PDA

View Full Version : Onamni sogindim

Sonata
05-11-2005, 04:29 PM
Onajon, men sizni juda sogindim,
Bagringizga bir dam bosh quygim keldi.
Dunyo gamlaridan juda ogrindim,
Sizni suygim keldi,bir suygim keldi.

Onajon, men sizni juda sogindim,
Sizni Farishtamni bir suygim keldi.
Dunyo gamlarini kaftimda ezib,
Bagringizga bir dam bosh quygim keldi....

__________________________________________

Jannatni na bir gulini alishmayman,
onojanim , jonim bolam -degan bir suzina...

Aysuluv
05-11-2005, 05:08 PM
Sog'inchni kuchaytirdiya yana ham...
Raxmat, she'r uchun!

P.S.: Yaqshi yuribsizmi?

Malika
05-11-2005, 07:13 PM
Dunyodagi eng yaxshi ko`rgan insonim bilan rosa yig`lashdik (hayron bo`layotgandirsiz-a?). Ha, men jonimdan ortiq sevgan insonim meni mendan-da kuchliroq sevadi, buni uning har nafasidan sezib turaman. Uning so`zlari meni yangidan hayotga keltiradi. Bitta telefondagi qo`ng`irog`imni qanchalik intiqlik ila kutishini, meni o`ylab yig`lashini, meni deb hatto tunlaridan bedor qolishini tasavvur ham qila olmaysiz.
Men unga sovg`a qilgan arzimas narsani ham hammaga doston qiladi, uni men berganim bilan faxrlanadi, mening har bir muvaffaqiyatlarimdan boshi ko`kka yetadi.

Undagi muhabbatni so`z bilan ta'riflashning iloji bormikan? Mehr-muhabbatning bundan ortiq ko`rinishi bormikan? Men esa uni u ardoqlagandek ardoqlay olamanmi? Nega mensiz yashay olmasligini, haftada atigi bir martagina qiladigan qo`ng`irog`imni intizor kutishini nega his qilmayman? Yoki meni o`ylab yegani ichiga tushmayotganligi, mudom yig`lashini nega tushunmayman? Nega bir og`iz shirin so`zimni undan qizg`onaman?

Axir uning sha'niga tonnalab olqish yog`dirsa arziydi-ku! Yoki shundayin ishbilarmon bo`lib ketdimmi? Bahonani qarang: "Ishlar ko`payib ketib telefon qila olmadim". U yoqdan javob keladi: "O`tgan haftadan beri telefonga zor termulaman. Har bir qong`iroqqa ilinj ila quloq tutaman, chorshanba kutdim, shanba kutdim... telefon ham ko‘zimga dunyodagi eng yomon maxluqdek ko`rinib ketdi". Va nihoyat dushanba kuni telefon qilaman: go`shakdan uning dunyoda tengsiz ovozi eshitiladi. U yig`lar edi... Men ham yig`ladim...

Men sizni hammadan yaxshi ko`raman - ONAJON!!!!!!!
Hammaga omonlik tilab
Malika

hangug
05-11-2005, 07:38 PM
Malika, Aysuluv boshqa mavzuda sherlar yoziyla..:cool:

Queen
05-11-2005, 08:50 PM
[QUOTE=Sonata]Onajon, men sizni juda sogindim,
Bagringizga bir dam bosh quygim keldi.
Dunyo gamlaridan juda ogrindim,
Sizni suygim keldi,bir suygim keldi.

Onajon, men sizni juda sogindim,
Sizni Farishtamni bir suygim keldi.
Dunyo gamlarini kaftimda ezib,
Bagringizga bir dam bosh quygim keldi....

Chiroyli sher ekan. Oziz yozdizmi? onasidan uzoqdagilani ahvoli haqida ekan. Yana yozib turing. Rahmat.

Onajon, men sizni juda sogindim,
Bilaman meni ham koplab sogindiz.
Ayriliq azobi qiynadi bizni,
Quchogiz sogindim, oziz sogindim.

Malika
05-12-2005, 12:02 AM
Malika, Aysuluv boshqa mavzuda sherlar yoziyla..:cool:
Uzr, bu thread soginchizzi yanada alangalatdi shekilli...
Ammo,
Soginib yashash, sogintirib yashash... bu ham shirin bir tuygu
:)

Sonata
05-12-2005, 12:12 AM
Har safar men uydan qaytayotganda,
Kuzlari jovdirab termulib qolgan.
"Xudo uzi seni asrasin" - deya,
Izlarimdan tagin qaygurib qolgan,
Onamni sogindim.

