PDA

View Full Version : Birinchi Muhabbatim

Samarkand
06-13-2005, 01:58 PM
Birinchi Muhabbatim!

...Maktab davrlari,..., bizdan bir sinf quyida o'quvchi qiz bo'lardi. Xat yozishlar, tanaffusga hammadan oldin yugurib chiqib uzoqdan kuzatishlar,..., lekin, hech qachon ro'baro kelib gaplasha olmasdik.

...O'zimcha o'ylardimki, bu qizsiz qanday yashayman deb. Uxlasam ham, tursam ham, har bir soniyada xayolim shunda edi....

Hozir u bewafo oilali bo'lib, baxtli bo'lib ketdi.

Balkim yoshlik,..., balkim havas bo'lgandir, ....., inson unutar ekan,..., unut bo'lib ketdi.

Ammo har gal yoshlik damlari esga tushganda u albatta bir zum xayolimni egallaydi.......

Ehhhh, beg'ubor bolalik! Birinchi muhabbat!

Kecha oqshom falakda oy bo'zarib botganda,
Zuhro yulduz mo'ltirab xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma'yuslik sokinlik uyg'otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

O'tdi yoshlik zavq bilan, gohi to'polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayro ham tushdim ba'zan qalb bilan imon bilan
Lekin seni yo'qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g'aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.....

:?

Godunov
06-14-2005, 05:39 AM

Bu mavzuni boshlab odamni bir oz o'tmishni shirin damlariyu, achchiq iztiroblarini eslashga majbur qildingiz. :x
Birinchi muhabbat haqida eslasam, yuragimda qanaqadir orziqish, iliqlik tuyganday bo'lamanu, xayolim so'nggi iztirobli va aqlga sig'mas natijalarga kelganda yuqoridagi iliqlik, va nimalardir bo'g'zimga tiqilib hammasi bir uff bo'lib chiqib ketadi. To'g'ri vaqt ko'p narsani davosi, lekin hamma narsani emas. Qizig'i shundaki, bu bilan men yo'qotilgan birinchi muhabbatimdan afsusdaman ham deyaolmayman, aksincha bu taqdir, shunday bo'lgani ma'qul bo'lgan ekan deb o'ylab qo'yaman, o'zimcha.
Eslasam meni muhabbatim kitob yoki kinolardagidan ortiqroq bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin kam emas, hissiyotlarim aqlimni shunchalik egallab olgan ediki, hozir eslasam kulgim, ba'zida yig'lagim keladi, yaxshigina sherlar yozganman.
Bir kun kelib bunaqangi devona muhabbatga va muhabbatimga bag'ishlab kitob yozsam azabmas, ishonaman bu kitob to'la to'kis aql mahsuloti bo'lgan taqdirda ham uni o'quvchilar hissiyotlarga boy bir oshiq-devona yozganiga amin bo'lishadi.
Oramizdagi munosabatga meni oilamdagilarni qarshiligi tufayli juda noodatiy yakun yasaldi, na unda, na menda gunoh. Menimcha o'rtamizda hozir sevgi yo'q, lekin ba'zida (2-3 yilda) uchrashib qolsak, xuddi begonalardek bir birimiz bilan jimgina salomlashamiz va xayrlashamiz, hatto nima uchundir bir-birimizdan ko'zimizni olib qochamiz, u ketgach ko'ksim to'lib ketadi. U hozir oilali, bir nechta farzandlari bor (baxtli bo'lsin iloyim). Oradan yillar o'tib kimnidir to'y bazmida oxirgi uchrashganimizni eslayman: yonimga keldiyu, ismimni aytib "Illtimos, bu yurish nema yaxshiroq qiz topib uylaning" deb qoldi va javobimni kutmasdan burilib ketdi. Qiziq, mehr ko'rmagan yosh bolaga o'xshab ko'zimdan yosh chiqib ketganini bilmay qoldim, keyin ko'nglim buzilib to'yni tark etdim.
Birinchi muhabbat bilan bog'liq mana shunaqa gaplar, yuqorida aytganimdek aqilona o'ylab qarasam birinchi muhabbatimni xuddu shunday yakun topganidan mamnun bo'lishim kerak. Hozir hayotda xudoga shukurki, nolimayman o'z o'rnimga egaman va yoki shunday bo'lishi uchun harakat qilayapman. Aslida ota-onamni qarshi chiqishlarini bir sababi ham shular edi.

