View Full Version : "O'tgan kunlar" romaniga tanqidiy nazar...
Shokirbek
07-05-2005, 01:41 PM
Ma'lumki, mashhur o'zbek yozuvchisi, yuksak qalam sohibi marhum Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" romani o'zbek adabiyotida eng yuqori mavqelardan birini egallaydi. Ko'plab yozuvchilar, adabiyotshunoslar uning aksar adabiy qirralarini, ijobiy tomonlarini yoritib, taqrizlab berishgan. Biroq, romanga tanqidiy yondashib, kamchilik va qusurlarini, salbiy jihatlarini o'quvchilarga taqdim etilgan maqola o'qimagan ekanman.
Muhtaram forumdosh do'stlar romanni o'qish mobaynida salbiy jihatlarga duch kelganmilar, kamchiliklar uchraganmi, shular borasida forum ahllarining fikri qalay?
Colpan
07-05-2005, 02:18 PM
http://www.kitapstore.com/i/k/39/39477_k_5161.jpeg
This book was translated into Anatolian Turkish.
Royal
07-05-2005, 03:40 PM
http://www.kitapstore.com/i/k/39/39477_k_5161.jpeg
This book was translated into Anatolian Turkish.
Shokirbek
mana kamchilik!
Bevafo
07-05-2005, 04:11 PM
Ma'lumki, mashhur o'zbek yozuvchisi, yuksak qalam sohibi marhum Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" romani o'zbek adabiyotida eng yuqori mavqelardan birini egallaydi. Ko'plab yozuvchilar, adabiyotshunoslar uning aksar adabiy qirralarini, ijobiy tomonlarini yoritib, taqrizlab berishgan. Biroq, romanga tanqidiy yondashib, kamchilik va qusurlarini, salbiy jihatlarini o'quvchilarga taqdim etilgan maqola o'qimagan ekanman.
Muhtaram forumdosh do'stlar romanni o'qish mobaynida salbiy jihatlarga duch kelganmilar, kamchiliklar uchraganmi, shular borasida forum ahllarining fikri qalay?
Men bilaman bitta kamchlik, Kumush o'lmasligi kerak edi;) bu Abdulla Qodiriyni katta xatosi :lool:
Shokirbek
07-05-2005, 04:24 PM
Men bilaman bitta kamchlik, Kumush o'lmasligi kerak edi;) bu Abdulla Qodiriyni katta xatosi :lool:
Fikr bildirganingiz uchun rahmat. Boshqalarning nuqtai nazarlarini kutamiz..
Joe_Blake
07-05-2005, 04:25 PM
Men bilaman bitta kamchlik, Kumush o'lmasligi kerak edi;) bu Abdulla Qodiriyni katta xatosi :lool:
Bu asarning asosiy qismi bo'lib o'tgan voqea, bu taqdir, yozuvchining xatosi emas ;)
ALkotA
07-05-2005, 06:00 PM
hmm
Uzurlarimni oldindan keltiraman
chunki bu romanni uqiganimga ancha vaqt buldi.
Lekin uqigan zamonimda bazi voqiyalarning yillari xato berilganida shubham bor edi.
Joe_Blake
07-05-2005, 06:26 PM
hmm
Uzurlarimni oldindan keltiraman
chunki bu romanni uqiganimga ancha vaqt buldi.
Lekin uqigan zamonimda bazi voqiyalarning yillari xato berilganida shubham bor edi.
Balki bo'lishi mumkin chunki bu asar repressiya paytida yozilgan ;)
Bevafo
07-05-2005, 07:20 PM
hmm
Uzurlarimni oldindan keltiraman
chunki bu romanni uqiganimga ancha vaqt buldi.
Lekin uqigan zamonimda bazi voqiyalarning yillari xato berilganida shubham bor edi.
sizlar tarixiy kashfiyot qilayabsizlar manimcha :lool:
shu paytgacha hech kim tanqid qilmagandi bu bir.
