View Full Version : Shirk MI?
uzbeque
11-15-2005, 01:56 PM
Assalamu Alaikum.
Silaga quyidagi savol bilan murojaat qilmoqchiydim.
Hozirgi kunda Omandagi kalamushga aylangan qiz va suvdan chiqqan qandaydur mahluq haqida kopchiligimizning habarimiz bor.
Bunga o'zimning shaxsiy munosabatim yomon, Islom diynini yolg'onchilik bilan tadbiq etishga qarshiman. Shuningdek bilishimcha buni rasmni (qizning rasmini) kopchilik sanat sohasini biladiganlar tekshirdilar va chizilgan degan xulosaga keldilar.
O'ylimanki bizlarga shu atrof muxitdagi mo'jizalar undan-da hayratlanarli bo'lishi kerak, aqlimizni ishlatishimiz va bunday yolg'onlarni oldini olishimiz zarur. Musilmon insonga bundoq narsalarni umuman keragi yo'q, yo'ldan adashganlarga esa da'vat yahshiroq, kofirlar esa Paygambarimiz mo'jizalarini o'z ko'zlari bilan ko'rib ham iymon keltirmaganlar. yana hammasi Allohdan...
Sizning bunga fikringiz qanday? man bularni yolgon deganim uchun shirk keltirgan bolib qolish xavfi bormi? Umuman, shu mish-mishlar haqida aniq ma'lumotlar bormi
Assalamu Alaikum
Gareeb
11-15-2005, 02:54 PM

wa aleykum assalom
Buni shirka hech qanday aloqasi yo'q, manam ishonmiman unaqa narsalarga.Allohu a'lam
AbdurRahman
11-16-2005, 02:58 AM
As Salaamu 'Alaikum wa Rahmatullahi,
Birodarim uzbekque, men sizni tushundim. Albatta bu kabi narsalarning Islomga keragi yo'q.
Alloh Qur'onda va Payg'ambarimiz Muhammad sallallahu alayhi wa sallam sunnatlarida bizlarga kursatilgan narsalarning hammasi yetarli va ulardan ham ustunrog'i yo'q.
U narsalarning chinmi yoki yolg'onligini bilish qiyin. Ammo men o'zim ham yolg'on deb eshitdim. Chunki masalan usha kalamushga aylangan qizning rasmini qilish Photoshopda hech gap emas.
Ya'ni musulmonlar bu kabi narsalarni ishlatib insonlarni Islomga chaqiramaan deb urinishadi.
Ammo biz Alloh Muhammad sallallahu alayhi wa sallam orqali ko'rsatgan yo'lda va sahobalar tutgan yo'lda va ulug' ulamolarimiz tutgan yo'lda bu kabi narsalarni uchratmaymiz.
Qur'on va Sahih Sunnat ga Muhammad sallallahu alayhi wa sallam va uning sahobalari kabi ergashish va bu yo'lda o'zimizni mahkam tutish mana shunig o'zi bizga albatta yetarli.
Bundan tashqari bir musulmon kishini shirkka tushib qolding deyish bu oson ish emas. Biz kabi oddiy kishilar bu narsalarni Ulamolarga olib borib maslahat so'rashimiz kerak.
Men sizni tushundim. Albatta biror narsaga aniq dalil bo'lmasa ishonish qiyin. Ayniqsa aytganingiz bo'yicha o'sha bo'lib o'tgan hodisalarning bo'lib o'tganligiga hech qanday dalil va asos yo'q. Shuning uchun ishonish qiyin.
Va men sizning aytganingizga qo'shilaman. Biror narsaga ishonish uchun dalil kerak bo'ladi, aks holda u narsaga ishonish qiyin.
va Alloh yaxshi biladi.
wassalaamu alaikum
AbdurRahman
AbdulAziz
11-16-2005, 07:02 AM
Assalamu alaykum wr wb!
Alloh taolo inson va olamni shunchalik mukammal suratda yaratganki, uni his qilgan, tasavvur qilgan odam o'z-o'zidan birqancha mo'jizalarni kashf qiladi. Dunyoning yaratilishi, undagi inson, hodisalarning ahmmasi Allohning biru borligiga guvohlik beradi.
Juda mashhur bo'lib ketgan "kalamush" voqeasi buyuk yolg'onlardan biridir. Agar bu voqea haqiqatdan ham bo'lganda, bunga albatta jahonning katta ulamolari munosabat bildirgan bo'lardilar.
Bunday hodislar aks ta'sir ko'rsatishi ham mumkin. Yolg'onchilar masalaning shu tarafini ham o'ylashmadilarmikin?
Bonik
11-17-2005, 06:53 AM
Assalamu Alaikum.
Hozirgi kunda Omandagi kalamushga aylangan qiz va suvdan chiqqan qandaydur mahluq haqida kopchiligimizning habarimiz bor.
Assalamu Alaikum
Va alaykum assalom !
Qizning kalamushga aylanganligi haqida hech nima bilmaymanku lekin mahluq haqida o'z fikrimga egaman.
Alloh taolo qancha jonzod yaratganligini faqat yaratguvchimizni o'zi biladi.
Inson hali okean tubidagi mavjudotlarni juda ko'plarini hali ko'rmagan.
Shuning uchun, agar mabodo u bu hali inson bilmaydigan jonzod suvdan chiqsa buni nimasi tushunarsiz? Dinni nima aloqasi bor bunga tushunmadim? :?
Marg'iloniy
11-17-2005, 08:14 AM
Va Alaykum Salom
Kalamush voqeasini manam kurdim. Photoshopda qilganligi kurinib turibdiku. Yolg'on narsa yolg'on desa nega shirk bo'larkan !?
yana bir narsa usha kalamushga uhshagan mahluqni rasmini mail.ru'ni komp haqidadi rassilkalarini ichida kurgandim. yaponiya qanaqadir eksponatlar utkazilyotganda usha mahluqni quyib quyishgandi. yaslagandi, nimaligi esimda yuq.
Manimcha pul ishlash maqsadida yoki AbdulAziz aytganlariday aksi kayfiyat uyg'otish maqsadida qilingan narsa bo'lsa kerak.
Assalamu Alaikum.
Silaga quyidagi savol bilan murojaat qilmoqchiydim.
Hozirgi kunda Omandagi kalamushga aylangan qiz va suvdan chiqqan qandaydur mahluq haqida kopchiligimizning habarimiz bor.
Bunga o'zimning shaxsiy munosabatim yomon, Islom diynini yolg'onchilik bilan tadbiq etishga qarshiman. Shuningdek bilishimcha buni rasmni (qizning rasmini) kopchilik sanat sohasini biladiganlar tekshirdilar va chizilgan degan xulosaga keldilar.
O'ylimanki bizlarga shu atrof muxitdagi mo'jizalar undan-da hayratlanarli bo'lishi kerak, aqlimizni ishlatishimiz va bunday yolg'onlarni oldini olishimiz zarur. Musilmon insonga bundoq narsalarni umuman keragi yo'q, yo'ldan adashganlarga esa da'vat yahshiroq, kofirlar esa Paygambarimiz mo'jizalarini o'z ko'zlari bilan ko'rib ham iymon keltirmaganlar. yana hammasi Allohdan...
Sizning bunga fikringiz qanday? man bularni yolgon deganim uchun shirk keltirgan bolib qolish xavfi bormi? Umuman, shu mish-mishlar haqida aniq ma'lumotlar bormi
Assalamu Alaikum
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.