Asadbek
05-10-2005, 12:33 PM
Rahmatli momomni juda sog'indim... Jannati inson edilar. Afsuski, og'ir betob bo'lib, meni ko'rishni istab, surishtirganlarini bilmabman. Ammo, telepatiya kuchli bo'lgan shekilli, momom o'lim to'shagida yotgan vaqtlarida u kishi haqida juda ko'p o'ylagan, tushlar ko'rib chiqqan ekanman...
Sirojiddin Sayidning quyidagi she'rini o'qim, momomni beixtiyor eslab ko'zimga yosh keldi...
Momomga bag'ishlov
Mezon ketdi, aqrab ketdi, qavs ketdi,
Shaftolilar bargidan bir sas ketdi.
Bu sasdin dil devoriga darz ketdi,
Momom ketdi, hovlisidan fayz ketdi.
Avval kashnich, rayhonlari quridi,
So'ng suv sepgan ayvonlari quridi.
Arilar ham bundan butkul aridi,
Tut bukchaydi, bir kechada qaridi.
Nevaralar yurar edi harbiyda,
Biri sharqda, biri dunyo g'arbida.
Ular qaytdi. Momom esa hozir ham
Yig'lab yotgan bo'lsa kerak qabrida.
Sho'rlik momom. Bir umr giryon bo'ldi,
Gohi u yon, gohida bu yon bo'ldi:
Kelinlarni yarashtira olmayin
Butun umr yurak-bag'ri qon bo'ldi.
Tog'alarim yurar qadlari so'roq,
Ko'ngillari yorishmas yoqsa chiroq.
Kenjalari qirqqa etmay keksaygan,
O'rtanchasi to'ng'ichidan qarriroq.
G'amga to'ldim nogoh noxush tasvirdan,
Zax hidlari kelib qoldi tandirdan.
To'yxonaga o'xshagan katta hovli,
Ko'z oldimda jimjidi-qoldi birdan.
Endi bunda kechalari oy yig'lar,
Piyolada ichilmagan choy yig'lar.
Yaproqlarni duv-duv to'kkan shamolga
Qo'shilishib so'ri, hovli-joy yig'lar.
Endi suvda yosmon loylanar,
Boshim uzra o'giribon oynalar,
Dardu hasrat iplarini yigirib,
Dunyo momom urchig'iday aylanar.
Sirojiddin Sayid
http://www.htwm.de/truziboy/madaniyat/momo.jpg
PS: yuqoridagi surat internetdan olingan (google-search)
Sirojiddin Sayidning quyidagi she'rini o'qim, momomni beixtiyor eslab ko'zimga yosh keldi...
Momomga bag'ishlov
Mezon ketdi, aqrab ketdi, qavs ketdi,
Shaftolilar bargidan bir sas ketdi.
Bu sasdin dil devoriga darz ketdi,
Momom ketdi, hovlisidan fayz ketdi.
Avval kashnich, rayhonlari quridi,
So'ng suv sepgan ayvonlari quridi.
Arilar ham bundan butkul aridi,
Tut bukchaydi, bir kechada qaridi.
Nevaralar yurar edi harbiyda,
Biri sharqda, biri dunyo g'arbida.
Ular qaytdi. Momom esa hozir ham
Yig'lab yotgan bo'lsa kerak qabrida.
Sho'rlik momom. Bir umr giryon bo'ldi,
Gohi u yon, gohida bu yon bo'ldi:
Kelinlarni yarashtira olmayin
Butun umr yurak-bag'ri qon bo'ldi.
Tog'alarim yurar qadlari so'roq,
Ko'ngillari yorishmas yoqsa chiroq.
Kenjalari qirqqa etmay keksaygan,
O'rtanchasi to'ng'ichidan qarriroq.
G'amga to'ldim nogoh noxush tasvirdan,
Zax hidlari kelib qoldi tandirdan.
To'yxonaga o'xshagan katta hovli,
Ko'z oldimda jimjidi-qoldi birdan.
Endi bunda kechalari oy yig'lar,
Piyolada ichilmagan choy yig'lar.
Yaproqlarni duv-duv to'kkan shamolga
Qo'shilishib so'ri, hovli-joy yig'lar.
Endi suvda yosmon loylanar,
Boshim uzra o'giribon oynalar,
Dardu hasrat iplarini yigirib,
Dunyo momom urchig'iday aylanar.
Sirojiddin Sayid
http://www.htwm.de/truziboy/madaniyat/momo.jpg
PS: yuqoridagi surat internetdan olingan (google-search)