Ikkinchidan bu yerdagi tarixiy sanalarda xato borligini nima ahamiyati bor, bu tarixiy maqola emasdir :lool:
Joe Blake siz siyosatga arlashmang :lool:
Royal
07-05-2005, 07:31 PM
Balki bo'lishi mumkin chunki bu asar repressiya paytida yozilgan ;)
Huddi osha repressiya davrida yozilgani uchun , asarda Otabek ham boshqa bir parcha hat orqali sal qoladi "osilib" ketishiga.
Lekin hayotda ham Abdulla Qodiriyni oziyam bir gugurt qutishasi ustiga yozgan baiti uchun ketgan deyishadi....
Samimiy
07-05-2005, 08:17 PM
Menga Otabekning osonlikcha taqdirga tan berib quyishi, baxti uchun yetarlicha kurashmasligi yoqmaydi. Masalan Homid Otabekning nomidan taloq xati yozgandan keyin Otabek qaynotasi tomonidan quvgin buladi. Lekin undan keyin uzoq vaqtgacha buning sababini surishtirmaydi, oradagi tushunmovhilikni bartaraf qilishga urinmaydi.
Undan tashqari Kumushni Toshkentga olib ketishga ham unchalik urinmaydi. Faraz qilaylik, Kumush Toshkentga Otabek Zaynabga uylanishidan oldin borganda, hikoya fojia bilan tugamagan bulardi. Bilaman, roman bulgan voqealarga asoslangan, lekin aytmoqchi bulganim Otabek uz baxti uchun yetarlicha kurashmaydi.
Samimiy
07-05-2005, 08:22 PM
sizlar tarixiy kashfiyot qilayabsizlar manimcha :lool:
shu paytgacha hech kim tanqid qilmagandi bu bir.
Ikkinchidan bu yerdagi tarixiy sanalarda xato borligini nima ahamiyati bor, bu tarixiy maqola emasdir :lool:
shu paytgacha hech kim tanqid qilmagandi bu bir.
Bundan qattiq shubhalanaman. Bu mashhur roman bulgani uchun tanqid qilganlar ham kup bulganligi aniq.
Ikkinchidan bu yerdagi tarixiy sanalarda xato borligini nima ahamiyati bor, bu tarixiy maqola emasdir :lool:
Tarixiy maqola bulmasa ham "Otgan kunlar" avtorning suzlarida - "O'zbeklar turmishidan tarixiy ro'man".
"Mehrobdan chayon" ham shunday: "Xudoyorxon va munshiylari hayotidan tarixiy ro'mon". Shuning uchun sanalar aniq bulsa yanayam yaxshi. Lekin tugri, buning unchalik ham ahamiyati yuq.
ALkotA
07-05-2005, 09:55 PM
sizlar tarixiy kashfiyot qilayabsizlar manimcha :lool:
shu paytgacha hech kim tanqid qilmagandi bu bir.
Ikkinchidan bu yerdagi tarixiy sanalarda xato borligini nima ahamiyati bor, bu tarixiy maqola emasdir :lool:
1. Tarixiy kashfiyot demangki , yani uz fikrim
2. Hechkim tanqid qilmagan bulsa ham man uz fikrimni va undan avvaliga uz uzurimni aytganman chunki man bu romanni uqiganimga ancha vaqt buldi .
3. Tarixiy maqola ? hmm brotux tib snochalo prochetalbi o chom tam idyot rech.
i v " minuvshye dni " i " mehrobdan chayon " realdan olinganini uzi takidlagan.
Bu demishki bulgan voqealarni tvsil qilmoqda (ikkinchi darajali sahnalarni).
Otabekninig sungra ruslarga qarishi jangga ketganini va Anvar bilan Ra`nonig vodiyga Toshkanddan qaytib kelishi haqida uz qulog`i bilan eshitganini yozgan .
ALkotA
07-05-2005, 09:57 PM
Va yana Tarix sahifalari hamma manbalarda ham tug`ri (yoki bir hil ) kelavermaydi .
DaeAnd
07-06-2005, 01:55 AM
"O'tkan kunlar"- ajoyib asar. Xali xanuz bizni o'ylashga majbur qiladi. Qodiriy "O'tkan kunlar"da Kumushni "o'ldirib" qo'ygani uchun, o'zi ham ichi to'lmaganmi, "Mehrobdan chayon"da ojiza qahramonini qutqarib qolishga harakat qilib, "qochirib" yuboradi. Aks holda ta'na-dashnomu, ayblovlarga to'lib ketarmidi....
