PDA

View Full Version : Ko`zlaringni yummagin, jonim!


DIDO
05-12-2005, 07:55 AM
Kecha edi shamolli kunlar
Kecha edi-berilgan va'da
Isbotini topmasdan yig`lar
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi oxiri yo`q tun
Kecha edi ishqning nolasi
Ostonangda titrardi yupun
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi aytilgan ertak
Kecha edi dilni tilgan rashk
Bugun esla, hammasi ermak
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi ushalmas orzu
Kecha edi yo`llari sarob
Sarob bugun haqiqat mangu
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi ko`rganda ajal
Jon bekinmoq istardi qochib
Ne bo`lsa ham taqdiri azal
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Uxlab qolma, borligim sezmay
Qoldirmagin meni g`aflatda
Sen ketib zor,hayotdan bezmay
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Masanori
05-12-2005, 08:02 AM
Kecha edi shamolli kunlar
Kecha edi-berilgan va'da
Isbotini topmasdan yig`lar
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi oxiri yo`q tun
Kecha edi ishqning nolasi
Ostonangda titrardi yupun
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi aytilgan ertak
Kecha edi dilni tilgan rashk
Bugun esla, hammasi ermak
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi ushalmas orzu
Kecha edi yo`llari sarob
Sarob bugun haqiqat mangu
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi ko`rganda ajal
Jon bekinmoq istardi qochib
Ne bo`lsa ham taqdiri azal
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Uxlab qolma, borligim sezmay
Qoldirmagin meni g`aflatda
Sen ketib zor,hayotdan bezmay
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Husninga termulib, nasib - mast bo`lmoq
Alhazar endi bekor bizga o`lmoq,
Jamoling solib nazar, olay orom,
Bas, endi kuzni yummoq harom!

DIDO
05-12-2005, 08:06 AM
Husninga termulib, nasib - mast bo`lmoq
Alhazar endi bekor bizga o`lmoq,
Jamoling solib nazar, olay orom,
Bas, endi kuzni yummoq harom!
Degin, so`zlarim chin hammasi
Degin, hayotim sen nash'asi
Tashlab ketma, ishq sevgining qal'asi
Bizni deya kuylar hayot yallasi.

Masanori
05-12-2005, 08:13 AM
Degin, so`zlarim chin hammasi
Degin, hayotim sen nash'asi
Tashlab ketma, ishq sevgining qal'asi
Bizni deya kuylar hayot yallasi.

Sozlarim chin, yolgonga lanat,
Bir emas ming hayotim - sen albat!
Jon! Jon qolib ruhdan kechgum,
Lek sendan kechmoq - yuq to abad!

DIDO
05-12-2005, 08:19 AM
Sozlarim chin, yolgonga lanat,
Bir emas ming hayotim - sen albat!
Jon! Jon qolib ruhdan kechgum,
Lek sendan kechmoq - yuq to abad!

Bizdan qolsa qolsin taqdirning ko`ngli
O`zgartira olmay qarorin cheksiz
Qayrilib boqmasin shuhrat ham mayli
Yashay olarmidim, sevgimsiz, Sensiz.

Masanori
05-12-2005, 08:21 AM
Bizdan qolsa qolsin taqdirning ko`ngli
O`zgartira olmay qarorin cheksiz
Qayrilib boqmasin shuhrat ham mayli
Yashay olarmidim, sevgimsiz, Sensiz.


a seychas reklama na pervom!

:D :P

P.S. 1 soat juzilishi mumkin bgan reklamalani yomon kuraman

Dil
05-12-2005, 08:27 AM
a seychas reklama na pervom!

:D :P

P.S. 1 soat juzilishi mumkin bgan reklamalani yomon kuraman

Dido yana La`lihon bolib oldi...:)

off: qizlarga ko`p ham ishanavermang...

Masanori
05-12-2005, 08:33 AM
Dido yana La`lihon bolib oldi...:)

off: qizlarga ko`p ham ishanavermang...


baribir bittasiga ishonishga tugri keladi, iloj qancha, erkaklarning shur peshonasiga bitilgan taqdir bu!:(

eeeeeh! bolla, bizaga achinadigan odam yuq!

KhwarezmshaH
05-12-2005, 10:18 AM
Ko'zlaringni yoshlab yig'lama jonim
Biz kutgan kunlar kelardi albat,
Yuragingni qiynab tig'lama jonim,
Oyning onbeshi qorong'u faqat.

KhwarezmshaH
05-12-2005, 10:19 AM
baribir bittasiga ishonishga tugri keladi, iloj qancha, erkaklarning shur peshonasiga bitilgan taqdir bu!:(

eeeeeh! bolla, bizaga achinadigan odam yuq!

Rosa achinib ketdim oz-ozimga...

Belgiumbek
05-12-2005, 10:25 AM
Ko'zlaringni yummagin jonim
Nigohim yollaringda qoldi
Meni kutgin sarvi sultonim
Yuragim soginchga toldi

KhwarezmshaH
05-12-2005, 10:35 AM
kozlaringni yummagin jonim,
Kozing ichiga bir bor qarab olayin.
Meni sevasanmi yoki yoq,
Kozlaringdan buni oqib olayin.

Hozimi
05-12-2005, 12:08 PM
Kecha edi shamolli kunlar
Kecha edi-berilgan va'da
Isbotini topmasdan yig`lar
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi oxiri yo`q tun
Kecha edi ishqning nolasi
Ostonangda titrardi yupun
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi aytilgan ertak
Kecha edi dilni tilgan rashk
Bugun esla, hammasi ermak
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi ushalmas orzu
Kecha edi yo`llari sarob
Sarob bugun haqiqat mangu
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi ko`rganda ajal
Jon bekinmoq istardi qochib
Ne bo`lsa ham taqdiri azal
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Uxlab qolma, borligim sezmay
Qoldirmagin meni g`aflatda
Sen ketib zor,hayotdan bezmay
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Ikki tundur yummadim ko'zim,
tonggacha termuldim yumuq ko'zingga,
Sen-chi? Xurraklar otib betinim,
Ko'rpani ham tortding o'zingga.:lol:

Oh, jonim, sening xurrak ovozig,
Men uchun muhtasham musiqiy nag'ma
Mast qilur meni jilvakash nozing,
Mayli ko'rpadan, bermasang - berma !:P

(Haaa... azizlar, bir kam dunyo deyishadi... Bu she'r suyukli yorlari xurrak otib, yarim tunning sovug'ida butun ko'rpani o'ziga tortib oladigan dilrabolarning tabo bo'lgan oshqlariga ataladi. ;) )

DIDO
05-12-2005, 12:40 PM
off: qizlarga ko`p ham ishanavermang...
O-O, maya kennayishka, unaqa sotilib ketmang
:D

DIDO
05-12-2005, 12:42 PM
Ko'zlaringni yoshlab yig'lama jonim
Biz kutgan kunlar kelardi albat,
Yuragingni qiynab tig'lama jonim,
Oyning onbeshi qorong'u faqat.
Namga to`la ko`zim meni
Erta kunim o`ylasam
Topolmayin qolsam seni
Ishqni eslash bir alam.