Agar bemor bulsam dardimni olgan,
Yulimga kuz tikib kuzlari tolgan.
Xudoga iltijo qilib har doim,
Duosini buyimga buy tumor qilgan,
Onamni sogindim.

Dasturxon boshida ming bor yuqlagan,
Orqamdan ming suyib,ming bor alqagan.
Biror narsa kelsa bozor-uchardan,
Kelib qolar deya,menga saqlagan,
Onamni sogindim.

Bilibmi,bilmaymi goh ogritganim,
Suzlariga kirmay ogir botganim.
Baribir uziga talpinib har dam,
Bagrida erkalik qilib yotganim,
Onamni sogindim.

Hech kimsa bula olmas dardimga malham,
Onamning qoshiga ketaman bundan.
Hech narsa tuldirmas mening kunglimni,
Onamni sogingan,sogingan kundan,
Onamni sogindim,qattiq sagindim....

----------------------------------------------
....Oyijonimni juda-juda sogindim.....

hangug
05-12-2005, 12:34 AM

Sonata, she’r uzizni yozgansiz shekilli, ha qadrini his qilyabsizmi endi ota-onannggizni? Ayniqsa gaplariga kirmagan vaqtlarizni eslab a?...

Ehh, bu turishda na uqish, na ish qilib buladi, faqat uylovorib vaqtni utqazamiz..

satik
05-12-2005, 03:19 AM
Bugun men sog’indim Andijonimni.

Koshki sog’inchimni qondira olsam

Yuragim yonadi “Andijon”deya,

Qani bu olovni so’ndira olsam

Tushlarimga kirar qadrdon yo’llar

Eski shaharlaru, Bog’i shamollar

Anhor bo’ylab o’sgan teraklar, tollar,

Ko’z ochib yumsamu, anda bo’lolsam

Onajonim ketmas hech hayolimdan

Bilaman, hayoli mening ila band

Otamni sog’indim,akam-singlimni

Birisi qaymog’u ikkinchisi qand

Yahshiki hayolning tizginlari yo’q

Soniya o’tmasdan yetkazar yurtga

Va yana sho’ng’iyman hotiralarga

Huddi qaytgandayman vatanga, uyga.

She'r o'zimniki, agar kamchiliklari bo'sa albatta aybga buyurmaysizlar.

KhwarezmshaH
05-12-2005, 10:02 AM
Dunyodagi eng yaxshi ko`rgan insonim bilan rosa yig`lashdik (hayron bo`layotgandirsiz-a?). Ha, men jonimdan ortiq sevgan insonim meni mendan-da kuchliroq sevadi, buni uning har nafasidan sezib turaman. Uning so`zlari meni yangidan hayotga keltiradi. Bitta telefondagi qo`ng`irog`imni qanchalik intiqlik ila kutishini, meni o`ylab yig`lashini, meni deb hatto tunlaridan bedor qolishini tasavvur ham qila olmaysiz.
Men unga sovg`a qilgan arzimas narsani ham hammaga doston qiladi, uni men berganim bilan faxrlanadi, mening har bir muvaffaqiyatlarimdan boshi ko`kka yetadi.

Undagi muhabbatni so`z bilan ta'riflashning iloji bormikan? Mehr-muhabbatning bundan ortiq ko`rinishi bormikan? Men esa uni u ardoqlagandek ardoqlay olamanmi? Nega mensiz yashay olmasligini, haftada atigi bir martagina qiladigan qo`ng`irog`imni intizor kutishini nega his qilmayman? Yoki meni o`ylab yegani ichiga tushmayotganligi, mudom yig`lashini nega tushunmayman? Nega bir og`iz shirin so`zimni undan qizg`onaman?

