PDA

View Full Version : Kumushlarni qo'msab qolar ko'ngilcham...


BIBIHONUM
06-18-2005, 11:43 PM
Oq libosda o`tib qolsa kelinchak,
Havas bilan boqib qolar singilcham.
Mening esa qalbimda o`zga istak,
Kumushlarni qo`msab qolar ko`ngilcham.

Kimlargadir yoqmas mendagi holat,
Kimlargadir kulgilidir...-bu odat.
Atrofimga boqsam bo`lib hijolat,
Kumushlarni qo`msab qolar ko`ngilcham.

Qani endi kelsa edi qo`limdan,
Asrab qolar edim uni o`limdan.
Dugonalar ranjimangiz fe'limdan,
Kumushlarni qo`msab qolar ko`ngilcham.

Deyman gohi men ham betga chopmasam,
Kim yopadi aybingiz,-men yopmasam.
Gohi yuzingizdan hayo topmasam,
Kumushlarni qo`msab qolar ko`ngilcham.

Ko`zim tushsa xiyobonu-bog`larga,
Oy yuzini to`sib turgan dog`larga.
Ketgim kelar bosh olib uzoqlarga,
Kumushlarni qo`msab qolar ko`ngilcham.

Chigirtka ham uchar ammo, qush bo`lmas,
Ta'na toshdan qattiqroq musht bo`lmas.
Bu ketishda hech bir qiz Kumush bo`lmas,
Kumushlarni qo`msab qolar ko`ngilcham.

Dersiz balki zamonadan qolgan-da,
Men ham farishtamas aslin olganda.
Netay bundoq obdon nazar solganda,
Kumushlarni qo`msab qolar ko`ngilcham.

Uzun-uzun kokillari bel quchgan,
Qora qoshi o`sma suvlarin kechgan.
Baxtga yetdim deganda zahar ichgan,
Kumushlarni qo`msab qolar ko`ngilcham.

Suv bo`yida sirim aytdim toshlarga,
Maysalarni cho`miltirdim yoshlarga.
Deyman, xudo insof ber biz yoshlarga,
Kumushlarni qo`msab qolar ko`ngilcham... :) :P

Avtori no'malum :D

Aysuluv
06-21-2005, 04:36 PM
Niyatingizga eting, Bibihonum!

Gareeb
06-21-2005, 07:54 PM
Yashang Bibihonim... :D

mastertgtu
06-22-2005, 08:05 AM
Bu she'ringizni o'qib Yu. Usmonovaning "kelinchak" qo'shig'i esimga tushdi. Bu she'rning vazni ham huddi o'sha musiqaga tushadi. Ishonmasangiz hirgoyi qilib ko'ring... :))

BIBIHONUM
06-22-2005, 08:12 AM
Niyatingizga eting, Bibihonum!Siz mehribonlarimning duosi ila albatta yeturmen... :) Tashakkur! ;)



Marg`ilonda Kumushni ko`rdim,
Ko`ziga yosh olib turibdi.
Sochlarini maydalab o`rib,
Otabekni kutib yuribdi.

Tongda turib qalam qoshiga
O`sma qo`ygan ekan quribdi,
Ko`zdan oqqan achchiq yoshlari
O`smasini yuvib turibdi...

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yana yurak o`ynaydi yomon.
Qo`yvor zamin, qo`yvor osmon,
Men uyimga yetaman qachon?

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yurak yana o`ynadi yomon.
Toshkentga qiz berma Marg`ilon -
Qodiriy yo`q, Zaynablar omon!

Muhammad Yusuf

BIBIHONUM
06-22-2005, 08:17 AM
Yashang Bibihonim... :DBor bo'ling!!! :)




Kumush - bu tush,
Otabek - o'trik.
Marg'ilonda o'tmagan ular.
Qodiriy yo'q.
"Do'stlari" tirik,
O'z xalqini "sotmagan" ular.

Ular yaqin, ular xalqqa do'st.
Xiyonatni bilmagan ular.
O'tmish - bu tun.
O'tgan yangi kun -
Yo'qlar, do'stni sotmagan ular...

