosa chiranishudi, o'hshamadi.
Pythagor
11-02-2006, 12:07 AM
qaysi ahmoq tuzgan ekan shu alifboni? ts, s mush
sirk, sink, sellofan... va hokazo. militsiya, buyam barbir haqiqiy, rus tilidagi ц harfini bermidi. lotin alifbosida savod chiqarvotgan bollani nutqiga e'tibor beringla, ula bu tovushni aytolmidi.
o'zi o'zbek tili artikulyacion bazasiga qiyinchilik bilan kirgan bo'lishi kerak bu tovush. endi rus tilidan to'g'ridan-tog'ri olingan so'zlarni buzib etishadi.Aqli yetmagan narsalarga odam burnini suqmaydi, ...
Nafees
11-02-2006, 12:11 AM
Aqli yetmagan narsalarga odam burnini suqmaydi, ...
shunichun jiiim o'tiring... :)
Pythagor
11-02-2006, 12:59 AM
shunichun jiiim o'tiring...
dardini bergan shifosiniyam bersin,...
Nafees
11-02-2006, 01:31 AM
dardini bergan shifosiniyam bersin,...
o'hshamadi. temadan chiqip ketdiz. a tak sizga bo'vuradi. SIZGA ZAKON YO'Q :lol:
MUHLIS
11-02-2006, 01:43 AM
rus tilidan kirib kelganligini nazarda tutdim, rus tilida qanday aytilsa, yozilsa, shundayligicha, to'g'ridan to'g'ri olganmiz. kal'kalanmagan, yani o'zimizni fonetikamizga moslanmagan to'g'rimi?
chni o'zi qovursin, tuppa tuzuk harflar birikmasiku :) sirk, sirkulni bir nima qilish kerak. oktabr, sentabrlaga endi umuman gap yo'q!
mustaqillikdan keyin endi til sohasidagi ayrim olimla o'zini ko'rsatmoqchi bo'gande. ishlavommiz, bizayam bomiz deb.
samolyotni uchoq deb, aeroportni tayyorahog deb bir vaqtlar rosa chiranishudi, o'hshamadi.
Qarang,
2+2=4 - osonmi?
Rus, ukrain, belorus, slovak, sloven, polyak, horvat va xk tillarda ц harfi bor; O'zbek, turk, qozoq, tatar, lotin, ingliz, ispan va xk tillarda bu harf yo'q- qiyinmi?
O'zbek, arab, fransuz tillarida "g'" bor va u rus, ingliz, moldovanlarda yo'q - osonmi?
O'zbek, rus, ingliz, qirg'iz.. tillarida "ch" harfi bor, arab tilida yo'q - qiyinmi?
Hamma bir emas, Ruslarda ц bo'lsa, endi o'zbeklar ham sterio kolonkaga o'xshab ц-ц lashi shart emas, yetib bordimi?
O'zbeklar sirk emas tsyrk deyishi kerak bo'lsa, nega o'zbekistonda yashaydigan ruslar (boshqasini qo'ya turaylik) abdug'afor emas, abdugaffar, qamariddin emas, kamaridin (qamar=oy;kamar=remen'), ergash emas irgash, o'ktam emas uktam...vxk deydi????
Nafees
11-02-2006, 02:21 AM
Qarang,
2+2=4 - osonmi?
Rus, ukrain, belorus, slovak, sloven, polyak, horvat va xk tillarda ц harfi bor; O'zbek, turk, qozoq, tatar, lotin, ingliz, ispan va xk tillarda bu harf yo'q- qiyinmi?
O'zbek, arab, fransuz tillarida "g'" bor va u rus, ingliz, moldovanlarda yo'q - osonmi?
O'zbek, rus, ingliz, qirg'iz.. tillarida "ch" harfi bor, arab tilida yo'q - qiyinmi? kimga qiyin, kimga oson? koreys tilida Z yo'q, shuniyam qo'ship qo'ying
Hamma bir emas, Ruslarda ц bo'lsa, endi o'zbeklar ham sterio kolonkaga o'xshab ц-ц lashi shart emas, yetib bordimi?