Axir uning sha'niga tonnalab olqish yog`dirsa arziydi-ku! Yoki shundayin ishbilarmon bo`lib ketdimmi? Bahonani qarang: "Ishlar ko`payib ketib telefon qila olmadim". U yoqdan javob keladi: "O`tgan haftadan beri telefonga zor termulaman. Har bir qong`iroqqa ilinj ila quloq tutaman, chorshanba kutdim, shanba kutdim... telefon ham ko‘zimga dunyodagi eng yomon maxluqdek ko`rinib ketdi". Va nihoyat dushanba kuni telefon qilaman: go`shakdan uning dunyoda tengsiz ovozi eshitiladi. U yig`lar edi... Men ham yig`ladim...

Men sizni hammadan yaxshi ko`raman - ONAJON!!!!!!!
Hammaga omonlik tilab
Malika

Siz hudo hohlasa onajongiz yoniga borarsiz, menga qiyin.

satik
05-17-2005, 01:25 PM
466832843294

Asadbek
05-17-2005, 01:36 PM
Bugun men sog’indim Andijonimni.
Koshki sog’inchimni qondira olsam
Yuragim yonadi “Andijon”deya,
Qani bu olovni so’ndira olsam

Tushlarimga kirar qadrdon yo’llar
Eski shaharlaru, Bog’i shamollar
Anhor bo’ylab o’sgan teraklar, tollar,
Ko’z ochib yumsamu, anda bo’lolsam

...
She'rni 12-may kuni kiritgan ekansiz bu yerda... Telepatiyami bu?
Siz shu she'rni kiritgan kechada Andijondagi voqealar boshlangan...

Lekin chiroyli she'r yozibsiz.

DIDO
05-17-2005, 01:54 PM
Hammaga bir nima bo`laypti o`zi. Ertalab turib oynaga qaraganimni bilaman, keyin yuzimni sovuq suv bilan yuvish bilan ovoraman. Keyin esa stol ustidagi qog`ozlar.... Mayli bu safar post qilmadim, men siz ham hammaning ko`ngli to`lib turibdi.
Malika, yaxshi siz tel qilarkansiz. Men tel qilishlarini kutish bilan ovoraman. Qilaman desam, sen ovora bo`lma , qizim, deydilar. Ahhh.... well, sabr hammaga;)

-Resident-
05-17-2005, 08:01 PM
Bugun men sog’indim Andijonimni.

Koshki sog’inchimni qondira olsam

Yuragim yonadi “Andijon”deya,

Qani bu olovni so’ndira olsam

Tushlarimga kirar qadrdon yo’llar

Eski shaharlaru, Bog’i shamollar

Anhor bo’ylab o’sgan teraklar, tollar,

Ko’z ochib yumsamu, anda bo’lolsam

Onajonim ketmas hech hayolimdan

Bilaman, hayoli mening ila band

Otamni sog’indim,akam-singlimni

Birisi qaymog’u ikkinchisi qand

Yahshiki hayolning tizginlari yo’q

Soniya o’tmasdan yetkazar yurtga

Va yana sho’ng’iyman hotiralarga

Huddi qaytgandayman vatanga, uyga.

She'r o'zimniki, agar kamchiliklari bo'sa albatta aybga buyurmaysizlar.
Bu sherni o`qib beihtiyor ko`zimga yosh keldi...

satik
05-18-2005, 03:14 AM
She'rni 12-may kuni kiritgan ekansiz bu yerda... Telepatiyami bu?
Siz shu she'rni kiritgan kechada Andijondagi voqealar boshlangan...

Lekin chiroyli she'r yozibsiz.

Rahmat aka! Yoqqan bo'sa hursandman, birinchi mashqlarimdan.
Ilhom ham jigar bag'irlarizi ezib, keyin kelarkan

satik
05-18-2005, 03:24 AM
Bu sherni o`qib beihtiyor ko`zimga yosh keldi...

Andak mubolag'a qildingiz mavlono!
Yoki hodimingizni mamnun etmoq istadingizmi?:D

KhwarezmshaH
05-18-2005, 08:53 AM
Onajonim esladim,
Ko'zlarimda yosh bilan.
Mehribonim izladim,
Topolmay dardimga hamdam.

Ko'p orzular qurarding,
Kelajagim haqida,
Oqishingni tugatgach,
Elni chaqiray oshga.

Akang to'yin qachonga,
Qo'ysak senga maqul deb,
Ketding o'zga olamga,
Yurakkinamni dog'lab.

O'ylab o'tirsam bugun,
Oradan yil o'tibdi.
Bu yolg'onchi dunyoda,
Kim abadiy qolibdi.