PDA

View Full Version : "Mustaqillik" so'zi va uning ishlatilishi xususida

Asadbek
07-08-2005, 04:14 AM
Mana, yaqinda O'zbekistonda yurtimizning CCCP tarkibidan ajralib chiqqanligi - mustaqillikka 14 yil to'ladi.
Oradan 14 yil o'tyapti hamki, biz hanuz "Mustaqil yurtimiz... Mustaqil O'zbekiston... Istiqlol yillari... Mustaqillik davri..." kabi so'zlarni ishlatib kelmoqdamiz (OAV, har xil yig'ilishlar, har xil asarlar va hokazolarda...).

Hurmatli Forumdosh, siz "Mustaqillik" so'zining kundalik hayotda va OAVlarida ishlatilishi haqida qanday fikrga egasiz? Bu so'z o'rinli ishlatilyaptimi yoki yo'q?
Offtopdan holi ravishda mavzu bo'yicha bahs yuritib, fikr almashsak, xursand bo'lardim.

Quyida ba'zi misollar:
...
Istiqlol yillarida yurtimiz dehqonchiligida g`alla etishtirish madaniyati tobora yuksalib, iqlim sharoitiga mos yangi, serhosil navlar ekilayotgani, ularni parvarishlashda ilg`or agrotexnik tadbirlar qo`llanilayotgani nafaqat don etishtirishni ko`paytirish, balki uning sifat va iste`mol xususiyatlarini oshirish imkonini bermoqda.
...

Manba': http://www.uza.uz/uzb/news/?id1=4269
...
Negaki hozirgi yuqori texnologiyalar asrida faqat zakovatli va ma`naviy jihatdan boy yoshlargina o`z oldiga qo`yilgan vazifalarni to`la-to`kis bajarish, ya`ni mustaqil O`zbekistonni har tomonlama mustahkamlash va kuch-qudratini oshirishga qodir.

Manba': http://www.uza.uz/uzb/news/?id1=4255
...
Respublika Baynalmilal madaniyat markazida mustaqil Uzbekistonning milliy siyosati, yurtimizda qaror topgan millatlararo totuvlik, milliy-madaniy markazlarning etnik qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish yulida olib borayotgan faoliyati haqida hikoya qiluvchi "Uzbekiston - umumiy uyimiz" kitob-fotoalbomining taqdimoti bo'lib o'tdi, xabar beradi Teleradio.uz

Manba': http://www.uzreport.com/u/index.cfm?subsec=238&n_ID=6256

Yakudza
07-08-2005, 04:56 AM
"istiqlol" yoki "mustaqillik" suzlari asosan hozirgi davrni utmish, qizil utmish bilan taqqoslash jarayonida ishlatish odat tusiga kirgan edi. Asosiy maqsad mustaqillik davrining afzallik va ustunlik tomonlarini kursatib berish edi. Shu sababli OAVda shu kabi suzlarga alohida urgu berib kelinmoqda. Bu siyosat, yani SSSR va istiqlol davrlarini taqqoslash, SSSR davrinig yengil hayotini kurgan bilganlar tugamaguncha davom etadi deb uylayman.

Nima bulganda ham, istiqlol har birimiz uchun qadrli bulishi lozim, muammolar bor, muammolar kup, balki juda ham kupdir, biroq utmishda uzga halq, uzga mafkuraga qul bulib kelganimizni ham unutmaylik!

masa!

Asadbek
07-11-2005, 01:29 PM
Yakudza, fikringiz uchun rahmat.
Albatta Istiqlol har kim uchun muqaddas narsa, biz ham buni qadrlashimiz, mustaqillikdan to'g'ri foydalana bilishimiz kerak.
Men keltirgan misollarning birinchisiga e'tibor bering:
"Istiqlol yillarida g'alla-don mahsulotlarini yetishtirish darajasi har taraflama o'sganligi" haqida aytilmoqda. Nima degani bu? Biz biror vaqt o'tib yana mustabid bo'lamizmi? Qisqa qilib aytganda, so'z bu yerda umuman noo'rin va noto'g'ri ishlatilgan.

Ikkinchi misolda "mustaqil O'zbekistonni har tomonlama mustahkamlashda yoshlarning qudrati" haqida gapirilmoqda. Kimdir O'zbekistonni mustabid deyaptimi? Oddiygina O'zbekiston deb aytsa bo'lmaydimi? Axir, 14 yildirki, butun dunyo O'zbekistonning mustaqil davlat ekanligini biladi-yu...

Uchinchi misolda ham xuddi shunga o'xshash gap.
Albatta biz o'z tariximizda sodir bo'lgan narsalarni unutmasligimiz darkor. Ammo, 14 yildan beri mustaqil bo'lgan O'zbekiston kundalik hayotida hanuz "mustaqil yurtim, mustaqil O'zbekiston" deb gapirishlari menga erish tuyuladi, xuddi kimdir chekkada turib "O'zbekiston mustabid" deyayotgandek.