Shokirbek
07-06-2005, 02:58 AM
Rahmat.
"O'tgan kunlar"ning tarixiy romanligi to'g'ri. Lekin, undagi voqea, hodisalar, suhbatlar ipidan ignasigacha tarixdan ko'chirilgan, deb bo'lmaydi. Asosiy qahramonlarning, asosiy voqealarning tarixda o'tganligi "tarixiy roman" deyilishi uchun kifoya. Undagi ikir-chikirlarni esa, muallif iste'dodi keltirgan, uning rangli qalami sayqal bergan deya olish imkoniyatidamiz.
U repressiya vaqtida yozilgan, degan fikrga kelsak, fikrimcha unday emas. Zero, kitobning birinchi nashri 1926-1927- yillardan keyin boshlangan. 18-20-yillardan tortib, 30-yillarning boshlarigacha xalqimiz ancha muncha erkin harakatda bo'lgan. Qo'qon muxtoriyati ham tuzukkina ish olib borgan. Kommunistlarning xiyonatidan keyin xalq orasida ozodlik harakati boshlanib, har joyda qo'rboshi, mingboshi, ba'zi ziyolilardan iborat turli quruhlar tashkil bo'la boshlagan ("bosmachilar" deb atashgan uni kommunistlar). Shundan keyin bir necha yillar urush bo'lib, o'sha guruhlar noittifoqligi bois o'rislarning qo'li baland kelgan, kommunistlarga qarshi kurashib turganlar ko'p yerlarda oralarida nizo va xusumatlar paydo bo'lib, o'zlarining ildiziga o'zlari bolta urishga yordam berganlar. Kommunistlarga bu juda qo'l kelib 30-yillarning ikkinchi yarmidan qatag'on-repressiyani boshlab yuborishgan..
Shokirbek
07-06-2005, 03:20 AM
Undan ilgari ham ba'zi shaxslarga zulm, zug'umlar bo'lgan, lekin ommaviy repressiyalar yuqoridagi sanalarda boshlangan bo'lishi kerak.
"O'tgan kunlar"dagi kamchiliklarga kelsak, avvalo, muallifning yirik bir yozuvchi, yuksak bir adibligini tan olish kerak. Muallif ko'p o'rinlarda o'quvchilarni o'zining beqiyos iste'dodi bilan maftun qiladi, buni o'qiganlarning barchalari aytishadi.
Biroq, shunday bo'lsada, kitobda o'yalb ko'riladigan, tanqid qilishga arziydigan, hech bo'lmaganda qarshi fikr bildiriladigan o'rinlar ham yo'q emas.
Masalan, Otabek Toshkent safaridan keyin uyga kelib o'tirganda, kundosh masalasini qaynonasi qiziga bildirgandan keyin xotini uning yoniga kelib o'tiradi.
Shunda kelgan bir "epizod"ga e'tibor bering. Unda taxminan (yodimda qolganicha, chunki hozir yonimda yo'q kitob) shunday deyilgan:
- Kim yig'latdi sizni?
- Yig'laganim yo'q...
- Ko'zingiz, kiprigingiz...
- O'zi shunday...
- Yiglatgan men emasmi?
- Men rozi, men ko'ndim.
- Ota-ona roziligini sizning bir tomchi ko'z yoshingizga arzitdimmi?..
Meni o'quchilar ma'zur tutsinlar agar so'nggi iborada xato qilgan bo'lsam, eslashimcha shunday edi.