DIDO
05-12-2005, 01:02 PM
a seychas reklama na pervom!

:D :P

P.S. 1 soat juzilishi mumkin bgan reklamalani yomon kuraman

Manam yomon ko`rayapman, uzoooq cho`zilayotgan reklamalarni,huh
:D

KhwarezmshaH
05-12-2005, 01:10 PM
Namga to`la ko`zim meni
Erta kunim o`ylasam
Topolmayin qolsam seni
Ishqni eslash bir alam.

Arting koz yoshlaringiz,
Ertani oylamangiz,
Men har doim siz bilan,
Ishqimla ond ichaman.

akamullo
05-12-2005, 01:11 PM
Kecha edi shamolli kunlar
Kecha edi-berilgan va'da
Isbotini topmasdan yig`lar
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi oxiri yo`q tun
Kecha edi ishqning nolasi
Ostonangda titrardi yupun
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi aytilgan ertak
Kecha edi dilni tilgan rashk
Bugun esla, hammasi ermak
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi ushalmas orzu
Kecha edi yo`llari sarob
Sarob bugun haqiqat mangu
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Kecha edi ko`rganda ajal
Jon bekinmoq istardi qochib
Ne bo`lsa ham taqdiri azal
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

Uxlab qolma, borligim sezmay
Qoldirmagin meni g`aflatda
Sen ketib zor,hayotdan bezmay
Ko`zlaringni yummagin, jonim.

DIDO honim yana otashli sherlariz bln atrofni agdar-tontar qivordiz..baraka toping..

BIBIHONUM
05-12-2005, 01:18 PM
Arting koz yoshlaringiz,
Ertani oylamangiz,
Men har doim siz bilan,
Ishqimla ond ichaman.Qoyil.Dahshat chiqibdi.


P.S.Sher yozishi bilmiman deysiz.Bilmganingiz shuncha bo'lsa,qolganini tasavvur qilolmayapman. :?

KhwarezmshaH
05-12-2005, 01:27 PM
Qoyil.Dahshat chiqibdi.


P.S.Sher yozishi bilmiman deysiz.Bilmganingiz shuncha bo'lsa,qolganini tasavvur qilolmayapman. :?

Yurakdan hohlasayiz bazan bop ketarkan.

DIDO
05-12-2005, 03:21 PM
Arting koz yoshlaringiz,
Ertani oylamangiz,
Men har doim siz bilan,
Ishqimla ond ichaman.
Ertani o`ylasam bugun
Ko`zim yoshi tinadi
Sizni ko`rmasam bir kun
Dilimda dard bitadi.

Masanori
05-12-2005, 05:50 PM
Manam yomon ko`rayapman, uzoooq cho`zilayotgan reklamalarni,huh
:D


endi bu manga bogliq bumgan holatla tak chto uzr!

Reklama tugab, chelovek i zakon kursatuvi boshlandi (huquq buyicha dars demoqchiman)

Sen kutgin va men qaytarman!:D :P

P.s. Dilni gaplarida jon bormi deb qoldim:( ;)

Masanori
05-12-2005, 10:41 PM
Bizdan qolsa qolsin taqdirning ko`ngli
O`zgartira olmay qarorin cheksiz
Qayrilib boqmasin shuhrat ham mayli
Yashay olarmidim, sevgimsiz, Sensiz.

Taqdirimdan men rozi, u biz tomon,
Yuqsa seni uchratmogim - gumon.
Sevsa-chi ikki qalb, u ham taqdir,
Taqdirim, bahtimga bul omon!


P.s. faqat bir extra harfdagi farq ham hisobga olinsaku, taqdir bizani ittifoqdosh bulib chiqadi.:D :P

KhwarezmshaH
05-13-2005, 06:06 AM
Ertani o`ylasam bugun
Ko`zim yoshi tinadi
Sizni ko`rmasam bir kun
Dilimda dard bitadi.

Dardingizga darmon bolgum,
Kozingiz yoshini artgum,
Bu dunyoda agar olsam,
Faqat sizni deb olgum.

DIDO
05-13-2005, 07:58 AM
Taqdirimdan men rozi, u biz tomon,
Yuqsa seni uchratmogim - gumon.
Sevsa-chi ikki qalb, u ham taqdir,
Taqdirim, bahtimga bul omon!


P.s. faqat bir extra harfdagi farq ham hisobga olinsaku, taqdir bizani ittifoqdosh bulib chiqadi.:D :P

Aytgan gaplar chin bo`lsa,
Jonim senga tasadduq.
Quyoshdayin kulgan baxting
Yorim, endi bo`lsin qulluq.


P.S. I said you, don't talk like that, othervise you're gonna break rules.
A tak

:D :P ;)

DIDO
05-13-2005, 08:01 AM
Dardingizga darmon bolgum,
Kozingiz yoshini artgum,
Bu dunyoda agar olsam,
Faqat sizni deb olgum.
Tan olmayman boshqa ishqni
Sevgim deya kurash qilgum
Haddi sig`mas ajratishga
Faqat sizni deya o`lgum.

KhwarezmshaH
05-13-2005, 08:33 AM
Tan olmayman boshqa ishqni
Sevgim deya kurash qilgum
Haddi sig`mas ajratishga
Faqat sizni deya o`lgum.

Dengiz toglar orqasidan,
Yuborarman soginchimni,
Uzoqlarni yaqin qilib,
Izhor etgum ishqimni.

KhwarezmshaH
05-13-2005, 08:34 AM
Dengiz toglar orqasidan,
Yuborarman soginchimni,
Uzoqlarni yaqin qilib,
Izhor etgum ishqimni.

Ajratishga uringanni,
Bir urishda talqon etgum,
Yolimizga g'ov bolganni,
Yer bilan yakson etgum.

akamullo
05-14-2005, 01:46 PM
Tan olmayman boshqa ishqni
Sevgim deya kurash qilgum
Haddi sig`mas ajratishga
Faqat sizni deya o`lgum.

Miss(DİDO)..forumda mot qilmagan odamiz qolmadi shekilli..
lekin..shu meni hafa qilgan Bibihonimdan sherlar keme qoldii.Bibihonimdan ham chiroyli satrlarni kutib qolamiz.:D

Masanori
09-17-2005, 11:14 AM
Taqdirimdan men rozi, u biz tomon,
Yuqsa seni uchratmogim - gumon.
Sevsa-chi ikki qalb, u ham taqdir,
Taqdirim, bahtimga bul omon!


P.s. faqat bir extra harfdagi farq ham hisobga olinsaku, taqdir bizani ittifoqdosh bulib chiqadi.:D :P

forumdagi yahshi damlar... sog`indim shu damlarni

Turkonhonim
09-17-2005, 04:26 PM
Tungi chegara

"Siz"suzi tortinchok kunduzdir.
"Sen"esa op-oydin okshom.
Payt kelib hammamiz
"Siz" deganchegaradan
Utamiz tunda.

