MUHLIS
07-20-2005, 11:56 PM
Sayyid Mubashshir Taroziy
Mustaqillik, ozodlik va hurriyat tushunchalari bir-birini to’ldirib keluvchi narsalar bo’lib, Alloh taoloning o’z bandalariga bergan ulkan ne"mati hisoblanadi. Alloh taolo har bir bandani mustaqil-ozod va hur qilib yaratadi. Inson faqatgina o’zining yaratuvchisi haq subhanahu va taologagina bo’ysunib, unga itoat qilib yashashi darkor. Ammo, ba"zi tabiati buzuq insonlar bu qoidani buzib, o’ziga birodor bo’lgan boshqa insonlarni o’z irodasiga bo’ysundirish, ularni o’ziga qul qilish, boshqacha qilib aytganda, o’sha insonlarning mustaqilligini, ozodligi va hurriyatini poymol qilishga urinadi.
Bu maqsadga erishish yo’lida shaxslarga qarshi kuch-quvvat va zulm, davlatlarga qarshi urush va mustamlakachilik siyosati ishga solinadi. Natijada, shaxslar qulga, davlatlar mustamlakaga aylanadi. Qulga aylangan shaxslar ozodligini, mustamlakaga aylangan yurtlar mustaqilligini yo’qotadi.
SHu bilan birga, qulga aylangan shaxs va mustamlakaga aylangan yurt, o’z tushunchasi, dunyoqarashi, xassosligiga qarab qullik va mustamlakalikka turlicha qaraydilar. O’zida ozodlik tushunchasi yetishmaydigan, bu ne"matning qadrini bilmaydigan shaxslarda qullikka moyillik bo’ladi va o’zining qulligini ozodlik, deb tushunadi. Shuningdek, mustamlaka bo’lishga mayli bor yurtlar, o’zining mustamlakaligini mustaqillik, deb aytadi va mustamlakaga aylangan kunni “ilg’or xalq”qa, “katta og’asi”ga o’z ixtiyori ila qo’shilgan “baxtli” kun sifatida bayram qiladi.
Or nomuslar bo’lsinkim, asli hur bo’lgan bizning xalqimiz ichidan Leninni otam, Marksni bobom, kommunizmni dinim va e"tiqodim, deb o’zlarining ularga banda bo’lgani yetmaganday, o’z xalqini ham qul qilishga uringan kommunistlar chiqdi. Ular yetmish yildan ortiq davrda qul bo’lgan xalqqa “ozodsan” deb, mustamlaka bo’lgan yurtimizni “mustaqil”, deb kelishdi.
Allohga hamdu sanolar bo’lsinkim, xalqimizga faxr va e"tizozlar bo’lsinkim, uning farzandlari ichidan haqiqiy hurriyat va ozodlik, haqiqiy mustaqillikning ma"nosini tushinadigan, qadrini biladigan, qullik va mustamlakadan nafrat qiladigan shaxslar yetishib chiqdi. Bu aziz kishilarimiz sonlari oz bo’lsalar ham, kuchlari yo’q bo’lsa ham, Allohning ulug’ ne"mati bo’lmish ozodlikdan xalqlari, mustaqillikdan yurtlari bebahra bo’lib qolmasligi uchun harakat qildilar. O’z xalqining boshqa xalqlar qatori ozod bo’lishi, o’z yurtining boshqa yurtlar qatori mustaqil bo’lishi uchun kurashdilar.
Ammo kuchlar teng emas edi, yurtdagi barcha hukm va imkoniyatni bosib olgan kommunistlar munofiqlarcha ish tutar, o’zlari ozodlik va mustaqillik haqida jar solib, haqiqiy ozodlik va mustaqillik tarafdorlarining yostiqlarini quritar edilar. Xudosizlar tuzumi xalqimizning guli, yurtimiz mustaqilligi fidoiylari bo’lgan bu aziz kishilarimizni xalq dushmani va reaksion kuch sifatida aybladilar. Oqibatda, mustaqillik fidoyilarining ba"zilari shahid bo’ldilar, ba"zilari esa, ona vatanlaridan hijrat qilishga majbur bo’ldilar.
Afsuski, yurtimiz mustaqilligining haqiqiy fidoiylari bilan xalqimiz hozirgacha yaxshi tanish emas. Lekin, yomonlik jazosiz qolmaganidek, yaxshilik ham bekor ketmaydi. Muzkur fidoyilarimizni ham kimdir eslashi, ularning ustidagi zulmni ko’tarishi, ularga haqiqiy bahoni berishi kerak edi.
Yurtimiz mustaqilligi fidoyilaridan biri Sayyid Mubashshir Taroziydir. U kishi 1314 hijriy sananing 27 rajabida, ya"ni 1886 melodiy sana, 20 dekabrda Taroz shahrida (hozirgi Jambul, eski Avliyo ota) Turkistonda o’zining ilmi, taqvosi va obro’-e"tibori ila mashhur oilada dunyoga keldilar. Otalari Sayyid Muhammadxon ibn Sayyid Muhammad G’oziyxon ulkan olim bo’lib, hanafiy majabi fiqhi va Naqshbandiy tariqatining ko’zga ko’ringan yetakchilaridan biri edilar. Allomai Taroziyning ota tarafdan nasablari Imom Husayin roziyallohu anhuga yetib boradi. Ona tomonidan esa, Sharqiy Turkistondagi oxirgi Islom davlati amiri Sayyid Buzrukxon orqali Ofoq Xo’jamga borib yetadilar.