Islom Hamro

Shokirbek
04-10-2008, 11:02 AM
Yuqoridagi she'r ajoyib bitilgan ekan, hozir ko'ribman.

dauphin
04-10-2008, 12:07 PM
Bor bo'ling!!! :)




Kumush - bu tush,
Otabek - o'trik.
Marg'ilonda o'tmagan ular.
Qodiriy yo'q.
"Do'stlari" tirik,
O'z xalqini "sotmagan" ular.

Ular yaqin, ular xalqqa do'st.
Xiyonatni bilmagan ular.
O'tmish - bu tun.
O'tgan yangi kun -
Yo'qlar, do'stni sotmagan ular...

Islom Hamro

O'trik nima degani?

uzbegoyim
04-10-2008, 07:01 PM
Oq libosda o`tib qolsa kelinchak,
Havas bilan boqib qolar singilcham.
Mening esa qalbimda o`zga istak,
Kumushlarni qo`msab qolar ko`ngilcham.

Avtori no'malum :D


Bu she`rni avtori agar "Havas bilan boqib qolar singilcham" degan misra bomaganda Otabekni ozi yozgan desa bolardi. :D Yoki Otabekni singlisi ham boganmikin?:D

Shokirbek
04-11-2008, 12:29 AM
O'trik nima degani?
O'trik - yolg'on degani.

Bu she`rni avtori agar "Havas bilan boqib qolar singilcham" degan misra bomaganda Otabekni ozi yozgan desa bolardi. :D Yoki Otabekni singlisi ham boganmikin?:D

:)


Lekin, avtori BIBIHONIMning o'zi bo'lsa kerak, biroz hazil, biroz kamtarlik aralash shunday degan.

uzbegoyim
04-12-2008, 12:25 PM
Kumishlarni izlab yurgan yigitlarga qarata shunday degim keladi.
Otabekdek sevolsang har bir qiz kumish, sevolmasang hammasi Zaynab!

Elegance
04-13-2008, 03:51 AM
Kumishlarni izlab yurgan yigitlarga qarata shunday degim keladi.
Otabekdek sevolsang har bir qiz kumish, sevolmasang hammasi Zaynab!

Otabek-Kumush sevgisidaqa sevgi hech qachon bo'lmasa kerak... Betakror sevgi deyisharmidi... :)

lost
04-13-2008, 04:14 AM
Otabek-Kumush sevgisidaqa sevgi hech qachon bo'lmasa kerak... Betakror sevgi deyisharmidi... :)

offtopu lekin baribir, Zaynabdan nima ayb??

Balkim Kumush Zaynabni holatiga tushganda, uyam shu ishni qilardi.

Elegance
04-13-2008, 04:19 AM
offtopu lekin baribir, Zaynabdan nima ayb??

Balkim Kumush Zaynabni holatiga tushganda, uyam shu ishni qilardi.

Ehtimol... Lekin, ular orasidagi farq shundaki, Kumush sevilgan, Zaynab esa yo'q. Sevib turib, sevilmaslikdan og'ir jazo yo'q ayol zotiga... :)

lost
04-13-2008, 04:20 AM
Kumushlarni qo`msab qolar ko`ngilcham.

She'rdagi yashirin ma'noni topdim. :lol:
he shu ko'ngilchayizgayamda shu :lol:


jk

lost
04-13-2008, 04:22 AM
Ehtimol... Lekin, ular orasidagi farq shundaki, Kumush sevilgan, Zaynab esa yo'q. Sevib turib, sevilmaslikdan og'ir jazo yo'q ayol zotiga... :)
shu uchunam, zaynabni ayblash to'g'rimas, demoqchi edida shoir :D

Elegance
04-13-2008, 04:26 AM
shu uchunam, zaynabni ayblash to'g'rimas, demoqchi edida shoir :D


Ochig'i, she'rni o'qib chiqqanim yo'q. :D

Lekin, sevilmagan inson alamzadalikdan uzoq bo'lishi kerak. O'z sevgisidan o'ch olishga harakat qildimi, demak, bu sevgi emas.

Zaynabda ho'pam ayb bor.

lost
04-13-2008, 04:31 AM
Ochig'i, she'rni o'qib chiqqanim yo'q. :D

Lekin, sevilmagan inson alamzadalikdan uzoq bo'lishi kerak. O'z sevgisidan o'ch olishga harakat qildimi, demak, bu sevgi emas.

Zaynabda ho'pam ayb bor.