Aynan tunda-
Tunda utajakmiz kunduzdan


Muhammad Solih

BIBIHONUM
09-17-2005, 04:42 PM
Erta tongda zangor tovushlar,
Shabnamlarga yuz yuvganim yo'q.
Sher yozay deb ko'zimda yoshlar,
Uyqularni boz quvganim yo'q.

Ammo o'z-o'zligin unutish,
Dardlari bor ekan bedavo...
Ilhom to'la tongni korsang tush,
Ovutarkan ko'ngilni navo...

DIDO
09-18-2005, 04:04 AM
forumdagi yahshi damlar... sog`indim shu damlarni

Heyy, manam it was really fun times, I mean really.
Now ertalabdan kechgacham o`qish ishlash keraK.

Shokirbek
09-18-2005, 04:11 AM
Erta tongda zangor tovushlar,
Shabnamlarga yuz yuvganim yo'q.
Sher yozay deb ko'zimda yoshlar,
Uyqularni boz quvganim yo'q.

Ammo o'z-o'zligin unutish,
Dardlari bor ekan bedavo...
Ilhom to'la tongni korsang tush,
Ovutarkan ko'ngilni navo...

Tovushlarning zangor bo'lishini birinchi eshitishim (o'qishim). Bu bilan shoir nima demoqchi, o'zi umuman shu ikki to'rtlik (kuplet)ni sharhlab bersalaring xursand bo'lar edim.

Ulug'bek
09-18-2005, 09:45 PM
Tovushlarning zangor bo'lishini birinchi eshitishim (o'qishim). Bu bilan shoir nima demoqchi, o'zi umuman shu ikki to'rtlik (kuplet)ni sharhlab bersalaring xursand bo'lar edim.

:) :)

Mana sizga yana zangor tovushlardan, kelganicha yozamiz, yetganicha cho'zamiz :) :


Seni izlagandim umrim davomi,
Seni deb oshgandim minglab dovonni,
Yo'llarda to'lab Men ko'plab tovonni,
Endi ko'zlaringni yummagin jonim!

Baxt deb izlaganim Senmasmisan yo?
Men kuyib-yondimu, sevmasmisan yo?
O'tinchim : Baxtimni etmagin ro'yo!
Endi ko'zlaringni yummagin jonim!

Yo'q, bu-hayot! Haqni so'zlagin mayli!
Bo'lgin o'zing, dema: zamona zayli!
Aytchi: bormi o'zi hech qalbing mayli?
Endi ko'zlaringni yummagin jonim!

Chiqmagan jonlardan umidlar qildim,
Soradim, garchi Men javobni bildim,
Oxiri, hammasin taqdirga ildim.
Endi ko'zlaringni yummagin jonim!

Javobing aytmasdan bilaman, lekin,
Netay ko'tarolmam bu dardning yukin,
Mensizda, hayoting bo'lsin mo'l-to'kin!
Endi ko'zlaringni yummagin jonim!

Uzb. (09.19.2005)

PS. Shokirbek, arra yurg'izdim hozir, sanangchi endi 11 bug'in bo'libdimi? :)

Dil
09-18-2005, 10:16 PM
Javobingni aytmasingdan bilaman, lekin,
Nima qilay ko'tarolmam bu dardning yukin,
Mensizda, hayoting bo'lsin mo'l-tokin!
Endi ko'zlaringni yummagin jonim!

Uzb. (09.19.2005)[/QUOTE]

kep qoldi javob:)


Muhabbatning yo`llaridan o`tganimda,
Muhabbatning qo`llarida tutganimda,
Hayotning eng achchiq zahrini yutdim,
Endi ko`zlarimni yummasam bo`lmas.

Bag`rimni tikanlar to`ldirganida,
Chehramni armonlar so`ldirganida
So`ginchning eng shirin sarobin ichdim ,
Endi seni bir bor ko`rmasam bo`lmas.
Nu eto chto popalo:)
09.19

Shokirbek
09-18-2005, 10:22 PM
Yaxshi she'r, bo'ladi. Ishqilib she'riyatga hozirgi hadosat tufayli "zangori she'r" atamasi kirib ketmasa bo'ldi :D .

Birinchi qatorini "Sen eding tilagim" deb o'zgartirsangiz 11 bo'g'inli she'rga mos bo'lar edi, qolgan vazn buzilgan shunday joylarni ham.
Keyin "davon"ni "dovon"ga o'zgartirib qo'yilsa a'lo bo'ladi.


Dil, yashang, endi Uzbning ilhom parisini qo'zg'adingiz.

Dil
09-18-2005, 10:27 PM
Yaxshi she'r, bo'ladi. Ishqilib she'riyatga hozirgi hadosat tufayli "zangori she'r" atamasi kirib ketmasa bo'ldi :D .

Birinchi qatorini "Sen eding tilagim" deb o'zgartirsangiz 11 bo'g'inli she'rga mos bo'lar edi, qolgan vazn buzilgan shunday joylarni ham.
Keyin "davon"ni "dovon"ga o'zgartirib qo'yilsa a'lo bo'ladi.


Dil, yashang, endi Uzbning ilhom parisini qo'zg'adingiz.

Ancha bo`ldi sh`er yozmaganimga..:)

Ulug'bek
09-18-2005, 10:35 PM
kep qoldi javob:)


Muhabbatning yo`llaridan o`tganimda,
Muhabbatning qo`llarida tutganimda,
Hayotning eng achchiq zahrini yutdim,
Endi ko`zlarimni yummasam bo`lmas.

Bag`rimni tikanlar to`ldirganida,
Chehramni armonlar so`ldirganida
So`ginchning eng shirin sarobin ichdim ,
Endi seni bir bor ko`rmasam bo`lmas.
Nu eto chto popalo:)
09.19

Bu javob pochchamga, javobin yozsin:) ,
Jahli chiqsa, Dili kavobin suzsin!
Boshini chalgitsin, ming-nayrang tuzsin!
Endi ko'zlarini yummasin, bo'lmas!

Jiyanlar ulg'aysin, to'plar ham sursin!
Dilu Dadalarin yonida yursin!
Yoponga kelsak biz, birga to'p sursin!
Endi ko'zlarini yummasin, bo'lmas!

Yapondan yo Kuril orollaridan,
Jo'nating qizlarning saralaridan!
Kuysin o'zbek qizi yaralaridan,
Endi ko'zlarini yummasin, bo'lmas!

Qadrimiz bilmasa, yoponlar bilar!
Kurashda yirtilgan choponlar bilar,
Bir kuni ortimdan yelanar, yelar,
Endi ko'zlarini yummasin, bo'lmas!
:D
Uzb

Dil
09-18-2005, 10:39 PM
Bu javob pochchamga, javobin yozsin:) ,
Jahli chiqsa, Dili kavobin suzsin!
Boshini chalgitsin, ming-nayrang tuzsin!
Endi ko'zlarini yummasin, bo'lmas!

Jiyanlar ulg'aysin, to'plar ham sursin!
Dilu Dadalarin yonida yursin!
Yoponga kelsak biz, birga to'p sursin!
Endi ko'zlarini yummasin, bo'lmas!