Ulug'bek
07-11-2005, 02:21 PM
Asadbek, ona tilimiz uchun qayg`urayotganingiz uchun rahmat! Bu yerda "bazan" o`z tili qadrini, demakki o`z qadrini bilmaydigan va unga yetmaydiganlar ham uchrab turadi!
Axir aytishardiku "Tilga hurmat - Elga hurmat!" deb :).

Siz keltirgan misollarga aynan hozir to`xtalmoqchi emasman, ammo sizning quyidagi yozuvingizda diqqatimni tortgan bir narsani yozmoqchiman. Adashmasam, Siz "mustaqil" bilan "mustabid"ni antonimlar deb bilasiz, mustaqilga qarama-qarshi so`z bu "qaram" yoki "mustamlaka"ligini aytmoqchi edim. Mustabid - istibdod(zulm) etuvchi yoki zolim ma'nosidadir va u butun boshliq davlatdan ko`ra muayyan boshliq-rahbar va yo siyosiy regimga ishlatiladi, O`zbekistonimiz misolidagi kabi:(

Yakudza, fikringiz uchun rahmat.
Albatta Istiqlol har kim uchun muqaddas narsa, biz ham buni qadrlashimiz, mustaqillikdan to'g'ri foydalana bilishimiz kerak.
Men keltirgan misollarning birinchisiga e'tibor bering:
"Istiqlol yillarida g'alla-don mahsulotlarini yetishtirish darajasi har taraflama o'sganligi" haqida aytilmoqda. Nima degani bu? Biz biror vaqt o'tib yana mustabid bo'lamizmi? Qisqa qilib aytganda, so'z bu yerda umuman noo'rin va noto'g'ri ishlatilgan.

Ikkinchi misolda "mustaqil O'zbekistonni har tomonlama mustahkamlashda yoshlarning qudrati" haqida gapirilmoqda. Kimdir O'zbekistonni mustabid deyaptimi? Oddiygina O'zbekiston deb aytsa bo'lmaydimi? Axir, 14 yildirki, butun dunyo O'zbekistonning mustaqil davlat ekanligini biladi-yu...

Uchinchi misolda ham xuddi shunga o'xshash gap.
Albatta biz o'z tariximizda sodir bo'lgan narsalarni unutmasligimiz darkor. Ammo, 14 yildan beri mustaqil bo'lgan O'zbekiston kundalik hayotida hanuz "mustaqil yurtim, mustaqil O'zbekiston" deb gapirishlari menga erish tuyuladi, xuddi kimdir chekkada turib "O'zbekiston mustabid" deyayotgandek.

Gareeb
07-11-2005, 04:12 PM
Men hozirgi O'zbekiston mustaqil emas balki MUSTAHKAM QUL bo'ldi degan bo'lar edim. Xalqimiz haqiqiy mustaqillikka erishmadi,o'zidan chiqqan quzgunlar mustaqillikni burnidan buloq, ketidan shamchiroq qildi. La'natlar bo'lsin o'shanday maxluqlarga..

SNB_UZB
07-11-2005, 04:15 PM

Siz nega mustaqilligimizni ko'romiysiz? Mustaqilligimiz 100 yillik orzumizku bizni?
Uni avaylash kerey, arash kerey. Yomonlash kereymas.

Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin ishkilib.

--------------------------------------------------------------------------------

Men hozirgi O'zbekiston mustaqil emas balki MUSTAHKAM QUL bo'ldi degan bo'lar edim. Xalqimiz haqiqiy mustaqillikka erishmadi,o'zidan chiqqan quzgunlar mustaqillikni burnidan buloq, ketidan shamchiroq qildi. La'natlar bo'lsin o'shanday maxluqlarga..

Asadbek
07-11-2005, 04:17 PM
...
mustaqilga qarama-qarshi so`z bu "qaram" yoki "mustamlaka"ligini aytmoqchi edim.
...(
Hurmatli Uzb,
tashakkur bildirgi uchun! Xuddi o'sha so'zni ishlatmoqchi edim.
O'zim ham o'ylagandim, "mustabid" deb noto'g'ri so'zni ishlatyapman deb...

Shokirbek
07-11-2005, 05:30 PM
Ammo, 14 yildan beri mustaqil bo'lgan O'zbekiston kundalik hayotida hanuz "mustaqil yurtim, mustaqil O'zbekiston" deb gapirishlari menga erish tuyuladi, xuddi kimdir chekkada turib "O'zbekiston mustabid" deyayotgandek.

"mustabid"ning yana bir ma'nosi (keng tarqalmagan) o'z fikrida qaysarlik bilan turib oluvchi, boshqalarning fikriga quloq solmaydigan shaxs ma'nosida ham keladi. Umuman bu ma'no yuqorida UZB aytgan ma'noning bir qosmi, xolos. Chunki birovlarning fikri bilan hisoblashmay bemaslahat ish yuritadigan odam zolim hisoblanadi.