Hammaga omonlik tilab
kamina

Pythagor
06-14-2005, 07:44 AM
...

davomi:

Dunyo degan shundayin anglab bo`lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan.
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan...
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.

Holbuki orzulardan judo ham bo`lganim yo'q,
yulduzday kulganim yo`q, oy kabi to`lganim yo'q.
Erta xazon gul kabi sarg`ayib so`lganim yo'q,
Seni eslab yig`layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag`rim tig`layman, birinchi muhabbatim.

Yo`lin yo`qotsa odam - muhabbatga suyangay,
G`ussaga botsa odam - muhabbatga suyangay.
Chorasiz qotsa odam - muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim.
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko`rib men bor dunyoni unutdim.
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg`iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim

Samarkand
06-14-2005, 10:18 AM
Birinchi muhabbatim ashulasi kimda bor?

Qo'yworsanglar (link) xursand bo'lardik.

Katta rahmatttttt......:)

JONİ
06-14-2005, 11:22 AM
Birinchi Muhabbatim!

...Maktab davrlari,..., bizdan bir sinf quyida o'quvchi qiz bo'lardi. Xat yozishlar, tanaffusga hammadan oldin yugurib chiqib uzoqdan kuzatishlar,..., lekin, hech qachon ro'baro kelib gaplasha olmasdik.

...O'zimcha o'ylardimki, bu qizsiz qanday yashayman deb. Uxlasam ham, tursam ham, har bir soniyada xayolim shunda edi....

Hozir u bewafo oilali bo'lib, baxtli bo'lib ketdi.

Balkim yoshlik,..., balkim havas bo'lgandir, ....., inson unutar ekan,..., unut bo'lib ketdi.

Ammo har gal yoshlik damlari esga tushganda u albatta bir zum xayolimni egallaydi.......

Ehhhh, beg'ubor bolalik! Birinchi muhabbat!

Kecha oqshom falakda oy bo'zarib botganda,
Zuhro yulduz mo'ltirab xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma'yuslik sokinlik uyg'otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

O'tdi yoshlik zavq bilan, gohi to'polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayro ham tushdim ba'zan qalb bilan imon bilan
Lekin seni yo'qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g'aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.....

:?

juda ajoyıp thread ochtızda eskı kunlarnı esga solıp ancha oylantırıp koydız forumda kopchılık kıdıryaptı bu ashulanı boshta men kımda bolsa koyvorılar

Samarkand
11-18-2005, 04:27 PM
http://s11.yousendit.com/d.aspx?id=1QDZXLKMEMIM50WBZEKNVBLB6C (http://s11.yousendit.com/d.aspx?id=1QDZXLKMEMIM50WBZEKNVBLB6C)

Sherali Jo'rayev ijrosida Birinchi Muhabbatim ashulasi. Marhamat. Miriqib eshiting. Hohlovchilarga ashulani "Minus" varianti ham bor. (Odilbekka kotta rahmat)

Nega hech kim bu thereadga fikr bildirmayapti, yoki hamma birdan ikkinchi muhabbatdan boshlaganmi? :)

daejeon
11-18-2005, 04:52 PM
link uchun rahmat
bunaqa thread boridi shekilli yoki yangiladilarmi?

infolife
11-19-2005, 05:10 PM
uylandizmi keyin yahshiroq qiz topib:rolleyes:
on:1chi muhabbat :( rosa yosh bola ekanmizda popkamdan chiqqan hatni eslasam nuqul kulgim keladi:lol: eh,mazza davrla bo'gan oma:P

