View Full Version : Halol go'sht
Animator
07-16-2005, 05:00 PM
Afsuski ko'pchilik O'zbekistonlik Muslim wa Muslimalar halol wa harom go'shtni farqiga yetmagani sabab shu mavzuni ochmoq qaror qildim.
Esda tutinglar Musulmon bo'lmagan davlatlarining ko'pchiligida SUPERMARKETLARda wa bozorlarda olingan go'sht/qush go'shti (baliq bundan mustasno) harom bo'lishi mumkin, shuning uchun maxsus HALAL go'sht sotiladigan magazinlardan go'sht sotib olinglar!
Gareeb, Deadman, Eagle wa boshqa bilimi kuchlilardan iltimos halol go'shtning ta'rifini keltirib ketsangizlar. Rahmat.
HarunYahya
07-16-2005, 05:37 PM
Today all good things have been made halal [lawful] for you. The food of those given the Book is also halal for you, and your food is halal for them. So are chaste women from among the believers and chaste women of those given the Book before you, once you have given them their dowries in marriage, not in fornication or taking them as lovers. But as for anyone who rejects faith, his actions will come to nothing, and in the Hereafter he will be among the losers. (Qur'an, 5:5)
http://www.miraclesofthequran.com/food_index.html
Alouddin
07-16-2005, 09:52 PM
http://www.halol.uz/
Wolfman
07-17-2005, 04:02 AM
lekin muammo shundaki, Yevropada parrandalarning so'yilish jarayoni deyarli 100% mashinalar yordamida qilinadi. parrrandalarni boshini pastga qilib ilmoqqa osishadi, boshini 16-24 V tokli vannaga bir botirib olishadi, shunda ular behush bo'gandan keyin arra ularni boshini kesib tashlaydi. ikkinchi joyga konveyerda yetguncha qoni oqib chiqib ketadi. Bularni yeyish mumkinmi?
Stan
Mahmud
07-17-2005, 06:38 AM

fikringizga qo'shilaman, qo'shimcha ravishda so'yilgan parrandalarni ichida qon qoladi albatta.Mol, quylarni ham shunday suyishadi.Bu go'shtlarni yeyish yaxshimas.O'zimizdagidek bu erda suyishmaydi.
Shunday ekan qanday go'sht yeyish kerak?

agar biladiganla busa javob beringlar, chunki halol gush olish muammo tug'diradi kotta.
Keyin Baliq haqida nima deyilgan bilmisilami shu haqida ham ?
PainKiller
07-17-2005, 09:29 AM
agar biladiganla busa javob beringlar, chunki halol gush olish muammo tug'diradi kotta.
Keyin Baliq haqida nima deyilgan bilmisilami shu haqida ham ?
Balik Halol.
Sifud yilar agar shunchalik halol eman deselar. Lekin supermarketdagilarning hammasi haromligi anik.
Balik Halol.
Sifud yilar agar shunchalik halol eman deselar. Lekin supermarketdagilarning hammasi haromligi anik.
ya slishala chto ribu toje nel'zya v opredellennoe vremya est'
no tak kak ya zdes' drugoe myaso ne ochen' s ohotoy pokupayuprihoditsya ribu kushat'
poetomu sprosila
p.s Observer bergan saytizda negadur aniq kurmadim qaysi qaysi gushtlar
kiyik gushichi, chunki germaniyada kup marketlada sotiladi
Gareeb
07-17-2005, 10:26 AM
Dengiz jonivorlari hammasi halol, ayniqsa baliqni halolligida shak shubha yo'q. Yoqimli ishtaha :)
eagle
07-17-2005, 11:18 AM
Today all good things have been made halal [lawful] for you. The food of those given the Book is also halal for you, and your food is halal for them. So are chaste women from among the believers and chaste women of those given the Book before you, once you have given them their dowries in marriage, not in fornication or taking them as lovers. But as for anyone who rejects faith, his actions will come to nothing, and in the Hereafter he will be among the losers. (Qur'an, 5:5)
http://www.miraclesofthequran.com/food_index.html
AAWWB
Bu Qur'on Surasini berib nima demoqchi ekanligizni tushundim, man ham sizga bir misol beraman, zero mani ham nima demoqchiekanligimni tushunsangizlar:
Qur'onda Nomozga buyurilgan, Lekin Nomozning qaysi paytida necha rakaat uqilishi, va qanday uqilishini, Rasul SAW uz hayotlarida sunnatlarida tafsir qilganlar !
