PDA

View Full Version : Baxt qo'shiqlari atalgan inson


Asadbek
05-10-2005, 01:58 PM
O'zbek xotin-qizlariga bugungi kunda vafo va sadoqat ramzi bo'lmish nafis kechinmalar kuychisi, kuchli sabr, matonat, iroda sohibasi bo'lmish o'zbek shoirasi Zulfiyaxonim (Isroilova)ga bag'ishlan yangi web-sahifaga kirib, uning hayoti, ijodi, uning do'stlari va u haqdagi xotiralar haqida o'qishingiz mumkin.
Adres: zulfiya.edunet.uz (http://zulfiya.edunet.uz)

...
Hamid Olimjon 1936 yilning kuzida Qora dengiz bo'ylarida hordiq chiqaradi. Bu uning to'ydan keyingi Zulfiyasiz o'tgan birinchi safari edi. Shuning uchun ham u serquyosh o'lkada hali tugilmagan farzandi bilan qolgan sevimli yorini tez-tez eslaydi, sog'inadi, unga bag'ishlab she'rlar yozadi.

Suyukli kishi bilan birinchi marta hamnafas bo'la olmagan Zulfiya esa g'aroyib voqealarni tush ko'radi. Uning tushida Hamid Olimjon o'z ahdidan voz kechib, boshqa bir yorni topgan, undan yuz o'girgan bo'ladi.

Zulfiyaning ana shu tushi tavsif etilgan maktubiga javoban shoir «Xayoling-la o'tadi tunlar» she'rini yozadi:


Bu bir uyqu, behuda bir tush,
Axir bu bir aldoqchi go'yo.
Mumkinmidir sening sevganing
O'z ahdidan qaytganmish go'yo?!

Shu rost esa o'tga tushsin jon,
Yomg'irdayin boshga tushsin g'am.
Yashaganim dunyoda yolg'on,
Qasam ichdim: emasman odam.

Hamid Olimjonning bu so'zlari shoir qalbining teran qatlamlaridan otilib chiqqan edi. Chindan ham u Qora dengiz bo'ylarida sevimli yor xayoli bilan yashadi.

Xayolimda bo'lding uzun kun,
Seni izlab qirg'oqqa bordim.
Och to'lqinlar pishqirgan tunda
Topib ber deb oyga yolvordim...

Shoirning o'sha kezlarda yozgan she'rlarida ana shu ohang, ana shu qo'msash tuyg'usi jaranglab turadi.
...