O'zbeklar sirk emas tsyrk deyishi kerak bo'lsa, nega o'zbekistonda yashaydigan ruslar (boshqasini qo'ya turaylik) abdug'afor emas, abdugaffar, qamariddin emas, kamaridin (qamar=oy;kamar=remen'), ergash emas irgash, o'ktam emas uktam...vxk deydi????
o'zizga o'ziz qarshi gapirvos. keyingi abzaclani solishtiring. iloji boricha qisqa va dangal gapirish bu sizga 2ni 2ga qo'shishdek osonmas :)
Xolto'rani, ruslar Xaltura desa hunuk ekan, nega biz rus tilidan yoki rus tili orqali kirib kelgan so'zlarni buzib aytishimiz yahshi bo'ladi? buning ustiga, maqsad siz aytganday, ruslani stereokolonksi bo'lmaslik ekan, nega unda unlidan keyin kelsa TS deb yozilsin degan??
agar bu so'zlarning o'zlashtirilishi qiyin bo'layotgan bo'lsa ham bir gap edi. TSni juda yahshi aytamizku. maydalashib ketishgan, yoki klavadagi Cni ko'rishmagan ;)
til ijtimoiy hodisa, u yangilanib, o'zgarib turishi kerak. shunaqa bo'ladi ham. tilga allaqachon o'rnashib bo'lgan 'yot' elementlar bilan kurashish mantiqsiz. undan ko'ra O'zbekistonda ish yuritishni to'la o'zbekchaga o'tkazib olishsin. o'zbek tilidan ish yuritilmaganligi uchun idoraviy uslub yahshi rivojlanmayapti, hujjatlarni o'zbekcha yozishda qiyinchiliklar bor.
shundoq muammo chetda qolib, TSni ayrim hollarda s dimiz, ayrim hollarda ts dip yurishibdi.
altungokce
11-02-2006, 03:59 AM
Rus tili bilan gaplashmaq kerak emas. Bizge Uzbek Latin alifbasi kerak. Bu konu hoqida nima kilamiz? Sizning fikringiz bor mi?
I think first, we can start by not using Cirilic alpabet in the computer. Can we do that? Iltimos... :)
svitok
11-02-2006, 04:22 AM
Rus tili bilan gaplashmaq kerak emas. Bizge Uzbek Latin alifbasi kerak. Bu konu hoqida nima kilamiz? Sizning fikringiz bor mi?
I think first, we can start by not using Cirilic alpabet in the computer. Can we do that? Iltimos... :)
albatta agar inson uz tilini yaxshi bilsa nega endi boshqa tilda gaplashish kerak ekan albatta sani eshitayotgan odam sani tushunishini nazarga olgan holda. rus tili turk tilaridan umuman bogli eri yuq yani musulmon davlatlariga oid emas shu jihatdan gapizga qushilaman. Lekin hamma erda rus tili bor oliygohlarda ham rus fakultetlari bor shuni ham nazardan qochirmaslik kerak?!
Mas'ud
11-02-2006, 07:26 PM
kimga qiyin, kimga oson? koreys tilida Z yo'q, shuniyam qo'ship qo'ying
Xolto'rani, ruslar Xaltura desa hunuk ekan, nega biz rus tilidan yoki rus tili orqali kirib kelgan so'zlarni buzib aytishimiz yahshi bo'ladi? buning ustiga, maqsad siz aytganday, ruslani stereokolonksi bo'lmaslik ekan, nega unda unlidan keyin kelsa TS deb yozilsin degan??
agar bu so'zlarning o'zlashtirilishi qiyin bo'layotgan bo'lsa ham bir gap edi. TSni juda yahshi aytamizku. maydalashib ketishgan, yoki klavadagi Cni ko'rishmagan ;)
til ijtimoiy hodisa, u yangilanib, o'zgarib turishi kerak. shunaqa bo'ladi ham. tilga allaqachon o'rnashib bo'lgan 'yot' elementlar bilan kurashish mantiqsiz. undan ko'ra O'zbekistonda ish yuritishni to'la o'zbekchaga o'tkazib olishsin. o'zbek tilidan ish yuritilmaganligi uchun idoraviy uslub yahshi rivojlanmayapti, hujjatlarni o'zbekcha yozishda qiyinchiliklar bor.
shundoq muammo chetda qolib, TSni ayrim hollarda s dimiz, ayrim hollarda ts dip yurishibdi.
Assalamu alaykum
Bizning Ц ni yahshi aytishimiz - bu ruslarning Bizni istilo qilganidan keyin yuz bergan...boshqacha qilib aytganda "ruslashish" dan so'ng...Shunday chiroyli o'zbek tilimizga nega biz qandaydir rus tilidan kelgan harfni kiritishimiz kerak ekan???...O'sha lotin yozuvini amalda kiritishga qaror qilgan mutaxassislar aynan shu Ц harfi borasida to'g'ri fikr yuritishgan deb o'ylayman...Hujjatlarda u harfni ishlatishga kelsak, yahshisi o'sha hujjatlar nomini o'zgartirish kerak, juda qiynalsalar...Rus tilidan chiroyliroq ona tilimizni yot unsurlardan saqlash esa, hurmatli, Nafees honim, bizlarning burchimizdir...Salomat bo'ling!
