PDA

View Full Version : Andijonim qoldi mening


Shock
05-17-2005, 12:55 PM
Andijonim qoldi mening

Padarimni yutib ketgan jarda jonim qoldi mening,
Qalbim torin tortib chertgan yorda jonim qoldi mening.
Qalam birlan shamshir tutgan yerda jonim qoldi mening,
Shabbodlikda shabgir etgan anda jonim qoldi mening,
Anda jonim olib qolg'an Andijonim qoldi mening!
Nodirimsan Andijonni qalbim hargiz tark etmayin,
Habibimsan Andijonni yodim hargiz tark etmayin,
Ilhom chunsan Andijonni she'rim hargiz tark etmayin,
Anda nomin boqiy etgan Andijonim qoldi mening.
Boburingman fatvo berg'an yurtim hargiz tark etmayin,
Anda nomin boqiy etgan Andijonim qoldi mening.
Bog'i shamol nasiminga kuygan dilim zor aylabon,
Riyoliqni rafiq bilgan raqiblar izhor aylabon,
Diyorimda muqimlikni zamonam dushvor aylog'on,
Furqatida etimodim Afg'onga izhor aylabon,
Farzandini mehmon etgan Andijonim qoldi mening,


Zahiriddin Muhammad Bobur

Shock
05-17-2005, 12:59 PM
Avvalgilarga o'hshamas

Charx avzoi bu dam, avvalgilarga o'xshamas,
Ko'nglim ichra dardu g'am, avvalgilarga o'xshamas.
Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o'xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o'xshamas,
Kim ul oyning hajri ham, avvalgilarga o'xshamas.

Har kishi kim bir ulug' ishga yetibdur jon misor,
Shiddati pastu baland kelganda ham qilmaydi or,
Ey falak, hech kimni qilma besamar yo'llarda xor,
Jabridin erdi alamlar endi tutmish o'zga yor,
Ne sitam endi kimdir alam, avvalgilarga o'xshamas.

Ona Sharq tojin kiyib zulmatda ushlatmang meni,
Bodai haq mastiman yolg'onga uyg'otmang meni,
O'z xayolimga qo'ying, o'zgaga ishlatmang meni,
Ishq aro Farhod ila Majnunga o'xshatmang meni,
Kim bu rasvoi ajam, avvalgilarga o'xshamas.

Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o'xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o'xshamas.

BIBIHONUM
05-18-2005, 02:39 AM
Andijonim qoldi mening

Padarimni yutib ketgan jarda jonim qoldi mening,
Qalbim torin tortib chertgan yorda jonim qoldi mening.
Shabbodlikda shabgir etgan anda jonim qoldi mening,
Anda jonim olib qolg'an Andijonim qoldi mening!

Nodirimsan Andijonni qalbim hargiz tark etmayin,
Habibimsan Andijonni yodim hargiz tark etmayin,
Ilhom chinsan Andijonni she'rim hargiz tark etmayin,
Anda nomin boqiy etgan Andijonim qoldi mening.

Zahiriddin Muhammad Bobur Anda jonim qoldi mening....:cry: :cry: :cry:

Asadbek
05-18-2005, 03:07 AM
Anda jonim qoldi mening....:cry: :cry: :cry:
Qo'shiqni bu yerda eshitishingiz mumkin: Sherali Jo'rayev - Andijonim.mp3 (http://www.htwm.de/truziboy/muzika/sherali/Sherali%20Jurayev%20-%20Andijonim.mp3)

satik
05-18-2005, 03:32 AM
Bolalikda o'ynab quvnagan, hayotimning eng bahtli damlarini o'tkazgan, yugurib to'ldirib o'tgan ko'chalarim qonlarga to'ldi.

Mayyitlar qator qator bo'lib tizildi.
Kulgi, hazil huzil, oddiy turmush saslari bilan to'lgan yo'llarni bugun faryodlar larzaga soldi.

Bularning hammasi mening uchun eng aziz makonda bo'lyapti.
Boshqalarni boshiga tushmasin bu savdolar.

Royal
05-18-2005, 03:37 AM
Andijonim qoldi mening

Padarimni yutib ketgan jarda jonim qoldi mening,
Qalbim torin tortib chertgan yorda jonim qoldi mening.
Shabbodlikda shabgir etgan anda jonim qoldi mening,
Anda jonim olib qolg'an Andijonim qoldi mening!

Nodirimsan Andijonni qalbim hargiz tark etmayin,
Habibimsan Andijonni yodim hargiz tark etmayin,
Ilhom chinsan Andijonni she'rim hargiz tark etmayin,
Anda nomin boqiy etgan Andijonim qoldi mening.

Zahiriddin Muhammad Bobur
mening - manim.

ttotemo
05-20-2005, 12:43 AM
Zor, zor yiglab turar Andijon,
Yetmasmidi Boburu Cho'lpon?
Topolmayin nahtari kushon
Muhammadsiz kuylarim qoldi...
----------------
Hali har bir kuz yumgan begunoh uchun bitta bitta javob beradi hammasi... inshaolloh!