Bu mavzuni boshlab odamni bir oz o'tmishni shirin damlariyu, achchiq iztiroblarini eslashga majbur qildingiz. :x
Birinchi muhabbat haqida eslasam, yuragimda qanaqadir orziqish, iliqlik tuyganday bo'lamanu, xayolim so'nggi iztirobli va aqlga sig'mas natijalarga kelganda yuqoridagi iliqlik, va nimalardir bo'g'zimga tiqilib hammasi bir uff bo'lib chiqib ketadi. To'g'ri vaqt ko'p narsani davosi, lekin hamma narsani emas. Qizig'i shundaki, bu bilan men yo'qotilgan birinchi muhabbatimdan afsusdaman ham deyaolmayman, aksincha bu taqdir, shunday bo'lgani ma'qul bo'lgan ekan deb o'ylab qo'yaman, o'zimcha.
Eslasam meni muhabbatim kitob yoki kinolardagidan ortiqroq bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin kam emas, hissiyotlarim aqlimni shunchalik egallab olgan ediki, hozir eslasam kulgim, ba'zida yig'lagim keladi, yaxshigina sherlar yozganman.
Bir kun kelib bunaqangi devona muhabbatga va muhabbatimga bag'ishlab kitob yozsam azabmas, ishonaman bu kitob to'la to'kis aql mahsuloti bo'lgan taqdirda ham uni o'quvchilar hissiyotlarga boy bir oshiq-devona yozganiga amin bo'lishadi.
Oramizdagi munosabatga meni oilamdagilarni qarshiligi tufayli juda noodatiy yakun yasaldi, na unda, na menda gunoh. Menimcha o'rtamizda hozir sevgi yo'q, lekin ba'zida (2-3 yilda) uchrashib qolsak, xuddi begonalardek bir birimiz bilan jimgina salomlashamiz va xayrlashamiz, hatto nima uchundir bir-birimizdan ko'zimizni olib qochamiz, u ketgach ko'ksim to'lib ketadi. U hozir oilali, bir nechta farzandlari bor (baxtli bo'lsin iloyim). Oradan yillar o'tib kimnidir to'y bazmida oxirgi uchrashganimizni eslayman: yonimga keldiyu, ismimni aytib "Illtimos, bu yurish nema yaxshiroq qiz topib uylaning" deb qoldi va javobimni kutmasdan burilib ketdi. Qiziq, mehr ko'rmagan yosh bolaga o'xshab ko'zimdan yosh chiqib ketganini bilmay qoldim, keyin ko'nglim buzilib to'yni tark etdim.
Birinchi muhabbat bilan bog'liq mana shunaqa gaplar, yuqorida aytganimdek aqilona o'ylab qarasam birinchi muhabbatimni xuddu shunday yakun topganidan mamnun bo'lishim kerak. Hozir hayotda xudoga shukurki, nolimayman o'z o'rnimga egaman va yoki shunday bo'lishi uchun harakat qilayapman. Aslida ota-onamni qarshi chiqishlarini bir sababi ham shular edi.

Hammaga omonlik tilab
kamina

MasxaraboZ
11-19-2005, 05:36 PM
Birinchi muhabbatim....uzoq uyladim...O'ninchi muhabbatam bular ekanda... :lool:

NYyankNY
11-19-2005, 07:03 PM
men ham sevgan edim 1 gizni .
guzal barno assal giz edi .yurardick ber berimizni sevip
yoshlik davrida maktab betish paytida 2kalamiz 1 sher yozgan edick
ichozatlariz bilan yozip bersam raxmat :)

Love
It seems like only yesterday
You were just a child at play
Now you're all grown up inside of me
Oh, how fast those moments flee

Once we watched a lazy world go by
Now the days seem to fly
Life is brief, but when it's gone
Love goes on and on

Love will live
Love will last
Love goes on and on and on

Once we watched a lazy world go by
Now the days seem to fly
Life is brief, but when it's gone
Love goes on and on:(

KhwarezmshaH
11-20-2005, 12:04 PM
Bittasi bulgandiyu lekin "muhabbatim" desam tugri buladimi yoki yuqmi bilmadim...:D
P.S: "muhabbatim", haqiqiy manoda demoqchiman.

Faruh
12-01-2005, 08:29 AM
AFSUS
Yoshligimdan sevdim bir qizni,
Ishqi bilan yondim o'shal dam.
Afsus, taqdir etmadi nasib,
Hadya bo'ldi mendan birovga.