Pythagor
11-02-2006, 11:41 PM
o'hshamadi. temadan chiqip ketdiz. a tak sizga bo'vuradi. SIZGA ZAKON YO'Q :lol:
Nima o'xshamadi?
kim aytdi silaga mani temadan chiqdi deb? Yana qaytaraman, aqllarin yetmasa postlarimni ignor qililar, temaga tegishlimas deb bo'tga post qilib o'tirmelar...
nima bo'luradi?
Bu gapizni borib otez bilan onezgayam aytasizmi?
Odamda saaal aql va farosat degan narsa bo'ladi, shu xislati bilan u hayvondan ajraliiib turadi,...
MUHLIS
11-03-2006, 12:05 AM
Hurmatli Nafees,
Menimcha siz biroz boshqacharoq fikrlar ekansiz.
Men sizga gapning po'stkallasini ayta qolayin, rus tilining talaffuzi sofligi meni zarracha ham qiziqtirmaydi, uning sofligi haqida qayg'uradiganlar mensiz ham yetarli. Yana bir gap, o'sha siz aytgan tsyrk so'zini o'zbeklar emas balki ruslar buzib aytadi. Aslida rus tilidagi tsyrk so'zi yunoncha circus so'zining buzib talaffuz qilinganidir.
Men rus tilidagi harflar emas o'zbek tilidagi harflar haqida gapiryapman va o'zbek tilida ц harfi yo'q, bu fakt. Ammo sizga eslatib qo'yayin, rus tilidagi bir harf/tovushning bizning tilda mavjud emasligi, aslo bizning tilni ularnikidan kambag'alligini anglatmaydi. Bi ikki til tamomila farqli tillar oilasiga mansubdir va aynan shuning uchun ham bizning tilni ularnikiga moslashtirishga urinish, menimcha, mantiqsizdir.
Xolto'rani, ruslar Xaltura desa hunuk ekan, nega biz rus tilidan yoki rus tili orqali kirib kelgan so'zlarni buzib aytishimiz yahshi bo'ladi?
Mana sizga yot tilga ko'r-ko'rona ergashishning hayotiy namunasi....Nafees, O'zbek tilida so'roq gap "mi" so'roq yuklamasini qo'shish orqali yasaladi...
Bevosita javobga keladigan bo'lsak, qachon ruslar Nosiralini, Nasrali deb emas, bogatyrni bahodir, ochagni o'choq, kaznani g'azna, hozyainni ho'jayin, kirkani kerbki vhk deb O'zbek tili fonetik qoidalariga to'liq rioya etgan tarzda talaffuz qilsakar ana o'shanda balki biz ham o'ylab ko'rarmiz....samimiyat ikki tomonlama bo'lsa go'zal bo'ladi, aks holda biri ikkinchisiga (asossiz) hukm o'tkazayotgandek bo'lib qolyapti, bu esa shaxsan meni aslo qoniqtirmaydi.
til ijtimoiy hodisa, u yangilanib, o'zgarib turishi kerak. shunaqa bo'ladi ham. tilga allaqachon o'rnashib bo'lgan 'yot' elementlar bilan kurashish mantiqsiz.
To'g'i,ammo o'z tilimizning buzilishi hisobiga emas. Tilga nima qanchalik va qay tarzda o'rnashganini esa tadqiq qilib ko'rish lozim. Men aminmanki o'zbeklarning aksaroyati (ya'ni ruslashib ulgurmaganlari) ц harfini yoki "y" (operatsiya "Y"dagi) harfini talaffuz qila olmaydi va menimcha ular bunga majbur ham emaslar. Yoki majburmilar? O'tgan asr davomida ko'p unsurlar bizga o'rnashmagan, balki ba'zi birlar o'rnatishga harakat qilganlar, buni ham yodda tuting.
undan ko'ra O'zbekistonda ish yuritishni to'la o'zbekchaga o'tkazib olishsin. o'zbek tilidan ish yuritilmaganligi uchun idoraviy uslub yahshi rivojlanmayapti, hujjatlarni o'zbekcha yozishda qiyinchiliklar bor.
