PDA

View Full Version : Islom Universitetiga Munosabatingiz?

Aus
06-04-2005, 03:33 AM
Salom Forumdagilar?

man sizlarni islom universitetiga munosabatingizni bilmoqchiman?
u erda islom madaniyati, din urganiladimi yoki kupro siyosatmi?

maradona
06-04-2005, 07:53 AM
Salom Forumdagilar?

man sizlarni islom universitetiga munosabatingizni bilmoqchiman?
u erda islom madaniyati, din urganiladimi yoki kupro siyosatmi?

sizga Salom siz ham Forumdamisiz?

Munosabatim:Islom Universiteti Uzbekistonda borligi yaxshi.
Mana bu savolga javob meni ham qiziqtiradi... uylashimcha "dinni siyosatga moil xolda" urganishsa kerak;)

Aus
06-04-2005, 11:40 AM
sizga Salom siz ham Forumdamisiz?

Munosabatim:Islom Universiteti Uzbekistonda borligi yaxshi.
Mana bu savolga javob meni ham qiziqtiradi... uylashimcha "dinni siyosatga moil xolda" urganishsa kerak;)

Assalomu aleykum!
ha man ham forumdaman!

FARA_VA
06-04-2005, 12:40 PM
Salom Forumdagilar?

man sizlarni islom universitetiga munosabatingizni bilmoqchiman?
u erda islom madaniyati, din urganiladimi yoki kupro siyosatmi?

Islom universitetida ham u ham bu orgatiladi. munosabatim judayam ijobiy. mana shu universitet bergan bilim bilan begona yurtda qiynalmiy oqib yurimmiza. Islom Univ.da 4 ta yonalish bor, halqaro iqtisodiy munosabatlar, informatika, islom huquqi va Dinshunoslik. Ohirgi yonalishda islom dini kop orgatiladi, qolgan 3 tasi esa dunyoviy fakultet.

P.S.: agar shu univerga kirishshi oylavotgan bosez, topshirin. :lol: :lol: afsus qimisiz sinim.
(yoki talabasimiz?)

Aus
06-04-2005, 02:14 PM

rahmat maslahatizha!
man uje talabaman chet davlatda
lekin bir dugonam surishtirayotgan edi

FARA_VA
06-07-2005, 11:02 AM
rahmat maslahatizha!
man uje talabaman chet davlatda
lekin bir dugonam surishtirayotgan edi

u r welcome

Hamid
06-10-2005, 04:11 PM
menimcha juda controversial javob bolsa kerak mening javobim lekin bu eshitganlarim 4 yil oldingi bolgan gaplar, balki ozgargandirdir.
Yaqin dostim bor edi, musulmon bolgani uchun 1999 portlashlardan keyin ozingiz bilasiz kopchilik musulmonlar oqishdan otildi(faqat musulmon bolganligi uchun, oldin fidokorlar partiyasining mirzo ulugbek rayoni mas'uli ham edi)
Osha dostim u yerga borib u yerdagi domlalardan bittasi bilan gaplashgan ekan, shu yerga topshirmoqchiman, dinni organaman deb. oshanda u domla, bu yerning asosiy maqsadi arab va boshqa musulmon olkalari bilan siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni yolga qoyish uchun ochiganini aytgan, dostim bularni eshitib u yerga kirish niyatidan qaytgan edi. undan keyin dostim boshqatdan eski universitetda tiklanib oqishni davom ettirdi, masterni, menimcha aspiranturani ham tugatib toshkentdagi bitta eng yahshi universitetlardan bittasida ishga kerdi, va u yerdagi eng yahshi domla degan nom ham qozondi.
mana shu mening dostimdan eshitganlarim u universitet haqida.
hh

Pyro
06-10-2005, 08:02 PM
Islom Universteti manimcha bo;ladi chunki boshqa universtetlaga o'hshab har yili talabalar soni oshib borvotti din siyosat darajasida deyarli obr'o etibor qozongan o'qitish sistemasi zomonaviy lekin man uqimaganman lekin ko'rgan eshitganimi etvoman o'tda domlala poraho'rmas masaln narhoz yoki moliya instituni oliyli pora desang oldinga yugurib kelishadi boshqa instutlad ham shu o'zgarish yo lekin iSlom Universtetiga gap yo

omadla Aus

Gareeb
06-11-2005, 12:12 PM
Maslahatim shuki nima o'rganmoqchiligizga qarang. Din o'rganmoqchi bo'lganlarga u erni maslahat bermasdim. Ayniqsa Saudiyada chop etilgan kitoblarni yoqib yuborgani, kutubhonadan olib tashlagani umuman kurakda turmaydigan ish. Islom universiteti deyishga ham til bormaydi. Mavjud tuzumga belga qamishdan belbog qilib hizmat qilmoqchi bo'lgan " mullalar" uchun yahshi joy.