Yillar o'tib, vaqt ham o'tibdi,
Men sevgan qiz ona bo'libdi.
Sho'rlik qizcha o'g'ilchasiga
Men oshiqning ismin qo'yibdi...

Godunov
12-01-2005, 12:32 PM
uylandizmi keyin yahshiroq qiz topib:rolleyes:
on:1chi muhabbat :( rosa yosh bola ekanmizda popkamdan chiqqan hatni eslasam nuqul kulgim keladi:lol: eh,mazza davrla bo'gan oma:P
Ha uylandim, gazeta yoki televizorlarda aytishadiyu- "Xudoga shukur, hayotimdan mamnunman" :D .
Adashmasam 4 sinflar edigov, shu bir qizni nomidan menga xat - "otashin muhabbat" xati bitilib sumkamga solib qo'yilgan ekan. Qizni o'zi yozganmi yo boshqami bilmadim, ishqilib hali muhabbatni tushunmaydigan kommunist edmda, bu xat menga xuddi xaqorat xatiday bechora qizni otashin muhabbatini shunchalik toptaganmanki, ota-onasidan tortib amma xolasigacha siylab chiqqanman. Qizni holatini hozir tasavvur qilib o'zimga o'zim "Ee odam bo'may keta" deb qo'yaman :)

Shock
12-01-2005, 01:54 PM
uylandizmi keyin yahshiroq qiz topib:rolleyes:LOL qoyilman savolga :D

Shirok-bobo
12-01-2005, 03:58 PM
yurakni ezvordiyizu okam!yiglagim kelyapti hozir!:( Birinchi Muhabbatim!

...Maktab davrlari,..., bizdan bir sinf quyida o'quvchi qiz bo'lardi. Xat yozishlar, tanaffusga hammadan oldin yugurib chiqib uzoqdan kuzatishlar,..., lekin, hech qachon ro'baro kelib gaplasha olmasdik.

...O'zimcha o'ylardimki, bu qizsiz qanday yashayman deb. Uxlasam ham, tursam ham, har bir soniyada xayolim shunda edi....

Hozir u bewafo oilali bo'lib, baxtli bo'lib ketdi.

Balkim yoshlik,..., balkim havas bo'lgandir, ....., inson unutar ekan,..., unut bo'lib ketdi.

Ammo har gal yoshlik damlari esga tushganda u albatta bir zum xayolimni egallaydi.......

Ehhhh, beg'ubor bolalik! Birinchi muhabbat!

Kecha oqshom falakda oy bo'zarib botganda,
Zuhro yulduz mo'ltirab xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma'yuslik sokinlik uyg'otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

O'tdi yoshlik zavq bilan, gohi to'polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayro ham tushdim ba'zan qalb bilan imon bilan
Lekin seni yo'qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g'aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.....

:?

Samarkand
12-02-2005, 08:13 AM
yurakni ezvordiyizu okam!yiglagim kelyapti hozir!:(

Ha Shirok-bobo, dardingiz og'ir ko'rinadiyu?

So'ylang, eshitaylik....:)

KhwarezmshaH
12-02-2005, 01:22 PM
Birinchi Muhabbat :)
Maktabga yangi borganimizda, nulevoy sinf dermidiey ishqilib bahor oylari edi shekili, birinchi o'qitivchimizni sevib qoganman :D
Oradan 3 oy o'tgandan keyin turmushga chiqib ketgan "bevafo" :D

Yoshizga kura bulish kerakda...:D :D

VatanparvaR
12-02-2005, 02:55 PM
Yoshizga kura bulish kerakda...:D :D

Yosh tanlamaydi deyishadiku ;)

Пушкарева
12-02-2005, 06:10 PM
Namuncha ozbek tiliz chiroyli. Mazza qib oqidim. Esimga Toshkentdagi radio Sezammi (not sure though) eng yahshi korgan eshitirishi keldi: "Kechir meni" degan.Uni bitta skilled jurnalist qiz olib borar edi, Sevinch degan. Sizzikiga ohshagan hikoyalarni (stories) etib berar edi. Kechasi soat 11-12larda eshitirshardi. Ushanda radioni odeyolimmi tegiga bekitib eshitar edim (oyim urishardilade, "uhla, kechgacha ashula eshitmi" deb).