Wassalam !
eagle
07-17-2005, 11:33 AM
lekin muammo shundaki, Yevropada parrandalarning so'yilish jarayoni deyarli 100% mashinalar yordamida qilinadi. parrrandalarni boshini pastga qilib ilmoqqa osishadi, boshini 16-24 V tokli vannaga bir botirib olishadi, shunda ular behush bo'gandan keyin arra ularni boshini kesib tashlaydi. ikkinchi joyga konveyerda yetguncha qoni oqib chiqib ketadi. Bularni yeyish mumkinmi?
tan
Wallohu A'lam, bunaqa suyish halol hisoblanmaydi, chunki suyilayotganda Allah svt ning ismi tilga va niyatga olinishi kerak. Kiyin, shubhali narsaladan ham uzoqda bulish kerak, agar biror bir gushtning halol yoki halol emasligida shubha qilsangiz uni emaslik kerak. Baliq halol deb uqiganman. Ayrim joylarda suvdagi hamma narsa halol deb uqigan joylarim ham bor. Haqiqatda niyatda halol gusht eyish niyat qilib savolsuraganlarga maslahatim, supermarketdagi gushtlarni emanglar. Lekin Baliq esa buladi. Wallohu A'lam. Halol sotadigan joylar bulmasa, sabr qilish kerak, nafsni sal jilovlash kerak, chunki Hazrat Oisha onamizning Rasul saw uylarida qanaqa ahvolda yashashganlari haqidagi hadis rivoyatlariga qarasak, odam hijolat buladi.....
Dengiz jonivorlari hammasi halol, ayniqsa baliqni halolligida shak shubha yo'q. Yoqimli ishtaha :)
rahmat
lekin kiyik gushi haqida nima deysiz? halolmi yoki yuqmi?
man boshqa gushlani olishga sal qurqaman chunki kupincha aralashgan buladi
ayniqsa tayyor mahsulotlarda
Mahmud
07-17-2005, 11:51 AM
rahmat
lekin kiyik gushi haqida nima deysiz? halolmi yoki yuqmi?
man boshqa gushlani olishga sal qurqaman chunki kupincha aralashgan buladi
ayniqsa tayyor mahsulotlarda
Gareebni navbatiga javob berganim uchun uzr.
Halol yoki yuq haqida aniq javob bera olmaymani, lekin kiyiklar qanday suyilarkan?
Bu bilan qiziqib ko'rdingizmi?
Gareebni navbatiga javob berganim uchun uzr.
Halol yoki yuq haqida aniq javob bera olmaymani, lekin kiyiklar qanday suyilarkan?
Bu bilan qiziqib ko'rdingizmi?
umuman tushuncham yuq magazinga kirib qando suyilgan deb surasam
bilasizmi qando qarashdi?
tasavvur qiling :)
Mahmud
07-17-2005, 12:03 PM
umuman tushuncham yuq magazinga kirib qando suyilgan deb surasam
bilasizmi qando qarashdi?
tasavvur qiling :)
ha, bu g'alati albatta :)
Germaniyada bir necha yildan beri o'qiyotganlardan bu haqida ma'lumot olsangiz bo'ladi manimcha, ular bilishsa kerak.