Yapondan yo Kuril orollaridan,
Jo'nating qizlarning saralaridan!
Kuysin o'zbek qizi yaralaridan,
Endi ko'zlarini yummasin, bo'lmas!

Qadrimiz bilmasa, yoponlar bilar!
Kurashda yertilgan joponlar bilar,
Bir kuni ortimdan yelanar, kelar,
Endi ko'zlarini yummasin, bo'lmas!
:D
Uzb
Chachib tashlabsiz-ku... :lol:

Shokirbek
09-18-2005, 10:43 PM
Muhabbatning yo`llaridan o`tganimda,
Muhabbatning qo`llarida tutganimda,
Hayotning eng achchiq zahrini yutdim,
Endi ko`zlarimni yummasam bo`lmas.

Bag`rimni tikanlar to`ldirganida,
Chehramni armonlar so`ldirganida
So`ginchning eng shirin sarobin ichdim ,
Endi seni bir bor ko`rmasam bo`lmas.
Nu eto chto popalo:)
09.19

Mayli, ilgarigi majoziy usulda davom etaylik:

Armonli so'zing-la o'rtading jonim,
Qo'zg'ading qalbimda tutgan armonim,
Ko'zim quvonchiyu, dilga darmonim,
Men ham seni bir bor ko'rmasam bo'lmas.

Yetar shuncha yillar zahar yutganim,
Qovrilib firoqqa, seni kutganim,
Sen uchun ataylab doston bitganim,
O'qib berish uchun bormasam bo'lmas. :)

Dil
09-18-2005, 10:45 PM
Mayli, ilgarigi makoziy usulda davom etaylik:

Armonli so'zing-la o'rtading jonim,
Qo'zg'ading qalbimda tutgan armonim,
Ko'zim quvonchiyu, dilga darmonim,
Men ham seni bir bor ko'rmasam bo'lmas.

Yetar shuncha yillar zahar yutganim,
Qovrilib firoqqa, seni kutganim,
Sen uchun ataylab doston bitganim,
O'qib berish uchun bormasam bo'lmas. :) Er yoril!!!.. :oops: :oops: :oops:

javobini yozardim-ku... ha maili yo`zmadim...:)))
Men qochishim kerak ekan bu erdan....

Ulug'bek
09-18-2005, 10:49 PM
Yaxshi she'r, bo'ladi. Ishqilib she'riyatga hozirgi hadosat tufayli "zangori she'r" atamasi kirib ketmasa bo'ldi :D .

Birinchi qatorini "Sen eding tilagim" deb o'zgartirsangiz 11 bo'g'inli she'rga mos bo'lar edi, qolgan vazn buzilgan shunday joylarni ham.
Keyin "davon"ni "dovon"ga o'zgartirib qo'yilsa a'lo bo'ladi.

She'r kelsa bug'inni sanarmi inson?:)
Manosi yorishsa, bo'lmasmi ming son?!
Kutganim kelmasa, kelmasmi to'qson?!
Endi ko'zlarimni yumib yashayman!

Jahlim chiqsa topib urgim keladi!:)
O'ch olay deb labim burgim keladi,
Sovib, quli bo'lib yurgim keladi,
Endi ko'zlarimni yumib yashayman!

Mendek yigit topmas, bilmasmi shuni?:)
Mensiz bilmam, kimga qoladi kuni?
Qaysingiz sharhlaydi aytingiz buni?
Endi ko'zlarimni yumib yashayman!

Xay mayli, baxtini Xudoyim bersin!
Menga ham undan zo'r guloyim bersin!
Keyin gar elansa, toshini tersin! :)
Endi ko'zlarimni yumib yashayman!

Uzb.

Shokirbek
09-18-2005, 11:04 PM
She'r kelsa bug'inni sanarmi inson?:)
Manosi yorishsa, bo'lmasmi ming son?!
Kutganim kelmasa, kelmasmi to'qson?!
Endi ko'zlarimni yumib yashayman!

Jahlim chiqsa topib urgim keladi!:)
O'ch olay deb labim burgim keladi,
Sovib, quli bo'lib yurgim keladi,
Endi ko'zlarimni yumib yashayman!

Mendek yigit topmas, bilmasmi shuni?:)
Mensiz bilmam, kimga qoladi kuni?
Qaysingiz sharhlaydi aytingiz buni?
Endi ko'zlarimni yumib yashayman!

Xay mayli, baxtini Xudoyim bersin!
Menga ham undan zo'r guloyim bersin!
Keyin gar yelansa, toshini tersin!
Endi ko'zlarimni yumib yashayman!

Uzb.

Kim ekan sizni shu holatga solgan?
O'zini bu qadar berahm qilgan,
Chaqmoqdek yigitni tengsiz deb bilgan,
Ko'z yumib yashashga u hech arzimas.

Sizdekni topmasa kimni kimni xush ko'rar?
Qaysidir behisga, bedilga borar,
Oxiri qon yig'lab, oh urib yurar,
Hatto bosh qashlashga u hech arzimas.

Ulug'bek
09-18-2005, 11:21 PM
Mayli, ilgarigi majoziy usulda davom etaylik:

Armonli so'zing-la o'rtading jonim,
Qo'zg'ading qalbimda tutgan armonim,
Ko'zim quvonchiyu, dilga darmonim,
Men ham seni bir bor ko'rmasam bo'lmas.

Yetar shuncha yillar zahar yutganim,
Qovrilib firoqqa, seni kutganim,
Sen uchun ataylab doston bitganim,
O'qib berish uchun bormasam bo'lmas. :)

Pochchamga aytaman, qurur sho'ringiz!:D
Yo yangam bilsami? keyin ko'ringiz!
Tilchi bo'sh, lek uni mahkam qo'ringiz!
Endi Men ko'zimni ochib yashayman!

Har yonda murdalar cholg'i tutadi,:)
Qaroqchilar yo'ldan hardam otadi,
Yashirmasang baxting olib ketadi!
Endi Men ko'zimni ochib yashayman!

Baxtimdir - ishonchim kelgusi kunga!
Shundan, achinmasman kecha bugunga!
Yapondan -umidim- kelar tugunga!:)
Endi Men ko'zimni ochib yashayman!

Nagasaki dardi tanida qolgan,
Yapon qiz afzaldir o'zbekda bo'lgan,
Qizki, Men kabining izidan qolgan!
Endi Men ko'zimni ochib yashayman!

Bunchalar noz qilding o'zbekning qizi?
Shunchalar bag'ri toshmisan Sen o'zi?
Gar bilsang, Senga tengingdirman Men o'zi!
Endi Men ko'zimni ochib yashayman!

Meni qo'ldan bersang baxting ketadi,
Qadrimga yetmasang, yopon yetadi,:)
Yopon-Uz lar yasab:) , taqdim etadi!
Endi Men ko'zimni ochib yashayman!

Yaponlar qancha ko'z ochar bilmadim,:D
To'yda qilarmi "Yuz ochar" bilmadim,
Ey borey! Ulardan hech yor qilmadim,:D
Endi Men ko'zimni ochib yashayman!

