View Full Version : So'zlaganing asal bo'ldi, bol bo'ldi...
Asadbek
07-07-2005, 02:57 AM
Hurmatli forumdoshlar,
so'nggi mashqlarim natijasi o'laroq quyidagi natijalarni sizlar ila baham ko'rmoq istadim.
Chashmi zilolga yetib...
Hajringda, yor, alif qaddim dol bo'ldi,
Bilolmadim, bu qandayin hol bo'ldi.
Qays kezgan ul sahrolarni kezdim men,
Dardlar chekib topganim zavol bo'ldi.
Kunduzlarim yorug' qilmoq bo'ldi shams,
Uzun tunlar dardkashim hilol bo'ldi.
Shams tig'idan meni xalos etmoq-chun,
Soyasiga olgan majnuntol bo'ldi.
Gulbog'ingga yo'l oldim so'ng orziqib,
Bormog'imdan xabarchi shamol bo'ldi.
Gulbog'ingga kirdim baxtni yetaklab,
Yetti olam hayron bo'ldi, lol bo'ldi.
Ishq navosin bukun sendan tingladim,
So'zlaganing asal bo'ldi, bol bo'ldi.
Sahrolarda chanqoq bosgan yuragim,
Ichar suvi, shukurkim, zilol bo'ldi.
* * * * * * *
Qalbda ungan binafsha
Muzli qor qoplagan qalbimda,
Bir kuni ko'kardi binafsha.
Ko'zlari ochilgan qalb muzi,
Eridi tomchilab labimda.
Bir kuni jilmaydi binafsha,
Bahorni kashf etib bag'rimda.
Go'yoki bilgandek, yuragim,
Asrlar yonganin hajrida.
Dunyoni yoritdi binafsha,
Quyoshning eng zarrin nuridek.
Unga-da issiqroq joy yo'qdir,
Muzlagan qalbimning qo'ridek.
July 2005, Germany
E'tiborlaringiz uchun tashakkur :)
Shokirbek
07-07-2005, 08:05 AM
Juda yaxshi chiqibdi..
Ijodinigizga baraka.
Tanqid qilishg'a biror fard jur'at etsa, joizdur, Bek? :cool:
Asadbek
07-07-2005, 08:09 AM
Juda yaxshi chiqibdi..
Ijodinigizga baraka.
Tanqid qilishg'a biror fard jur'at etsa, joizdur, Bek? :cool:
Tashakkur Shokirbek!
Bemalol tanqidiy fikrlaringizni ham bildirishingiz mumkin so'ramasdan, biz axir bir havaskor bo'lsak.
:)
Yakudza
07-07-2005, 09:35 AM
yahshi chiqibdi, birinchisi ayniqsa! Omad ijodga!
p.s. yana ban oldirish uchun pahta quyvotti deb uylamen!:D
Godunov
07-07-2005, 11:06 AM
Hurmatli forumdoshlar,
so'nggi mashqlarim natijasi o'laroq quyidagi natijalarni sizlar ila baham ko'rmoq istadim.
Chashmi zilolga yetib...
Hajringda, yor, alif qaddim dol bo'ldi,
Bilolmadim, bu qandayin hol bo'ldi.
Qays kezgan ul sahrolarni kezdim men,
Dardlar chekib topganim zavol bo'ldi.
Kunduzlarim yorug' qilmoq bo'ldi shams,
Uzun tunlar dardkashim hilol bo'ldi.
Shams tig'idan meni xalos etmoq-chun,
Soyasiga olgan majnuntol bo'ldi.
Gulbog'ingga yo'l oldim so'ng orziqib,
Bormog'imdan xabarchi shamol bo'ldi.
Gulbog'ingga kirdim baxtni yetaklab,
Yetti olam hayron bo'ldi, lol bo'ldi.
Ishq navosin bukun sendan tingladim,
So'zlaganing asal bo'ldi, bol bo'ldi.