Bu gaplaringizga qo'shilaman. Bitta qo'shimcha, tilimizning beo'xshov bo'lib ketayotganiga sabab, o'sha mansabdorlar aaslida rus tilida ish ko'radi va faqat rasmiyatchilik yuzasidan ularni o'zbekchaga o'girishadi. Tuzilgan gaplar g'alati, tushunarsiz chiqadi, go'yoki kompyuterda tarjima qilinganga o'xshaydi, bizning tilimizning stilistik va gap tuzish hossalariga umuman e'tibor berilmaydi.
Rasmiy tilimizning takomillashishida, fan, tehnika bilan birga rivojlanishini ta'minlashda ruslar bilan emas, balki o'z kelib chiqishiga ko'ra bizga yaqin va turkiy tillar oilasiga mansub tillar va taraqqiyot tarihiga ko'ra bizga yaqin bo'lgan arab, fors tillari vakillari bilan kengashiash lozim, kerak bo'sa halqaro tashkilot tuzish kerak shu borada.
Masalan @ belgisini inglizlar "at" deydi, ruslar esa "sobachka", o'zbeklar esa "kichukcha"......kilguli emasmi? azim@mail.uz ni azim kuchukcha....deb o'qimoqdamiz......ruslar tomdan tashlasa tashlayveramizmi?
Mas'ud
11-03-2006, 11:52 AM
Hurmatli Nafees,
Mana sizga yot tilga ko'r-ko'rona ergashishning hayotiy namunasi....Nafees, O'zbek tilida so'roq gap "mi" so'roq yuklamasini qo'shish orqali yasaladi...
Bevosita javobga keladigan bo'lsak, qachon ruslar Nosiralini, Nasrali deb emas, bogatyrni bahodir, ochagni o'choq, kaznani g'azna, hozyainni ho'jayin, kirkani kerbki vhk deb O'zbek tili fonetik qoidalariga to'liq rioya etgan tarzda talaffuz qilsakar ana o'shanda balki biz ham o'ylab ko'rarmiz....samimiyat ikki tomonlama bo'lsa go'zal bo'ladi, aks holda biri ikkinchisiga (asossiz) hukm o'tkazayotgandek bo'lib qolyapti, bu esa shaxsan meni aslo qoniqtirmaydi.
Bu gaplaringizga qo'shilaman. Bitta qo'shimcha, tilimizning beo'xshov bo'lib ketayotganiga sabab, o'sha mansabdorlar aaslida rus tilida ish ko'radi va faqat rasmiyatchilik yuzasidan ularni o'zbekchaga o'girishadi. Tuzilgan gaplar g'alati, tushunarsiz chiqadi, go'yoki kompyuterda tarjima qilinganga o'xshaydi, bizning tilimizning stilistik va gap tuzish hossalariga umuman e'tibor berilmaydi.
Rasmiy tilimizning takomillashishida, fan, tehnika bilan birga rivojlanishini ta'minlashda ruslar bilan emas, balki o'z kelib chiqishiga ko'ra bizga yaqin va turkiy tillar oilasiga mansub tillar va taraqqiyot tarihiga ko'ra bizga yaqin bo'lgan arab, fors tillari vakillari bilan kengashiash lozim, kerak bo'sa halqaro tashkilot tuzish kerak shu borada.
Masalan @ belgisini inglizlar "at" deydi, ruslar esa "sobachka", o'zbeklar esa "kichukcha"......kilguli emasmi? azim@mail.uz ni azim kuchukcha....deb o'qimoqdamiz......ruslar tomdan tashlasa tashlayveramizmi?
Mazmunli postingiz uchun tashakkur hurmatli birodarimiz MUHLIS...Haqiqatan ham o'z tilimizga e'tibor bermas ekanmiz, har hil yot unsurlar bosib ketishi mumkin...O'zbek tilimizdek boy va chiroyli tilimizga o'rislar taqlid qilsa yarashadi...;)...Assalamu alaykum
Nafees
11-03-2006, 01:08 PM
Bu gapizni borib otez bilan onezgayam aytasizmi?
Odamda saaal aql va farosat degan narsa bo'ladi, shu xislati bilan u hayvondan ajraliiib turadi,...
siz "dardini bergan shifosini bersin' dip adezga yo oyizga aytasizmi?
shu offtop edi, ikkinchi marta etvos, birinchisida ha mayli, hazildur dip o'zimmi bosuvdim ok?
ota-onammi nima aloqasi bor bu yerda? shu aql-farosatli, hayvondan farqli odammi gapi bo'ladigan bo'sa... uyog'ini etmiman. chunki forumga sizdakala bilan fikr almashishga kirmiman. boshqalani hurmati bor,gapimmi o'qib kayfiyatlari buzilmasin.