"shoir" deb ozimga nisbat berdimu :lol:


Zaynab qanaqasiga o'z sevgilisidan o'ch olishga harakat qiladi??
U o'zi uchun dushman bo'lgan odamdan, o'z sevgisi uchun kurashishda o'zi uchun eng ma'qul yol deb bilgan usulda qarshi kurashdi.
Zaynab - oqibatdan bir qadam oldin, sabab emas.



Ps. ikkalamizdan boshqa odam post qo'ymayaptimi, butuun porimda :D

Elegance
04-13-2008, 04:39 AM
"shoir" deb ozimga nisbat berdimu .lol:

Zanab qanaqasiga o'z sevgilisidan o'ch olishga harakat qiladi??
U o'zi uchun dushman bo'lgan odamdan, o'z sevgisi uchun kurashishda o'zi
uchun eng ma'qul yol deb bilgan usuliga qarshi kurashdi.
Zaynab - oqibatdan bir qadam oldin, sabab emas.

Ps. ikkalamizdan boshqa odam post qo'ymayaptimi, butuun porimda :D

O'rtoq "shoir", :D

Zaynab o'z sevgisiga kurashish yo'lida xatoga yo'l qoygan. Odamlarni majburlatib sevdirib bo'lmasligini unutgan.

Bu yog'i mantiq darsi bo'lib ketdi. Zaynab na oqibat, na sabab bo'lsa, unda nima sizningcha?

P.S.: Butuuuun porumda atigi 23 ta active users, shulardan yarmi turkiston forumini a'zolari... :D

lost
04-13-2008, 04:52 AM
O'rtoq "shoir", :D

Zaynab o'z sevgisiga kurashish yo'lida xatoga yo'l qoygan. Odamlarni majburlatib sevdirib bo'lmasligini unutgan.

Bu yog'i mantiq darsi bo'lib ketdi. Zaynab na oqibat, na sabab bo'lsa, unda nima sizningcha?


Man Zaynabni "oqibat emas" deganim yoq. Oqibatga yaqin dedim.
Agar Zaynabni o'sha vaziyatga qo'yishmasa edi, u zahar ishlatarmidi?
Agar Kumushni Zaynab o'rniga qo'yishsa, zahar ishlatilmasligiga qanday kafolat bor?

Zaynab birlamchi sabab bo'lmagan. Agar Kumush bir martada o'lgan bo'lsa, Zaynab har kun o'lib tirilgan.

Anu, eeeng chiroyli so'z bilan aytganda, noqobil Otabekdayam ayb ko'p. Kerak bo'lsa Zaynabdan ko'proq aybdor u.

Shunday ekan, hamma ishga, vaziyat qurboni - Zaynabni aybdor qilish noto'g'ri.

saturn
04-13-2008, 05:01 AM
ìàéëèìè ìàíàì ¸çñàì?? :)

èìõî:
çàéíàá - àéáäîð; óç õèñëàðèíè áîøêàðà îëìàé, êóìóøãà çàõàð áåðãàíè ó÷óí!
îòàáåê - àéáäîð; èêêàëà õîòèíèãà áèðäàê ìóíîñàáàòäà áóëîëìàñ ýêàí, íèìà êèëàðäè óéëàíèá??? áèëàðäè îíàñèíè êàðøè áóëèøèíè, ñåâãèëèñèíè àñðàøè ó÷óí õàì ñåâãèñèäàí âîç êå÷èøè êåðàê ýäè...
êóìóø - àéáäîð; :) ñåâãàíè ó÷óí!
îôòîáîéèì - àéáäîð; êåéèí÷àëèê áàðèáèð õàì êóíàðêàí, íèìà êèëàðäè áîøèäàíîê êèçèíè òîøêàíãà þáîðèøãà ðîçè áóëìàé???
óçáåêîéèì - àéáäîð; îäàìëàãà óëàíè êóðìàé òóðèá õóêì ÷èêàðãàíè ó÷óí :)
....
è ò.ä. è ò.ï.


àáäóëëà êîäèðèé - àéáäîð; þêîðèäàãè áàð÷à ñàáàáëàð ó÷óí...