Butun Andijonliklarga respect!!!

BIBIHONUM
05-21-2005, 10:15 PM
Qo'shiqni bu yerda eshitishingiz mumkin: Sherali Jo'rayev - Andijonim.mp3 (http://www.htwm.de/truziboy/muzika/sherali/Sherali%20Jurayev%20-%20Andijonim.mp3)
Tashakkur Bek!


Og'alarim bag'ri yakson,anda jonim qoldi mening,
Ko'z yoshila qonin yuvgan,andijonim qoldi mening..... :cry:

Asadbek
05-22-2005, 10:45 AM
Bibihonum, you are welcome!

Do'stlar, quyidagi she'rni bugun o'qib qoldim, baham ko'rmoqchiman:

=======================================

Shoir nima qiladi? Botirga madad, hurakka dalda beradi. Qadim zamonlarda Elbek baxshi ham jur'atsiz yigitlarga mana shunday dalda berar ekan:

Rangi bo'zday,
Titrab turgan er yigit.
Bir qadam qo'y,
Botir bo'lib ketarsan.
Qochmay turib,
Avval yonga boqqin tik,
Bir qadam qo'y,
G'olib kulib ketarsan.
Alp bo'lmadim
deb hech chekmagin alam,
Intilganga
Olgin deydi bu olam.

Bir qadam qo'y,
Botir bo'lib ketarsan -
Qo'rqoqlikdan
Mardlikkacha bir qadam.
Yonayotgan
Bolam, ko'zingga cho'g'dir,
Jur'atsizlik,
Yigit qatliga o'qdir.
Qo'rqoqlikdan
Jasurlikka bir qadam,
Jasurlikka
Sotqinlikdan yo'l yo'qdir.

Usmon Azim.

-Resident-
05-27-2005, 10:15 AM
Mana bu sherni kimdur centrasia.ru da yozib qoldiribdi!



16:36 27.05.2005 Yusuf Jumax

Ўн ойлик чакалок - террорчи, отинг!
Камишдек кизалок - террорчи, отинг!

Отинг террорчидир хижобли она!
Отинг террорчидир ахли Фаргона.

Террорчи имонли мўминнинг тули -
Водийнинг бахорда узилган гули.

Террорчи мазлумлар етимларидир
Ўлимга махкумлар етимларидир.

Улар отилдилар кон Андижонда
Кон гирдобидаги жон Андижонда.

Халк - Ислом, Татяна, Гулнора, Лола.
Ислому Иймондир - невара бола.

Подшо оиласи халкдир таксирдир
Колганлар террорчи, Хизбу Тахрирдир.

maradona
05-28-2005, 11:49 AM
Avvalgilarga o'hshamas

Charx avzoi bu dam, avvalgilarga o'xshamas,
Ko'nglim ichra dardu g'am, avvalgilarga o'xshamas.
Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o'xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o'xshamas,
Kim ul oyning hajri ham, avvalgilarga o'xshamas.

Har kishi kim bir ulug' ishga yetibdur jon misor,
Shiddati pastu baland kelganda ham qilmaydi or,
Ey falak, hech kimni qilma besamar yo'llarda xor,
Jabridin erdi alamlar endi tutmish o'zga yor,
Ne sitam endi kimdir alam, avvalgilarga o'xshamas.

Ona Sharq tojin kiyib zulmatda ushlatmang meni,
Bodai haq mastiman yolg'onga uyg'otmang meni,
O'z xayolimga qo'ying, o'zgaga ishlatmang meni,
Ishq aro Farhod ila Majnunga o'xshatmang meni,
Kim bu rasvoi ajam, avvalgilarga o'xshamas.

Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o'xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o'xshamas.

shu sherni mp3 si yukmi sanda jura:rolleyes: busa bar;)

iroda ahmedova
07-28-2005, 04:29 PM
Nimasini aytasiz,

eng alam qiladigan joyi shuki, mening Andijondagi oilam ham Andijon voqealaridan behabar qoldi.3-4 kundan so'ng tel qilib dadam bilan gaplashgandim. Bechoralar barcha yangiliklarni mendan eshitib yana'namuncha vahima qilasan' deydi. Oddiy halq hammasidan behabar qolgani yomon bo'ldi,otishuvlardan deyman. Goverment ownde mediaga ishonib bo'larmidi.
Anyway,proud of being from Andijan
Тукилди кон………

Ушбу шеър ун учинчи май куни хукумат рахбари
Ислом Каримовнинг конли сиёсати туфайли
бевакт халок булган инсонлар
хотирасига багишланади.