PainKiller
06-11-2005, 12:20 PM
Rostini aytsam, bit sinfdoshim Islom Universtetiga hujjat kilayotganini eshitganimda, "Iee, Diplomli Imom Bolarmikin??" deb uylagandim. Islom Universitetiga Munosabatim Umuman yok, chunki u erda nima okishadi umuman bilmiman:( :shock: :lol:

Mahmud
06-11-2005, 04:42 PM
Islom Universteti manimcha bo;ladi chunki boshqa universtetlaga o'hshab har yili talabalar soni oshib borvotti din siyosat darajasida deyarli obr'o etibor qozongan o'qitish sistemasi zomonaviy lekin man uqimaganman lekin ko'rgan eshitganimi etvoman o'tda domlala poraho'rmas masaln narhoz yoki moliya instituni oliyli pora desang oldinga yugurib kelishadi boshqa instutlad ham shu o'zgarish yo lekin iSlom Universtetiga gap yo

omadla Aus

Gaplaringizga qo'shilaman...;)
Eshitishimcha u erda tartib ham qattiq.Pul olish haqida umuman gapirmasa ham bo'ladi.Bir tanishim o'qirdi, fikrlashlari ancha o'zgarib ketgandi.Albatta yaxshi tomonga...:rolleyes:
Omadlar!

FARA_VA
06-17-2005, 02:03 PM
Maslahatim shuki nima o'rganmoqchiligizga qarang. Din o'rganmoqchi bo'lganlarga u erni maslahat bermasdim. Ayniqsa Saudiyada chop etilgan kitoblarni yoqib yuborgani, kutubhonadan olib tashlagani umuman kurakda turmaydigan ish. Islom universiteti deyishga ham til bormaydi. Mavjud tuzumga belga qamishdan belbog qilib hizmat qilmoqchi bo'lgan " mullalar" uchun yahshi joy.

gaplarizdan aqlli, mulohaza qila oladigan bolaga ohshirkansan-u, lekin Islom Universiteti degan joyiga taqalganda miya jonvor ishlamiy qopti ukajon. betta choyhonani gapini yozish ketmiydi. qattan eshittin kitoblani yoqvorganligi togrisida?? agar yoqvorilgandayam hech kim bilmasidi. sal gappi elakdan otqizib gapir. unaqa kitoblani kozligiga surib eng toza honada saqlashadi. qatta oqisan ozi aqlli??:evil3d: :evil3d:

Gareeb
06-17-2005, 02:38 PM

Hamidulla Karomatov rektorlik davrida bundan ham battar ishlarni qilgan, menga ishonchli manbalardan habar kelgan. Undan tashqari qabul komissiyasida shubatda shunqaqngi savollar berishadiki odam salkam mushrik bo'lishiga sal qoladi. Agar o'ziga mustahkam odam bo'lmasa naq kufrga ketib qolishi mumkin. Buni ko'pchilik biladi. Islom universiteti faqat Islomni buzishga hizmat qilyapti boshqa narsaga emas.lekin Allohning marhamati bilan ko'pchilik bollar shu erdan iymonga ham erishib chiqib ketyapti.

FARA_VA
06-17-2005, 03:00 PM

olaaaaaaaaaa, bilmaganakanmiza:lol: :lol: :lol: :lol: manga qara, torisini et, imtihon topshirib kiromagansan shekilli-a:)) omadini bersin.

Gareeb
06-17-2005, 03:05 PM
olaaaaaaaaaa, bilmaganakanmiza:lol: :lol: :lol: :lol: manga qara, torisini et, imtihon topshirib kiromagansan shekilli-a:)) omadini bersin.
Harakat ham qilmaganman, qilmoqchi ham bo'lmaganman, o'sha erda o'qimaganimga Allohga hamdlar aytaman. Aks holda men ham girt zombi bo'lib chiqardim.

Shokirbek
06-18-2005, 09:00 PM
O'sha joyda bir oz domlalik qilib, keyin tashlab chiqib ketgan kishidan munosabatini so'raganimda, yelkasini qisib: Bilmadim, kimga qanday, lekin din o'rganaman, o'rgataman deganlarning joyi emas ekan. Birinchi kun kirib o'tirsam, birdan gimn ovozi eshitildi, hamma bolalar turdi, men turmadim. So'ngra, avval bismillohni, keyin hamdu sanoni aytib, birinchi dars bo'lgani uchun avvalo Yaratuchi buyukligi, azamati to'g'risida so'zladim. Dars oxirida talabalardan biri nima uchun o'rnimdan turmaganimni so'rashdi. Shunda men Sa'd ibn Muoz hadislariga ishora qilib, biror narsani ulug'lasangiz, o'sha narsa ortidan turasiz, men ma'siyat bo'lgan gimnni ulug'lamayman, dedim. Darsdan keyin rektor meni chaqirib: darsda gimn vaqtida turmabsiz, darslarni ham diniy qilib yuboribsiz, dedi.Bu universitetning islom sho'basidagi holat edi, shuning uchun u yerda ko'p turolmadim, dedi.

Mana shunaqa gaplar. Biz o'rta maktabda (80-yillar, ayni turg'unlik davrlari) o'qib yurganda ham bu qadar erkinsizliklar bo'lganini hech eslolmayman.