Kimda yurakni ezadigan hikoyalar bosa (faqat rostakasim bosin), etib berila. Kelila, usha "Kechir meni" degan narsaga uhshah thread qililik. Bu uchun alohida thread ochimi, yoki shetta bo'vuradimi? O'zi bormi bu programmi eshitganlar??

Bu mavzuni boshlab odamni bir oz o'tmishni shirin damlariyu, achchiq iztiroblarini eslashga majbur qildingiz. :x

Birinchi muhabbat haqida eslasam, yuragimda qanaqadir orziqish, iliqlik tuyganday bo'lamanu, xayolim so'nggi iztirobli va aqlga sig'mas natijalarga kelganda yuqoridagi iliqlik, va nimalardir bo'g'zimga tiqilib hammasi bir uff bo'lib chiqib ketadi. To'g'ri vaqt ko'p narsani davosi, lekin hamma narsani emas. Qizig'i shundaki, bu bilan men yo'qotilgan birinchi muhabbatimdan afsusdaman ham deyaolmayman, aksincha bu taqdir, shunday bo'lgani ma'qul bo'lgan ekan deb o'ylab qo'yaman, o'zimcha.
Eslasam meni muhabbatim kitob yoki kinolardagidan ortiqroq bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin kam emas, hissiyotlarim aqlimni shunchalik egallab olgan ediki, hozir eslasam kulgim, ba'zida yig'lagim keladi, yaxshigina sherlar yozganman.
Bir kun kelib bunaqangi devona muhabbatga va muhabbatimga bag'ishlab kitob yozsam azabmas, ishonaman bu kitob to'la to'kis aql mahsuloti bo'lgan taqdirda ham uni o'quvchilar hissiyotlarga boy bir oshiq-devona yozganiga amin bo'lishadi.
Oramizdagi munosabatga meni oilamdagilarni qarshiligi tufayli juda noodatiy yakun yasaldi, na unda, na menda gunoh. Menimcha o'rtamizda hozir sevgi yo'q, lekin ba'zida (2-3 yilda) uchrashib qolsak, xuddi begonalardek bir birimiz bilan jimgina salomlashamiz va xayrlashamiz, hatto nima uchundir bir-birimizdan ko'zimizni olib qochamiz, u ketgach ko'ksim to'lib ketadi. U hozir oilali, bir nechta farzandlari bor (baxtli bo'lsin iloyim). Oradan yillar o'tib kimnidir to'y bazmida oxirgi uchrashganimizni eslayman: yonimga keldiyu, ismimni aytib "Illtimos, bu yurish nema yaxshiroq qiz topib uylaning" deb qoldi va javobimni kutmasdan burilib ketdi. Qiziq, mehr ko'rmagan yosh bolaga o'xshab ko'zimdan yosh chiqib ketganini bilmay qoldim, keyin ko'nglim buzilib to'yni tark etdim.
Birinchi muhabbat bilan bog'liq mana shunaqa gaplar, yuqorida aytganimdek aqilona o'ylab qarasam birinchi muhabbatimni xuddu shunday yakun topganidan mamnun bo'lishim kerak. Hozir hayotda xudoga shukurki, nolimayman o'z o'rnimga egaman va yoki shunday bo'lishi uchun harakat qilayapman. Aslida ota-onamni qarshi chiqishlarini bir sababi ham shular edi.

Hammaga omonlik tilab
kamina

Пушкарева
12-02-2005, 06:16 PM
:D :D :D Mani dadam ham birinchi sinfda oqituvchisini sevib qogan ekanla. Jiddiy. Etib berganlarida shunaqa kulgan edim. :D

Birinchi Muhabbat :)
Maktabga yangi borganimizda, nulevoy sinf dermidiey ishqilib bahor oylari edi shekili, birinchi o'qitivchimizni sevib qoganman :D
Oradan 3 oy o'tgandan keyin turmushga chiqib ketgan "bevafo" :D

Iqbol
12-02-2005, 09:03 PM
Ha Shirok-bobo, dardingiz og'ir ko'rinadiyu?