:)
eagle
07-17-2005, 01:52 PM
rahmat
lekin kiyik gushi haqida nima deysiz? halolmi yoki yuqmi?
man boshqa gushlani olishga sal qurqaman chunki kupincha aralashgan buladi
ayniqsa tayyor mahsulotlarda
AAWWB
Dear AUS,
Quyidagi linkda Rasul saw ning hunting va slaughtering haqidagi Imom Buxoriy hazratlari tarafidagi hadislar bor. Uqisayiz, savolizga javob topasiz, savolizdan tashqari boshqa bilimlarni ham olasiz.
http://www.usc.edu/dept/MSA/fundamentals/hadithsunnah/bukhari/067.sbt.html
Kiyik gushti halol quyidagi hollarda:
1.Ovlanganda nayza sanchilgan bulsa. (Urib uldirilgan bulsa harom);
2. Qon otilib chiqqan bulsa;
3. Allahning ismi aytilgan bulsa;
4. Maxsus tayyorlangan ovchi itlariz tomonidan ushlangan bulsa, va undan itlaringiz emagan bulsa; Chunki maxsus tayyorlangan itlarizzi kiyik orqasidan yuborayotganda Allahning ismini tilga olasiz;
5. Kiyikning buri, kuchuk, sher kabi hayvonlardaqa suyloq tishi yuq (ular bu tishini uljasini tanasini yorishda ishlatishadi) , shuning uchun yuqoridagi shartlarda esa buladi. Buri, kuchuk kabi narsalarni yuqoridagi shartlarda ham eb bulmas ekan, bunga javobni limkdan topasiz.
Wassalam.
eagle
07-17-2005, 01:59 PM
umuman tushuncham yuq magazinga kirib qando suyilgan deb surasam
bilasizmi qando qarashdi?
tasavvur qiling :)
Germondagi kiyik gushtlaridan (supermarketdagi) umidni uzganiz iymonizga durustroq keladi :))))
SmIlIk
07-17-2005, 06:20 PM
Dengiz jonivorlari hammasi halol, ayniqsa baliqni halolligida shak shubha yo'q. Yoqimli ishtaha :)
Gareeb, bu mavzuda siz bilan tortishib qolamizmi deyman... "Baliqdan otam chiqsa ham yeyman", iborasi biroz no'tog'ri. Akulani ham yeyavermaysizku ;)
Lekin men nima uchundur shrimpni halol emas deb yurar edim. Shu ja 'qorinlarini' tozalash qiyin bo'lgan suv hayvonda. Tozaligiga xech ko'zim yetmaydi. Albatta bu mening shaxsiy fikrim.
http://www.forum.uz/showpost.php?p=26217&postcount=1 yordam beradi degan umitdaman.
Gareeb
07-17-2005, 06:41 PM

Men umumiy qoidadan kelib chiqib aytgandim.Ko'rsatgan threadizni o'qib yanayam tushunib oldim :)
ps:halol harom insonni fikriga qarab belgilanmaydi
Black
07-17-2005, 11:38 PM
http://www.halol.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=2&Itemid=1
Yuqoridagi link da go'sht halol bo'lishi uchun qanday shartlar zarurligi yozilgan, o'qib chiqing, qisqa va aniq javob.
Dengiz mahsulotlari - Hanafiy mazhabi bo'yicha baliqdan boshqa narsa halol emas!
Kiyik - umuman olhanda o'tho'r hayvon bo'lgani uchun halol, lekin Germaniyadami yoki boshqa joydami Islomiy qoida boyicha so'yilmagan bo'lsa halol emas.
Britaniyada - Sainsbury's da (supermarket) halol go'sht sotishardi. Lekin kim biladi bu G'arbliklarni, pul uchun cho'chqaniyam halol deb sotishaverishadi. Umuman Britaniyada halol go'sht sotadigan kichik hususiy do'konlar ko'p, faqat ayrim kichik shaharlarda bo'lmasa kerak.
Umuman aziz birodarlar go'sht iste'mol qilganda, umuman oziq ovqat istemol qilganda halol-haromligiga katta e'tibor berish kerak. Chunki harom luqma nabdani jannatga kirishiga to'sqinlik qiladi.