Aus
06-19-2005, 05:46 AM
[QUOTE=Shokirbek]O'sha joyda bir oz domlalik qilib, keyin tashlab chiqib ketgan kishidan munosabatini so'raganimda, yelkasini qisib: Bilmadim, kimga qanday, lekin din o'rganaman, o'rgataman deganlarning joyi emas ekan. Birinchi kun kirib o'tirsam, birdan gimn ovozi eshitildi, hamma bolalar turdi, men turmadim. So'ngra, avval bismillohni, keyin hamdu sanoni aytib, birinchi dars bo'lgani uchun avvalo Yaratuchi buyukligi, azamati to'g'risida so'zladim. Dars oxirida talabalardan biri nima uchun o'rnimdan turmaganimni so'rashdi. Shunda men Sa'd ibn Muoz hadislariga ishora qilib, biror narsani ulug'lasangiz, o'sha narsa ortidan turasiz, men ma'siyat bo'lgan gimnni ulug'lamayman, dedim. Darsdan keyin rektor meni chaqirib: darsda gimn vaqtida turmabsiz, darslarni ham diniy qilib yuboribsiz, dedi.Bu universitetning islom sho'basidagi holat edi, shuning uchun u yerda ko'p turolmadim, dedi.

Mana shunaqa gaplar. Biz o'rta maktabda (80-yillar, ayni turg'unlik davrlari) o'qib yurganda ham bu qadar erkinsizliklar bo'lganini hech eslolmayman.[/
QUOTE]

bilasizmi man uzim ham shu yaqin kunlada mneniyam uzgarvotti bu uniga nisbatan.
lekin bilishimcha rektori sal dinda uzoqrolar, lekin diniy maslahatchila adashmasam
prorektorlariga esa umuman gapirib bumidi bir diniy masala bn borgan edik
hech qanaqa yordamligisi tegmadi faqat ziyoni yetdi
lekin bilasizmi kupchilik talabalar u erda uqiyotganidan hursand man shu yaqin kunlada u erdagi bir talaba bn suhbatlashaman ulani uzlarini unilari haqidagi munosabatlarini bilmoqchiman :)

Gareeb
06-19-2005, 06:22 AM
Bu Islom universiteti muayyan maqsadlarda, bo'lib ham garazli maqsadlar uchun ochilgan. Islomni "Islom" hohishiga ko'ra talqin qilishda bu universitet ham o'z hissasini qo'shmoqda. Men uchun bir tiyinga qimmat bu fitna dargohi.

Gareeb
06-19-2005, 02:21 PM
gimn soylamagan domla haqida yozipsizlar.

Man osha domlani .... mayli sokmay
manimcha hamma narsa gimndan boshlanadi. gimnni sevgan vatanni sevadi. Bizani gimni sevmaganni men vatandosh hisoblay olmayaman. Vatanni sevish esa iymondandur. Qachon bizza vatanimizni sevishni organsak oshanda Ozbekiston bir nimaga erisha oladi. Faqat bir-birimizni ***ini kovlab yuraversak yuraveramiz.

Islom universitetiga keladigan bolsak men u er yomonmi yoki yahshimi bilmayman. Boshqalaridan eshitdim shunaqa shunaqa... deyib boshqasini gunahkorga chiqoralmayman ham.

Iltimos hammaga oldin ozimizga boqib keyin nogora qoqsak(bu jumla kaminaga ham tegishli)
Juda ham faylasuf ekansiz? Vatanni sevishni iymondan ham devoripsiz. Dindan olib gapirishni kim qo'yibdi faylasuflarga? Bu hadis to'qima hadisligini hamma biladiku, bunday hadis yo'q umuman. Ikkinchidan ana shu gimnni aytmaslik uchun agar kuchim etsa o'lib ketisgha ma tayyor bo'lar edim, chunki bu gimn shirk bilan to'lib toshgan, unaqa iflos narsani pok ogzimizga olgani jirkanishimiz kerak agar iymonni da'vo qilsak. Borinki gimn risoladagidek bo'lganda ham vatanni sevish gimndan boshlanadi degn gap girt safsata. Meni vatandosh hisoblamasangiz juda yahshi, ko'zom uchib turgani ham yo'q kimlar bilandir vatandosh bo'lishga.Islom universitetiga kelsak u erda sizga o'hshagan vatanparvarlani tarbiyalashadi, hur fikrli, iymon etiqodli insonlarni emas, shuning uchun ham Islom degan nomga umuman loyiq emas deb hisoblayman bu socalled "bilim dargohi"ni

Gareeb
06-21-2005, 12:24 PM
dostim faylsuf deb kimlaga etadi ozi, oshani bilasizmi ozi?

gimnni shirk kelgan joylarini korsatvorsangiz?

vatanni sevmoq iymondandir hadis deb men yozmadim manimcha???
faqat vatan qanday ahamiyatga ega ekanligini korasatish uchun ayttilgan gapdi.