Endi o'ylab ko'ring. Ota-onaning insoniy qadriyatlardagi o'rni shu bir tomchi ko'z yoshga arzimaydigan bo'lishi kerakmi? Nahotki muallif bilmasalar onaning qadri nechog'lik buyukligini, otaning qadri ham onanikidan qolishmaydi. Boring, Otabekning qalbini Kumushga bolgan muhabbat egallab turgan bo'lsin, nahotki o'z ota-onasini qadrlaydigan odam shunday gaplarni ular haqida aytsa. O'zingizni ota-ona o'rniga qo'yib ko'ring. O'g'lingiz keliniga qarab: "Ota-onamning roziligini Sizning ko'z yoshingizga arzitdimmi (ya'ni, ularning roziligi sizning ko'z-yosh to'kib o'tirishingizga arzigulik emas!)" desa, xafa bo'lmaysizmi?
DaeAnd
07-06-2005, 03:31 AM
Endi o'ylab ko'ring. Ota-onaning insoniy qadriyatlardagi o'rni shu bir tomchi ko'z yoshga arzimaydigan bo'lishi kerakmi? Nahotki muallif bilmasalar onaning qadri nechog'lik buyukligini, otaning qadri ham onanikidan qolishmaydi. Hurmatli Shokirbek. Muloxazalaringiz tugri. Lekin nega Kumushda faqatgina ayol timsolini kuryapsiz? Usha davrlarda og'ir ahvolga tushib qolgan xalqu, uning to'kayotgan ko'z-yoshlariga qilingan imo emasmikin bu so'zlar... O'zingniki shunday jabr ko'rishga majbur qilganda, qarshi hanjar urolmasdan qolsang, kimni ayblash kerak?
Asadbek
07-06-2005, 03:43 AM
- Kim yig'latdi sizni?
- Yig'labmanmi?
- Ko'zingiz, kiprikingiz...
- O'zi shunaqa...
- Yig'latg'an men emasmi?
- Kitobni nega yopdingiz? Ochib o'qung, men eshitay.
- Ota-ona rizolig'ini bir tomchi ko'z yoshingizg'a arzitdimmi?
- Men rozi, men ko'ndim, -dedi daf'atan Kumush...
"Arzitdimmi" so'zini menimcha bu yerda "Sabab qildimmi" degan ma'noda tushunish kerakdir balkim. Chunki Otabek olgan tarbiya, uning muomala madaniyati o'z ota-onasining izzat-hurmatini past ko'rishiga yo'l qo'ymaydi. Oddiy misol sifatida Otabek va uning ota-onasi bilan bo'lib o'tgan suhbatini eslang.
Otabek bu yerda "Men sababchiman ko'z yoshingizga. Qo'limdan kelardi ko'z yoshingiz to'kilmasligi uchun ota-onam rizoligiga qarshi chiqishga" deb aytayotibdi. Shaxsan men shu mazmunda tushunganman.
Shokirbek
07-06-2005, 03:53 AM
Balki, muallif Otabek (umuman barcha obrazlar)ning bor ijobiyu salbiy jihatlarini ko'rsatish uchun shunday qilgandirlar, balki...
Lekin, unday bo'lsa, o'quvchilarga o'rnak bo'lish uchun adabiy chekinish qilib, ota-onaning qadri juda balandligini uch-to'rt og'iz so'z bilan aytb qo'yish juda zarur edi.
Shokirbek
07-06-2005, 04:10 AM
"Arzitdimmi" so'zini menimcha bu yerda "Sabab qildimmi" degan ma'noda tushunish kerakdir balkim. Chunki Otabek olgan tarbiya, uning muomala madaniyati o'z ota-onasining izzat-hurmatini past ko'rishiga yo'l qo'ymaydi. Oddiy misol sifatida Otabek va uning ota-onasi bilan bo'lib o'tgan suhbatini eslang.
Otabek bu yerda "Men sababchiman ko'z yoshingizga. Qo'limdan kelardi ko'z yoshingiz to'kilmasligi uchun ota-onam rizoligiga qarshi chiqishga" deb aytayotibdi. Shaxsan men shu mazmunda tushunganman.
Rahmat dialogni keltirganingiz uchun.
Balki, siz aytgandekdir.