Ko'zini ocholgan o'zbek kelajak!
Meni o'ziga Bek albat, qilajak!
Bir to'da o'zbeklar yasab bilajak,
Endi Men ko'zimni ochib yashayman!

Lek, qachon kelasan, kelsangchi tezroq!
Baxt yeli Biz tomon yelsangchi tezroq!
Tog'ri bo'l, tog'g'ri kel, bo'lmagin o'roq!
Endi Men ko'zimni ochib yashayman!

Uzb.

Shokirbek
09-18-2005, 11:55 PM
"zangori tovush"dan keyingi she'ringizni davom ettirib:

Ne qilay, dildagi faryod vulqonim,
Uchqunlar sochadir har yon, har onim,
Qaytarib halqumga keladir jonim,
Endi ko'zlaringni yummagin, jonim.

Har kunim sog'inchu armon-la o'tar,
Oqibat shu vulqon meni mahv etar,
Oxirda kim mening qo'llarim tutar,
Endi ko'zlaringni yummagin, jonim.

Qaytgil, dil amriga qulog'ing tutgil,
Shunda orzuimiz ushalar butkul,
Men doim kutarman, meni ham kutgil,
Endi ko'zlaringni yummagin, jonim.

Ulug'bek
09-19-2005, 01:41 AM
Yaxshi she'r, bo'ladi. Ishqilib she'riyatga hozirgi hadosat tufayli "zangori she'r" atamasi kirib ketmasa bo'ldi :D .

Birinchi qatorini "Sen eding tilagim" deb o'zgartirsangiz 11 bo'g'inli she'rga mos bo'lar edi, qolgan vazn buzilgan shunday joylarni ham.
Keyin "davon"ni "dovon"ga o'zgartirib qo'yilsa a'lo bo'ladi.
.

Shokirbek, arra yurg'izdim hozir, qarangchi endi 11 bug'in bo'libdimi? :)


"zangori tovush"dan keyingi she'ringizni davom ettirib:

Ne qilay, dildagi faryod vulqonim,
Uchqunlar sochadir har yon, har onim,
Qaytarib halqumga keladir jonim,
Endi ko'zlaringni yummagin, jonim.

Har kunim sog'inchu armon-la o'tar,
Oqibat shu vulqon meni mahv etar,
Oxirda kim mening qo'llarim tutar,
Endi ko'zlaringni yummagin, jonim.

Qaytgil, dil amriga qulog'ing tutgil,
Shunda orzuimiz ushalar butkul,
Men doim kutarman, meni ham kutgil,
Endi ko'zlaringni yummagin, jonim.



Joning bo'laolmas kim desa : "Jonim"!
Tilu- dil birligi yasaydi tanim,
Shundan, tingla desam Men Seni :Jonim!":)
Endi ko'zlaringni yummagin, jonim!

Odam ko'p, va lekin odaming topgin!
Topolsang o'zingni tekinga sotgin!
U-la muhabbatning mazasin totgin!
Endi ko'zlaringni yummagin, jonim!

O'zi qisqa hayot bir bor berilgay,
Qarorni pishitsin kimki kerilgay!
Toki Jannatlarda qayta tirilgay,
Endi ko'zlaringni yummagin, jonim!

Uzb. (09.19.2005)

Shokirbek
09-19-2005, 04:59 AM
:) :)

Mana sizga yana zangor tovushlardan, kelganicha yozamiz, yetganicha cho'zamiz :) :


Seni izlagandim umrim davomi,
Seni deb oshgandim minglab dovonni,
Yo'llarda to'lab Men ko'plab tovonni,
Endi ko'zlaringni yummagin jonim!

Baxt deb izlaganim Senmasmisan yo?
Men kuyib-yondimu, sevmasmisan yo?
O'tinchim : Baxtimni etmagin ro'yo!
Endi ko'zlaringni yummagin jonim!

Yo'q, bu-hayot! Haqni so'zlagin mayli!
Bo'lgin o'zing, dema: zamona zayli!
Aytchi: bormi o'zi hech qalbing mayli?
Endi ko'zlaringni yummagin jonim!

Chiqmagan jonlardan umidlar qildim,
Soradim, garchi Men javobni bildim,
Oxiri, hammasin taqdirga ildim.
Endi ko'zlaringni yummagin jonim!

Javobing aytmasdan bilaman, lekin,
Netay ko'tarolmam bu dardning yukin,
Mensizda, hayoting bo'lsin mo'l-to'kin!
Endi ko'zlaringni yummagin jonim!

Uzb. (09.19.2005)

PS. Shokirbek, arra yurg'izdim hozir, sanangchi endi 11 bug'in bo'libdimi? :)

Endi a'lo bo'libdi bu she'ringiz,
G'oz tutib bosh, oyog'ingiz keringiz,
Viqor ila to'rda mahkam turingiz,
Dastxat olish uchun kelsin odamlar. :D

Dil
09-19-2005, 08:23 AM
Yashanglar..:) Qiz bilan yigitni aytishuvini o`qigan edim, lekin yigit bilan yigitni aytishuvini birinchi o`qishim:))))

BIBIHONUM
09-19-2005, 08:23 AM
:) :)

Mana sizga yana zangor tovushlardan, kelganicha yozamiz, yetganicha cho'zamiz :) :


:)


"zangori tovush"dan keyingi she'ringizni davom ettirib:

Erta tongda zangor tvushlar-erta tongda turingda tabiatga nazar tashlab,quloq tuting.Bu bir o'xshatma edi xolos,bilmadim nega sizarga kulgili tuyuldi bu so'zlar:? :rolleyes:

P.S Yashanglar shovvozlar!Xursandman sizlarga kulgu ulasholganimdan! :o :oops:

BIBIHONUM
09-19-2005, 08:26 AM
Yashanglar..:) Qiz bilan yigitni aytishuvini o`qigan edim, lekin yigit bilan yigitni aytishuvini birinchi o`qishim:))))

Har sohadan bir shingilde... :)




Ko’zlarimni yummagayman shu tun,
Sog’inchlar poyida sinar nigohim.
Qayg’uning suratin chizib oh bu tun,
Samolarga yetar nolayu ohim..:P

Ulug'bek
09-19-2005, 08:32 AM
Yashanglar..:) Qiz bilan yigitni aytishuvini o`qigan edim, lekin yigit bilan yigitni aytishuvini birinchi o`qishim:))))


Aytishsak ham, ikkimiz ham bo'lak-bo'lak majoziy "qizlarga" aytayapmizku.
Keyin, nima qilaylik, qizlarning birorta yuragi urgan, she'r yozadigani bo'lmasa?:D

DaeAnd bilan Infolife o'zbekistonga ketib qolgan bo'lsa, qolganlari bolalariyu erlaridan bo'shamasa:)

Shuncha erlarini tarafini olib gapirsak ham, erlari ham "bor shularni bir mot qilib kel" deb ham mushoiraga yubormasa:D

Qani aytingchi nima qilaylik, Asadbek aytgandek, bizlar zerikkanimizni faqat she'r bilan chiqarsak:)?