çû. õîðìåí, ýëåãàíñ õîíèì... áîîîìèñèç??? ;; )
çûû. ëîñò - ýáëåêñ!
çûûû. à áóíäî áîøêà áóëèìëàãàÿì êèðèá óòèëà : )

Elegance
04-13-2008, 05:08 AM
Man Zaynabni "oqibat emas" deganim yoq. Oqibatga yaqin dedim.
Agar Zaynabni o'sha vaziyatga qo'yishmasa edi, u zahar ishlatarmidi?
Agar Kumushni Zaynab o'rniga qo'yishmasa, zahar ishlatilmasligiga qanday kafolat bor?
Zaynab birlamchi sabab bo'lmagan. Agar Kumush bir martada o'lgan bo'lsa, Zaynab har kun o'lib tirilgan.

Anu, eeeng chiroyli so'z bilan aytganda, noqobil Otabekdayam ayb ko'p. Kerak bo'lsa Zaynabdan ko'proq aybdor u.

Shunday ekan, hamma ishga vaziyat qurboni Zaynabni aybdor qilish noto'g'ri.

Oxir-oqibat, Otabekka ham yetib keldik. :)
Kumush-Zaynab xolatida Otabek eng asosiy aybdor. Uzbekoyimga qat'iyatlik bilan Zaynabga uylanmasligini aytishi kerak edi. Uylanganidan keyin esa, Kumush va Zaynabga bir xil munosabatda bo'lsa, bu holat yuzaga kelmagan bo'larmidi.

Lekin har bir vaziyatni ma'lum bir qismlarga bo'lib qaraladigan bo'lsa,Zaynabni butunlay oqlashga hech qanday asos yo'q. Ming rashk qilgani bilan, zaharlash uchun bu narsa sabab bo'la olmaydi. Zaynab vaziyat qurbonimas, aslida, Kumush vaziyat qurboni. Vaziyatni o'ta murakkablashtirib yuborgan esa Zaynab bo'ladi.

Juda ham oqlavordiz Zaynabni. :-)

P.S.: Esimda, adabiyot o'qituvchimiz "O'tgan kunlar" ni, Kumushning o'limi sahnasini o'qib berayotganlarida rosa yig'lagan edilar. O'shanda nima sabab bo'lganiga tushunmagan ekanmiz.

lost
04-13-2008, 05:08 AM
ìàéëèìè ìàíàì ¸çñàì?? :)

èìõî:
çàéíàá - àéáäîð; óç õèñëàðèíè áîøêàðà îëìàé, êóìóøãà çàõàð áåðãàíè ó÷óí!
îòàáåê - àéáäîð; èêêàëà õîòèíèãà áèðäàê ìóíîñàáàòäà áóëîëìàñ ýêàí, íèìà êèëàðäè óéëàíèá??? áèëàðäè îíàñèíè êàðøè áóëèøèíè, ñåâãèëèñèíè àñðàøè ó÷óí õàì ñåâãèñèäàí âîç êå÷èøè êåðàê ýäè...
êóìóø - àéáäîð; :) ñåâãàíè ó÷óí!
îôòîáîéèì - àéáäîð; êåéèí÷àëèê áàðèáèð õàì êóíàðêàí, íèìà êèëàðäè áîøèäàíîê êèçèíè òîøêàíãà þáîðèøãà ðîçè áóëìàé???
óçáåêîéèì - àéáäîð; îäàìëàãà óëàíè êóðìàé òóðèá õóêì ÷èêàðãàíè ó÷óí :)
....
è ò.ä. è ò.ï.


àáäóëëà êîäèðèé - àéáäîð; þêîðèäàãè áàð÷à ñàáàáëàð ó÷óí...




çû. õîðìåí, ýëåãàíñ õîíèì... áîîîìèñèç??? ;; )
çûû. ëîñò - ýáëåêñ!
çûûû. à áóíäî áîøêà áóëèìëàãàÿì êèðèá óòèëà : )


aybni faqat zaynabga qo'ymaganiz uchun, tnx sizga.



ZY.:lol: lost bilan elegansam aybdor demadiz yaxshi : )))))
ZYY. tiiinchgina o'tirsamam, ablex deb ketishdiya :devil3d:

lost
04-13-2008, 05:13 AM
Oxir-oqibat, Otabekka ham yetib keldik. :)
Kumush-Zaynab xolatida Otabek eng asosiy aybdor. Uzbekoyimga qat'iyatlik bilan Zaynabga uylanmasligini aytishi kerak edi. Uylanganidan keyin esa, Kumush va Zaynabga bir xil munosabatda bo'lsa, bu holat yuzaga kelmagan bo'larmidi.