Lekin, ko'z-yoshga sabab bo'lganini o'zi "yig'latgan men emasmi" degan so'z bilan aytib turibdi. Menimcha, "arzitdimmi" degan so'zda "sabab bo'lish"dan ko'ra boshqacharoq ma'no bor shekilli. Uning demoqchi bo'layotgani: men ota-onamni qanchalik ulug'lasamda, ularning xohishlariga, orzulariga qarshi bora olmasamda, lekin siz men uchun shunday azizsizki, shu bir tomchi ko'z yoshingizni ko'rib, ota-ona roziligi deb, sizni yig'latib o'tirganimga achinyappan :) .
Asadbek
07-06-2005, 04:16 AM
Yaxshiroq mulohaza qilinsa, Otabekning gapida ota-ona qadrini past qo'yishlikni umuman ko'rmaysiz.
O'ylab ko'ring, Islom dini qonun-qoidalariga ko'ra, musulmon erkak bir xotin ustiga ikkinchi xotin olishidan oldin, o'sha birinchi xotinining roziligini olmog'i shart. Otabekning holatida bu narsa yuz bergani yo'q. Ushbu savol ham uni Toshkentdan chiqib Marg'ilonga yetkuniga qadar bosib o'tgan yo'lida tinch qo'ymaydi (2-3 kun yo'l yurib o'yladi desak ham, ancha mushohada qilib olish mumkin) va Otabek Marg'ilonga ota-onasiga bergan roziligidan kechib keladi. Keyin u Qutidor va Oftob oyim bilan maslahat qiladi. Qutidorga aytadi, Toshkentga xat yozib, men yana bitta ayolga uylanmasligimni ayting deydi, aybni menga ag'daring deydi. Qutidor uni bu yo'ldan qaytaradi, ya'ni, Ota-onaga rozilik berib qo'yg'ansan, so'zingda tur deydi.
Nima bo'lg'anda ham ko'nglining bir chekkasini kirlatib yotqan bu "ota-ona orzusi" bir tomondan qaralg'anda juda yengil ko'chkan edi. Ammo ikkinchi tomondan masalaning yeshilmagan o'rinlari ham bor edi.
- Yaxshi, -dedi, -men sizning taklifingizga ko'nayin, ammo ko'nishning va rizoliqning zaruri qizingizda emasmi?
...Bu Qutidor va Otabek suhbatidan edi.
Uning demoqchi bo'layotgani: men ota-onamni qanchalik ulug'lasamda, ularning xohishlariga, orzulariga qarshi bora olmasamda, lekin siz men uchun shunday azizsizki, shu bir tomchi ko'z yoshingizni ko'rib, ota-ona roziligi deb, sizni yig'latib o'tirganimga achinyappan.
Balkim :)
Abu Hurayra
07-06-2005, 04:58 AM
Undan ilgari ham ba'zi shaxslarga zulm, zug'umlar bo'lgan, lekin ommaviy repressiyalar yuqoridagi sanalarda boshlangan bo'lishi kerak.
"O'tgan kunlar"dagi kamchiliklarga kelsak, avvalo, muallifning yirik bir yozuvchi, yuksak bir adibligini tan olish kerak. Muallif ko'p o'rinlarda o'quvchilarni o'zining beqiyos iste'dodi bilan maftun qiladi, buni o'qiganlarning barchalari aytishadi.
Biroq, shunday bo'lsada, kitobda o'yalb ko'riladigan, tanqid qilishga arziydigan, hech bo'lmaganda qarshi fikr bildiriladigan o'rinlar ham yo'q emas.
Masalan, Otabek Toshkent safaridan keyin uyga kelib o'tirganda, kundosh masalasini qaynonasi qiziga bildirgandan keyin xotini uning yoniga kelib o'tiradi.
Shunda kelgan bir "epizod"ga e'tibor bering. Unda taxminan (yodimda qolganicha, chunki hozir yonimda yo'q kitob) shunday deyilgan:
- Kim yig'latdi sizni?
- Yig'laganim yo'q...
- Ko'zingiz, kiprigingiz...
- O'zi shunday...
- Yiglatgan men emasmi?
- Men rozi, men ko'ndim.
- Ota-ona roziligini sizning bir tomchi ko'z yoshingizga arzitdimmi?..
Meni o'quchilar ma'zur tutsinlar agar so'nggi iborada xato qilgan bo'lsam, eslashimcha shunday edi.