So'ylang, eshitaylik....:)

To'marisni so'ginganga o'hshayapti...

Gareeb
12-03-2005, 03:33 AM
Namuncha ozbek tiliz chiroyli. Mazza qib oqidim. Esimga Toshkentdagi radio Sezammi (not sure though) eng yahshi korgan eshitirishi keldi: "Kechir meni" degan.Uni bitta skilled jurnalist qiz olib borar edi, Sevinch degan. Sizzikiga ohshagan hikoyalarni (stories) etib berar edi. Kechasi soat 11-12larda eshitirshardi. Ushanda radioni odeyolimmi tegiga bekitib eshitar edim (oyim urishardilade, "uhla, kechgacha ashula eshitmi" deb).

Kimda yurakni ezadigan hikoyalar bosa (faqat rostakasim bosin), etib erila. Kelila, usha "Kechir meni" degan narsaga uhshah thread qililik. Bu uchun alohida thread ochimi, yoki shetta bo'vuradimi? O'zi bormi bu programmi eshitganlar??
Men esa sizning uzbek tilizdan hayron qoldim :shock:

Bo'larkanu uzbek tilida yozsa ham:D

thunderau
12-03-2005, 02:31 PM
ha' ajoyib guzal yoshliq davr,mening birinchi sevginim mavjud amas.
kalgusidimu ham shundaq,

infolife
12-03-2005, 05:44 PM
hey, qayerliksiz?:rolleyes: sir bo'masa:)
Forum uzda uzbek tilida g'alati bosa ham harakat qilib so'zlashuvchila soni ko'payib bormoqda.:)
1 savol, kim 1chi muhabbatini sho'ttan topdi, anu ikkisidan tashqari, anu Lady b/n Ausdan tashqari:) hapa bo'miysanla,senlani bilaman,qoganla ham bormi deyappanda:lol:
ha' ajoyib guzal yoshliq davr,mening birinchi sevginim mavjud amas.
kalgusidimu ham shundaq,

Sevinch
12-05-2005, 05:11 PM
Namuncha ozbek tiliz chiroyli. Mazza qib oqidim. Esimga Toshkentdagi radio Sezammi (not sure though) eng yahshi korgan eshitirishi keldi: "Kechir meni" degan.Uni bitta skilled jurnalist qiz olib borar edi, Sevinch degan. Sizzikiga ohshagan hikoyalarni (stories) etib berar edi. Kechasi soat 11-12larda eshitirshardi. Ushanda radioni odeyolimmi tegiga bekitib eshitar edim (oyim urishardilade, "uhla, kechgacha ashula eshitmi" deb).

Kimda yurakni ezadigan hikoyalar bosa (faqat rostakasim bosin), etib berila. Kelila, usha "Kechir meni" degan narsaga uhshah thread qililik. Bu uchun alohida thread ochimi, yoki shetta bo'vuradimi? O'zi bormi bu programmi eshitganlar??

Ha,men ham eshitardim faqat mavzusi boshqacha "Sensan sevarim"edi.
Har juma kunlari berardi.Juda yahshi kurib tinglardim.Juda sevgi haqidagi hikoyalarni chiroyli qilib uqishardi.Forumdoshlarimiz hikoyalari ham qolishmaydi ulardan.
Afsuski menda unaqa talant yuq.

NYyankNY
12-05-2005, 05:14 PM
1 sevgim sher yozip e'mail gptilar
toshkentdan eeee nima gilsam diman ha
sevgi gursin :rolleyes: :rolleyes:

Мен эслаб хаёлим етмас уйлаб,
Айланар савол тинмай нима гунохим,
Кани хатойим, не эди айбим.
Куз олдимдан хеч кетмас,
Охирги сузинг билгин,
Узгалар фикри афзал, мухим деганинг,
Гийбатли сузга таслим булганинг.
Хаёлимда сен, факат кайда булсам,
Худди кимдир исминг айтар,
Бу овоз, гузал сузлар
Сенинг кулгинг кетмас хеч хам.
Йук бу ёш, узимни оклаш
Ёки олдингда рахим-шафкат,
Уйготиш эмас, сенсиз бу хаёт
Менга кизикмас.
Аник биламан шуни,
Юрагим энди сендан узгани
Хеч хам чиндан сева олмайди,
Сева олмайди уйламайди хам.
Хаёлимда сен, факат кайда булсам,
Худди кимдир исминг айтар,
Бу овоз, гузал сузлар
Сенинг кулгинг кетмас хеч хам.
Бу овоз, гузал сузлар
Сенинг кулгинг кетмас хеч хам:lol:

Lorelei
12-05-2005, 06:18 PM
To'marisni so'ginganga o'hshayapti...
To'maris deganizga esimga tushib ketdi, meni birinchi muhabbatim to'maris deb chaqirardi:lol: ... Anuv kuni Tamaris firmasida ishlab chiqarilgan oyoq kiyimlarni kurdim, rosa sifati yaxshi. Uzimizzi To'marisni bu yoqlardayam bilisharkan-da deb hursand buldim.

Пушкарева
12-05-2005, 06:46 PM
:) Ha, usha eshitirishni nomini ozgartirishgan edi.Oldin "Kechir meni" edi keyinroq esa "Sensan sevarim" bolib qoldi. Bilasizu, jonajon yurtimizda nichto ne vechno.

Ha,men ham eshitardim faqat mavzusi boshqacha "Sensan sevarim"edi.
Har juma kunlari berardi.Juda yahshi kurib tinglardim.Juda sevgi haqidagi hikoyalarni chiroyli qilib uqishardi.Forumdoshlarimiz hikoyalari ham qolishmaydi ulardan.
Afsuski menda unaqa talant yuq.

Samarkand
01-31-2006, 02:28 PM
Eeyyyyy sen, go'zallar go'zali,
Insofing bormi o'zi?
Nega buncha urding sen,
Muhabbatim tosh kabi?

Qon yig'ladim necha yil,
Ariqlarda oqdi sel,
Selga uloqtirdingku,
Muhabbatim tosh kabi.

Qalay shoir (a) o'rtoqlar, bizzi sher ham sherga o'xshadimi?
Mashqda bu....

Lady_G
01-31-2006, 03:59 PM
hey, qayerliksiz? sir bo'masa
Forum uzda uzbek tilida g'alati bosa ham harakat qilib so'zlashuvchila soni ko'payib bormoqda.:)
1 savol, kim 1chi muhabbatini sho'ttan topdi, anu ikkisidan tashqari, anu Lady b/n Ausdan tashqari:) hapa bo'miysanla,senlani bilaman,qoganla ham bormi deyappanda:lol:
memulyeeem a kim aytdi sanga bunaqa deb?:lol: sher to'qivossanmi?:P

infolife savoliyizga nima desam ekan-a :D

shu savolni ko'rib o'ylab qoldim, bunaqa sevishganlar ko'p
ekanmikan-a deb :)

....

ana bopladi, oluuuu Platon***:D hullas to'yga aytish eslaringdan chiqmasin, i postimni o'chirishimniyam so'rab yurmalaring:sabber:

Mas'ud
02-02-2006, 01:21 AM
Dunyo ekan...
Ishq degan savdo
Bormi faqat mening boshimda?!
Kimni etmas bu ko'ngil shaydo,
Kim she'r yozmas mening yoshimda?!

Sevgi ilk bor tushdi-yu qalbga
Hayotimning bo'ldi mazmuni.
U qo'limga tutqazib qalam,
Ko'zlarimdan oldi uyquni.

Oldi butun fikru xayolim,
Ketdi dildan orom, halovat.
Sevgi butun borimni olib,
She'r zavqini qoldirdi faqat.

Borliq olam ko'zimga ming-ming Go'zallikka to'lib ko'rindi.
Gullar menga oshiq bulbulning
She'r daftari bo'lib ko'rindi...

Ayb etmangiz,
Do'stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko'ngil shaydo,
Kim she'r yozmas mening yoshimda?!

Erkin Vohidov