Lekin har bir vaziyatni ma'lum bir qismlarga bo'lib qaraladigan bo'lsa,Zaynabni butunlay oqlashga hech qanday asos yo'q. Ming rashk qilgani bilan, zaharlash uchun bu narsa sabab bo'la olmaydi. Zaynab vaziyat qurbonimas, aslida, Kumush vaziyat qurboni. Vaziyatni o'ta murakkablashtirib yuborgan esa Zaynab bo'ladi.

Juda ham oqlavordiz Zaynabni. :-)

P.S.: Esimda, adabiyot o'qituvchimiz "O'tgan kunlar" ni, Kumushning o'limi sahnasini o'qib berayotganlarida rosa yig'lagan edilar. O'shanda nima sabab bo'lganiga tushunmagan ekanmiz.

Butunlay oqlamaymanu, lekin haaaaar doim faqatgina Zaynabni "yovuzlik timsoli" qilishlariga qarshiman.



Zaynab :doctor: - :love:

AbdulAziz
04-13-2008, 10:15 AM
ORZUDAGI MUHABBAT HAQIDA QO‘SHIQ

Dilimda yasharding muhabbat,
Men buni bilardim, bilardim.
Marg‘ilon qaydaligin bilmasam ham,
Otabek misoli yurardim.

Ishonar edim men bir kuni
Marg‘ilon borishim, sevishim...
O‘shanda suvgami chiqar... deb,
Men qancha kutganim Kumushim...

Hayolan goh kulib, goh so‘lib,
Marg‘ilon tomonga tortar jon.
Yulduzlar poyida o‘ltirib
Ertaklar aytganda Andijon.

... Ulg‘aydim, hayot ne bildim men,
Umidlar yor bo‘ldi yo‘limda.
Marg‘ilon qayda deb izladim.
Sevgilim Kumushim ko‘nglimda.

So‘ng bir kun... o‘kirib yig‘ladim,
Marg‘ilon yo‘lidan qaytarkan.
Shamollar ro‘molcha tutdilar,
Ko‘nglimga taskinlar aytarkan.

Marg‘ilon, Marg‘ilon topib ber,
Topib ber, sevgilim Kumushim...
...Men bilgan Marg‘ilon yo‘q ekan,
Nahotki, Zaynabni sevishim?!.

Yo‘q, yo‘q, ko‘ksimda bir olam
Men o‘sha diyordan kelmasman.
Ey, hayot, qo‘y meni, qiynama,
Sevgimni o‘zgaga bermasman.

Men bilgan Marg‘ilon ko‘ksimda,
Ko‘ksimda men bilgan Kumushim...
Zaynabim bo‘lsa ham yonimda,
Qo‘ymasman men uni sevishim...

Kumushim, men bilan Kumushim!
Kumushim, men bilan Kumushim!

Minhojiddin Mirzo

minaret
04-13-2008, 12:57 PM
"shoir" deb ozimga nisbat berdimu :lol:


Zaynab qanaqasiga o'z sevgilisidan o'ch olishga harakat qiladi??
U o'zi uchun dushman bo'lgan odamdan, o'z sevgisi uchun kurashishda o'zi uchun eng ma'qul yol deb bilgan usulda qarshi kurashdi.
Zaynab - oqibatdan bir qadam oldin, sabab emas.



Ps. ikkalamizdan boshqa odam post qo'ymayaptimi, butuun porimda :D
MUHABBAT faqat ezgulikka yaxshilikka undaydi,sevgan kungil razillik qila olmaydi,qila oldimi u MUHABBAT emas.Qanchalik qiynalib ming marta ulmasin yomonlik qila olmaydi,chunki SEVGan qalbda Olloh buladi.

cianore
04-13-2008, 02:07 PM
MUHABBAT faqat ezgulikka yaxshilikka undaydi,sevgan kungil razillik qila olmaydi,qila oldimi u MUHABBAT emas.Qanchalik qiynalib ming marta ulmasin yomonlik qila olmaydi,chunki SEVGan qalbda Olloh buladi.

