adiba
05-26-2005, 09:09 AM
Bir yig'i ostida so'liyotir gul,
Mohning qabog'idan to'kilar ko'ngil,
Mening yozig'imga yozilmagan yil-
Ishqning tavalludi.
Tishlar orasiga sabr qoqilar
Ko'zlar arosida abr qoqinar,
Yurak olmasini shoxda qoq qilar-
Dardsizlik mavridi.
Beishq qolib butun xor boldim bu tun,
Bir qatra ko'z yoshga zor boldim bu tun.
Kongil deganidan or qildim bu tun,
Sukunat -bor budim.
Yig'layotgan bulbul, so'liyotgan gul,
O'lsaydim sig'inib sizga astoydil,
Mening peshonamga sig'may qolgan yil-
Ishqning tavalludi.
Mohning qabog'idan to'kilar ko'ngil,
Mening yozig'imga yozilmagan yil-
Ishqning tavalludi.
Tishlar orasiga sabr qoqilar
Ko'zlar arosida abr qoqinar,
Yurak olmasini shoxda qoq qilar-
Dardsizlik mavridi.
Beishq qolib butun xor boldim bu tun,
Bir qatra ko'z yoshga zor boldim bu tun.
Kongil deganidan or qildim bu tun,
Sukunat -bor budim.
Yig'layotgan bulbul, so'liyotgan gul,
O'lsaydim sig'inib sizga astoydil,
Mening peshonamga sig'may qolgan yil-
Ishqning tavalludi.