Endi o'ylab ko'ring. Ota-onaning insoniy qadriyatlardagi o'rni shu bir tomchi ko'z yoshga arzimaydigan bo'lishi kerakmi? Nahotki muallif bilmasalar onaning qadri nechog'lik buyukligini, otaning qadri ham onanikidan qolishmaydi. Boring, Otabekning qalbini Kumushga bolgan muhabbat egallab turgan bo'lsin, nahotki o'z ota-onasini qadrlaydigan odam shunday gaplarni ular haqida aytsa. O'zingizni ota-ona o'rniga qo'yib ko'ring. O'g'lingiz keliniga qarab: "Ota-onamning roziligini Sizning ko'z yoshingizga arzitdimmi (ya'ni, ularning roziligi sizning ko'z-yosh to'kib o'tirishingizga arzigulik emas!)" desa, xafa bo'lmaysizmi?
Assalomu Aleykum,
Rahmat bu thread uchun.
MAn ham yaqinda bir Otgan kunlarni kinosini VCD da kordim,Yoshligimda ko'p ko'rganman asarni uqiganman, lekin e'tibor bermagan ekanman suzlariga.Bu filmni kurayatgan har bir suzini diqqat bilan eshitib turgandim ayniqsa
- Ota-ona roziligini sizning bir tomchi ko'z yoshingizga arzitdimmi?..
iborasi mani uylantirib quydi,Balkim bu Asadbek aytganlariday sabachi buldimi degandaydir aks holatda juda qopol va bizning madaniyatimizga qarshi suz bulib chiqadi.
Ikkinchi katta masala-Bu Ikki hotinlik,
Muallif Uquvchiga Ikki hotinlikni oqibatini juda yomon qilib ko'rsatib-Uquvchini bu masalada salbiy fikrga ega bulishiuga ta'sir qiladi.Balkim Muallif boshqa bir maqsadni ko'zlagandir lekin Bu asar qaysidir manoda baribir uquvchi Bu masala borasida salbiy fikrga ega bulishiga sabab buladi.Bu masala esa nafaqat dunyoviy balki dinimizda aytib Otilgan masaladir.
Otabek va Zaynab
Bu yerda Zaynab ni to'gri tushunish kerak,U ham ne ne niyatlar bilan turmushga chiqan.Otabek esa u bilan bir yostiqqa bosh quymaydi.
Nikoh Ikki tarafning roziligi bilan uqiladi.Ikki taraf roziligini bildirib nikoh qurishdimi suzlarida sobit turishlari vadalariga vafo qilishlari kerak.
Otabek Ikki hotiniga ham bir hil adolat bilan muomala qilishi kerak edi.
Ya'ni ham moliyaviy ham hissiyot borasida.Zaynab ham muhabbatga haqli.
Uni ham bahtli qilishi kerak edi Otabek.
Poraho'rlik O'zbekning ogir kasali,
asarda eng dahshatli illatlardan biri Porahorlik ham qoralangan.Adashmasam Homid qoziga borib Otabek va qaynotasi ustidan shikoyat qiladi,Qozi guvoh keltirmasang sani ham zindonband qilamiz deganda Qoziga tilla tangalar berib uni 'rozi' qiladi va ish Hongacha ko'tariladi.
Hozirgi zamonda millatimiz bu borada ancha rivojlanib ketgan.BIror kishiga yoqmasayiz kelib bemalol jinoyatni qoyishadi,guvohlar ham darrov topiladi...
Ammo Porahorlik nafaqat bu borada 'gullayapti'.Millatimiz bu illatlardan holis bulmasa Holimiz voy buladi...
Honliklarda Birlikni yoqligi (Uzaro dushmanlik)
Afsuski achchiq haqiqat,Orta Osiyo turli hil honliklardan Amirliklardan iborat edi.Eng yomoni bular uzaro hadeb urush qilishib turishardi.Ruslar bu honliklarni birin ketin ola boshlaganda boshqa holnliklar 'Mani Ishim emas,Manga tegmasa buldi' degan shior bilan yurishgan.Brodari qoni to'kilib yeri tortib olinayotganda joni achiganmi ularni,Birlashib kurashishganda yengishadi ularni.