Юрак багринг кон булди, Узбекистон
Чекканинг афгон булди, Узбекистон
Озодлик армон булди, Узбекистон
Фарзандларинг ким асрар, Узбекистон?
Бердинг курбон, Андижон – тукилди кон…

Май ойида майда-майда булди жон,
Тан кайдаю, хайхот, кайда булди жон?
(Мардлар шахид, кимга фойда булди жон?)
Кимларнинг кулидасан, Узбекистон?
Жимдир забон, Андижон – тукилди кон…

Эркин эмассан сен, сен –«мулки эрон»,
Конинг ичар хамон, бу… тулки эрон!
Уз юртингда килар хор,кулки эрон…
Узбек рахнамо керак,Узбекистон!
Ранглар сомон,Андижон –тукилди кон…

Гар ташвиши билан банд бутун жахон,
Гар мазлумлар охидан тутун жахон.
Узбекка аза тутур букун жахон –
Аммо, кора киймади Узбекистон
Ер-кук алвон, Андижон – тукилди кон…

Уз мол-мулкинг узингга тегар качон?
Сендан узга ерга бел эгар качон?
(Боскинчилар булганлар жигар качон?)
Улар учун бир лукма Узбекистон –
Егулик, нон… Андижон-тукилди кон…

Андижонлик!! Аждодинг Дукчи эшон,
Балки, эшитди додинг, Дукчи эшон…
Муносибдир авлодинг,Дукчи эшон!
Афсус,хамон «Мархамат»! Узбекистон –
Русий забон, Андижон –тукилди кон.

Андижоним, Андижоним, Андижон!
Одамлари гурурли, дини имон!
Кечир,сен-ла булолмадик биз ёнма-ён
Оёкости килинди Узбекистон –
Хамда Куръон,Андижон –тукилди кон….


Иброхим Чориев

Тошкент

16.05.2005 йил


Кузгол энди Туркистон!

Булиб биз якка-якка,
Нола киламиз Хакка.
Пичок етди суяккка,
Булсин десанг эл омон –
Кузгол энди Туркистон!

Болаларинг колди оч,
Кизлар ярим ялангоч,
Боскин ичра колди Чоч,
Кулласин Дукчи эшон –
Кузгол энди Туркистон!

Кайда кора.кайда ок,
Узбек хор,бахтли козок,
Ер каттик,осмон узок,
Кани бизнинг Нурсултон!?
Кузгол энди Туркистон!

Эски тос,эски хаммом,
Иш халол,хакки харом,
Дехкон оч,хоким гирром,
Бошланди катли-кирон –
Кузгол энди Туркистон!

Эркину Абдуллалар,
Шохнинг товонинг ялар,
Элга дуст булмас улар,
Сотилмокда шараф-шон-
Кузгол энди Туркистон!

Падарлаънат бадфуруш,
Халкига очди уруш,
Инсофданмас жим туриш,
Дарё булиб окар кон –
Кузгол энди Туркистон!


Мухаммад Содик Абдукодир угли

Андижон – Тошкент

16.05.2005 йил


(erkinyurtdan olindi)

P.s: Yaqin kunlarda qora "ACE" va oppoq "Prince" larda ishga borib kelayotgan "hukumat" shoirlarining "terrorist bosqinchilarning jirkanch hujumlari" ni qoralab yozilgan she'rlari o'zbekistonda xizmat ko'satgan "otarchilar" tomonidan xalqimiz sevib tomosha qilishga "majbur" bo'lgan "uztv" kanalarida kuyga solib, xalqni mahliyo qilib, dard alamlarga to'lib, o'rtanib o'rtanib ijro etiladi.

R.A.

iroda ahmedova
07-28-2005, 04:33 PM
iltimos,

sherning mp3 copy sini jo'natinglar
Yozganlarga katta rahmat share qilgani uchun ancha dalda bo'ldi
shu sherni mp3 si yukmi sanda jura:rolleyes: busa bar;)

Madalio'g'li
08-12-2005, 04:52 PM
Eyvoh
na jon qoldi bizda
na Andijon.
na qalam qoldi qolda
na shamshir
na jehon.
na qol qoldi jonda
na jehonda jon
na qalam qoldi
na shamshir
na jonda jehon.
na qalam birlan shemsir tutgan yerda jon bar
na yer bar
qalam birlan shemshir tutgan
na yor qoldi
na yer
na Andijonim qoldi mening
na anda jonim
ohu zor.


inna lillah ve inna ileyhi raci'un

DaeAnd
08-17-2005, 08:40 AM
Anda jonim qolgan mening, Andijonim
Erta seni ko'zlab yo'lga tushurman.
Og'a-inim, do'st-dugona jonajonim
Endi siz-la chang ko'chalar kezurman.

Farog'at deb xun-la javob bergan xalqim,
Qoningizni ko'z yoshim-la yuvarman
Qoshingizda egilsin u mag'rur boshim
Poyingizni o'pish chun tiz cho'karman.

Yig'lab turgan beshikdagi chaqalog'ing
Onaizori bag'rida topsin oromin.
Omon-omon bo'lsin u ko'rgan zamoning
Anda jonim qolgan mening, Andijonim!!!




DaeAnd