O'zbekistonda go'sht olganda ham halol yoki halolmasligini so'rab oling. " So'raganda nima ham deyishardi, baribir "halol" deyishadiku" degan hayolga bormang, agar sizni aldab "halol" deyishsa ayblari o'zlarini bo'yniga bo'ladi, siz o'z burchingizni bajargan hisoblanasiz. Toshkentda shahsan "Selna" va "Kasbino" larni maslahat beraman, chunki men so'raganimda "halol" degan javobni olganman. Kolbasa mahsulotlaridan "To'htaniyoz ota" dagilar o'zlari garantiya berishgan.
Animator
07-18-2005, 12:15 AM
Hurmatli Aus, Habar keldi,
Germaniyada Halol go'sht mahsulotlari sotiladigan magazinlar bor ular ko'p hollarda etnik turklarga, arablarga wa kurdlarga tegishli. Shu yerda muqovaga o'ralgan mahsulotlarda "HALAL" degan arabcha muhr ham bo'lar ekan. Ba'zi kolbasalarning orqasiga "Musulmon qoidalari boyicha ishlab chiqarilgan" deb turkcha va nemischa yozilar ekan. Magazinda Halolmi deb so'rashingiz mumkin. Doner kebab ishlab chiqarishda ko'pincha musulmonlar sotgani uchun halol go'sht ishlatilsa kerak. ALDI, LIDL, PLUS, REAL wa boshqa supermarketlar halol bo'lmagan go'sht sotadi, hozirgi payta, Insha Allah keyinchalik ular ham Halol go'sht sotadigan damlari kelib qolar. :)
Von Deutsche Muslim
Koreya va Yaponiyada halol go'sht mahsulotlari sotadigan magazinlar egalari ko'pincha pokistonliklar wa bangladeshliklar. Home Plus, Lotte, E-Martlar halol bo'lmagan go'sht mahsulotlari sotadi.
Gareeb
07-18-2005, 02:00 AM
Blackni gapi bir narsani esimga soldi. Haqiqatda Garbda ayrim halol deb yozilganlarga ham ishonch yo'q ekan. Men Al-jazeera telekanalida shu haqda bir hujjatli film ko'rgandim.Unda Gollandiyadan keltiriladigan yorligiga "halol,musulmon qoidalariga muvofiq so'yilgan" deb yozilgan arzon tovuq go'shti haqida edi.Birinchidan u tovuqlarni umuman Islomga muvofiq so'yishmas ekan.Keyin labaratoriya sharoitida tekshirganda uning tarkibiga cho'chqa va mol go'shtidan olinadigan proteyn qo'shilgan ekan.Tovuq go'shti ichiga proteyn aralshtirilgan suvni urib kirgizisharkanda muzlatib qo'yisharkan.Shu orqali vaznini oshirarkan.Judayam arzon narhda sotisharkan.U filmni ko'rib ko'nglim behuzur bo'b ketgan.Aytmoqchi bo'lganim hamma joydagi halol deb yozilganiga ham ishonaverish kerak emas.Ayniqsa TESCO wa shunga o'hshash supermarketlarga umuman ishonch yo'q.
Shokirbek
07-18-2005, 02:34 AM
Biz yashab turgan arab diyorlarida ko'pchilik do'konlarda mahalliy halol go'shtlar ancha serob bo'lsada, chet eldan keltirilgan, tepasiga "Halal" so'zi yopishtirilgan go'sht mahsulotlari ham ancha ko'p hamda arzon. Ulamolar bunga umumiy fatwo berishgan. Shunday bo'lsada, qo'yni qo'y bozoriga borib sotib olib, o'sha joyning o'zida kushxonada so'ydirib, maydalab olganga nima yetsin. Biz uch-to'rt birodar to'planishib, bir qo'yni shu tariqada bo'lib olamiz. Ollohga shukr.
Black bilan Gareebni qo'llab quwwatlayman, luqmaning halol bo'lishi eng buyuk wojibotlardan, shuning uchun qattiq e'tibor bermog'imiz lozim.
Pythagor
07-18-2005, 03:13 AM
Dengiz jonivorlari hammasi halol, ...Qisqichbaqalar, ilonlar, qurbaqalar toshbaqalar a? Hammasi halol a? Eee yashangizlar, ...