Sahrolarda chanqoq bosgan yuragim,
Ichar suvi, shukurkim, zilol bo'ldi.
* * * * * * *
Qalbda ungan binafsha
Muzli qor qoplagan qalbimda,
Bir kuni ko'kardi binafsha.
Ko'zlari ochilgan qalb muzi,
Eridi tomchilab labimda.
Bir kuni jilmaydi binafsha,
Bahorni kashf etib bag'rimda.
Go'yoki bilgandek, yuragim,
Asrlar yonganin hajrida.
Dunyoni yoritdi binafsha,
Quyoshning eng zarrin nuridek.
Unga-da issiqroq joy yo'qdir,
Muzlagan qalbimning qo'ridek.
July 2005, Germany
E'tiborlaringiz uchun tashakkur :)
Good job!
Menga yoqdi, agar boshlanishi shu bo'lsa tabriklash mumkin.
P.s: PM!
11182
07-07-2005, 11:27 AM
Chashmi zilolga yetib...
Hajringda, yor, alif qaddim dol bo'ldi,
Bilolmadim, bu qandayin hol bo'ldi.
Qays kezgan ul sahrolarni kezdim men,
Dardlar chekib topganim zavol bo'ldi.
Kunduzlarim yorug' qilmoq bo'ldi shams,
Uzun tunlar dardkashim hilol bo'ldi.
Shams tig'idan meni xalos etmoq-chun,
Soyasiga olgan majnuntol bo'ldi.
Gulbog'ingga yo'l oldim so'ng orziqib,
Bormog'imdan xabarchi shamol bo'ldi.
Gulbog'ingga kirdim baxtni yetaklab,
Yetti olam hayron bo'ldi, lol bo'ldi.
Ishq navosin bukun sendan tingladim,
So'zlaganing asal bo'ldi, bol bo'ldi.
Sahrolarda chanqoq bosgan yuragim,
Ichar suvi, shukurkim, zilol bo'ldi.
Sizni kutib ikki kuzim zor buldi
Ismingiz yuragimda tumor buldi
Kutib kutib holim qurib yikildim
Kelmadingiz yosh jonimga voy buldi
Kelmok niyat yuk ekan afsus buldi
Aldangan ishk erta sundi, hor buldi
Yosh kizgina buncha dardga yulikdim
men soddaga ajab buldi, ho'p buldi
Endi sherlar yozib ovora bulmang,
Kalbimga bahor kelib kuklam buldi
Sizdan kunglim sovub ketti endi yor,
Manzilingiz boshka guzal yor buldi
Gareeb
07-07-2005, 11:37 AM
Sizni kutib ikki kuzim zor buldi
Ismingiz yuragimda tumor buldi
Kutib kutib holim qurib yikildim
Kelmadingiz yosh jonimga voy buldi
Kelmok niyat yuk ekan afsus buldi
Aldangan ishk erta sundi, hor buldi
Yosh kizgina buncha dardga yulikdim
men soddaga ajab buldi, ho'p buldi
Endi sherlar yozib ovora bulmang,
Kalbimga bahor kelib kuklam buldi
Sizdan kunglim sovub ketti endi yor,
Manzilingiz boshka guzal yor buldi
Marokashlik singlimiz yomon chiqdiku a? :rolleyes:
11182
07-07-2005, 11:47 AM
Yuragimga kirib keling Janoza aytib,
Qalbim turi bugun mozor, go'r buldi
Ko'z yoshlarim qurib ketti ey bevafo!
Hayotim eng avjida barbod buldi.
Men turganda unga nima bor ekan?
Mendan kechib, O'sha sizga yor buldi.
Tilim tishlab dardim ayta olmayman
“Etim bola” O'g'limizga nom buldi.
Ketavering uning etagin ushlab,
Yolg'onlardan jonim charchab qon buldi
Sevgi kurg'ur mayligaya, farzandchi?
Attang buldi, woy buldi, yomon buldi
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.