Yana bir bor afsuski bu Illat haligacha bor:Yani viloyatlarni ajratish:
San Toshkentlik,San Vodiylik,san Qashqadaryolik,San Buhorolik,San Surhandaryolik,San Horazmlik,San Namanganlik...hatto san TashObillik deb ko'p joylarda ajratishadi haqoratlashadi-Oliygohlarda,Ish joylarida vahokazo...Bu ham yahshi illatmas dustlarim,jigarlarim...Bir halq bulsak hammamiz yana nima talashamiz,Bundan olganimiz faqat boshqa millatlarga Kulgi bulib qolamiz.
PS:....
kop gapirish mumkin bu asar haqida.....
hurmat bilan D
Gareeb
07-06-2005, 06:34 AM
Men ham aynan Shokirbek aytib o'tgan fikrlarga qo'shilaman. Ikki oycha oldin shu filmni ko'rib chiqqanimda aynana mana shu nuqtalar diqqatimni tortdi. Nimagadri Otabekni faqat sevgi , o'ldim-kuydim degan engil narsalarga berilgan qilib ko'rsatilgan. Asarda keltirilishicha Otabek diniy tomondan ham ma'lumotli bo'ladi. Shunday ekan bir ma'shuqaning yigisini Ota-ona rizoligidan ustun qo'yish bu hato. Katta hato.
Asadbek
07-06-2005, 06:42 AM
...
Shunday ekan bir ma'shuqaning yigisini Ota-ona rizoligidan ustun qo'yish bu hato. Katta hato.
Hmmm...
Taqsir, Kumush Otabekning bir ma'shuqasi emas, shariat qonunlariga ko'ra o'z nikohiga olgan jufti haloli bo'ladi.
:)
Gareeb
07-06-2005, 06:47 AM
Hmmm...
Taqsir, Kumush Otabekning bir ma'shuqasi emas, shariat qonunlariga ko'ra o'z nikohiga olgan jufti haloli bo'ladi.
:)
Uzr bek aka, shar'iy nikohlab olgan sevgan ma'shuqasi demoqchiydim. Ma'shuqa sevimli degani shekilli a? Yana shu narsa ham borki agar ot-ona hotiningni qo'yvor bo'masa rozimasman desa qo'yib yuborishga majburmiz. Ota -ona rizosi hamma narsadan ustun modomiki shariatga zid bo'masa.
Asadbek
07-06-2005, 07:03 AM

Gareeb,
Siz "bir ma'shuqaning" dedingiz, bu bilan Kumushni muhim bo'lmagan holatga tushiryapsiz. Shunga aytgandim.
Keyingi gapingiz bo'yicha mening ojizona fikrlarim sizning gapingizga qarshi. Ota-ona xotiningni qo'yvor desa, nega qo'yvorasiz? Nikoh o'qilayotganda siz ancha-muncha majburiyatni bo'yinga olib "Roziman" deysiz. Ota-ona xotiningni qo'yvormasang, rozimasman desa, siz majburman deb qo'yvorsangiz, gunohi ertaga sizning ham, ota-onangizning ham yelkangizda qoladi manimcha.
Agar xotin ajrashishgacha sabab bo'ladigan aybli ish qilgan bo'lsa, unda avvalambor siz o'zingiz hal etasiz. Xotin ota-onangizning emas, sizning o'zingizga nikohlangan bo'ladi.
(O'zimning bir sinfdoshim ota-onasining gapiga kirib, 6 yil ichida 4 marta uylandi. 2 ta qizning hayotini barbod qildi...)
Keling, mavzu doirasidan chiqmaylik.
Gareeb
07-06-2005, 08:28 AM

Qisqa satrlarda muddaomni tushuntira olmadim. Hozir bu bahsning mavridi emas , to'gri aytasiz keling chetlashmaylik. :)
FerRari
07-22-2005, 08:47 AM
Ha tanqidchilar, nimaga jim sizlar ;) tanqidda davom qilmaysizlarmi ;)
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.