Asadbek
09-19-2005, 08:39 AM
Bul joyda kuchli aytishuvlar boshlanibdi-yu :-)

Ko’zlarimni yummagayman shu tun,
Sog’inchlar poyida sinar nigohim.
Qayg’uning suratin chizib oh bu tun,
Samolarga yetar nolayu ohim..:P
Ko'zlaringni yumaqol, jonim,
Tushlaringga kirib boraman.
Qulog'ingga shivirlab, sog'inch
Dardlarimni senga yoraman...

BIBIHONUM
09-19-2005, 08:48 AM
Ko'zlaringni yumaqol, jonim,
Tushlaringga kirib boraman.
Qulog'ingga shivirlab, sog'inch
Dardlarimni senga yoraman...
Ko'zlarimni yumaman,jonim,
Tun bag'riga boshim qo'yaman.
Tusharimga kirarsan qachon?
Qachon didoringga to'yaman...:P

Dil
09-19-2005, 08:56 AM
Ko'zlarimni yumaman,jonim,
Tun bag'riga boshim qo'yaman.
Tusharimga kirarsan qachon?
Qachon didoringga to'yaman...:P
To`htel;a, qiziq ketayapti:) Hechkim , are you M or F?

Shokirbek
09-19-2005, 09:04 AM
To`htel;a, qiziq ketayapti:) Hechkim , are you M or F?

Majoziy bo'lgandan keyin nima farqi bor? :D

BIBIHONUM
09-19-2005, 09:21 AM
Majoziy bo'lgandan keyin nima farqi bor? :D:twisted: Farqini ko'rsatib qo'ymey...:) :o

Ulug'bek
09-19-2005, 09:26 AM
To`htel;a, qiziq ketayapti:) Hechkim , are you M or F?

Ammo Men ham hozir xuddi shuni so'ramoqchi edim :) , chaqqonlik qildingiz:) .


Ko'zlarimni yumaman,jonim,
Tun bag'riga boshim qo'yaman.
Tusharimga kirarsan qachon?
Qachon didoringga to'yaman...:P


Bizga biroz qizlar yetmay turibdi,
Shundan mushoira ketmay turibdi,
Borlari bolasin olib yuribdi,
Davraga marhabo opa-singillar!

Kuzlarni yumish ham jonlarga tegdi,
Ko'r yurish qilsak cho'p sonlarga tegdi,
Shapaloq yuzlarga, yonlarga tegdi,
Davraga marhabo opa-singillar!

Ko'zimni bir, yumib yashayman dedim,
Keyin qayta, ochib tashlayman dedim,
Yaponlardan olib g'ashlayman dedim,
Davraga marhabo opa-singillar!

Davraga sherlar ham kelib qo'shildi, (Asadbek-Sherbek:) )
Ilhomlar to'kildi, rosa jo'shildi,
Forumning eng gapdonlari yig'ildi,
Davraga marhabo opa-singillar!

DaeAnd, Info yo'gu, borga baraka,
Oz-ozdan yozamiz birvarayaka,
Bir singil yozadi, bir bor bir aka,
Davraga marhabo opa-singillar!

Gap kelsa, og'izni yopish ham qiyin,
Ketib qolsa ilhomni topish ham qiyin,
Kelib qoling do'stlar, bu ham bir o'yin!
Davraga marhabo opa-singillar!

Aytishib, zehnni peshlab ko'ramiz,
To'xtasa boshlarni qashlab ko'ramiz,
Keyin bu damlarni eslab yuramiz.
Davraga marhabo opa-singillar!

Aytishuvlar yaxshi- odob tutilsa,
Yaxshimas agar Ul unutulsa,
Yo kimdir qarshiga qarab yutalsa,
Davraga marhabo opa-singillar!

Uzb.

Asadbek
09-19-2005, 09:29 AM
Ko'zlarimni yumaman,jonim,
Tun bag'riga boshim qo'yaman.
Tusharimga kirarsan qachon?
Qachon didoringga to'yaman...:P
To'lin oyning oydin nurida,
Yoningga sirg'alib tushaman.
Dunyodagi eng go'zal ayol,
Seni hayotimda kutaman...

;)

PS: Hey yaxshilar, nimaga tortishib yuribsilar?

BIBIHONUM
09-19-2005, 09:34 AM
To'lin oyning oydin nurida,


Yoningga sirg'alib tushaman.
Dunyodagi eng go'zal ayol,
Seni hayotimda kutaman...

;)

PS: Hey yaxshilar, nimaga tortishib yuribsilar?

Oy nurlarin bag'rimga bosib,

Tushlaringga kirmoq istayman.
Visolingni men bedor kutib,
O'ngimda ham ko'rmoq istayman...


PS:Tortishmayoppiz,ko'chadan ketayotsam ikkita yigit gap otib qoldi,kovushini to'g'irlayoppan..:P :oops:

Ulug'bek
09-19-2005, 10:00 AM
Oy nurlarin bag'rimga bosib,

Tushlaringga kirmoq istayman.
Visolingni men bedor kutib,
O'ngimda ham ko'rmoq istayman...


PS:Tortishmayoppiz,ko'chadan ketayotsam ikkita yigit gap otib qoldi,kovushini to'g'irlayoppan..:P :oops:

Obbo, shu 2ning biri Men bo'lmasam yaxshi bo'lardida. Mening gapip aynan Sizga emas hamma opa-singillarimizga edi, keyin Sizning faqat mana shu postingizdan keyin singlimiz yo opamiz ekaningizni bildim, uzrlar.

Uchinchi ortiqcha, Asadbek bilan davom ettiring, balki keyinroq davra kengaysa qayta kirarman:) , qani mushoira davom etsin, davrani qizitinglar, ijodga baraka!

Shokirbek
09-19-2005, 10:26 AM
:twisted: Farqini ko'rsatib qo'ymey...:) :o

Og'ir botgan bo'lsa uzrlar. Yomon niyatda aytmadim.

Ijodingizga baraka.

Mahmud
09-19-2005, 12:08 PM
Aytishsak ham, ikkimiz ham bo'lak-bo'lak majoziy "qizlarga" aytayapmizku.
Keyin, nima qilaylik, qizlarning birorta yuragi urgan, she'r yozadigani bo'lmasa?:D

DaeAnd bilan Infolife o'zbekistonga ketib qolgan bo'lsa, qolganlari bolalariyu erlaridan bo'shamasa:)

Shuncha erlarini tarafini olib gapirsak ham, erlari ham "bor shularni bir mot qilib kel" deb ham mushoiraga yubormasa:D

Qani aytingchi nima qilaylik, Asadbek aytgandek, bizlar zerikkanimizni faqat she'r bilan chiqarsak:)?

Uzb, yashang :)

Ijodni zo'r qilavering, bizni uyaltirib quymaysiz albatta ;)

Infolife yaqinda qaytadi...

Royal
09-19-2005, 12:46 PM
:twisted: Farqini ko'rsatib qo'ymey...:) :o
Yoppiray!?
WoooW
man faqat she'er yozarmikinsila desam hali tsirkdayam ishlagnamisila deymana ?

