PDA

View Full Version : Bo'lajak kuyov bola va kelinning uchrashuvlari


Samarkand
07-03-2005, 01:34 PM
Yoxud Soat aka Sharipov tele-shousiga oid.......


Surxondaryoning Qumqo'g'onidan ajoyib bir do'stim bor. U kishi bilan institutda birga o'qiganmiz bir waqtlar. Shu kishining hangomalaridan:

Bizda Uzbekistonning chekka qishloqlarida ko'pchilik yoshlar dehqonchilik bilan kun ko'rishadi. Mehnat qilishganda ham yil 12 oy qo'llaridan ketmon tushmaydi. Tong azondan ish toooo qorong'u tushgancha.......

Ana shunday chekka bir qishloqlarda bir yigit bir qiz fotiha qilingan ekan. Yigitning qo'li hech ishdan bo'shamaydi, uning ustiga, kechgacha horib charchab kelib, yana har kun bo'lajak kelin bolani ko'rgani bo'lajak qaynotasini uyiga borarkan.

.....Chekka qishloqlarda hali ham shifersiz uylar bor. Bunaqa uylarda odamlar hali ham yashashadi. Yoki yozgi bog'lariga shunaqa uylar qurib yoz 4-5 oyni shu erda o'tkazishadi....

Xullas kalom, yigit har kuni kech tushishi bilan kelib ana shu shufersiz uyning tomiga chiqib, kelin bolani chiqishini kutib turarkan. Tomga chiqqanda ham eshikning tepasidan yotib olib, eshikdan kimni chiqishini qarab har zamonda kessak ham tashab turar ekan:ninja:. Uydagilar uxlagach bo'lajak kelin bola ham asta chiqib (u ham bilar ekanda) tomga qararkan.....

Bir kun yigit qurg'ur nima bo'libdiyu, eshik tepasida yotgan joyida uxlab qolibdide,:sleepy: heheheheh :). Aksiga olib kelin bola ham shu kuni chiqa olmagan.

Bir waqt yigit ko'zini ochsaaaaaa, quyosh chiqib ketgaaaaan, ha soat shu kunduzi 10 lar bo'lib qolganda. Yigitni hamma ko'rgan, qarasa hovlida hamma yuribdi. Bizzi pahlovon esa tomdan boshini chiqarib 10 gacha uxlabdide. Hehehehehe. :)

Shunda yigit o'zini tomni orqasidan tashab qochgan ekan:oops:
:)


Hurmatli forumdoshlar, bizda bunaqa qiziqarli voqealar juda ko'p uchraydi. Siz ham eshitgan bilganlaringizdan o'rtoqlashing.