Nafees
11-03-2006, 01:35 PM
Hurmatli Nafees,
Menimcha siz biroz boshqacharoq fikrlar ekansiz.
Men sizga gapning po'stkallasini ayta qolayin, rus tilining talaffuzi sofligi meni zarracha ham qiziqtirmaydi, uning sofligi haqida qayg'uradiganlar mensiz ham yetarli. Yana bir gap, o'sha siz aytgan tsyrk so'zini o'zbeklar emas balki ruslar buzib aytadi. Aslida rus tilidagi tsyrk so'zi yunoncha circus so'zining buzib talaffuz qilinganidir.
Men rus tilidagi harflar emas o'zbek tilidagi harflar haqida gapiryapman va o'zbek tilida ц harfi yo'q, bu fakt. Ammo sizga eslatib qo'yayin, rus tilidagi bir harf/tovushning bizning tilda mavjud emasligi, aslo bizning tilni ularnikidan kambag'alligini anglatmaydi. Bi ikki til tamomila farqli tillar oilasiga mansubdir va aynan shuning uchun ham bizning tilni ularnikiga moslashtirishga urinish, menimcha, mantiqsizdir.
Mana sizga yot tilga ko'r-ko'rona ergashishning hayotiy namunasi....Nafees, O'zbek tilida so'roq gap "mi" so'roq yuklamasini qo'shish orqali yasaladi...
Bevosita javobga keladigan bo'lsak, qachon ruslar Nosiralini, Nasrali deb emas, bogatyrni bahodir, ochagni o'choq, kaznani g'azna, hozyainni ho'jayin, kirkani kerbki vhk deb O'zbek tili fonetik qoidalariga to'liq rioya etgan tarzda talaffuz qilsakar ana o'shanda balki biz ham o'ylab ko'rarmiz....samimiyat ikki tomonlama bo'lsa go'zal bo'ladi, aks holda biri ikkinchisiga (asossiz) hukm o'tkazayotgandek bo'lib qolyapti, bu esa shaxsan meni aslo qoniqtirmaydi.
To'g'i,ammo o'z tilimizning buzilishi hisobiga emas. Tilga nima qanchalik va qay tarzda o'rnashganini esa tadqiq qilib ko'rish lozim. Men aminmanki o'zbeklarning aksaroyati (ya'ni ruslashib ulgurmaganlari) ц harfini yoki "y" (operatsiya "Y"dagi) harfini talaffuz qila olmaydi va menimcha ular bunga majbur ham emaslar. Yoki majburmilar? O'tgan asr davomida ko'p unsurlar bizga o'rnashmagan, balki ba'zi birlar o'rnatishga harakat qilganlar, buni ham yodda tuting.
Bu gaplaringizga qo'shilaman. Bitta qo'shimcha, tilimizning beo'xshov bo'lib ketayotganiga sabab, o'sha mansabdorlar aaslida rus tilida ish ko'radi va faqat rasmiyatchilik yuzasidan ularni o'zbekchaga o'girishadi. Tuzilgan gaplar g'alati, tushunarsiz chiqadi, go'yoki kompyuterda tarjima qilinganga o'xshaydi, bizning tilimizning stilistik va gap tuzish hossalariga umuman e'tibor berilmaydi.
Rasmiy tilimizning takomillashishida, fan, tehnika bilan birga rivojlanishini ta'minlashda ruslar bilan emas, balki o'z kelib chiqishiga ko'ra bizga yaqin va turkiy tillar oilasiga mansub tillar va taraqqiyot tarihiga ko'ra bizga yaqin bo'lgan arab, fors tillari vakillari bilan kengashiash lozim, kerak bo'sa halqaro tashkilot tuzish kerak shu borada.
Masalan @ belgisini inglizlar "at" deydi, ruslar esa "sobachka", o'zbeklar esa "kichukcha"......kilguli emasmi? azim@mail.uz ni azim kuchukcha....deb o'qimoqdamiz......ruslar tomdan tashlasa tashlayveramizmi?