BIBIHONUM
09-19-2005, 01:35 PM
Yoppiray!?
WoooW
man faqat she'er yozarmikinsila desam hali tsirkdayam ishlagnamisila deymana ?Royal aka,yuzingizni yuvib kelib yozganlaringizni qaytadan bir o'qib chiqing,iltimos!

Turkonhonim
09-19-2005, 02:43 PM
Bir hazilga tula turtlik yozmokchi edim kuzlaringni yummgil deya, afsus uylab karasam uzim ham kuzim yumuk, yasharkanman afsus...

Badiiy yalgon

Bugun ham shoirlar gulni bulbulga
kofiya kilsalar ishonmang yalgon!
Chunki bu elatda bulbullar ulgan,
Chunki kurib kolgan gul allakachon!

Agarda bugun ham shoir bemalol
Turtta guzall desa turtta faslni,
Ishonmang:fasllar yuzidagi ol
Gulgunlikhusni emas, tamgasi silning.

Pahtani "oltin" deb kimdit bulsa hak,
Unga ham ishonmang, kalking oyokka-
Chunki hakikat ham yolgondir mutlok,
Agar karshi bulsa hakikat halkka!

Mihammad Solih.


Hurmatli yoshlar mening hurmatli shoirimiz Muhammad Solih sherlaridan namunalar kuyishimdan maksad balkim siz yoshlar orasida ham Solih sheriyatiga kizikish bordir deb uylaganimdan...
I

Pythagor
09-19-2005, 03:17 PM
Ooo insonlar, bizagayam she'r yozishni o'rgatilar endi, PCga qarasam hech ilhom kemayapti, ...
Shu har yozganimda qofiya kelayaptiyu, shu ma'no odamgarchilik qilib qofiyaga yo'l bervorayaptide....

Shokirbek
09-20-2005, 02:47 AM
Bir hazilga tula turtlik yozmokchi edim kuzlaringni yummgil deya, afsus uylab karasam uzim ham kuzim yumuk, yasharkanman afsus...

Badiiy yalgon

Bugun ham shoirlar gulni bulbulga
kofiya kilsalar ishonmang yalgon!
Chunki bu elatda bulbullar ulgan,
Chunki kurib kolgan gul allakachon!

Agarda bugun ham shoir bemalol
Turtta guzall desa turtta faslni,
Ishonmang:fasllar yuzidagi ol
Gulgunlikhusni emas, tamgasi silning.

Pahtani "oltin" deb kimdit bulsa hak,
Unga ham ishonmang, kalking oyokka-
Chunki hakikat ham yolgondir mutlok,
Agar karshi bulsa hakikat halkka!

Mihammad Solih.


Hurmatli yoshlar mening hurmatli shoirimiz Muhammad Solih sherlaridan namunalar kuyishimdan maksad balkim siz yoshlar orasida ham Solih sheriyatiga kizikish bordir deb uylaganimdan...
I

Sazangiz o'lmasin sizning ham...


"Zilol suvlar ila oqar ariqlar",
Desalar inonmang, yol'gon so'zlari,
Mana, guvoh bunga rangi sariqlar,
"Kelajak orzusi" – o'g'il qizlari.

Har tomon bong urib bor ovoz bilan:
"Ozodmiz!", desalar, rahmingiz kelsin,
Zero, ozodlikni tatib ko'rmagan,
Aldangan, ezilgan xalq qaydan bilsin.

Kishandagi mahbus kun o'tgan sari,
Mehr qo'yganidek o'z kishaniga,
Nahot mahbus kabi xalqimning bari,
Ko'nmish bu hayotga, boqmay sha'niga?!

Shokirbek (20.09.2005).

Asadbek
09-20-2005, 04:07 AM
Oy nurlarin bag'rimga bosib,
Tushlaringga kirmoq istayman.
Visolingni men bedor kutib,
O'ngimda ham ko'rmoq istayman...


Tunda boqib samoga, oyning
To'lib turgan yuzin ko'rdingmi.
Vaslingga zor, entikib yurgan,
Bek oshiqning holin so'rdingmi?

Turkonhonim
09-20-2005, 01:47 PM
Savol-javob

Hudo der: chekinding nechun maslakdan,
Kurib hammasini, jim turding doim?
Aytturmqn: men kurib, indamaslikda
Senga taklid etdim kechir, hudoyim.


Muhammad Solih






,

Mas'ud
09-22-2005, 03:07 AM
Sazangiz o'lmasin sizning ham...


"Zilol suvlar ila oqar ariqlar",
Desalar inonmang, yol'gon so'zlari,
Mana, guvoh bunga rangi sariqlar,
"Kelajak orzusi" – o'g'il qizlari.

Har tomon bong urib bor ovoz bilan:
"Ozodmiz!", desalar, rahmingiz kelsin,
Zero, ozodlikni tatib ko'rmagan,
Aldangan, ezilgan xalq qaydan bilsin.

Kishandagi mahbus kun o'tgan sari,
Mehr qo'yganidek o'z kishaniga,
Nahot mahbus kabi xalqimning bari,
Ko'nmish bu hayotga, boqmay sha'niga?!

Shokirbek (20.09.2005).

Yana ozodlik haqida.........

O'zbek Oyimga...

"Kiyarmidi O'zbek oyim egniga qora?
Gar farzandlar bir-birlarin zaharlamasalar"(TohirMalik)

Nechun homush tortasan bugun?
Kiprigingda ikki tomchi yosh?
Hayoling ham parishon, zabun,
Bunda nega balqmagay quyosh?

Egningga sen kiyibsan qora,
Kimga yana motam tutasan?
Farzandingni o'ylab sen zor-a,
Qachongacha uni kutasan?

Otabeging qaydadir yonib,
Haqiqatni izlab yuribdi,
Toshkentga lek o'tmagay qo'nib,
Chunki Kumush qabri turibdi.

Garchi Senga botsa-da og'ir,
Aytish mening burchi halolim,
O'glingni sen ko'rmaysan yillar,
Ko'ringuncha ko'kda hilolim.

"Zaynabbegim" har kun qoshingda,
Telbaligin qiladi ko'z-ko'z.
Shartmi ahir Sening yoshingda,
Dushmaningga gapirmoq bir so'z.

Qora kiyib, azador bo'lib,
Dog'larmiding shu ulug' dilni?!
Farzandlaring bir- birlariga,
Bermaganda zahri qotilni…?!!!
6/08/2003
hurmat ila.....

BIBIHONUM
10-25-2005, 07:40 PM
Tunda boqib samoga, oyning
To'lib turgan yuzin ko'rdingmi.
Vaslingga zor, entikib yurgan,
Bek oshiqning holin so'rdingmi?




Tunda boqib samoga,oyda,
Kulib boqqan aksingiz ko'rdim.
Olis-olis miltillab turgan,
Yulduzlardan holingiz so'rdim.

Dedilarki:Beging tunu-kun,
Yoding ila oladi nafas.
Bundan ortiq baxt bormi deya,
Toleyingga qilamiz havas...