keyin yana bitta savol uzbekistonga balki siz oqiyatogan davlatdan kelib islom universiteti ochsa yahshi bolar?
Faylasuf deb hech bir diniy hujjatga tayanmasdan , o'z aqliga suyanib gapirgan odamga aytiladi.
Elga baht , najot berish faqat Alloh hos.Yor, mehribon bo'lish ham bandaning ishi emas, madad faqat Allohdan.Ajdodlar ruhi hech qachon yordam bermaydi, ruhi qanaqa qilib madad beradi, ular oldin o'zlari qilib o'tgan ishga javob berib olsin. Hullas bu madhiya shirk bilan gij bij to'lib toshib yotibdi. Innankeyin muslim odam uchun faqat gimn bilan vatan yashnaydi, shundan boshlanadi deyish uyat. Chunki biz uchun yotganda ham turganda ha, o'layotganda ham zikr qilinadigan narsa Allohning so'zi bolishi kerak.
Men turgan davlatdagi islomiy bilim yurtlari Uzbekistondagidan ko'ra ancha erkin, yahshi bo'lar edi shundsay qilinsa.O'zingiz ham bilasiz qolganini.

Gareeb
06-21-2005, 12:55 PM
MEN musulmonlarga nisbatan kofirlar tomonidan to'qilgan atamalarni ishlatmagan bo'lar edim. Chunki Kofir bor, muslmon bor, munofiq bor. Musulmonlar ham ayni paytda fosiq, fojir, beamal, wa taqvodorlariga ajraladi. Huddi shunday mavqe'da bo'lishni istardim.
Hozircha er yuzida birorta Islomiy davlat borligini bilmayman, inshalloh bo'lganda ham kufr va shirkdan holi bo'lgan madhiyalar aytiladi. Aqidani to'grilab olishni maslahat berardim, agar musulmon bo'lsak Islomiy dunyoqarash bilan fikr yuritaylik , boshqasi bilan emas.

Gareeb
06-21-2005, 02:36 PM
ha togri aytasiz biz kofirlar qolagan narsalarni ishlarmasligimiz kere, telebizor shaytonni bolasi, lekin qurol unday emas:? Oshaning uchun ham shu ahvolga tushib qoldik :shock: va oshanung uchun ham ularning davlatlariga borib iln organyapmiz:shock:
Men sizga konkret masala haqidagi konkret fikrimni aytdim. Jizzakilik qilib gapni boshqa yoqqa burmang. Hech kim siz allegedly ayblayotgan narsalarni da'vo qilayotganii yo'q. Hamma narsadan foydalanish mumkin shariatga hilof bo'lmaslik sharti bilan. Pc va tv dan ayrimlarga o'hshab faqat porno uchun foydalanishga albatta muslim sifatida qarshiman.Siz bilan bahslashish baribir befoyda. Inson holislikni ham o'rganishi kerak. Siz aytayotgan fikrlar uztv1 kanalidagi aks ado ko'rsatuvida aytilsa Quddus akangiz tarafidan chapak chalib kutib olinadi. Yahshisi o'sha erga boring.

Gareeb
06-23-2005, 11:24 AM
Hmmm shunaqamikin. :shock:

ДЖИГИТ
06-23-2005, 01:12 PM
Ana ko'rdilarmi , ko'pchiligingiz musulmon bo'lib turib bir-birlaringiz bilan aytishib yotganingizni ko'rmayapsizlarmi? Aynan mana shu maqsadda, ya'ni biringizni-biiringizga qarshi qilib qo'yish uchun ochilgan darhohdir o'sha universitet! Endi buni shu misoldan tushunib olasiz: u erdagi barcha domlalarni ihtiyori o'zidamas, o'zida ihtiyori bo'lmagan domla Islomni or'gata oladimi, bir o'ylab ko'ronhchi? mamlakatdagi boshqa oligihlardan bittagina farqi bor - u bo'lsa ham nomi! :D

G'ayri dindagilar, shpionlar, diktatorlar Islom dinida kuch va Allohning ilmi, uni osongina engib olmasligini ancha asrlar oldin ilg'ab olganlar, shuning uchun ham shu metodni qo'llashgan - musulmonlarni orasida kelishmovchilik kelib chiqarishgan (bunga misol Al Wahhab) endi musulmonla hattoki bir-birlarini o'ldirishdan ham toymidi (bunga misol Tolibon harakati).

Birodarlar - birlshinglar, arzimagan mas'alada tortishmanglar, zero bu tortishingiz boshqalarga yoqadi, va shu bilan siz kuchsizlanasizlar!

Inna ddina inda llahi Al Islam!!!

Gareeb
06-23-2005, 03:43 PM
Dushmanlar bo'lgan,bor, bundan keyin ham bo'ladi faqat gap uni ajrata bilishda.