Ha, boshqacharoq fikrliman, chunki shu soha bo'yicha 4 yil o'qiganman.
ho'p, maqsad TSdan voz kechish ekan, nega unlidan keyin kelsa, TS deb yoziladi? nega arosatda qogan bu harf va tovush? hammasini S qisa bo'masmidi? shunga javob beringchi.
bitta harni chiqazib tashlasak o'zbek tili tozalanib qoladimi? masalani yana bir jihati, faol til yangilanib turadi. faol tilga yangi unsurla kirib keladi. sobachkani kuchukcha deb tarjima qilib olgan bo'lsak, bu 'user'larni hatosi emas. tilshunoslarni ko'zi qaerda edi?
yangi kirib kelayotgan so'zlar qolib, allaqachon tilimizni boyitib turgan bir harfni cho'ltoq qilib o'tirishibdi. rus tilidan kirib kelgan so'zlarga buncha negative qarisizlar?
til ijtimoiy hodisa deb bekorga aytmadim, Navoiy turkiyda yozmaganida bizni tilimizda forsiy so'zlar hozirgidan ham ko'p bolardi yoki biz hozir forsiyda gaplasharmidik... o'sha zamonlari turkiyni obro\si pasaygan.
ruslar o'zbekchada gaplashishi, biz ruschada kamsitib buzib, gaplashishimiz uchun, ruslar o'rto osiyonimas, o'rta osiyodagi davlatla rossiyani bosib olishi kerak edi.
Nafees
11-03-2006, 01:40 PM
Hurmatli Nafees,
...
Mana sizga yot tilga ko'r-ko'rona ergashishning hayotiy namunasi....Nafees, O'zbek tilida so'roq gap "mi" so'roq yuklamasini qo'shish orqali yasaladi...
Zo'r gap bo'libdi.
Endi mana buni yana bir marta o'qing. Xolto'rani, ruslar Xaltura desa hunuk ekan, nega biz rus tilidan yoki rus tili orqali kirib kelgan so'zlarni buzib aytishimiz yahshi bo'ladi?
Xo'sh? "nega" nega turibdi deb o'ylaysiz bu yerda?
O'zbek tilida so'roq gaplar faqat so'roq yuklamalarini qo'shish bilan yasalmaydi.
(albatta bizga o'rgatishlari bo'yicha, sizlarda qanaqa dars o'tilgan bu menga qorong'u)
Nima bo'lganda ham mavzu bo'yicha fikrimni bildirib bo'ldim.
Mahmud
11-03-2006, 02:05 PM
Zo'r gap bo'libdi.
Endi mana buni yana bir marta o'qing.
Xo'sh? "nega" nega turibdi deb o'ylaysiz bu yerda?
O'zbek tilida so'roq gaplar faqat so'roq yuklamalarini qo'shish bilan yasalmaydi.
(albatta bizga o'rgatishlari bo'yicha, sizlarda qanaqa dars o'tilgan bu menga qorong'u)
Nima bo'lganda ham mavzu bo'yicha fikrimni bildirib bo'ldim.
Yangi gap boshlanganda bosh harflar bilan yozishni boshlabsiz.
Tortishuvlardan so'ng ijobiy tomonga o'zgarish bor.
Ilova:Mavzudan yiroqlashganimiz uchun uzr :)
Shawn
11-03-2006, 03:31 PM
ho'p, maqsad TSdan voz kechish ekan, nega unlidan keyin kelsa, TS deb yoziladi? nega arosatda qogan bu harf va tovush? hammasini S qisa bo'masmidi? shunga javob beringchi.
Forumdoshlar, urush-janjal qilmasdan mana shu narsa ustida mulohaza yuritaylik. Nafees, fikrlaringizni yozishda davom etavering.
To'grisi manga ham yoqmaydi gohida "TS", gohida "S" qilib yozilishi.
Mani shaxsiy fikrim, 2 ta variant:
(1) agar o'zbek tilida "ц" tovushi bo'lmasa unlidan keyin kelsa "TS", unsizdan keyin kelsa "S" qilib yozish kerak deb yangi qoida kiritmasdan butunlay "TS" dan voz kechishimiz kerakda urniga hamma joyda "S" deb yozish kerak. Bunda boshqa tillarda "xunuk" bo'lib ko'rinadigan ba'zi so'zlarning (masalan "цex" - "sex") yangi o'zbekcha variantlarini kiritib muammoni hal qilsak bo'ladi.
yoki
(2) "ц" tovushini qanday bo'lsa shunday qabul qilishimiz kerak. Bu yerda avval ruslar turkcha so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgansin keyin biz ham "ц" deb talaffuz qilamiz deb shart qo'yish noto'g'ri deb o'ylayman.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.