BIBIHONUM
10-25-2005, 07:42 PM
Samoga ohista boqadi bir qiz,
Yulduzlar go'yoki unga parvona.
Kutmoqdan charchadi,kelmadingiz siz
Tunda oy to'qiydi unga afsona...

Mas'ud
10-26-2005, 12:54 AM
Bilaman, Sen meni sevmaysan go'zal,
Chunki sening o'zga sevganing bordir.
Har kuni yo'lingni kutib, intizor,
Husni-jamolingni ko'rmoqqa zordir.

Axir Men ham o'sha yigit qatori,
Seni yuragimdan sevaman, jonim.
Tunlari hayollar uyqumni haydar:
"Qaniydi shu go'zal bo'lsaydi yorim"

U yigit sevadi. Men ham sevaman.
Lekin U sevilgan... Men esa... Afsus...
Nechun u yigitga nur sochgan quyosh,
Men esa qolganman bebahra, nursiz...

Mayli o'sha bilan baxtli bo'l, go'zal,
Mayli o'sha senga bo'lsin vafodor.
Lekin men ham seni unutmam aslo,
Chunki men ham senga bo'lmoqchiydim yor...

Andijon... 2001 yil

Mas'ud
10-26-2005, 04:43 AM
***
Yana bugun seni ko'raman,
Yana bugun qalbda g'alayon,
Yana bugun dardga to'laman,
Ko'zlaringni nega yumasan?

Yetar shuncha noz-firoqlaring,
To'xtat endi ming so'roqlaring,
Jilmaymasmu lab-dudoqlaring?
Ko'zing yumib nima so'raysan?

So'ylab beray tunlari ertak,
Yulduzlarni olib berayin...
Bu so'zlarim emasdur ermak...
Sensiz qolsam o'lishim tayin...
Hayotimdan o'chib ketmaysan..
Ko'zlaringni yumsang ham jonim.

Ko'zlaringni nega yumasan?
Ko'zing yumib nima so'raysan?
Hayotimdan o'chib ketmaysan..
Ko'zlaringni yumsang ham jonim.


26.10.2005... Poytaxt..
**************

infolife
10-28-2005, 06:17 PM
ha-ha-ha,qachon edi bu,qaytganimga ancha bo'ldiyuuuu:D

Pythagor,siz qachondan beri ertaga yozaman deysiz,to'risi rosa sizi sherizi o'qigim borda.Mayli manosi bo'lmasa ham qofiya yetadi,bir post qiling ko'raylik:lol:
Uzb, yashang :)

Ijodni zo'r qilavering, bizni uyaltirib quymaysiz albatta ;)

Infolife yaqinda qaytadi...

infolife
10-28-2005, 06:26 PM
Ko'zim yumib orom olgayman
Tomchi yoshim yanog'im ezib
Gar yummasam darddan tolgayman
Yurak yolg'iz qolishdan bezib!

Ko'zim yumib seni o'ylarman
Yummasam hech ilojim yo'qdir
Hayolimda senga so'ylarman
Hayol senga otilgan o'qdir!

Ertagingdan bezidi qalbim
Unda doim hijron-dard yashar
Ne qilarin bilmayin ohir
Ko'z yumilar-rohat shu qadar!

Ko'z yummaslik-o'zdan kechishdek
Og'irlashar kun o'tgan sayin
Ko'z yummaslik-zahar ichishdek
Gar yummasam o'lishim tayin!!!
infolife.29.10.05

***
Yana bugun seni ko'raman,
Yana bugun qalbda g'alayon,
Yana bugun dardga to'laman,
Ko'zlaringni nega yumasan?

Yetar shuncha noz-firoqlaring,
To'xtat endi ming so'roqlaring,
Jilmaymasmu lab-dudoqlaring?
Ko'zing yumib nima so'raysan?

So'ylab beray tunlari ertak,
Yulduzlarni olib berayin...
Bu so'zlarim emasdur ermak...
Sensiz qolsam o'lishim tayin...
Hayotimdan o'chib ketmaysan..
Ko'zlaringni yumsang ham jonim.

Ko'zlaringni nega yumasan?
Ko'zing yumib nima so'raysan?
Hayotimdan o'chib ketmaysan..
Ko'zlaringni yumsang ham jonim.


26.10.2005... Poytaxt..
**************

Ja_again_RuleUZ
10-29-2005, 12:16 AM
Ko'zim yumib orom olgayman
Tomchi yoshim yanog'im ezib
Gar yummasam darddan tolgayman
Yurak yolg'iz qolishdan bezib!...
...infolife.29.10.05


Ko'zing yumib orom olsang gar,
Darddan to'lmas bo'lsang Sen shunda,
Yurak hissi bo'lsa darbadar,
Yum ko'zlaring!... Qarshi emasman.

Yetmas bo'lsa ko'kka ohlaring,
Mayus bo'lsa dil nigohlaring,
Tonsa agar chin guvohlaring,
Yum ko'zlaring!... Yumma demasman

Olam dardi tark etmas bo'lsa,
Dushmanlaring ustingdan kulsa,
So'nggi guling gulzorda so'lsa,
Yum ko'zlaring!... O'pkalamasman.

O'zdan kechma, nelar bo'lsa ham,
Tuyg'ularga bermagin barham,
Men bo'laman joningga malham,
Yum ko'zlaring!...

Poytaxt...29.10.05...JaruleUZB

hurmat ila...

Mas'ud
10-29-2005, 05:31 AM
Ko'zim yumib orom olgayman
Tomchi yoshim yanog'im ezib
Gar yummasam darddan tolgayman
Yurak yolg'iz qolishdan bezib!

Ko'zim yumib seni o'ylarman
Yummasam hech ilojim yo'qdir
Hayolimda senga so'ylarman
Hayol senga otilgan o'qdir!

Ertagingdan bezidi qalbim
Unda doim hijron-dard yashar
Ne qilarin bilmayin ohir
Ko'z yumilar-rohat shu qadar!

Ko'z yummaslik-o'zdan kechishdek
Og'irlashar kun o'tgan sayin
Ko'z yummaslik-zahar ichishdek
Gar yummasam o'lishim tayin!!!
infolife.29.10.05

:D yana javob.............


Sevgim, baxtga oshino bo'ling,
Yo'lingizga jonim to'shayman,
Sizdan kechib, ko'rib kuymayin,
Ko'zlarimni yumib yashayman.

Siz o'zgaga, men o'zga yor,
Men kimgayu, siz kimlarga zor,
Tushlarimda ko'rib imntizor,
Ko'zlarimni yumib yashayman.

O'zga yorning sochini silab,
Sizni eslab, uni erkalab,
Yaratgandan toqatlar tilab,
Ko'zlarimni yumib yashayman.

(qo'shiqdan)
(davom ettirishga harakat qildim...)
:read:
...Ko'zim nuri siz-la nurafshon,
Sissiz kunim - tunu zimiston,
Qalbdan sizga talpinib chunon,
Ko'zlarimni yumib yashayman.

Bu dunyoning tashvishi, g'ami,
Farqi yoq'dek ortig'i, kami,
O'chgunicha umrimning shami
Ko'zlarimni yumib yashayman.

JaruleUZB...