Qisqichbaqalar, ilonlar, qurbaqalar toshbaqalar a? Hammasi halol a? Eee yashangizlar, ...
qisqichbaqa, krevetkala halol emasmi?
Hurmatli Aus, Habar keldi,
Germaniyada Halol go'sht mahsulotlari sotiladigan magazinlar bor ular ko'p hollarda etnik turklarga, arablarga wa kurdlarga tegishli. Shu yerda muqovaga o'ralgan mahsulotlarda "HALAL" degan arabcha muhr ham bo'lar ekan. Ba'zi kolbasalarning orqasiga "Musulmon qoidalari boyicha ishlab chiqarilgan" deb turkcha va nemischa yozilar ekan. Magazinda Halolmi deb so'rashingiz mumkin. Doner kebab ishlab chiqarishda ko'pincha musulmonlar sotgani uchun halol go'sht ishlatilsa kerak. ALDI, LIDL, PLUS, REAL wa boshqa supermarketlar halol bo'lmagan go'sht sotadi, hozirgi payta, Insha Allah keyinchalik ular ham Halol go'sht sotadigan damlari kelib qolar. :)
Von Deutsche Muslim
Koreya va Yaponiyada halol go'sht mahsulotlari sotadigan magazinlar egalari ko'pincha pokistonliklar wa bangladeshliklar. Home Plus, Lotte, E-Martlar halol bo'lmagan go'sht mahsulotlari sotadi.
utta halol emasmi?
a turklani magazinlarini ili arablani qatta topsa buladi, Düssel- da?
Animator
07-18-2005, 04:42 AM
utta halol emasmi?
a turklani magazinlarini ili arablani qatta topsa buladi, Düssel- da?
Quyidagi mashxur websiteda Dunyo Islomiy Markazlarini topish mumkin, shu jumladan Düsseldorfda (turk va arablar masjid atrofiga magazinlar qurgan bo'lishsa kerak)
http://islamicfinder.org/prayerDetail.php?country=germany&city=Dusseldorf&state=07&id=29140&month=&year=&email=&home=2005-7-18&lang=&aversion=&athan=
Düsselda esa islomiy markazlar yo'q ekan :(
http://islamicfinder.org/prayerDetail.php?country=germany&city=Dussel&state=07&id=29133&month=&year=&email=&home=2005-7-18&lang=&aversion=&athan=
Halol go'sht sotib olish uchun gruppangizdagi, yotoqxonadagi arab, pakistani, turk, kurd va boshqa musulmon birodarlardan magazinlar adresini so'rab olsangiz bo'ladi.
Animator
07-18-2005, 04:43 AM
Qisqichbaqalar, ilonlar, qurbaqalar toshbaqalar a? Hammasi halol a? Eee yashangizlar, ...
Men bir joyda o'qiganim bo'yicha dengiz hayvonlarining quruqlikga chiqib yashay olmaydiganlarini halol deb hisoblashadi.
Black
07-18-2005, 04:50 AM
Yana bir marta takrorlayman, Hanafiy mazhabi bo'yicha dengiz hayvonlaridan BALIQdan boshqasi halol emas! Lekin boshqa mazhablarda bu ro'yhat ancha uzun.
Wallohu 'alam.
Abu Hurayra
07-18-2005, 06:15 AM
AA,
Bu yerda Birodarlarni kuplari yahshi keltiribdilar,Jazakumullohu hoyrun...
...
AUS: Men ham Germaniyada turaman,Alhamdulillah Germaniyada Turklar,Arab,Marokko,Pokistonlik larni dukonlari kup Gusht sotadigan,Lekin Ulardan ham suraganiz yahshi.
Yana bir narsa Dönerdan ehtiyot bolish kerak,hammasi ham halol gushtdanmas,Kup joyga musofirlikka borganda mahalliy dönerchilardan surasayiz-aytadi Halol mi yuqmiligini.
Masalan bizning shaharda ham 4-5 ta döner sotadiganlar bor.Suraganda aytishgandi-Bazilari Halol deb,bazilari yuq deb.Agar bilmayman desa,bu shubhali-Shubhali narsadan saqlanish Iymondandir.