Vuah, siz masalani umuman boshqa tomonidan olibsiz u..

Zaynab "gentlemen"cha ish tutib, Otabekni Kumushga "sovg'a" qilishi kerakmidi? Uni, biroz dunyoqarashi tor bo'lgan ekanda, Kumushdan qutulsam, Otabek o'zimniki bo'ladi, birga baxtli yashaymiz deb o'ylagan balki. Sababni Kumushda ko'rgan, Oqibatni anglab yetmagan. Zaynab aslida muhabbati uchun kurashmoqchi bo'lgan, lekin xato qilgan. O'sha xatosi tufayli, mana siz bilan biz uni muhokama qilib o'tiribmiz..

PS: Ko'rilayotgan xolatda ta'sir etuvchi omillar ko'p bo'lgani uchun, har bir omilga asos bo'lgan sababchi ma'lum miqdorda aybdor. Biz faqat bitta omilni alohida ko'ra olmaymiz...

Gareeb
04-13-2008, 02:21 PM
Otabek tabiatida qarama qarshilik bordek.
Yozuvchi uni oqil,donishmand qilib taswirlaydi, u esa ehtirosga berilib erlik wa farzandlik mas'uliyatiga panja ostidan qaraydi.
Zaynabga qilingan muomalani oqlab bo'lmaydi.

Bu thread Qodiriyni tanqid qilish uchunmasdi chog'i....

uzbegoyim
04-13-2008, 08:03 PM
Otabekdek sevolsang har bir qiz kumish, sevolmasang hammasi Zaynab!



Demoqchi boganim, Kumushni Kumush qilgan narsa nima edi?
Qutidorni uyidan chiqmay otirganda biz uni hatto borligini ham bilmasdik.
Biz uni tanidik qachonki Otabek unga oshiq bolib butun dunyoni unutganida.
Biz unga Otabekning kozlarida boqdik va u dunyodagi eng go`zal ayol bolib jilvalandi koz ongizmida. Ha, haqiqatda gozal ayol edi, shu bilan birga shaddod, sozga usta (Zaynab bilan bolgan voqealarni eslasangiz kerak) uddaburon ham edi. Biz bu hislatlarni barini ijobiy deb topamiz chunki u biz sevgan Kumushning hislatlarida. Agar Zaynab shunaqa boganda shaddod emas bebosh (bazilar bezori ham devorishi mumkin), sozga ustani urishqoq yoki gapdon, uddaburonni -ayyor yoki makkora kabi sozlar bilan tasvirlardik. Chunki biz Zaynabni yomon koramiz. NEga? Chunki Otabek yomon koradi va u bizga ham uni shunday korsatadi. Agar Zaynab boshqaga tekkanida va osha boshqaning kozlari bilan Zaynabni korganimizda biz unga ham maftun bolardik.
Shu manoda agar Otabekdek sevolsang har bir qiz Kumush sevolmasang hammasi Zaynab degandim.
Agar Kumushni sevgandek sevolmasang yaxshisi uylanma unga! Chunki birovning sevimli Kumushi bolishi mumkin bolgan qizni bekorga uvol qilasan, mehrga zor qilib ohir-oqibatda baxtiraqo ZAYNABga aylantirib qoyasan!

Mas'ud
04-13-2008, 08:25 PM
Agar Otabek avvalboshdan Kumushga uylanish haqida ota-onasining roziligini olganida edi, hammasi yahshi bo'lar edi... Ota-ona roziligisiz qilingan har bir ish xayrli yakun topmaydi... Bu isbot talab qilmaydigan haqiqat...

Kalon Bek
04-13-2008, 08:26 PM
Agar Otabek avvalboshdan Kumushga uylanish haqida ota-onasining roziligini olganida edi, hammasi yahshi bo'lar edi... Ota-ona roziligisiz qilingan har bir ish xayrli yakun topmaydi... Bu isbot talab qilmaydigan haqiqat...


Kumush haqida yozilganidan yomi bratan?

Inspiredmind
04-14-2008, 08:00 AM
exx sizlar...sizlarga men bir so'z bilan ayta olaman, meni sevgim Otabeknikidan qolishmaydi...

Prince
04-14-2008, 11:13 AM
Kumushga atalgan she'r

Marg`ilonda Kumushni ko`rdim,
Ko`ziga yosh olib turibdi.
Sochlarini maydalab o`rib,
Otabekni kutib yuribdi.