INSOMNIA
06-23-2005, 11:50 PM
offtop uchun avvaldan uzr:
Silbermond janoblari,
man O'zbekiston gimnini bir tiyinga olmayman. bir chaqadan qimmat deb hisoblayman, holbuki konservativ emasman siz etkandey, yoki bo'lmasa radikal emasman. Halqimni va Vatanimni qadrlayman. to'g'ri biz ham o'sha gimnni ko'p aytganmiz. yodlaganim hali ham esimda turibdi.
gimnda shirk bormi yo'qmi bunga bilimim yetmasa kerak, shuning uchun bunga hech qanday izoh bera olmayman.

Gimnga bo'lgan munosabatimning asosiy sababi esa uning bir ikkiyuzlamachi yaltoq tarafidan yozilgani.

gimn soylamagan domla haqida yozipsizlar.

Man osha domlani .... mayli sokmay
manimcha hamma narsa gimndan boshlanadi. gimnni sevgan vatanni sevadi. Bizani gimni sevmaganni men vatandosh hisoblay olmayaman. Vatanni sevish esa iymondandur. Qachon bizza vatanimizni sevishni organsak oshanda Ozbekiston bir nimaga erisha oladi. Faqat bir-birimizni ***ini kovlab yuraversak yuraveramiz.

Islom universitetiga keladigan bolsak men u er yomonmi yoki yahshimi bilmayman. Boshqalaridan eshitdim shunaqa shunaqa... deyib boshqasini gunahkorga chiqoralmayman ham.

Iltimos hammaga oldin ozimizga boqib keyin nogora qoqsak(bu jumla kaminaga ham tegishli)

Ferry_BAY
06-24-2005, 06:12 PM
Balkim lekin hammani uz fikri bor i bu fikr qanday bulsada u uzi bilan qoladi i uzini bulib qoladi.
Mani shahsiy fikrim bu gimn manimcha halquchun yozilgan gimn emas balkim bazi birlar uchun yahshsi kurinish va balki uz manfatlarini uylagan holda yozilgan gimn deb uylayman. Shu halq uchun siz hizmat qilish kerak bulsa shu halqni roziligi uchun harakat qilish kere bitta shahs uchun emas .........yoki uz manfaati uchun...........
Man eshitganman yani buni 1 2 kishidan bu mavzuda biza bolla blan bahslashganimiz yozmoqchi buldim bu mavzuga bu madhiya yozlgani uchun mahsina vada qilingan ekan i buni evaziga mashina sovga qilingan bu madhiya halqqa yozilganmi yoki unvon martaba yoki uz manfaatlarini yuzaga yulmi.........
P.S. off top uchun uzrrrrrrrr

offtop uchun avvaldan uzr:
Silbermond janoblari,
man O'zbekiston gimnini bir tiyinga olmayman. bir chaqadan qimmat deb hisoblayman, holbuki konservativ emasman siz etkandey, yoki bo'lmasa radikal emasman. Halqimni va Vatanimni qadrlayman. to'g'ri biz ham o'sha gimnni ko'p aytganmiz. yodlaganim hali ham esimda turibdi.
gimnda shirk bormi yo'qmi bunga bilimim yetmasa kerak, shuning uchun bunga hech qanday izoh bera olmayman.

Gimnga bo'lgan munosabatimning asosiy sababi esa uning bir ikkiyuzlamachi yaltoq tarafidan yozilgani.

Ferry_BAY
06-24-2005, 06:17 PM
Islom Universitihaqida gap ketar ekan bu goya qachon qay paytda paydo bulganini bilmadimu lekin men birinchi marta borganimda u yerning peshtoqiga yoaib quyilgan yozuvni kurib hafsalam pirrr buldi keyin esa balkim bu nomni bekor quyishibdi deb uyladim chunki man silaga bitta uz boshiomdan utgan misolni keltiraman islom universitetining oshhonasi ili restaranida biza tuyda buldik man u yerda qanday utirganimni bilmadim chunki bu yerda odamlar mas alast qiyqiriqlari bilan olammi tutishar talabalar esa yonida uzlarini har doimgidey tashvishlari bilan u yoqdan bu yoqqa utishar ediiiiiiii.......... endi tasavvur qilib kuring nima.......
Shahsan men uzimni shu tuyga kelganimuchun uzimdan hafa bulib ketdim......
shunday qadrli maskan bunyod etish nomiga edimi yoki...........

Gareeb
06-24-2005, 07:36 PM
Menga ham bir o'rtogim aytib bergandi agar birorta kattaroq lavozimli amaldor keladigan bo'lsa hijoblilarni imkon boricha ularni ko'ziga ko'rsatmaslikka harakat qilishar ekan. Undan tashqari Islom universiteti bo'lgandan keyin sal shu nomni hurmati bo'lish kerak, qizlar sal u yog bu yogini yashirib, domlalarni ko'zini o'ynatadigan ,ularni "bo'shalib" ketishiga sabab bo'ladigan kiyimlarni kiymasligi kerak.Mana masalan Toshkentdagi Haichayi Kubro madrasasida Islomiy dress kodga qatiy amal qilinadi , Mazkur universitetda esa bu tomoman teskari hijoblilar bemalol emas.