Supermarketlarda kup brodarlar Aytganidek faqat Baliq olganiz maqul.
hammaga:
Agar Atrofizda Musulmon tanishlariz bulsa tashashib Quy sotib olib,shariatga muvofiq suysangiz yahshi buladi,(Evropada mahsus suyadigan joylar bor,borib bir ogiz surab suyaverasiz).masalan ortacha quy 100 € turadi 5-6 kishi olsalariz osonroq.
Siz suragada Halol degan kishi-Javobgarligini Buyniga oladi-Musulmon ekan deb tortinib suramasangiz uzingizga jabr qilasiz,suraganni aybi yuq.
Hozir Imtihonlar kupaygan,keyinroq yana yozarman..
AA
Black
07-20-2005, 01:37 AM
Tarkibida E-322, E-422, E-533 moddalari bor mahsulotlarni iste'mol qilish mumkinmi?
http://islam.uz/fatvolar/fatvo286.htm
-Resident-
02-24-2008, 10:01 PM
hamma postlarni o'qib chiqmadim, savolim boridi sorab qoya qole.
yaqin o'rtada halol gosht sotiladigan dokon bolmasa, grocery storelarda sotiladigan goshtni yesa bolaveradi deb eshitgandim, shu togrimi? yaqinda bir muslima qiz bilan bolgan suhbatimdan keyin, bu narsaga ozgina shubha uygondi konglimda.
shu haqda bir nima devorilar iltimos, rahmat
Online sotib oling agar hohlasangiz.
2-3 ta web site bor shunaqa bulardan biri http://www.myhalalmeat.com
Akhee-Abdullah
02-24-2008, 10:03 PM
hamma postlarni o'qib chiqmadim, savolim boridi sorab qoya qole.
yaqin o'rtada halol gosht sotiladigan dokon bolmasa, grocery storelarda sotiladigan goshtni yesa bolaveradi deb eshitgandim, shu togrimi? yaqinda bir muslima qiz bilan bolgan suhbatimdan keyin, bu narsaga ozgina shubha uygondi konglimda.
shu haqda bir nima devorilar iltimos, rahmat
Assalam alaikum,
Yuqorida etilgan barcha yaxshi gaplarga qoshilgan holda, bir shingil:
Grocery storelarda xar xil gushtlar sotiladi. Mana Amerikada hozir, Islamic Society of North America tasdiqlagan Halal va boshqa bir tashkilot tasdiqlaragan (esimda yuq oti) Zabiha degan markali gushtlar sotilmoqda. Dominion, Food Basic, Loblaws wa hokazolarga borsaiz, gusht qismida topiladi. Qolganlarida esa shubha bor. Ayniqsa, mol gushtida, bu yerlarda qassobxonalarda asosan mollarni boshiga yughon temir bilan uriladi, u molning joni chiqib ketmasi, ulgurib soyish wa soymasligi nomalum. Ikkinchi tomondan, bu hayvonlarga nisbatan vaxshiylik deb bilaman.
Shuning uchun ozim wa siz ka'bi Ollohning taqdiri bilan chet dawlatlarda oqish, wa ish bilan musofirchilikda turganlarga nasihatim, shubhali joyga bormangiz. Shaxsan, ozimizning shaxarda 100 dan ortiq Halol dukonlar borligini bilaman. Amerikaning kuplab mega shaxarlarida bulganman, hammasida halol dukonlar mavjud. Hich qiyinchilik bulmagan, hatto osha Loblaws dagi Zabiha markali gushtlarni olishgayam ehtiyoj bulmagan.
Ba'zi brodarlar, 3-4 kishi bulishib har oyda bitta yoki ikkita qoy soyishadilar, Qassobxona topisham qiyinmas!!! Ayniqsa Amerikada bulsaiz!
Aytmoqchi bulganim, sharoyit ancha yaxshi, shubhali amallardan uzoq yursak, albatta jannatda bundan yaxshilari beriladi.
Uzr chuzilib ketdi.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.