Tongda turib qalam qoshiga
O`sma qo`ygan ekan quribdi,
Ko`zdan oqqan achchiq yoshlari
O`smasini yuvib turibdi...

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yana yurak o`ynaydi yomon.
Qo`yvor zamin, qo`yvor osmon,
Men uyimga yetaman qachon?

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yurak yana o`ynadi yomon.
Toshkentga qiz berma Marg`ilon -
Qodiriy yo`q, Zaynablar omon![

Prince
04-14-2008, 11:14 AM
Muhabbat, ey go'zal iztirob,
Ey ko'hna dard, ey ko'hna tuyg'u.
Ko'kragimga qo'lingni tirab,
Yuragimni to'kib qo'yding-ku.

Qancha ko'zlar menga zor edi,
Na g'am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so'kib qo'yding-ku.

Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo'yding-ku.

Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo'lsang qiynab to'yding-ku.

Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo'yding-ku!

Muhabbat, ey go'zal iztirob,
Ko'chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko'zlarimni boylab qo'yding-ku!.

Prince
04-14-2008, 11:16 AM
Sevolmaydi meningdek...

Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz cho`kib yig`lar, ehtimol,
Lekin sodiq bo`lolmaydi meningdek!..

Aldanma yor, aldamchilar makriga,
Malak bo`lma bevafo ishq shahriga,
Ular seni bir bossa bas bag`riga,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Yo`ling kesib o`tsam - o`zim hijolat,
Uzoqdan bir seni ko`rsam kifoyat,
Bir nigohing o`zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Joningga jon bo`lmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Sen ko`kdagi harir ko`ylak, hur-pari,
Ko`k ko`ldagi tinib qolgan suvpari.
Muhammadning ko`nglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

akamullo
04-17-2008, 01:36 AM
ÿøøàâîðèíãåååå ððàêà òîïèíã øóí÷à èëõîìíè ýàûäàí îëäèç?
ñîðàãàíäà àûáè ¸ý ðîñà äàðäèç áîðãà îõøàûäè ààà?

AbdulAziz
07-28-2008, 08:54 PM
OTABEKNING KUMUSHBIBIGA AYTILMAGAN SO’ZLARI

Siz mendan behuda ranjibsiz, bibim,
G’animlar maktubin haqlarga yo‘yib.
Sevgini, vafoni chetlab o‘tib jim,
Ro‘siyoh qog‘ozni «Oq!» debsiz kuyib.

Nahot meni shuncha tuban ko‘rdingiz,
Nahot qodir bo‘lsam nomard ishiga?
Nahot siz, siz mendan yuz o‘girdingiz,
Nahot yo‘l berdingiz haydalishimga?!

Mayli, men ketaman mag‘rur, qasdma-qasd
Menga ilhaq ko‘zlar tomon bir yo‘la.
Unutmang! Soddadil Kumushga emas,
Bu dunyo isyonkor Zaynabga to‘la!

Dilmurod Sayyid

Abdu Al Azizi
07-28-2008, 11:07 PM
Oq libosda o`tib qolsa kelinchak,
Chigirtka ham uchar ammo, qush bo`lmas,
Ta'na toshdan qattiqroq musht bo`lmas.
Bu ketishda hech bir qiz Kumush bo`lmas,
Kumushlarni qo`msab qolar ko`ngilcham.
:D

Mana shu kupletta bir misra borki, u qalbimdagi dardni uqidi, bu bir!
Nafaqat sizni kugilchangiz(yoki noma'lum shahssniki) kaminaning katta kungli ham Kumushlarni qumsaydi, bu ikki.

Shoir
07-29-2008, 12:08 AM
ÿøøàâîðèíãåååå ððàêà òîïèíã øóí÷à èëõîìíè ýàûäàí îëäèç?
ñîðàãàíäà àûáè ¸ý ðîñà äàðäèç áîðãà îõøàûäè ààà?

Bu ilhomu, dardlar Muhammad Yusufniki, Price niki emas!

AbuMuslim
08-23-2008, 11:28 AM
ýõ, õîçèð êóìóøëàð é¢ê... õàììà ¸êäà çàéíàáëàð-ó ¢çáåãîéèìëàð...