PDA

View Full Version : Xalqqa Quloq Tutaylik!


-Resident-
05-23-2005, 10:28 PM
Andijon qatliomi munosabati bilan “Ozodlik” radiosining “Qurultoy” dasturi orqali 23 May kuni e’lon qilingan va elektron pochta bilan Karimov rejimiga qarshi bo’lgan barcha demokratik kuchlar mansublariga yo’llangan





MUROJAAT



“1.O’zbekiston Demokratik kuchlarining milliy kongresini tuzish kerak…”





Andijonda 2005 yilning May oyida namoyishlar boshlangandayoq O’zbek Demokratik kuchlari uning yonida, xalqning ichida bo’la olmadilar, shu bois namoyishlar siyosiy kurashdan qurolli harakatga yuz tutdi va Karimovning beshavqat zulmi bilan qonga belandi. Bugun shu bois odamlar demokratik kuchlardan tarqoqlikka barham berish va birlashishni talab qilmoqdalar!

Namoyishlardan keyin hamma o’z holicha kurashmoqda. Lekin dunyo, Karimovning jilovini tortadigan dunyo O’zbek demokratik kuchlarini Gurjiston, Ukraina, Qirg’izistondagi kabi qo’llamadi va qo’llamayotir. Buning sababi esa uni real kuch deb tan olmayotganidadir.

Men shu fojealar davomida dunyo siyosatida bevosita so’z sohibi bo’lgan juda ko’p odamlar bilan gaplashdim. Ularning hammasida bitta fikr mavjud. Ular “O’zbekistonda mavjud hukumat ketgan taqdirda uning o’rnini oladigan demokratik-siyosiy alternativ kuch yo’q. Agar shunday kuch mavjud bo’lganda Andijonda darhol tashabbusni qo’lga olib, masalani qamoqdagilarni qo’yib yuborish bilan emas, balki yangi demokratik hokimiyatni e’lon qilish bilan hal etardi va mamlakatning hamma joyida xalqni birdaniga ko’tarsa Karimov rejimi qular edi” deyishadi.

Shundan kelib chiqib, taklif qilmoqchiman, bu taklif faqat meniki bo’lib qolmasligi uchun, qurultoy qatnashchilari ham muhokama etsinlar va bir qarorga kelsinlar.

1.O’zbekiston Demokratik kuchlarining milliy kongresini tuzish kerak.

2.Agar shu kunlarda Andijon masalasida aytayotgan gaplari samimiy bo’lsa, kim bo’lishidan qat’iy nazar, qayerda bo’lishidan qat’iy nazar agar demokratiyani qo’llasa va Karimov rejimiga qarshi bo’lsa, bu kongressga qo’shilsin.

3.Tashkilotlar, shaxslar Andijonda halok bo’lganlar xotirasi va vatan kelajagi uchun gina-kudrat, nizolarga maratorium e’lon qilishsin. Masalan, men 15 Maydan e’tiboran e’lon qildim. Mamlakat ozod bo’lgandan keyin har qanday gapni gaplashish imkoniyati bo’ladi.

4.Mazkur milliy kongress dunyoga o’zbek demokratik kuchlari borligi va alternativ siyosiy kuch mavjudligini namoyish etish uchun radio, Internet orqali bo’lsada demokratik kuchlarning umumdunyo qurultoyini chaqirsin va muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilsin.

5.Hamma istagan joyida va vazifasida qolgan holda mazkur kengashda teng a’zo hisoblansin va muvofiqlashtiruvchi kengash hay’ati liderlik vazifasini bajarsin.

6.Muxolif vebsaytlar mazkur kengashning daftarini ochsinlar va istaganlar unga yozilsinlar.

Biz agar kuch bo’lsak, dunyo qo’llaydi, xalq qo’llaydi va Karimov bitadi. Agar puch bo’lsak, dunyo qo’llamaydi, xalq ham qo’llamaydi, Karimov va karimovchilar yutadi.

Agar yana bahonalar bilan bu imkoniyatni qo’ldan chiqarsak, demak yana o’lik sanash, orqadan yig’lashdan boshqa narsaga yaramaymiz! Karimovdan keyin hokimiyat “kichkina Karimov”ga o’tib ketishi va u xalqni demokratiya o’yini bilan yana bir necha yillar aladashi mumkin.

Bu achchiq haqiqatni tushunib olaylik!

Bu o’qigan har bir kishining o’z murojaati bo’lsin va bunga tuzatishlar kiritsin.

Radio orqali muhokamada qatnashchilar bu taklifni qo’lladilar va taniqli hofiz, siyosatchi Dadaxon Hasan “Mazkur milliy kongresning birinchi a’zosiman” deb e’lon qildi. Xo’sh kim ikkinchi, kim uchinchi, kim…



Hurmat bilan Jahongir Muhammad(Mamatov).



link (http://www.jahongir.org/jurnal/iyun_murojaat.html)