View Full Version : Eh Sinfdosh!!!!!!
KhwarezmshaH
05-21-2005, 11:01 AM
Mana bugun hammani ko'zida yosh,
Ajralishar bir biridan sinfdosh.
Maktab binosi ham turar homush,
Bu ko'zyoshlarga berolmay bardosh.
BIBIHONUM
05-21-2005, 10:00 PM
Mana bugun hammani ko'zida yosh,
Ajralishar bir biridan sinfdosh.
Maktab binosi ham turar homush,
Bu ko'zyoshlarga berolmay bardosh.
Eh sinfdosh,sinfdosh unutma do'stlaringni...... :(
Ajoyib damlar,hayotimning qalbdan o'chmas va qaytmas damlari.... :(
Bugun maktab ostonasin xatlab so'nggi bor
O'n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo'lar, maktabda
Chalinadi eng oxirgi qo'ng'iroq bu kun.
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo'lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o'tgan maktab davrin unutmang aslo!
Axir oson bo'lmagandir 11 yil kutmoq,
Bekor sarf bo'lmagandir 11 yil umr.
Oson bo'lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o'z gashti bor, qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo'lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo'ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to'lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo'ng'iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq
Katta bo'lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o'zimizga qilar nasixat.
11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish:
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog'i ichra ochildi do'stlik,
Kimlargadir nasib bo'ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko'chirmoqqa bo'lmaydi imkon.
Kundalikka qo'yilmaydi "2" baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo'lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo'lolmassiz, unutmang biroq:
Do'stlaringiz bir umrga bo'lar yelkadosh,
Do'stlik uchun chalinmaydi so'nggi qung'iroq. ;)
Alisher Bek
mushketyor
05-22-2005, 12:03 AM

Kongilni larzaga soladigan qoshiqda, gap yoq
mushketyor
05-22-2005, 12:24 AM
Mana bu (http://s48.yousendit.com/d.aspx?id=3O64G5TAWKQLT3ER4U1EYQQDPK) erdan klipini korishlaringiz mumkin. Hammaga sogliq tilab Kamina
mushketyor
05-22-2005, 12:54 AM
Hayr maktabim
Bahorning so'ngi kunlari
Tugar bolalik chog'lari
Jaranglaydi So'ngi qo'ng'iroq
Hayr maktabim, Hayr do'stlarim
sho'xligim
Afsus afsus endi ketgandim
qadringga men etganidim
Men bagringdan uchib ketaman
yangi hayotga oq yol tilaysan
sen bizga
Hayr maktabim hayr soxligim
birinchi sevgim hayr, hayr dostlarim
Ishonmasdim necha yillar
Qalbimdagi tuygularga
Faqat bugun men shuni bildim
qanchalik jonim sen kerakliging
Menga
Yodimda sen yozgan maktub howoow
begubor sevgi izhori,
qaytgim kelar osha kunlarga
bolarlarimga sen bilan birga maktabga
Hayr maktabim hayr soxligim
birinchi sevgim hayr, hayr dostlarim
Klipini kormoqchilar uchun marhamat!!! (http://s38.yousendit.com/d.aspx?id=0BTY33XZMNQTG19Q15UNMB3WP3)
Asadbek
05-22-2005, 03:02 AM
*****
Yorqin xayollarda sarxush do'stim, kel,
Xayrlashish oni yetibdi, mana.
Endi maqsad uchun kurash muttasil,
Endi xotirada qolar bu sana.
Yurtning osmonida go'zal tong otgan,
Shu tong sharafiga tug'ildik bizlar.
Mag'rur jo'ralarim, sizni unutmam,
Sizni unutmayman sinfdosh qizlar.
Endi olislarga olib ketar yo'l,
Ko'ngilda umidlar qo'shiq boshladi.
Qadrdon Maktabim, endi omon bo'l,
Xayr endi, mening Sinfdoshlarim.
Bu she'rni adashmasam 1998 yilda, "Turkiston" gazetasida o'qigandim.
PS: Bu hafta adashmasam, Turkistonda man haqimda maqola chiqarkan ;)
KhwarezmshaH
05-22-2005, 05:33 AM
Hayr makdab, nurli maskan,
Sen bizdan ham qolayapsan.
Sinfdosh qiz qong'iroqmas,
Yuragimni chalayapsan...
Buncha ham achchiq shodlik bu,
Buncha ham shirin ayriliq...:(
akamullo
05-22-2005, 05:44 AM
PS: Bu hafta adashmasam, Turkistonda man haqimda maqola chiqarkan ;)
Unda maqolani bu yoqqa ham post qilib yuborarsiz:lol:
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.