Allomai Taroziy hazratlari boshlang’ich ta"limni Tarozda oldilar. So’ngra Toshkentga kelib, madrasalarda o’qib, oxiri Abul Qosimxon oliy o’quv dargohini bitirdilar. Shundan so’ng Buxoroga borib, odatdan tashqari imtihon topshirib, ulug’ ustozlarning tafsir, hadis, arab adabiyoti va boshqa ilmlardan ruxsatlarini oldilar.
Mazkur ilmiy darajalarga erishganlaridan so’ng u kishini Turkistonda “alloma” deb atay boshladilar.
Allomai Taroziy talabalik vaqtlaridayoq Toshkentda chiqadigan “Al-Isloh” va Samarqandda chiqadigan “Oyna” majallalariga maqolalar yoza boshladilar. Oliy madrasada o’qib turgan chog’larida Toshkentda chiqadigan “Al-Iyzoh” nomli majallaga bosh muharrir etib tayinlandilar.
Alloma Taroziy 1917 yili Turkiston mustaqilligi uchun kurashish maqsadida “Turkiston talabalar jamiyati”ni tuzdilar. Taroz va Toshkent shaharlarida islomiy ilmlardan dars berdilar. Kerenskiy hukumati davrida davlat dumasiga noib etib saylandilar. 1926 yili xalq tomonidan diniy nazorat raisi etib saylandilar.
Kommunistlar davlatni bosib olganlaridan so’ng, o’z odatlaricha, yolg’on-yashiq va"dalarni bera boshladilar. “Sharq musulmonlariga murojaat” nomli yolg’on va nifoqdan iborat, va"dalarga to’la safsata ham e"lon qilindi. Bu yolg’onga ko’pchilik ishondi. Ammo Allomai Taroziy hazratlari ishonmadilar, din-diyonat, xalq baxti va haqiqiy mustaqillik yo’lidagi kurashlarini davom etdirdilar. Bu orada u kishi kommunistlar tomonidan uch marta qamaldilar va bir marta surgunga hukm qilindilar.
O’sha vaqtlarda kommunistlar vakili Ne"mat Hakim nomli dahriy “Muhammad ilohiy payg’ambarmi?” degan kitob yozib, din-diyonatga, payg’ambarlikka va Xudoga shak keltirgan, kishilarni xudosizlikka chaqirishga urungan edi. Allomai Taroziy hazratlari mazkur kofirning kitobiga raddiya tarzida o’zbek tilida “Qur"on va nubuvvat” nomli kitob yozganlar va uni o’zlari imomlik qilgan masjidda musulmonlarga o’qib berganlar.
Xuddi o’sha paytda, musulmon ayollarni iffatsiz qilish maqsadida, hijobga qarshi hujum boshlangan edi. Ba"zi bir o’ziga ilm nisbatini beruvchi xoinlar bu ishni shariatga to’g’ri keladi, deb qo’llashiga qaramay, Allamoi Taroziy hazratlari bu ishga ham qarshi chiqib, musulmonlarni dinni mahkam tutishga da"vat qiladilar.
Allomai Mubashshir Taroziy hayotlarini chuqur o’rgangan tarixchilardan, mashhur al-Ajar dorulfununi ulamolaridan doktor Husayin Muxiyb Misriy o’sha paytdagi holatni tasvirlab, shunday deydilar: “Mazkur voqealardan keyin kommunistlar Taroziyni o’zlarining eng kuchli muxoliflaridan biri, deb bildilar. Uning xalq orasida turishini o’zlari uchun xavf-xatar deb angladilar va Taroziyni o’ldirishga amr qildilar. Lekin hukmni ijro eta olmadilar, chunki, Allomani minglab muxlis dindorlar o’rab turishardi. Allomai Taroziyning ham, musulmonlarning ham iymondan boshqa qurollari yo’q edi”.
1930 yili Allomai Taroziy Buxoro orqali Afg’onistonga hijrat qilishga majbur bo’ldilar. U zotni Afg’oniston podshosi Muhammad Nodirshoh katta hurmat bilan kutib olib, odatdan tashqari Afg’oniston fuqarosi, podshohlik devoni bosh mudiri, deb e"lon qildi. SHuningdek, Afg’oniston adabiyot akademiyasi a"zosi va Afg’on qomusi hay"ati tahririga a"zo etib tayinlandilar.
1931-1932 sanada Afg’on rasmiy hay"ati ila Saudiya Arabistoniga safar qilib, podshoh Abdulaziz bilan do’stlik shartnomasini tuzib qaytdilar.
1936 yili Hindistonga safar qilgan Alloma Taroziy u yurtning ko’zga ko’ringan ulamolari, musulmon rahbarlari bilan uchrashib, muhim masalalarni muhokama qildilar. “Islom himoyasi jamiyati” raisi mashhur shoir va faylasuf Muhammad Iqbolning takliflariga binoan, shu jamiyatning yillik yig’ilishida, “Islom birligi vojibligi” nomli mashhur maru"zalarini qildilar. Keyinchalik bu maruza turli tillarga tarjima qilindi va hamma yoqda nashr etildi. SHuningdek, u kishi boshqa shaharlarda ham maruzalar qilib, Hindiston musulmonlarini birlashtirib, mustamlakachilarga qarshi kurashga da"vat qildilar.