Black
06-25-2005, 04:48 AM
Elga baht , najot berish faqat Alloh hos.Yor, mehribon bo'lish ham bandaning ishi emas, madad faqat Allohdan.Ajdodlar ruhi hech qachon yordam bermaydi, ruhi qanaqa qilib madad beradi, ular oldin o'zlari qilib o'tgan ishga javob berib olsin. Hullas bu madhiya shirk bilan gij bij to'lib toshib yotibdi. Innankeyin muslim odam uchun faqat gimn bilan vatan yashnaydi, shundan boshlanadi deyish uyat. Chunki biz uchun yotganda ham turganda ha, o'layotganda ham zikr qilinadigan narsa Allohning so'zi bolishi kerak.
Men turgan davlatdagi islomiy bilim yurtlari Uzbekistondagidan ko'ra ancha erkin, yahshi bo'lar edi shundsay qilinsa.O'zingiz ham bilasiz qolganini.
Gaplaringizga qo'shilaman birodari aziz. Men ham ko'pdan beri shu narsalarni o'ylab hafsalam pir bo'lib yurardi. Nima emish ajdodlar ruhi yordam berarmish, bull shit. O'zi shu gaplarni yozgan odam ajdodlar ruhi nima ekanligini bilarmikan!?

Black
06-25-2005, 04:57 AM
Gimnga keladigan bolsak I do not care who has written it!!!!
Hamma gap sozlarda!
siz masalan bir qoshiqchini ashulalarini sevishingiz mumkin, lekin uning shahsiy hayotii uning qoshiqlaringa aksi bolishi mumkin!

Ha silbermond to'g'ri aytdingiz, gap aynan so'zlarida! Shirk so'zlar.
Albatta, bizning vazifamis faqat sizga eslatish, qolganini o'zingiz bilasiz. Nimani ulug'lashni sal mulohaza qilish kerak, shirkni ulug'lashni, yahshi ko'rishni maslahat bermayman. tag'inam o'zingiz bilasiz.
Vatanga bo'lgan sevgi gimnni yahshi ko'rish yoki kormaslik bilan o'lchanmaydi.

P.S. Vatanni sevish iymondandur- Bilishimcha bu aralarning maqoli, maqol esa doim ham to'g'ri bo'lavermaydi, ayniqsa iymon masalasida.

Aus
06-25-2005, 05:15 AM
Menga ham bir o'rtogim aytib bergandi agar birorta kattaroq lavozimli amaldor keladigan bo'lsa hijoblilarni imkon boricha ularni ko'ziga ko'rsatmaslikka harakat qilishar ekan. Undan tashqari Islom universiteti bo'lgandan keyin sal shu nomni hurmati bo'lish kerak, qizlar sal u yog bu yogini yashirib, domlalarni ko'zini o'ynatadigan ,ularni "bo'shalib" ketishiga sabab bo'ladigan kiyimlarni kiymasligi kerak.Mana masalan Toshkentdagi Haichayi Kubro madrasasida Islomiy dress kodga qatiy amal qilinadi , Mazkur universitetda esa bu tomoman teskari hijoblilar bemalol emas.

man lekin islom unisida buganimda hijoblilarni deyarli kurmaganman turi bor qizla hijobda lekin ohirgi paytda fikrimcha universitet nomiga teskari buldi
islom universiteti tug'ri kemaydi uje
lavozimli amaldorlarga kelsak ula kelganda hamma hijoblilarni kursatmaslikka
harakat qilishadi
masalan bizani UzMU da ham huddi shunaqa edi
lekin ohirgi payt hamasini rosa qiynashgan
otchisleniya, imtihonga quymaslik shunaqa gapla bn qurqitishgan
asos rumol, rumol urab yuqish ham mumkin emas edi
uziga jalb qiladigan kiyim bu degan bizani rektorimiz(Dolimov)
agar bittasi bikini kiyib kesa u uziga jalb qimas edi hamani nigohini lekin rumol uragan(hijobli) hamani nigohini jalb qilar ekan

Mahmud
06-25-2005, 05:47 AM

Ba'zi qizlar o'qishdan ham ketgan-di....:evil:
Achinarlisi konktaktga o'qishardi,faqat mutahassislikdan davlat imtihoni qolgandi...:evil:
O'qishning oxirgi vaqtlarida,shanbalikda ko'rib qolganlar...

P.S.:Mavzudan chiqqan bo'lsam uzr.

Aus
06-25-2005, 06:06 AM
aha esimda ushanda nima buganlari
bechoralani ahvolini kurganidim
ushanda di islom unisini rektorini oldiga borganidik
eh nimala qimaganidik sal busa ham yordamimiz tekkanidi deb uyliman
lekin keyin murtazaevadan eshitganimni eshitgandim :D

Black
06-27-2005, 01:35 AM
thanks for your advise!

Ajdodlar ruhi deganda gapni qanday manoda chunishga ham bogliq.

and If you want, you can find from every sentence 'shirk'!

No, you can not find shirk from every word. And "Ajdodlar Ruhi" is clear word, which can not support anybody, and I bet no one can explain its nature, wat is this, and how they can "support, help" live people.

Shokirbek
06-27-2005, 09:23 AM
Avvalo "Vatanni sevmoq iymondandir" degan so'z yolg'on to'qima hadis, bu to'g'rida yuqorida ba'zilaringiz aytibdi.
Ikkinchidan, bu iborani na sahobalar, na tobeinlar va na mo'tabar kishilar so'zlari orasidan topasiz, ilgari ulamolar so'zlariga mutaxassis bo'lgan imom Saxoviy: Bu iborani kim aytganini hech topolmadim, deb o'zining kitoblaridan birida keltiradi.
Lekin shuni aytib o'tish lozimki, bu degani vatanni yaxshi ko'rib bo'lmaydi, degani emas. Balki, vatanni, tug'ilib o'sgan yurtni sevish inson fitratiga, tabiatiga singdirilgan.
Shuning uchun ham Oli imron surasining oxirgi oyatlaridan birida Olloh taolo amallari zoe' bo'lmayajak mo'minlarni sifatlab, o'sha sifatlarning birida ularning oz' vatanlaridan majburiy tarzda kofirlar tomonidan chiqarilib yuborganligini aytib o'tadi. Bu - o'z vatanidan judo qilinish inson qalbiga naqadar og'ir kelishiga dalolat qiladi.

Vatanni sevishning turli ko'rinishlari bo'lishi mumkin. Asosoiysi, o'sha kindik qoni to'kilgan diyor, o'z beg'ubor bolaligi kechgan o'lka bol'gani uchun sevish. Bu - g'ariziy, tabiiy sevgi bo'lib, iymonning ziyoda, nuqsonli bo'lishiga aloqasi yo'q (iymonga foyda ham zarar ham bermaydi).
Agar vatanni u yerda qolgan ota-ona, qarindosh-urug', yor-birodar, qo'ni qo'shnilarga bordi keldi qilish (va h.k. boshqa shar'an ezgu bo'lgan amallarni ado etish) niyatida va ularni qo'msagani uchun sevsa, unda iymonning foyasiga sevgan bo'ladi, bunday sevishni iymondan deb atasa bo'ladi.
Bordiyu, vatanni unda bo'layotgan zulm, adolatsizlik, fisqu fasod uchun, osha ishlarni qilayotgan kishilarni qo'msab sevadigan bo'lsa, u shaklda vatanni sevish iymondan emas, balki iymonni kemiradigan sevgi, ildiziga bolta uradigan muhabbatdan iborat bo'ladi.

O'qib chiqqaningiz uchun rahmat.

Gareeb
07-09-2005, 08:13 PM
Qimmatli yoshlik davrini bunday fitna dargohida o'tkazishni tavsiya qilmagan bo'lar edim..

Aus
07-10-2005, 02:17 AM
Qimmatli yoshlik davrini bunday fitna dargohida o'tkazishni tavsiya qilmagan bo'lar edim..

sizni uylashizcha qatta utkazgan yahshi hozir qatta uqigan yahhsi?

Gareeb
07-10-2005, 05:13 AM
sizni uylashizcha qatta utkazgan yahshi hozir qatta uqigan yahhsi?
Endi UZB da tuzukli o'quv dargohi bo'lmagandan keyin nima ham qilardik noiloj o'sha erda ham o'qiysiz.. Eng yahshisi talim sohasini butunlay isloh qilish kerak, shu qatori Islom universitetini ham.. Lekin bu oson ish emas..

eagle
07-10-2005, 05:37 AM
Tagi puch, chirib ketgan siyosatni qullab quvvatlasayiz, mana shunaqa sharmanda bulasiz! Iymonni bir yangilab olishizzi maslahat berar edim. Betayinning gaplari tug'ri dustim, gimnda islomga tug'ri kelmaydigan narsalar yozilgan, vatanimizda hozirgi kunda harom bilan halol aralashtirib yuborilgan ! Gimnni kim yozganini ham bilsayiz kerak? Qanaqa kishi u kishi? Dinga amal qiladilami, yoki teskarisimi? ha togri aytasiz biz kofirlar qolagan narsalarni ishlarmasligimiz kere, telebizor shaytonni bolasi, lekin qurol unday emas:? Oshaning uchun ham shu ahvolga tushib qoldik :shock: va oshanung uchun ham ularning davlatlariga borib iln organyapmiz:shock:

eagle
07-10-2005, 05:43 AM
Betayin, dustim, Allah iymonizzi ziyoda qilsin, gaplaringiz tug'ri ! Akhee-Abdullaning yozgan postlaridan keltirmoqchi edim, ya'ni pc va tv larning qullanishi haqida. U kishi yozgan edilarki, PC va TV larning hukmi xuddi pichoqning hukmiga uxshaydi, ya'ni agar pichoqni uy-ruzg'or ehtiyojlari uchun ishlatilsa halol, lekin uni nohaq odam uldirishda ishlatilsa unda u harom hisoblanadi. Xuddi shunaqa PC va TV ni ham ilm urganish va boshqa yaxshi maqsadlarda ishlatilsa halol, lekin porno va shu kabi yomon maqsadlarda ishlatilsa unda harom.

Allah svt gunohlarimizni mag'firat qilsin ! Ameen !

Men sizga konkret masala haqidagi konkret fikrimni aytdim. Jizzakilik qilib gapni boshqa yoqqa burmang. Hech kim siz allegedly ayblayotgan narsalarni da'vo qilayotganii yo'q. Hamma narsadan foydalanish mumkin shariatga hilof bo'lmaslik sharti bilan. Pc va tv dan ayrimlarga o'hshab faqat porno uchun foydalanishga albatta muslim sifatida qarshiman.Siz bilan bahslashish baribir befoyda. Inson holislikni ham o'rganishi kerak. Siz aytayotgan fikrlar uztv1 kanalidagi aks ado ko'rsatuvida aytilsa Quddus akangiz tarafidan chapak chalib kutib olinadi. Yahshisi o'sha erga boring.

eagle
07-10-2005, 05:52 AM
Qushiiiq? Birodar, nima deganiz bu? Qushiqning haromligi Qur'oni Kariimda, Hadisda, qolaversa 4 Mahzab imomlari tomonidan aniq qilib aytib utilgan.

Siz kim yozganligiga CARE qilmaysizmi? hmmmmm, tushunarlii.....

Ha aytgancha Gimnizda muzika asboblari ham qullanilgan adashmasam, xolbuki torli asboblar va shunga uxshash musiqa asboblari islomda harom. Ha endi harom narsani Islom Universitetida yangrashi bu kurakka turmaydigan narsa!

Birodar, bu mavzuda siz xato qilyapsiz, fikrlarizda islomiy aqidaga qarshi gaplar kup. Yaxshi emas !
Gimnga keladigan bolsak I do not care who has written it!!!!
Hamma gap sozlarda!
siz masalan bir qoshiqchini ashulalarini sevishingiz mumkin, lekin uning shahsiy hayotii uning qoshiqlaringa aksi bolishi mumkin!

eagle
07-10-2005, 05:58 AM
Men ham qadrlayman fikrlaringizni !Gaplaringizga qo'shilaman birodari aziz. Men ham ko'pdan beri shu narsalarni o'ylab hafsalam pir bo'lib yurardi. Nima emish ajdodlar ruhi yordam berarmish, bull shit. O'zi shu gaplarni yozgan odam ajdodlar ruhi nima ekanligini bilarmikan!?

eagle
07-10-2005, 06:03 AM
Men ham uqiganimda, dekan kelib 60ta student oldida majburlab hijobini echtirgan,bir soliha qizni:((((( Bechora hijobini shunaqa qiynalib boshidan tushirgan ediki....... Lekin kiyin yana urashda davom etdi. Lekin u qiz uqishni bitirgan edi! Ba'zi qizlar o'qishdan ham ketgan-di....:evil:
Achinarlisi konktaktga o'qishardi,faqat mutahassislikdan davlat imtihoni qolgandi...:evil:
O'qishning oxirgi vaqtlarida,shanbalikda ko'rib qolganlar...

P.S.:Mavzudan chiqqan bo'lsam uzr.

Gareeb
07-10-2005, 06:06 AM
Men ham uqiganimda, dekan kelib 60ta student oldida zurlab hijobini echtirgan,bir soliha qizni:((((( Bechora hijobini shunaqa qiynalib boshidan tushirgan ediki....... Lekin kiyin yana urashda davom etdi. Lekin u qiz uqishni bitirgan edi!
Iyee birodar, mana tirik guvoh ham bor ekanku , ertaroq aytmaysizmi buni silbermond janoblariga!
Huddi shunday gaplar quloqqa bot-bot chalinib turar edi. Islom universiteti bo'lsayu farzni ado etganlarga to'sqinlik qilinsa bu nima degani? :rolleyes:

eagle
07-10-2005, 06:07 AM
Olaaaaaa...... Muqim :))))thanks for your advise!

Ajdodlar ruhi deganda gapni qanday manoda chunishga ham bogliq.

and If you want, you can find from every sentence 'shirk'!

eagle
07-10-2005, 06:13 AM
Birodar, uzr, man postni sal noaniqroq qilib yozibman, man Islom Universitetida uqimaganman, boshqa universitetda bulgan voqeani yozgan edim, ming bora uzr,noaniqlik uchun ...Iyee birodar, mana tirik guvoh ham bor ekanku , ertaroq aytmaysizmi buni silbermond janoblariga!
Huddi shunday gaplar quloqqa bot-bot chalinib turar edi. Islom universiteti bo'lsayu farzni ado etganlarga to'sqinlik qilinsa bu nima degani? :rolleyes:

Gareeb
07-10-2005, 03:40 PM
Birodar, uzr, man postni sal noaniqroq qilib yozibman, man Islom Universitetida uqimaganman, boshqa universitetda bulgan voqeani yozgan edim, ming bora uzr,noaniqlik uchun ...
Hechqisi yoq birodar.. :)